1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish hamda jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga boʻlgan murosasizlik muhitini shakllantirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bogota harakatlar chaqiruviga qoʻshilgani hamda Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka chek qoʻyish boʻyicha global alyans aʼzoligiga qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
(a) 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
II. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat)]
(a) zoʻravonlik natijasida oilasidan olingan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
(i) professional tutingan oilani tashkil etishga nomzodlar zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalardagi (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar) zoʻravonlik natijasida olingan ruhiy jarohatning salbiy taʼsirini kamaytirish, xulq-atvoridagi ogʻishishlarni yoki oila aʼzolari, tengdoshlari bilan munosabatlaridagi buzilishlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-reabilitatsiya dasturlari asosida oʻqitiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(ii) zoʻravonlik natijasida oilasidan olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar professional tutingan oilaga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mazkur oilalar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
(iii) professional tutingan oilaga har bir joylashtirilgan bolani parvarishlash uchun har oyda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida mablagʻ toʻlab boriladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.10 Boshqa nafaqalar]
(iv) professional tutingan oilaga joylashtirilgan har bir bolaning yashash xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining yashash xarajatlari uchun belgilangan miqdorlarda mablagʻ ajratiladi;
(b) dastlab Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026-yil yakuniga qadar respublikaning boshqa hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida kichik hajmli ijtimoiy koʻmak markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(v) jinsiy zoʻravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlariga ham boshqalardan alohida joylashtirilishi mumkin.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi;
(b) bolalarga nisbatan ularning qonuniy vakillari yoki boshqa qarindoshlari tomonidan zoʻravonlik holatlari boʻyicha ishni sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organi vakili majburiy tartibda ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
(v) zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning dastlabki koʻrsatuvlari majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.05.00 Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
(g) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar taʼlim, sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etiladi.
5. Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
(a) uch oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmonning 4-bandidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
(b) olti oy muddatda bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etish bilan bogʻliq ishlar doirasida bolalar va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻrtasida yuzlashtirish tergov harakatini faqat tergovchi va prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan oʻtkazish tizimini joriy etish boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi va Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatish;
(b) davlat muassasasi shaklida Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi hamda uning Samarqand, Fargʻona, Xorazm va Buxoro viloyatlarida mintaqaviy boʻlinmalarini tashkil etish.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ikki oy muddatda Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
III. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar hamda ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Belgilansinki, 2026-yil 1-martdan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslari) uchun “mehrli oila” xizmati tashkil etiladi. Bunda:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
(a) “mehrli oila” xizmati Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi tomonidan tashkil etiladi;
(b) “mehrli oila” xizmatiga ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining qarori asosida jalb qilinadi;
(v) “mehrli oila” xizmatiga jalb qilingan ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga farzandlarining psixofizik xususiyatlarini inobatga olgan holda oilasi bilan buzilgan munosabatlarni tiklash va ularning ijtimoiylashuviga koʻmaklashish uchun “oilaviy terapiya” xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar ularning xulq-atvori, iqtidori va qiziqishlarini inobatga olgan holda oʻquv yili davomida 3-ilovada nazarda tutilgan taʼlim tashkilotlariga Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yoʻllanmasiga muvofiq joylashtirilishi mumkin. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
(i) yoʻllanma asosida yuboriladigan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar taʼlim tashkilotlariga bepul asosda, sinovlar va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
(ii) taʼtil vaqtida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarni ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)ga qaytarish imkoni boʻlmagan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ushbu bolalarni oʻquv jarayoni boshlangunga qadar vaqtinchalik muqobil joylashtirish choralari koʻriladi;
(iii) yoʻllanma asosida joylashtirilgan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bola tegishli taʼlim tashkilotining oʻquv ishlari boʻyicha direktori oʻrinbosariga biriktiriladi hamda uning xulq-atvori va oʻzlashtirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorakda uning yashash joyidagi Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritiladi;
(b) har oʻquv yili yakunida vazirlik va idoralar (Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bundan mustasno) tomonidan tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining qabul kvotasini tasdiqlashda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar uchun 5 foizgacha qoʻshimcha kvota ajratiladi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumot Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)
9. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
10. Quyidagilar Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatining qoʻshimcha yoʻnalishlari sifatida belgilansin:
(a) inklyuziv va maxsus taʼlim, gerontologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, adaptiv sport, hayot faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish, oilalar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash;
(b) inklyuziv va maxsus taʼlim hamda adaptiv sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
(v) inklyuziv va maxsus taʼlim, gerontologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika hamda adaptiv sport yoʻnalishlarida tadqiqotlar oʻtkazish;
(g) inklyuziv va maxsus taʼlim, gerontologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika va adaptiv sport yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish, shuningdek, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha standartlarni ekspertizadan oʻtkazish.
11. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklansin:
(a) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar tomonidan koʻrilayotgan choralarning natijadorligini oʻrganish;
(b) oilada bolaga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olishda ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning masʼuliyati va hayotiy koʻnikmalarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralarning samaradorligini muhokama qilib borish;
(v) qoʻshimcha kvota asosida taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarning xulq-atvori va oʻzlashtirishini tahlil qilish.
IV. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Oliy sud bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni almashish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona elektron platforma (keyingi oʻrinlarda — platforma)ni ishlab chiqsin. Bunda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
(a) platforma davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi;
(b) bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik holatlarining yagona statistika hisobi va hisobotini yuritish, statistika organlariga taqdim etish, shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning har bir bosqichini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
13. Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligi 2026-yil 1-fevraldan boshlab reja-grafik asosida zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar bilan protsessual harakatlar davomida ishlashga masʼul boʻlgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyalar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari, shuningdek, advokatlarning surishtiruv, dastlabki tergov va sud protsessida bolalar bilan ishlashning maxsus usullariga oid kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish uchun milliy va xorijiy ekspert hamda mutaxassislarni jalb etgan holda qisqa muddatli kurslarda oʻqitilishini tashkil etsin.
14. Quyidagilar:
(a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
(i) mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin;
(ii) jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlikka boʻlgan murosasizlik muhitini yaratish, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan targʻibot materiallari (tarqatma materiallar, koʻrgazmali targʻibot vositalari, videoroliklar, buklet va flayerlar) tayyorlanishini hamda jamoat joylarida, shu jumladan, sogʻliqni saqlash muassasalari va barcha taʼlim tashkilotlarida keng targʻibotini tashkil qilsin;
(b) Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
17. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-dekabr,
PF-256-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoniga 1-ILOVA
2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish
STRATEGIYASI
1-bob. Umumiy maʼlumot
1. 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni va Bogota harakatlar chaqiruvi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning ijrosini taʼminlash, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning mazkur sohadagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Quyidagilar Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
(a) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha profilaktika tizimini takomillashtirish va zoʻravonlik holatlarini erta aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
(b) jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlikka boʻlgan murosasizlik muhitini shakllantirish;
(v) zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar uchun oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish, kunduzgi shaklda va boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish;
(g) zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirokini kengaytirish;
(d) zoʻravonlik holatlari boʻyicha doimiy yangilab boriluvchi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish;
(j) zoʻravonlik holatini baholash va monitoring qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
(z) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
(i) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash.
2-bob. Mamlakatimizda bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishning joriy holati
3. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi, Oʻzbekiston Respublikasi Bogota harakatlar chaqiruviga qoʻshildi hamda Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka chek qoʻyish boʻyicha global alyans aʼzoligiga qabul qilindi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
(a) jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, ekspluatatsiya qilish va taʼqib etish (bulling) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari sifatida;
(b) Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi), prokuratura va ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari, davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar etib;
(v) Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
3-bob. Strategiyaning asosiy maqsad va vazifalari
5. Mamlakatimizda bolalikni inson rivojlanishining muhim bosqichi sifatida eʼtirof etib, bolalarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun xavfsiz sharoitlar yaratish, bolalarni jamiyatda toʻlaqonli hayotga tayyorlash, shuningdek, ularning jismoniy, aqliy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillardan himoya qilish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
(a) bolalarning xavfsiz va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoyalangan muhitda yashashi va rivojlanishini taʼminlash;
(b) zoʻravonlik xavfi ostida yashayotgan bolalarni erta aniqlash va ularga manzilli yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
(v) zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga kompleks xizmatlar koʻrsatish va ularni reabilitatsiya qilish.
6. Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(a) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik holatlari boʻyicha xabar berish va unga munosabat bildirish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
(b) ota-onalarning ota-onalik koʻnikmalarini rivojlantirish, oilalarning iqtisodiy holatini yaxshilash va qoʻllab-quvvatlash orqali bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik, shu jumladan, ularga shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlarini kamaytirish;
(v) bolalarning yanada samarali, gender tenglikka asoslangan, ijtimoiy-psixologik oʻrganish va hayotiy koʻnikmalar boʻyicha taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari, jamiyat va kibermakonda ular uchun xavfsiz va qulay muhitni taʼminlash;
(g) jamiyatda bolalar uchun zoʻravonliksiz, gʻamxoʻr, hurmatga va gender tenglikka asoslangan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydigan meʼyor va qadriyatlarni mustahkamlash;
(d) zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning sifatli tibbiy, ijtimoiy, psixologik, huquqiy va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashish;
(j) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida maʼlumotlarni toʻplash, baholash, monitoring qilish, muvofiqlashtirish, idoralararo hamkorlik qilish va javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish.
1-§. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
7. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik holatlari boʻyicha xabar berish va unga munosabat bildirish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) ilgʻor xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalarini qabul qilish, jumladan, Yevropa Kengashining Bolalarni jinsiy ekspluatatsiya va jinsiy zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (Lansarote konvensiyasi), Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning xabar berish tartibiga oid fakultativ protokoliga, shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashishda ilgʻor xalqaro tajriba modellarini (shu jumladan, “Barnaxus” modeli) joriy etish, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini inobatga olgan holda bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha maʼmuriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish;
(b) zoʻravonlikning har qanday shaklidan jabrlangan bolalarga va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordamdan foydalanish huquqini berish;
(v) bolaga nisbatan uning qonuniy vakillari yoki boshqa qarindoshlari tomonidan sodir etilgan zoʻravonlik holatlari boʻyicha ishni sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni majburiy tartibda bolalarga nisbatan vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida amalga oshirish tartibini joriy etish;
(g) bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etish bilan bogʻliq ishlar doirasida bolalar va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻrtasidagi yuzlashtirish tergov harakatini faqat tergovchi va prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan oʻtkazish mexanizmini joriy etish;
(d) mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar taʼlim, sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik koʻrinishida jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish bilan bogʻliq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;
(j) voyaga yetmagan shaxsni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi oʻrniga muqobil majburlov choralarini joriy etish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
(z) bolalarni onlayn zoʻravonlik va kiberjinoyatlardan himoya qilish, shuningdek, onlayn zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga yordam koʻrsatish, reabilitatsiya qilish va ularning huquqlarini tiklashning huquqiy asoslarini yaratish;
(i) jinoyat protsessi ishtirokchisi boʻlgan bolalar uchun bolalarga moslashtirilgan surishtiruv, tergov va sud jarayonlarini tashkil etish, xususan, protsessual harakatlar davomida voyaga yetmagan guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar va boshqa protsess ishtirokchilari uchun alohida kutish joylari hamda ixtisoslashtirilgan (zarur video va audio uskunalar bilan taʼminlangan) soʻroq xonalarini tashkil etish;
(k) bolalarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish oʻrniga muqobil jazo choralarini qoʻllash, shuningdek, ularni jinoiy taʼqibdan chetlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
(l) surishtiruv, tergov va sud jarayonida bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish uchun ijtimoiy xodimni protsess ishtirokchisi sifatida kiritish;
(m) bolalar bilan ishlash boʻyicha ichki tartib-qoidalar va protokollarni, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari va odob-axloq qoidalarini qayta koʻrib chiqish hamda ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, bolalar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun bolalar bilan ishlash boʻyicha yoʻriqnoma, protokol va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
(n) ogʻir hayotiy vaziyatda qolgan, kambagʻal, nogironligi boʻlgan farzandlari bor oilalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar, yolgʻiz ona (ota)larni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, jumladan, davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam choralarini qayta koʻrib chiqish;
(o) bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik hujjatlari toʻgʻrisida aholining, ayniqsa, mansabdor shaxslar, bolalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar va ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning xabardorligini oshirish.
2-§. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishda oilani qoʻllab-quvvatlash va profilaktika qilish tizimini takomillashtirish
8. Ota-onalarning ota-onalik koʻnikmalarini rivojlantirish, oilalarning iqtisodiy holatini yaxshilash va qoʻllab-quvvatlash orqali bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik, shu jumladan, ularga shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlarini kamaytirish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) ijobiy tarbiya modeli boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;
(b) bolalarni oiladan ajratish va oilada bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, shuningdek, bolalarning oilaviy zoʻravonlik, bolalar oʻrtasida zoʻravonlik xatti-harakatlarining guvohi boʻlishining oldini olishga qaratilgan ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning koʻnikmalarini oshirish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqish;
(v) zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan yoki huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslari) uchun “mehrli oila” xizmatini tashkil etish;
(g) ijobiy ota-onalik, oilaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va boshqa xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha oilalar bilan ishlovchi, shu jumladan, ularga xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlarning salohiyatini oshirish;
(d) ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;
(j) “mahalla yettiligi”, shu jumladan, ijtimoiy xodimlar va patronaj hamshiralarining oilalarni oʻrganish jarayonida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, xabar berish va unga munosabat bildirish hamda oilalarga zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish;
(z) fuqarolarni zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarga oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash jarayonlariga jalb qilishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.
3-§. Bolalar uchun xavfsiz va har tomonlama qulay taʼlim muhitini yaratish
9. Bolalarning yanada samarali, gender tenglikka asoslangan, ijtimoiy-psixologik oʻrganish va hayotiy koʻnikmalar boʻyicha taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari, jamiyat va kibermakonda ular uchun xavfsiz va qulay muhitni taʼminlash maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarida “xavfsiz taʼlim” muhitini yaratish, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarining oldini olish va ular haqida xabar berish (shu jumladan, anonim xabar berish) boʻyicha oʻquvchilar uchun tushunarli usullarda dasturlar va targʻibot materiallarini ishlab chiqish;
(b) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi choralar koʻrishga alohida eʼtibor qaratgan holda inklyuziv, xavfsiz va qulay taʼlim muhitini yaratish, milliy taʼlim dasturlarini takomillashtirish;
(v) taʼlim tashkilotlarida zoʻravonlikning oldini olish, pedagoglar va boshqa xodimlar hamda oʻquvchilar oʻrtasida doʻstona muhitni yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, psixologik xizmatni samarali yoʻlga quyish;
(g) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, zoʻravonlik holatlarini aniqlash va unga qarshi kurashish boʻyicha pedagoglar va boshqa xodimlarning malakasini oshirish;
(d) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishda oila, mahalla va taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida zoʻravonlik holatini aniqlash, xabar berish va munosabat bildirish boʻyicha ichki tartib qoidalarni ishlab chiqish;
(j) taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning bola huquqlari va erkinliklari, ularni zoʻravonlikning barcha shakllaridan (shu jumladan, taʼqib etish (bulling) va jinsiy zoʻravonlik) himoya qilish, bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilishning oldini olish, ularning sogʻlom turmush tarzi, erta nikohning oldini olish va uning salbiy oqibatlari hamda reproduktiv salomatlik toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish;
(z) taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar oʻrtasida, ayniqsa, bir taʼlim tashkilotidan boshqa taʼlim tashkilotiga oʻqishini koʻchirgan oʻquvchilarning taʼqib etilishi (bulling)ning oldini olish, ularning yangi muhitga moslashishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(i) bolalar oʻrtasida kiberjinoyatlarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda bolalarga nisbatan onlayn zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligini oshirish, jumladan, bolalar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻrtasida raqamli savodxonlikni oshirish hamda bolalarning zararli internet sahifalariga kirishini cheklash uchun ota-onalar nazorati mexanizmlarini joriy etish.
4-§. Zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha targʻibot tadbirlari
10. Jamiyatda bolalar uchun zoʻravonliksiz, gʻamxoʻr, hurmatga va gender tenglikka asoslangan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydigan meʼyor va qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) bolalarga nisbatan zoʻravonlik, oiladagi nizolar va erta nikohning salbiy taʼsiri haqida aholining xabardorligini oshirish, oilalarda sogʻlom ijtimoiy muhitni targʻib qilish uchun “mahalla yettiligi” va turli sohalarda faoliyat yuritayotgan hamda muayyan yutuqlarga erishgan shaxslar ishtirokida targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
(b) fuqarolarning bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari boʻyicha xabar berish yuzasidan masʼuliyatini oshirishga (bolaga doir shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlagan holda) qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
(v) jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlovchi stereotiplarni oʻzgartirishga qaratilgan targʻibot va tashviqot ishlarini kengaytirish;
(g) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, qonunchilik hujjatlari va dasturlar haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish;
(d) zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik va oilada oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, erta nikohning oldini olishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash, targʻibot tadbirlarini tashkil qilish;
(j) bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini axloq meʼyorlarni hisobga olgan holda konstruktiv yoritish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlarining salohiyatini oshirish, jurnalistika etikasiga rioya etilishini taʼminlash.
5-§. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmat hamda tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish
11. Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning sifatli tibbiy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) zoʻravonlik holatlari boʻyicha (shu jumladan, “ishonch telefoni” va telegram-bot orqali) xabar berishning bolalar uchun tushunarli boʻlgan mexanizmlarini yaratish va ularni bolalar oʻrtasida targʻibot qilish choralarini koʻrish;
(b) zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, tibbiy yordam koʻrsatish va sud-tibbiy ekspertiza (aniqlash, tekshirish, rasmiylashtirish, davolash va yoʻnaltirish) boʻyicha klinik bayonnomalar (klinik protokollar) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
(v) bolalar, ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi shaxslarning zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar uchun mavjud xizmatlar va tegishli davlat organlariga xabar berish mexanizmlari haqida xabardorligini oshirish;
(g) “ishonch telefoni” operatorlari, taʼlim tashkilotlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar, tibbiyot xodimlari, profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlarni bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirish va zarur maslahatlar berish boʻyicha oʻqitish, zoʻravonlik holati boʻyicha xabarlarni qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik, ularni xizmatlarga yoʻnaltirish boʻyicha salohiyatini rivojlantirish;
(d) zoʻravonlikdan, ayniqsa, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy ekspluatatsiyadan jabrlangan bolalarga shoshilinch yordam koʻrsatish, ularni reabilitatsiya qilish, tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish;
(j) ruhiy zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga psixologik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, psixologik va psixiatriya xizmatlarini koʻrsatish standartlari va tavsiyalarini (protokollarini) ishlab chiqish, bolalarga psixologik xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish;
(z) zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar uchun professional tutingan oila, kunduzgi shaklda, kichik hajmli uylardagi va boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, mazkur jarayonga nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb qilish;
(i) zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatini takomillashtirish;
(k) bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini shakllantirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar faoliyatini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish;
(l) bolalar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan advokatlar korpusini shakllantirish, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari xodimlarining protsessual harakatlar jarayonida bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʻyicha malakasini oshirish;
(m) zoʻravonlikdan jabrlangan hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlarning salohiyatini oshirish;
(n) zoʻravonlikdan jabrlangan hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalashning muqobil shakllarini takomillashtirish;
(o) zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar hamda ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
(p) internat shaklidagi muassasalardan chiqarilgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, mojaro zonalaridan va xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan bolalar uchun reintegratsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
6-§. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish hamda unga qarshi kurashish maqsadida maʼlumotlarni toʻplash, monitoring qilish va muvofiqlashtirish
12. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida maʼlumotlarni toʻplash, monitoring qilish, muvofiqlashtirish, hamkorlik va javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida quyidagi choralar koʻriladi:
(a) zoʻravonlikdan jabrlangan hamda oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalar haqidagi barcha maʼlumotlarni (shu jumladan, yoshi, jinsi, zoʻravonlik shakli, jismoniy holati) oʻz ichiga olgan hamda doimiy yangilanib turuvchi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish hamda uni boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
(b) bolalarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha soʻrovnoma (Survey on Violence Against Children (VAC), YUNISEFning multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS), JSSTning maktab salomatligi soʻrovlari (SBHS) metodikalari asosida aholi oʻrtasida soʻrovnoma va tadqiqotlar oʻtkazish;
(v) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar, jamiyatlar va institutlar (shu jumladan, Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha global tashabbus (End Violence Against Children Global Initiative), Bolalarga nisbatan shafqatsizlik va gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslikning oldini olish boʻyicha xalqaro hamjamiyat (ISPCAN-International Society for the Prevention of Child Abuse and Neglect) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
(g) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni barqaror moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
(d) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlari ustidan parlament nazoratini taʼminlash.
4-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
13. Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:
(a) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy qoʻllab-quvvatlashga doir munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, xalqaro va mahalliy standartlar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy baza takomillashtiriladi;
(b) bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, zoʻravonlik holatlarini erta aniqlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar oʻrtasida samarali idoralararo hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(v) bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatini aniqlash, baholash, xabar berish, taʼsir chorasini qoʻllash, davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar koʻrsatish, reabilitatsiya qilish va moslashtirishning yaxlit integratsiyalashgan tizimi yaratiladi;
(g) zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalar va ularning oilalariga mahalla, tuman (shahar) va viloyat darajasida ijtimoiy, huquqiy, psixologik va boshqa xizmatlar koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(d) zoʻravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh boʻlgan bolalarni himoya qilish va ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmat koʻrsatish qoidalari (standartlari) ishlab chiqiladi, protsessual harakatlar davomida bolalarning huquqlari kafolatlangan odil sudlov tizimi joriy etiladi;
(j) jamiyatda bolalarga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlovchi stereotiplar oʻzgartiriladi, zoʻravonlikka qarshi toqatsizlik madaniyati shakllantiriladi, zoʻravonlik uchun javobgarlik muqarrarligi taʼminlanadi;
(z) ijobiy xorijiy tajribalar asosida mamlakatda bolalarga nisbatan gʻamxoʻr, koʻmaklashuvchi va qoʻllab-quvvatlaydigan tizim shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoniga 2-ILOVA
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmatini yoʻlga qoʻyish.
Professional tutingan oilani tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda professional tutingan oilani tashkil etish, faoliyatini moliyalashtirish, zoʻravonlik natijasida oilasidan olingan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarni joylashtirish tartibi nazarda tutiladi.
2026-yil yanvar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2.
Zoʻravonlikning har qanday shaklidan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish.
Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini kiritish:
(a) voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar (katta inspektor-psixologlar)ga zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzish vakolatini berish;
(b) zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordamdan foydalanish huquqini berish;
(v) bolalarga nisbatan ularning qonuniy vakillari yoki boshqa qarindoshlari tomonidan zoʻravonlik holatlari boʻyicha ishni sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻrish amaliyotini joriy etish;
(g) bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha jabrlangan bolalarning dastlabki koʻrsatuvlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini joriy etish;
(d) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar taʼlim, sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kiritish;
(j) Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalari qarorlarini ijro etmaslik yoki ijro etishga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash;
(z) voyaga yetmagan shaxsni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi oʻrniga muqobil majburlov choralarini joriy etish.
2026-yil aprel
Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy sud,
Adliya vazirligi,
Bolalar ombudsmani,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
3.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining bolalarni jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy ekspluatatsiya qilish, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, taʼqib etilishdan (shu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda) himoya qilish bilan bogʻliq moddalarini qayta koʻrib chiqish.
1. Ishchi guruh tuzgan holda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish.
2026-yil mart
Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy sud,
Adliya vazirligi,
Bolalar ombudsmani,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2. Bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy ekspluatatsiya qilish, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, taʼqib etganlik (shu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda) uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. Bunda:
(a) bolalarning oʻlimiga sabab boʻlgan jinoiy xatti-harakatlarni sodir qilgan shaxslar amnistiya akti asosida, yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmasligi, yengilroq jazo tayinlash va shartli hukm qoʻllanilmasligiga;
(b) voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yoki jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
2026-yil aprel
4.
Yevropa Kengashining bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va jinsiy zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyasiga (Lansarote, 2007-yil 25-oktabr) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish.
1. Konvensiyaga qoʻshilish yuzasidan milliy ekspertlar guruhini shakllantirish.
2026-yil fevral
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi,
Oliy sud
2. Konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish.
2026-yil mart
3. Umumlashgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish.
2026-yil aprel
5.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning xabar berish tartibiga oid Fakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish.
1. Fakultativ protokolga qoʻshilish yuzasidan milliy ekspertlar guruhini shakllantirish.
2026-yil yanvar
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
Bolalar ombudsmani,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura
2. Fakultativ protokolga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish.
2026-yil fevral
3. Umumlashgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish.
2026-yil aprel
6.
Huquqni muhofaza qilish va sud organlari tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar jarayonida bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirish.
1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2026-yil fevral
Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy sud,
Adliya vazirligi,
Bolalar ombudsmani,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2. Amaldagi qonunchilikni protsessual harakatlar jarayonida bolalarning manfaatlariga daxl qiluvchi, ularning huquqini cheklovchi qoidalarning mavjudligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazish.
2026-yil mart
3. Surishtiruv, tergov va sud jarayonida bola manfaatlarini ifoda etish uchun ijtimoiy xodimni protsess ishtirokchisi sifatida belgilash masalasini koʻrib chiqish.
4. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini, xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini oʻrganish.
2026-yil aprel
5. Oʻrganish natijalari asosida tajriba sinov tariqasida “Barnaxus” modelini joriy etish, shuningdek, bolalarning manfaatlariga daxl qiluvchi, ularning huquqini cheklovchi qoidalarni bekor qilish va oʻzgartirish boʻyicha normativ- huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
2026-yil iyun
7.
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Ilgʻor xorijiy davlat tajribalarini oʻrgangan holda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Hukumatga kiritish.
2026-yil mart
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi,
Bolalar ombudsmani,
Bosh prokuratura,
Oliy sud,
Ichki ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
8.
Taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan xodimlarning bolalarga taʼlim va tarbiya berish faoliyati bilan shugʻullanishini taqiqlash masalasini oʻrganib chiqish.
Mehnat qonunchiligiga taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan xodimlarning kelgusida bolalar bilan ishlash boʻyicha mehnat faoliyatini davom ettirishini cheklovchi yoki taqiqlovchi qoidalarni belgilash nuqtai nazaridan takliflar tayyorlash va Hukumatga kiritish.
2026-yil mart
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olishda oilani qoʻllab-quvvatlash (profilaktika) tizimini takomillashtirish
9.
Patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari yuzasidan zudlik bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini majburiy ravishda xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Patronaj hamshirasining lavozim yoʻriqnomasi va funksional vazifalarini qayta koʻrib chiqish hamda xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari aniqlanganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish majburiyatini yuklash.
2026-yil yanvar
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
10.
Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) uchun “mehrli oila” xizmatini yoʻlga qoʻyish.
1. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi tomonidan “Mehrli oila” xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.
2. Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan va huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ni “Mehrli oila” kurslariga jalb etish.
2026-yil martdan boshlab doimiy ravishda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
11.
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalar bilan ishlash, oiladagi salbiy odatlarni bartaraf etishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash.
Voyaga yetmagan farzandlarining xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan, shu jumladan, salbiy odatlari (spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolish) mavjud yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarga:
(a) ehtiyojlari asosida ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish;
(b) zarur hollarda tibbiy yordam olishga koʻmaklashish;
(v) oilani mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga, ota-onalik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga jalb etish orqali oiladagi muhitni yaxshilashga koʻmaklashish.
Doimiy ravishda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
III. Bolalar uchun xavfsiz va har tomonlama qulay taʼlim muhitini yaratish
12.
Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari)da xavfsiz taʼlim muhitini yaratish, bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish qoidalari (tartib-taomillari) va tizimini joriy etish.
1. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari) xodimlarining bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, zoʻravonlikka uchragan bolalar toʻgʻrisida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish boʻyicha majburiyatlarini odob-axloq qoidalari, mehnat shartnomasi va lavozim yoʻriqnomasiga kiritish.
2026-yil yanvar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari)da bolalarga nisbatan zoʻravonlikdan xoli muhitni yaratish.
Doimiy ravishda
3. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari)da bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni tayinlash.
Doimiy ravishda
4. Bolalarga zoʻravonlikdan himoyalanish boʻyicha ularning yoshiga mos boʻlgan tarqatma materiallarni tayyorlash.
Doimiy ravishda
13.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavfsiz, zoʻravonlikdan holi muhitni yaratish.
1. “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini va “Xavfsiz maktab” muhitini joriy etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil aprel-may
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Namunali maktablar reytingini shakllantirish boʻyicha baholash mezonlarining indikatorlariga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini kiritish.
2026-yil may
3. Barcha umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida alohida psixolog xonasini tashkil etish va zarur inventarlar bilan jihozlash (zarur inventarlar bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilgan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno).
2026-2027-yillar davomida
4. Zoʻravonlik holatlarini oldini olishda oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish, shu jumladan, ularda shaxsiy chegaralarni belgilash, zoʻravonlikka uchraganda yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlganda munosabat bildirish, vakolatli organlarga murojaat qilish, aybdorlik yoki qoʻrquv hissini yengish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish.
Doimiy ravishda
14.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha ijtimoiy faolligini oshirish.
1. Har yili umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida zoʻravonlikni oldini olish boʻyicha davra suhbatlari, tanlovlar va seminarlar oʻtkazish.
2. Zoʻravonlikni oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar va toʻgaraklar tashkil qilish.
3. Oʻquvchilar uchun bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida xabar berishning qulay mexanizmlarini yaratish.
2026-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
15.
Bolalarga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali zoʻravonlikning barcha shakllari, shu jumladan, ular oʻrtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish choralarini koʻrish.
1. Taʼlim tashkilotlarida bolalar oʻrtasida onlayn zoʻravonlik va kiberjinoyatchilikning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.
2. Oʻquvchilar va ularning ota-onalarini “raqamli xavflar” toʻgʻrisida xabardorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2026-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda
Ichki ishlar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
16.
Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari) pedagoglari va boshqa xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishini oldini olish choralarini koʻrish.
1. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari) pedagoglari va boshqa xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etish holatini taʼlim tashkilotlarining ichki mehnat tartib-qoidalari va mehnat shartnomalarida belgilanadigan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatiga kiritish.
2. Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarining taʼlim dasturlarida bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, sinfni boshqarish, taʼlim-tarbiya jarayonida ijobiy tartib-intizomni saqlashni nazarda tutuvchi dars soatlarini kiritish.
2026-yil yanvar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
3. Zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga psixologik-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun taʼlim tashkilotlari psixologlarining malakasini oshirish.
Doimiy ravishda
IV. Zoʻravonlikning oldini olish va bolalarga nisbatan salbiy stereotiplarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari
17.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlovchi stereotiplar va zararli odatlarning oldini olish.
Oilalarda, mahallalarda va taʼlim tashkilotlarida:
(a) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning salbiy taʼsiri haqida aholining xabardorligini oshirish, oilalarda sogʻlom ijtimoiy muhit va gender tengligini targʻib qilish, erta nikohni oldini olish boʻyicha “mahalla yettiligi” hamda diniy ulamolarni jalb qilgan holda davra suhbatlari, tadbirlar tashkil etish;
(b) zoʻravonlikka (shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali) yoʻl qoʻymaslik va oilada oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash, targʻibot tadbirlarini tashkil qilish;
(v) zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha bolalar va yoshlar ishtirokida tadbirlar oʻtkazish.
2026-yil yanvardan boshlab har oyda kamida bir marta
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Ichki ishlar vazirligi
18.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish.
1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning zarari va mavjud himoya tizimi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari xodimlarining xabardorligini oshirish, ular uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.
2026-2027-yillar davomida
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi
2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini axloqiy va konstruktiv yoritish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlarining salohiyatini oshirish, jurnalistik etikasiga rioya etishni taʼminlash.
Doimiy ravishda
19.
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va dasturlar haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish.
1. Jamoat joylarida hamda markaziy televideniye orqali bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, zoʻravonlik shakllari, ularning bolalar rivojlanishidagi salbiy oqibatlari toʻgʻrisida vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlarni namoyish etish.
2. Zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostidagi, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi bolalarni oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalashga fuqarolarni keng jalb qilish boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish.
2026-yil martdan boshlab doimiy ravishda
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Kinematografiya agentligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
V. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmat, tibbiy yordam hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish
20.
Zoʻravonlik holatlari boʻyicha ochiq yoki maxfiy tarzda (shu jumladan, Telegram-bot orqali) xabar berishning bolalar uchun tushunarli boʻlgan mexanizmlarini yaratish.
1. Zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida bolalar uchun tushunarli boʻlgan xabar berish boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash va taʼlim tashkilotlari va mahallalarda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.
2. “Ishonch telefoni” operatorlari, taʼlim tashkilotlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar, tibbiyot xodimlari, profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlarni bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqidagi xabarlarga toʻgʻri munosabat bildirish boʻyicha oʻqitish, zoʻravonlik holati boʻyicha xabarlarni qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik majburiyatini yuklash.
2026-yil fevral
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
21.
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.
1. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish (aniqlash, tekshirish, rasmiylashtirish, davolash va yoʻnaltirish) boʻyicha klinik bayonnomalar (klinik protokollar) ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
2026-yil fevral
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarni roʻyxatga olish, hisobot shakllari va monitoring qilish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
2026-yil mart
3. Klinik bayonnomalar (klinik protokollar)ni qayta koʻrib chiqish hamda ularni xalqaro standartlarga, shu jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining klinik tavsiyalariga muvofiqlashtirish.
2026-yil mart
4. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni sud-tibbiy ekspertiza, sud-psixiatriya va sud-psixologik ekspertizadan oʻtkazish bayonnomalarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish va ularga muvofiqlashtirish.
2026-yil aprel
5. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatishda tibbiyot xodimlari va ekspertlar (sud-tibbiyot ekspertlari, ekspert-psixiatrlar va psixologlar) malakasini oshirish, shuningdek, malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish hamda ularga zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatishga doir mavzular, dars soatlarini kiritish.
2026-yil aprel
22.
Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan bolalarga psixologik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi bolalar bilan bevosita ishlaydigan tuzilmalar, taʼlim tashkilotlari, zaruratga koʻra sogʻliqni saqlash muassasalari, ichki ishlar organlari mutaxassislarini bolalarga psixologik xizmat koʻrsatish boʻyicha kasbiy salohiyatini oshirish.
2026-yil apreldan boshlab har olti oyda bir marta
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi
23.
Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan bolalarga psixologik va psixiatriya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha standartlar va tavsiyalar (protokollar)ni belgilash.
Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan bolalarga psixologik va psixiatriya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha standartlar va tavsiyalar (protokollar)ni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil aprel
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi
24.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “ishonch telefoni” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. “Ishonch telefoni” faoliyatini yoʻlga qoʻyish va unga murojaat qilgan zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish.
2026-yil iyul
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Adliya vazirligi
VI. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olishda tadqiqotlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish
25.
Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini takomillashtirish.
1. Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari, huquq va majburiyatlari, mol-mulki hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari bilan birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga oʻtkazish.
2. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 55-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni operativ boshqarish huquqi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berish.
Mazkur bino va inshootlardan Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tekin foydalanish huquqi asosida foydalanishini taʼminlash.
2026-yil yanvar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
3. Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida adaptiv sport turlari boʻyicha yoʻnalish ochish.
2026-yil avgust
26.
Respublikada bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatini oʻrganish tizimini joriy etish.
1. YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda institutlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.
2026-yil yanvar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Bolalar ombudsmani,
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. Zoʻravonlik holatini oʻrganish boʻyicha aholi, davlat organlari va tashkilotlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.
2026-yil yanvar — dekabr
3. Oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar natijasi boʻyicha umumiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
2027-yil mart
27.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish.
1. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar va institutlar faoliyatini oʻrganish.
2026-yil yanvar — dekabr
Bolalar ombudsmani,
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
2. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar va institutlarga aʼzo boʻlish (hamkorlik qilish) boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
2027-yil fevral
VII. Axborot bazalari va platformalar integratsiyasini taʼminlash
28.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalar hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni almashish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona elektron platformani ishlab chiqish.
Platformani bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, Oliy sud, Adliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimlari hamda “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.
2026-yil mart
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy sud,
Adliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
29.
“Alohida toifadagi shaxslar”, “E-ijtimoiy profilaktika” va “E-voyaga yetmaganlar” axborot tizimlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.
1. “Alohida toifadagi shaxslar”, “E-ijtimoiy profilaktika” va “E-voyaga yetmaganlar” axborot tizimlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga “Alohida toifadagi shaxslar” axborot tizimida yuritiladigan alohida toifadagi shaxslar reyestri maʼlumotlaridan foydalanish huquqini berish.
2026-yil fevral
Ichki ishlar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
30.
“Adolat” axborot tizimlari kompleksini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.
1. “Adolat” axborot tizimlari kompleksini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.
2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, ota-onalik huquqi cheklangan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, farzandlik bekor qilingan shaxs(lar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatini yaratish.
2026-yil fevral
Oliy sud,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoniga 3-ILOVA
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar joylashtirilishi mumkin boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyi
193.
5.
Toshkent shahri
Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati
194.
6.
Fargʻona shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Fargʻona akademik litseyi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari
195.
1.
Fargʻona shahri
Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari
196.
2.
Guliston shahri
Guliston shahar yuridik texnikumi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari
197.
1.
Shahrisabz shahri
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi taʼlim tashkilotlari
198.
1.
Termiz shahri
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi
199.
2.
Toshkent shahri
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligitizimidagi taʼlim tashkilotlari
203.
4.
Asaka shahri
Asaka shahar 25-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
205.
6.
Gʻijduvon tumani
Gʻijduvon tumani 62-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
211.
12.
Davlatobod tumani
Davlatobod tumani 3-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
212.
13.
Davlatobod tumani
Davlatobod tumani 18-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
226.
27.
Navbahor tumani
Navbahor tumani 37-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
238.
39.
Toʻraqoʻrgʻon tumani
Toʻraqoʻrgʻon tumani 17-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
239.
40.
Toʻraqoʻrgʻon tumani
Toʻraqoʻrgʻon tumani 4-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
241.
42.
Urganch shahri
Urganch shahar 6-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
242.
43.
Uchqoʻrgʻon tumani
Uchqoʻrgʻon tumani 6-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
247.
48.
Xiva shahri
Xiva shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
248.
49.
Xonqa tumani
Xonqa tumani 48-sonli aniq va amaliy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab
250.
51.
Chust tumani
Chust tumani 7-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
251.
52.
Chust tumani
Chust tumani 19-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
252.
53.
Shahrisabz tumani
Shahrisabz tumani 6-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
253.
54.
Shahrixon tumani
Shahrixon tumani 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati
256.
57.
Yangi Namangan tumani
Yangi Namangan tumani 8-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Izoh:
1. Ushbu roʻyxatga Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
2. Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi tashkil etilgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim tashkilotiga Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining yoʻllanmasi asosida joylashtiriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF-19-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 06/26/19/0118-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoniga 3-ilovadan “Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-185-son Farmonida:
(a) muqaddima va 4-band “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “, shuningdek, zoʻravonlikdan jabr koʻrganligi sababli oilasidan olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(b) 1-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Toshkent shahrida “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4857-son qarorida:
(i) uchinchi xatboshidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) oltinchi xatboshidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) “a” kichik banddagi “Moliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “v” kichik banddagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) “g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligiga” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi
TARKIBI
M.P. Olloyorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi
direktori, Vasiylik kengashi raisi
Sh.Sh. Mirziyoyeva
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
direktorining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
E.G. Karimova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
B.E. Zaxidov
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik
vaziri
Sh.B. Umurzoqov
—
Toshkent shahar hokimi
A.X. Xursanov
—
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi
O.R. Fazilkarimov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
Q.M. Rafikov
—
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
raisi
U.N. Tashkenbayev
—
Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi
Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim
muassasasi filialining ijrochi direktori, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi “1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya va 2002-yil 7-oktabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4895-son qaroriga 2-ilovada:
(a) 6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
6.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Umumiy oʻrta taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.
”;
(b) quyidagi mazmundagi 61-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
61.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor
qilish bilan bogʻliq masalalar;
farzandlikka olishni belgilash va bekor
qilish bilan bogʻliq masalalar.
”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-345-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni koʻpi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning voyaga yetmagan farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkiliy tuzilmasi “Mehribonlik” uylari” blokidan keyin “Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali” bloki bilan toʻldirilsin.