Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.07.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARIGA SOLIQ SOLISh TARTIBI TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini soliq toʻlovchilarga yetkazsin;
bir oy muddatda normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 20-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Vazirlar Mahkamasining “Savdo korxonalari va tashkilotlariga soliq solishdagi ayrim oʻzgarishlar toʻgʻrisida” 1994-yil 16-martdagi 138-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-aprel,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
10-apreldagi 153-son qaroriga
ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha budjet bilan hisob-kitob qilishi
TARTIBI
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadga solinadigan soliq boʻyicha budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini belgilab beradi.
2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, ekologiya soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer soligʻi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, boshqa mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻlash oʻrniga (mulk soligʻidan tashqari) budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar.
Mazkur qoida yuqorida aytib oʻtilgan korxonalar tomonidan olinadigan barcha daromadlarga tatbiq etiladi, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar bundan mustasno.
Agar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo faoliyati bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish bilan ham shugʻullansa, u holda ular alohida hisobni yuritishlari kerak hamda ishlab chiqarish faoliyati boʻyicha qonun hujjatlari bilan korxonalarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar va yigʻimlarni toʻlovchilar hisoblanadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari mulk soligʻi, boj toʻlovlari, davlat bojlari, litsenziya yigʻimlari, budjetdan tashqari fondlarga ajratmalarni umumiy belgilangan tartibda toʻlaydilar.
Savdo korxonalari Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan berilgan yer uchun ijara haqidan ozod qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Soliq toʻlovchilar
3. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar yalpi daromad soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi.
Davlat statistika organining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasida koʻrsatilgan korxona faoliyati kodi yalpi daromad soligʻi toʻlovchini aniqlashning asosiy mezoni hisoblanadi.
4. 3-bandda koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar keyingi oʻrinlarda “korxonalar” deb ataladi.
Soliq solish obyekti va soliqni hisoblab chiqish tartibi
5. Korxonaning yalpi daromadi daromad soligʻi solish obyekti hisoblanadi. Yalpi daromad tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
sotilgan tovarlarning xarid va sotish qiymati oʻrtasidagi tafovut;
Oldingi tahrirga qarang.
Operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq daromadlar, tushumlar. Bunda savdo korxonalarining yalpi daromadida savdo maydonlari ijarasidan tushgan daromadlar ijara xarajatlari chiqarib tashlangan holda aks ettiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-sonli qarori tahririda)
moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar va xarajatlar (saldo);
favqulodda daromadlar.
6. Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda 5-bandda nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqilgan yalpi daromad;
ssudalar va qarzlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobga olish stavkalari doirasida va undan ortiqcha foizlar toʻlash;
qimmatli qogʻozlar chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrniga tiklanadi.
Soliq solinishi kerak boʻlgan dividendlar va foizlar sifatida olinadigan daromadlar ular toʻlanadigan manbada yalpi daromaddan chiqarib tashlanadi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan toʻlanadigan dividendlar va foizlarga (bank krediti uchun foizlardan tashqari) umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
Yalpi daromad soligʻi stavkalari
7. Yalpi daromad soligʻi:
korxona faoliyati turiga (ulgurji savdo, chakana savdo, umumiy ovqatlanish);
korxona joylashgan joyga (shahar, qishloq, olis va togʻli tumanlar);
yalpi daromadning tovar oborotiga nisbati sifatida aniqlanadigan korxonaning daromadlilik darajasiga bogʻliq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
Bunda asosiy stavkalar daromadlilikning belgilangan darajasiga muvofiq keluvchi yalpi daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
8. Daromadlilik darajasini belgilashda soliq solish maqsadida:
“Mahsulot sotish”;
“Asosiy vositalarni sotish va boshqa shaklda hisobdan chiqarish”;
“Boshqa aktivlarni sotish”;
jarimalar, penyalar va olingan neustoykalar yuzasidan “Foyda va zararlar” schyotlari boʻyicha kredit oborotlari tovar oboroti tarkibiga kiritiladi.
Konsignatsiya shartlarida, shuningdek vositachilik shartlarida tovarni sotuvchi hamda keyinchalik naqd pul mablagʻlarini komitentlarga beruvchi korxonalar daromadlilik darajasini belgilashda soliq solish maqsadida tovarning sotilishi qiymatini tovar oborotiga kiritadilar.
9. Faoliyatning bir nechta turini (ulgurji savdo, chakana savdo, umumiy ovqatlanish) amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatning tegishli turlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydilar. Faoliyatning ayrim turlari boʻyicha mustaqil hisobga olish mavjud boʻlmagan taqdirda korxonalar ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlariga belgilangan eng yuqori stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydilar.
Yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish tartibi va toʻlash muddatlari
10. Yalpi daromad summasi yalpi daromad miqdoridan, daromad olish darajasidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchilar tomonidan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda savdo korxonalarining yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash har oyda oʻsib boruvchi yakun boʻyicha amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 339-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
11. Yalpi daromad soligʻi boʻyicha hisob-kitob soliq toʻlovchilar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay har oyda taqdim etiladi.
Yalpi daromad soligʻi hisob-kitobi shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarga yetkaziladi.
12. Soliq toʻlovchilar yalpi daromad soligʻini hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay toʻlaydilar.
13. Budjet bilan hisob-kitob qilishning buxgalteriya hisobi “Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti, “Yalpi daromad soligʻi” subschyoti boʻyicha yuritiladi. Belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan soliq “Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti krediti, “Hisoblangan soliqlar” schyotidagi “Yalpi daromad soligʻi” subschyoti boʻyicha aks ettiriladi.
Soliq summasining oʻtkazilishi “Budjet bilan hisob-kitoblar” schyoti debeti, “Yalpi daromad soligʻi” subschyoti, “Hisob-kitob schyoti” schyoti krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
14. Soliq toʻlovchilar soliqning toʻgʻri hisoblab chiqilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat soliq xizmati organlarining nazorat qilishi
15. Soliqlar haqidagi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 1998-y., 4-son, 14-modda)