O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 3-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 18-mayda ma’qullangan
Senat tomonidan 2026-yil 18-mayda ma’qullangan
Keyingi yillarda amalga oshirilgan ma’muriy islohotlar doirasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati, tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqilib, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi tizimi yanada takomillashtirildi.
Shu munosabat bilan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilash orqali normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish hamda mavjud huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi faoliyatining samaradorligini oshirishga, qonun hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishga va ularni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 1985-modda:
nomidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 2683-moddaning:
nomidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 5-modda:
birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniy boyliklarni kimoshdi savdosiga (auksionga) qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi. Madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targ‘ib qilinishini va ulardan foydalanilishini ta’minlaydi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritadi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
3) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin:
“71-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik jihatdan tadqiq etish, konservatsiyalash, ta’mirlash hamda ulardan hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining aniqlanishini, hisobga olinishini, muhofaza qilinishini, targ‘ib qilinishini va ulardan foydalanilishini ta’minlaydi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi”;
4) 12-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan, ularni Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritish esa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida amalga oshiriladi”;
beshinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 14-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan, nomoddiy madaniy meros namunalarining tarixiy-madaniy ekspertizasi esa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi”;
7) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros obyektlari holatini nazorat qilishi hamda ularning asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta moddiy madaniy meros obyektlarining holatini ko‘rikdan o‘tkazishi hamda ularni qayd etishi shart”;
8) 20-moddaning yettinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Yo‘qotilgan nomoddiy madaniy meros obyektini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asli holiga keltirish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan, manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikri hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Yo‘qotilgan moddiy madaniy meros obyektini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asli holiga keltirish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi xulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan, manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikri hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi”;
10) 22-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arxeologiya yodgorliklarini tadqiq etishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi beradigan ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi”;
uchinchi qismidagi “Madaniyat vazirligiga” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 24-moddaning uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligining” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 25-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 31-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘RQ-177-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda, № 11, 1064-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning:
nomidagi “Madaniyat vazirligining” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning birinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 23-moddaning beshinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 519, 520, 521, 522-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 6, 729, 731-moddalar, № 8, 971-modda, № 10, 1153-modda, № 12, 1322, 1324, 1328, 1329-moddalar) 246-moddasining 5-bandidagi “Madaniyat vazirligining” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan O‘RQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1010-modda; 2024-yil, № 8, 830, 831-moddalar, № 9, 961-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 643-modda, № 12, 1329-modda) 76-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
beshinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘RQ-987-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 11, 1185-modda) 35-moddasining yettinchi qismidagi “Madaniyat vazirligi” degan so‘zlar “Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-iyul,
O‘RQ-1160-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)