Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzdonmahsulot” davlat konsernini “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1994-yil 22-apreldagi PF—840-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasining 1-ilovaga muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi:
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hududiy aksionerlik uyushmalari, don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Korporatsiya tarkibiga, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa korxonalar va tashkilotlar ham oʻzlarining iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin;
oʻz faoliyatini qatnashchilarning pay va kirish badallari, ular tomonidan berilgan vakolatlar hamda funksiyalar asosida tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
donni xarid qilish-saqlash-qayta ishlash-mahsulot ishlab chiqarish fondlarini taqsimlash-resurslarni joydan-joyga koʻchirish-pirovard mahsulotni tegishli oluvchilarga sotish tutash jarayoni bajarilishini taʼminlaydi.
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining .1994-yil 2-noyabrdagi 532-sonli qarori tahririda)
ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi, markazlashtirilgan sugʻurta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
“Oʻzdonmahsulot” davlat konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Korporatsiya boshqaruvi ijroiya apparatining tuzilmasiga 2, 2a*-ilovalarga muvofiq va uning xodimlarining cheklangan soni 179 nafar boʻlishiga (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) rozilik berilsin.
* 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga raisning 4 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Korporatsiya Raisi maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha respublika vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, raisning oʻrinbosarlari — vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, korporatsiya Boshqaruvining ijroiya apparatini saqlash uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning foydalaridan kelishilgan normativlar boʻyicha ajratmalar hamda oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, hududiy aksionerlik uyushmalari:
mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi prinsiplari asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan oʻz muassislari oldida javob beradilar;
viloyat barcha mintaqalarini don mahsulotlari bilan bir tekis taʼminlash uchun don mahsulotlarining tizim ichida joydan-joyga oʻtkazilishini va tayyor mahsulotning isteʼmolchilarga sotilishini taʼminlaydilar;
yuridik shaxs huquqi bilan “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining qatnashchilari hisoblangan holda oʻz faoliyatlarini uyushma Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar;
uyushmalarning raislari muassislar yigʻilishi tomonidan saylanadilar va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Belgilab qoʻyilsinki, bosh korxona uyushma Boshqaruvi ijroiya apparati funksiyasini amalga oshiradi.
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda hududiy aksionerlik uyushmasining Namunaviy ustavini ishlab chiqsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda 1994—1996-yillar davomida davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin;
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
kichik novvoyxonalar va korxonalarni xususiy mulk qilib sotishda don mahsulotlari tarmogʻi xodimlariga sotib olish uchun ustunlik huquqini bersin;
korporatsiyaga korporatsiya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalarning egasi funksiyasini bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. “Oʻzbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi aksionerlik jamiyatlari bilan birgalikda non va non-bulka mahsulotlari bilan savdo qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan chakana tarmoqni belgilangan tartibda 4-ilovaga muvofiq “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga bersin;
Non, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va aholiga sotish boʻyicha funksiyalar “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvda saqlab qolinsin.
6. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida non va non-bulka mahsulotlarini uzluksiz tashishni taʼminlash uchun korporatsiyaning avtotransport korxonalari negizida ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalar tashkil etsin.
7. Don yetkazib beruvchilarga kredit-hisob-kito6 xizmati koʻrsatishni tartibga solish va jadallashtirish hamda don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari ishlab turishi va yanada rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
“Gʻalla-bank” respublika aksionerlik-tijorat banki tashkil etilsin. Don xarid qilishni, uni saqlashni va qayta ishlashni, un, omixta em, non, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga kredit-hisob-kitob xizmati koʻrsatish, don topshiruvchilarga kelgusi hosil uchun avans berish, don tayyorlash mavsumi davrida kredit berish va don mahsulotlari korxonalari bilan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa tarmoqlar korxonalari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni taʼminlash bu bankning asosiy funksiyalari boʻlishi kerak;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son , 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Markaziy bankiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, “Dehqonchiliksanoatbank” respublika aksionerlik-tijorat bankiga va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga “Gʻalla-Bank” respublika aksionerlik-tijorat bankining muassislari boʻlish tavsiya qilinsin;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son , 2-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda, respublika Hukumatiga “Gʻalla-Bank”ni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1994-yildan boshlab:
respublikaning un bilan oʻzini oʻzi taʼminlashi maqsadida va don ekinlari ekin maydonlarining kengayishini hisobga olib “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan aniq maqsadli dasturiga muvofiq tegirmon va non pishirish korxonalari hamda don saqlash omborlari qurilishi uchun maqsadli uzoq muddatli kreditlar ajratish, kreditlarni toʻlash muddatini va ular uchun foizlar undirishni quvvatlarni oʻzlashtirishning normativ muddatlari tugashiga koʻra belgilash;
donni eksport boʻyicha ham, MDH mamlakatlaridan ham, kliring boʻyicha hisob-kitoblarni ham qoʻshib, xarid qilish uchun belgilangan kvotalarga koʻra eksport qilinadigan paxta tolasiga haq toʻlash uchun bir yil muddatgacha maqsadli kredit resurslari ajratishni har yili nazarda tutish;
har yili “Gʻalla-Bank” bilan birgalikda respublika ichida don xarid qilish uchun hamda don topshiruvchilarga kelgusi hosil hisobiga kontrakt boʻyicha belgilangan qiymatning kamida 40 foizi miqdorida avans berish, shuningdek, doimiy saqlanadigan don va don mahsulotlari zaxiralarini kredit bilan taʼminlash uchun kredit resurslari ajratish masalalarini koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.
9. Moliya vazirligi “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining oʻz oborot mablagʻlarini 200 mlrd soʻm-kuponga toʻldirish uchun 157 mlrd soʻm-kupon budjet ssudasini qarzni 1995-yil dekabr oyida toʻlash sharti bilan, shuningdek, qolgan 43 mlrd soʻm-kuponni shu yil 1-iyundagi holatiga koʻra donni qayta baholashdan olingan mablagʻlar hisobiga rasmiylashtirsin.
Moliya vazirligi bulka non narxlaridagi farqni tartibga solish uchun 1994-yilga tegishli budjet mablagʻlarini shu yil 1-iyundan boshlab “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga bersin.
10. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda don mahsulotlarini import boʻyicha mustaqil xarid qilishni, shuningdek, ushbu jarayon bilan bogʻliq boshqa masalalarni amalga oshirish uchun “Oʻzagroimpeks” respublika Tashqi savdo birlashmasini “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tizimiga berish toʻgʻrisida Hukumat qarorini tayyorlasin.
11. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi 1995-yildan boshlab respublika ichida ham, uning tashqarisida ham donni oldindan berilgan buyurtmalar (fyuchers bitishuvlar) boʻyicha xarid qilishni qoʻllasin.
Shu maqsadlarda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank bir oy muddatda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqsinlar,
12. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi ikki hafta muddatda Ustavni ishlab chiqsin va respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat konserni masalalari” haqida 1992-yil 21-fevraldagi 75-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyun,
311-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
1. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Qoraqalpogʻiston aksionerlik uyushmasi.
2. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Andijon aksionerlik uyushmasi.
3. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Buxoro aksionerlik uyushmasi.
4. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Jizzax aksionerlik uyushmasi.
5. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Qashqadaryo aksionerlik uyushmasi.
6. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Namangan aksionerlik uyushmasi.
7. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Navoiy aksionerlik uyushmasi.
8. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Samarqand aksionerlik uyushmasi.
9. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Sirdaryo aksionerlik uyushmasi.
10. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Surxondaryo aksionerlik uyushmasi.
11. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Toshkent aksionerlik uyushmasi.
12. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Fargʻona aksionerlik uyushmasi.
13. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Xorazm aksionerlik uyushmasi.
14. Toshkent novvoyxonalar, va makaron sanoati ishlab chiqarish birlashmasi.
15. Toshkent bulka-qandolatchilik kombinati.
16. Loyiha-sanoat-qurilish birlashmasi.
17. Ishlab chiqarish-texnik butlash birlashmasi.
18. Respublika axborot-hisoblash va joriy qilish markazi.
19. Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-noyabrdagi 377-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
21 Respublika don mahsulotlari boʻyicha nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi.
22. Respublika omixta em sanoati nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi.
23. Toshkent texnologiya texnikumi.
24. Rahbarlar, mutaxassislar va ishchi kadrlar malakasini oshirish kurslari.
25. Kichik korxona — “Qalqon” yuridik firmasi.
26. Toshkent tajriba-mexanika zavodi.
27. Toshkent “Oʻzsanoatdonloyiha” instituti.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi ijroiya apparati
TUZILMASI
1. Rahbariyat.
2. Iqtisodiyot, mulkni isloh qilish va qiymatli qogʻozlar bosh boshqarmasi.
3. Moliya va narx boshqarmasi.
4. Buxgalteriya hisobi boshqarmasi.
5. Mukammal qurilish boshqarmasi.
6. Don resurslari, kontraktlar va markazlashtirilgan hisob-kitoblar bosh boshqarmasi.
7. Marketing bosh boshqarmasi.
8. Mahsulot tayyorlashni tashkil etish va elevator-ombor xoʻjaligi boshqarmasi.
9. Don mahsulotlari yoʻnalishlarini tartibga solish dispetcherlik xizmati.
10. Tegirmon-yorma sanoati boshqarmasi.
11. Omixta em sanoati boshqarmasi.
12. Yangi texnologiyalar, rekonstruksiyalash va texnika bilan qayta jihozlash boshqarmasi.
13. Nazorat-taftish boshqarmasi.
14. Novvoyxona, makaron va qandolatchilik sanoati boshqarmasi.
15. Don inspeksiyasi bosh boshqarmasi.
16. Standartlashtirish va sifat boshqarmasi.
17. Yuk tashishni tashkil etish boshqarmasi.
18. Ishlar boshqarmasi.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
4-ILOVA
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasining “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasiga beriladigan non va non-bulka mahsulotlari bilan savdo qilishga ixtisoslashtirilgan doʻkonlari
TARMOGʻI

Doʻkonlar soni‎

Qoraqalpoq Sauda davlat uyushmasi‎ 2‎
“Andijonsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 3‎
“Buxorosavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 2‎
“Jizzaxsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ —‎
“Qashqadaryosavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 2‎
“Namangansavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 1‎
“Navoiysavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 1‎
“Samarqandsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 4‎
“Surxonsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 1‎
“Sirdarysavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 2‎
“Toshkent viloyat savdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 21‎
“Fargʻonasavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 8‎
“Xorazmsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 1‎
“Toshkentsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni‎ 107‎

Jami‎

155‎