

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-8282286" id="onLBC-8282286">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18933"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-8282286" id="onLS-8282286">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-8282436" id="-8282436"></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-8282437" id="-8282437">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-8282438" id="-8282438">Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-8282439" id="-8282439">Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 25-mayda qabul qilingan<br />Senat tomonidan 2026-yil 13-iyunda maʼqullangan</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8282441" id="-8282441"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282442" id="-8282442">Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282443" id="-8282443">Jumladan, davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tizim shakllantirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282444" id="-8282444">Biroq koʻrilayotgan tizimli choralarga qaramay, bir qator sohalarda korrupsiya holatlari yuqoriligicha saqlanib qolayotganligi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash, shuningdek yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282445" id="-8282445">Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirishga, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy va hududiy kengashlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq roʻyxatini belgilashga, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashga, davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaviy omillarni qisqartirishga, shuningdek yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilishini yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282446" id="-8282446">Mazkur Qonun korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga, korrupsiyaga qarshi kurashish orqali fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282447" id="-8282447"><strong>1-modda. </strong>Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 988-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1156-modda, № 11, 1236-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda, № 3, 249, 250, 253-moddalar, № 4, 353, 354, 361-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282448" id="-8282448">1) 73-moddaning toʻrtinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282449" id="-8282449">quyidagi mazmundagi “v<sup>1</sup>” band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282450" id="-8282450">“v<sup>1</sup>) oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganlik, shuningdek firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplamagan shaxsga”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282452" id="-8282452">“g” bandi “Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik” degan soʻzlardan keyin “takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda koʻp miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282453" id="-8282453">2) 167-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282454" id="-8282454">ikkinchi qismi dispozitsiyasining “v” va “g” bandlari quyidagi mazmundagi “v” band bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282455" id="-8282455">“v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282456" id="-8282456">uchinchi qismi dispozitsiyasining “g” bandi quyidagi mazmundagi “g” va “d” bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282457" id="-8282457">“g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282458" id="-8282458">d) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282459" id="-8282459">3) 168-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282460" id="-8282460">uchinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282461" id="-8282461">dispozitsiyasining “v” va “g” bandlari quyidagi mazmundagi “v” band bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282462" id="-8282462">“v) axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282463" id="-8282463">sanksiyasidagi “muayyan huquqdan mahrum etilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282464" id="-8282464">toʻrtinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282465" id="-8282465">dispozitsiyasining “v” bandi quyidagi mazmundagi “v” va “g” bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282466" id="-8282466">“v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282467" id="-8282467">g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282468" id="-8282468">sanksiyasi “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin “muayyan huquqdan mahrum etilgan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282469" id="-8282469">4) 192<sup>10</sup>-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282470" id="-8282470">birinchi qismining sanksiyasi “bir yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282471" id="-8282471">ikkinchi qismining sanksiyasi “bir yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282472" id="-8282472">5) 192<sup>11</sup>-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi quyidagi mazmundagi “b” va “v” bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282473" id="-8282473">“b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282474" id="-8282474">v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282475" id="-8282475">6) 205-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi quyidagi mazmundagi “b” va “v” bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282476" id="-8282476">“b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282477" id="-8282477">v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282478" id="-8282478">7) 206-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi quyidagi mazmundagi “b” va “v” bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282479" id="-8282479">“b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282480" id="-8282480">v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282481" id="-8282481">8) 208-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282482" id="-8282482">“Hokimiyat harakatsizligi gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282483" id="-8282483">bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282484" id="-8282484">9) 209-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282485" id="-8282485">birinchi qismining dispozitsiyasidagi “gʻarazgoʻylik yoki boshqa manfaatlarni koʻzlab” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282486" id="-8282486">ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi quyidagi mazmundagi “b” va “v” bandlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282487" id="-8282487">“b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282488" id="-8282488">v) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282489" id="-8282489">10) 213-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282490" id="-8282490">birinchi qismining sanksiyasi “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282491" id="-8282491">ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282492" id="-8282492">11) 214-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282493" id="-8282493">birinchi qismining sanksiyasi “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282494" id="-8282494">ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282495" id="-8282495">12) 301-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282496" id="-8282496">“Oʻsha qilmishlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282497" id="-8282497">a) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazib;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282498" id="-8282498">b) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282499" id="-8282499">13) Sakkizinchi boʻlim quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TABLE_STD"><div name="-8282500" id="-8282500" class="tabBox"><table border="0" cellpadding="0" cellspacing="0" style="width:100.0%;border-collapse:collapse" width="100%"><tbody><tr><td style="width:40.06%;padding:0in 2.85pt 0in 2.85pt" valign="top" width="40%"><p style="margin-top:0in;margin-right:-5.2pt;margin-bottom:  0in;margin-left:0in;margin-bottom:.0001pt;text-indent:35.45pt;line-height:  normal; font-size:12.0pt;font-family:"Times New Roman",serif">“<strong>Korrupsiyaga oid jinoyatlar</strong> —</p></td><td style="width:59.94%;padding:0in 2.85pt 0in 2.85pt" valign="top" width="59%"><p style="margin-bottom:0in;margin-bottom:.0001pt;text-align:  justify;line-height:normal; font-size:12.0pt;  font-family:"Times New Roman",serif">1) ushbu Kodeks 167-moddasi uchinchi qismining “d” bandida, 168-moddasi toʻrtinchi qismining “g” bandida, 192<sup>9</sup>, 192<sup>10</sup>-moddalarida, 192<sup>11</sup>-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 208-moddasining ikkinchi qismida, 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 214<sup>1</sup>, 214<sup>2</sup>-moddalarida va 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar;</p><p style="margin-bottom:0in;margin-bottom:.0001pt;text-align:  justify;line-height:normal; font-size:12.0pt;  font-family:"Times New Roman",serif">2) ushbu Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa”.</p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282501" id="-8282501"><strong>2-modda. </strong>Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda, № 6, 727-modda, № 8, 968, 969-moddalar, № 9, 1042-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda, № 4, 353, 354-moddalar) 270-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282502" id="-8282502">“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni himoya qilish uchun xavfsizlik choralarini qoʻllash asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282503" id="-8282503"><strong>3-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar; 2026-yil, № 1, 2, 6-moddalar, № 2, 131, 133-moddalar, № 3, 249, 250, 253-moddalar, № 4, 351, 353, 354, 355, 356, 359, 361, 364-moddalar) 175<sup>8</sup>-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282504" id="-8282504">“Davlat xaridi predmetining boshlangʻich narxi va uning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasida yoʻl qoʻyiladigan tafovutning eng koʻp miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish, bundan talon-toroj qilish hollari mustasno, —</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282505" id="-8282505">mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282506" id="-8282506">Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282507" id="-8282507">mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282508" id="-8282508"><strong>4-modda. </strong>Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-406-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 271-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 5-modda; 2024-yil, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282509" id="-8282509">1) 5-moddaning yettinchi xatboshisi “ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282510" id="-8282510">2) 12<sup>1</sup>-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi “ekstremizmning yot gʻoyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash” degan soʻzlardan keyin “hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282511" id="-8282511"><strong>5-modda. </strong>Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda; 2024-yil, № 6, 530-modda; 2025-yil, № 2, 201-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282512" id="-8282512">1) 2-bobning nomidagi “organlar hamda tashkilotlar” degan soʻzlar “organlar, tashkilotlar hamda tuzilmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282513" id="-8282513">2) 7-moddaning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282514" id="-8282514">nomidagi “davlat organlari” degan soʻzlar “davlat organlari va tuzilmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282515" id="-8282515">birinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282516" id="-8282516">birinchi xatboshisidagi “davlat organlari” degan soʻzlar “davlat organlari va tuzilmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282517" id="-8282517">quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282518" id="-8282518">“davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari deb yuritiladi)”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282520" id="-8282520">uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282521" id="-8282521">3) 8-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282522" id="-8282522">nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282523" id="-8282523">“8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282524" id="-8282524">birinchi qismidagi “tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish” degan soʻzlar “tashkilotlarning faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282525" id="-8282525">ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282526" id="-8282526">“Milliy kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va Milliy kengash raisidan, raisi oʻrinbosaridan hamda aʼzolaridan tashkil topadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282527" id="-8282527">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Milliy kengash raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Milliy kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282528" id="-8282528">uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282529" id="-8282529">toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish” degan soʻzlar “tashkilotlarning faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282530" id="-8282530">quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282531" id="-8282531">“Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash oʻz vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni, qoida tariqasida, har chorakda oʻz majlisida koʻrib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282532" id="-8282532">Kengash majlisi aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282533" id="-8282533">Kengash majlislarida qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishi davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiydir”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282534" id="-8282534">4) 8<sup>1</sup>-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282535" id="-8282535">quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282536" id="-8282536">“Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirish, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish, shuningdek mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282537" id="-8282537">birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282538" id="-8282538">ikkinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282539" id="-8282539">quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282540" id="-8282540">“korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282541" id="-8282541">mamlakatdagi korrupsiya holatini tizimli tahlil qiladi, shuningdek korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalarni hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini aniqlaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282542" id="-8282542">uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282543" id="-8282543">oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282544" id="-8282544">“vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini tahliliy va huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining hamda boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha samarali hamkorligini tashkil etadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282545" id="-8282545">quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282546" id="-8282546">“korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlarga fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha ular bilan ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqadi hamda birgalikda amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282547" id="-8282547">aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282548" id="-8282548">korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282549" id="-8282549">davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari samarali faoliyat koʻrsatishini hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa vositalar joriy etilishini monitoring qilib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282550" id="-8282550">davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etishga hamda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga koʻmaklashadi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282551" id="-8282551">davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini, shuningdek manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiyalash tizimini ishlab chiqadi hamda uning samarali ishlashini tashkil etadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282552" id="-8282552">5) quyidagi mazmundagi 8<sup>2</sup> va 8<sup>3</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282553" id="-8282553">“8<sup>2</sup>-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282554" id="-8282554">Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282555" id="-8282555">Hududiy kengashlar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlaridan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda Milliy kengash qarori bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282556" id="-8282556">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari hududiy kengashlarning raislari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282557" id="-8282557">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282558" id="-8282558">Hududiy kengashlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282559" id="-8282559">korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning joylarda amalga oshirilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282560" id="-8282560">davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282561" id="-8282561">davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalari rahbarlarining korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborotini eshitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282562" id="-8282562">hududda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282563" id="-8282563">korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar holati, muayyan bir soha yoki hudud boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar dasturini aholining korrupsiyani idrok etish darajasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282564" id="-8282564">hududdagi korrupsiyaga oid xavf-xatar yuqori boʻlgan obyektlarda korrupsiyaviy omillarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlaridan, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining, nazorat qiluvchi organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzgan holda oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282565" id="-8282565">korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan vazifalarning ijrosini taʼminlashda sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282566" id="-8282566">korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash va Milliy kengashga kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282567" id="-8282567">Hududiy kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli uning majlisidir. Hududiy kengash oʻz vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni, qoida tariqasida, har chorakda oʻz majlisida koʻrib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282569" id="-8282569">Hududiy kengash majlisi aʼzolarning yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282570" id="-8282570">Hududiy kengash majlislarida qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishi hududdagi davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiydir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282571" id="-8282571">8<sup>3</sup>-modda. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282572" id="-8282572">Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlariga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasidagi huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega boʻlgan lavozim, xizmat va (yoki) boʻlinmadan iborat komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282573" id="-8282573">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282574" id="-8282574">davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki siyosat amalga oshirilishi hamda ushbu sohadagi faoliyat muvofiqlashtirilishida bevosita ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282575" id="-8282575">davlat organi va tashkiloti faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar hamda nazorat tizimi joriy etilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282576" id="-8282576">davlat organi va tashkiloti tizimida qonunga rioya etish, unga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish va bu borada aholining ijobiy fikrini shakllantirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282577" id="-8282577">davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini amalga oshiruvchi, budjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalarning hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282578" id="-8282578">korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni tizimli tahlil qilish va baholash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha zarur choralarni ishlab chiqadi hamda ularning ijrosini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282579" id="-8282579">davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni takomillashtirib borish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282580" id="-8282580">davlat organi va tashkiloti faoliyatida shaffoflikni taʼminlash, affillanganlik hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282581" id="-8282581">davlat organi va tashkilotida korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini hamda qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilishini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282582" id="-8282582">korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282583" id="-8282583">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282584" id="-8282584">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282585" id="-8282585">davlat organi va tashkiloti tizimidagi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot hamda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282586" id="-8282586">davlat organi va tashkilotida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282587" id="-8282587">davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi choralarni hamda nazorat tadbirlarini mustaqil yoki ishchi guruh tuzgan holda tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282588" id="-8282588">korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv va tergov organlari bilan hamkorlik qilish, ularni belgilangan tartibda jalb etish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282589" id="-8282589">korrupsiyaviy omillarni aniqlash, ularning oldini olish va korrupsiya holatlariga chek qoʻyish maqsadida shaxslarning xatti-harakatlarini, hodisalarni hamda jarayonlarni bevosita yoki bilvosita kuzatish va qayd etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282590" id="-8282590">oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan maʼlumotlarni hamda boshqa zarur hujjatlarni va materiallarni soʻrash va olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282591" id="-8282591">vakolatini amalga oshirish doirasida zarurat tugʻilganda tegishli hujjat va materiallar bilan tanishish maqsadida davlat organi va tashkilotining obyektlariga toʻsqinliksiz kirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282592" id="-8282592">davlat organi va tashkiloti tizimida aniqlangan korrupsiya holatlari boʻyicha yuqori turuvchi komplayens xizmatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri mustaqil ravishda xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282593" id="-8282593">davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiya holatlarini aniqlash hamda ularga chek qoʻyish maqsadida muayyan shaxslar bilan belgilangan tartibda nooshkora hamkorlik oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282594" id="-8282594">davlat organi va tashkiloti tizimida aniqlangan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlari boʻyicha toʻplangan materiallarni qonuniy chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki bevosita ularning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalariga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282595" id="-8282595">davlat organi va tashkiloti tizimida qonun buzilishi hollarining oldini olish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va ushbu hollarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282596" id="-8282596">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282597" id="-8282597">Davlat organi va tashkiloti birinchi rahbarlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari alomatlari aniqlanganda yoki jinoiy guruh faoliyatiga rahnamolik qilayotgan deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda ularning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari yuqori turuvchi komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bilan kelishgan holda tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etish, shuningdek kadrlar masalasi va moliyaviy xarajatlar boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqini vaqtincha toʻxtatish yoki tegishli rahbarni yoxud xodimni vazifasini bajarishdan vaqtincha chetlatish borasida taklif kiritish vakolatiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282598" id="-8282598">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati muvofiqlashtirib boradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282599" id="-8282599">6) 19-moddaning birinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282600" id="-8282600">quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282601" id="-8282601">“davlat organlarida xodimlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasini diagnostikadan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282602" id="-8282602">davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻzining korrupsiyaga oid xavf-xatar darajasi yuqori boʻlgan vazifalari va funksiyalarini aniqlash, korrupsiyaga oid xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini shakllantirish hamda korrupsiyaga oid xavf-xatarni bartaraf etish choralarini koʻrish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282603" id="-8282603">oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282604" id="-8282604">7) quyidagi mazmundagi 19<sup>1</sup> va 19<sup>2</sup>-moddalar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282605" id="-8282605">“19<sup>1</sup>-modda. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282606" id="-8282606">Davlat organlari va tashkilotlari oʻzining korrupsiyaga oid xavf-xatar darajasi yuqori boʻlgan vazifalari hamda funksiyalarini aniqlaydi, korrupsiyaga oid xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini shakllantiradi va korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha aniq va tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqadi, shuningdek aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtirish maqsadida majburiy ravishda korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282607" id="-8282607">Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282608" id="-8282608">19<sup>2</sup>-modda. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282609" id="-8282609">Davlat organlari va tashkilotlari, hududlar va sohalar kesimida korrupsiya darajasini aniqlash va uni minimallashtirish maqsadida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282610" id="-8282610">Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotining tahlili, aholining korrupsiyaga boʻlgan munosabati (ijtimoiy soʻrov natijalari), korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha siyosatning samaradorligiga doir maʼlumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning axboroti asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282611" id="-8282611">Korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282612" id="-8282612">8) 27-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282613" id="-8282613">“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik natijasida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish qonunda belgilangan tartibda, vakolatli davlat organining, manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282614" id="-8282614">9) quyidagi mazmundagi 27<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282615" id="-8282615">“27<sup>1</sup>-modda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestri</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282616" id="-8282616">Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga (bundan buyon matnda elektron reyestr deb yuritiladi) kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282617" id="-8282617">Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ayblov hukmi (ajrim) qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida elektron reyestrga shaxs haqidagi maʼlumotlarni kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282618" id="-8282618">Elektron reyestrda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282619" id="-8282619">Elektron reyestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282621" id="-8282621">davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282622" id="-8282622">saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining koʻrsatilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282623" id="-8282623">davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzosi boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282624" id="-8282624">oʻzi taʼsis etgan va (yoki) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining 50 foizidan koʻproq qismiga oʻzi egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282625" id="-8282625">davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlarda va davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282626" id="-8282626">Elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282627" id="-8282627">Elektron reyestrdan maʼlumot olish tartibi, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarni Elektron reyestrdan chiqarish asoslari va tartibi, shuningdek davlat organlarining Elektron reyestrni yuritish borasidagi hamkorligi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282628" id="-8282628">10) 28-modda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282629" id="-8282629">quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282630" id="-8282630">“Oʻzi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat toʻgʻrisida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda ikki yil davomida intizomiy jazo choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282631" id="-8282631">Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qiluvchi shaxslarni ragʻbatlantirish davlat tomonidan kafolatlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282632" id="-8282632">Ragʻbatlantirish bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma, esdalik sovgʻasi shaklida yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282633" id="-8282633">beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282634" id="-8282634">11) quyidagi mazmundagi 28<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-8282635" id="-8282635">“28<sup>1</sup>-modda. Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining xavfsizlik kafolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282636" id="-8282636">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasidadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282637" id="-8282637">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, ularning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, xodimlarni koʻzdan kechirish va ularni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoxud olish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282638" id="-8282638">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimini, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilishga, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga va ushlab turishga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282639" id="-8282639">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282640" id="-8282640">Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282641" id="-8282641"><strong>6-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-546-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 384-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 12, 1198-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 7, 539-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda; 2025-yil, № 12, 1327-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282642" id="-8282642">1) 4-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282643" id="-8282643">2) 12-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282644" id="-8282644">“Hisob palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282645" id="-8282645">Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282646" id="-8282646">3) 29<sup>1</sup>-modda chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282647" id="-8282647">4) 30-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga hamda samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282648" id="-8282648">5) 33-moddaning ikkinchi qismidagi “shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimining joriy etilishiga va samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi keyingi nazorat jarayonida aniqlangan taqdirda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282649" id="-8282649"><strong>7-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 889-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 4, 290-modda, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda; 2026-yil, № 2, 132-modda) 29-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282650" id="-8282650">quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282651" id="-8282651">“bolalarda halollik tuygʻusini shakllantirishni, ularni qonunlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashni”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282652" id="-8282652">beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282653" id="-8282653"><strong>8-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ-637-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 101-modda, № 9, 958, 964-moddalar, № 11, 1188-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 10, 1155-modda, № 12, 1329-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282654" id="-8282654">1) 14<sup>1</sup>-moddaning uchinchi qismi “boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni” degan soʻzlardan keyin “korrupsiyaga oid jinoyatlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282655" id="-8282655">2) 26-moddaning ikkinchi qismi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282656" id="-8282656">quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282657" id="-8282657">“korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini inobatga olgan holda taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash sifatini oshirishga, taʼlim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282658" id="-8282658">oʻn ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilari tegishincha oʻn uchinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282659" id="-8282659"><strong>9-modda. </strong>Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-684-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 289-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 12, 1288-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 4, 519-modda, № 6, 730-modda; 2026-yil, № 3, 255-modda, № 4, 364-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282660" id="-8282660">“Davlat buyurtmachisi davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning narxi hamda ularning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasiga nisbatan belgilangan talablarga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282661" id="-8282661">Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning narxi hamda ularning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282662" id="-8282662"><strong>10-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282663" id="-8282663"><strong>11-modda. </strong>Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282664" id="-8282664">ushbu Qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning oʻrtacha bozor narxini oʻrganish va aniqlash hamda ularning boshlangʻich narxi va oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasini, shuningdek narxlarning shakllantirilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oylik muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282665" id="-8282665">hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282667" id="-8282667">respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8282668" id="-8282668"><strong>12-modda. </strong>Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-8282669" id="-8282669">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-8282672" id="-8282672">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-8282673" id="-8282673">2026-yil 22-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-8282674" id="-8282674">OʻRQ-1155-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-8282440" id="-8282440">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
