Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 27-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 330]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-apreldagi 231-son “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 311-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.01.18-2018 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-yanvar,
01/2-4-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 18-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 6-dekabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmita raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 28-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 14-yanvardagi 01/2-4-son buyrugʻiga
ILOVA
SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) bino va inshootlarni loyihalashda isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalarini belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari noyob, eksperimental obyektlarni, vaqtinchalik hamda koʻchma binolarni, shuningdek alohida maqsadlarga moʻljallangan bino va inshootlarni loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”.
2-bob. Atamalar, taʼriflar va qisqartma
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
isitish va shamollatishga ketadigan normativ yillik solishtirma issiqlik sarfi — solishtirma yillik issiqlik sarfining energiya isteʼmoli qoniqarli hisoblanadigan maksimal normativ qiymati, kW h/(/m2, yil);
normativ solishtirma sovuqlik sarfi — binoga xizmat koʻrsatadigan barcha konditsiyalashtirish tizimlaridagi havo sovitgichlarining hisobiy sovuqlik oqimlari yigʻindisining bino umumiy maydoniga nisbati;
normativ solishtirma issiqlik sarfi — binoga xizmat koʻrsatuvchi barcha isitish tizimlari, kirish ventilyatsiyasi havo isitgichlarining issiqlik taʼminoti tizimlari va xonalarda oʻrnatilgan retsirkulyatsiya havo isitgichlarining hisobiy issiqlik oqimlari yigʻindisini binoning umumiy maydoniga nisbati;
yorugʻlik tushiradigan tirqishlarning normativ yuzasi — yorugʻlik iqlimini hisobga olgan holda tabiiy yoritish koeffitsiyentining normativ qiymatini taʼminlaydigan binodagi eng kichik yorugʻlik tushiradigan tirqishlar maydoni.
3. Ushbu SHNQda QHQ — quyoshdan himoyalovchi qurilmalar qisqartmasi qoʻllanilgan.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Binoning isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash loyihalarida bino boʻyicha quyidagi energiya sarfi normalariga rioya qilish kerak:
yilning sovuq mavsumi uchun SHNQ 2.01.01-22 va SHNQ 2.04.05-22 talablariga muvofiq tashqi havoning hisobiy parametrlarida binoni isitish va shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfiga;
yilning issiq mavsumi uchun SHNQ 2.01.01-22 va SHNQ 2.04.05-22 talablariga asosan tashqi havoning hisobiy parametrlarida binoni konditsiyalashtirishga ketadigan normativ solishtirma sovuqlik sarfiga;
ushbu SHNQning 6-bobida keltirilgan uskunalarning energiya samaradorligining normativ koʻrsatkichlariga.
5. Isitish va shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfini, qovt, W/m2 ushbu SHNQning 4-bobida keltirilgan jadvallarga muvofiq qabul qilinishi, bunda jadvallarda mavjud boʻlmagan binolar uchun ushbu SHNQning 5-bobi boʻyicha hisoblanishi kerak.
Loyihalanayotgan bino va inshootning oʻziga xos xususiyatlarini ushbu SHNQning 4-bobiga muvofiq hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
6. Normativ solishtirma issiqlik sarfini qovt, W/m2, davriy isitiladigan hamda ishchi joylari mahalliy isitiladigan binolar uchun tatbiq etilmasligi kerak.
7. Konditsionerlash uchun normativ solishtirma sovuqlik sarfi qkt, W/m2, ushbu SHNQning 5-bobi boʻyicha hisoblanishi zarur.
Havoni sovitish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita bugʻlatib sovitish, sovuq artezian yoki daryo suvi va boshqa sovuqlik manbalaridan foydalanilganda qkt normasi olinmasligi kerak.
8. Normativ solishtirma issiqlik sarfini qovt, W/m2 va konditsionerlash uchun normativ solishtirma sovuqlik sarfi qkt, W/m2 da quyidagilarga ketadigan energiya sarfi hisobga olinmasligi kerak:
ventilyatorlar, nasoslar, filtrlar, issiqlik utilizatorlari;
avariya holatida shamollatish tizimlari va tutunga qarshi himoya tizimlari;
havo-issiqlik pardalari;
zaxira tizimlari va asbob-uskunalari;
avtomatlashtirish va nazorat qilish tizimlari;
havoni tozalash va chiqindilarni atmosferaga tashlash;
davriy foydalaniladigan koʻchma havo isitkichlari va havo sovitgichlari.
9. Isitish, shamollatish va konditsionerlash uchun energiyadan oqilona foydalanish quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanishi kerak:
binoning toʻsuvchi konstruksiyalari orqali issiqlik yoʻqotilishini ularning termik qarshiligi va havo oʻtkazuvchanligiga qarshiligini oshirish hisobiga kamaytirish, shuningdek yoritish eshik va deraza oʻrinlari yuzalarini qisqartirish;
yilning issiq davrida quyoshdan himoyalovchi qurilmalar yordamida issiqlikni kamaytirish;
ventilyatsiya zarari eng kam ajraladigan texnologik uskunalar va jarayonlarni qoʻllash;
zararli moddalarni ajratib chiqaradigan uskunalarni samarali berkitish, zararli moddalarni tutish samaradorligi yuqori boʻlgan mahalliy soʻrgʻichlarni qoʻllash;
ventilyatsiya va konditsionerlash tizimlarida havo almashinuvini tashkil etish orqali tashqi havo sarfini kamaytirish;
kirib kelayotgan havoning gaz, issiqlik va sovuqni oʻzlashtirish qobiliyatini oshirish;
yilning sovuq davri sharoitlari uchun maxsus hisoblangan shamollatish tizimlarini qoʻllash;
bino yoki majmuaning xonalarida qulay havo haroratini taʼminlash uchun markazlashgan yagona isitish, ventilyatsiya yoki havoni konditsionerlash tizimlarini loyihalash;
bino va inshootlardagi markazlashgan isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlarida energiya samarador texnologiyalar (quyosh panellari, geliokollektor, issiqlik nasosi, issiqlikni qayta foydalanish tizimi va boshqalar)ni qoʻllash;
yilning issiq davrida issiq suv taʼminoti uchun quyosh issiqlik kollektor (geliokollektor)larni yoki issiqlik nasoslarini quyosh panellari bilan birga qoʻllash;
isitiladigan xonalardan tashqarida joylashgan uskunalar, quvurlar hamda havo quvurlaridan issiqlik va sovuqlik yoʻqotilishini kamaytirish;
unumdorligi boshqariladigan, shuningdek parametrlarining avtomatik rostlanadigan isitish, shamollatish va konditsionerlash tizimlarini qoʻllash;
energiyadan foydalanishning yuqori koeffitsiyentlari bilan tavsiflanadigan isitish-shamollatish va sovitish uskunalarini qoʻllash;
konditsionerlash uchun tabiiy sovuqlik manbalaridan foydalanish.
10. Loyihalanayotgan binoning issiqlik sarfi koʻrsatkichlari ushbu SHNQning 1, 2 va 3-jadvallarida keltirilgan qiymatlardan ortiq boʻlganda, mazkur qiymatlar ushbu SHNQning 5-bobiga muvofiq hisoblanishi lozim.
11. Texnik — iqtisodiy asoslantirilganda energiya sarfi normativ koʻrsatkichlariga rioya qilinmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
4-bob. Isitish va ventilyatsiya uchun issiqlikning normativ solishtirma sarfi
12. Turar joy binosini isitish va tabiiy shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfi qovt, W/m2, binoda issiqlik ajralib chiqishini hisobga olgan holda, tashqi havoning B parametrlari boʻyicha hisobiy haroratda qurilish hududidagi isitish mavsumining gradus-sutka Dd, oS d, qiymatlaridan kelib chiqib quyidagi 1-jadval boʻyicha qabul qilinishi lozim.

1-jadval

Turar joylarning turlari

Umumiy maydonning 1 m2 uchun isitish va tabiiy shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfi, W/m2, isitish mavsumining quyidagi gradus-sutka qiymatida, Dd, oS× d,

2000 gacha

2000 dan koʻp 3000 gacha

3000 dan koʻp

1 qavatli

94

100

102

2 qavatli

74

79

82

3 qavatli

57

62

64

4 qavatli

51

57

58

5 qavatli

50

57

58

9 qavatli

48

57

59

Yakka tartibdagi turar joylar

Bloklangan:

1 qavatli

2 qavatli

83

65

91

71

93

74

13. Jamoat binosini isitish uchun normativ solishtirma issiqlik sarfi qot, W/m2 binoda infiltratsiyalanayotgan havoning isishi va issiqlik ajralishini hisobga olgan holda tashqi havoning B parametrlari boʻyicha qurilish hududidagi isitish mavsumining gradus-sutka Dd, oS d, qiymatiga koʻra ushbu SHNQning 2 va 3-jadvallari boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Ushbu SHNQning 2 va 3-jadvallaridagi binolarga ketadigan issiqlik sarfining normativ qiymati SHNQ 2.01.04-18 ga muvofiq boʻlishi lozim.

2-jadval

Ijtimoiy soha obyektlari

Umumiy maydonning 1 m2 uchun isitish va tabiiy shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfi, W/m2, isitish mavsumining quyidagi gradus-sutka qiymatida, Dd, oS×d,

2000 gacha

2000 dan koʻp 3000 gacha

3000 dan koʻp

1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari:

1 qavatli

2 qavatli

85

56

100

61

110

64

2. Umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar:

2 qavatli

3 qavatli

64

47

72

50

72

54

3. Akademik litsey va professional taʼlim binolari:

1 qavatli

2 qavatli

3 qavatli

aralash qavatli

86

65

48

70

85

73

52

75

91

74

55

77

4. Sogʻliqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar:

1 qavatli

2 qavatli

3 qavatli

4 qavatli

82

73

62

53

86

75

64

56

89

80

65

58

5. Poliklinika, dispanser va ambulatoriyalar:

1 qavatli

2 qavatli

3 qavatli

82

73

53

86

75

56

89

80

58

3-jadval

Binolar turlari

Umumiy maydonning 1 m2 uchun isitish va tabiiy shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfi, W/m2, isitish mavsumining quyidagi gradus-sutka qiymatida, Dd, oS×d,

2000 gacha

2000 dan ortiq 3000 gacha

3000 dan ortiq

1. Konsert zallari, teatrlar

98

112

120

2. Boʻsh vaqtni oʻtkazish va ijod uylari (ijodiyot markazlari, internet-studiyalar va boshqalar):

1 qavatli

2 qavatli

84

72

96

83

100

92

3. Loyiha va konstruktorlik tashkilotlari:

1 qavatli

2 qavatli

3 qavatli

4 qavatli

80

64

56

55

91

73

63

57

96

77

67

59

4. Savdo majmualari:

1 qavatli

2 qavatli

3 qavatli

60

55

50

63

58

59

68

62

60

5. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari:

1 qavatli

2 qavatli

80

70

88

75

94

76

6. Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari:

1 qavatli

2 qavatli

109

70

125

80

130

85

7. Sport-sogʻlomlashtirish majmualari, bir qavatli

100

115

120

8. Dam olish va turizm muassasalarining yotoq korpuslari binolari:

1 qavatli

2 qavatli

3 qavatli

100

80

70

115

86

80

120

92

90

9. Sanatoriyalar

80

110

125

14. Jamoat binosini shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfi qvt, W/m2, tashqi havoning B parametri boʻyicha hisobiy haroratda quyidagi 1-formula boʻyicha hisoblanishi lozim:
, (1)
bu yerda:
c — havoning issiqlik sigʻimi, 1,2 kJ/(m3×oS) ga teng;
Ls — bino umumiy maydonining 1 m2 ga tashqi havoning normativ solishtirma sarfi, m3/(h×m2);
ti — bino ichidagi havoning hisobiy oʻrtacha harorati, oS;
tt — tashqi havoning hisobiy harorati, oS.
Bunda, Ls kattaligini quyidagicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi:
maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tomosha va sport obyektlari uchun — 6 m3/(h×m2);
sogʻliqni saqlash va taʼlim tashkilotlari uchun — 5 m3/(h×m2);
ofislar, servis xizmati korxonalari uchun — 6 m3/(h×m2).
Jamoat binosini isitish va shamollatishga ketadigan issiqlikning umumiy normativ solishtirma sarfi, qovt, W/m2, quyidagi 2-formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
qovt = qot + qvt (2)
15. Sanoat korxonalarining maʼmuriy-maishiy va yordamchi binolarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi binolari va inshootlarini tashqi havoning hisobiy haroratida isitish va shamollatishga ketadigan normativ solishtirma issiqlik sarfini mazkur SHNQning 5-bobiga muvofiq hisoblash lozim.
16. Isitish va shamollatishga ketadigan normativ yillik solishtirma issiqlik sarfi quyidagi 3-formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
qovn.yil= qovt·Dd·24(ti-tt)/1000, kW h/(/m2, yil), (3)
bu yerda:
Dd = (ti-tis.davri.)Z is.davri. — isitish davrining gradus-sutkalari;
ti — bino va inshootlarni loyihalashtirish normalariga muvofiq qabul qilinadigan ichki havoning hisobiy harorati, oS;
ttSHNQ 2.01.01-22 boʻyicha 0,92 bilan taʼminlangan eng sovuq besh kunlikning oʻrtacha haroratiga teng boʻlgan tashqi havoning hisobiy qishki harorati, oS;
tis.davri, Zis.davri — oʻrtacha sutkali havo harorati 10 oSdan oshmagan davrning oʻrtacha harorati (oS) va davomiyligi (sutka) SHNQ 2.01.01-22 boʻyicha qabul qilinishi lozim.
5-bob. Issiqlik va sovuqlik solishtirma sarflarining normativ koʻrsatkichlarini aniqlash usuli
17. Energiya sarfi koʻrsatkichlarining qiymatini hisoblash loyihalashtirilayotgan obyektning asosiy arxitektura va texnik yechimlarini ishlab chiqish, qiyoslash va tanlash bosqichida amalga oshirilishi lozim.
Bunda, loyihaning arxitektura-qurilish qismida binoning deraza oʻrinlarining normasini belgilovchi maydonini ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq hisoblash kerak.
18. Koʻrsatkich qiymatini hisoblashda xonalarning harorat-namlik, yorugʻlik va havo rejimlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini taʼminlash hamda energiya tejamkor chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
19. Loyihalashtirilayotgan bino uchun dastlab isitish va shamollatishga ketadigan issiqlik sarfining normativ koʻrsatkichini aniqlash lozim.
Bunda, konditsiyalashtiriluvchi binolar uchun konditsiyalashtirishga ketadigan sovuqlik sarfining normativ koʻrsatkichi ham hisoblab topilishi kerak.
20. Yilning sovuq davrida binoni isitish va shamollatishga ketadigan issiqlik sarfining normativ koʻrsatkichi tashqi havoning hisobiy haroratida quyidagi 4-formula boʻyicha hisoblanishi lozim:
, W/m2, (4)
konditsiyalashtirishga ketadigan sovuqlik sarfining normativ koʻrsatkichi esa quyidagi 5-formula boʻyicha hisoblanishi zarur:
, W/m2, (5)
bu yerda:
Qsht — ushbu SHNQning 21-bandiga muvofiq hisoblanuvchi binoning toʻsuvchi konstruksiyalari orqali norma belgilovchi issiqlik yoʻqolishlar, W;
Qmh — binoga olib kirilayotgan materiallar, uskunalar va transport vositalarining isishiga ketadigan hisobiy issiqlik sarfi, W;
Qmc — binoga materiallar, uskunalar, va odamlardan hisobiy issiqlikning ajralib chiqishi, W;
Qaht — ushbu SHNQning 22-bandiga muvofiq hisoblanuvchi yilning sovuq davrida ventilyatsiya havosini isitishga ketadigan norma belgilovchi issiqlik sarfi, W;
Qsst — ushbu SHNQning 23-bandiga muvofiq hisoblanuvchi konditsiyalashtirishda toʻsuvchi konstruksiyalar orqali norma belgilovchi issiqlik kirishlari, W;
Qast — ushbu SHNQning 22-bandiga muvofiq hisoblanuvchi ventilyatsiya havosini yilning issiq davrida sovitishga ketadigan norma belgilovchi sovuqlik sarfi, W;
AF — binoning umumiy maydoni, m2 .
21. Qsht kattalik quyidagi 6-formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
, W, (6)
bu yerda:
ti — binodagi ichki havoning hisobiy oʻrtacha harorati, oS;
tt — isitishni loyihalash uchun tashqi havoning hisobiy harorati, °S;
Aw — bino tashqi devorlarining maydoni (derazalar, tashqi eshiklar va darvozalar maydonini istisno qilgan holda), m2;
ALt — binoning ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq hisoblanadigan yorugʻlik tushiradigan tirqishlarning normativ yuzasi, m2;
AG — isitilmaydigan yertoʻlalar va tagxonalar ustidagi pollarning jami maydoni, m2;
AGC — grunt ustidagi pollar hamda yer sathidan pastda joylashgan tashqi devorlarning jami maydoni, m2;
AR — tomyopamalar (yoki chordoq orayopmalari)ning jami maydoni, m2;
Ad — tashqi eshiklar va darvozalarning jami maydoni, m2;
n — tomyopmalar va chordoq orayopmalari uchun donali materiallardan tom yopishda 1,0 ga teng deb, oʻramli (rulonli) materiallardan tom yopishda 0,9 ga teng deb qabul qilinadigan koeffitsiyent;
RoWt, RoLt, RoGt, RoRt — mos ravishda tashqi devorlar, yorugʻlik oraliqlari, isitilmaydigan yertoʻlalar va tagxonalar ustidagi orayopmalar, tomyopmalar va chordoq orayopmalarining keltirilgan issiqlik uzatishga qarshiliklarining SHNQ 2.01.04-18 boʻyicha qabul qilinadigan normativ qiymatlari, m2 oS/ W;
RGC — binoning gruntdagi pollarining, yer sathidan pastda joylashgan tashqi devorlar yuzasining, gabarit oʻlchamlari (“a” — boʻyi, “v” — eni)ga bogʻliq holda, ushbu SHNQning 4-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan issiqlik uzatilishga qarshiliklari, m2 oS/ W;
Kd — eshik va darvozalarning keltirilgan issiqlik uzatish koeffitsiyenti, kd=7 W /(m2 oS).

4-jadval

_a× v_

a + v

3

4

5

6

8

10

12

15

20

25 va undan ortiq

RGC, m2× oS/ W

1,57

1,85

2,2

2,4

3,0

3,3

3,8

4,4

5,2

6,0

22. Hisobiy issiqlik ajralishlari, Qmc, W, quyidagi 7,8-formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
turar joy binolarida:
Qmc = qmc.1×Amc.1; (7)
jamoat binolarida:
, (8)
bu yerda:
qmc.1 — turar joy binosi xonalari va oshxonalari pol maydonining har 1 m2 ga toʻgʻri keladigan, 10 W/m2 miqdorida qabul qilinadigan maishiy issiqlik ajralishi;
qmc.2 — jamoat binosidagi orgtexnikasi mavjud xonalarning pol yuzasini har 1m2 ga toʻgʻri keladigan 10 W/m2 miqdorida qabul qilinadigan orgtexnikasidan issiqlik ajralishi;
Amc.1 — turar joy binosi xona va oshxonalarining jami maydoni, m2;
Amc.2 — jamoat binosidagi orgtexnikali xonalarning jami maydoni, m2;
ql — bir odamdan ajraladigan issiqliklar kattaligi, 90W/odam deb qabul qilinadi;
Nl — jamoat binosidagi odamlarning hisobiy soni;
nw — jamoat binosi ish soatlarining bir haftalik hisobiy soni.
23. Yilning sovuq davrida ventilyatsiya havosini isitish uchun normativ issiqlik sarfini quyidagi 9-formula orqali aniqlash lozim:
, W, (9)
yilning issiq davrida konditsionerlash paytida ventilyatsiya havosini sovitish normasini belgilovchi sovuqlik sarfi quyidagi 10-formula orqali hisoblanishi zarur:
(10)
bu yerda:
s — havoning 1,2 kJ/(m3×oS) ga teng boʻlgan issiqlik sigʻimi;
Lwz — binoning xizmat koʻrsatilayotgan yoki ishchi zonasidan (mahalliy soʻrgichlar, texnologik uskunalar, tortuvchi ventilyatsiya tizimlari va eksfiltratsiya vositasida) tashqariga chiqarib yuborilayotgan havo sarfi, m3/h;
Ll — xizmat koʻrsatilayotgan yoki ishchi zonadan tashqaridagi tortuvchi tizimlar tomonidan va eksfiltratsiya vositasida chiqarib yuborilayotgan havo sarfi, m3/h;
twz, Iwz — xizmat koʻrsatilayotgan yoki ishchi zonada havoning hisobiy harorati va entalpiyasi, oS va kJ/kg t.h. (toza havo);
tl, Il — xizmat koʻrsatilayotgan yoki ishchi zonadan tashqarida binodan chiqayotgan havo harorati va entalpiyasi, oS i kJ / kg t.h (toza havo);
Iext — konditsiyalashtirishni loyihalash uchun tashqi havoning hisobiy entalpiyasi, kJ/kg toza havo;
ρ — ichki havoning zichligi, kg /m3.
Qaht va Qast miqdorlarini hisoblashda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish kerak.
Dastlab yilning issiq va sovuq davrlarida havo almashinuvi sxemasi, havo berish va tortish tizimlarining miqdori, havo uzatish hamda chiqarish usullari boʻyicha yechimlar qabul qilinishi zarur.
Sovuq davr uchun binoga kirayotgan tashqi havoning normasini belgilovchi sarfini Lextt , aniqlash lozim.
Shamollatish havosining uyushtirilgan oqib kirishida Lextt kattalikni ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq hisoblash lozim.
Lextt kattalik sifatida quyidagi ikki qiymatdan kattasini qabul qilish lozim:
amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari va SHNQ talablariga muvofiq tashqi havo bilan minimal havo almashinuvi;
tortuvchi ventilyatsiya tizimlarining normativ sarfi.
Lextt qiymat aniqlangandan soʻng, xizmat koʻrsatilayotgan hamda ishchi zonadan Lwz va uning tashqarisidan Ll chiqarib yuborilayotgan havo sarfini quyidagi formulalar boʻyicha ajratib olish lozim:
uyushtirilgan oqib kirish va qabul qilingan Lwz qiymatda:
Ll = Lextt — Lwz; (11)
tashqi havoning oqib kiruvchi havo bilan birga faqat ishchi zonaga kirishida:
Ll = 0; Lwz = Lextt . (12)
Mazkur SHNQning 5-formulasi boʻyicha Qaht ni hisoblab topish lozim.
Sunʼiy sovuqlik manbalaridan konditsiyalashtirish tizimlari uchun Qahtr kattaliklari, yilning issiq davri shart-sharoitlari boʻyicha taʼsir etuvchi barcha kattaliklar qiymatlarini qabul qilgan holda hisoblanishi lozim.
Konditsiyalashtirish uchun tashqi havoning normativ sarfini hisoblashda oqib kiruvchi havoning entalpiyasi Iint quyidagilarga teng qabul qilinishi kerak:
39 kJ/kg t.h. (toza havo) — havoni bugʻ bilan ishlaydigan mexanizmli (ejeksion) uzatgichlar va soplolar orqali uzatishda;
43 kJ/kg t.h. (toza havo) — xonaning tepa zonasiga havo taqsimlashda;
47 kJ/kg t.h. (toza havo) — havoni xizmat koʻrsatilayotgan yoki ishchi zonaga uzatishda.
24. Jamoat binolari uchun ventilyatsiya havosining Qaht, W, isitishga ketadigan normasini belgilovchi issiqlik sarfini quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
(13)
bu yerda:
Lext — ventilyatsiya tizimlari ishlayotganida binoga kirayotgan tashqi havo sarfi, m3/h.
Tashqi havoni shamollatish uchun xonaga kirayotgan sovuqlikning normativ sarfi Qast, W, konditsioner yoki sovitish tizimlaridan foydalanganda, yilning issiq davri uchun taʼsir qiluvchi qiymatlarni qabul qilib hisoblash lozim.
25. Toʻsuvchi konstruksiyalarning issiqlik uzatilishiga keltirilgan qarshiliklarining normativ qiymatlarida hisoblangan hisobiy issiqlik kiruvlarini konditsiyalashtirishda binoning toʻsuvchi konstruksiyalari orqali kirib kelayotgan norma belgilovchi issiqlik kiruvlari Qsst deb hisoblash lozim.
Hisoblarda yorugʻlik oraliqlarining oʻlchamlarini ushbu SHNQning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilish va binoning derazalari hamda fonarlarida SHNQ 2.01.04-18 va SHNQ 2.08.02-23 larda keltirilgan hollarda quyoshdan saqlaydigan qurilmalarning mavjudligini hisobga olish kerak.
26. Ushbu bobda aniqlash usuli belgilangan kattaliklardan tashqari, mazkur SHNQning 2 — 9-formulalarga kiritilgan barcha kattaliklar loyihalash uchun arxitektura-qurilish va texnologik vazifalarga muvofiq qabul qilinishi yoki umumiy qabul qilingan hisoblash usullari bilan aniqlanishi kerak.
6-bob. Uskunalar energiya samaradorligining normativ koʻrsatkichlari
27. Oʻt yoqiladigan xonalar va mustaqil (avtonom) qozonxonalarda oʻrnatiladigan hamda issiqlik unumdorligi 100 kW gacha boʻlgan suv isitish uskunalari va qozonlarning energiya samaradorligi, η, %, quyidagi formula boʻyicha hisoblanadigan talabdagi normativ qiymatdan, ηt,% kam boʻlmasligi lozim:
ηt = a + 0,044 Q, (14)
bu yerda:
a — gaz yoki yengil suyuq yoqilgʻini yoqishda 80,5 foizga, tosh koʻmirni yoqishda 71,5 foizga, qoʻngʻir koʻmirni yoqishda 68,5 foizga teng kattalik;
Q — uskuna yoki qozonning nominal issiqlik unumdorligi, kW.
Uskunalar va qozonlarning issiqlik unumdorligi 100 kW dan ortiq boʻlganda, ηt kattaligi 100 kW issiqlik unumdorligi kabi qabul qilinadi.
28. Mustaqil (avtonom) konditsionerlar va bugʻ kompressorli sovitish mashinalaridan foydalanadigan mustaqil (avtonom) boʻlmagan konditsionerlarning sovitish tizimlarining energiya samaradorligi havoni konditsionerlash uchun nominal harorat rejimida kamida 2,6 boʻlishi kerak.
29. Hisobiy ish rejimida ishlayotgan ventilyatorning foydali ish koeffitsiyenti mazkur xil va oʻlchamdagi ventilyator uchun maksimal foydali ish koeffitsiyentiga nisbatan 10 foizdan ortiq farq qilmasligi kerak.
30. Ventilyatorlar uchun elektr dvigatellarini ushbu SHNQning 5-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan quvvat zaxirasi koeffitsiyentini hisobga olgan holda tanlash lozim.

5-jadval

Elektr dvigateli validagi quvvat, kW

Ventilyator uchun koeffitsiyent

markazdan qochma

oʻq boʻylab yoʻnalgan

0,5 gacha

0,5dan 1 gacha

1dan 2 gacha

2dan 5 gacha

5 dan ortiq

1,5

1,3

1,2

1,15

1,1

1,2

1,15

1,1

1,05

1,05

31. Energiya isteʼmol qiluvchi uskunalar hisoblangan ish unumdorligiga muvofiq tanlanishi kerak.
Konditsioner tizimlarining ish unumdorligi boʻyicha zaxira 15 foizdan, ventilyatorlarning ish unumdorligi boʻyicha 15 foizdan, qolgan hollarda 10 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.
32. Sovuqlik taʼminoti tizimlarining uskunalari va quvurlaridagi sovuqlikning yoʻqotilishi sovitish qurilmasi quvvatining koʻpi bilan 5 foiz boʻlishi kerak.
33. Loyihalarda isitish, shamollatish va konditsiyalashtirishga ketadigan energiya sarfiga taʼsir koʻrsatadigan uskunalar va qurilmalari quyidagi normativ qiymatlarni taʼminlanishi kerak:
zararliklarni ushlab qolish koeffitsiyenti:
tortuvchilar uchun kamida 0,9 ni;
gʻiloflar va soyabonlar uchun kamida 0,75 ni;
yonbosh va yondevor soʻrgichlari uchun kamida 0,6 ni;
konditsiyalashtiriluvchi binolar uchun quyoshdan himoya qurilmalarining issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti 0,4 dan oshmasligi.
SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Binodagi yoritish oraliqlarining normasini belgilovchi maydonini hisoblash
Energiya sarfi normasini hisoblash uchun bino yoritish oraliqlarining maydonini, ALt, quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
, (1)
bu yerda:
e — tabiiy yoritish koeffitsiyentining normativ qiymati, yorugʻlik iqlimini hisobga olgan holda SHNQ 2.01.05-24 ning 20-bandi boʻyicha qabul qilinadi;
AF — binoning umumiy maydoni, m2;
kz — zaxira koeffitsiyenti, ushbu ilovaning 3-jadvali boʻyicha qabul qilinadi;
η — yorugʻlik oraliqlari yorugʻligining tavsifi, yorugʻlik qaytarilishi hisobga olgan holda 1 va 2-jadvallar boʻyicha qabul qilinadi;
Kzd — derazalarning qarama-qarshi tomonidagi binolardan soyalanishini inobatga oluvchi koeffitsiyent (zich solingan shahar imoratlari orasida joylashgan binolar uchun 1,7 ga, oʻrtacha soyali sharoitda 1,4 ga, qarama-qarshi turgan binolar oʻzlarining balandligiga nisbatan ikki marta ortiqroq masofada joylashganida 1,1 ga, fonarli binolar uchun 1,0 ga teng qabul qilinadi);
τo — yorugʻlik oʻtkazishning umumiy koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
τo = τ​​​​​​​1× τ​​​​​​​2 × τ​​​​​​​3 × τ​​​​​​​4 × τ​​​​​​​5 ; (2)
τ1 — materialning yorugʻlik oʻtkazish koeffitsiyenti quyidagicha olinadi:
bir qavat oynali derazada — 0,9;
bir qavat oynali derazada — 0,8;
uch qavat oynali derazada — 0,75;
vitrina oynasida — 0,8;
ichi boʻsh shisha bloklarida — 0,5.
τ2 yoritish oraliqlarining tabaqalarida yorugʻlik yoʻqolishini hisobga oluvchi koeffitsiyent quyidagicha olinadi:
bir qavat oynali yogʻoch tabaqalarda — 0,75;
juft qavat tabaqalarda — 0,7;
zich berk metall yakka tabaqalarda — 0,9;
ochiladiganlarida — 0,75;
juftlangan alohida tabaqalarda — 0,6;
τ3 — yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarda yorugʻlik yoʻqolishini hisobga oluvchi koeffitsiyent quyidagicha olinadi:
poʻlat fermalarda — 0,9;
temir-beton fermalar va arkalarda — 0,89;
yon tarafdan yoritilganda — 1,0.
τ4 QHQ hisobiga yorugʻlikni yoʻqolishini hisobga oluvchi koeffitsiyent quyidagicha olinadi:
yigʻiladigan QHQ — 1,0;
gorizontal soyabonlar va saqlash burchagi:
15o — 0,95;
30o — 0,8;
45o — 0,65 boʻlgan vertikal qovurgʻalar;
yacheykali quyoshdan himoyalovchi — 0,6;
ochiladigan jalyuza — 0,35.
τ5 — fonarlar ostiga oʻrnatiladigan himoya toʻrlaridan tushadigan soyalanishni hisobga oluvchi koeffitsiyent, bunda ushbu koeffitsiyent 0,9 ga teng olinadi.

1-jadval

Xona uzunligining uning ichkarisiga nisbati

Xona ichkarisining uning balandligiga nisbati

0,5

1,0

1,5

2

3

4 va undan ortiq

4 va undan ortiq

3

2

1,5

1

0,5

7,0

7,4

8,0

8,6

9,5

13,0

5,9

6,4

7,0

7,6

9,1

12,6

4,4

4,8

5,5

6,2

7,6

12,0

3,8

4,2

4,7

5,4

6,8

11,6

3,4

3,8

4,3

4,9

6,2

11,3

3,2

3,4

3,8

4,6

5,9

11,0

2-jadval

Fonar turi

Oraliqlar soni

Xona uzunligining oraliq eniga nisbati

1 dan 2 gacha

2 dan 4 gacha

4 dan ortiq

Xona balandligining oraliq kengligiga (eniga) nisbati

0,2 — 0,4

0,4 — 0,7

0,7 — 1,0

0,2 — 0,4

0,4 — 0,7

0,7 — 1,0

0,2 — 0,4

0,4 — 0,7

0,7 — 1,0

Vertikal ikki tomonlama oynali (toʻgʻri burchakli, M-simon)

Bitta

3,9

6,0

9,7

3,1

4,4

6,4

2,9

4,1

5,5

Ikkita

3,8

5,2

8,5

2,9

3,5

5,2

2,7

3,3

4,3

Uchta va undan ortiq

3,6

5,1

8,6

2,9

3,4

5,2

2,6

3,2

4,2

Vertikal bir tomonlama oynali arrasimon (shed)

Bitta

3,7

5,8

7,9

2,9

4,2

5,2

2,8

3,9

4,4

Ikkita

3,8

4,8

6,2

2,9

3,3

3,7

2,7

3,0

3,1

Uchta va undan ortiq

3,3

4,2

5,3

2,6

2,8

3,2

2,3

2,5

2,7

SHNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Tashqi va ichkariga oqib kiruvchi havoning normativ sarfini hisoblash
1. Energiya sarfi normasini hisoblash uchun oqib kiruvchi Lintr, m3/h hamda tashqi Lexttr, m3/h havo sarfini SHNQ 2.04.05-22 ga muvofiq aniqlash lozim.
Zararli moddalarning erish sharoitlari boʻyicha sarf xarajatlarni hisoblashda, xizmat koʻrsatilayotgan yoki ishchi zonadan tashqaridagi havo harorati tl, oS, namlik dl, g/kg toza havo, entalpiya Il,kJ/kg toza havo hamda havodagi zararli moddalar konsentratsiyasi gl, g/kg qiymatlarini quyidagi formulalaridan foydalanish lozim:
tl = Kvt× twz + tin(1 — Kvt);
dl = Kvt× dw + din(1 — Kvt);
Il = Kvt× Iwz + Iin(1 — Kvt);
gt = Kvt× gwz + gin(1 — Kvt);
bu yerda:
tin, din, Iin, gin — mos ravishda hisobiy harorat, namgarchilik, entalpiya va oqib kirayotgan havodagi zararli moddalar konsentratsiyasi;
Kvt — havo almashinish samaradorligi koeffitsiyentining norma belgilovchi qiymati ushbu ilovaning 1 va 2-jadvallari boʻyicha qabul qilinadi.

1-jadval

Havo almashinish sxemasi

Kvt, kamida

1. Oqib kiruvchi havoni bevosita ishchi zonaga uzatish, yuqori zonadan tortib olish

1,3

2. Oqib kiruvchi havoni ishchi zonaga 4 m gacha balandlikdan kelib tushayotgan oqimlar koʻrinishida uzatish, yuqori zonadan tortib olish

1,15

3. Oqib kiruvchi havoni ishchi zonaga bunda 4 m dan ortiq balandlikdan uzatish

1,05

4. Xona poli maydonining 40 foizdan ortigʻini texnologik uskuna egallab turganida, havoning bir joyga qaratib uzatilishi

0,9

5. Oqib kiruvchi havoni ishchi zonaga bunda xona enlama kesimining 25 foizidan ortiqrogʻini texnologik uskuna egallab turganida

0,8

6. Havo ishchi zonadan umumalmashinuv shamollatuv vositasida chiqarib tashlanganida

1,0

7. Balandligi 4 m va undan past boʻlgan xonalarning (jamoaviy ishlatishga moʻljallangan xonalar, koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari va boshqalar) ustki zonasida havo uzatish va tortishda

1,0

2-jadval

Xonalarning turlari

Kvt, kamida

Sexlar:

temirchilik-presslash

termik

quyuv

prokat

plastmassadan buyumlar ishlab chiqarish

mashina zallari, kompressorxonalar, elektroliz sexlari

2,0

1,8

1,7

1,5

1,3

1,4

2. Lexttr hamda Lintr kattaliklarni aniqlashda xonaga ajralib chiqayotgan zararli yoki portlovchi moddalar, ortiqcha namlik va issiqlik sarfi yilning hisoblanayotgan davri uchun qabul qilinishi lozim.
Mahalliy soʻrgichlar mavjudligida, zararliliklarning ushlab qolishni hisobga olish hamda ushlab qolish koeffitsiyentlarining qiymatlarini ushbu SHNQning 33-bandiga muvofiq qabul qilish lozim.