1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-188-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengash toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-oktabr,
709-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2. Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarini amalga oshiruvchi yagona respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
3. Agentlik bevosita Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi;
qisqartirilgan nomi — “Oʻzatom” agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo po atomnoy energii pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo “Uzatom”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Atomic energy agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — “Uzatom” Agency.
8. Agentlikning joylashgan joyi (pochta manzili):
Toshkent shahri, Oybek koʻchasi, 26/1.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
9. Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
“Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat korxonasi;
Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali.
Agentlik tomonidan taʼsis etilgan va ulushida Agentlikning hissasi boʻlgan boshqa tashkilotlar.
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, mazkur sohadagi norma va qoidalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqish hamda qabul qilish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yongʻin xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini taʼminlash choralarini koʻrish;
tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etish;
fundamental tadqiqotlarning, ilmiy izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini yaratish hamda takomillashtirish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek, radiatsiya hamda yadro xavfsizligini taʼminlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar koʻrish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, shu jumladan, chet elda tashkil etish;
avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etish;
yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha dasturlarning shakllantirilishini va roʻyobga chiqarilishini taʼminlashni idoraviy nazorat qilish;
yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilash, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
11. Agentlik oʻziga yuklangan atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish yoʻnalishida quyidagi vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi:
a) atom energiyasidan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishida:
atom energiyasidan foydalanish, yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
tibbiyot, sanoat, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yadro texnologiyalarini, shu jumladan, ionlashtiruvchi nurlanish asosida ishlaydigan qurilmalarni (tezlatkichlar, siklotronlar va boshqalar) joriy etish boʻyicha konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini, yagona davlat siyosatini amalga oshirish doirasida takliflar ishlab chiqadi va Kengash tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bilan bogʻliq tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport va import qilish faoliyatini takomillashtirishda tegishli takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishida:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarining atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini, shu jumladan, ionlashtiruvchi nurlanish asosida ishlaydigan qurilmalarni (tezlatkichlar, siklotronlar va boshqalar) joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi, takomillashtiradi, tavsiyalar ishlab chiqadi hamda birgalikda ishlarni amalga oshirishni tashkil qiladi;
v) atom energiyasidan foydalanish sohasiga doir davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻnalishida;
atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshiradi;
milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Kengash tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
radiatsiya, yadro, sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq boʻlgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda, atom energetikasi obyektlarini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
tibbiyot, sanoat, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida innovatsion yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasiga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniya va banklar, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamkorlikni amalga oshiradi;
Agentlik va tizim tashkilotlari faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etadi;
g) atom energiyasidan foydalanish sohasida xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish yoʻnalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralarini taʼminlaydi;
obyektning aholi va atrof-muhitga taʼsirini baholash tuzilmasi, jumladan, ekologik xavfsizlikni taʼminlash konsepsiyasi va mezonlarini ishlab chiqadi;
tasarrufidagi energetik atom reaktorlari, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni saqlash punktlari, shuningdek, radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktlarini atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari talablari va tavsiyalariga koʻra sanoat, yadroviy, radiatsiyaviy va ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ularning darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
tizimidagi tashkilotlar bilan birgalikda tegishli atom energiyasidan foydalanish obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlaydi;
atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etishda va milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish faoliyatini ilmiy-texnologik va metodik taʼminlashni tashkil etadi;
radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi oʻlchov vositalari va tarmoqlari samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularning mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini taʼminlaydi;
d) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, mazkur sohadagi norma va qoidalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqish hamda qabul qilish yoʻnalishida:
oʻz vakolatlari doirasida atom energiyasidan foydalanishni va yadro texnologiyalarini joriy etadi, milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, boshqa manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishadi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa manfaatdor tashkilotlarining atom energiyasidan foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqib, belgilangan tartibda kelishib beradi;
oʻz vakolatlari doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi;
e) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yongʻin xavfsizligi choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish yoʻnalishida:
tasarrufidagi yadroviy qurilmalar va saqlash punktlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;
ishlab chiqilgan yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini va dasturlarini tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini monitoring qiladi va tegishli choralarni koʻradi;
j) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini taʼminlash choralarini koʻrish yoʻnalishida:
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jismoniy himoya qilishning texnik va tashkiliy choralarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jismoniy himoya qilishni taʼminlashda loyihalashtirish, barpo etish, ishga tushirish, foydalanish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishini tashkil etadi;
z) tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, barpo etishga hamda ulardan foydalanishga oid ishlarni tashkil etish yoʻnalishida:
tasarrufidagi yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini tadqiq etishga, joylashtirishga, loyihalashtirishga, qurilishiga, ulardan foydalanishga, barpo etish boʻyicha bitim va shartnomalar tuzishga oid choralarni koʻradi, ishlarni muvofiqlashtiradi;
tasarrufida yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishadi hamda Kengash tavsiyalarini inobatga olgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
i) fundamental tadqiqotlarning, ilmiy izlanish, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarning loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish yoʻnalishida:
atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlaydi, amalga oshiradi hamda ilgʻor texnologiyalarni joriy etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda atom energiyasidan foydalanish sohasida ilgʻor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tarmoqni rivojlantirishning har yilgi, oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlari doirasida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki tizimidagi tashkilotlar orqali xorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
k) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini yaratish hamda takomillashtirish yoʻnalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy, yadroviy va ekologik xavfsizlik tizimini yaratadi va takomillashtiradi;
qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, obyektni ishlatish va ekspluatatsiya qilish paytida, shuningdek, baxtsiz hodisalar yuz berganda, zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar va masofadan turib monitoring yordamida ekotizimning barcha tarkibiy qismlarining oʻzgarishi boʻyicha sanoat ekologik nazorati (monitoringi) dasturini ishlab chiqadi;
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari koʻrsatma va tavsiyalarini inobatga olgan holda, tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik tizimini takomillashtiradi;
l) tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligi, shuningdek, radiatsiya hamda yadro xavfsizligini taʼminlashga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan choralar koʻrish yoʻnalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlaridagi yadroviy materiallar va texnologiyalarning, radioaktiv materiallarning tarqalib ketmasligiga doir tadbirlarni amalga oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarini faoliyat yuritish jarayonida hosil boʻlgan radioaktiv chiqindilarning hisob-kitobi yuritilishini taʼminlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida energiya resurslarini tejash, ularning samaradorligini oshirish maqsadida energoaudit jarayonini oʻtkazilishini taʼminlaydi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi maxfiy maʼlumotlarning aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish boʻyicha bitim va shartnomalar tuzadi va qabul qilingan majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi;
radiatsiyaviy xavfsizlikning asosiy tamoyillari va standartlariga rioya qilish, shuningdek, atrof-muhitga radiatsiyaviy taʼsirni cheklash orqali xodimlar va aholi salomatligini ionlashtiruvchi nurlanishning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida samarali radiatsiyaviy himoyani yaratadi;
loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlar amaldagi qonunchilik talablariga, qoidalarga, shuningdek, atrof-muhit xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan Xalqaro atom energiya agentligi tavsiyalariga muvofiqligini taʼminlash;
m) atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, shu jumladan, chet elda tashkil etish yoʻnalishida:
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilish, yadroviy texnologiyalardan foydalanish va milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashni, yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
yagona kadrlar siyosati amalga oshirilishini ishlab chiqadi va taʼminlaydi hamda Agentlik, idoraviy mansub muassasalari xodimlari mehnatiga ish haqi toʻlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi;
n) avariyaga oid tashqi va ichki rejani ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish yoʻnalishida:
tasarrufidagi yadroviy qurilma va saqlash punktlarida avariyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tasarrufidagi yadroviy qurilma va saqlash punktlarida avariyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi;
tasarrufidagi yadroviy qurilma va saqlash punktlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan avariyaga oid tashqi reja hisobga olingan holda, avariyaga oid ichki reja ishlab chiqilishini hamda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar bilan kelishilishini va tasdiqlanishini taʼminlaydi hamda uning bajarilishini nazorat qiladi;
o) Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimini tashkil qilishda va uning ishlashida ishtirok etish yoʻnalishida:
respublika hududida radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish hamda radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish yagona davlat tizimini yaratishda va ulardan foydalanishda ishtirok etadi;
tasarrufidagi obyektlarda radiatsiyaviy avariyalar sodir boʻlgan taqdirda, kuch va vositalarning harakatga tayyorligini taʼminlash, shuningdek, avariyalarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini idoraviy nazorat qiladi;
p) yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha dasturlarning shakllantirilishini va roʻyobga chiqarilishini taʼminlash ustidan idoraviy nazoratni amalga oshirish yoʻnalishida:
yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha dasturlar ijrosining idoraviy nazoratini taʼminlaydi;
yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid tartib va qoidalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda dasturlar ijrosini idoraviy nazorat qiladi;
r) yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini belgilash, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash yoʻnalishida:
yadroviy qurilmalarning va (yoki) saqlash punktlarining bosh (ilmiy, konstruktorlik va loyihalashtirish) tashkilotlarini oʻz vakolatlari doirasida belgilaydi hamda ushbu tashkilotlarning nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
s) atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash yoʻnalishida:
atom energiyasidan foydalanish sohasida xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni, shu jumladan, Xalqaro atom energiyasi agentligi hamda shu sohadagi boshqa tashkilotlar bilan atom energiyasidan foydalanish obyektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni taʼminlash sohasida hamkorlik qiladi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi xalqaro bitim va shartnomalarni imzolaydi hamda ulardagi Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini vakolatlari doirasida bajarilishini taʼminlaydi.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotlarini statistika organlaridan tekin olish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha kengashlarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda tashkil etish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va oʻquv markazlarini, xoʻjalik hisobidagi axborot markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Agentlik atom elektr stansiyalarini qurish uchun taʼsis etgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalida, shuningdek, yadro texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi boshqa loyihalarda birgalikda moliyalashtirish yoʻli bilan ishtirok etish;
Agentlik oʻz faoliyatini tashkil etishda va takomillashtirishda, jumladan, dizayn, marketing, moliyaviy, yuridik va boshqa xizmatlarni olishda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda xarid qilish tartib-taomillariga asosan shartnomalar tuzish orqali xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;
oʻz vakolatiga kiritilgan masalalarni ishlab chiqish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, xorijiy va milliy olimlarni, ekspertlar hamda mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish va ularning mehnati (xizmati)ga shartnomalar asosida haq toʻlash;
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish, shuningdek, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ularning mehnatiga milliy yoki chet el valyutasida (xorijdagi hisobvaraqlarga oʻtkazgan holda) haq toʻlash;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun noshirlik faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish hamda ommaviy axborot vositalarini (matbuot organlarini) taʼsis etish;
tizimidagi tashkilotlarga tegishli mol-mulkini operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish toʻgʻrisida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishuvga koʻra qaror qabul qilish;
binolarga xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish, asosiy vositalardan va inventarlardan hamda xoʻjalik buyumlaridan, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot vositalarini xarid qilish ishlarini bajarish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish tizimlarini shakllantirish;
Agentlik xodimlarini va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarini, ular tomonidan tegishli sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarning bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
yuklangan topshiriq va vazifalarni amalga oshirish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilm-fan va taʼlim muassasalari mutaxassislarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan jalb etish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
oʻz vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda, forumlar va maydonchalarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga va boshqa mutasaddi organlarga kiritish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar mutaxassislarini stajirovkalardan oʻtkazish, ularning malakasini oshirish, xalqaro konferensiyalarda, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy mamlakatlarga belgilangan tartibda yuborish;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar oʻtkazish;
tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
13. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi, shuningdek, yuklangan vazifalarning sifatli bajarilishi;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish boʻyicha oldindan choralar koʻrilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish, oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi, ularning ijrosi taʼminlanishi;
atom energetikasi uchun yuqori malakali, oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli, professional bilimga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ushbu tarmoq xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ularning mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
Agentlikning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi;
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlar samaradorligi va natijadorligi taʼminlanishi.
4-bob. Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish;
oʻz oʻrinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash va vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlikning davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va energetika vazirining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Agentlik rahbarlari va xodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Agentlik Hayʼat majlislarida raislik qilish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali xorijiy mutaxassislar xizmatiga haq toʻlash shartlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda belgilash hamda ularga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni taʼminlash va tavsiyalar berish;
Agentlik mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash;
Agentlikning ichki tashkiliy masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Agentlik nomidan bozor ishtirokchilariga yozma soʻrovlar yuborish;
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, mehnat shartnomalari (buyruqlari)ni imzolash;
Agentlik xodimlariga vazifalarni yuklash;
Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va tajriba almashish uchun yuborishni tashkil etish;
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida uning egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Agentlikning tashqi va ichki tashkiliy faoliyati ustidan doimiy va qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishi (viza qoʻyilishi)ni taʼminlash;
davlat sirlari bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
(14-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik shtatlar jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlikning xarajatlari smetasini tasdiqlash;
ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
15. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Agentlik direktori maʼlum sabablarga koʻra (xizmat safari, mehnat taʼtili, betobligi davrida) yoʻqligida uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitib borish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Agentlikning va Agentlik direktorining buyruq hamda topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash;
Agentlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarda kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlishini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya qilish va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
Agentlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga kiritish;
xalqaro standartlarga muvofiq atom energiyasi sohasidagi normativ bazaning tizimli asosda qayta koʻrib chiqilishini tashkil etish;
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasini rivojlantirish va tartibga solish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
davlat sirlari bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish.
(15-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
16. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Agentlikning ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha hamda Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
17. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
18. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Agentlik direktori maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
19. Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatiga yakka tartibda rahbarlik qiladi;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Agentlik xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin;
Direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari bajaradi.
20. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Agentlik Hayʼati
21. Hayʼat Agentlikning kollegial organi hisoblanib, direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozim boʻyicha), shuningdek, Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
22. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik vazifalarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni oʻz vakolatlari doirasida bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Agentlik tarkibiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
23. Agentlik direktori qarori bilan quyidagilar:
Hayʼat ish rejalari va belgilangan vazifalarni bajarish muddatlari;
takliflar tashabbusi bilan chiqish, loyihalarni boshlash va hisobot berish tartiblari;
Hayʼatning faoliyatini samarali taʼminlash uchun Agentlik masʼul tarkibiy boʻlinmalarining vazifalari tasdiqlanishi mumkin.
24. Hayʼat yigʻilishiga Agentlik vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va ekspert mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
25. Hayʼat majlisi aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Hayʼat qarorlari oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
26. Direktor va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor ushbu kelishmovchiliklar xususida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.
27. Hayʼat oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan hujjatlar, hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
28. Hayʼat qarorlari Hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Agentlik buyrugʻi (qarori) bilan amalga oshiriladi.
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
29. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
30. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
31. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
32. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda moddiy ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
33. Agentlikning moddiy-texnika taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
34. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga umumiy koʻp yillik xizmati uchun (xususiy sektor, yakka tartibdagi tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari) ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har chorakda ustama toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 0,15;
5 yildan 10 yilgacha — 0,30;
10 yildan 15 yilgacha — 0,45;
15 yildan 20 yilgacha — 0,60;
20 yildan ortiq — 0,75.
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamgʻarma hisobidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
35. Agentlik tuzilmasi va shtatlar jadvali Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
36. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlashda Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 2-ilovada koʻrsatilgan razryadlar qoʻllaniladi.
Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot, qoʻshimcha toʻlov, ustama va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlariga egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar direktor tomonidan belgilanadi;
Jamgʻarma mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bayram sanalari munosabati bilan shtat jadvaliga koʻra xodimlar lavozim maoshiga nisbatan mukofot toʻlanadi.
37. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash qonunchilikda belgilangan razryadlariga asosan boshqaruv xodimlarning lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
38. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga Jamgʻarma hisobidan quyidagilar toʻlanadi:
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha har oylik kompensatsiya toʻlovi;
yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha har oylik kompensatsiya toʻlovi (xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlangan yoki shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini oladigan xodimlar bundan mustasno);
xodim har yillik mehnat taʼtiliga chiqayotganda Jamoa shartnomasida belgilangan miqdorlarda moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari;
lavozim maoshining ikki baravari miqdorida har oylik shaxsiy ustama toʻlov, bunda ushbu ustama direktor va uning oʻrinbosarlariga lavozim maoshining bir yarim baravaridan oshmasligi lozim;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimiga muvofiq quyidagi hajmlarda:
direktorga lavozim maoshining besh baravarigacha;
direktorning birinchi oʻrinbosari, bosh muhandisi hamda direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining toʻrt baravarigacha;
direktor maslahatchilari, boshqarma va boʻlim boshliqlariga lavozim maoshining uch yarim baravarigacha;
bosh mutaxassislarga lavozim maoshining uch baravarigacha;
yetakchi mutaxassislar va yordamchi xodimlarga lavozim maoshining ikki yarim baravarigacha har oy mukofot puli toʻlanadi;
xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega xodimlarga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qoʻshimcha ustama toʻlov amalga oshiriladi.
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga umumiy koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda (mazkur Nizomda belgilangan hajmlarda) toʻlanadigan har choraklik ustamaning teng yarmini qoplash orqali amalga oshiriladi.
39. Bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish hududini kengaytirganlik, xodimlar soni kamligi (vakansiyalar hisobiga) sababli ish hajmi koʻpayganligi uchun lavozim maoshining 50 foizgacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshiriladi.
40. Xorijiy mutaxassislar va xalqaro maslahatchilarning ish haqi tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq toʻlanadi.
41. Faxriy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
42. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimi asosida baholash Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarida tashkil etiladigan komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibi Agentlik (tizimidagi tashkilotlar) direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga direktor-komissiya raisi, direktor oʻrinbosarlari, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi boshligʻi, yuridik taʼminlash boʻlimi boshligʻi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi, bosh hisobchi va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi kiradi.
Komissiya qarori koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli bayon bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
43. Har oyning moddiy ragʻbatlantirish miqdori shu oyning 30-sanasigacha belgilanadi.
44. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari uchun Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga lavozim maoshining bir baravarigacha miqdorida pul mukofoti toʻlanadi.
45. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijda xizmat safarida boʻlish davridagi kunlik yashash, transport va turar-joy xarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi.
46. Mehnat jarohati tufayli xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi bazaviy hisoblash miqdorining kamida oʻn baravari miqdorida bir martalik nafaqa toʻlaydi.
10-bob. Ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
47. Ish beruvchi va xodim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan davlat ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va qatʼiy amalga oshirilishini taʼminlaydi.
48. Ish beruvchi yiliga kamida bir marta Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xodimlarni epidemiologik xavf tugʻdiruvchi kasalliklarga qarshi emlanishini taʼminlaydi.
49. Ish beruvchi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlari uchun sanatoriy-kurort, dam olish uylariga yoʻllanmalarni xarid qilinishini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
50. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida oilaviy sharoiti (nikoh, bola tugʻilishi, yaqin qarindoshlarning (ota-ona, turmush oʻrtogʻi, bolalar) vafoti) uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moddiy yordam toʻlovlari (qoʻshimcha toʻlovlar) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha toʻlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
51. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga yiliga bir marta, 1-noyabrgacha qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida oʻn baravari miqdorida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
52. Yoshga doir davlat pensiyasini olayotgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, xodimga bazaviy hisoblash miqdorining kamida ellik baravari miqdorida moddiy yordam toʻlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
53. Ish beruvchi Jamgʻarmaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Agentlikning zarur yoʻnalishlar boʻyicha isteʼdodli kadrlarini mahalliy hamda chet el oliy oʻquv yurtlarida maqsadli oʻqitish, oʻquv-kontrakt toʻlovlarini xodimning ish haqi yoki Agentlik hisobidan keyinchalik ishlab berish sharti bilan toʻlab berishi mumkin.
54. Jamgʻarma hisobidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan ustama, mukofot, ragʻbat va moddiy yordamlar (qonunchilik hujjatlarida yoki Jamoa shartnomasida belgilangan hollar bundan mustasno) toʻlashni amalga oshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
55. Agentlik xodimlariga oldingi tashkilotlarda berilgan martaba darajalari saqlanadi.
11-bob. Agentlikning hisobdorligi
56. Agentlik direktori Agentlik faoliyatining natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
57. Faoliyat monitoringi va bahosi yakunlariga koʻra Agentlik mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va oʻz vaqtida bajarganlik uchun ragʻbatlantirish yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha boʻlgan javobgarlik choralari koʻriladi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
58. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini boshqarish, shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan shaklda tashkil etiladi.
2-bob. Jamgʻarmani boshqarish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
3. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirgan holda boshqariladi:
Jamgʻarmaning yillik tushumi (daromadi) va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Jamgʻarma mablagʻlari tushumi (daromadi) va xarajatlarining hisobotlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash;
Jamgʻarmaga xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablagʻlarni jalb qilish;
Jamgʻarmaga mablagʻlarni jalb qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Jamgʻarmaning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan, “Navoiyuran” davlat korxonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va boshqa maqsadli mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
5. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan “Navoiyuran” davlat korxonasida har yilgi taʼsischilarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilib, dividendlarni toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, dividendlarning 5 foizi miqdoridagi ajratmalari Jamgʻarmaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Xalqaro moliya va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, homiylik xayriyalari, xorijiy donorlarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarmaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlariga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Jamgʻarmaga tushgan boshqa mablagʻlar har bir valyuta turi boʻyicha tegishli hisobvaraqlarga belgilangan tartibda alohida oʻtkaziladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tushum (daromad) va xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda foydalaniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
7. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlar hamda moddiy yordam mablagʻlarini toʻlab berish va ijtimoiy himoya qilishga;
Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan, avtotransport va asosiy vositalarini xarid qilish va joriy taʼmirlashga;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini, shu jumladan, tashqi, ichki va qurilish infratuzilmasi obyektlarini, xodim va ishchilar uchun xizmat uylarini barpo etish (loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish va yetkazish, qurilish, montaj va ishga tushirish ishlari va boshqalar), yadro texnologiyalarini keng koʻlamda joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarga;
innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirishga;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida jalb qilingan shaxslarga haq toʻlashga;
Agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini, shu jumladan, mahalliy va xorijiy xizmat safarlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlashga;
milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kadrlarni xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarga, shu jumladan, stipendiya, taʼlim muassasasigacha borish-kelish transport xarajatlari (avia va temir yoʻl chiptalari), viza, tibbiy sugʻurta, yashash uchun (turar joyning ijarasi boʻyicha), ovqatlanish va boshqa xarajatlarini moliyalashtirishga;
mahalliy va xorijiy xizmat safari xarajatlari hamda xorijiy delegatsiya tashrifi (xorijiy delegatsiyani kutib olish, transport, ovqatlanish, banket, yashash, madaniy tadbirlar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda sovgʻalar berish bilan bogʻliq xarajatlar va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlarga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi 54-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3425, 13.03.2023-y.).
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlarida ilgʻor yadro texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Agentlik tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jismoniy himoyasini taʼminlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarga;
yadro yoqilgʻisi va radiatsiyaviy manbalarni xarid qilish, ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi va radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishga oid barcha xarajatlarga;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarda zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan, korporativ boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarga;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga tegishli binolarni saqlash, joriy va kapital taʼmirlashga;
jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan, ish beruvchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan va qonunchilikda belgilangan meʼyorlardan oshmagan holda barcha tadbirlarni va xarajatlarni moliyalashtirishga.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
8. Agentlik markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar rahbariyati va xodimlarining xizmat safari (yoʻlkira, kunlik, yashash va boshqalar) xarajatlari Agentlik direktorining buyrugʻi asosida toʻlab beriladi.
9. Jamgʻarma mablagʻlari joriy moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida ishlatiladi.
10. Hisobot yilida foydalanilmay qolgan Jamgʻarma mablagʻlari keyingi yillarda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarga yoʻnaltiriladi.
11. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlari tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
5-bob. Nazorat, hisob va hisobdorlik
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
12. Jamgʻarma mablagʻlarini joriy yuritish, shuningdek, hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikning masʼul boʻlimi (moliya-iqtisodiy tahlil va investitsiya boʻlimi) tomonidan amalga oshiriladi.
13. Jamgʻarmaga mablagʻlarning belgilangan manbalardan toʻliq kelib tushishini Agentlik nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, shuningdek, tasdiqlangan tushum (daromad) va xarajatlar smetasiga muvofiq choraklik va yillik hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borish majburiyati Agentlik direktoriga yuklanadi.
15. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan tekshiruvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
16. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 3-ILOVA
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi
TARKIBI
A.S. Sultanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi, Kengash raisi
Lavozim boʻyicha
—
Fanlar akademiyasi prezidenti, Kengash raisining oʻrinbosari
Lavozim boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati sektor boshligʻi (kelishuv asosida)
B.A. Xadjixanov
—
Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi boshligʻi
M.M. Ikramov
—
adliya vazirining oʻrinbosari
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
N.Q. Xolmurodov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
T.N. Butunbayev
—
suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh.X. Daliyev
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
O.M. Umarov
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
U.M. Mamadaminov
—
energetika vazirining oʻrinbosari
Sh.X. Jurayev
—
favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari
R.E. Turdiboyeva
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
J.E. Choriyev
—
transport vazirining oʻrinbosari
D.K. Adilov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
A.J. Burxanov
—
Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qoʻmondoni
A.M. Qosimov
—
qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
E.I. Basitxanova
—
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari
A.A. Kadirxodjayev
—
togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining oʻrinbosari
J.S. Kazbekov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining oʻrinbosari
Sh.X. Xodjayev
—
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori
O.Z. Toxirov
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori oʻrinbosari
B.K. Yusupaliyev
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi
I.A. Nimatullayev
—
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
Lavozim boʻyicha
—
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari — Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻi
I.I. Sadikov
—
Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti direktori
J.S. Fayzullayev
—
“Navoiyuran” DK bosh direktori
Lavozim boʻyicha
—
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi tashkilot vakili (kelishuv asosida)
A.I. Axmedxadjayev
—
Atom energiyasi agentligi direktori, Kengash kotibi
Izoh.
1. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
2. Kengash raisiga Kengash tarkibiga koʻrib chiqilayotgan masalaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, vazirlik va idoralardan vakolatli shaxslar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarini kiritish yoki oʻzgartirish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 4-ILOVA
Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Atom energiyasi va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha respublika idoralararo ilmiy-texnik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
2. Kengash respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlarining respublikada atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Kengash oʻz faoliyatini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atom energiyasidan foydalanish sohasida va yadro texnologiyalarini joriy etish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi takliflarni, konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini koʻrib chiqish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish doirasida qoʻllaniladigan xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalarni tanlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va xulosalar tayyorlash;
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarini qurish loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish, amalga oshirishda ushbu sohadagi eng muhim normalar va standartlarga rioya qilinganligi haqida mutasaddi tashkilotlarning (ekspertlarning) hisobotlarini eshitish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini tadqiq etish, joylashtirish, loyihalashtirish, konstruksiyalash, barpo etish, foydalanishga topshirish, ekspluatatsiya muddatini uzaytirish, ularni rekonstruksiya qilish, ekspluatatsiya xususiyatlarini cheklash, ushbu obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish (yopish), qayta ishlash va koʻmib tashlash boʻyicha tavsiya va takliflarni koʻrib chiqish, kelishish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarning (ekspertlarning) hisobotlarini eshitish va qabul qilish;
tasarrufidagi atom energiyasidan foydalanish obyektlari va radiatsiyaviy xavfli obyektlarning obyekt darajasidagi oʻlchash vositalari va tarmoqlarining samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, ularning mahalliy va respublika darajasidagi radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilish tizimi bilan uygʻunlashuvini tashkil etish va taʼminlash;
atom energiyasi va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumot va hisobotlarni eshitish va zaruratga koʻra tavsiyalar berish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
atom energiyasidan foydalanish sohasida va yadro texnologiyalarini joriy etish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish hamda milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish toʻgʻrisida Atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan taqdim etilgan takliflarni, konsepsiya, strategiya va davlat dasturlari loyihalarini muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalarni beradi va Kengash qarorlarini qabul qiladi;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish doirasida qoʻllaniladigan xalqaro standartlar va xavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy texnologiyalarni tanlash boʻyicha takliflarni muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalarni beradi va yigʻilish qarorlarini qabul qiladi;
Agentlik direktori, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining atom energetikasi va yadro texnologiyalarini rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlari va yadro texnologiyalari obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tegishli qismi boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqadi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini barpo etish loyihalarini koʻrib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun zarur tavsiyalarni beradi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan atom energiyasidan foydalanish obyektlarini barpo etish loyihalariga asoslantirilgan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun zarur tavsiyalarni beradi;
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshirish jarayonida muhim hisoblangan normalarni va standartlarni ishlab chiqadi;
atom energetikasi obyektlarining alohida zonalari, shu jumladan, atom elektr stansiyalari, tadqiqot reaktorlari, radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktlari, yangi va ishlatilgan yadro yoqilgʻisini saqlash obyektlarini joylashuv zonalarini (hududlarini) belgilaydi, shuningdek, tegishli obyektlar hududlarida har qanday faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash hujjatlarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi (qabul qiladi);
atom energiyasi va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarilishini taʼminlash choralari toʻgʻrisida mutasaddi tashkilotlarning maʼlumotlari va hisobotlarini muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalarni beradi va ushbu masalalar yuzasidan Kengash qarorlarini qabul qiladi.
3-bob. Kengashning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
vaqtincha ishchi guruhlarni tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy taʼlim muassasalaridan, ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan Kengash faoliyatiga oid maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan atom energetikasi va yadro texnologiyalarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.
8. Kengash ushbu Nizom bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
9. Kengash rahbari Kengash raisi boʻlib, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash yigʻilishining kun tartibini belgilash va yigʻilishni chaqirish;
Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini monitoring qilish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
belgilangan vazifalarni bajarishda Kengash aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasiga Kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
10. Kengash aʼzolari:
Kengash yigʻilishlarida koʻrib chiqilgan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
respublikada atom energetikasi va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritish;
Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha xulosalar chiqarish.
Kengash aʼzolari Kengashda oʻz faoliyatini ixtiyoriylik asosida amalga oshiradilar.
11. Kengash aʼzolari yigʻilishdan kamida uch kun oldin yigʻilish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
12. Kengash majlisini uning raisi oʻtkazadi. Kengash raisi yoʻqligida, yigʻilish uning oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladi.
Kengash yigʻilishi, agar uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
13. Kengash yigʻilishiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
5-bob. Ishchi organ va Kengash kotibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
14. Agentlik Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ), Agentlik direktori Kengash kotibi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
15. Ishchi organ:
Kengash faoliyatini tashkiliy va texnik qoʻllab-quvvatlaydi;
ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Kengash yigʻilishi uchun zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini taʼminlaydi va manfaatdor tashkilotlardan kerakli materiallar va ekspert xulosalarini oladi;
Kengash yigʻilishi kun tartibi boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashni tashkil etadi;
qabul qilingan murojaatlarni koʻrib chiqadi va oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Kengash qarorlari loyihalarini tayyorlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
16. Kengash kotibi:
Kengash yigʻilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, Ishchi organning Kengash yigʻilishi uchun materiallarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;
Kengash raisi bilan yigʻilish oʻtkaziladigan sana va joy, shuningdek, taklif etilganlar roʻyxati toʻgʻrisida kelishib oladi, Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash yigʻilishlarini tashkil etadi, Kengash yigʻilishining bayonnomalarini tuzadi va tasdiqlangan bayonnomalarning Kengash aʼzolari va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishini taʼminlaydi;
Kengash qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi va uning natijalarini koʻrib chiqish uchun Kengash yigʻilishiga taqdim etadi.
6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
17. Kengash qarori yigʻilishda ishtirok etayotgan Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng boʻlsa, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengashning har bir aʼzosi qabul qilingan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
18. Tezkor qaror qabul qilish maqsadida Kengash raisi kengash aʼzolari bilan kelishilgan ayrim masalalar boʻyicha qarorni soʻrovnoma orqali ishchi tartibda tasdiqlashi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.07.00 Atom energetikasi]
19. Kengash qarorlari Kengash yigʻilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash yigʻilishining bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta ichida Kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
20. Kengashning bayonnomalari Ishchi organda saqlanadi.
21. Ishchi organ doimiy ravishda Kengash qarorlarining bajarilishini oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda tegishli maʼlumotlar va takliflarni Kengash raisiga taqdim etadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
22. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Atom energetikasi sohasida loyiha va qurilish ishlari samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi 102-son qarorida:
1-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi xatboshisidan “keyinchalik yetakchi xorijiy tashkilotlarning ishtiroki yuzasidan muzokaralar olib borish natijalari boʻyicha ularni “Oʻzatominjiniring” MCHJ muassislari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Direksiya direktori maqomi hamda tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha “Oʻzatom” agentligi direktorining oʻrinbosariga tenglashtiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Atom energiyasidan foydalanish sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
“elektr stansiyalarini qurish, energetika va respublika isteʼmolchilarining energiya taʼminoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar);
11-bandning “d” kichik bandi uchinchi xatboshisidan “atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 6-oktabrdagi 800-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori) 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 103-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 3-iyundagi 348-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 15-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 59-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 18-apreldagi 217-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2024-y., 09/24/709/0862-son; 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)