|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.04.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 31 DEKABRDAGI 606-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar berish hisobiga dehqon va fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, kichik va oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarni oʻzini-oʻzi mehnat faoliyati bilan band qilish va qishloq joylarda koʻproq ish oʻrinlari yaratishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
8-may 1998-y.,
197-son
Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomi va matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi” soʻzlari “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Qarorga ilova qilingan “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi haqida nizom” ning nomi va matnidagi “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi” soʻzlari “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Qarorga ilova qilingan “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi haqida nizom”ning 6-bandi oxiriga quyidagi xat boshi kiritilsin:
“qishloq joylardagi dehqon va fermer xoʻjaliklariga, kichik va oilaviy korxonalarga yangi ish joylari tashkil qilish hisobiga ularni rivojlantirish va kengaytirishni ragʻbatlantirish uchun qaytarish, qaytarilishini taʼminlash va toʻlash shartlari asosida oʻrtacha muddatli kreditlar berish”.