Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 24-yanvarda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab erkin harakatlanishga, turar va yashash joyini tanlashga doir konstitutsiyaviy huquqini, boshqa huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek ular tomonidan boshqa shaxslar, davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish (bundan buyon matnda yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish ruxsat etish xususiyatiga ega emas.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmaganligi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning huquqlari va erkinliklarini cheklash uchun asos boʻlmaydi.
4-modda. Yashash joyi va turgan joy tushunchalari
Shaxs mulkdor sifatida, ijara (ikkilamchi ijara), tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra doimiy ravishda (asosan) yashaydigan hamda oʻzi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan uy, kvartira, xizmat turar joyi, maxsus uy (yotoqxona, vaqtinchalik uy-joy fondi uyi yoki nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uy, shuningdek bolalar uyi yoki boshqa maxsus maqsadli uy) yoxud boshqa turar joy yashash joyidir.
Shaxs qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda vaqtincha yashaydigan joylashtirish vositasi, davolash muassasasi yoki shaxsning yashash joyi hisoblanmaydigan turar joy turgan joydir.
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxslarning yoki vasiylikdagi shaxslarning qonuniy vakillari — tegishincha ota-onalari (yolgʻiz otasi yoki onasi), farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy mazkur voyaga yetmagan shaxslarning yoki vasiylikdagi shaxslarning yashash joyi hisoblanadi.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshga qadar boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarning yoki homiylikdagi shaxslarning qonuniy vakillari — tegishincha ota-onalari (yolgʻiz otasi yoki onasi), farzandlikka oluvchilari yoki homiylari yashaydigan joy mazkur voyaga yetmagan shaxslarning yoki homiylikdagi shaxslarning yashash joyi hisoblanadi.
5-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bola — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi bola (bundan buyon matnda vasiylikdagi (homiylikdagi) bola deb yuritiladi) — oʻziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan bola;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat klinikalari va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiyot muassasalari;
yolgʻiz ota yoki ona — bolani tarbiyalayotgan ota (ona), basharti bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa yoxud bunday maʼlumotlar bolani tarbiyalayotgan otaning (onaning) soʻzlariga asosan kiritilgan boʻlsa;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan boshqa obyektlar;
identifikatsiyalovchi ID-karta (bundan buyon matnda identifikatsiyalovchi karta deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida identifikatsiyalovchi karta egasining shaxsini va fuqaroligini, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan, egasining shaxsiga doir biografik va biometrik maʼlumotlar kiritilgan elektron jismga (chipga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga, chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga beriladigan hujjat;
turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda qayd etish;
fuqaroligi boʻlmagan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan va oʻzining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlmagan shaxs;
chet el fuqarosi — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va oʻzining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlgan shaxs;
yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda qayd etish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi — Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi bekor qilingan hamda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketishga doir ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
harakatlanish hujjatlari — milliy pasportlar, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar boʻlib, ular asosida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish (undan chiqish) va uning hududida boʻlish huquqiga ega boʻladi;
“E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “E-mehmon” tizimi deb yuritiladi) — joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida foydalaniladigan, joylashtirish vositalarida yashovchi yoki davolash muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-xabar berish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “E-xabar berish” tizimi deb yuritiladi) — shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda “Manzil” tizimi deb yuritiladi) — shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
6-modda. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishning asosiy qoidalari
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki turar joyni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazish joylashtirish vositalarining masʼul xodimlari tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davolash muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazish ushbu muassasalarning masʼul xodimlari tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
FHDY organi tomonidan bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida ushbu maʼlumotlar mazkur axborot tizimi orqali ota-onasining (yolgʻiz otasining yoki onasining) yashash joyiga muvofiq bolani yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun avtomatik ravishda “Manzil” tizimiga bir vaqtning oʻzida kelib tushadi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan bolani yashash joyi (turgan joyi) boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uning ota-onasining (yolgʻiz otasining yoki onasining), tutingan ota-onasining yoki vasiysining (homiysining) arizasiga asosan ularning yashash joyi (turgan joyi) boʻyicha amalga oshiriladi.
Tarbiya, davolash muassasalarida va boshqa muassasalarda turgan yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek qariyalar uylaridagi shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tegishincha tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalar, shuningdek qariyalar uylari rahbarlarining xatlariga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasalariga jazoni oʻtash uchun keltirilgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish jazoni ijro etish muassasalari rahbarlarining xatlariga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
7-modda. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtish zarur boʻlgan muddatlar
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz yashash joyi yoki turgan joyi oʻzgargan taqdirda, yangi yashash joyiga yoki turgan joyiga kelgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay tegishincha yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga kirgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirgan kundan eʼtiboran, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki qonunchiligida boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, uch ish kunidan kechiktirmay turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi cheklangan hududlar
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi cheklanishi mumkin:
chegara zonasida;
yopiq harbiy shaharchalarda;
yopiq maʼmuriy-hududiy tuzilmalarda;
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarda, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligiga tahdid soladigan boshqa joylarda;
yuqumli kasalliklarning hamda yuqumli boʻlmagan ommaviy kasalliklarning tarqalishi, odamlarning zaharlanish xavfi mavjud boʻlganligi munosabati bilan aholining yashashi hamda xoʻjalik faoliyati uchun alohida shartlar va rejimlar joriy etilgan ayrim hududlarda hamda aholi punktlarida;
oʻta muhim va toifalangan obyektlarda;
favqulodda yoki harbiy holat eʼlon qilingan hududlarda.
2-bob. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi davlat boshqaruvi
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi davlat dasturlarining hamda boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi faoliyatni amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasida mutaxassislar tayyorlanishini, qayta tayyorlanishini hamda ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydi;
yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishga doir uslubiy koʻrsatmalarni, tavsiyanomalarni ishlab chiqish hamda joriy etishda ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi.
11-modda. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik
Ichki ishlar organlari yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish:
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda);
davlat xizmatlari markazlarida (shaxsan murojaat qilinganda);
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (xabardor qilish tartibida) amalga oshiriladi.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish masalasida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasini (roziligini), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasini (roziligini);
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning pasportini yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlarni yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvni.
Oʻz ota-onasining yoki ota-onasidan birining (yolgʻiz otasining yoki onasining) yashash joyi manzilida bolani yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda mulkdorning (mulkdorlarning) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tasarrufidagi xizmat turar joyida (yotoqxonada) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish turar joyning hujjatiga (orderga) yoki mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yozma ruxsatiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda) amalga oshiriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
Roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yashash joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida oʻzini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs hamda turar joy mulkdori (mulkdorlari) tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi elektron va (yoki) qogʻoz shaklidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish:
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda);
ichki ishlar organlarining tayanch punktlarida va mahalla huquq-tartibot maskanlarida (shaxsan murojaat qilinganda);
davlat xizmatlari markazlarida (shaxsan murojaat qilinganda);
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (xabardor qilish tartibida);
“E-xabar berish” tizimi orqali (xabardor qilish tartibida);
joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida “E-mehmon” tizimi orqali (xabardor qilish tartibida) amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi mavjud emasligi uni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish masalasida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga, ichki ishlar organlarining tayanch punktiga yoki mahalla huquq-tartibot maskaniga, davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasini (roziligini), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasini (roziligini);
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning pasportini yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlarni yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvni.
Soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara shartnomasi taqdim etilganda turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara shartnomasida koʻrsatilgan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oʻz ota-onasining yoki ota-onasidan birining (yolgʻiz otasining yoki onasining) turgan joyi manzilida bolani turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda mulkdorning (mulkdorlarning) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tasarrufidagi xizmat turar joyida (yotoqxonada) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yozma ruxsatiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda) amalga oshiriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs ushbu modda uchinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “E-xabar berish” tizimiga yuklanadi.
Roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “E-xabar berish” tizimi orqali turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida oʻzini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) ushbu modda uchinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs hamda turar joy mulkdori (mulkdorlari) tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma (ariza) soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara shartnomasiga asosan shakllantirilsa, turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) tasdigʻi talab etilmaydi.
Joylashtirish vositasida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida “E-mehmon” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun joylashtirish vositasining masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma shakllantiriladi, elektron soʻrovnomaga roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning pasportida yoki identifikatsiyalovchi kartasida (bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Davolash muassasasida statsionar sharoitda davolanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida “E-mehmon” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun davolash muassasasining masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma shakllantiriladi, elektron soʻrovnomaga roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning pasportida yoki identifikatsiyalovchi kartasida (bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi elektron va (yoki) qogʻoz shaklidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Agar turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik muddati tugagan boʻlsa, ammo shaxs ushbu joyda boʻlishni davom ettirsa, u oʻn ish kuni ichida turgan joyi boʻyicha yangidan roʻyxatdan oʻtishi zarur.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yangi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganda;
turar joy mulkdorining arizasiga koʻra — turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (bundan mazkur shaxslarning turar joydan foydalanish huquqi sud tomonidan belgilanganligi yoki taraflar oʻrtasida kelishuv mavjudligi hollari mustasno) yoxud ushbu Qonunning 20-moddasida belgilangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya qilingan holda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijga doimiy yashashga ketayotganda;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnomasi yoki roziligi asosida;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi shaxsiy murojaati yoki boshqa shaxsning notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosidagi murojaati boʻyicha.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish sud tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qoʻllanilmagan holda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan;
shaxsni turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi, shaxsni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi yoki shaxsni turar joydan koʻchirish haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan;
shaxsning qalbaki hujjatlar yoki haqiqatga mos kelmaydigan hujjatlar asosida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazgan mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan;
shaxsga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo tayinlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan.
Turar joydan foydalanish huquqi sud tomonidan belgilangan shaxslarning roziligisiz ularning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish faqat sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi axborot tegishincha ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari hamda sudlar tomonidan “Manzil” tizimiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ularning ota-onasining (yolgʻiz otasining yoki onasining), tutingan ota-onasining yoki vasiylarining (homiylarining) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganda uning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish oʻlim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida FHDY organlaridan idoralararo axborot almashish tizimi orqali olingan maʼlumotlarga yoki oʻlim haqidagi guvohnoma taqdim etilganda turar joy mulkdorining arizasiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Turar joy mulkdori (mulkdorlari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani;
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
turar joyga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjatni.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi oʻzining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani;
pasportini yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni.
Xorijda doimiy yashashga ketish uchun ruxsat olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi oʻzining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda doimiy yashashga ketish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ushbu moddaning oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) ariza beruvchi tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa mazkur shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
4-bob. Chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda) amalga oshiriladi.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish masalasida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga murojaat qilgan roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasini (roziligini), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasini (roziligini);
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasini (yashash guvohnomasini);
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlarni yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvni.
Oʻz ota-onasining yoki ota-onasidan birining (yolgʻiz otasining yoki onasining) yashash joyi manzilida bolani yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda mulkdorning (mulkdorlarning) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tasarrufidagi xizmat turar joyida (yotoqxonada) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish turar joyning hujjatiga (orderga) yoki mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yozma ruxsatiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda) amalga oshiriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsga yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi elektron va (yoki) qogʻoz shaklidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish:
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda);
ichki ishlar organlarining tayanch punktlari va mahalla huquq-tartibot maskanlarida (shaxsan murojaat qilinganda);
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (xabardor qilish tartibida);
“E-xabar berish” tizimi orqali (xabardor qilish tartibida);
joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida “E-mehmon” tizimi orqali (xabardor qilish tartibida) amalga oshiriladi.
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish masalasida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga, ichki ishlar organlarining tayanch punktiga yoki mahalla huquq-tartibot maskaniga murojaat qilgan roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasini (roziligini), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasini (roziligini);
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasini (yashash guvohnomasini);
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni;
vasiylikdagi (homiylikdagi) bola yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlarni yoki bolani oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvni.
Soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara shartnomasi taqdim etilganda turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) arizasida yoki soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara shartnomasida koʻrsatilgan, ammo bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oʻz ota-onasining yoki ota-onasidan birining (yolgʻiz otasining yoki onasining) turgan joyi manzilida bolani turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda mulkdorning (mulkdorlarning) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tasarrufidagi xizmat turar joyida (yotoqxonada) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yozma ruxsatiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda) amalga oshiriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “E-xabar berish” tizimiga yuklanadi.
Roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “E-xabar berish” tizimi orqali turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida oʻzini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida sanab oʻtilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs hamda turar joy mulkdori (mulkdorlari) tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma (ariza) soliq organlarida hisobga olingan turar joyning ijara shartnomasiga asosan shakllantirilsa, turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) tasdigʻi talab etilmaydi.
Joylashtirish vositasida turgan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida “E-mehmon” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun joylashtirish vositasining masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma shakllantiriladi, elektron soʻrovnomaga roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasida yoki yashash guvohnomasida (bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Davolash muassasasida statsionar sharoitda davolanayotgan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida “E-mehmon” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun davolash muassasasining masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma shakllantiriladi, elektron soʻrovnomaga roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasida yoki yashash guvohnomasida (bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi elektron va (yoki) qogʻoz shaklidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Agar turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik muddati tugagan boʻlsa, ammo shaxs ushbu joyda boʻlishni davom ettirsa, u oʻn ish kuni ichida turgan joyi boʻyicha yangidan roʻyxatdan oʻtishi zarur.
17-modda. Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida shaxsan murojaat qilinganda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati asosida beriladi.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi hamda Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarorining 1 — 3-ilovalari.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganda;
turar joy mulkdorining arizasiga koʻra — turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga (bundan mazkur shaxslarning turar joydan foydalanish huquqi sud tomonidan belgilanganligi yoki taraflar oʻrtasida kelishuv mavjudligi hollari mustasno) yoxud ushbu Qonunning 20-moddasida belgilangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya qilingan holda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan;
davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlarining iltimosnomasiga asosan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga berilgan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi mazkur davlat organlari va tashkilotlarining bildirishnomasi asosida;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketayotganda;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnomasi yoki roziligi asosida;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi shaxsiy murojaati yoki boshqa shaxsning notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosidagi murojaati boʻyicha.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish sud tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qoʻllanilmagan holda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan;
shaxsni turar joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi, shaxsni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi yoki shaxsni turar joydan koʻchirish haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan;
shaxsning qalbaki hujjatlar yoki haqiqatga mos kelmaydigan hujjatlar asosida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shuningdek chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazgan mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan;
shaxsga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo tayinlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan.
Turar joydan foydalanish huquqi sud tomonidan belgilangan shaxslarning roziligisiz ularning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish faqat sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi axborot tegishincha ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari hamda sudlar tomonidan “Manzil” tizimiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi oʻn olti yoshga toʻlmagan chet el fuqarolarining (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ularning ota-onasining (yolgʻiz otasining yoki onasining), tutingan ota-onasining yoki vasiylarining (homiylarining) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) vafot etganda uning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish oʻlim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida FHDY organlaridan idoralararo axborot almashish tizimi orqali olingan maʼlumotlarga yoki oʻlim haqidagi guvohnoma taqdim etilganda turar joy mulkdorining arizasiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Turar joy mulkdori (mulkdorlari) chet el fuqarosining (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
chet el fuqarosining (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani;
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
turar joyga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjatni.
Chet el fuqarosi (fuqaroligi boʻlmagan shaxs) oʻzining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
chet el fuqarosining (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani;
identifikatsiyalovchi kartasini (yashash guvohnomasini);
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni.
Ushbu moddaning oltinchi, yettinchi yoki sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va chet el fuqarosining (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) ariza beruvchi tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa mazkur shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “Manzil” tizimiga yuklanadi.
Chet el fuqarosining (fuqaroligi boʻlmagan shaxsning) yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
19-modda. Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish:
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda);
joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida “E-mehmon” tizimi orqali (xabardor qilish tartibida) amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qilayotgan) jismoniy va yuridik shaxslar ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun ichki ishlar organlarining hududiy migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydonini berish toʻgʻrisidagi arizasini (roziligini), shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmaganda esa uning (ularning) notarial tartibda tasdiqlangan arizasini (roziligini);
turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) pasportini (yashash guvohnomasini) yoki identifikatsiyalovchi kartasini;
roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning harakatlanish hujjatini;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning harakatlanish hujjatini;
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirsa — qabul qilayotgan yuridik shaxsning belgilangan shakldagi talabnomasini.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan, Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimi belgilangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar fuqarolari turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) arizasida koʻrsatilgan, ammo olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) arizasida koʻrsatilgan, ammo vizasiz rejim oʻrnatilgan muddatdan yoxud berilgan kirish yoki kirish-chiqish vizasining amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oʻz ota-onasining yoki ota-onasidan birining (yolgʻiz otasining yoki onasining) turgan joyi manzilida bolani turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda mulkdorning (mulkdorlarning) turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tasarrufidagi xizmat turar joyida (yotoqxonada) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining yozma ruxsatiga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida (shaxsan murojaat qilinganda) amalga oshiriladi. Bunda roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs ushbu modda ikkinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatlarni qabul qilgan masʼul xodim hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va boshqa davlat hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Bunda elektron soʻrovnoma (ariza) mulkdor (mulkdorlar) tomonidan foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi, zarur boʻlgan taqdirda esa mulkdor (mulkdorlar) tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tasarrufidagi xizmat turar joyida (yotoqxonada) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish chogʻida roʻyxatdan oʻtayotgan shaxs tomonidan elektron soʻrovnomaning (arizaning) qogʻozdagi koʻchirma nusxasi imzolanadi. Shakllantirilgan elektron soʻrovnoma (ariza) “E-mehmon” tizimiga yuklanadi.
Joylashtirish vositasida turgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida “E-mehmon” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun joylashtirish vositasining masʼul xodimi tomonidan boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma shakllantiriladi, elektron soʻrovnomaga roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning harakatlanish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Davolash muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan, boshqa davlat hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida “E-mehmon” tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish uchun davolash muassasasining masʼul xodimi tomonidan boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma shakllantiriladi, elektron soʻrovnomaga roʻyxatdan oʻtayotgan shaxsning harakatlanish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Boshqa davlat hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarosini (fuqaroligi boʻlmagan shaxsni) turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnomani (arizani) koʻrib chiqish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi elektron va (yoki) qogʻoz shaklidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalariga rioya etishi, shu jumladan oʻzi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzilda yashashi, harakatlanish hujjatini yonida olib yurishi, uni vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining talabiga binoan taqdim etishi, shuningdek harakatlanish hujjati yoʻqolganda bu haqda ichki ishlar organlarini hamda ularni qabul qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarni darhol xabardor qilishi shart.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi Qoidalari.
5-bob. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi hamda yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar
20-modda. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi, bundan ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, oʻrindiqli aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa — yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.
21-modda. Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi chogʻida oʻziga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qoʻllanilmaydigan shaxslar roʻyxati
Quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ularni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida ushbu Qonunning 20-moddasi qoidalari qoʻllanilmaydi:
erga (xotinga) nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlarga nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
buva, buvi, nevaralarga nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi), shuningdek oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslarga nisbatan — vasiyning (homiyning), tutingan otaning yoki onaning yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
aka-ukalar, opa-singillarga nisbatan — bir-birining yashash joyi boʻyicha uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga nisbatan — oldingi yashash joyiga, yaʼni oʻz oila aʼzolarining, qarindoshlarining yoki hukm qilinguniga qadar oʻzi birgalikda yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga.
22-modda. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Qonunda koʻrsatilgan tegishli hujjatlarning taqdim etilmaganligi;
taqdim etilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi;
davlat bojini toʻlamaganlik;
turar joyni oʻtkazib berish uchun taqiq qoʻyilganligi va (yoki) xatlab qoʻyilganligi;
ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab erkin harakatlanishga, turar va yashash joyini tanlash huquqiga nisbatan cheklovlar joriy etilganligi;
ushbu Qonun 20-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabning buzilganligi.
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Shaxsning yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi unda oʻzi roʻyxatdan oʻtgan turar joyga (uy-joy maydoniga) boʻlgan mulk huquqi kelib chiqishiga olib kelmaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
23-modda. Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari hamda mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat qilayotgan hududda yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash uchun javobgardir.
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning III-boʻlimi.
24-modda. Nizolarni hal etish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 223 va 225-moddalari.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
nomining oʻzbekcha matnidagi “Ajnabiy fuqarolar” degan soʻzlar “Chet el fuqarolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “ajnabiy fuqarolar” degan soʻzlar “chet el fuqarolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 223-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz, amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan yashashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasiz (yashash guvohnomasisiz), amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash guvohnomasi) bilan yashashi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud xorijga chiqish uchun biometrik pasportini yaroqsizlantirishi yoki yoʻqotib qoʻyishi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yoki harakatlanish hujjatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini (yashash guvohnomasini) yaroqsizlantirishi yoxud yoʻqotib qoʻyishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yoʻl qoʻyilishi, xuddi shuningdek shaxslar tomonidan oʻz turar joylarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashiga yoʻl qoʻyilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun quyidagi hollarda maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi, agar u:
1) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan boʻlsa;
2) oltmish yoshdan oshgan boʻlsa;
3) toʻliq davlat taʼminotida boʻlsa;
4) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlat hududida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻinlari, qulashi, transport vositalarining yonishi) roʻy berganligi natijasida jabrlangan boʻlsa (ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun);
5) qonunga xilof ravishda hukm qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan boʻlib, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining amal qilishi sud ajrimiga koʻra toʻxtatib turilgan boʻlsa (ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun);
6) jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtayotgan boʻlsa yoki jazoni oʻtab chiqib, bir oy ichida identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish uchun murojaat qilsa (ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun);
7) uchinchi shaxslarning gʻayrihuquqiy harakatlari yoki jinoyat sodir etilganligi oqibatida pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining (yashash guvohnomasining) yaroqsiz holga kelganligi yoki ular yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bersa (ushbu faktlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan hollarda);
8) xizmat vazifalarini yoki fuqarolik burchini bajarish chogʻida, shuningdek yengib boʻlmas kuch, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa oqibatida pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining (yashash guvohnomasining) yaroqsiz holga kelganligi yoki ularning yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bersa (ushbu hollar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda aniqlangan taqdirda).
Shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ham javobgarlikdan ozod etilishi mumkin”;
3) 2233-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2233-modda. Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish yoxud pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qoʻyish
Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaxslardan qonunga xilof ravishda olib qoʻyish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishi, yaʼni amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan harakatlanish hujjatlari bilan yashashi, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishning, koʻchishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, turish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlashi, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga oʻn sutkagacha rioya etmaganligi”;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn” degan soʻz “oʻn besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma” degan soʻz “yigirma besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma” degan soʻz “yigirma besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “vaqtincha” degan soʻz chiqarib tashlansin;
sanksiyasidagi “oʻn” degan soʻz “oʻn besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 239-moddaning beshinchi qismidagi “chet davlatlar fuqarolaridan” degan soʻzlar “chet el fuqarolaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 248-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (boʻlimlarining, boshqarmalarining) boshliqlari hamda boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlarining katta mutaxassislari;
4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 473, 54, 561-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 1286-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
6-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olganlik uchun, shuningdek chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olganlik uchun” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olganlik uchun, shuningdek chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olganlik uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12) chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga kirish, chiqish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik va ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻp martalik kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirganlik, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni kirish vizasining amal qilish muddati davriga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik va vizaning amal qilish muddati uzaytirilgan davrda turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan muddatini uzaytirganlik uchun, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolarini, shuningdek fuqarolik haqida belgilari mavjud boʻlmagan sobiq SSSR pasportlari bilan MDHga aʼzo davlatlardan kelgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik, chet el fuqarosining, shu jumladan MDHga aʼzo davlatlar fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga oid hujjatlarini koʻrib chiqqanlik va ruxsatnoma rasmiylashtirganlik, chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat yoʻqolganligi haqida maʼlumotnomalar berganlik uchun”;
2) 13-modda birinchi qismi 4-bandining oʻzbekcha matnidagi “xorijga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 15-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi”;
4) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi” degan soʻzlar “yashash joyi va turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) ilova:
6-pozitsiyasining:
“j” bandidagi “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“z” bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyasi:
nomidagi “kirish yoki kirish-chiqish” degan soʻzlar “kirish, chiqish yoki kirish-chiqish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” bandining birinchi xatboshisidagi “kirish yoki kirish-chiqish” degan soʻzlar “kirish, chiqish yoki kirish-chiqish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” bandining birinchi xatboshisidagi “koʻp marotabali chiqish-kirish” degan soʻzlar “koʻp marotabali kirish-chiqish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” bandining birinchi xatboshisidagi “vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazganlik hamda vizaning amal qilish muddati uzaytirilgan davrda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirganlik uchun” degan soʻzlar “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik hamda vizaning amal qilish muddati uzaytirilgan davrda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirganlik uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“g” bandining birinchi xatboshisidagi “vaqtinchalik roʻyxatdan” degan soʻzlar “turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” bandidagi “doimiy yashashga oid hujjatlarini koʻrib chiqish va rasmiylashtirganlik uchun” degan soʻzlar “doimiy yashashga oid hujjatlarini koʻrib chiqqanlik va ruxsatnomasini rasmiylashtirganlik uchun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-296-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 249-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 125-modda) 23-moddasi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-411-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 276-modda) 21-moddasi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-mayda qabul qilingan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-616-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 5, 295-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 206-moddasi.
28-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
29-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
oʻn olti yoshga toʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan shaxslarga yoxud Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yoki chet el fuqarolari boʻlgan shaxslarga yangi identifikatsiyalovchi ID-kartalarni ularning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tugʻilgan sanasi oʻzgargan, shu jumladan nikoh qayd etilganligi yoki nikohdan ajralganlik munosabati bilan familiyasi oʻzgargan taqdirda, bir vaqtning oʻzida gerbli guvohnomalarni rasmiylashtirgan holda majburiy ravishda rasmiylashtirish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 26-moddasi birinchi qismi 1-bandining 1, 2, 3, 5 va 6-kichik bandlari ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
OʻRQ-1074-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1074/0596-son)