|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.12.2017
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MONOPOLIYAGA QARShI SIYOSATNI TAKOMILLAShTIRISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasidagi tadqiqotlarning amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1. OʻzbyuroKES, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining TASIS dasturining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga koʻmaklashish” EDUZ—9802-son loyihasi ofisi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini, shuningdek rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyotini tahlil qilish;
raqobat sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobatni shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
iqtisodiyotning monopol tarmoqlarini boshqarish tizimi tarkibini oʻzgartirish jarayonlarini oʻrganish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiyotda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish dasturlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring tadqiqotlarini olib borish;
tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa donor tashkilotlar grantlarini jalb qilish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng xabardor qilish;
respublika monopoliyaga qarshi kurash organlari kadrlari malakasini oshirish hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash va ularni qayta tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz notijorat tashkiloti shaklida tashkil etiladi, unga belgilangan tartibda TASIS dasturining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga koʻmaklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari beriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
6. Xalqaro va boshqa donor tashkilotlar grantlari mablagʻlari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axboroti byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan roʻyxatga kiritilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,34-36-son, 264-modda)
8. Toshkent shahar hokimligi Markazni Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi maʼmuriy binoning 10-qavatiga (TASIS dasturining EDUZ—9802-son loyihasi ofisi egallab turgan xonalar) joylashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-iyul,
331-son
Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining tashkiliy
tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi toʻgʻrisida
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasidagi tadqiqotlarning amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
2. Markaz mustaqil notijorat yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, dumaloq muhrga, firma blankasi, shtamp, logotip, uning faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlar va belgilarga ega boʻladi.
3. Markaz oʻzining faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qarorlari va buyruqlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Markaz quyidagi toʻliq va qisqa nomlarga ega:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
qisqa nomi — Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi.
Markazning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 18 “A”.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Markaz asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida raqobatni rivojlantirish jarayonlarini, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat siyosati amaliyotini tahlil qilish;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarish tizimini tarkibiy oʻzgartirish jarayonlarini oʻrganish hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda ularni takomillashtirish boʻyicha taklif tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
tabiiy monopoliyalar va bazaviy tarmoqlar sohasida bozor qayta oʻzgartirish jarayonlarini tadqiq etish;
monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlari loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi orqali keng xabardor qilish;
(5-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
respublika monopoliyaga qarshi organlari va sud boshqaruvchilari kadrlari malakasini oshirish, tayyorlash va ularni qayta tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar sohasini tartibga solish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish, tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, shuningdek bankrotlik masalalarini taʼminlashning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish.
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
6. Markaz asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq:
monopoliyaga qarshi siyosatni, bankrotlik, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻrganish va takomillashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradi;
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ekspertizadan oʻtkazadi;
xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida anketa va boshqa ijtimoiy soʻrovlar tashkil etadi va oʻtkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlari va muassasalari bilan birgalikda prognoz hujjatlarni hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi, respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etadi;
malaka oshirish kurslarini, shu jumladan davlat monopoliyaga qarshi organi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazadi, shuningdek sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tashkil etadi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
davlat organlari va boshqa chet tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha tahliliy obzorlar va tadqiqotlar oʻtkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi uchun uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyanomalar tayyorlaydi.
III. Markazning huquqlari
7. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlarning, jamoat va ilmiy jamgʻarmalarning mablagʻlarini, ixtiyoriy badallar va grantlarni jalb etish;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublika korxonalari va tashkilotlaridan statistik, ilmiy yoki boshqa axborotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;
tadqiqotlar va sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, shuningdek xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish, vaqtinchalik ishchi guruhlar va jamoalarni shakllantirish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, Markaz ishlari sohasi boʻyicha maʼlumotnomalar, obzorlar va boshqa axborot materiallarini chop etish va ularni tarqatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga konsalting xizmatlari koʻrsatish, marketing va sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
Markazning mintaqaviy vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish;
Markazning vakolatiga kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga zid boʻlmagan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish.
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
8. Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz direktori amalga oshiradi, u lavozimga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining raisi tomonidan tayinlanadi.
9. Markaz direktori:
Markaz faoliyatiga shtatdagi va shtatda boʻlmagan mutaxassislar kuchi bilan ishlab chiqiladigan hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishilgan joriy va istiqbolli dasturlar asosida rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaz sohasiga muvofiq boʻlgan tashabbuskorlik va izlanish tadqiqotlari mavzusini tasdiqlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishgan holda xodimlar belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz faoliyatini taʼminlash boʻyicha boshqa masalalarni hal qiladi.
Markaz direktori maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bosh boshqarmasi boshligʻiga tenglashtiriladi.
(9-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
V. Markazning mol-mulki va mablagʻlari
10. Markaz faoliyatini moliyalashtirish xalqaro va boshqa donor tashkilotlar grantlari mablagʻlari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
11. TASIS dasturining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga koʻmaklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlardan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazning mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
12. Markazning oʻz faoliyatidan olingan daromadi asosiy fondlarni sotib olishga va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga, shuningdek ijtimoiy rivojlantirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
VI. Yakuniy qoidalar
13. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va davlat hisobotini taqdim etadi.
14. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.