|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING BOJXONA KOLLEJINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-maydagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq hamda bojxona organlarini yuqori malakali, chuqur bilimlarga ega boʻlgan kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kolleji tashkil etilsin.
Belgilansinki:
kollej harbiylashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasi, taʼlim oluvchilar esa — kursantlar hisoblanadi;
kollejda oʻqish davlat taʼlim grantlari asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
kollejda oʻqish muddati 3 yil va 1 yil bojxona xizmati organlarida amaliy ishda sinov. 11 yillik umumiy oʻrta taʼlimga ega boʻlgan abituriyentlar uchun (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari joriy etilgungacha) oʻqish muddati tegishlicha — 2 va 1 yil;
kollej kursantlari normativ pul taʼminoti, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar;
Bojxona kollejini tamomlagan kursantlarga oʻqish vaqti bojxona organlarida xizmat stajiga qoʻshiladi, Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilmaganlarga esa — muddatli harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi.
2. Quyidagilar Bojxona kollejining asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika bojxona xizmatining malakali, oʻz kasb burchiga sodiq oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
kursantlarning kasb mayllarini, malaka va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, ular tomonidan bojxona ishi mutaxassisliklari chuqur oʻzlashtirilishi;
davlat taʼlim standartlari doirasida kursantlarning intellektual rivojlanishini, amaliy faoliyat koʻnikmalari va ijodiy qobiliyatlari shakllanishini taʼminlovchi umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston bojxona xizmatini mustahkamlash va rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani oʻrganish va oʻzlashtirish, respublika bojxona xizmati xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
taʼlim oluvchilarni yuksak axloqiylik va Oʻzbekiston mustaqilligi mafkurasi va demokratiyaga, Qasamyodga sodiq hamda Vatan va xalqqa sadoqatli xizmat qilish ruhida tarbiyalash;
bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
3. Bojxona kollejining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga xodimlarning tasdiqlangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida kollej tuzilmasiga oʻzgartirish kiritishga ruxsat etilsin.
Bojxona kolleji professor-oʻqituvchilari va boshliqlar tarkibiga kiruvchi xodimlari soni, ularni 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich butlagan holda, 66 nafardan iborat etib belgilansin (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari).
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda tuzilmaga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Kollej toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
1998-yil 1-sentabrdan boshlab kollejda mashgʻulotlar boshlanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha kollej professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlab olish va tayyorlash tizimini ishlab chiqsin;
Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 1998/99 oʻquv yilida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha:
Bojxona kolleji oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin, ularni 1998/99 oʻquv yilida tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazsin;
darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, didaktik materiallar ishlab chiqish boʻyicha tanlov asosida mualliflar jamoalarini tashkil etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tajriba sinovi natijalari boʻyicha 1999-yil 1-avgustgacha:
bojxona ishi sohasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda:
bitiruvchilarga malaka talablarini belgilashni;
tayyorlash sifatiga hamda taʼlim va kasb-hunar dasturlari mazmuniga talablarni belgilashni;
oʻquv fanlarini, taʼlim dasturlari va maxsus dasturlarni shakllantirishni;
kadrlarni sifatli tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻquv soatlari hajmlarini belgilashni nazarda tutsin;
oʻquv rejalari va dasturlariga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yildan boshlab Bojxona kolleji xarajatlariga belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
1998-yilda Bojxona kollejini mablagʻ bilan taʼminlashni joriy yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tasdiqlangan xarajatlari smetasini tejash doirasida amalga oshirsin.
Belgilansinki, Bojxona kolleji binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish, tuzatish hamda uning moddiy-texnika taʼminoti Davlat bojxona qoʻmitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oziq-ovqat, ashyoviy mulk, mebel va kazarma inventari, oziq-ovqat xizmati mol-mulki va Bojxona kolleji avtotransport vositalari bilan taʼminlash normalarini bir oy muddatda tasdiqlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 1998/99 oʻquv yili boshlangunga qadar kollej binolari va inshootlari tuzatilishini, professor-oʻqituvchilar tarkibi butlanishini, kollej xodimlari va kursantlari uchun zarur moddiy va sanitariya-maishiy sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
11. “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmalari, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi Bojxona kolleji kursantlari formali kiyim-bosh, oziq-ovqat bilan taʼminlashida koʻmaklashsinlar.
12. Bojxona kollejini joylashtirish uchun “Toshkent lak-boʻyoq zavodi” ijara korxonasining Mirzo Ulugʻbek tumani, Raim Soliyev koʻchasi, 7-uyda joylashgan yotoqxonasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi balansiga tekin oʻtkazilsin.
13. Toshkent shahar hokimligi “Toshkent lak-boʻyoq zavodi” ijara korxonasi rahbariyati bilan birgalikda R. Soliyev koʻchasi, 7-uydagi yotoqxonadan koʻchirilayotgan yashovchilarni 10 kun mobaynida amaldagi normalarga muvofiq uy-joy bilan taʼminlash masalalarini hal qilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
13-iyul 1998-yil,
297-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kolleji
tuzilmasi
* Hammasi — 66 nafar (yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz).
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona kolleji shtatdagi xodimlari soni
|
Lavozimlar nomi |
Lavozimlar soni | |||
|
Jami |
shu jumladan | |||
| |
1998-yilda |
1999-yilda kiritiladi |
2000-yilda | |
| Shtatdagi xodimlar soni (jami) | 66 | 38 | 19 | 9 |
| Shu jumladan: | | | | |
| katta boshliqlar tarkibi | 48 | 29 | 13 | 9 |
| oʻrta boshliqlar tarkibi | 16 | 8 | 5 | 3 |
| kichik boshliqlar tarkibi | 2 | 1 | 1 | — |