Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
qarori
Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) yangi tahrirda qabul qilinganligi, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi tomonidan ajrimlar chiqarishda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishi boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ish mazmunan hal qilinmaydigan sud hujjati hisoblanadi (FPK 6-moddasining oltinchi qismi). Shu bilan birga, fuqarolik ishini koʻrishda vujudga keladigan masalalar boʻyicha ajrimlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri chiqarilishi, uni belgilangandek sud muhokamasiga tayyorlash, protsess ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori qabul qilishga yordam beradi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Birinchi instansiya sudining ajrimlarini chiqarish, mazmuni va ijro etishni tartibga soluvchi umumiy qoidalari FPK 24-bobida nazarda tutilgan.
2. Birinchi instansiya sudining ajrimlari alohida xonada (maslahatxonada) tuziladigan alohida protsessual hujjat shaklida ham, sud majlisi bayonnomasiga sud tomonidan qabul qilingan qaror haqida tegishli yozuv kiritgan holda sud majlisi zalida ham chiqarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sud alohida protsessual hujjat sifatida:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida;
arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
arizani qaytarish toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida;
ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida;
bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talablarni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida;
ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish yoki shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb qilish toʻgʻrisida;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
ish boʻyicha boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisida;
huquqiy vorislar protsessga kirishishi toʻgʻrisida;
sud topshirigʻi toʻgʻrisida;
daʼvoni taʼminlash, daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish, shuningdek daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisida;
rad qilish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida;
shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisida;
sud jarimasini solish toʻgʻrisida;
sud ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisida;
javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisida;
ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida;
arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlash va ish muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida;
alimentlarni hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar undirish toʻgʻrisida;
ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida;
sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida;
ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrish yoki ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisida;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish haqida;
Oldingi tahrirga qarang.
darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash haqida;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qaroriga asosan oʻttiz birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrish toʻgʻrisida;
hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish yoki bekor qilishni rad qilish toʻgʻrisida;
hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida;
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish yoki buni rad etish toʻgʻrisida;
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizani qaytarish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oʻttiz yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish yoxud boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha;
(3-bandning oʻttiz sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
daʼvo ariza (ariza)ni sudga taalluqliligiga koʻra, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga majbur.
(3-bandning qirqinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Alohida protsessual hujjat koʻrinishida sudning xususiy ajrimi ham chiqariladi (FPK 275-modda).
4. Sud FPK 271-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq murakkab boʻlmagan masalalarni hal etish boʻyicha (uchinchi shaxslar, taraflar vakillarini ishga jalb qilish yoki kirishishi, guvohlarni chaqirish, sud muhokamasini keyinga qoldirish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni talab qilib olish yoki ishga qoʻshib qoʻyish va boshqalar) maslahatxonasiga kirmasdan joyida ajrim chiqarishga haqli.
Shuni nazarda tutish lozimki, sud oʻz xohishiga koʻra har qanday masala boʻyicha alohida protsessual hujjat koʻrinishidagi ajrim chiqarishga haqli.
5. Sudlarning eʼtibori ajrimlar, qonun boʻyicha uning mazmuniga qoʻyilgan talablarga qatʼiy mos ravishda chiqarilishi zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. FPK 272-moddasining mazmuniga koʻra, sudning alohida xonada (maslahatxonada) chiqarilgan ajrimi kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat.
Ajrimning kirish qismida:
ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
ishni koʻrayotgan sudning nomi;
sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Ajrimning bayon qismida nizo predmeti va sud tomonidan hal qilinayotgan masalaning mohiyati koʻrsatiladi.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida:
sudning xulosasiga olib kelgan sabablar;
ishni hal etishda sud amal qilgan qonun normalariga havola koʻrsatiladi.
Ajrimning xulosa qismida:
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosalari;
ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari koʻrsatiladi.
Ajrim xulosa qismining taʼrifi uni ijro etishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi uchun aniq va tushunarli boʻlishi kerak.
Alohida sud hujjati koʻrinishida chiqarilgan ajrim, u chiqarilgandan soʻng darhol eʼlon qilinadi va ishga qoʻshiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
7. FPK 272-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, sud tomonidan joyida chiqariladigan ajrim nizo predmeti va muhokama etilayotgan masalaning mohiyati, qonun normalariga asoslar va havolalar, sudning asoslantiruvchi xulosalari va hal etilayotgan masala boʻyicha sudning xulosalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va darhol eʼlon qilinishi lozim.
8. Alohida sud hujjati koʻrinishida chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, shuningdek u daxldor boʻlgan oʻzga shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi (FPK 273-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
9. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FPK bilan alohida masalalar boʻyicha ajrimlar mazmuniga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilangan (FPK 95, 96, 103, 122, 125, 144, 167, 168, 181, 194, 226, 2792, 2794, 353, 358-moddalari).
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Masalan, FPK 95-moddasining uchinchi qismi talablariga muvofiq ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Arz qilingan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli arizani qabul qilish rad qilinganda (FPK 194-moddasi birinchi qismining 1-bandi), agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, ajrimda arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligi koʻrsatilishi shart.
(9-bandning uchunchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish haqidagi ajrim FPK 195-moddasida nazarda tutilgan havolani, bunga asosni, ajrim ustidan shikoyat qilish muddati va tartibini, shuningdek arizachiga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng sudga qayta murojaat qilish huquqi tushuntirilganligini oʻz ichiga olishi lozim.
10. Sudlar ish boʻyicha ish yuritish tamomlanadigan (arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish haqidagi) ajrimlar chiqarishda, FPK 122 va 124-moddalarida nazarda tutilgan arizani koʻrmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish asoslarining roʻyxati tugal hisoblanishini nazarda tutishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10, 101 va 11-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ariza koʻrmasdan qoldirilganda, sudning ajrimida ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etish yoʻllari koʻrsatilishi lozim.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirishda, sud ajrimda ish boʻyicha qabul qilingan daʼvoni taʼminlash choralari bekor qilinganligi haqida koʻrsatadi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
FPK 122-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan asos boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirishda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda daʼvo taqdim etish huquqini tushuntirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi talablariga muvofiq:
arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqida;
sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish haqida;
ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida;
taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli arizani koʻrmasdan qoldirish haqida;
ishda qatnashgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa, ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimlarni chiqarishda sud davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
12. Shuni nazarda tutish lozimki, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning mavjudligi, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish (FPK 194-moddasi birinchi qismining 2-bandi) yoxud ish yuritishni tugatish (FPK 124-moddasining 2-bandi) uchun soʻzsiz asos hisoblanadi.
Shu munosabat bilan daʼvogarning arz qilingan talablardan voz kechishini qabul qilishda, shuningdek taraflar oʻrtasidagi kelishuv bitimini tasdiqlashda sud ularga koʻrsatilgan asoslar boʻyicha ish yuritishni tugatish oqibatlarini tushuntirishi va bu sud majlisi bayonnomasida ham, sudning ajrimida ham yoritilishi lozim.
13. Sudlarning eʼtibori, FPK 275-moddasida nazarda tutilgan sudning xususiy ajrim chiqarish huquqi, sudning davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida, ularning ishda ishtirokidan qatʼi nazar, ishni koʻrish chogʻida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishiga nisbatan munosabat bildirish vositasi ekanligiga qaratilsin. Xususiy ajrim koʻrilayotgan huquqiy munosabat predmeti doirasidan chetga chiqadigan masala boʻyicha sud tomonidan chiqariladi.
Ishni koʻrishda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan holda, sud bu haqda alohida protsessual hujjat chiqarmasdan, prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabarnoma yuborish bilan cheklanadi (FPK 275-moddasining beshinchi qismi).
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlarni, sudning hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinadigan, xususiy shikoyat yoki protest berilmaydigan, lekin eʼtirozlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat (protest) keltirilishi mumkin boʻlgan ajrimlardan farqlash lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qonunga muvofiq (FPKning 400, 4191-moddalari), birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin, basharti protsessual qonunda bu toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa yoki ajrim ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa.
Bunday ajrimlarga quyidagilar kiradi:
arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
arizani qaytarish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi;
sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi;
oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi;
qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uning boʻlib-boʻlib ijro etilishi, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasining yoki sud buyrugʻining dublikatini berish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisidagi;
daʼvoni taʼminlash masalalari boʻyicha;
sud buyrugʻini bekor qilish haqidagi va bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
sud xarajatlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha;
hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ish boʻyicha;
chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish va tugatish haqidagi masalalar boʻyicha;
ijro ishini yuritishni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
daʼvo ariza (ariza)ni sudga taalluqliligiga koʻra, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi va boshqalar.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunga muvofiq FPK 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin (FPK 123-moddasining uchinchi qismi).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Birinchi instansiya sudining xususan, quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilinmaydi:
arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi;
ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi;
bir necha ishlarni birlashtirish va bir necha talablarni ajratish toʻgʻrisidagi;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi;
sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi;
javobgarni (qarzdorni) qidirish toʻgʻrisidagi;
ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish toʻgʻrisidagi;
huquqiy vorislar, uchinchi shaxslar va vakillarning protsessga kirishi toʻgʻrisidagi;
rad qilishni qabul qilish yoki rad qilish toʻgʻrisidagi;
ishni mazmunan koʻrishni tiklash toʻgʻrisidagi;
ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish toʻgʻrisidagi;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoxud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
ashyoviy dalillarni saqlash va ularni qaytarish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi;
shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi;
ishga boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi;
videokonferensaloqa rejimida sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisidagi;
ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrish yoki daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻgʻrisidagi va boshqalar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
17. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilinayotgan ajrim, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirishi uchun nazarda tutilgan tartibda qonuniy kuchga kiradi.
Alohida shikoyat qilinmaydigan ajrimlar eʼlon qilingandan soʻng darhol qonuniy kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari birinchi instansiya sudlari tomonidan ajrimlar chiqarilishi amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirsin hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
19. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-oktabr,
19-son