1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik ta’limini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Muhandislik yo‘nalishini maktab ta’limida ustuvor yo‘nalish sifatida joriy etish, mazkur yo‘nalishda ta’lim sifatini oshirish va malakali pedagoglarni ta’lim jarayoniga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi etib muhandislik ta’limini rivojlantirish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston — ilg‘or muhandislar mamlakati” tashabbusini amalga oshirish belgilansin:
(a) mamlakatda yangi avlod muhandis kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim tashkilotlarining sanoat bilan uzviy integratsiyasiga asoslangan muhandislik maktablari tarmog‘ini tashkil etish;
(b) respublika miqyosida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablari) o‘rtasida muhandislikka oid fanlarni o‘qitish bo‘yicha raqobat muhitini yaratish hamda umumta’lim maktablarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish.
II. Muhandislik maktablari tarmog‘ini tashkil etish va muhandislik ta’lim dasturini joriy qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.03 Professional ta’lim]
2. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimida 1-ilovaga muvofiq faoliyati tugatiladigan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari negizida “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etilsin.
(a) muhandislik maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Bunda bir sinfda o‘quvchilar soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda:
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
(i) birinchi o‘quv yilida, istisno tariqasida, 7 — 10-sinflarga, ikkinchi o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
(ii) muhandislik maktablarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;
(iii) muhandislik maktablariga o‘z quvvatidan kelib chiqqan holda pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan, qo‘shimcha sinflar ochish va o‘qish uchun to‘lov miqdorini belgilash huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
(b) muhandislik maktablarida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi muhandis kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — muhandislik oliygohlari) bilan integratsiyalashgan muhandislik ta’lim dasturi joriy etiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
(i) o‘quv jarayonini 5 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etish, dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka e’tibor qaratish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
(ii) muhandislik maktabining 10-11-sinf hamda muhandislik oliygohlari tegishli ta’lim yo‘nalishining 1-kurs o‘quv rejalarini integratsiya qilish. Bunda o‘quvchi muhandislik oliygohining o‘quv rejasiga oid fanlar (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim fanlari) bo‘yicha qo‘shimcha o‘qitiladi;
(iii) oliy ta’lim fanlarini o‘qitishni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish va ushbu fanlar bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlarni (Academic Performance) belgilangan tartibda tan olish;
(v) muhandislik maktablarida muhandislik ta’lim dasturini joriy etish 2-ilovada ko‘rsatilgan muhandislik oliygohlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
(i) muhandislik ta’lim dasturini joriy etish hamda muhandislik oliygohlari va muhandislik maktablariga uslubiy yordam ko‘rsatish uchun mutanosib ravishda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tayanch oliygoh va tayanch maktab sifatida belgilanadi;
(ii) muhandislik ta’lim dasturlari doirasida integratsiya qilinadigan ta’lim yo‘nalishlari muhandislik oliygohi tomonidan mustaqil belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
(iii) oliy ta’lim fanlari muhandislik oliygohining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi va ushbu jarayonga oid barcha xarajatlar ushbu muhandislik oliygohining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
(g) quyidagi talablarni bajargan muhandislik maktablari bitiruvchilariga muhandislik ta’lim dasturi bo‘yicha tegishli ta’lim yo‘nalishida bir yillik qo‘shimcha davlat granti asosida 2-kursdan test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
(i) Scholastic Assessment Test (SAT) xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha eng kamida 1 300 ball to‘plash yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan muhandislik oliygohi ta’lim yo‘nalishiga qarab matematika, fizika va kimyo fanlaridan biri bo‘yicha eng kamida B2 darajadagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lish;
(ii) oliy ta’lim fanlari bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlarni (Academic Performance) o‘rnatilgan talab bo‘yicha o‘zlashtirganlik.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Bunda kelgusi o‘quv yilidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlash tizimi bo‘yicha davom ettiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
(d) 11-sinf muhandislik maktablari o‘quvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi. Bunda o‘quvchi muhandislik ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan tegishli ta’lim yo‘nalishiga oid ishlab chiqarish korxonasida amaliyot (stajirovka) o‘tashi lozim;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Ma’muriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
(j) muhandislik maktablari binolarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, jihozlash va obodonlashtirish ishlari 3-ilovaga muvofiq 2026 — 2028-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtiriladi.
III. Muhandislik maktablari faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
4. Muhandislik maktablarida quyidagi boshqaruv lavozimlari joriy etilsin:
(a) o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha akademik direktor;
(b) ma’muriy-moliyaviy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha ijrochi direktor;
(v) muhandislik maktablarining soha korxonalari bilan yaqindan hamkorligini ta’minlash bo‘yicha sanoat bilan aloqalar menejeri.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
(a) akademik direktor lavozimi muhandislik oliygohining shtatlar jadvalida nazarda tutiladi hamda Agentlik bilan kelishilgan holda muhandislik oliygohi direktori tomonidan tayinlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.05.00 Mehnat normalari va ishbay baholash]
(b) mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra:
(i) akademik direktor — muhandislik oliygohi dekaniga;
(ii) sanoat bilan aloqalar menejeri — Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktabning direktor o‘rinbosariga;
(iii) qolgan barcha ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktabning tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
(v) akademik direktor, ijrochi direktor va sanoat bilan aloqalar menejeri faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi bitiruvchi o‘quvchilar o‘qishni muhandislik oliygohida belgilangan tartibda 2-kursdan davom ettirishi hisoblanadi va bir martalik rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinadi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
(g) muhandislik maktablarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
IV. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi (keyingi o‘rinlarda — Tanlov) o‘tkazilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
7. Quyidagilar Tanlovni o‘tkazishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) umumta’lim maktablari o‘rtasida STEM fanlarini o‘qitishda raqobat va yangilikka intilish muhitini yaratish;
(b) umumta’lim maktablarida STEM fanlari bo‘yicha ta’lim jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishga ko‘maklashish;
(v) pedagog o‘qituvchilarning STEM fanlarini o‘qitishga bo‘lgan qiziqishi va intilishini kuchaytirish.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
(a) Tanlov 3 bosqichda — tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda respublika miqyosida o‘tkaziladi;
(b) Tanlov natijalariga ko‘ra uning g‘oliblari quyidagi ko‘rinishda rag‘batlantiriladi:
(i) 4-ilovaga muvofiq tanlov g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish;
(ii) Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari uchun xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatini tashkil etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
(iii) Tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan maktabga Davlat budjeti hisobidan muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini o‘z ichiga olgan innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratish.
Bunda innovatsion texnoparkka ega bo‘lgan maktablarda mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra fizika o‘qituvchisiga tenglashtirilgan 1 ta shtat birligida laborant lavozimi kiritiladi.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
9. “O‘zbekiston — ilg‘or muhandislar mamlakati” tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida negizida muhandislik maktablari tashkil etilayotgan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlaridan bo‘shagan mablag‘lar hisobidan nazarda tutiladi.
11. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.G. Karimova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
13. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
PQ-278-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga 1-ILOVA
Faoliyati tugatiladigan va negizida “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladigan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari
Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nukus raqamli texnologiyalar texnikumi
Nukus shahridagi muhandislik maktabi
2.
Andijon viloyati
Andijon transport texnikumi
Andijon shahridagi muhandislik maktabi
3.
Buxoro viloyati
Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyi
Buxoro shahridagi muhandislik maktabi
4.
Jizzax viloyati
Jizzax politexnika instituti akademik litseyi
Jizzax shahridagi muhandislik maktabi
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi
Qarshi shahridagi muhandislik maktabi
6.
Navoiy viloyati
Navoiy yuridik texnikumi
Navoiy shahridagi muhandislik maktabi
7.
Namangan viloyati
Namangan davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi
Namangan shahridagi muhandislik maktabi
8.
Samarqand viloyati
Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi
Samarqand shahridagi muhandislik maktabi
9.
Sirdaryo viloyati
Sobiq Mirzaobod texnologiyalar texnikumi (hozirgi Guliston davlat pedagogika instituti binosi)
Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi
10.
Surxondaryo viloyati
Jarqo‘rg‘on qurilish va transport texnikumi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik maktabi
11.
Toshkent viloyati
Toshkent viloyati pedagogika texnikumi
Angren shahridagi muhandislik maktabi
12.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona yuridik texnikumi
Farg‘ona shahridagi muhandislik maktabi
13.
Xorazm viloyati
Urganch shahar 1-son politexnikumi
Urganch shahridagi muhandislik maktabi
Izoh: faoliyati tugatiladigan akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayoni amaldagi o‘quvchilar uni bitirib olgunga qadar amalga oshirilishi inobatga olinadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga 2-ILOVA
Muhandis kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlariga biriktiriladigan muhandislik maktablari
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Navoiy shahridagi muhandislik maktabi
7.
Namangan viloyati
Namangan davlat texnika universiteti
Namangan shahridagi muhandislik maktabi
8.
Samarqand viloyati
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Samarqand shahridagi muhandislik maktabi
9.
Sirdaryo viloyati
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi
10.
Surxondaryo viloyati
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Jarqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik maktabi
11.
Toshkent viloyati
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
Angren shahridagi muhandislik maktabi
12.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Farg‘ona shahridagi muhandislik maktabi
13.
Xorazm viloyati
Al-Xorazmiy universiteti
Urganch shahridagi muhandislik maktabi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga 3-ILOVA
Muhandislik maktablarini 2026 — 2028-yillarda kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, jihozlash va obodonlashtirish bo‘yicha
Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi
Quvvati
Jami 2026 — 2028-yillarda
shu jumladan:
2026-yilda
2027-yilda
2028-yilda
Jami:
7 980
14
2
7
5
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nukus shahridagi muhandislik maktabi
360
1
1
2.
Andijon viloyati
Andijon shahridagi muhandislik maktabi
900
1
1
3.
Buxoro viloyati
Buxoro shahridagi muhandislik maktabi
825
1
1
4.
Jizzax viloyati
Jizzax shahridagi muhandislik maktabi
525
1
1
5.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahridagi muhandislik maktabi
450
1
1
6.
Navoiy viloyati
Navoiy shahridagi muhandislik maktabi
600
1
1
7.
Namangan viloyati
Namangan shahridagi muhandislik maktabi
820
1
1
8.
Samarqand viloyati
Samarqand shahridagi muhandislik maktabi
600
1
1
9.
Sirdaryo viloyati
Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi
540
1
1
10.
Surxondaryo viloyati
Jarqo‘rg‘on tumanidagi muhandislik maktabi
720
1
1
11.
Toshkent viloyati
Angren shahridagi muhandislik maktabi
450
1
1
12.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona shahridagi muhandislik maktabi
450
1
1
13.
Xorazm viloyati
Urganch shahridagi muhandislik maktabi
540
1
1
14.
Toshkent shahri
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab*
200
1
1
Izohlar:
1) muhandislik maktablari 2026 — 2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kapital rekonstruksiya qilinadi;
2) muhandislik maktablarini rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihalari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;
3) * Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab uchun zamonaviy laboratoriya va 200 o‘rinli yotoqxona binolari quriladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi g‘oliblarini rag‘batlantirish
MIQDORLARI
(bazaviy hisoblash miqdorida)
T/r
Bosqich
1-o‘rin
2-o‘rin
3-o‘rin
1.
Tuman (shahar)
200
150
100
2.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
300
250
200
3.
Respublika
600
450
300
Izoh: rag‘batlantirish to‘lovlari Davlat budjetining tegishli darajadagi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga 5-ILOVA
“O‘zbekiston — ilg‘or muhandislar mamlakati” tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddati
Moliyalashtirish manbalari
Mas’ul ijrochilar
I. Muhandislik maktablari tarmog‘ini tashkil etish
1.
Negizida muhandislik maktablari tashkil etilishi reja qilingan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari balansida bo‘lgan bino va inshootlarni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tasarrufiga o‘tkazish hamda Agentlik tizimida muhandislik maktablarini tashkil etish. Bunda:
muhandislik maktablari ustavini tasdiqlash;
muhandislik maktablarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rish.
Idoraviy hujjat loyihasi
2026-yil mart
-
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.
Muhandislik maktablarining ijobiy imijini yaratish va pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish hajmini oshirishga qaratilgan muhandislik maktablari tarmog‘ining marketing strategiyasini tasdiqlash hamda strategiya asosida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.
Idoraviy hujjat loyihasi va kompleks chora-tadbirlar
2026-yil aprel
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
3.
Muhandislik maktablarining ma’muriy boshqaruv, o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish.
Bunda akademik direktor, ijrochi direktor va sanoat bilan aloqalar menejeri lavozimlarini inobatga olish.
Mazkur lavozimlarni tanlov asosida yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil iyul-avgust
-
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
4.
Muhandislik maktablarining ta’lim dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil iyun
-
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
5.
Muhandislik maktablari o‘quvchilarining amaliyot o‘tash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
-
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda mas’ul vazirlik va idoralar
6.
Akademik direktor, ijrochi direktor va sanoat bilan aloqalar menejeri faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi asosida bir martalik rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish. Bunda:
bitiruvchilarning 100 foizi biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotining muhandislik yo‘nalishida o‘qishni davom ettirganda — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 100 baravari;
bitiruvchilarning 75 foizi biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotining muhandislik yo‘nalishida o‘qishni davom ettirganda — BHMning 75 baravari;
bitiruvchilarning 50 foizi va undan yuqorisi biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotining muhandislik yo‘nalishida o‘qishni davom ettirganda — BHMning 50 baravari miqdorida rag‘batlantirishni nazarda tutish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil dekabr
Davlat budjeti mablag‘lari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
7.
Muhandislik maktablarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini 2026 — 2028-yillardagi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish choralarini ko‘rish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026 — 2028-yillar davomida
Davlat budjeti mablag‘lari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
II. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovini tashkil etish
8.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Bunda:
tanlov ishtirokchilarini moddiy rag‘batlantirish;
tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari uchun xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatini tashkil etish;
innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratishni nazarda tutish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2025-yil dekabr
Davlat budjeti mablag‘lari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
9.
Innovatsion texnoparkning namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Davlat budjeti mablag‘lari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 07/25/278/0839-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)