1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.95.00 (Кучини йукотган) Yakka tartibdagi pedagogik faoliyat]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga sifatli taʼlim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Koʻp funksional inklyuziv-resurs markazi (keyingi oʻrinlarda — Inklyuziv markaz) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda bittadan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlar (keyingi oʻrinlarda — maxsus maktablar) negizida Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablari (keyingi oʻrinlarda — Inklyuziv maktablar) tashkil etish;
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi maxsus maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari yoki litsenziyaga ega nodavlat taʼlim tashkilotlarida malakasini oshirish tartibini yoʻlga qoʻyish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
a) Inklyuziv markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda oʻqitish va kasbga oʻrgatish, ularni inklyuziv taʼlim muhitiga tayyorlash va ijtimoiy moslashtirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning individual taʼlim rejalari hamda individual rivojlanish xaritalari boʻyicha talablarni ishlab chiqish, tajribadan oʻtkazish va joylarda tatbiq etilishini monitoring qilib borish;
davlat taʼlim tashkilotlarida, shu jumladan, inklyuziv taʼlim yoʻlga qoʻyilgan maktablarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar bilan ishlaydigan pedagoglarga (keyingi oʻrinlarda — maxsus pedagoglar) joyiga chiqib amaliy yordam koʻrsatish va sayyor oʻquv-seminarlar oʻtkazish;
maxsus pedagoglar uchun amaliy stajirovka va oʻquv-seminarlarni tashkil etish;
maxsus pedagoglar faoliyatiga doir talablarni belgilash, ularning bilim va koʻnikmasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish hamda kasbiy sertifikatlash;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlimi uchun zamonaviy metodikalar, oʻquv-didaktik materiallar va assistiv vositalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga reabilitatsiya, korreksion va psixologik-pedagogik xizmatlarni koʻrsatish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
b) Inklyuziv maktablarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda oʻqitish va kasbga oʻrgatish, ularni inklyuziv taʼlim muhitiga tayyorlash va ijtimoiy moslashtirish;
maxsus pedagoglarga joyiga chiqib amaliy yordam koʻrsatish va sayyor oʻquv-seminarlar oʻtkazish;
maxsus pedagoglar uchun amaliy stajirovka va oʻquv-seminarlarni tashkil etish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida korreksion va psixologik-pedagogik xizmatlarni koʻrsatish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ota-onalari uchun pedagogik va psixologik koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan maxsus kurslarni tashkil etish.
3. Belgilansinki:
a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Inklyuziv markaz tarkibida tajriba-sinov tariqasida inklyuziv-korreksion maktab (keyingi oʻrinlarda — inklyuziv-korreksion maktab) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va unda taʼlim jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
boshlangʻich sinflar uchun oʻquvchilarni moslashtirish, taʼlim va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, individual taʼlim rejasi asosida korreksion va qoʻshimcha mashgʻulotlarni oʻz ichiga olgan inklyuziv sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
oʻrta va yuqori sinflarda individual taʼlim rejasi asosida fan, kasb va korreksion mashgʻulotlar oʻtkaziladi;
inklyuziv-korreksion maktabning oʻrta va yuqori sinflarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan 8 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik hisobidan pedagog lavozimi, boshlangʻich inklyuziv sinflarda 14 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik hisobidan pedagog lavozimi, oʻrta va yuqori sinflarda 20 nafar alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun 1,0 birlik hisobidan yordamchi pedagog lavozimi shtat birliklari ajratiladi.
Bunda pedagog va yordamchi pedagog xodimlar ish rejasi haftasiga 36 soatlik ish rejimidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi hamda oʻquv dars soatlaridan boshqa vaqtlarda Inklyuziv markaz direktorining ish taqsimotiga asosan faoliyat olib boradi;
b) Inklyuziv markazda faoliyat koʻrsatuvchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning lavozim maoshlariga 50 foiz, qolgan barcha xodimlarning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida budjet mablagʻlari hisobidan har oylik ustamalar toʻlanadi;
v) Inklyuziv markaz alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning individual taʼlim rejalari va individual rivojlanish xaritalarini maxsus maktablarda joriy etilishi va yuritilishini tahlil qilib boradi hamda joyiga chiqqan holda oʻrganib boradi;
g) Inklyuziv markazda:
umumtaʼlim maktablarining inklyuziv sinflarida taʼlim oluvchi nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun asosiy maktabdagi darslariga qoʻshimcha fan, kasb va korreksion mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi;
2026-yil 1-oktabrdan boshlab davlat taʼlim tashkilotlarining maxsus pedagoglari uchun amaliy stajirovkalar tashkil etiladi;
d) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Inklyuziv markazda davlat taʼlim tashkilotlari maxsus pedagoglarining bilim va koʻnikmasini baholash uchun maxsus pedagoglarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Bunda 2028/2029 oʻquv yilidan boshlab faqat mazkur kichik bandda nazarda tutilgan sertifikat olgan maxsus pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi;
e) Inklyuziv markaz oʻquvchilari alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar uchun oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishning oʻrtacha sutkalik normalari boʻyicha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
j) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab hududlarda bosqichma-bosqich Inklyuziv maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda ulardagi pedagoglar soni mazkur bandning “a” kichik bandida inklyuziv-korreksion maktab uchun belgilangan meʼyorlar asosida belgilanadi.
z) 2026-yil 15-maydan boshlab maxsus maktablarning, 2026-yil 2-oktabrdan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha taʼlim tashkilotlari)ning rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi. Bunda:
maxsus maktablar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis xodimlari uchun malaka oshirish kursining davomiyligi kamida 100 soat, rahbar xodimlari uchun kamida 144 soat etib belgilanadi;
malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda, tinglovchilar soni 25 nafardan kam boʻlmagan va 30 nafardan koʻp boʻlmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi;
malaka oshirish kurslari Ijtimoiy himoya milliy agentligining buyurtmasiga binoan Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlari reyestriga kiritilgan nodavlat taʼlim tashkilotlari yoki pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — malaka oshirish tashkilotlari) tomonidan amalga oshiriladi;
malaka oshirish kurslari uchun toʻlovlar malaka oshirish tashkilotlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida (tuzilgan shartnoma summasining 30 foizini oldindan toʻlashni nazarda tutgan holda) har bir tinglovchi uchun belgilangan miqdordan kelib chiqib Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
bir nafar tinglovchi uchun toʻlanadigan mablagʻ miqdori Ijtimoiy himoya milliy agentligi va malaka oshirish tashkiloti tomonidan belgilanadi. Bunda bir nafar rahbar tinglovchi uchun toʻlanadigan mablagʻ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan, pedagog va mutaxassis xodimlar uchun uch baravaridan oshmasligi lozim;
malaka oshirish kurslari malaka oshirish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlari boʻyicha onlayn yoki oflayn shaklda amalga oshiriladi;
malaka oshirish davrida tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
4. Quyidagilar:
Koʻp funksional inklyuziv-resurs markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Koʻp funksional inklyuziv-resurs markazining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2026-yildan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni yashash joyiga yaqin hududda taʼlim olishini taʼminlash maqsadida Inklyuziv maktablar sifatida tashkil etilmaydigan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar negizida bosqichma-bosqich koʻp tarmoqli maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Inklyuziv markaz shtat birliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarning 2025-2026-yillarda maqbullashtirilgan shtatlari hamda qisqartirilgan sinflar hisobiga kamaytirilgan oʻquv soatlari (pedagogik stavkalar) hisobiga iqtisod qilingan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Inklyuziv markazning umumiy ish haqi fondi hisobiga 25 foiz, Inklyuziv maktablarning umumiy ish haqi fondi hisobiga 15 foiz miqdorda ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Inklyuziv markaz xodimlari faoliyatini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadigan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, Inklyuziv markazning moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdorida bir martalik mukofot puli toʻlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
7. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qaror ijrosi boʻyicha talab etiladigan xarajatlar 2026-yilda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi sifatida ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
8. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
a) ikki oy muddatda:
Inklyuziv markazning ustavi tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Inklyuziv maktablar va koʻp tarmoqli maktablarning ustavi, tuzilmasi tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
b) 2026-yildan boshlab Inklyuziv maktablar uchun bino-inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritib borsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
818-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-son qaroriga 1-ILOVA
Metodika va assistiv texnologiyalarni tatbiq etish boʻlimi
4
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, pedagog va yordamchi pedagoglar tarkibidan tashqari) — 70 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni — 7 nafar.
Izoh.
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
** Pedagoglar va yordamchi pedagoglar soni oʻquvchilar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
*** Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun shtatlar soni Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
**** Reabilitatsiya markazi uchun 1,0 birlikdan shifokor (psixonevrolog), shifokor (travmotolog-ortoped) jami 2,0 birlik shifokor lavozimi, 1,0 birlik hamshira (oliy maʼlumotli) lavozimi, 6,0 birlik defektolog lavozimi, 1,0 birlik logoped lavozimi, 3,0 birlik psixolog lavozimi, 10,0 birlik tibbiy jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi (oliy maʼlumotli) lavozimi, 1,0 birlik tibbiy roʻyxatdan oʻtkazuvchi hamshira (oliy maʼlumotli) lavozimi kiritiladi.
Hisob-kitob yoʻli bilan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonini aniqlashda ularning shtat birliklari 0,25; 0,5; 0,75; 1,25 va hokazo sonlariga yaxlitlanadi. Bunda 0,15 gacha sonlar hisobga olinmaydi, 0,15 dan 0,40 gacha 0,25 birlikka, 0,41 dan 0,60 gacha 0,5 birlikka, 0,61 dan 0,85 gacha 0,75 birlikka, 0,86 dan yuqori hosil boʻlgan sonlar 1,0 birlikka yaxlitlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-son qaroriga 2-ILOVA
Koʻp funksional inklyuziv-resurs markazining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash
MIQDORLARI
T/r
Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi
Mehnatga haq toʻlash miqdori
Tenglashtiriladigan lavozimlar nomi
1.
Direktor
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining 4-guruhi
2.
Direktor oʻrinbosari (oʻquv ishlari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha)
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosarining 4-guruhi
3.
Direktor oʻrinbosari (metodik ishlar, monitoring va stajirovkani muvofiqlashtirish boʻyicha)
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosarining 4-guruhi
4.
Direktor oʻrinbosari (maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha)
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktorining oʻrinbosarining 4-guruhi
5.
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha inspektor (oliy maʼlumotli)
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchisiga
9.
Kasbga oʻrgatish mutaxassislari
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchisiga
10.
Yordamchi pedagog
Bazaviy tarif stavkasi
Barcha tipdagi muassasalarning oʻrta maxsus maʼlumotli tarbiyachisi
11.
Musiqa xodimi (oliy maʼlumotli)
9
Yagona tarif setkasi razryadi asosida
12.
Axborot resurs markazi (kutubxona) mudiri (oliy maʼlumotli)
7
Yagona tarif setkasi razryadi asosida
13.
Surdotarjimon
4
Yagona tarif setkasi razryadi asosida
Individual rivojlanish jarayonlarini monitoring qilish boʻlimi
14.
Boʻlim boshligʻi
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining oliy toifali oʻqituvchisi
15.
Bosh mutaxassis
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 1-toifali oʻqituvchisi
Stajirovka va sertifikatlash boʻlimi
16.
Boʻlim boshligʻi
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining oliy toifali oʻqituvchisi
17.
Bosh mutaxassis
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 1-toifali oʻqituvchisi
Metodika va assistiv texnologiyalarni tatbiq etish boʻlimi
18.
Boʻlim boshligʻi
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining oliy toifali oʻqituvchisi
19.
Bosh mutaxassis
Bazaviy tarif stavkasi
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 1-toifali oʻqituvchisi
Reabilitatsiya markazi xodimlari
20.
Shifokor jismoniy tarbiya orqali davolash (LFK) (nevropatolog)
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimi
21.
Shifokor (travmotolog-ortoped)
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimi
22.
Defektolog
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchi-defektologi
23.
Logoped
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti logopedi
24.
Psixolog
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi
25.
Tibbiy jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi (oliy maʼlumotli)
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya yoʻriqchisi
26.
Tibbiy roʻyxatdan oʻtkazuvchi hamshira (oliy maʼlumotli)
Bazaviy tarif stavkasi
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimi
27.
Boshqa xodimlar
-
Yagona tarif setkasi razryadi asosida
Izoh.
* Koʻp funksional inklyuziv-resurs markaziga ishga qabul qilinadigan pedagog xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kamida oliy maʼlumotli, shuningdek, malaka toifasiga (ikkinchi, birinchi, oliy) ega boʻlishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomda:
“18. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oila muhitida taʼlim olishini taʼminlash maqsadida bolalar birinchi navbatda yashash hududidagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul qilinadi.
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning yashash hududida ularning sogʻligʻi va jismoniy holatiga mos boʻlgan mazkur nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoki ularda boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmaganda, bolalar yashash hududiga yaqin boʻlgan hududdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga joylashtirilishi mumkin”;
“32. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, taʼlim jarayoni uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini hisobga olgan holda hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi turiga, undagi oʻquvchilar kontingenti va sinflarning toʻldirilishiga koʻra belgilanadi:
Taʼlim yoʻnalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari
Sinflarning oʻquvchilar bilan toʻldirilishi
Oʻquvchilarning minimal soni
Oʻquvchilarning maksimal soni
1. I tur:
Eshitishida nuqsonlari boʻlgan bolalar
8
12
2. II tur:
Koʻrishida nuqsonlari boʻlgan bolalar
8
12
3. III tur:
Ruhiy va aqliy rivojlanishida nuqsonlar boʻlgan bolalar
a) yengil darajadagi aqliy zaif bolalar
12
14
b) moʻtadil darajadagi aqliy zaif bolalar
8
10
4. IV tur:
Tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar
10
12
5. V tur:
Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablar
a) boshlangʻich inklyuziv sinflar
25
30
shundan sogʻlom bolalar
22
27
b) oʻrta va yuqori sinflar
8
12
6. VI tur:
Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar
8
12
Koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar
8
12
Ruhiy va aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar:
a) yengil darajadagi aqliy zaif bolalar
12
14
b) moʻtadil darajadagi aqliy zaif bolalar
8
10
Tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar
10
12
Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda taʼlim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun
6
8
Izoh.Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi joylashgan hududda boshqa shu turdagi ixtisoslashtirilgan sinf mavjud boʻlmagan hollarda, istisno tariqasida bolalar soni belgilangan meʼyor pastki chegarasining 50 foizidan kam boʻlmaganda faqat bitta sinf tashkil etilishi mumkin”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandning oltinchi xatboshisi “davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatiga” soʻzlaridan keyin “, Ilk rivojlanish markazlarining “maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” modeliga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“28. PTPK aʼzolari tomonidan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish, ular bilan bevosita muloqot qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganish natijasida ularning alohida taʼlimga boʻlgan ehtiyojlari asosida tegishli taʼlim muassasalariga yuborish yoki yuborishni rad etish yuzasidan xulosa beriladi.
PTPK tomonidan bolalarni koʻrikdan oʻtkazish natijasida ularni taʼlim muassasasiga yuborishni rad etish yuzasidan xulosa berilgan taqdirda, ushbu xulosa uch ish kunida qonuniy vakillarga taqdim etiladi”;