O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 29-sentabrdagi 612-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
521-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 521-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qo‘mita alohida mustaqil maqomga ega respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanib, din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, ushbu yo‘nalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Qo‘mita o‘z faoliyatini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi davlat tilida yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
7. Qo‘mitaning rasmiy nomi:
davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, qisqartirilgan nomi — Din ishlari qo‘mitasi;
rus tilida:
to‘liq nomi — Komitet po delam religiy Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — KPDR;
ingliz tilida:
to‘liq nomi — Committee of Religious Affairs of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Committee of Religious Affairs.
8. Qo‘mitaning joylashgan yeri (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Navoiy ko‘chasi, 12-uy.
2-bob. Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasi
9. Qo‘mita tizimiga quyidagilar kiradi:
Qo‘mitaning markaziy apparati;
Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti;
Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar).
10. Hududiy boshqarmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va ularning tuzilmasida tumanlar va shaharlar bo‘yicha bosh mutaxassislar faoliyat yuritadi.
3-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat prinsipini ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini, aholining dini va e’tiqodidan qat’i nazar huquqlari to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, vijdon erkinligi buzilishining har qanday ko‘rinishini oldini olish;
diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olish, ularning o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish;
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish;
aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish;
fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
ekstremizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu borada ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlash;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida diniy-ma’rifiy sohadagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis ma’lumotlar tarqalishining oldini olish hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar berish;
diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish;
manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish.
12. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish borasida:
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq din ishlari sohasidagi masalalarni hal qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
din ishlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlariga tushuntirish, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish ishlarini olib boradi;
diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan xulosa olish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqadi, hududiy boshqarmalar tomonidan bunday murojaatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini joylarda o‘rganilishini nazorat qiladi;
diniy ta’lim muassasalari hamda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalanishi ta’minlaydi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil qiladi, litsenziyalar reyestrini yuritadi;
diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini, ularning o‘quv jarayoni va dasturlarini, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni, fanlar bo‘yicha o‘quv rejalarini, diniy mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi, ularga ushbu faoliyatni amalga oshirishda tashkiliy-huquqiy va metodik yordam ko‘rsatadi;
respublikada chiqariladigan yoki xorijdan keltiriladigan diniy mazmundagi materiallarni (kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele, kino va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilarni (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) ekspertizadan o‘tkazadi, xulosalar beradi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi;
diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlash, olib kirish va tarqatish holatlarini aniqlash hamda oldini olish maqsadida nazorat tadbirlarini o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qiladi;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
b) O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat prinsipini ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini, aholining dini va e’tiqodidan qat’i nazar huquqlari to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, vijdon erkinligi buzilishining har qanday ko‘rinishini oldini olish borasida:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning diniy erkinligini ta’minlashning qonuniy choralarini ko‘radi;
fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish borasida tegishli choralarni belgilaydi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
diniy tashkilotlar rahbarlarining dunyoviy davlat prinsiplari, davlatning din ishlari sohasidagi siyosatining mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi tushuncha va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ma’rifiy tadbirlar tashkil etadi;
vijdon erkinligi kafolatlarining buzilishi holatlariga nisbatan tezkor chora-tadbirlar ko‘radi;
diniy tashkilotlar vakillarining ibodat marosimlarida o‘qiladigan ma’ruzalari mazmuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga hamda diniy sohadagi davlat siyosati prinsipiga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi;
ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilot a’zolarining erkin ibodat qilishi, diniy rasm-rusumlarni ado etishi uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi;
v) diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan xatti-harakatlarning oldini olish, ularning o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini ko‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish borasida:
diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirish hamda diniy vaziyatga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy-tadqiqot markazlari, tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
O‘zbekistonda va xorijda yuz berayotgan diniy-ijtimoiy sohaga oid muhim voqealarni chuqur tahlil qiladi hamda respublikadagi barqaror diniy-ijtimoiy vaziyatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi, ularni oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlab, kiritib boradi;
tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning ro‘yxatini xizmat doirasida foydalanish uchun manfaatdor tashkilotlarga taqdim qilib boradi;
jamiyatda “jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oyasi asosida dinlarining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish, diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini amalga oshiradi, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarga bu boradagi faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
diniy tashkilotlarning diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatish, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni yuzaga keltirishining oldini olishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ijtimoiy tarmoqlarda hamda diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi veb-saytlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
g) jamiyatda diniy-ma’rifiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ushbu jarayonlarda diniy-ma’rifiy soha vakillarining ishtirokini kengaytirish borasida:
respublika hududlari va xorijiy davlatlardagi diniy-ijtimoiy jarayonlarni, davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni muntazam o‘rganadi, tahlil qiladi hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi;
respublikada diniy-ijtimoiy vaziyatni monitoring va tahlil qiladi, diniy-ma’naviy muhitni yaxshilash, barqarorligini ta’minlash, yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
diniy mavzularga oid nashrlar, Internet jahon axborot tarmog‘i va ommaviy axborot vositalari materiallarini chuqur tahlil qiladi;
diniy-ma’rifiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritib borish;
diniy-ma’rifiy sohada aholining huquqiy madaniyati va bilimini oshirish, jamiyatda bag‘rikenglik g‘oyalarini shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
jamiyatda ekstremizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish, aholini noan’anaviy diniy harakatlar va tahdidlardan himoya qilish uchun davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
d) davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini muvofiqlashtirish hamda davlat siyosatida diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish borasida:
davlat organlari va muassasalarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
diniy tashkilotlarning davlat organlari bilan o‘zaro aloqalariga ko‘maklashadi va hal etilishi talab qilinadigan masalalar bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatadi;
diniy tashkilotlar, shuningdek, xorijiy diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarga doir masalalar bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
diniy tashkilotlarning faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashadi;
diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va ularning o‘z faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda yordam beradi;
diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etadi;
e) aholi orasida konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish borasida:
fuqarolarning vijdon va din erkinligi masalalari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi;
diniy tashkilotlarga respublikada va chet ellarda o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishga ko‘maklashadi;
konfessiyalararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlaydi;
konfessiyalar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik hamda bag‘rikenglikni mustahkamlash siyosatini olib boradi, ushbu sohada tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi;
respublikada istiqomat qiluvchi turli din vakillarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish yo‘nalishidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi;
turli konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro adovatni yuzaga keltirishga qaratilgan holatlar, materiallarni aniqlaydi hamda bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi;
j) fuqarolarning xorijiy davlatlarga hamda chet el fuqarolarining O‘zbekistonga ziyorat turizmini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida:
“Haj” va “Umra” tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishini tashkil etadi;
“Haj va Umra yagona portali” orqali “Haj” tadbiriga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantirilishini ta’minlaydi, ushbu jarayonda tegishli idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qat’i rioya etilishini ta’minlaydi;
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra yagona portali”dan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;
ziyoratlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi, tahlil qiladi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar beradi;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, chet ellarda O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasining madaniy, tarixiy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biri sifatidagi o‘rni va rolini, shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib etish ishlarini olib boradi;
respublika va xorijiy davlat muassasalari, diniy tashkilotlar o‘rtasida ziyorat turizmi sohasida aloqalar o‘rnatish va rivojlantirish masalasida ishlarni tashkil qiladi;
ziyorat turizmi tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy ziyorat turizmi mahsulotlarini jahon bozorlarida targ‘ib qilish, ziyorat turizmi sohasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlab, kiritib boradi;
z) ekstremizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish borasida:
ekstremistik guruhlar va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi;
ekstremistik guruhlar faoliyatini aniqlash va unga chek qo‘yishga ko‘maklashadi;
terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qilish maqsadida respublika hududiga shaxslarning noqonuniy kirib kelishiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda choralar ko‘radi;
aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari hamda diniy tashkilotlar bilan birgalikda noqonuniy diniy oqim va guruhlarning faoliyati, yot g‘oyalari dinga zid ekanligi haqida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
turli buzg‘unchi oqimlar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganadi va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va kiritib boradi;
aholi, shu jumladan, yoshlar, migrantlar va xotin-qizlar orasida yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, bunday g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan tizimli va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
milliy va diniy urf-odatlar, qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirishga, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
ekstremizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish borasida tadbirlar o‘tkazadi hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar tayyorlab kiritib boradi;
jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar orasida diniy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
i) ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet jahon axborot tarmog‘ida diniy-ma’rifiy sohadagi yagona davlat siyosatiga nisbatan noxolis ma’lumotlar tarqalishining oldini olish hamda diniy mutaassiblik va ekstremizm ruhidagi axborotlarga tezkor va ilmiy raddiyalar berish borasida:
diniy-ma’rifiy sohada yagona davlat siyosatini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali targ‘ib qilish faoliyatini tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglik tamoyillariga zid bo‘lgan materiallarni aniqlaydi, ilmiy asosda tahlil qiladi hamda xavf-xatar yo‘nalishlarini belgilaydi;
diniy-ma’rifiy sohadagi ilmiy-tadqiqot markazlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan mavjud tahdidlarga nisbatan xalqchil raddiyalar tayyorlash yo‘nalishidagi faoliyatni muvofiqlashtiradi;
jamiyatda diniy-ijtimoiy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganadi, tahlil qiladi va ularning oldini olish choralarini ko‘radi;
Internet jahon aloqa tarmog‘idagi din omili bilan bog‘liq materiallarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam monitoring va tahlil qilib, ularni tizimli boshqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan ta’sirchan choralarni ko‘radi;
k) diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot markazlarining tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berish borasida:
diniy-ma’rifiy sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga davlat va nodavlat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlarining yetuk mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan hamda ta’limning o‘zaro integratsiyasini tashkil etadi;
ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning diniy-falsafiy merosini chuqur o‘rganish hamda keng targ‘ib etish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlariga tegishli tavsiyalar berib boradi;
diniy-ma’rifiy sohadagi muassasalar faoliyatini o‘rganib borish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish hamda ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajariladigan diniy mavzudagi tadqiqotlarning mavzu va yo‘nalishlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegishli tavsiyalarni beradi;
ilmiy-tadqiqot markazlarining boy ilmiy-ma’naviy meros, dunyoviy va diniy ilmlar bo‘yicha tadqiqot natijalarini o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda ko‘maklashadi;
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarining tajribasini o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi.
l) tegishli mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini o‘rganish bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish borasida:
diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadi, ular yuzasidan o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnomalarning nazariy jihatlarini ishlab chiqadi;
aholining diniy-ijtimoiy jarayonlarga munosabatini tadqiq qilish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganib boradi hamda ularning ijobiy jihatlarini mahalliy so‘rovnomalarga joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalarning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumot va takliflar tayyorlaydi.
4-bob. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarining huquqlari va majburiyatlari
1-§. Qo‘mitaning huquqlari va majburiyatlari
13. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
o‘z vakolati doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Qo‘mitaning vakolatiga kiruvchi masalalarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda joylarga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazish;
Qo‘mitaga tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va bepul olish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma, ko‘rsatma va yozma ravishda ogohlantirishlar kiritish;
o‘z vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
o‘z vakolati doirasida yuridik shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar qo‘llash;
davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, Qo‘mita tizimi manfaatlarini ko‘zlab sudlarga arizalar va da’volarni kiritish;
Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarining mutaxassis va ekspertlarini shartnoma asosida jalb qilish;
sohaga doir ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va boshqa turdagi mukofotlash tartibini, miqdori va shartlarini belgilash;
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Qo‘mita vakolati doirasida xalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlar tuzish, xalqaro, hukumatlararo bitim loyihalarini taqdim etish;
Qo‘mita vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish;
Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish;
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mitaning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
tarkibiy bo‘linmalarning funksional vazifalari hamda boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;
Qo‘mita tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish;
Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
budjetdan tashqari mablag‘larni hamda Qo‘mita tizimining depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit raqamlarida milliy va chet el valyutasida joylashtirish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa hamda hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini saqlash va ishlatish bo‘yicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish to‘g‘risida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Qo‘mita hamda idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish;
Qo‘mita tizimidagi mol-mulkdan bepul foydalanish huquqi bilan bir tarkibiy tuzilmadan boshqa tuzilmaga belgilangan tartibda o‘tkazish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Qo‘mitaning ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Qo‘mita, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;
yuklangan vazifalarni bajarish va faoliyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish uchun belgilangan tartibda bo‘linmalar, kengashlar, komissiyalar, ishchi guruhlar va jamg‘armalar tashkil etish;
Qo‘mita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Qo‘mita quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Qo‘mita tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari uchun javob berish;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarish;
tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini ta’minlash.
Qo‘mitaning qarorlari, uning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari bo‘yicha shikoyat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2-§. Qo‘mita hududiy boshqarmalarining huquqlari va majburiyatlari
15. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:
Qo‘mita zimmasiga yuklangan vazifalarni o‘z hududlarida samarali tashkil etish maqsadida davlat organlari va tashkilotlaridan statistika, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va bepul olish;
zarur hollarda, zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
din ishlari sohasi bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo‘jalik birlashmalarining, boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
soha faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining hamda boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning malakali mutaxassislarini axborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy bo‘linmalarining din ishlari sohasiga oid masalalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
joylardagi diniy tashkilotlardan zarur axborotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan faoliyat bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘limlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida o‘zlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari quyidagi majburiyatlarga ega:
Qo‘mitaga yuklangan vazifalarni hududlarda sifatli bajarilishini tashkil etish, ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
hududlarda, din ishlari sohasiga oid davlat siyosatining holati to‘g‘risida tegishli axborot, axborot-tahliliy hujjatlar, hisobotlarni Qo‘mitaga kiritish;
tegishli hududda din ishlari sohasiga oid davlat siyosatining holati to‘g‘risida Qo‘mitaga haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish;
sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish bo‘yicha dastur, chora-tadbirlar rejasi, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash;
hududda tegishli sohada fuqarolar va diniy tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda muhofaza qilinishini ta’minlash.
5-bob. Qo‘mita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
17. Qo‘mita raisining asosiy funksional vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlar rejalarini amalga oshirish bo‘yicha tanqidiy va chuqur tahlillar o‘tkazish;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bog‘liq istiqboldagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, vazirlik va idoralar bilan Qo‘mita faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Qo‘mitaga oid masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalarining, Bosh vaziri va Bosh vazir o‘rinbosarlari topshiriqlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini tashkil etish;
o‘rinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining vakolatlarini hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash, majburiyatlarini taqsimlash;
Qo‘mita faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Qo‘mita va tizim idoralarida raqamlashtirishni joriy etish;
Qo‘mita, uning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkil etish, ularning monitoringini olib borish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Qo‘mita tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasb mahorati, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga hamda o‘z tashabbusiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishi va himoya qilinishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Qo‘mitaga kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, zarur hollarda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Qo‘mita xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, ularga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy bo‘linmalar va hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mita hay’at majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlariga loyiqligi masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Qo‘mita xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi bo‘yicha nazoratni tashkil etish;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qo‘mita tizimida Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi va ochiqligini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Qo‘mita markaziy apparati va hududiy boshqarmalar nizomlari, shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Qo‘mitaning idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;
Qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari (boshliqlaridan tashqari) xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari — hududiy boshqarmalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishga rozilik berish;
Qo‘mita tizimida kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil qilish;
Qo‘mita faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish va belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy davlatlarning organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qo‘mita nomidan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish;
zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mitaning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Qo‘mita xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish;
Qo‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy yorliqlar hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlash;
Qo‘mitaning mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tuzish;
Qo‘mita hay’at majlislarida raislik qilish.
Qo‘mita raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin.
18. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha dastur va chora-tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalarining, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini tashkil etish, ijro intizomi mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rish, shu jumladan, topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
Qo‘mitaning hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisining buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Qo‘mita raisiga mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning kasb mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xodimlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qo‘mitada tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama etish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi Reglamentlari talablariga qat’iy rioya qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Qo‘mita raisi topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Qo‘mitaning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Qo‘mita faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, din ishlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita raisiga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Qo‘mita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatini va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralar ko‘rish;
Qo‘mita xodimlari tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
Qo‘mita raisiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Prezidentning Virtual qabulxonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga qat’i rioya qilish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi normativ-huquqiy va boshqa sohaviy normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkil etish;
Qo‘mita va tizim idoralari xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.
19. Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining funksional vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash;
o‘z vakolati doirasida idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatni muntazam tahlil qilib borish va ular tomonidan qayd etilgan ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalarining hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash, ijro intizomi mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rish, shu jumladan, topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
hay’at qarorlari, Qo‘mita raisi va o‘rinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari ijrosining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;
Qo‘mita rahbariyatiga tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qo‘mita rahbariyati topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
tarkibiy bo‘linmalarga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Qo‘mita rahbariyatiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rib chiqish, murojaat bilan ishlashni samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’i rioya qilish.
20. Qo‘mita hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
faoliyatni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga hududiy boshqarmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlash, soha faoliyati yuzasidan Qo‘mitaga takliflar kiritib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalarining hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, topshiriqlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash, hududiy boshqarmalar xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Qo‘mita hay’ati qarorlari, Qo‘mita rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari hamda topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Qo‘mita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarni boshqarishda xodimlarning javobgarligini belgilash;
hududiy boshqarmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini ta’minlash hamda ijrosi yuzasidan Qo‘mitaga hisobot kiritib borish;
Qo‘mita rahbariyatiga hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
hududiy boshqarmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolish-qolmasligi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar kiritish, ularning funksional mas’uliyati va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
hududlarda xodimlarning Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
hududlarda huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rib chiqish, murojaat bilan ishlashni samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabul qilish;
davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish.
6-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi
21. Qo‘mita raisi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son va “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonlari hamda “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishi;
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Qo‘mitaga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, Qo‘mita ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi;
amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda ko‘zlangan natijalarga erishilishi, ularning din ishlari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ta’siri;
tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan parametrlar va ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
Qo‘mita tizimida ijro intizomiga qat’i rioya etilishi uchun javob beradi.
22. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari:
qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
mutasaddilik qilinayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradi.
23. Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
faoliyat yo‘nalishlariga oid qonunchilik hujjatlari, Qo‘mita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati to‘g‘risida haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
24. Qo‘mita hududiy boshqarmalari boshliqlari:
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;
tegishli hududda qonunchilik hujjatlari, Qo‘mita rahbarlarining topshiriqlari bajarilishining holati to‘g‘risida haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni sifatli tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradi.
7-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish
1-§. Qo‘mita rahbariyati hamda xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibi
25. Qo‘mitaga rais rahbarlik qiladi.
Qo‘mita raisi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
26. Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi o‘rinbosari va ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
27. Qo‘mita raisi maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‘ra — vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
28. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda, uning vakolatlari raisning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa raisning tegishli buyrug‘iga asosan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
29. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarlari — hududiy boshqarmalar boshliqlari Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qo‘mitaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalar xodimlari, Qo‘mitaga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
2-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
30. Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ta’minlaydi.
31. Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hududiy boshqarmalar bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda:
topshiriqlarni hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarga bevosita tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rov jo‘natadi va ularning ijrosini nazorat qilib boradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va o‘rganadi, amaliyotini umumlashtiradi, takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining tashkil etilishi va natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ularning qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tushgan takliflarini ko‘rib chiqadi.
32. Hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Qo‘mita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
faoliyatning belgilangan sohasidagi qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga ma’lumot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish asosida ishda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarning bartaraf etilganligi natijalari haqida axborot beradi;
Qo‘mitaning markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatda o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik natijalari haqida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan o‘z faoliyatini tekshirishlar natijalari haqida axborot beradi.
3-§. Qo‘mitaning respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi
33. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
34. Qo‘mita faoliyati Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi.
4-§. Qo‘mitaning hay’ati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
35. Qo‘mitada rais, (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
36. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qo‘mita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Qo‘mita tizimidagi xodimlar va rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda tarkibiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Qo‘mita faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini tizimli ravishda har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
Qo‘mita faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni tayyorlash va qabul qilish;
Qo‘mita va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarni yuklatilgan vazifalarga mos, ularni professional darajada bajarishga qodir, malakali, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mas’uliyatli kadrlar bilan jamlash masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hay’at Qo‘mita vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.
37. Hay’at majlisiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
38. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
39. Hay’at qarorlari Hay’at raisi tomonidan imzolanadi va Qo‘mita raisining buyrug‘i (qarorlari) bilan amalga oshiriladi.
40. Qo‘mita raisi va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qo‘mita raisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishi mumkin.
41. Hay’at faoliyatining tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
42. Qo‘mita huzurida kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va nizomlari rais tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.
8-bob. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
43. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
44. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.
45. Qo‘mita faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Qo‘mita rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Qo‘mita faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
46. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
47. Quyidagilar Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
48. Qo‘mita xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat.
49. Qo‘mita, uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari bo‘yicha belgilanadi.
Ilmiy darajaga (PhD, DSc) ega xodimlariga amaldagi qonunchilikda belgilangan talablar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.
50. Qo‘mitaning budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlarida va boshqa muhim sanalarda mukofotlash, shuningdek, ustama, rag‘batlantirish va qo‘shimcha haq, mukofotlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish haqiga boshqa to‘lovlar miqdori Qo‘mita raisi tomonidan belgilanadi.
51. Qo‘mita xodimlariga oylik ustamalar, moddiy va ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
52. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi “Ziyorat” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida quyidagilarga yo‘naltiriladi:
ish haqi (lavozim maoshi);
ko‘p yillik ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq va ustamalar to‘lash;
lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustama belgilash (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hamda qo‘shimcha to‘lovlarni inobatga olgan holda);
bayramlarda va muhim sanalarda bir martalik mukofotlash;
faoliyatda ijobiy natijalarga erishganligi uchun mukofotlar;
ovqat puli uchun to‘lov;
yo‘lkira xarajatlari uchun to‘lov;
xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba moddiy yordam ko‘rsatish;
yubiley sanalar, pensiyaga chiqish, to‘y, farzandli bo‘lish munosabati bilan esdalik sovg‘alar yoki pul mablag‘lari berish;
qonunchilikda belgilangan boshqa to‘lovlar.
53. Shaxsiy oylik ustamalar lavozim maoshiga nisbatan foizda belgilanadi.
Qo‘mitaning markaziy apparati xodimlari uchun shaxsiy ustamaning eng yuqori miqdori (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) —
200 (ikki yuz) foizgacha, hududiy boshqarmalar xodimlari uchun shaxsiy ustamaning eng yuqori miqdori — 100 (bir yuz) foizdan oshmasligi lozim.
54. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajargan Qo‘mita xodimlari qonunchilikda belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari munosabati bilan lavozim maoshi (rag‘batlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) bir barobarigacha miqdorda mukofot bilan moddiy rag‘batlantiriladi.
55. Bayram sanalariga mukofotlar:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayrami;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlari munosabati bilan barcha xodimlar rag‘batlantiriladi. Ushbu mukofotlar miqdorlari xodimlarning haqiqatda ishlagan davrlariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bolalarni parvarishlash, o‘qish bilan bog‘liq hamda ijodiy ta’tillar davrida, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga, harbiy yig‘inga chaqirilgan davridagi bayram sanalariga mukofotlar berilmaydi.
56. Qo‘mita xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida, ularga har oyda har bir shtat birligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ovqat puli, yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi.
Qoplanadigan xarajatlar miqdori bazaviy hisoblash miqdori eng kam miqdori oshishiga qarab ortishi mumkin.
Transport va ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlarning aniq miqdori Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan to‘lovlar xodimning ishlagan davriga mutanosib ravishda to‘lanadi.
57. Qo‘mita xodimlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining 10 (o‘n) baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorida moddiy yordam amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordamning aniq miqdori Qo‘mita raisining buyrug‘iga binoan belgilanadi.
58. Qo‘mita xodimlariga moliya yilida bir marta (mehnat ta’tiliga chiqish vaqtida sog‘ligini tiklash maqsadida yoki mehnat ta’tilga chiqmagan xodimlarga moliya yilining dekabr oyida) bir oylik mehnatga haq to‘lash fondi (lavozim maoshi va rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda) miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Moddiy yordam ko‘rsatish xodimning arizasi yoki Kasaba uyushmasi qo‘mitasi iltimosnomasiga asosan buyruq bilan amalga oshiriladi.
59. Qo‘mita raisini mukofotlash, shaxsiy ustamalarini belgilash, moddiy rag‘batlantirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan alohida soha xodimlariga ustama belgilangan hollarda ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10-bob. Qo‘mitaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
61. Qo‘mita rahbarlari o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga, Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish doirasida:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda o‘z faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;
din ishlari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda ko‘rib chiqilishi va bartaraf etilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
62. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda Vazirlar Mahkamasi Qo‘mita rahbarlariga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi, Qo‘mita faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.
63. Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra Qo‘mitaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlik choralari qo‘llanadi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
64. Qo‘mita qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 521-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi huzuridagi “Ziyorat” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Din ishlari bo‘yicha qo‘mita)ning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Kuyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar;
diniy ta’lim muassasalari hamda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini litsenziyalashda arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imning qonunchilikda belgilangan qismi;
diniy ta’lim muassasalari hamda “Umra” tadbirlarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalashda undiriladigan davlat bojining 30 foizi;
litsenziyalash sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslardan undirilgan jarimaning 10 foizi;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Jamg‘armaning vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jamg‘armaga mablag‘lar tushishining to‘liqligi va saqlanishini nazorat qiladi”.
5. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
“Umra” xizmatlari sifatsiz ko‘rsatilishidan jabr ko‘rgan ziyoratchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar o‘rnini qoplash;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish, jumladan diniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish (sanatoriya, kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish);
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining xizmat safari xarajatlari, shu jumladan xorijiy davlatlardagi xizmat safarlari xarajatlarini qoplash;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashi, shu jumladan, ularning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etish va xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bino va inshootlarini saqlash hamda boshqa joriy xarajatlar, yordamchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari ta’minoti, ushbu Qo‘mita faoliyatini yanada yaxshilash bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish”.
6. 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Quyidagi mazmundagi 91 — 94-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“91. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash orqali amalga oshiriladi hamda ushbu dasturlar har yili mablag‘lar va ehtiyojlar prognozi asosida shakllantiriladi.
92. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tasdiqlangan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
93. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
94. Jamg‘armadan ajratilgan pul mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi daromadlar va xarajatlar aks ettirilgan hisobot har chorak yakuni bo‘yicha buxgalteriya balansida aks ettiriladi”.
8. Quyidagi mazmundagi 31 va 32-boblar bilan to‘ldirilsin:
“31-bob. Jamg‘armani boshqarish
95. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va taqsimlash Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
96. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Moliya-iqtisod bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
97. Jamg‘arma mablag‘larining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat ko‘rsatish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Moliya-iqtisod bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan:
Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlari smetasini tayyorlaydi, zarur hollarda, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi;
Jamg‘arma mablag‘larining tushumi va ulardan foydalanish hisobini yuritadi;
Jamg‘armadan ajratilgan pul mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi daromadlar va xarajatlarini buxgalteriya balansida aks ettirilishini ta’minlaydi;
Jamg‘arma smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Jamg‘arma smetasining ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etilishini ta’minlaydi.
32-bob. Jamg‘armaning hisobi va hisobotini yuritish
98. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning budjetdan tashqari g‘azna hisobvaraqlarida alohida yuritiladi.
99. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
910. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
911. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar ro‘yxatlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
912. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi”.
9. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2025-y., 09/25/521/0753-son)