1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Mamlakatimizda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sohaning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bolalarning sogʻligʻi, xavfsizligi, toʻliq jismoniy, aqliy va maʼnaviy rivojlanishini, iqtidori va isteʼdodini yuzaga chiqarishni taʼminlovchi kafolatlar sezilarli darajada kuchaytirildi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) instituti taʼsis etildi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, ularning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi tizim joriy etildi.
Bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda manzilli va samarali chora-tadbirlarni belgilash, bolalar sogʻligʻini saqlash, salomatligini tiklash, taʼlimga jalb etish, kasbga yoʻnaltirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlik va hisobdorlik tizimini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari 2- va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
2. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʼdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bajarilayotgan ishlarni tizimli tahlil qilish, baholash va samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bolalarning ustuvor ravishda oila muhitida oʻsib-ulgʻayishini taʼminlash maqsadida bolalarni oilaga tarbiyaga berish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va tarbiyaga berish tizimining samaradorligini tahlil qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish;
sifatli taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarga chuqur bilim berish, ularning bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish hamda taʼlim olishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan taʼsirchan choralarni belgilash;
“Xavfsiz maktab” tizimi keng joriy etilishiga qaratilgan va maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash boʻyicha dasturlar amalga oshirilishi holatini tahlil qilib borish;
bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda bolalar sportini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasini muhokama qilib borish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga jalb qilish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligini baholash;
bolalarni vatanparvarlikka undaydigan taʼlim-tarbiya samaradorligini, vatanparvarlik va Vatanga sadoqat hissini yuksaltirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar taʼsirchanligini oshirish;
bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat taʼminoti, ularning sifati va sanitariya holatini oʻrganib borish va yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
bolalarda huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni shakllantirish, ular orasida huquqbuzarlik, nazoratsizlik va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning, shuningdek, bolalar ekspluatatsiyasi, ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va ularning reabilitatsiyasini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini tahlil qilish va ular samaradorligini oshirish choralarini koʻrish;
bolalar oʻrtasida spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki boshqa salbiy illatlarni erta bosqichlarda aniqlash, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholab borish va ularni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
bolalar bilan ishlash tizimidagi kamchiliklar, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining, bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi. Bunda Milliy gvardiyaga komissiyalar ishchi organlariga komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish, komissiyalar faoliyati uchun zarur axborotlarni toʻplash va tahlil qilishda koʻmaklashish vazifasi yuklatiladi;
bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan har chorakda kamida bir marta yigʻilish oʻtkazadi;
bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan takliflari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi;
bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻz yigʻilishlarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining komissiya faoliyatiga doir masalalar boʻyicha axborotlarini eshitib boradi, shuningdek, vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qiladi;
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublika Milliy markazi tomonidan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya talablari boʻyicha BMTga taqdim etish uchun tayyorlangan hisobot hamda BMT ustav va shartnomaviy organlarining ushbu hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha berilgan taklif va tavsiyalari Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya majlislarida dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi va yakuni boʻyicha tegishli tavsiyalar beriladi;
bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarning ishchi organlari oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti tegishli komissiya raisi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
4. Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyatiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shtat birliklari hisobidan qoʻshimcha 2 ta shtat birligi ajratilsin.
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻygan pedagog va tarbiyachilarning kelgusida bolalar bilan ishlash boʻyicha mehnat faoliyatini davom ettirishi uchun muayyan cheklovlarni, qoʻshimcha talablarni nazarda tutish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Adliya vazirligi Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda pedagoglarning tarbiyalanuvchilar, oʻquvchi va talaba yoshlar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi barcha hujjatlarni zamonaviy talablar asosida, shu jumladan, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni nazarda tutgan holda toʻliq qayta koʻrib chiqsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi uch oy muddatda Milliy gvardiya hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi “Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya toʻgʻrisidagi nizomni va Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 363-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6275-son Farmoniga4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-dekabr,
PF-201-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-son Farmoniga 1-ILOVA
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Milliy komissiya raisi
2.
M.P. Olloyorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Milliy komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Sh.Sh. Mirziyoyeva
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Milliy komissiya raisi oʻrinbosari
4.
R.M. Djurayev
—
Milliy gvardiya qoʻmondoni, Milliy komissiya raisi oʻrinbosari
5.
Z.B. Mahkamova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
6.
O.M. Qozixonova
—
Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
7.
N.X. Jumayev
—
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
8.
I.M. Adhamov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
9.
X.U. Umarova
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
10.
K.A. Sharipov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
11.
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
12.
A.A. Xudayarov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
13.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
14.
A.I. Ikramov
—
sport vaziri
15.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
16.
B.E. Zaxidov
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
17.
Sh.Gʻ. Xalmuxamedov
—
mudofaa vaziri
18.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
19.
K.K. Kuranbayev
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi
20.
S.D. Toshboyev
—
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi
21.
A.Z. Saʼdullayev
—
Yoshlar ishlari agentligi direktori
22.
M.A. Nurmatova
—
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
23.
N.M. Xoliqnazarov
—
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
24.
O.A. Xasanov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
25.
N.X. Raximova
—
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori
26.
Lavozimi boʻyicha
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul xodimi, Milliy komissiya kotibi
Izoh: Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaaʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-son Farmoniga 2-ILOVA
Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarma boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining oʻrinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi, Komissiya raisi oʻrinbosari
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshliqlari
8.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari
9.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari
10.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, Toshkent shahri madaniyat bosh boshqarmasi hamda viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari
11.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri sport boshqarmalari boshliqlari
12.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari
13.
Lavozimi boʻyicha
—
Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari
14.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
15.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari
16.
Lavozimi boʻyicha
—
hududlar bosh imom-xatiblari
17.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari oʻrinbosarlari
18.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari
19.
Lavozimi boʻyicha
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari
20.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha kotibiyati masʼul xodimi, Komissiya kotibi
Izoh: ushbu komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-son Farmoniga 3-ILOVA
Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari, Komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari
4.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari boshliqlari
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Milliy gvardiya hududiy boshqarmasining tuman (shahar) umumiy oʻrta taʼlim maktablari boʻyicha katta inspektor-psixologlari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari boshliqlari
7.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari boshliqlari
8.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari
9.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari
10.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari boshliqlari
11.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari boshliqlari
12.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari boshliqlari
13.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) bosh imom-xatiblari
14.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) prokurorlari
15.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari
16.
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimligi apparati masʼul xodimi, Komissiya kotibi
Izoh: ushbu komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PF-201-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6275-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ikkinchi xatboshidan “, turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan shaxslarni oʻz vaqtida turar joylar bilan taʼminlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “A. Xadjibayevga” soʻzlari “A. Xudayarovga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi vaziri Sh. Shermatovga” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “maktabgacha taʼlim vaziri A. Shinga” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “turizm va sport vaziri oʻrinbosari A. Karimovga” soʻzlari “sport vaziri A. Ikramovga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovga” soʻzlari “kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 06/24/201/0994-son)