O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mamlakatimizda sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishga va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu islohotlar natijasida inson huquqlarini himoya qilish tizimini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yangi bosqichga ko‘tarish, odil sudlov sifatini tubdan oshirish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Shu munosabat bilan amaldagi Plenum qarorlarini qayd etilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiqlashtirish hamda sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining umumiy masalalar bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli qarori:
muqaddimasi ikkinchi xatboshisidagi “boshqa jamoat birlashmalaridan” degan so‘zlar “fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi”;
5-bandi birinchi jumlasidagi “yozma yoki og‘zaki ravishda” degan so‘zlar “yozma, elektron yoki og‘zaki ravishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-bandi ikkinchi jumlasidagi “qonunda nazarda tutilgan tartibda” degan so‘zlardan keyin “oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
12-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hay’atining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi”;
15-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudya odob va axloqning umume’tirof etilgan qoidalarga amal qilishi, har qanday vaziyatlarda haqiqatparvar bo‘lishi, sud hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obro‘-e’tiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘zining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanishdan o‘zini saqlashi, huquq sohasida o‘zining kasb malakasini oshirib borishi, sud protsessida taraflarga sabr-toqatliligini va obro‘sini ko‘rsatishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi shart”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Umumiy yurisdiksiya sudlarida kadrlar bilan ishlash holati va sudyalar tomonidan sudyalik qasamyodiga rioya etilishi masalalari to‘g‘risida”gi 2007-yil 14-dekabrdagi 19-sonli qarori:
7-bandidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 21-fevraldagi 04-sonli qarori:
8-band beshinchi xatboshisidagi “shakllantirishga” degan so‘zidan keyin “shuningdek, sud qarorlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Protsess ishtirokchisining iltimosnomasiga binoan” degan so‘zlardan keyin “yoki sudning tashabbusiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi”;
birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisi tegishincha birinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisi deb hisoblansin;
31-bandidagi “nazorat, apellyatsiya va kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2020-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
5-bandining birinchi xatboshisidagi “iqtisodiy” degan so‘zlardan keyin “va ma’muriy huquqbuzarlikka oid” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish to‘g‘risida”gi 2020-yil 3-iyuldagi 11-sonli qarori:
2-bandining uchinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat shaklida amalga oshiriladi”;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga qonunda nazarda tutilgan hollarda murojaat qilinganda, shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim”;
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tushuntirilsinki, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda raislik qilgan sudya murojaatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, ishlarni rasmiylashtirish va apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish muddatlariga rioya etishi shart.
Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida protsess ishtirokchilarini ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilish mas’uliyati ish bo‘yicha ma’ruzachi bo‘lgan sudyaga yuklanadi”;
10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar murojaatda muayyan ishni ko‘rishda sud (sudya) tomonidan protsessual qonun normalari buzilganligi haqida vajlar keltirilgan bo‘lsa va shikoyatni ko‘rish jarayonida ushbu vajlar o‘z tasdig‘ini topsa, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudlari ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha xususiy ajrim chiqarishi va uning nusxasi tegishli sudyalar malaka hay’atiga yuborilishi lozim”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2023-yil 23-iyundagi 16-sonli qarori:
6-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyat yoxud huquqbuzarlikning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga hamda insonparvarlik tamoyillariga muvofiq bo‘lishi kerak”;
8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “dalillar bilan isbotlangan taqdirdagina” degan so‘zlar “dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qo‘shma masalalar bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli qarori:
10-band quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Agar amalga oshirilgan to‘lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, boshqa kelishuv bo‘lmasa, u eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, so‘ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzadi, bundan FK 248-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FK 248-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarz oluvchining qarzini qoplash tartibi faqatgina fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi (FK 744-moddasining uchinchi qismi).
Sudlarga tushuntirilsinki, bunda 2024-yilning 1-yanvariga qadar kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, 2024-yil 1-yanvardan boshlab ushbu hal qiluv qarori bilan undiriladigan summaga FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Ko‘chmas mulk, ko‘char mol-mulk yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlar garovi bilan bog‘liq nizolarni hal etishda, bunday ipoteka va garov shartnomasi garov bilan ta’minlanadigan shartnoma FK 271-moddasining beshinchi qismiga muvofiq notarial shaklda tuzilishi shart bo‘lgan hollardagina notarial tasdiqlanishini, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno ekanligini inobatga olish lozim.”
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli qarori:
6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning e’tibori qonunda (IPKning 337-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qat’iy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga so‘zma-so‘z monand bo‘lishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid to‘liq ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, manzili, shaxsiy identifikatsiya raqami, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi, soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami) ni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda davlat ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda;
agar qonunchilikda nizolashishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
ijro hujjati bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berilganda;
ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda ijro ishini yuritish to‘xtatib turilishi shart.
Shuni nazarda tutish lozimki, Qonunning 35-moddasi birinchi qismiga ko‘ra:
qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga ijro hujjatini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lganda yoki statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda sud tomonidan ijro ishini yuritish to‘xtatib turilishi mumkin.
Sudlar ijro ish yuritishning to‘xtatilishi kelgusida ijro hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishini yuzaga keltirmasligi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ariza, u kelib tushgan kundan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan o‘n kunlik, iqtisodiy va ma’muriy sudlar tomonidan esa yigirma kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi o‘tkazilmasdan ko‘rib chiqiladi.
Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqida sud ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan FPK, IPK yoki MSIYUtKda belgilangan tartibda shikoyat yoki protest keltirilishi mumkin.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to‘xtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga ko‘ra tiklanadi.
Sudlarning e’tibori, agar ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi sudning ajrimida to‘xtatishning muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sudlar ijro ishi yuritishni tiklashga haqli ekanligiga qaratilsin”;
O‘zbek tilidagi matni 12-bandining birinchi xatboshisidagi “sud ijrochisining” degan so‘zlar “davlat ijrochisining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya va taftish instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra shikoyat bo‘yicha ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli (IPKning 271-moddasi, MSIYUtKning 212-moddasi, FPKning 41913-moddasi, MSIYUtKning 265-moddasi va IPKning 323-moddasi).
Sudlarning e’tibori FPKning 4076-moddasi, IPKning 294-moddasi va MSIYUtKning 236-moddasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishi shartligiga qaratilsin.
Sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish haqida iltimosnoma shikoyat bilan birga taqdim etilgan bo‘lsa, ushbu iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi haqida shikoyatni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Agar, sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish haqida iltimosnoma shikoyatni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgandan keyin taqdim qilingan holda, bunday iltimosnoma bo‘yicha alohida ajrim chiqariladi.”
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 25-maydagi 6-sonli qarori:
16-bandidagi “Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi” degan so‘zlar “Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2023-yil 20-fevraldagi 4-sonli qarori:
20-bandining birinchi xatboshisidagi “to‘qqizinchi qismida” degan so‘zlar “sakkizinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19-bandi chiqarib tashlansin.
32-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Shu bilan birga sudlarning e’tibori qonun hujjatlarida soliq organlarining zimmasiga tadbirkorlik subyektlarida qayta tekshirish o‘tkazish majburiyatini yuklash nazarda tutilmaganligiga qaratilsin”;
39-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ayni vaqtda, olingan daromad Soliq kodeksining 54-bobida nazarda tutilgan soliqqa tortilmaydigan daromad turlari (soliq imtiyozlari) ro‘yxatiga kiritilgan-kiritilmaganligini sudlar sinchkovlik bilan tekshirishlari zarur”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2023-yil 23-iyundagi 19-sonli qarori:
44-bandi birinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1988-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli qarori:
14-bandidagi “ishlarni apellyatsiya tartibida ko‘rishda” degan so‘zlar “ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 15-martdagi 9-sonli qarori:
2-bandining birinchi xatboshisidagi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi Qonunini” degan so‘zlar “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi Qonunini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
131-bandi ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “(birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida)” degan so‘zlar “(birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalarida)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli qarori:
6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli qarori:
2-bandidagi “o‘ziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) tushuniladi” degan so‘zlar “o‘ziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) hamda skuterlar tushuniladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarori:
31-bandidagi “jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rayotganda” degan so‘zlar “jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli qarori:
muqaddimasi birinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
91. Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan taqdirda JKning 169-moddasi 2-qismi “d” bandida javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, JKning 169-moddasi 2-qismi “e” bandida javobgarlik ko‘zda tutilgan.
JKning 169-moddasi 2-qismi “d” va “e” bandlari bilan kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi ushbu qilmishning tijorat maqsadlarini ko‘zlab sodir etilishi hisoblanib, elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalari tijorat maqsadlarida buzilsa, qilmish JKning 1852-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmaydi.
Tijorat maqsadlari mavjudligi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yordamchi xo‘jaliklarga (issiqxona va shu kabilar) qonunga xilof ravishda gazni ulanishi, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanishi va boshqa foyda yoki daromad olishga qaratilgan holatlar bilan ham aniqlanishi mumkin.
Shaxs elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish yo‘li orqali mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirsa, aybdor shaxsning harakatlari JK 2789 va 169-moddalarining tegishli qismlari bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Sudlarga, tijorat maqsadlarida elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlarida talon — taroj qilish jinoyatini sodir etgan shaxsning harakatlarida JKning 169-moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan o‘g‘rilik jinoyati alomatlari aniqlansa (masalan, ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan va boshqa), uning qilmishi ushbu moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozimligi tushuntirilsin;
12-bandidagi “ushbu toifadagi ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rayotganda” degan so‘zlar “ushbu toifadagi ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “bunday ishlar bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart” degan so‘zlar “bunday ishlar bo‘yicha advokat hamda qonuniy vakil ishtirok etishi shart” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “JPK 497-22-moddasiga asosan” degan so‘zlar “JPK 488-moddasiga asosan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli qarori:
6-bandining birinchi xatboshisidagi “nogiron” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli qarori:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tushuntirilsinki, qonunda yarashuv to‘g‘risidagi ariza surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida, ya’ni shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan paytdan boshlab, sudlanuvchi esa jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan birinchi instansiya sudi maslahatxona (alohida xona)ga kirgunga qadar berilishi mumkin, bundan JPK 583-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar berilishi mumkin”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarori:
14-bandining oltinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “(JPK 20, 51, 49722-moddalari)” degan so‘zlar “(JPK 20, 51, 488-moddalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunga ko‘ra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart bo‘lsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki ko‘rib chiqilgan bo‘lsa”;
birinchi xatboshisining sakkizinchi kichik xatboshisidagi “dastlabki tergov” degan so‘zlar “surishtiruv, dastlabki tergov” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24-bandining birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya shikoyati berish” degan so‘zlar “apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26-bandining birinchi xatboshisidagi “(JPK 4976, 5091-moddalari)” degan so‘zlar “(JPK 4976, 503, 518-moddalari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27-bandning matnidagi “apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29-bandidagi “JPK 500-moddasiga binoan kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “JPK 501, 514-moddalariga binoan kassatsiya, taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2004-yil 21-maydagi 4-sonli qarori:
1-banddagi “oqishmay” degan so‘z “og‘ishmay” degan so‘z bilan almashtirilsin;
9-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shu munosabat bilan qonunning mazkur normalarida nazarda tutilgan shart bajarilgan hollarda tegishli apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi, moddiy zarar qaysi sudlov instansiyasida qoplanganligidan qat’iy nazar, qamoqda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi turini, ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarga nisbatan esa, jazo turini o‘zgartirish masalasini darhol hal etishi shart”;
10-bandi chiqarib tashlansin;
17-banddagi “kassatsiya instansiyasi sudi” degan so‘zlar “kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20-banddagi “apellyatsiya, kassatsiya instansiyalari sudlari” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli qarori:
30-bandidagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida” 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21-bandining birinchi xatboshisidagi “o‘ndan bir qismidan” degan so‘zlar “o‘ttiz kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
251-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Tushuntirilsinki, sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, uy-joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoxud ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq ko‘rsatilishi lozim”;
34-bandining uchinchi xatboshisidagi “apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
43-bandidagi “Jinoyat-protsessual kodeksi 49719-moddasining 4-bandi hamda 49723-moddasi” degan so‘zlar “Jinoyat-protsessual kodeksi 485 va 489-moddalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
47-bandining birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
59-bandining uchinchi xatboshisidagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Birinchi bosqich” degan so‘zlar “Birinchi instansiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19-bandidagi “birinchi bosqich” degan so‘zlar “birinchi instansiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23-bandidagi “Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi” degan so‘zlar “Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Kassatsiya” degan so‘z “Kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “JPK 500-moddasida belgilangan” degan so‘zlar “JPK 501, 514-moddalarida belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli qarori:
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jabrlanuvchiga nisbatan diniy taassublar zamirida uning diniy e’tiqodi munosabati bilan, aksariyat hollarda, muayyan diniy konfessiya sha’ni va obro‘sini kamsitish, diniy adovat yoki ixtilof qo‘zg‘atish maqsadida qasddan yetkazilgan og‘ir, o‘rtacha og‘ir, sog‘liqni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan yengil shikast, tegishlicha JK 104-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “z” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi, 1261-moddasi beshinchi qismining “d” bandi, 1261-moddasi yettinchi qismining “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jabrlanuvchi badaniga uning organlari yoki to‘qimalarini qonunsiz olish paytida yetkazilgan og‘ir shikast ham uni o‘z organlari yoki to‘qimalarini berishga majburlash paytida yetkazilgan og‘ir shikast ham JK 104-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda aybdorning harakatlari natijasida kishi organi yoki to‘qimasi olingan bo‘lishi shart bo‘lmay, unda inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadi borligi aniqlanishining o‘zi kifoya”;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir, sog‘liqni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazgan bir guruh shaxslarning harakatlari, oldindan til biriktirilgan yoki biriktirilmaganligidan qat’iy nazar, tegishlicha, JK 104-moddasi ikkinchi qismining “k” bandi, 105-moddasi ikkinchi qismining “i” bandi, 109-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Bunda badanga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir, sog‘liqni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast bir guruh shaxslar tomonidan yetkazilgan deb topish uchun ikki va undan ortiq shaxs bunday shikast yetkazish maqsadida birgalikda harakat qilib, uni sodir etishda ham ijrochi sifatida qatnashgan bo‘lishi kerak. Biroq, badanga shikast ulardan har biri tomonidan yetkazilgan bo‘lishi shart emas (masalan, guruh ishtirokchilaridan biri jabrlanuvchining qarshiligini bostirsa, ayni paytda boshqasi unga jarohat yetkazadi). Badanga og‘ir, o‘rtacha og‘ir, sog‘liqni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazishga qaratilgan harakatlar bir shaxs tomonidan sodir etilish jarayonida unga boshqa shaxslar shu maqsadda kelib qo‘shilganda ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topilishi kerak.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsning badaniga sog‘liqni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish jinoyati maxsus subyektli jinoyat bo‘lganligi uchun jinoyat sodir etishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlari JKning 28 va 1261-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Badanga qasddan bunday shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat u shunday qilmish uchun shaxsga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan bo‘lsa (JK 1261-moddasining ikkinchi qismi) yoki sog‘liqning qisqa vaqt davomida yomonlashuviga sabab bo‘lgan (JK 109-moddasining birinchi qismi, 1261-moddasining uchinchi qismi) holdagina kelib chiqadi”.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli qarorining 4-bandidagi “tugallanmagan jinoyat uchun” degan so‘zlar “tamom bo‘lmagan jinoyat uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli qarori:
3-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilikka muvofiq, ehtiyot chorasi ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi”;
8-bandidagi “gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan” degan so‘zlar “faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-band ikkinchi xatboshisining matnidagi “gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi” degan so‘zlar “ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini” degan so‘zlar “ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi bundan mustasno” degan so‘zlar “ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi bundan mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud majlisi sudya tomonidan qanday iltimosnoma ko‘rib chiqilishini e’lon qilishdan boshlanadi. So‘ngra sudya o‘zining, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini e’lon qiladi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlari bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud bo‘lsa, ular yuzasidan JPK 76, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirishning zaruratini asoslab beradi. So‘ngra ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. So‘ngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi”;
30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud majlisi raislik etuvchi tomonidan qanday shikoyat (protest) ko‘rib chiqilishini e’lon qilishi bilan boshlanadi. So‘ngra raislik etuvchi sudyalar, prokuror, himoyachi, qonuniy vakil, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, kotib, tarjimon, tergovchining familiyasi, ismi, sharifini e’lon qiladi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi hamda ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad etish haqidagi arzlar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arzlar mavjud bo‘lsa, sud hay’ati ular bo‘yicha JPK 76, 80-moddalariga muvofiq qaror qabul qiladi”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalari to‘g‘risida” 2008-yil 15-maydagi 13-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “yuqori instansiya sudi apellyatsiya, kassatsiya tartibida” hamda “(JPK 49730, 500-moddalari)” degan so‘zlar tegishincha “yuqori instansiya sudi apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida” hamda “(JPK 495-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 501, 514-moddalariga muvofiq, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topish maqsadida hukmni kassatsiya va taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga u qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil mobaynidagina yo‘l qo‘yiladi”.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli qarori:
5-bandi birinchi xatboshisining beshinchi kichik xatboshisidagi “mahkumlarga uchun ixtisoslashgan shifoxonada” degan so‘zlar “mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “jabrlanuvchilar, guvohlar” degan so‘zlar “jabrlanuvchilar, fuqaroviy da’vogarlar, fuqaroviy javobgarlar, guvohlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “JPK 49722-moddasiga muvofiq” degan so‘zlar “JPK 488-moddasiga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli qaror:
17-bandidagi “JK 232-moddasi bilan” degan so‘zlar “JK 2321-moddasi bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli qarori:
birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Odamlardan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanish (ekspluatatsiya qilish)ning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olishni anglatadi.
Boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish deganda, odamdan uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanish tushuniladi. Boshqa ko‘rinishdagi shahvoniy ekspluatatsiya deganda, odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlash, buzuq harakatlar sodir etish va h.k. maqsadlarda foydalanish uchun berilishi tushuniladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“Bunda sudlar, odam savdosi jinoyatini boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash jinoyatidan farqlash uchun aybdorning qasdi nimaga qaratilganligini, uning o‘z harakatlari oqibati, ya’ni shaxsning erkinligi cheklanishiga nisbatan subyektiv munosabatini inobatga olishlari lozim.
Boshqa shaxsni fohishaligidan foydalanish maqsadida yollaganda, tashiganda, topshirganda, yashirganda yoki qabul qilganda aybdor odamni ekspluatatsiya qilish niyatida harakat qiladi, fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilish tariqasidagi qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash hollarida esa, aybdor tamagirlikdan boshqa maqsadni ko‘zlamaydi. Bunda, fohishalik bilan shug‘ullanishga yoki boshqa ko‘rinishdagi shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllari uchun jalb qilingan shaxs o‘zining shaxsiy huquq va erkinliklariga nisbatan barcha huquqlarini saqlab qoladi va ulardan foydalanishda to‘la mustaqil bo‘ladi.
Aybdorning odamni ekspluatatsiya qilish niyatida harakat qilganligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda qilmishning barcha holatlari majmuidan kelib chiqilishi, xususan, shaxsning erkinligi cheklanganligi, jabrlanuvchi uchun noqulay sharoitga solinib, boshqalarga qaram holatda saqlanganligi, fohishalik bilan yoki boshqa ko‘rinishdagi shahvoniy faoliyat bilan o‘z erkiga xilof ravishda shug‘ullanganligi holatlari e’tiborga olinishi lozim”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
14-bandining matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, odam savdosi jinoyati odamlarni kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, aldash yo‘li bilan sodir etilganda, shuningdek, qilmish JK 135-moddasi ikkinchi qismining “j”, “z”, “i”, “k” bandlari, uchinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinganda, qilmishni Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik belgilovchi moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishga, faqat qonunning boshqa normasida JK 135-moddasi tegishli qismi sanksiyasida belgilangan jazodan og‘irroq jazo belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Misol uchun, agar odam savdosida shaxs badaniga qasddan og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lsa, qilmish JK 135-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan qamrab olinmaydi. Bunday hollarda aybdorning harakatlari JK 104-moddasining tegishli qismi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim”.
22. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida” 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli qarori:
muqaddimasining to‘rtinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Sudlar har bir jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olish paytida dastlabki tergov organlari tomonidan JPK 380-moddasi birinchi qismining ayblov xulosasiga hamda surishtiruv organlari tomonidan JPK 38112-moddasi uchinchi qismining ayblov dalolatnomasiga protsessual chiqimlar turi va miqdoriga doir ma’lumotnoma ilova qilinishi to‘g‘risidagi talabi bajarilganligini tekshirishlari lozim. Bunday ma’lumotnoma yarashuv to‘g‘risidagi ariza, ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan sudga yuboriladigan ish bo‘yicha ham ilova etilishi shart.
Dastlabki tergov va surishtiruv davrida qonun ushbu normasi talabi bajarilmaganligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori talablariga asosan hisoblanmaganligi aniqlagan taqdirda, sudya qonun analogiyasi bo‘yicha (JPK 398-moddasi) surishtiruvchi va tergovchi zimmasiga tegishli ma’lumotnomani taqdim etish vazifasini yuklaydi”;
10-bandining matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chog‘ida sudlar protsessual qonunchilik bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga rioya etishlari lozim”
quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirilsin:
“101. Sudlar jinoyat ishlari yuzasidan protsessual chiqimlarni undirilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori talablariga rioya qilinishini ta’minlasin”;
11-bandining birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli qarori:
2-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oiladagi jinsiy zo‘ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a’zolari tomonidan boshqa bir a’zosining, bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish bilan bog‘liq qilmish tushunilishi lozim”;
ikkinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“171. Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Sudlar voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan muayyan sohada ishlovchilarga (pedagog, shifokor va h.k.) nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini tayinlash masalasini muhokama qilishlari shart.
172. Voyaga yetmagan shaxsning jinsiy erkinligi yoki jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash masalasini hal etish uchun bu toifadagi jinoyat ishlari bo‘yicha sud-psixiatrik ekspertizasi o‘tkazilishi lozim.
JK 96-moddasiga muvofiq, aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsni majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin”.
24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli qarori:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega”;
ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “1999-yil 20-avgustdagi” degan so‘zlar “2023-yil 6-apreldagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9-bandning matnidagi “Davlat chegarasini yorib o‘tish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib o‘tish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli qarori:
1-bandidagi “ashyoviy dalillarga” degan so‘zlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-band ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “ashyoviy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qat’iy belgilangan. JPK 205-moddasiga ko‘ra, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan (hodisa sodir bo‘lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmog‘ini ko‘zdan kechirish chog‘ida, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chog‘ida, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish paytida) olinishi yoinki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga JPK 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlarini yuritish paytida topilgan, olingan yoki boshqa shaxslardan qabul qilingan narsalar faqat quyidagi protsessual harakatlar amalga oshirilganidan keyin ashyoviy, yozma va raqamli dalil ma’nosini kasb etadi:
ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni topish, olish yoki qabul qilish fakti rasmiylashtirilganidan (bayonnoma tuzilganidan yoki sud bayonnomasida aks ettirilganidan);
narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ishga daxldorligi to‘g‘risida xulosaga kelish va uni individuallashtirish uchun zarur belgilarni aniqlash maqsadida uni JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan darhol ko‘zdan kechirilganidan;
narsalarni, hujjatlarni va elektron ma’lumotlarni ashyoviy dalil deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarilganidan va u ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yilganidan.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlari tomonidan belgilangan tartibda olib qo‘yilgan hamda ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan, biroq ashyoviy, yozma va raqamli dalil deb topilmagan narsalar, hujjatlar va elektron ma’lumotlar sud tomonidan JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalil deb e’tirof etilishi va jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi kerak”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin
“Ashyoviy dalillarning jinoyat ishini to‘g‘ri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror, sud ashyoviy, yozma va raqamli dalillarning yo‘qotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qo‘shilib yoki aralashib ketishining oldini olish yuzasidan JPK 208, 209-moddalarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majburdirlar”;
ikkinchi xatboshisidagi “ashyoviy dalillar” degan so‘zlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “Ashyoviy dalillar” degan so‘zlar “Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7 — 9, 11 va 12-bandlardagi “ashyoviy dalillarni”, “Ashyoviy dalillar”, “Ashyoviy dalillarni”, “ashyoviy dalil” hamda “ashyoviy dalillarga” degan so‘zlar “ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni”, “Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar”, “Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni”, “ashyoviy, yozma va raqamli dalil” hamda “ashyoviy, yozma va raqamli dalillarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2013-yil 31-maydagi 8-sonli qarori:
1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-band ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi kichik xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish;
qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi”;
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi kichik xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi”;
191-bandining ikkinchi xatboshisidagi “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida” degan so‘zlar “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasiga ko‘ra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi”;
13-bandining uchinchi xatboshisidagi “(masalan, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish)” degan so‘zlar “(masalan, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin”;
133-bandi ikkinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyalarida” degan so‘zlar “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida” 2014-yil 23-maydagi 07-son qarori:
23-band chiqarib tashlansin;
25-bandi “141-1-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar “1411-moddasining birinchi qismida, 1413-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31-bandidagi “apellyatsiya shikoyati berish” degan so‘zlar “apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
33-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “apellyatsiya tartibida shikoyat berish” so‘zlari “apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli qarori:
2-bandi birinchi xatboshisining to‘rtinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi 2024-yil 19-yanvar kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni”;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rayotganda “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida berilgan, jumladan, quyidagi atamalarga amal qilishlari lozim bo‘lib, unga ko‘ra:
yo‘l obyektlari — yo‘lning konstruktiv elementlari bo‘lgan yo‘l sun’iy inshootlari (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, osma ko‘priklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yo‘llarni qor ko‘chkilaridan, yer cho‘kishidan, yer ko‘chkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yo‘llarni jihozlash elementlari (to‘xtash maydonchalari, yo‘lovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining to‘xtab turish joylari va boshqalar);
yo‘l harakati — yo‘l harakatini tashkil etishda yo‘llar doirasida transport vositalari va yo‘l harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui;
transport vositasi — yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yo‘llarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun mo‘ljallangan qurilma;
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish o‘rgatilayotganda o‘rgatuvchi shaxs haydovchi deb hisoblanadi”;
7-band birinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yo‘l harakati qoidalarining 1-bobiga ko‘ra, dvigatelining ish hajmi 50 sm3dan oshmaydigan yoki elektrodvigatelining quvvati 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi esa soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli transport vositalarini (moped, (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped), mokika, skuter hamda xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa transport vositalarini boshqarib borayotgan shaxs JK 266-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas”.
30. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli qarori:
2-bandi birinchi xatboshisining birinchi kichik xatboshisidagi “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi” degan so‘zlar “birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli qarori:
8-bandning uchinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya tartibida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksining 205-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari” degan so‘zlar “Mehnat kodeksining 345-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya bosqichida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etishga oid qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi 27-sonli qarori:
15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi 28-sonli qarori:
2-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
31-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chog‘ida mahkumning zimmasiga JK 73-moddasi beshinchi qismidagi majburiyatlar yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yuklanishi mumkin”;
11-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etuvchi organning jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga oid taqdimnomasini o‘z ish yurituviga qabul qilish masalasini hal etishda, sudya u JIK 164-moddasi ikkinchi qismi talablariga javob berish-bermasligini va taqdim etilgan materiallarda mahkumning xulq-atvorini, uning butun jazoni o‘tash davrida mehnatga va o‘qishga nisbatan bo‘lgan munosabatini tavsiflovchi ma’lumotlar, mahkumning jazo o‘tashi uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxalari, jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘liq yoki qisman qoplanganligi, mahkum muqaddam JK 73 va 74-moddalariga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligi yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar mavjud-mavjud emasligini tekshirishi lozim”;
19-banddagi “JK 73-moddasining beshinchi qismida” degan so‘zlar “JK 73-moddasining o‘ninchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jazoni ijro etuvchi organ rahbari, shuningdek, uning vakili sudning JPK 534 yoki 536-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega emas, chunki qonunga (JPK 56-bobi) ko‘ra, sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish huquqi mahkumga, uning qonuniy vakiliga, advokatga, prokurorga, shuningdek, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga (vakiliga) tegishli”.
34. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli qarori:
27-banddagi “JK 274-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi” degan so‘zlar “JK 274-moddasi to‘rtinchi qismi “a” bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29-bandning ikkinchi xatboshisidagi “JK 274-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi” degan so‘zlar “JK 274-moddasi to‘rtinchi qismining “v” bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli qarori:
16-banddagi “Apellyatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar “Apellyatsiya, kassatsiya, taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 30-noyabrdagi 35-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 283-moddasi (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar) 5 — 7-bandlarida, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqi nazarda tutilgan.
Sudlarning e’tibori, mazkur qonun talablariga ko‘ra taqdim etilgan ariza (shikoyat)lar sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sifatida mazmunan ko‘rib tamomlanishi, ushbu talablarga muvofiq bo‘lmagan ariza (shikoyat)lar esa mazkur Plenum qarori 4-bandi talabi asosida ajrim chiqarish orqali qaytarilishi lozimligiga qaratilsin.
Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan ayrim shaxslarni javobgarlikka tortishda alohida tartib belgilangan.
Xususan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar (MJtK 16-moddasi 1-qismi).
Intizom ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar (MJtK 16-moddasi 2-qismi).
Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklari uchun javobgarlik masalasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risi”da Nizom 54-bandining 2-xatboshisi).
Sudya tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas (“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun 64-moddasining, 5-bandi).
Sudlar yuqoridagi shaxslarga nisbatan, shuningdek shu kabi alohida tartib belgilangan boshqa shaxslarga nisbatan kelib tushgan ariza (shikoyat)larni ham mazmunan ko‘rmasdan ajrim chiqarish orqali qaytarishlari lozim”;
14-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib ketayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqidagi qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga yo‘l qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi lozim”.
37. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida” 2020-yil 19-dekabrdagi 34-sonli qarori:
7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan “(qarorda)” va “(qarorni)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8-bandidan “(qaror)” degan so‘z chiqarib tashlansin;
9-bandidan “(qarorlar)” degan so‘z chiqarib tashlansin;
14-bandidan “(qarorlar)” degan so‘z chiqarib tashlansin;
15-bandidan “(qarorlar)” degan so‘z chiqarib tashlansin;
38. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlarini birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga tayyorlash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2022-yil 14-maydagi 6-sonli qarori:
3-bandi qo‘yidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Sudya JPK 395-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash chog‘ida qonunning ushbu normasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini yoki JPK 4011-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ishni dastlabki tergovda yo‘l qo‘yilgan texnik yo‘sindagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin”.
5-bandidan “JPK 396-moddasining 4-bandiga amal qilgan holda,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
21-banddagi “JPK 395-moddasi” degan so‘zlar “JPK 40513-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26-bandidagi “apellyatsiya tartibida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2022-yil 14-maydagi 7-sonli qarori:
24-bandidagi “ishlarni apellyatsiya tartibida ko‘rayotganda” degan so‘zlar “ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ko‘rayotganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli qarori:
1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona to‘lovlarini to‘lash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi”;
quyidagi mazmundagi 161-band bilan to‘ldirilsin:
“161. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning zargarlik buyumlarini qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bo‘yicha aybdorligi masalasini hal etishda, zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasiga erkin olib kirish va olib chiqish tartibi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Sudlar zargarlik buyumlarini noqonuniy olib chiqish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda, qonunchilikda jismoniy shaxslar tomonidan faqat tayyor zargarlik buyumlarini bojxona chegarasidan olib chiqishlari mumkinligiga, O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga (O‘Z DSTning 2308:2019-sonli texnik talablari) javob bermaydigan zargarlik buyumlari (mahsulotlari) bundan mustasno ekanligiga e’tibor qaratsinlar.
Shaxsning harakatlari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan zargarlik buyumlarining deklaratsiya qilinishi talab qilinmaydigan qismidan oshiqcha bo‘lgan miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi hamda zargarlik buyumining deklaratsiyalash shart bo‘lmagan qismi jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblanmaydi (O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti (O‘Z DSTning 2308:2019-sonli texnik talablari) talablariga javob bermaydigan zargarlik buyumlari (mahsulotlari) bundan mustasno).
Zargarlik buyumi bir necha shaxslar o‘rtasida taqsimlanib, bojxona chegarasi orqali o‘tkazish holati aniqlanganida qilmish zargarlik buyumining umumiy miqdoridan kelib chiqib kvalifikatsiya qilinadi.
Bunda, shaxs zargarlik buyumlari unga qonunga xilof ravishda olib o‘tish uchun topshirilganligini anglagan holdagina jinoyatda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortilishi mumkin”;
o‘zbek tilidagi matnining 17-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agarda shaxs kontrabanda jinoyati bilan birga kontrabanda predmetining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarni ham sodir etsa, (JKning 247, 248, 273-moddalari va boshqalar), uning harakatlari jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”.
41. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli qarori 62-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarning sudlar tomonidan to‘g‘ri va aniq qo‘llanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tartibda taqdimnoma kiritish choralarini ko‘rishi lozim”.
42. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni taftish tartibida ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2024-yil 25-iyundagi 19-sonli qarori:
18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “32416-moddasining 4-qismi” degan so‘zlar “32414-moddasining to‘rtinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
IV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida” 1992-yil 13-noyabrdagi 05-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 5, 165-bandlarida” degan so‘zlar “fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 7, 8, 164-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanishi to‘g‘risida” 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli qarori:
16-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 1997-yil 2-maydagi 3-sonli qarori:
o‘zbekcha matnida 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar “qonunchilikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasining” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandining uchinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasining” degan so‘zlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli qarori:
3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham e’tiborga olishi mumkin”;
o‘zbekcha matnida 5-bandining birinchi xatboshisidagi “huquqga” degan so‘zlar “huquqqa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan suddagi barcha nizolarni ko‘rishda ularning himoyasi yuzasidan kim tomonidan da’vo qo‘zg‘atilganligidan qat’iy nazar ishda ishtirok etish uchun tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb qilinishi lozim. Qayd etilgan organ da’vo taqdim qilmagan bo‘lsa, u sud tomonidan davlat boshqaruv organi sifatida o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish maqsadida xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilinadi (Oila kodeksining 88-moddasi).
Tuman (shahar) lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining, da’vo talablarining mohiyati bo‘yicha xulosasini sud boshqa ish materiallari bilan birgalikda baholaydi. Bu xulosa bilan kelishmaganlik sud tomonidan ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida asoslantirilgan bo‘lishi lozim”;
27-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilishni ta’minlash maqsadida, sudlar, muayyan nizoning xususiyatlarini e’tiborga olib, ularni ko‘rishga puxta tayyorlashlari kerak. Bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, maktabdan tavsifnomani, notinch oilaning nazorat qilinganligi to‘g‘risidagi materiallarni, vasiylik va homiylik organlarining asoslantirilgan xulosasini, shuningdek bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini va ota-onani ta’riflovchi hujjatlarni talab qilib olish lozim. Bu ishlar faqat tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan bolaning yashash sharoitlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma va unga asoslangan xulosa olingandan so‘ng ko‘rilishi mumkin”;
28-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalarning fikrini, ularning taraflarga bo‘lgan munosabatini aniqlash, tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga ko‘ra sud tomonidan bolani so‘rash zarur deb topilsa, bunday so‘rovni bolaning yoshini va rivojlanganligini e’tiborga olib, pedagog ishtirokida, unga manfaatdor shaxslar ta’sir etmaydigan vaziyatda amalga oshirish lozim”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli qarori:
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno (FK 271-moddasining 5-qismi)”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli qarori:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Mehnat, Fuqarolik protsessual kodekslari va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalari” (bundan buyon matnda Qoidalar), Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risi”dagi Nizom bilan tartibga solinishi sudlarga tushuntirilsin”;
2-bandidagi “zarar” degan so‘zlar, “ziyon” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 336-moddasiga muvofiq, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga jabrlangan xodim tomonidan, u vafot etgan taqdirda esa ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega manfaatdor shaxslar tomonidan beriladi.
Xodim yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo‘lmagan yoki belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli.
Qayta tibbiy guvohlantirishdan o‘tgandan so‘ng yangi muddatga sog‘liqqa shikast yetkazilganligi oqibatida yetkazilgan ziyon to‘lovlarini to‘lash haqidagi da’volar ham sud tomonidan birinchi marta ariza qabul qilish uchun belgilangan tartibda qabul qilinadi”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 327-moddasida belgilangan, yetkazilgan ziyonni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini kengaytirib sharhlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni qoplashga bo‘lgan huquq, xotin(er)ning yangidan nikoh tuzgan holatlarida ham saqlanib qoladi. Chunki, qonunda bunday holatlarda ushbu shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati bekor bo‘lishi nazarda tutilmagan.
Vafot etganning voyaga yetmagan bolalari boshqa shaxs tomonidan farzandlikka olinganda ham ularning zarar qoplanishini talab qilish huquqi saqlanib qoladi. (Oila kodeksining 166-moddasi)”;
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasi (TMEK)” degan so‘zlar, “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandining uchinchi xatboshisidagi “pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan” degan so‘zlar, “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11-bandining uchinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizidan” degan so‘zlar, “qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 323, 330-moddalariga muvofiq, xodimning sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganligi hamda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi tufayli, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sog‘liqqa shikast yetkazilishi yoki boquvchining vafoti tufayli yetkazilgan zararni undirish haqidagi nizolarni ko‘rishda sud jamoa shartnomasini, bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa organi o‘rtasidagi kelishuvni talab qilib olishi lozim”;
12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksining 194-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar “Mehnat kodeksining 323, 330-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-bandining ikkinchi va oltinchi xatboshilaridagi “TMEK” degan so‘zlar, “TIEK” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandi ikkinchi xatboshisidagi “(tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK)” degan so‘zlar, “TIEK” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 326-moddasi talabiga muvofiq, agar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi ziyonning kelib chiqishiga yoki ko‘payishiga sabab bo‘lsa, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon miqdori jabrlanuvchi aybining darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Bunday holda ziyonning o‘rnini qoplashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
17-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 335-moddasiga muvofiq, ish beruvchining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon xodimga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilangan miqdorlarda pul shaklida kompensatsiya qilinadi.
Nizo yuzaga kelgan taqdirda, xodimga ma’naviy ziyon yetkazilganligi fakti va uni kompensatsiya qilish miqdorlari, o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan moddiy zarardan qat’iy nazar, sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1022-moddasi talabidan kelib chiqib belgilanadi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qarori:
kirish qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar O‘zbekiston Respublikasi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga begonalashtirilishi mumkin emas”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli qarori:
7-bandining birinchi kichik xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda bo‘lsa”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi FPKning 171-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda qarzdor tomonidan tan olinmagan talablar qo‘yilgan bo‘lib, ularni alohida ko‘rish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi FPK 175-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza qabul qilishdan rad etilishi va undiruvchiga da’vo ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida” 2006-yil 22-dekabrdagi 17-sonli qarori:
9-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu bitimni tuzish natijasida olingan foyda bitim bo‘yicha olingan hamma narsani qaytarib berish to‘g‘risida talab qo‘yilmagan holda, sud tartibida davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunday bitimni ijro etish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan shaxsning hisobidan qoplanadi.
Korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, bunday bitimni tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni aybdor shaxslar tomonidan sud tartibida qoplanadi (FK 114-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari)”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida” 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli qarori:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlar ekspertiza tayinlash va o‘tkazish masalasini hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 6-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim”;
4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalari ekspertizani O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan belgilangan xizmat ko‘rsatish hududlariga muvofiq amalga oshiradilar”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2010-yil 14-maydagi 5-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44, 116-moddalarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 55-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘zbekcha matnida 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “o‘lgan” degan so‘z “vafot etgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart (FPKning 67-moddasi)”;
8-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudda vakil sifatida, shuningdek, notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari ham ishtirok etishlari mumkin, basharti boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi mazkur tashkilotlarga bevosita qonunga binoan berilgan bo‘lsa (masalan, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 27, 33, 45-moddalari va boshqalar)”;
11-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) to‘g‘risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaganligi sababli shikoyat qilish mumkin emas”;
12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi”;
12-bandining ikkinchi kichik xatboshisidagi “meros mulkini asrovchini” degan so‘zlar “merosni boshqaruvchini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi kichik xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish;
arizalarni imzolash”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli qarori:
1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandining birinchi xatboshisidagi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi)” degan so‘zlar “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarori:
6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida” 2011-yil 25-noyabrdagi 8-sonli qarori:
10-bandidagi “audio-, videoyozuvlar” degan so‘zlar “raqamli dalillar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori:
5-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligini inobatga olib, farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutish lozim”;
22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “OK 165-moddasining 3-qismi” degan so‘zlar “OK 165-moddasining 4-qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarori:
kirish qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘zbekcha matnida 6-bandining uchinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar “qonunchilikda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shunga ko‘ra, qat’iy summada undirilishi lozim bo‘lgan aliment miqdori sud tomonidan qonunchilikda o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining muayyan qismiga mos ravishda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada (mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarmi, bir baravari, bir yarim baravari va hokazo) belgilanishi lozim”;
23-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud hujjatlariga binoan aliment undirilishi yuklatilgan shaxs tomonidan jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida aliment to‘lamaslik holati aniqlansa, sud ma’muriy javobgarlikka tortish yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishi shart”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 14-sonli qarori:
4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FPK 44-bobida“ degan so‘zlar “FPKning 44 va 45-boblarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganda, shuningdek, sud majlisini fototasvirga tushirish, sud majlisida audio yoki videoyozuv amalga oshirilganda, sud bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ogohlantiradi va FPK 208-moddasining oltinchi qismiga muvofiq sud majlisida fototasvirga tushirish, audio yoki videoyozuv taraflar roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiradi”;
14-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arizani FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
15-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Anonim xatlardagi ma’lumotlar va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan boshqa ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi va FPKning 71, 74-moddalariga asosan sud ularni ko‘rish uchun qabul qilmasligi lozim”;
16-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bir taraf o‘z talab va e’tirozlariga asos sifatida keltirgan fakt ikkinchi taraf tomonidan tan olinganligi sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, faktni tan olgan taraf tomonidan imzolanishi yoki bu haqda yozma ariza olinishi lozim”;
22-bandidagi “FPK 44-bobida” degan so‘zlar “FPKning 44 va 45-boblarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25-bandidan to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida” 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli qarori:
7-bandining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari “kelishuv bitimini” so‘zlaridan keyin “yoki mediativ kelishuv” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
11-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPKning 50-moddasiga muvofiq prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin”;
12-bandi “kelishuv bitimini” so‘zlaridan keyin “mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
16 va 17-bandlaridagi “yozma yoki ashyoviy” degan so‘zlar “yozma, raqamli yoki ashyoviy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2019-yil 24-maydagi 12-sonli qarori:
5-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 249-moddasining uchinchi qismiga” degan so‘zlar “FPK 249-moddasining to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 266-moddasi” degan so‘zlar “FPKning 265-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “FPK 6-moddasining beshinchi qismi” degan so‘zlar “FPK 6-moddasining oltinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-bandining birinchi xatboshisidan o‘ttiz oltinchi kichik xatboshi chiqarib tashlansin;
9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arz qilingan talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli arizani qabul qilish rad qilinganda (FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi), agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli bo‘lsa, ajrimda arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligi ko‘rsatilishi shart”;
10-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“FPK 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish bo‘yicha qabul qilingan da’voni ta’minlash choralari bekor qilinganligi haqida ko‘rsatadi”;
11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi talablariga muvofiq:
arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqida;
sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqida;
ish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida;
taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida;
ishda qatnashgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa, ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimlarni chiqarishda sud davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi lozim”;
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lgan ajrimlarni, sudning hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinadigan, xususiy shikoyat yoki protest berilmaydigan, lekin e’tirozlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat (protest) keltirilishi mumkin bo‘lgan ajrimlardan farqlash lozim”;
15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qonunga muvofiq (FPKning 400, 4191-moddalari), birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin, basharti protsessual qonunda bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa yoki ajrim ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilsa.
Bunday ajrimlarga quyidagilar kiradi:
arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi;
arizani qaytarish to‘g‘risidagi;
ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi;
sud jarimasini solish to‘g‘risidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi;
ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi;
o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi;
qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi;
hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uning bo‘lib-bo‘lib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi;
ijro varaqasining yoki sud buyrug‘ining dublikatini berish to‘g‘risidagi;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risidagi;
da’voni ta’minlash masalalari bo‘yicha;
sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi va bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi;
sud xarajatlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha;
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ish bo‘yicha;
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi;
ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish to‘g‘risidagi;
ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish va tugatish haqidagi masalalar bo‘yicha;
ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi;
da’vo ariza (ariza)ni sudga taalluqliligiga ko‘ra, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi;
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risidagi va boshqalar.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining uchinchi qismi)”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash to‘g‘risida” 2019-yil 24-dekabrdagi 25-sonli qarori:
1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari o‘zlari tomonidan chiqarilgan ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ular tomonidan quyi instansiyaning sud hujjati o‘zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, qayta ko‘rishga haqli (FPK 438-moddasi)”;
10-bandining birinchi xatboshisidan “ashyoviy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning qanoatlantirilishi tegishli sud tomonidan FPK bilan ushbu instansiya sudi uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladi (FPK 445-moddasi)”;
13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan qonunda belgilangan muddatlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi instansiya sudining sud hujjatini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani rad qilish haqidagi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) qanoatlantirilganda, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi FPKning 47-bobi tartibida ushbu ajrimni, shuningdek, arizachi tomonidan qayta ko‘rish masalasi qo‘yilgan sud hujjatini, agar ushbu sud hujjatini qayta ko‘rish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, bekor qiladi. Bunday holda ish birinchi instansiya sudiga mazmunan ko‘rish uchun yuboriladi”.
22. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli qarori:
1-bandidagi “audio- va videoyozuvlardan” degan so‘zlar “raqamli dalillardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillarni taqdim etish va isbotlash majburiyati taraflarga yuklatilgan. Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonunda dalillarni taqdim etish majburiyatini taqsimlashga oid umumiy qoidalardan tashqari, ayrim toifadagi ishlar uchun maxsus qoidalar ham belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 111, 120, 146, 154, 174, 395-moddalariga muvofiq, muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asosliligi, ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi, xodimning ish beruvchi bilan boshqa joyga ko‘chib o‘tishni rad etganligi, xodimni ishdan chetlashtirishning qonuniyligi, mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligi, ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga o‘tkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, xodim vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra ishdan chetlashtirilgan hollarda esa xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organining zimmasiga yuklatiladi.
Zarar yetkazishda aybi yo‘qligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati esa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga muvofiq javobgarga yuklatiladi”;
o‘zbekcha matnida 11-bandining ikkinchi xatboshisidagi “qarori” degan so‘zlar “hal qiluv qarori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13-bandining uchinchi xatboshisidagi “yozma yoki ashyoviy” degan so‘zlar “yozma, raqamli yoki ashyoviy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2024-yil 25-martdagi 9-sonli qarori:
2-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Prokuror, yuqori turuvchi prokuror va ularning o‘rinbosarlari prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishga haqli. Shuningdek, prokuror FPK 383-moddasining birinchi qismi, 403-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lganda, apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishi mumkin”;
3-bandining birinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil” so‘zlaridan keyin “hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2024-yil 25-iyundagi 20-sonli qarori:
2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning o‘rinbosarlari prokuror ishtirokida ko‘rilgan hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha taftish tartibida protest keltirishga haqli. Prokuror ishtiroki nazarda tutilmagan ishlar bo‘yicha taftish tartibidagi protest ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lganda, keltirilishi mumkin”.
V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining iqtisodiy ishlarga oid quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli qarori:
1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, ularning qonuniy huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, shu asosda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza berishga haqli emas, bunday holatda ular faqat sud hujjatlari ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish tartibida shikoyat berishi mumkin. Bunday shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganida arizani qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 316-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoxud 3242-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda tugatiladi”
3-banddagi “apellyatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellyatsiya, kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi ochilgan holatlar mavjud bo‘lmasdan, sud hujjatini apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rib chiqish asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida berilgan arizani qanoatlantirish mumkin emas. Bunda iqtisodiy sud ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etishi lozim”;
7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda boshqa organ qarori bekor qilingan deganda ushbu hujjatning haqiqiy emas deb topilganligini tushunish lozim”;
8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga, agar sud hujjati apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, ariza iqtisodiy sudning sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan tegishli instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi. Agar ko‘rsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng aniqlansa, ariza ish hujjatlari bilan birga tegishli instansiya sudiga yuboriladi”;
11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya sudining sud hujjatini, agar u apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarida o‘zgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan bo‘lsa, faqat shu sud instansiyasi qayta ko‘rib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarining sud hujjati IPK 326-moddasining ikkinchi qismiga binoan o‘zgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi”;
13-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda arizadan voz kechgan shaxs ayni shu asos bilan murojaat qilishga haqli emas”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani IPK 107-moddasining 3 va 8-bandlariga mos holda ko‘rmasdan qoldirish yoki ariza bo‘yicha ish yuritishni IPK 110-moddasining 4 — 6-bandlariga mos holda tugatish mumkin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari taftish instansiyasining ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
15-bandning birinchi xatboshisi “kassatsiya” degan so‘zdan keyin “va taftish” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining ish yurituvida bo‘lgan vaqtda yangi ochilgan holat bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqish haqida ariza kelib tushsa, bu sud shikoyatni ko‘rib chiqishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish natijalari olingunga qadar to‘xtatib turadi va ishni sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish haqidagi ariza kelib tushgan tegishli instansiya sudiga yuboradi.
Agar sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilinsa, yuqori instansiya sudi shikoyat bo‘yicha ish yuritishni IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 3242-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda tugatadi”;
quyidagi mazmundagi 161, 162-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“161. Sud hujjatining yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, yuqori turuvchi sud bir vaqtning o‘zida arizada yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish so‘ralgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ham bekor qiladi va ishni sud hujjati bekor qilingan tegishli sudga mazmunan ko‘rish uchun yuboradi.
162. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni ko‘rishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etadi.
Agar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilgunga qadar ish bo‘yicha yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, yangi sud hujjatiga nisbatan shikoyat (protest) berilgan yoki berilmaganligidan qat’iy nazar ushbu sud hujjati bekor qilingan ajrim asosida qabul qilinganligi sababli u ham bekor qilinadi.”
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli qarori:
quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Shartnoma tuzilmagan yoki haqiqiy emas deb topilganda bunday shartnoma bo‘yicha mulkiy javobgarlik chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni qanoatlantirishni rad etish lozim bo‘ladi”;
quyidagi mazmundagi 32-band bilan to‘ldirilsin:
“32. Agar qonun hujjatlari bilan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni faqat elektron do‘kon orqali, tanlov yoki tender, shuningdek Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan tuzilishi nazarda tutilgan bo‘lib, shartnoma esa ko‘rsatilgan talablarga amalga qilinmasdan tuzilgan bo‘lsa, bunday bitim FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emas bo‘ladi.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar qonun hujjatlarida shartnoma tuzishda tanlov (tender) savdolari o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday shartnoma shartlarini o‘zgartirish yuzasidan qo‘shimcha kelishuv tuzish uchun tanlov (tender) komissiyasining belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va rasmiylashtirilgan bayonnomasi asos bo‘ladi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tanlov (tender) savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlarini taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudlarning e’tibori ushbu talablarga rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligiga qaratilsin.
Tanlov (tender) savdolari natijalari yuzasidan tuzilgan shartnomaga taraflarning kelishuviga asosan kiritilgan o‘zgartirishlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.”
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qarori:
4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, sud hujjatini ijro etish bosqichi deganda, sud hujjati asosida ijro varaqasi berilganidan keyingi bosqich tushuniladi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar sudga taqdim etilgan kelishuv bitimini tasdiqlash rad etiladi”;
O‘zbek tilidagi matnining 13-bandidagi “IPK 134-moddasining to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar “IPK 134-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
O‘zbek tilidagi matni 19-bandining birinchi xatboshisidagi “IPK 173-moddasining” degan so‘zlar “IPK 73-moddasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilsin:
“IPK 133-moddasining beshinchi qismiga muvofiq ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ko‘riladi”
24-bandidagi “Bankrotlik to‘g‘risida” degan so‘zlar “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qarori:
3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudlarning e’tibori, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda ularning tarkibiy tuzulmalari ham hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligiga qaratilsin”
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
O‘zbek tilidagi matni 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “xo‘jalik sudida” degan so‘zlar “iqtisodiy sudda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar uchun IPK 223-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddat ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblanadi.”;
quyidagi mazmundagi 10.1-band bilan to‘ldirilsin:
“10.1. Hakamlik sudining qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori asosida ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishda iqtisodiy sud ushbu qarzdorlik o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan yoki tuzilmagan bitimlardan kelib chiqqanligini aniqlasa, IPK 231-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ijro varaqasi berishni rad etishi lozim”;
15.6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’muriy, oila va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar, xususan, davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi; undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi; davlat ro‘yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; agar qonunda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonunchilik talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini budjetdan qaytarish to‘g‘risidagi nizolar; huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash; yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi; yer bilan bog‘liq, bino — inshootlarga egalik huquqini belgilash; mulk huquqini tan olish; budjet tizimi budjetlaridan pul undirish haqidagi nizolar hakamlik sudi muhokamasi predmeti bo‘la olmaydi.”
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarori:
2.2-bandning birinchi xatboshisidagi “suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya)” degan so‘zlar “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-banddagi “tasdiqlovchi dalillar” degan so‘zlardan keyin “davlat xaridlari bilan bog‘liq shartnomalar bo‘yicha xarid qilish tartib-taomiliga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
O‘zbek tilidagi matni 15.1-bandining birinchi xatboshisidagi “IPK 143-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar “IPK 144-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15.1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) IPKning 34, 35 va 36-boblariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Ajrim apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, ish hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi”;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrug‘i apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi. Shu munosabat bilan sud buyrug‘i ustidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 316-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, sud buyrug‘ini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish esa, IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar shikoyat yoki ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 324²-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha esa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi”;
20-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
20-band o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) IPKning 34, 35 va 36-boblariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Ajrim apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan sud buyrug‘i ham bekor qilinishi lozim”;
qarorning o‘zbek tilidagi matni 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan ajrimlar chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda taraflarga yuboriladi yoki ularga tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli qarori:
7-bandi “apellyatsiya” degan so‘zdan keyin “kassatsiya va taftish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IPKda ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) nazarda tutilmaganligi munosabati bilan sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda ish yuritishni to‘xtatib turish ham ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) bo‘lsa, shikoyat (protest)ning faqat ish yuritishni to‘xtatib turishga oid qismi ko‘rib chiqiladi. Agar shikoyat (protest) sud ajrimining ekspertizani tayinlashga oid qismi ustidan berilgan bo‘lsa, uni qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 2-bandi yoxud 316-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi. Agar ariza (protest) ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, u bo‘yicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 3242-modda birinchi qismining 2-bandiga asosan, shikoyat (protest) ko‘rib chiqilayotgan sud instansiyasida tugatiladi”
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli qarori:
4-bandi “kassatsiya” degan so‘zdan keyin “va taftish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
O‘zbek tilidagi matnining 12.1-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Maslahatdan so‘ng sud hujjati IPKda belgilangan tartibda e’lon qilinadi”
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli qarori:
9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza faqatgina birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati qabul qilingunga qadar berilishi mumkin. Agar bunday ariza ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish jarayonida berilsa, u qanoatlantirilmaydi va bu haqida sud hujjatining asoslantiruvchi qismida ko‘rsatiladi, bundan ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari tomonidan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holati mustasno”;
16.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Da’vogar tomonidan o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini uzrli deb topish va uni tiklash haqida ariza faqatgina birinchi instansiya sudiga berilishi mumkin, ya’ni da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi faqat birinchi instansiya sudi tomonidan uzrli deb topilishi mumkin. Bunday arizaning apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ko‘rilayotgan paytda berilishi o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini tiklash va buzilgan huquqni himoya qilinishi uchun asos bo‘la olmaydi, bundan ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari tomonidan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holati mustasno”
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli qarori:
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar inobatga olishlari kerakki, yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatlarga ish kuni bo‘lmagan kunlar ham kiradi, IPK 20310-moddasining oltinchi qismi va 222-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
11-bandning birinchi xatboshisi “(IPK 300-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari)” degan so‘zlardan keyin “taftish tartibidagi shikoyat (protest) (IPKning 3243-moddasi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
12-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida da’vo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan IPKning 163-moddasida nazarda tutilgan tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida sudgacha majlis o‘tkazish hollari bundan mustasno”;
15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IPK 17-moddasining to‘rtinchi qismi, 24-moddasi, 45-moddasining to‘rtinchi qismi, 47 va 48-moddalari, 158-moddasining birinchi va uchinchi qismlari, 160-moddasining birinchi qismi, 171-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni ko‘rish yangidan boshlanadi”;
o‘zbek tilidagi matnining 21.1-bandidagi “IPKning 17 va 128-moddalariga” degan so‘zlar “IPKning 17 va 172-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori (ajrim)ni qabul qilgan birinchi instansiya sudiga kelib tushgan kundan hisoblanadi”;
“27. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar hamda ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi sababli ishni ko‘rishda qatnashmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatini berish uchun o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish IPKning 262-moddasida nazarda tutilgan bir oylik muddat o‘tkazib yuborilganligi sababli rad etilishi mumkin emas.
Sudlar arizachining sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi haqidagi vajlariga baho berishda, taraflarning xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi ishda mavjud dalillarni tekshirishlari, agarda shikoyat ishga jalb qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan bo‘lsa, ular sud hujjati bilan o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini qachondan boshlab bilgan yoki bilishlari lozim bo‘lganligini aniqlashlari kerak.
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi va 310-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi arizani berish uchun belgilangan muddat qat’iy hisoblanadi.
27.1. Sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsga shikoyat qilinayotgan sud hujjatining yuborilmaganligi yoki o‘z vaqtida yuborilmaganligi oqibatida shikoyatni berish muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va taftish tartibidagi shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi ariza IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi va 310-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatda berilgan bo‘lsa, tiklanishi lozim.
27.2. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini berishning o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash uchun apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatni berish to‘g‘risidagi masalani yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) bilan kelishish lozimligi, rahbar yoki vakilning xizmat safarida, mehnat ta’tilida yoxud davolanishda bo‘lganligi, huquqshunos lavozimining vakantligi yoki ushbu shtat birligining mavjud emasligi, rahbarning almashganligi, shuningdek yuridik shaxsning boshqa turli ichki tashkiliy muammolari kabi boshqa holatlar uzrli sabablar deb baholanmasligi lozim”;
quyidagi mazmundagi 26, 26.1 va 26.2-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“26. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan bo‘lsa, taftish tartibdagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan bo‘lsa, taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 307-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran uch oy ichida, lekin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda kiritilishi mumkin.
26.1. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va taftish tartibida shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
26.2. Taftish shikoyati (protesti) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rish uchun belgilangan bir oylik muddat taftish shikoyatini (protestini) sud muhokamasiga ko‘rib chiqish uchun tayinlash haqida ajrim chiqarilgan kundan hisoblanadi va keyingi oyning tegishli kunida tugaydi.
Alohida hollarda taftish shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.”
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida” 2015-yil 27-noyabrdagi 289-sonli qarori:
rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 8.1-band bilan to‘ldirilsin:
“8.1. Raz’yasnit sudam, pri udovletvoreniya iskovogo trebovaniya o vozvrate lizingovogo obyekta gosudarstvennaya poshlina ischislyayetsya iz seni lizingovogo obyekta”.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori:
20-bandining birinchi xatboshisidagi “xo‘jalik sudlarida” degan so‘zlar “iqtisodiy sudlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
7-bandning birinchi xatboshisi “kassatsiya” degan so‘zdan keyin “yoxud taftish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shartnoma shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi iqtisodiy nizolar ham sudga taalluqlidir. Bunday turdagi nizolarni sud o‘z ish yuritishiga qabul qilishi uchun shartnomaning turi ham, uni tuzish tartibi ham ahamiyatga ega emas. Shu bilan birga FK shartnomani bekor qilish va o‘zgartirish, agar FK, boshqa qonunlar yoki shartnoma bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflarning kelishuvi bo‘yicha mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani belgilaydi (FK 382-moddasining birinchi qismi). Taraflardan birining talabi bilan esa shartnoma sud tomonidan faqat ikkinchi taraf uni jiddiy ravishda buzsa hamda FK, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (FK 382-moddasining ikkinchi qismi)”;
to‘rtinchi xatboshisi bilan to‘ldirilsin.
“Sudlar shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi da’volarni qabul qilish masalasini hal etishda bir tarafning shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi shartnomaning barcha taraflariga yuborilganligiga, shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan, agar shartnoma uch va undan ortiq taraflar ishtirokida tuzilgan bo‘lsa, qolgan barcha taraflardan rad javobi olinganidan yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olinmaganidan keyingina shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqi paydo bo‘lishiga e’tibor qaratsin”;
14-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi instansiya sudida ishtirok etuvchi vakillar apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek, taftish tartibidagi shikoyat berishga, agar bunday protsessual harakatlarni amalga oshirish ishonch bildirgan shaxs tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus qayd etilgan bo‘lsa, haqli”;
quyidagi mazmundagi 302-band bilan to‘ldirilsin:
“302. Sudlar davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalardan kelib chiqqan nizolarni ko‘rib chiqishda tegishli iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda g‘aznachilik bo‘linmasini uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etish chorasini ko‘rishga e’tibor qaratishlari lozim”;
321-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni talabiga rioya qilinmagan holda tuzilgan mediativ kelishuvga ham qo‘llaniladi”;
41-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) va taftish tartibidagi shikoyat (protest) kelib tushganidan keyin yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rishda qonunchilik hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2023-yil 20-noyabrdagi 27-sonli qarori:
34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasida IPKda belgilangan muddatlarda tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2024-yil 25-iyundagi 21-sonli qarori:
Rus tili matnidagi 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “IPK” degan so‘z “EPK” degan so‘z bilan almashtirilsin.
VI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ma’muriy ishlar bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi 44-sonli qarori:
1-bandining birinchi xatboshisidagi “39-moddasi” degan so‘zlar “46-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti bilan bog‘liq ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan ““Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma va ushbu sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar normalari qo‘llanishi lozim”;
birinchi xatboshisidagi “2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli” degan so‘zlar “2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 37-moddasiga asosan, yoshga doir umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash uchun faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanadi”;
ikkinchi xatboshisidagi “2011-yil 7-apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan ““Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudlar nazarda tutishi lozimki, 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari xodimga to‘lanadigan ish haqi shaklidagi daromadlardan hisoblanadi va ushlab qolinadi 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa xodimning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlaridan hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasi).
Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi va xodimning mehnatiga haq to‘lash tarzidagi daromadlari soliq organlarida shakllantirilgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Shundan kelib chiqqan holda, sudlar ish beruvchining ijtimoiy soliq, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi sababli ish davrini stajga qo‘shmaganlik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, bu holat ish faoliyati davrini xodimning ish stajidan chiqarish uchun asos bo‘lmasligini inobatga olishlari lozim”;
10-bandining ikkinchi xatboshisidagi ““a”, “b”, “v” va “g” bandlarida” degan so‘zlar ““a” — “g” va “k” bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xususan, ish stajiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr;
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;
v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda;
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
d) I guruh nogironiga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt;
e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda o‘qish;
j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil;
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr;
k) ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa.
Qayd etilgan “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu bandning “a” — “g” va “k” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar qayd etilgan bandning “a” — “g” va “k” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’iy nazar qo‘shiladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi. Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiya miqdorini oshirish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab, Qonun 27-moddasining “g” bandida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshisidagi “2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli” degan so‘zlar “2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli” degan, “Nizomning 35-bandiga” degan so‘zlar “Nizomning 27-bandiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “115 va 139-moddalariga” degan so‘zlar “182 va 221-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yakka tartibdagi mehnat faoliyati, shu jumladan, yakka (guruhli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dehqon, fermer xo‘jaliklaridagi faoliyat davrini pensiya olishga huquq beruvchi ish stajiga qo‘shish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori talablaridan kelib chiqishi lozim”;
15-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chet elda yollangan holda ishlagan davrni ish stajiga qo‘shmaslik bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablarini qo‘llashlari talab etiladi.
Sudlarga tushuntirilsinki, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi yoki fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy Byurolardan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan chet elda yollangan holda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmagan holda), tashkilotlarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs hisoblanadi”;
16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 20-moddasiga asosan, zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Shuni inobatga olish lozimki, soliq to‘lovchilarga ijtimoiy soliq hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek, ularning hisoblab chiqarish to‘g‘riligi uchun javobgarlik ham yuklatilgan”;
17-bandining birinchi xatboshisidagi “2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli” degan so‘zlar “2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli” degan, “35-bandining “j” kichik bandi, 66-bandi” degan so‘zlar “27-bandining “j” kichik bandi, 62-bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 352-moddasiga muvofiq ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shartligi belgilangan”;
birinchi xatboshisidagi “81-moddasi” degan so‘zlar “125-moddasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“mehnat daftarchasi” degan so‘zlaridan keyin “(elektron mehnat daftarchasi)” degan so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2021-yil 1-iyundan boshlab pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy ishlarni ko‘rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 15-sonli qarori:
24-bandining birinchi xatboshisidagi “arizachi” degan so‘zdan keyin “birinchi” degan so‘zi bilan to‘ldirilsin;
26-bandidagi “tushuntirib berish tavsiya etilsin” degan so‘zlar “tushuntirib berishlari lozim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
rus tilidagi matnining 26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V selyax povisheniya pravosoznaniya grajdan sudam sleduyet posle ob’yavleniya sudebnogo akta raz’yasnyat sut i osnovaniya yego prinyatiya”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2019-yil 24-dekabrdagi 24-sonli qarori:
9-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, davlat ijrochilarining ijro hujjatini O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda ijro etmaslikda ifodalangan harakatsizligi ustidan nizolashishga doir ishlar ham ma’muriy sudga taalluqlidir”;
10-bandining birinchi xatboshisidagi “20-moddasining to‘qqizinchi qismi” degan so‘zlar “202-moddasining sakkizinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14-bandining birinchi xatboshisidagi “davlat boji” degan so‘zlardan keyin “va pochta xarajati” degan so‘zi bilan to‘ldirilsin;
17-bandining birinchi xatboshisidagi “ikkinchi qismiga” degan so‘zlar “uchinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sud hujjati unda ko‘rsatilgan muddatda ijro etilmagan taqdirda, tegishli organ mansabdor shaxsiga birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi va sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi. Sud hujjatining takroran ijro etilmasligi dastlabki solingan jarimaning o‘n baravari miqdorida jarima solishga asos bo‘ladi (MSIYUtKning 122-moddasi)”.
VII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2021-yil 15-yanvardagi 1-sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Toshkent sh.,
2024-yil 16-dekabr,
39-son