|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO RIVOJLANISh BANKI BILAN HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Osiyo rivojlanish banki ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo rivojlanish banki (ORB) bilan birgalikda amalga oshirish moʻljallangan loyihalar roʻyxati ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Osiyo rivojlanish banki bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun masʼul Bosh vazir oʻrinbosarlari:
ikki hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirsinlar va ularning rahbarlarini tayinlasinlar;
ORB bilan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik sifatida belgilangan respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda xarajatlarning mahalliy ulushini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini qarzga olingan mablagʻlarni toʻlashning aniq manbalarini loyihalarni xarajatlarni qoplashini va iqtisodiy samaradorligi yuzasidan ekspertiza qilishni nazarda tutgan holda ORB bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
ORB ishtirokida ishlab chiqilayotgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqlar ishchi guruhlari tomonidan majburiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda Moliya vazirligiga kelishib olish uchun taqdim etiladi;
yangi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashga buyurtmanomalar Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti orqali Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari bilan kelishilgandan keyin ORBga yoʻnaltiriladi.
4. Ilovada koʻrsatilgan qoʻshma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Bosh vazir oʻrinbosari Makroiqtisodiyot va statistika vaziri B. S. Hamidov moliyaviy va texnikaviy koʻmak olish uchun Osiyo rivojlanish bankiga buyurtmanomalarni imzolashga vakil qilinsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel.,
186-son