1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-217-son Farmoniga muvofiq, iqtisodiyotning strategik jihatdan muhim sektori sifatida turizm sohasining tizimli va barqaror rivojlanishini taʼminlash, sohada davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda milliy turistik mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar 2030-yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish;
(b) chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 mln nafardan 20 mln nafargacha yetkazish, shu jumladan, toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan turistlar oqimini koʻpaytirish;
(v) turizm xizmatlari yillik eksporti hajmini 6 mlrd AQSH dollaridan oshirish;
(g) Oʻzbekistonning turistik shaharlari oʻrtasidagi transport bogʻlanishini yaxshilash, ichki aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish hamda yoʻlga sarflanadigan vaqtni kamida 3 baravarga qisqartirish;
(d) 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar sonini 2 baravarga oshirish;
(j) turistik xizmatlar va mahsulotlarni diversifikatsiya qilish orqali respublikaning turistik salohiyatini toʻliq ishga solish;
(z) jahonda keng taniladigan Oʻzbekistonning turistik brendini yaratish va milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish uchun yangi instrumentlarni joriy etish.
II. Sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish
2. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) turizm sohasini tartibga solish va rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
(b) Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli;
(v) Qoʻmita raisi:
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
(i) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(ii) Qoʻmita va uning tizimidagi tashkilotlar ishini toʻgʻri va samarali tashkil etish, bu orqali ularning faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga soʻzsiz va toʻlaqonli erishishni taʼminlash uchun masʼul hamda shaxsan javobgar hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
(g) Qoʻmita Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining huquq va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi.
III. Turistik oqimni oshirish
4. Milliy turistik mahsulotlarni jahonda ommalashtirish maqsadida:
(a) Qoʻmita raisining milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin;
(b) Qoʻmitaning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatxonalar) 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin;
(v) vakolatxonalar oʻzi faoliyat yuritadigan davlatlarda 4-ilovada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi belgilansin;
(g) Qoʻmita raisining milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish boʻyicha oʻrinbosari “Milliy PR-markazi” davlat muassasasi va vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda milliy turistik mahsulotlarning samarali marketingi uchun shaxsan masʼul va javobgar etib belgilansin.
5. Qoʻmita:
(a) Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
(i) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun vizasiz rejim joriy etiladigan davlatlar roʻyxatini kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida boʻlish bilan bogʻliq tartib-taomillarni soddalashtirish;
(ii) respublikaning turizm-transport logistikasini rivojlantirish boʻyicha puxta ishlab chiqilgan takliflarni;
(b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi turizm sohasini 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasini;
(v) Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha moʻljallangan turistik xizmatlar bozorlarida marketing dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(5-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
(i) milliy turistik mahsulotlarni faol sayohat qiluvchi aholiga ega xorijiy davlatlarda ommalashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
(ii) turizm sohasida targetlangan reklama tizimini keng joriy etish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish]
6. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Madaniy meros agentligi, Qoʻmita bilan birgalikda turistlarni jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solish maqsadida 2026 — 2028-yillarda quyidagi loyiha va chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
(a) Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy obyektlarni bogʻlovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish boʻyicha “Samarqandning meros yoʻli” loyihasini;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
(b) aholining turmush tarzi, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uygʻunlashtirgan holda Xiva shahridagi Ichan-qalʼa majmuasini jahonda yagona boʻlgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantirish;
(v) Toshkent shahri boʻyicha:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari boʻyicha koʻp tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO))]
(i) modernizm yodgorliklarini YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha materiallar taqdim etish;
(ii) eng koʻp mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida eʼtirof etilishiga erishish.
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qoʻmita hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda quyidagi tartibda jahonga mashhur kiyim-kechak brendlarini savdo-koʻngilochar majmualarga jalb qilish hamda shaharlar chetlarida (atroflarida) milliy arxitektura uslubiga asoslangan zamonaviy autlet markazlarni tashkil etish choralarini koʻrsin:
(a) birinchi bosqichda (2030-yilgacha) — Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida;
(b) ikkinchi bosqichda (2030-yildan boshlab) — turistik salohiyati yuqori boʻlgan boshqa aholi punktlarida.
IV. Turizm sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
(a) 2026-yil 1-apreldan boshlab chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish ularning xohishiga koʻra naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2026-y., 07/26/78/0201-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(i) turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratiladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
(ii) mehmonxonalarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatda nazarda tutilgan xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
(v) 2026-yil 1-apreldan boshlab xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarining 50 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi;
(g) 2028-yil 1-yanvarga qadar ushbu qarorga 5-ilovada nazarda tutilgan tartibga rioya qilgan holda:
(8-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
(i) turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus hamda haydovchi oʻrindigʻidan tashqari sakkizdan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar bojxona bojidan va utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi (bunda utilizatsiya yigʻimidan ozod qilishga oid imtiyoz faqat oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarga nisbatan tatbiq etiladi);
(8-band “g” kichik bandining “i” xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
(ii) Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yigʻimini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;
(iii) turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarning sonidan qatʼi nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat etiladi;
(d) 2030-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kirgan mehmonxona brendlarini jalb qilgan holda brend bilan dastlabki kelishuvlarga ega tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonani qurish va jihozlash uchun mazkur brendning talabiga muvofiq olib kelinadigan asbob-uskunalar, texnika, transport vositalari, mebel va inventarlar bojxona bojidan ozod etiladi.
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
9. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
(a) Qoʻmita respublika hududida oʻz filmlarini yaratishda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarishni (Rebate) muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi hisoblanadi;
(b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar summasi:
(i) 3 milliard soʻmgacha boʻlsa — 10 foiz;
(ii) 3 milliard soʻmdan 5 milliard soʻmgacha boʻlsa — 15 foiz;
(iii) 5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmgacha boʻlsa — 20 foiz;
(iv) 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlsa — 25 foiz, biroq bitta film uchun 4 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
(v) 2026-yil 1-martdan boshlab nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazgan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan filmlarning bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida, oʻz pavilyonlarida yoki kompyuter grafikasi yordamida) uchun haq toʻlash tartibi joriy etiladi.
V. Turizm sohasini raqamlashtirish
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
(a) ishga tushiriladigan Milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi orqali:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.05.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, kirishi va chiqishi]
(i) xorijiy turistlarning roziligi asosida Davlat chegarasini kesib oʻtishda yigʻiladigan maʼlumotlarni integratsiya qilgan holda turistik elektron SIM-karta bilan ulash va vaqtincha boʻlish joyi boʻyicha roʻyxatga olish proaktiv shaklda amalga oshiriladi;
(ii) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar transportning barcha turlari integratsiya qilingan holda sayohat yoʻnalishini tuzish, eng maqbul yoʻnalish va transport turini tanlash, chiptalarni onlayn band qilish va sotib olish imkoniyati yaratiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
(iii) chipta xoʻjaligi joriy qilingan barcha turizm obyektlari, shu jumladan, muzeylar, madaniy meros obyektlari, madaniyat, koʻngilochar va dam olish obyektlariga biletlarni onlayn sotib olish imkoniyatiga ega boʻlgan yagona chipta tizimi joriy qilinadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.04.00 Ekskursiyalar]
(iv) ekskursiyalar oʻtkazish uchun interaktiv xaritalar, planshetlar, audioyordamchi, videoyordamchi hamda onlayn translyatsiyalar vositasida turistik obyektlar haqida axborot berish imkonini beruvchi raqamli gid tizimi ishga tushiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
(v) joylashtirish vositalari tomonidan xorijiy va mahalliy turistlardan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻim billing tizimi orqali avtomatik tarzda toʻgʻridan-toʻgʻri Jamgʻarmaga oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) aholi tomonidan dala hovlilarini ijaraga berish “Soliq” mobil ilovasi orqali “men bilan birga” shaklida bir nafar shaxs nomiga birga dam oluvchilar sonini koʻrsatgan holda soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.02.00 Turizm sohasidagi faoliyatni litsenziyalash]
11. 2026-yil yakuniga qadar Milliy turizm yagona platformasi doirasida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilgan holda respublika hududlariga turistlar oqimlari (toifalarga qarab) va ularning xohishlarini tahlil qilish, personallashtirilgan marshrutlar va takliflarni yaratish, shuningdek, narx shakllanishi va resurslar taqsimlanishi kabi imkoniyatlarni nazarda tutuvchi sunʼiy intellekt va katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish tizimi joriy etilsin.
VI. Sohada kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.02.00 Turizm sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
12. Turizm xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida turizm sohasi subyektlari xodimlarining malakasini oshirish (1 oygacha) hamda ularni qayta tayyorlash (8 oygacha) oʻquv kurslari tashkil etilsin.
VII. Jamgʻarma xarajatlarini maqbullashtirish
13. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(a) Jamgʻarma kengashi tuzilib, uning ijobiy qarori boʻlmagan loyihalarni moliyalashtirish budjet hamda smeta-shtat intizomini buzish hisoblanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan loyihalar hamda Qoʻmita, shu jumladan, uning tizim tashkilotlari va hududiy boʻlinmalarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar mustasno;
(b) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning natijadorligi Jamgʻarma kengashi tomonidan doimiy ravishda baholab boriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
(v) Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni taʼminlash jamgʻarmasiga turistik (mehmonxona) yigʻimdan kelib tushadigan tushumlardan oʻtkaziladigan mablagʻ miqdori amaldagi 10 foizdan 5 foizga kamaytiriladi.
14. Qoʻmita Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarma manbalari hisobidan vazirlik va idoralarga ajratmalarni bekor qilish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
15. Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti huzurida Turizm sohasidagi islohotlar shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
17. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
(a) Turizm sohasidagi islohotlar shtabi hududlar, tarmoqlar hamda yirik turistik obyektlar kesimida turizm sohasidagi masalalarni monitoring qilish va hal qilish, yangi imkoniyatlarni aniqlash hamda ishga solish choralarini koʻrib boradi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.07.00 Xizmat safari vaqtida kafolatlar va kompensatsiyalar]
(b) Turizm sohasidagi islohotlar shtabiga jalb qilingan (xizmat safariga yuborilgan) davlat organlari va tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari va shartlari toʻliq saqlab qolinadi hamda xizmat safari davomida ularning asosiy ish joyi boʻyicha budjet tashkilotlarining mavjud tasdiqlangan budjet parametrlari va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida oylik ish haqiga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.
18. Qoʻmita:
(a) bir oy muddatda Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
(b) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
19. Qoʻmita Toshkent shahri Amir Temur shohkoʻchasi 107b-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Turizm qoʻmitasi raisi belgilansin.
21. Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-noyabr,
PQ-348-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatining
ASOSIY YOʻNALISHLARI
1. Turizm turlarini diversifikatsiya qilish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda ularni turizm bozorlarida joriy qilish.
2. Turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib borish, mamlakatning turistik nufuzini yanada rivojlantirish, bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish, milliy turistik mahsulotlar va turizm brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish.
3. Turistik infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan, turistik obyektlarni joylashtirish uchun imkoniyat yuqori boʻlgan hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, turistik obyektlarni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish.
4. Turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turistik xizmatlar bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
5. Turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, turizm sohasi subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish, sohada ilm-fanini rivojlantirishga koʻmaklashish.
6. Mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash.
7. Respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, yangi turistik mahsulotlarni yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish.
8. Turistik obyektlarda, ovqatlanish joylarida, respublika hududi boʻylab harakatlanish vaqtida va tashriflarni tashkil etishda turistlar xavfsizligi hamda sogʻligʻini taʼminlashga yoʻnaltirilgan turistik xizmatlarni koʻrsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish.
9. Respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targʻib qilish.
10. Turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining
TASHKILIY TUZILMASI
Turizm qoʻmitasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri turizm boshqarmalari
“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat muassasasi
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi
“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat muassasasi
Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
“Ipak yoʻli” ofisi” unitar korxonasi
Izoh: Qoʻmita boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlar soni 275 tani tashkil etadi.
* Shtat birliklari soni tegishli vakolatxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyilganda belgilanadi va ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari
ROʻYXATI
T/r
Vakolatxona joylashadigan shahar
Faoliyat olib boriladigan mintaqa
Shtat birliklari soni
1.
Abu Dabi shahri
Koʻrfaz davlatlari
3
2.
Jakarta shahri
Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari
3
3.
Parij shahri
Yevropa davlatlari
5
4.
Pekin shahri
Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya
5
5.
Nyu-York shahri
AQSH, Kanada, Lotin Amerikasi davlatlari
3
Izohlar:
Vakolatxonalar faoliyati tegishli davlatlar bilan kelishish tartib-taomillari amalga oshirilgandan soʻng 2027-yil 1-yanvardan keyin tashkil etiladi.
Vakolatxonalar shtat birliklarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari tomonidan bajariladigan vazifalar
I. Milliy turistik mahsulotlar marketingi
1. Tegishli davlatning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maqsadli marketing strategiyalarini (televideniye, internet va ijtimoiy tarmoqlar, bosma nashrlar, tashqi reklama orqali) ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Ommaviy axborot vositalari va fikr yetakchilari (inflyuyenserlar) bilan ishlash, shu jumladan, jurnalistlar, blogerlar va turoperatorlar uchun matbuot anjumanlari va press turlar tashkil etish, ijobiy axborot fonini yaratish.
3. Mahalliy tillarda raqamli marketing oʻtkazish, shu jumladan, milliy turizm yagona platformasi va ijtimoiy tarmoqlarni ommalashtirish, onlayn kampaniyalarni yoʻlga qoʻyish.
4. Mahalliy tillarda milliy turizm imkoniyatlari haqida dolzarb kataloglar, broshyuralar, xaritalar va videomateriallar tayyorlash va tarqatish.
5. Xalqaro turistik koʻrgazmalar va yarmarkalarda milliy stendni tashkil etish, yangi mahsulotlar va yoʻnalishlarni taqdimot qilish.
II. Turistik biznes vakillari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
1. Milliy turistik mahsulotlarni oʻz turistik paketlariga qoʻshish uchun yetakchi turoperatorlar bilan hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish.
2. Mahalliy turistik biznes vakillari uchun “B2B” tadbirlarini tashkil etish, shu jumladan, roud-shoular, taqdimotlar va vorkshoplar oʻtkazish.
3. Respublika bilan ishlashdan manfaatdor boʻlgan chet ellik turistik kompaniyalar uchun “yagona darcha” tamoyilini yoʻlga qoʻyish.
4. Mahalliy bozordagi talabni oʻrgangan holda Turizm qoʻmitasi uchun yangi turistik mahsulotlarni yaratish va moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
III. Axborot va tahliliy faoliyat
1. Tegishli davlatdagi tendensiyalar, raqobat muhiti, turistik xizmatlar isteʼmolchilarining harakati va ularga boʻlgan talabini doimiy ravishda tahlil qilish.
2. Turistlar, turoperatorlar va ommaviy axborot vositalaridan milliy turistik mahsulotlar sifati va ulardan foydalanishga boʻlgan qiziqishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish.
3. Turizm qoʻmitasiga oʻz faoliyati, marketing kampaniyalari samaradorligi va strategiyani takomillashtirib borish boʻyicha hisobotlarni doimiy ravishda taqdim etib borish.
4. Qonunchilikdagi, shu jumladan, turistik oqimga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan viza va respublikaga kirishga oid talablardagi oʻzgartirishlarni kuzatib borish.
IV. Ijobiy milliy imijni yaratish va ommalashtirish
1. Mamlakatning muhim turizm yoʻnalishi sifatidagi barqaror, jozibador va xavfsiz imijni shakllantirish.
2. Umumiy maqsadlarga erishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
3. Vizaga oid tartib-taomillarni soddalashtirish, aviaqatnovlarni va turistik oqimni oshirishga xizmat qiladigan boshqa omillarni yaxshilashga qaratilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Mamlakatning taniqliligi va jozibadorligini oshirish uchun madaniy tadbirlar, festivallar va madaniyat kunlarini tashkil etish.
V. Milliy turistik mahsulot haqidagi xabardorlikni oshirish
1. Milliy turistik mahsulotlarning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha chet ellik turoperatorlar uchun oʻquv seminarlari va vebinarlar oʻtkazish.
2. Dolzarb takliflar, chegirmalar va maxsus turlar haqida axborot taqdim etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga 5-ILOVA
Turizm sohasi subyektlari uchun ayrim imtiyozlarni qoʻllash
1. Imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik standart talablariga mos keladigan avtobus va haydovchi oʻrindigʻidan tashqari sakkizdan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar uchun taqdim etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
2. Imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan elektrobuslar uchun ham taqdim etiladi.
3. Import qilingan avtobuslar, elektrobus va mikroavtobuslar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyoz bekor qilinadi hamda bojxona boji va utilizatsiya yigʻimi belgilangan tartibda toʻliq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
4. Transport vositasi import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanilgani, boshqa shaxslarga sotilgani yoki oʻtkazilgani yoxud ijaraga berilgani aniqlangan taqdirda, bojxona boji va utilizatsiya yigʻimi toʻliq hajmda import qilgan shaxsdan undirib olinadi.
5. Imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik standart talablariga mos keladigan avtobus va haydovchi oʻrindigʻidan tashqari sakkizdan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar uchun taqdim etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
6. Imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan yangi ishlab chiqarilgan elektrobuslar uchun ham taqdim etiladi.
7. Import qilingan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki oʻtkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyoz bekor qilinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda transport vositasini import qilgan shaxsga moliyaviy sanksiya qoʻllanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son qaroriga 6-ILOVA
Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha
I. Turizm qoʻmitasi va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish
1.
Turizm qoʻmitasining markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash.
Idoraviy hujjat loyihasi
2025-yil dekabr
Turizm qoʻmitasi
2.
1. Turizm qoʻmitasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha:
vakolatxonalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, shu jumladan, unda vakolatxonalarning faoliyat boshlash shartlari, ularning rahbarlari maqomini belgilash va ularga diplomatik martaba darajalarini berishni nazarda tutish;
xarajatlar smetasi, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilash, shuningdek, moddiy-texnik va transport vositalari bilan taʼminlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil iyun
Turizm qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Tegishli davlatlarda vakolatxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, joylashtirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
Kelishilgan muddatlarda
Tashqi ishlar vazirligi,
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3.
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning samaradorlikka va natijadorlikka asoslangan tizimini yaratish, shu jumladan, jamgʻarma kengashini tuzishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2025-yil dekabr
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
4.
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini yanada samarali tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi
2025-yil noyabr
Turizm qoʻmitasi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi
II. Turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solish
5.
Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy obyektlarni bogʻlovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish boʻyicha “Samarqandning meros yoʻli” loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2025-yil noyabr
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Madaniy meros agentligi,
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi
6.
1. Aholi turmush tarzi, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uygʻunlashtirgan holda Xiva shahridagi Ichan-qalʼa majmuasini jahonda yagona boʻlgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantirish loyihasini amalga oshirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil mart
Madaniy meros agentligi,
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Energetika vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Ichan-qalʼa majmuasining umumbashariy bemisl qimmatini muhofaza qilish, bu boradagi har qanday salbiy taʼsirni barvaqt aniqlash, oldini olish hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy taʼsir choralarini koʻrib borish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
Doimiy ravishda
7.
Toshkent shahridagi modernizm yodgorliklarini YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish boʻyicha materiallar taqdim etish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
2026-yil iyun
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Madaniy meros agentligi,
Turizm qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya,
Toshkent shahri hokimligi
8.
Toshkent shahrining eng koʻp mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida eʼtirof etilishiga erishish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
2026-yil davomida
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Madaniy meros agentligi,
Turizm qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya,
Toshkent shahri hokimligi
9.
Ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, speleoturizmni rivojlantirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
nufuzli xorijiy telekanallar uchun Oʻzbekistonning speleoturizm sohasidagi salohiyatini namoyish etuvchi hujjatli filmlar yaratish;
mamlakatimizdagi eng yirik gʻorlarga nufuzli xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
gʻorlarga sayohatlarni tashkil qilishda turistlar xavfsizligini taʼminlash va atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish choralarini koʻrish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil aprel
Turizm qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
10.
Turistik obyektlarda, ayniqsa, ekoturizm yoʻnalishlari va suv havzalarida qoʻshimcha, yordamchi va koʻngilochar xizmatlar koʻrsatishni ragʻbatlantirish va ularni yashirin iqtisodiyotdan chiqarishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil aprel
Turizm qoʻmitasi,
Soliq qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
11.
Oʻzbekistonning turistik shaharlari oʻrtasida transport bogʻlanishini yaxshilash hamda yoʻlga sarflanadigan vaqtni kamida 3 barobarga qisqarish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Bunda, jumladan:
Oʻzbekistonning turistik shaharlari, birinchi navbatda, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari oʻrtasida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
turoperatorlar uchun “transport-paket” tizimini joriy qilish (avia+tur xizmatlari);
bilet narxlarini davlat tomonidan subsidiyalash orqali ichki reyslarni ommalashtirish nazarda tutiladi.
Tahliliy maʼlumotlar
2026-yil mart
Transport vazirligi,
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
12.
Sohada yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:
“turistik dala hovli” tushunchasini kiritish, ularning reyestrini shakllantirish hamda mijozlarni Milliy turizm yagona platformasiga kiritishni majburiy etib belgilash;
Milliy turizm yagona platformasiga kiritilmagan mehmonxona, turistik dala hovlilarning noqonuniy faoliyati haqida xabar bergan shaxsga hisoblangan soliqning 30 foizini keshbek sifatida toʻlash tartibini joriy etish;
Milliy turizm yagona platformasiga mehmonxona va turistik dala hovlida koʻrsatiladigan xizmatlarning narxini doimiy kiritish va bu jarayonlarni Turizm qoʻmitasi tomonidan nazorat qilish tartibini joriy qilish;
mehmonxona va turistik dala hovlilar faoliyati qonunga muvofiq olib borilishini monitoring qilish vazifasini “mahallabay” tamoyili asosida soliq inspektori zimmasiga yuklash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil may
Soliq qoʻmitasi,
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
13.
Fargʻona viloyatining Fargʻona, Qoʻqon va Margʻilon shaharlariga asosiy eʼtiborni qaratgan holda viloyatda yulduzli mehmonxonalar sonini umumiy 15 taga yetkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025 — 2028-yillar
Turizm qoʻmitasi,
Fargʻona viloyati hokimligi
III. Turizm sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
14.
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan turistik startaplarni — yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismiga subsidiya ajratishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil fevral
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
15.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish:
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mehmonxonalarning xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini belgilash;
xalqaro eʼtirof etilgan “yashil” sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil fevral
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
16.
Xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarining 50 foizini qaytarish tartibini belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil mart
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
17.
Chet davlatlar fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini naqd pul shaklida qaytarish tartibini belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil aprel
Soliq qoʻmitasi,
Turizm qoʻmitasi,
Markaziy bank,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
18.
Nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazgan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan filmlarning bevosita yoki bilvosita Oʻzbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boshqa muhim ijobiy jihatlarini namoyish qiluvchi qismini (epizodini) yaratganlik (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida, oʻz pavilyonlarida yoki kompyuter grafikasi yordamida) uchun haq toʻlash tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2026-yil fevral
Turizm qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Madaniyat vazirligi
IV. Turizm sohasini raqamlashtirish
19.
Ushbu qarorning 10-bandiga muvofiq, milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirish hamda uning funksiyalarini kengaytirish orqali turistlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil iyun
Turizm qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
20.
Milliy turizm yagona platformasi doirasida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan oʻzaro integratsiya qilgan holda respublika hududlariga turistlar oqimlarini (toifalarga qarab) va ularning xohishlarini tahlil qilish, personallashtirilgan marshrutlar va takliflarni yaratish, shuningdek, narx shakllanishi va resurslar taqsimlanishini nazarda tutuvchi sunʼiy intellekt va katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish tizimini joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Turizm qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi
21.
Turistlar uchun elektron deklaratsiyani onlayn toʻldirish tizimi toʻliq ishga tushirilgandan soʻng, chet el fuqarolari tomonidan oldindan toʻldirish imkoniyatini yaratish hamda ushbu qulayliklar xususida mobil ilovalar, SMS-xabarlar va onlayn platformalar orqali targʻib qilish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
Doimiy ravishda
Bojxona qoʻmitasi,
Turizm qoʻmitasi
V. Boshqa chora-tadbirlar
22.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish:
Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Indoneziya Respublikasidagi elchixonalariga bittadan qoʻshimcha ravishda madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchishtat birliklari ajratish;
ushbu shtat birliklarini saqlash xarajatlarini Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
maslahatchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi — Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisiga boʻysunuvi va hisobdorligini yoʻlga qoʻyish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2025-yil dekabr
Tashqi ishlar vazirligi,
Turizm qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi
23.
Turizm qoʻmitasining buyurtmasiga asosan joylashtirish vositalarining xonalari band qilinishini taʼminlash.
Bunda ushbu tartibda band qilingan xonalarga vakolatli organ tomonidan, ulardan foydalanilganidan qatʼiy nazar, bozor narxlaridan kelib chiqib, toʻlov qilinishi lozim.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
Doimiy ravishda
Turizm qoʻmitasi
24.
Oʻzbekiston Respublikasiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishni rejalashtirgan shaxslarni chet davlatlar bojxona maskanlarida aniqlash va toʻxtatish choralarini koʻrish, shu jumladan, ushbu maqsadda chet davlatlar bojxona idoralariga uchuvchisiz uchish apparatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi xususidagi maʼlumotlarni yuborish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
Doimiy ravishda
Bojxona qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Transport vazirligi
25.
1. Xalqaro oʻtkazish maskanlari va ularning yaqinida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishdan chegara nazoratidan oʻtkazish punktigacha boʻlgan hududda valyuta ayirboshlash va naqd pulni naqdsiz shaklga oʻtkazish imkoniyatini beruvchi bank shoxobchalari va (yoki) bankomatlar faoliyatini tunu kun yoʻlga qoʻyish uchun ular oʻrnatiladigan joylarni xatlovdan oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil aprel
Markaziy bank,
Bojxona qoʻmitasi,
Transport vazirligi
2. Xatlov natijalariga koʻra, bank shoxobchalari va (yoki) bankomatlarni belgilangan tartibda oʻrnatish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
26.
Aviakompaniyalar va xorijdagi vakolatxonalar imkoniyatlarini ishga solgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish/chiqishda uchuvchisiz uchish apparatlari hamda valyuta bilan bogʻliq masalalar boʻyicha chet el fuqarolariga amaldagi qonunchilik talablarini yetkazish boʻyicha keng qamrovli targʻibot ishlarini (reklama, vizual materiallar, bannerlar, flayerlar, plakatlar va h.k.) olib borish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi
Doimiy ravishda
Tashqi ishlar vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi,
Transport vazirligi, Markaziy bank,
Turizm qoʻmitasi
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PQ-78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2026-y., 07/26/78/0201-son)