Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish;
(b) yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish;
(v) iqtidorli yoshlarni yagona platformaga birlashtirish orqali ularning oʻzaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun samarali muhit yaratish.
II. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining asosiy vazifalari va boshqaruv tizimi
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi) hamda Yoshlar ishlari agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) amalga oshirish;
(b) Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni (keyingi oʻrinlarda — Maktab) tashkil etish;
(v) Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati (keyingi oʻrinlarda — Hamjamiyat) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Hamjamiyat “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari, Maktab, Prezident maktablari va “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bitiruvchilari, Milliy dastur ishtirokchilari, shuningdek, dunyoning nufuzli oliy taʼlim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli vatandoshlarni birlashtiruvchi platforma sifatida faoliyat yuritadi.
4. Quyidagilar:
(a) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy kengash tarkibi va uning asosiy vazifalari 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
(b) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;
(v) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
(g) Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatning akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqilligi doirasida unga beriladigan huquqlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
(d) Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni moliyalashtirish tartibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyatini tashkil etish
5. Belgilansinki:
(a) Maktab toʻliq akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy jihatdan mustaqil davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda uning umumiy faoliyati maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri raisligidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat kuzatuv kengashi tomonidan tashkil etiladi;
(b) Maktabning joriy faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish uchun ikki komponentli boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda Maktabning oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish akademik direktor, maʼmuriy-moliyaviy faoliyatini muvofiqlashtirish ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi;
(v) Maktabda oʻquv jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi;
(g) Maktabda oʻquv jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
(i) Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro taʼlim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi;
(ii) oʻquvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, bir nafar maslahatchi va pedagogga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qoʻllanadi;
(iii) Maktabda taʼlim jarayoni variativ oʻquv rejalar asosida amalga oshiriladi hamda oʻquvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qoʻshimcha xorijiy tilga oʻqitiladi;
(iv) oʻquvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovatsion startap loyihalar hamda boshqa ijtimoiy loyihalar boʻyicha oʻzining portfoliosini shakllantirishga koʻmak beriladi;
(d) Maktabda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladigan oʻquvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi;
(e) Maktab binosini qurish, jihozlash va obodonlashtirish ishlari 2026-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtiriladi.
IV. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish
6. Milliy dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi PF-61-son Farmonida nazarda tutilgan “Yorqin isteʼdod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
(a) har yili respublika boʻylab 1 500 nafargacha xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinadi;
(b) Milliy dastur doirasida saralab olingan oʻquvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10-11-sinfda taʼlim olish davrida ular uchun qoʻshimcha oʻqish tashkil etiladi. Bunda bir nafar maktab maslahatchisiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining cheklangan normativi 1:15 nisbatgacha belgilanadi;
(v) Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilar uchun dunyoning ilgʻor oliy taʼlim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib, Agentlikning “Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida qisqa muddatli oʻquvlar tashkil etiladi.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Milliy dasturni amalga oshirish doirasida quyidagi ragʻbatlantirish mexanizmlari qoʻllanadi:
(a) Maktabning 10-sinf oʻquvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan va eng yaxshi koʻrsatkichga ega 40 nafar oʻquvchiga dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv dasturlarida har yili bir marotaba qatnashish;
(b) Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilgʻor 100 ta oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish xarajatlarini ushbu Farmonda belgilangan tartibda qoplash;
(v) maktab maslahatchilarini ularga biriktirilgan oʻquvchilarning oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilinishiga qarab, 7-ilovaga muvofiq bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2027-yildan boshlab har yili “Yorqin isteʼdod” loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilarning xorijiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishi uchun 200 tadan kvota ajratsin. Bunda:
(a) kvota xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingning eng ilgʻor 100 ta oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga kamida 50 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilingan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilarga ajratiladi;
(b) kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilar soni 200 nafardan kam boʻlgan taqdirda, oʻqishga yuborish boʻyicha tanlov oʻtkazilmaydi;
(v) kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilar soni 200 nafardan oshgan taqdirda, quyidagi ustuvorlik asosida tanlov amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(i) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi hisoblanishi;
(8-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(ii) xorijiy oliy taʼlim tashkilotining xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik reytingdagi oʻrni;
(iii) oliy taʼlim tashkilotidan taqdim etilgan grant miqdori.
9. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Agentlik markaziy apparatida vazirlik tizimining umumiy shtat birliklari doirasida:
(a) maktab maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun 14 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Bosh maslahatchilar guruhini;
(b) 6 ta shtat birligidan iborat boʻlgan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish boʻlinmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) bosh maslahatchi lavozimiga qabul qilingan xodimlar 14 ta hududga biriktiriladi;
(b) bosh maslahatchilarga Prezident maktablarining chet ellik mutaxassislari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshayotgan, islohotlar jarayonida ilgʻor tashabbuslari, fidoyiligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish maqsadida Hamjamiyat doirasida “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
12. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish hamda ijrosini nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil qilinsin va uning tarkibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Respublika komissiyasiga quyidagi vakolatlar berilsin:
(a) Milliy dasturni amalga oshirish jarayoni va Hamjamiyat faoliyatini muvofiqlashtirish;
(b) Milliy dastur doirasida ajratiladigan 1 500 tagacha kvotani hududlar kesimida taqsimlash.
14. Belgilansinki, ushbu Farmonda belgilangan tadbirlar xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
18. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-may,
PF-86-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
1-ILOVA
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy kengash tarkibi

1.

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy kengash raisi

2.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

3.

O.Q. Abduraxmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari

4.

J.T. Joʻrayev

Davlat xavfsizligi xizmati raisining oʻrinbosari

5.

B.I. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

6.

N.X. Jumayev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi

7.

Q.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

8.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

9.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

10.

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

11.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

 12.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

13.

Sh.A. Ayupov

Fanlar akademiyasi prezidenti

14.

J.Sh. Salixov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori

15.

G.S. Ismailova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori

16.

Q.R. Sariyev

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi

17.

V.A. Herrmann

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti faxriy prezidenti

18.

O.B. Sattarov

“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi

19.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, masʼul kotib

Izoh: Milliy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
2-ILOVA
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy kengashning asosiy vazifalari
1. Umumiy rahbarlik va strategik boshqaruv:
(a) tashabbus doirasidagi barcha ishlar yuzasidan yagona strategiyani ishlab chiqish va tartibga solish;
(b) erishilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar va indikatorlarni tasdiqlash, ularning samarali bajarilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatish.
2. Mutasaddi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish:
(a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, oliy taʼlim tashkilotlari va boshqa manfaatdor idoralar oʻrtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
3. Moliyaviy va tashkiliy resurslarni jalb qilish:
(a) Davlat budjeti, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar va donorlardan mablagʻlarni jalb qilish, ulardan maqsadli hamda samarali foydalanilishini taʼminlash;
(b) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va moddiy-texnik bazaga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish.
4. Monitoring, tahlil va baholash:
(a) tashabbus maqsadlariga erishish samaradorligi hamda taʼsirini baholash, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish.
5. Qonunchilik bazasini takomillashtirish:
(a) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish jarayonida zarur boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tegishli tartibda ishlab chiqilishini taʼminlash.
6. Uzluksiz samaradorlikni taʼminlash:
(a) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish sifatini doimiy ravishda yaxshilash, oʻsib boruvchi talablardan kelib chiqib yangi takliflar ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
3-ILOVA
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
1. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyatini tashkil etish:
(a) oʻquvchilarning qobiliyati va isteʼdodini baholash orqali iqtidorlilarini tanlab olish;
(b) zamonaviy oʻquv dasturlari va innovatsion pedagogik metodlardan foydalanib, chuqurlashtirilgan taʼlim berishni taʼminlash;
(v) har bir oʻquvchining taʼlim olishi uchun zaruriy ehtiyojlari va uning qiziqishlariga mos ravishda taʼlim jarayonini tashkil etish;
(g) oʻquvchilarni ilmiy izlanishlarga yoʻnaltirish va ularning tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantirish;
(d) oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlari va mustaqil fikrlash salohiyatini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazish;
(e) oʻquvchilarga kelajakdagi kasb tanlovida yoʻl-yoʻriq koʻrsatish va ularni professional rivojlanishga tayyorlash;
(j) xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, oʻquvchilarning xalqaro tajribaga ega boʻlishini taʼminlash;
(z) oʻquvchilarda yuksak maʼnaviyat, vatanparvarlik ruhini uygʻotish hamda ularda Vatanga, jamiyatga xizmat qilish hissini shakllantirish;
(i) oʻquvchilarni sportga jalb etish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish.
2. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish:
(a) respublika boʻylab iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash;
(b) dunyoning ilgʻor oliy taʼlim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib, qisqa intensiv kurslarni ishlab chiqish va oʻquvchilarni oʻqitish;
Oldingi tahrirga qarang.
(v) iqtidorli oʻquvchilar, shu jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining taʼlim olishi, ilmiy izlanishlari va ijodiy loyihalarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
(g) oʻquvchilarni nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli intensiv dasturlarda oʻqishga yuborish, ularning xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtirokini tashkil etish;
(d) oʻquvchilarning liderlik qobiliyatlarini oshirish, ularni kelajakdagi professional faoliyatga tayyorlash;
(e) oʻquvchilarni zarur axborot, adabiyot va resurslar bilan taʼminlash, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga koʻmaklashish.
3. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyatining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash:
(a) dunyoning nufuzli taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan oʻzbekistonlik yoshlar va malakali mutaxassislarni yagona platformada birlashtirish;
(b) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi ishtirokchilari oʻrtasida doimiy aloqa oʻrnatish, ularning fikrlari va tashabbuslarini davlat va jamiyatga yetkazishga koʻmaklashish;
(v) mamlakatga xorijiy davlatlardan qaytgan va qaytishga tayyorlanayotgan yoshlarni oʻz sohasi boʻyicha munosib ish bilan taʼminlash hamda ularga professional rivojlanish yoʻllari boʻyicha maslahat va koʻmak berish;
(g) mamlakatga qaytgan yosh mutaxassislar uchun imtiyozlar berish, grantlar ajratish, ularning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa imkoniyatlar yaratish;
(d) “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi ishtirokchilarini strategik loyihalarga jalb qilish;
(e) qurultoylar, forumlar, podkastlar, mahorat darslari va doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish;
(j) chet elda tahsil olayotgan va istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizda Vatanga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan “Qayerga qaytamiz?” nomli turkum filmlar yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
4-ILOVA
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyatini yoʻlga qoʻyish

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni (keyingi oʻrinlarda — Maktab) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Maktab kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish.

1. Maktab ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Maktabni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

3. Maktab kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tarkibini tasdiqlash.

2025 yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

Maktabning pedagog xodimlari hamda maslahatchilariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilash.

1. Maktabning pedagog xodimlari hamda maslahatchilariga qoʻyiladigan malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda:

(a) fan oʻqituvchilarida oʻquvchilarni xalqaro imtihonlarga (SAT, A-Level, IELTS/TOEFL) va fan olimpiadalariga tayyorlash tajribasi hamda ingliz tilidan kamida B2 (ingliz tili fani boʻyicha dars oʻtish uchun kamida C1) darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishi, shuningdek, “CLIL” (“Content and Language Integrated Learning”) metodikasini bilishi;

(b) maslahatchilar pedagogika, psixologiya, taʼlim va kouching yoʻnalishlari boʻyicha  oliy maʼlumotga, mentorlik va yoshlar bilan ishlash boʻyicha zarur koʻnikmalarga, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga kirish jarayonida hamrohlik qilish tajribasiga ega boʻlishi hamda ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi lozimligi va boshqa talablar nazarda tutiladi.

2025 yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova),

Kambagʻallikni qisqartirish
va bandlik
vazirligi
(B. Zaxidov)

Maktabning tashkiliy-boshqaruv faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Maktab tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash.

2025 yil avgust

Maktabga ajratiladigan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Maktabga pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini tasdiqlash.

2025 yil iyul

3. Maktabdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni global rekruting platformalariga joylashtirish.

2025 yil iyuldan boshlab

4. Rekruting tashkilotlari bilan shartnoma imzolab, pedagog xodimlarni Maktabga jalb qilish.

Zarur hollarda

5. Maktabning boʻsh ish oʻrinlariga xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni ishga olish.

2025 yil avgust

Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibini tasdiqlash.

1. Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibni Maktab kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash. Bunda Maktabga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 8-sinf bitiruvchilari qabul qilinishini nazarda tutish.

2025-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev)

2. Maktabga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida eʼlon qilish.

2025-yil iyul

Maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Maktabning oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish uchun taʼlim sohasidagi xorijiy tashkilotlar va ekspertlarni hamda mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish.

2025 yil iyul

Maktabga ajratiladigan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Maktabning oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili iyun oyida

3. Oʻquv reja va fan dasturlarini tahlil qilish va zamon talablari asosida yangilab borish.

Doimiy

Maktab oʻqituvchilari va maslahatchilarini malaka oshirish uchun xorijga yuborish.

1. Maktab oʻqituvchilari va maslahatchilari malakasini oshirish tartibini tasdiqlash.

2025 yil oktabr

Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Malaka oshirish dasturlari boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ular bilan shartnoma imzolash.

2026 yil avgust

3. Maktab oʻqituvchilari va maslahatchilarini malaka oshirish dasturlarida oʻqish uchun xorijga yuborish.

2026/2027
oʻquv yilidan boshlab doimiy

Maktabni zamonaviy darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda oʻquvchilarga ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Oʻquv jarayoni uchun zarur hisoblangan zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish va ularni xarid qilish.

Doimiy

Maktabga ajratiladigan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Oʻquvchilar taʼlim jarayonida foydalanishi uchun ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalariga ulanish.

Maktab oʻquvchilarining ijtimoiy faolligini oshirish.

1. Maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun sport toʻgaraklari va sanʼat studiyalarini tashkil qilish. Bunda:

2025-yil oktabr

Maktabga ajratiladigan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

(a) oʻquvchilar uchun ekskursiyalar, treninglar va madaniy uchrashuvlar tashkil etish reja-jadvalini tasdiqlash;

Har yili sentabr oyida

(b) reja-jadval asosida tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Reja-jadval asosida

2. Maktab oʻquvchilarining dunyoning nufuzli taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026 yil sentabr

3. Nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish va natijasi boʻyicha kelishuv bitimini tuzish.

2027 yil iyul oyidan boshlab

4. Maktab oʻquvchilarini qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etish uchun xorijga yuborish.

Doimiy

Maktabning yangi binosi qurilguniga qadar uni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning boʻsh binolarida vaqtinchalik joylashtirish.

1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 2025/2026 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni qabul qilish parametrlarini shakllantirishda ushbu maktabning boʻsh binolariga Maktabni joylashtirishni inobatga olish.

2025 yil avgust

Maktabga ajratiladigan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Maktabni joylashtirish uchun zarur tovar va xizmatlar xaridini amalga oshirish.

3. Maktabni joylashtirish ishlarini tashkil etish.

Maktab kampusini barpo etish.

1. Maktab kampusini qurish uchun zarur yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish.

2025 yil iyul

2026-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari

Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov)

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Sh. Xidoyatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Maktab kampusining asosiy oʻquv, maʼmuriy va oʻquvchilar yotoqxonasi binolarini foydalanishga tayyor holda topshirish va jihozlash.

2026-yil avgust

II. “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur)ni amalga oshirish.

1. Xorijiy tashkilotlar va ekspertlarni hamda mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilgan holda Milliy dasturni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025 yil avgust

Maktabgacha
va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Milliy dastur ishtirokchilarini saralash shartlari va muddatlarini tasdiqlash hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

Har yili
may — avgust oylari

3. Milliy dastur ishtirokchilari uchun saralash imtihonlarini oʻtkazish.

Belgilangan muddatlarda

Milliy dastur doirasida “Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida (keyingi oʻrinlarda — Oromgoh) oʻquvchilar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Oromgohda tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv kurslar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025 yil sentabr oyidan boshlab doimiy

Maktabgacha
va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
va budjetdan tashqari mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(E. Karimova)

2. Oʻquv kurslarini oʻtkazish va tashkil etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda shartnoma asosida jalb etish.

3. Qisqa muddatli oʻquv kurslarga jalb etiladigan xodimlar va oʻquvchilarni kelib-ketishlari uchun transport, turar-joy, issiq ovqat, qoʻriqlash xizmati, ofis jihozlari hamda boshqa vositalar bilan taʼminlash.

Milliy dastur ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasini kuzatib borish va muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus platforma ishlab chiqish.

1. “Yangi Oʻzbekiston” universitetining Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazini shartnoma asosida jalb qilgan holda Milliy dastur ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasini kuzatib borish va muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus platforma ishlab chiqish va ishga tushirish.

2025 yil oktabr

Maktabgacha
va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Maxsus platformaning uzluksiz ishlashini tashkil etish.

Doimiy

Milliy dasturda ishtirok etuvchi maktab maslahatchilarining malakasini oshirish.

1. Malaka oshirishga yuboriladigan maktab maslahatchilarini saralab olish tartibini tasdiqlash.

2025 yil dekabr

Maktabgacha
va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
va budjetdan tashqari mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Malaka oshirish dasturlari boʻyicha xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ular bilan shartnoma tuzish.

2026 yil avgust oyidan boshlab

3. Maktab maslahatchilarini saralab olish va malaka oshirish dasturlarida oʻqish uchun xorijga yuborish.

Doimiy

Milliy dasturning eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan ishtirokchilarini dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli dasturlarga yuborish.

1. Milliy dastur doirasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan ishtirokchilarni saralab olish hamda ularni dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli dasturlarda ishtirok etish uchun yuborish tartibini tasdiqlash.

2025 yil dekabr

Maktabgacha
va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish va shartnoma tuzish.

2026 yil sentabr oyidan boshlab

3. Ishtirokchilarning qisqa muddatli dasturlarda ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

Milliy dastur doirasida maktab maslahatchilarini ragʻbatlantirib borish.

1. Milliy dastur ishtirokchilari oʻqishga kirgan oliy taʼlim tashkilotlarini tahlil qilish.

2026-yildan boshlab  har yili dekabr oyida

Maktabgacha
va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishni boshlagan Milliy dastur ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.

3. Roʻyxat asosida maktab maslahatchilarini belgilangan talablar asosida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash.

Oʻquvchilarni xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining imtihon tizimlariga tayyorlash boʻyicha elektron platformani ishga tushirish.

1. Yoshlarni dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining imtihon tizimlariga tayyorlash boʻyicha maxsus platformani ishlab chiqish va ishga tushirish. Bunda:

2025 yil noyabr

Maktabgacha va maktab vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

(a) elektron platforma Massachusets texnologiya institutining (AQSH) taʼlim texnologiyalari borasidagi tajribasi asosida ishlab chiqiladi;

(b) elektron platformada salohiyatli oʻqituvchilar ishtirokida muntazam ravishda jonli sessiyalar oʻtkazishga imkoniyat yaratiladi;

(v) platformani ishlab chiqish hamda uzluksiz ishlashini qoʻllab-quvvatlash shartnoma asosida jalb qilinadigan “Yangi Oʻzbekiston” universitetining Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi tomonidan amalga oshiriladi

2. Elektron platformaning uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Doimiy

III. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyatining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Hamjamiyat) samarali faoliyat yuritishini taʼminlash.

1. Hamjamiyat faoliyatini tashkil etish boʻyicha maxsus platforma ishlab chiqish hamda uning uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan “Yangi Oʻzbekiston” universitetining Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish.

2026 yil yanvar oyidan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova),

Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov),

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik muassasalari

2. Hamjamiyat faoliyatini tashkil etish uchun maxsus platformani ishga tushirish hamda uning uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Doimiy

3. Maxsus platformada dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan oʻzbekistonlik yoshlar va malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda shakllantirish.

Doimiy

4. Maxsus platformada podkastlar, mahorat darslari va doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish.

Doimiy

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

Chet elda tahsil olayotgan hamda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz toʻgʻrisida turkum filmlar yaratish.

1. Xorijiy kinokompaniyalarni jalb qilgan holda chet elda tahsil olayotgan hamda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizda Vatanga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan “Qayerga qaytamiz?” nomli filmlar turkumi ssenariysini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili aprel
va oktabr oylarida

Davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar
va Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov),

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev)

2. Filmni yaratish va namoyish qilish.

Har yili sentabr
va fevral oylarida

Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olishini tashkil etish.

1. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining kontrakt-toʻlovi miqdorlari yuzasidan tahlil oʻtkazish va hisob-kitob qilish.

2026 yildan boshlab har yili may oyida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (G. Ismailova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

2. Asoslangan hisob-kitoblar asosida Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olishi uchun zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish.

Har yili dekabr oyida

3. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilari, shu jumladan, ularni oʻqishga qabul qilish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish.

Har yili oktabr
oyida

4. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish xarajatlari qoplab beriladigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarini belgilangan tartibda tanlab olish.

Har yili noyabr
oyida

Izohlar: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi PF-138-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 06/26/138/0762-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
5-ILOVA
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatning akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqilligi doirasida unga beriladigan huquqlar roʻyxati
I. Akademik mustaqillik doirasida:
(a) oʻquv yili davomiyligini belgilash;
(b) fanlar tarkibini tasdiqlash;
(v) pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatiladigan oʻquvchilarning yoshiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
(g) oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha vaqtincha tartibni belgilash.
II. Tashkiliy-boshqaruv jihatdan mustaqillik doirasida:
(a) tuzilma va shtat birliklari sonini tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
(b) pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilash;
(v) oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari va olimlarini fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida dars jarayoniga jalb qilish;
(g) xorijiy mutaxassislarni tanlash (yollash) boʻyicha xalqaro rekruting kompaniyalar va taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish.
III. Moliyaviy mustaqillik doirasida:
(a) mablagʻlar, shu jumladan, Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatning kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq tasarruf etish;
(b) daromad va xarajatlar smetasini tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
(v) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda maʼmuriy-boshqaruv, pedagog, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlariga ularning mehnati uchun ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash;
(g) Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat quvvatidan kelib chiqqan holda pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan, qoʻshimcha sinflar ochish va toʻlov miqdorini belgilash. Bunda ushbu pulli taʼlim xizmatlaridan foydalangan oʻquvchilarga “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturda belgilangan ragʻbatlantirish mexanizmlari tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
7-ILOVA
Maktab maslahatchilariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti miqdori

T/r

Oliy taʼlim tashkiloti
reytingi
*

Oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar soni

(kamida)

Mukofot puli miqdori (bazaviy hisoblash miqdorining baravari)

1.

“Pechak ligasi”
(The Ivy League) oliygohlar uyushmasi tarkibiga kiruvchi oliy taʼlim tashkiloti

1 nafar

500

2.

Times Higher Education reytingining
TOP-50 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkiloti

3 nafar

300

3.

Times Higher Education reytingining
TOP-100 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkiloti

4 nafar

200

* Bitta Maktab maslahatchisiga biriktirilgan oʻquvchi(lar) bir yoki bir nechta nufuzli oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilinib, oʻqishni boshlaganda mukofot puli yuqori reytingdagi oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olayotgan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
8-ILOVA
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish hamda ijrosini nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

Q.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

4.

Sh.A. Karimov

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

G.S. Ismailova

Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori

6.

V.A. Herrmann

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti faxriy prezidenti

7.

B.G. Yuldashev

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti innovatsiya va tadqiqot ishlari boʻyicha prorektori

8.

B.B. Axmedov

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori v.b.

9.

A.T. Ubbiyev

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori, Respublika komissiyasi kotibi

Izohlar:
1. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Respublika komissiyasi qarori bilan uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoniga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga 7-ilovaning “VI. Taʼlim sohasi” boʻlimining 1 — 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” boʻlimida:
(a) “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “4 929” raqami “4 909” raqami bilan almashtirilsin;
(b) “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “73” raqami “93” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-61-son Farmonining 5-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining tegishli hisob-kitoblariga asosan joriy yilda “Yorqin isteʼdod” loyihasi natijalaridan kelib chiqib 300 milliard soʻm ajratsin, kelgusi yillardan mazkur maqsadlar uchun mablagʻlarni budjet parametrlarida nazarda tutsin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4306-son qarorining 5-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (oltin medal) uchun — 2500, oʻqituvchisiga — 450 baravari;
2-oʻrin (kumush medal) uchun — 1500, oʻqituvchisiga — 250 baravari;
3-oʻrin (bronza medal) uchun — 1000, oʻqituvchisiga — 150 baravari”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-265-son qaroriga 1-ilovaning 28-pozitsiyasida:
(a) “Bajarish muddati” ustunidagi “iyul” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov)” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-346-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qaroriga
1-ILOVA
Nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari, ularning oʻqituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofoti miqdori*

T/r

Oʻrin
(medal)

Pul mukofotini oluvchi

Bir martalik pul mukofoti miqdori
(bazaviy hisoblash miqdorining baravari)

nufuzli xalqaro olimpiada uchun

xalqaro olimpiada uchun

mintaqaviy xalqaro olimpiada uchun

1.

1-oʻrin
(oltin medal)

Gʻolib

2 500

150

12

2.

Oʻqituvchi

450

50

50

3.

Terma jamoa
rahbari

35

4.

2-oʻrin
(kumush medal)

Gʻolib

1 500

100

8

5.

Oʻqituvchi

250

35

35

6.

Terma jamoa rahbari

25

7.

3-oʻrin (bronza medali)

Gʻolib

1 000

50

6

8.

Oʻqituvchi

150

30

30

9.

Terma jamoa rahbari

15

* Nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 20.07.2026-y., 06/26/138/0762-son)