Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni taʼminlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida:
1. Kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
kasbiy taʼlim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona koʻp tarmoqli oʻquv muassasalari tizimini joriy qilish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining akademik mustaqilligini taʼminlash hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari talablariga mos kadrlar tayyorlash imkoniyatini kengaytirish;
kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish, oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash jarayonlariga manfaatdor vazirlik va idoralarni keng jalb qilish, ularning taʼlim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish;
kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, oʻqitish yakuni boʻyicha beriladigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning xorijiy davlatlarda tan olinishini taʼminlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus elektron platformani joriy qilish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarini zarur oʻquv adabiyotlari, uslubiy qoʻllanmalar va raqamli kontentlar bilan taʼminlash, ularning laboratoriya va ustaxonalarini eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻnikma va kompetensiyalarini baholash tizimini tubdan yangilash, ushbu jarayonda ish beruvchilar vakillari faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
2. “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kasbiy taʼlim tashkilotlarining amaldagi turlarini maqbullashtirish hamda kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, texnikumlarda:
kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;
boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;
boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun — davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun — toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
turli darajadagi kasbiy taʼlim dasturlarining oʻzaro muvofiqligi va uzviyligi taʼminlanadi hamda taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish muddatlari oʻquvchi tomonidan oldin oʻzlashtirilgan modullardan kelib chiqib belgilanadi;
oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi;
zarur metodik va pedagogik taʼminot, oʻquv va laboratoriya xonalari, ustaxona jihozlari, amaliyot bazalari hamda ish beruvchilarning buyurtmalari mavjud boʻlgan taqdirda, oldin oʻqitish yoʻlga qoʻyilmagan taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Texnikumlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalariga ularga biriktirilgan texnikumlarga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish hamda taʼlim sifatini oshirish vazifalari yuklansin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) bilan birgalikda mazkur Farmonning 3-ilovasida koʻrsatilgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilariga amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishini yakunlashi uchun zarur sharoit yaratsin.
4. Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (A. Aripov) 2025-yil 1-sentabrga qadar taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarini 4-ilovaga muvofiq kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktirsin.
Belgilansinki:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari zimmasiga texnikumlarni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslarni yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish, oʻquvchilar uchun amaliyot bazalarini tashkil etish, dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash, rahbar va pedagog kadrlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda ularning stajirovkasini tashkil etish vazifalari yuklanadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga mazkur Farmon bilan ular zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni 5-ilovadagi xarajatlarga yoʻnaltirish huquqi beriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarga:
taʼlim dasturlari doirasida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va dasturlarini qayta koʻrib chiqishga, shu jumladan, buyurtmachilarning takliflariga muvofiq fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirishga;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlari ishtirokida toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilishga;
mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga, ushbu dastur va kurslarning taʼlim tili va oʻqitish qiymatini mustaqil belgilashga;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turli yoshdagi fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga;
kasbiy koʻnikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga ruxsat beriladi.
6. Texnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
a) texnikumlarga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1-martga qadar tasdiqlanadi. Bunda:
texnikumlarda oʻtkaziladigan kirish imtihonlari shakli 4-ilovadagi kadrlar buyurtmachilari va sanoat hamkorlari bilan kelishgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi;
dual taʼlim shaklida oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladi;
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
kasbiy taʼlim dasturlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi hamda kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari, tadbirkorlik subyektlari birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilganidan soʻng amaliyotga kiritiladi;
bitiruvchilarni yakuniy baholash soha ekspertlari, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari, baholash tashkilotlari, ish beruvchilar, uyushmalar va tadbirkorlik subyektlari birlashmalari vakillari ishtirokida demonstratsion imtihonlar shaklida amalga oshiriladi;
kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjatlarni berishning yagona tartibi joriy etiladi. Bunda kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan shaxslarga — diplomlar, qisqa muddatli kurslar bitiruvchilariga — oʻqigan moduliga qarab tegishincha kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar beriladi;
v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Kasbiy taʼlim” platformasi orqali shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
g) texnikumlarga oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini xorijiy korxona va tashkilotlarda amaliyotni tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolagan holda tashkil etishga ruxsat beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar:
“Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin hamda uning “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasini taʼminlasin;
barcha yuridik va jismoniy shaxslarga “Kasbiy taʼlim” platformasidan ochiq va bepul foydalanish imkoniyatini yaratsin.
8. Quyidagilar:
“Kasbiy taʼlim” platformasining faoliyat yuritish tartibi 6-ilovaga muvofiq;
“Kasbiy taʼlim” platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish tartibi 6.1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari “Kasbiy taʼlim” platformasiga zarur maʼlumotlarni toʻliq va oʻz vaqtida kiritish boʻyicha shaxsiy javobgar etib belgilansin.
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab 7-ilovadagi texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki:
7-ilovadagi texnikumlarga toʻliq akademik mustaqillik beriladi va ularning faoliyati 8-ilovadagi tartibga muvofiq tashkil etiladi;
7-ilovadagi texnikumlarda 9-ilovaga muvofiq kvalifikatsiyalar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi;
7-ilovadagi texnikumlarni saqlash xarajatlari Davlat budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Kasbiy taʼlim agentligiga davlat texnikumlarida xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish uchun xorijiy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
10. Kasbiy taʼlim tizimida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish va texnikumlar rahbar kadrlarini tanlash hamda tayinlash jarayonlari shaffofligini taʼminlash maqsadida:
a) kasbiy taʼlim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha masʼul organ etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilansin;
b) mazkur Farmonning 1-ilovasidagi texnikumlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Bunda texnikumlarning yer uchastkalari, bino va inshootlari hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlarini boshqa korxona va tashkilotlarga oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin;
v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat texnikumlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash vakolati berilsin;
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab texnikumlarning direktor va direktor oʻrinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinsin. Bunda, belgilab qoʻyilsinki:
tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi;
tanlov oʻtkazishga tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ish beruvchilar vakillari jalb etilishi mumkin;
direktor va direktor oʻrinbosarlari bilan ular tomonidan taqdim etilgan strategik rejaga asosan uch yillik mehnat shartnomasi tuziladi;
muddati tugagandan soʻng direktor va direktor oʻrinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi strategik rejada belgilangan vazifalarning bajarilganligiga qarab, kelgusi uch yilga uzaytirilishi mumkin.
11. Oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflashning asosiy yoʻnalishlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Jamgʻarmani boshlangʻich moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) 2025-yil 1-aprelga qadar Davlat budjetidan 50 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlarni;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) 2025-yil 1-sentabrga qadar Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismidan 50 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlarni Jamgʻarmaga yoʻnaltirsin.
13. 2025 — 2027-yillarda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 12-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov):
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar 2026 — 2030-yillarda kasbiy taʼlim tizimining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-oktabr,
PF-158-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
2-ILOVA
Texnikum faoliyatini moliyalashtirish
tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
2026-yil 1-sentabrdan boshlab texnikumlarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.

1.

1. Kasbiy taʼlim muassasalarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti va toʻlov-kontrakt asosida shakllangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi, xususan:

a)

a) quyidagi xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi:

texnikumlarda boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari;

texnikumlarni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar;

xomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari xarajatlari;

oʻquv adabiyotlari, diplomlar, sertifikatlar, guvohnomalar hamda belgilangan namunadagi hujjatlar va guruh jurnallari bilan taʼminlash xarajatlari;

9-sinfni tamomlagan bitiruvchilar hisobidan qabul qilingan oʻquvchilar hamda kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar hisobidan davlat granti asosida qabul qilingan oʻquvchilar xarajatlari;

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi texnikumlar, sanʼat va madaniyat yoʻnalishidagi texnikumlar, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari, shuningdek, xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarning barcha xarajatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa maqsadli xarajatlar (xodimlarga ustama va qoʻshimcha haq toʻlash, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan oʻquvchilar moddiy taʼminoti boʻyicha xarajatlar va boshqalar);

texnikumlar faoliyatini toʻliq taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda boshqa turdagi xarajatlar) yetishmaydigan qismi;

b)

umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti yoki professional va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan boshqa talabgorlar hisobidan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan oʻquvchilarni oʻqitishga jalb etilgan pedagog xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda toʻlov-kontrakt tushumlarining ortib qolgan qismi tashkilotning boshqa xarajatlariga yoʻnaltiriladi.

2.

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

a)

Davlat budjeti mablagʻlari;

b)

xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;

v)

grantlar va homiylik xayriyalari;

g)

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3.

Texnikumlarga oʻquv amaliyoti jarayonida va darsdan boʻsh vaqtda oʻquvchilar ishtirokida ishlab chiqarilgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni (tovar, ish va xizmatlarni), shu jumladan, savdo shoxobchalarini tashkil qilgan holda namoyish qilish va sotishga ruxsat beriladi. Bunda:

a)

texnikumlarga istisno tariqasida buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;

b)

ishlab topilgan mablagʻlar texnikumlarning pedagog kadrlari va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.

4.

Texnikumlarga rahbarlar, pedagog kadrlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda barcha toifadagi xodimlar uchun taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan (toʻlov-kontrakt mablagʻlari bundan mustasno) lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorida har oylik ustama belgilash va toʻlashga ruxsat beriladi.

 

Bunda rahbarlar, pedagog kadrlar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari hamda barcha toifadagi xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar belgilash tartibi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

(1 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
3-ILOVA
Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

T/r

Tuman/shahar nomi

Taʼlim muassasasining amaldagi nomi

Quvvati

Taʼlim muassasasining keyingi faoliyati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

1.

Qonlikoʻl tumani

Qonlikoʻl pedagogika kolleji

360

Ixtisoslashtirilgan maktab

2.

2.

Chimboy tumani

Chimboy pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

3.

3.

Qoʻngʻirot tumani

Qoʻngʻirot kimyo sanoati kolleji

500

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

4.

4.

Xoʻjayli shahri

Xoʻjayli pedagogika kolleji

750

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

5.

5.

Beruniy tumani

Beruniy pedagogika kolleji

720

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Andijon viloyati

6.

1.

Xonobod shahri

Xonobod pedagogika kolleji

420

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

7.

2.

Baliqchi tumani

Baliqchi pedagogika kolleji

600

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

8.

3.

Buloqboshi tumani

Buloqboshi pedagogika kolleji

450

Ixtisoslashtirilgan maktab

9.

4.

Jalaquduq tumani

Jalaquduq pedagogika kolleji

600

Ixtisoslashtirilgan maktab

10.

5.

Marhamat tumani

Marhamat pedagogika kolleji

400

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

11.

6.

Paxtaobod tumani

Paxtaobod pedagogika kolleji

375

Ixtisoslashtirilgan maktab

12.

7.

Xoʻjaobod tumani

Xoʻjaobod pedagogika kolleji

900

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

13.

8.

Shahrixon tumani

Shahrixon pedagogika kolleji

420

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

14.

9.

Qoʻrgʻontepa tumani

Qoʻrgʻontepa pedagogika kolleji

550

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Buxoro viloyati

15.

1.

Vobkent tumani

Vobkent pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

16.

2.

Jondor tumani

Jondor pedagogika kolleji

420

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

17.

3.

Shofirkon tumani

Shofirkon pedagogika kolleji

420

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

18.

4.

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon pedagogika kolleji

430

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

181.

5.

Buxoro shahri

Buxoro pedagogika kolleji

650

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Jizzax viloyati

19.

1.

Baxmal tumani

Baxmal pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

20.

2.

Baxmal tumani

Baxmal 2-son pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Qashqadaryo viloyati

21.

1.

Qamashi tumani

Qamashi pedagogika kolleji

600

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

22.

2.

Koʻkdala tumani

Koʻkdala (Chiroqchi) pedagogika kolleji

510

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

23.

3.

Nishon tumani

Nishon energetika kolleji

1 005

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

24.

4.

Dehqonobod tumani

Dehqonobod kimyo sanoati kolleji

360

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

25.

5.

Shahrisabz tumani

Miraki pedagogika kolleji

600

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Namangan viloyati

26.

1.

Namangan shahri

Namangan arxitektura va qurilish texnikumi

720

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

27.

2.

Chust tumani

Chust pedagogika kolleji

960

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

28.

3.

Pop tumani

Pop pedagogika kolleji

640

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

29.

4.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon pedagogika kolleji

720

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

30.

5.

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon pedagogika kolleji

885

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

31.

6.

Uychi tumani

Uychi pedagogika kolleji

510

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

32.

7.

Uchqoʻrgʻon tumani

Uchqoʻrgʻon pedagogika kolleji

780

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

33.

8.

Norin tumani

Norin pedagogika kolleji

330

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

34.

9.

Mingbuloq tumani

Mingbuloq pedagogika kolleji

885

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

35.

10.

Namangan tumani

Namangan pedagogika kolleji

330

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Samarqand viloyati

36.

1.

Bulungʻur tumani

Bulungʻur pedagogika kolleji

420

Ixtisoslashtirilgan maktab

37.

2.

Qoʻshrabot tumani

Qoʻshrabot pedagogika kolleji

390

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

38.

3.

Kattaqoʻrgʻon tumani

Kattaqoʻrgʻon tuman pedagogika kolleji

300

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

39.

4.

Ishtixon tumani

Ishtixon pedagogika kolleji

750

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

40.

5.

Jomboy tumani

Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi

900

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

41.

6.

Paxtachi tumani

Paxtachi pedagogika kolleji

360

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

42.

7.

Pastdargʻom tumani

Pastdargʻom pedagogika kolleji

360

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

43.

8.

Nurobod tumani

Nurobod pedagogika kolleji

480

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

44.

9.

Oqdaryo tumani

Oqdaryo pedagogika kolleji

720

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

45.

10.

Urgut tumani

Urgut pedagogika kolleji

420

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

46.

11.

Urgut veterinariya meditsinasi texnikumi

1 005

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Surxondaryo viloyati

47.

1.

Muzrabot tumani

Muzrabot pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

48.

2.

Oltinsoy tumani

Oltinsoy pedagogika kolleji

410

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

49.

3.

Sariosiyo tumani

Sariosiyo pedagogika kolleji

975

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

50.

4.

Uzun tumani

Uzun pedagogika kolleji

630

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

51.

5.

Sherobod tumani

Sherobod pedagogika kolleji

540

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

52.

6.

Qiziriq tumani

Qiziriq pedagogika kolleji

480

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

53.

7.

Qumqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon pedagogika kolleji

585

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

Toshkent viloyati

54.

1.

Ohangaron tumani

Ohangaron pedagogika kolleji

405

Ixtisoslashtirilgan maktab

55.

2.

Parkent tumani

Parkent pedagogika kolleji

405

“Barkamol avlod” bolalar maktabi

56.

3.

Bekobod tumani

Toshkent viloyati pedagogika kolleji

900

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

57.

4.

Yuqori Chirchiq tumani

Yuqori Chirchiq pedagogika kolleji

300

Ixtisoslashtirilgan maktab

Fargʻona viloyati

58.

1.

Fargʻona shahri

Fargʻona pedagogika kolleji

610

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

59.

2.

Quvasoy shahri

Quvasoy pedagogika kolleji

525

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

60.

3.

Bagʻdod tumani

Bagʻdod pedagogika kolleji

670

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

61.

4.

Buvayda tumani

Buvayda pedagogika kolleji

700

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

62.

5.

Quva tumani

Quva pedagogika kolleji

675

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

63.

6.

Oltiariq tumani

Oltiariq pedagogika kolleji

720

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

64.

7.

Qoʻshtepa tumani

Qoʻshtepa pedagogika kolleji

540

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

65.

8.

Rishton tumani

Rishton pedagogika kolleji

795

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

66.

9.

Oʻzbekiston tumani

Oʻzbekiston tumani pedagogika kolleji

470

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

67.

10.

Furqat tumani

Furqat pedagogika kolleji

465

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

68.

11.

Margʻilon shahri

Margʻilon koʻp tarmoqli texnikumi

900

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

Xorazm viloyati

69.

1.

Hazorasp tumani

Hazorasp pedagogika kolleji

600

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

70.

2.

Yangibozor tumani

Yangibozor pedagogika kolleji

300

Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti

71.

3.

Xiva shahri

Xiva xizmat koʻrsatish va servis texnikumi

720

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
4-ILOVA
Kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari
ROʻYXATI*

T/r

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari nomi

Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari nomi

Soha nomi

Kasbiy taʼlim tayyorlov yoʻnalishlari nomi

1.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Taʼlim va fan sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Maktabgacha taʼlim

Maktabgacha taʼlim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika

Stomatologiya

Davolash ishi

Tibbiy profilaktika ishi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Farmatsiya

3.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va aloqa sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Axborot texnologiyalari va aloqa, shu jumladan, teleradiokommunikatsiya sohasi

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Dasturiy injiniring

Axborot xavfsizligi

Kompyuter muhandisligi

Sunʼiy intellekt

Telekommunikatsiya texnologiyalari

Televizion texnologiyalar

Pochta aloqasi texnologiyasi

Radioelektron qurilmalar va tizimlar

4.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va oziq-ovqat sanoati

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

Agrokimyo va tuproqshunoslik

Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi

Agronomiya

Oʻsimliklar himoyasi va karantini

Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Zooinjeneriya

Ipakchilik va tutchilik

Veterinariya meditsinasi

5.

Suv xoʻjaligi vazirligi

Suv xoʻjaligi sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Irrigatsiya va melioratsiya

Suv xoʻjaligi va melioratsiya

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Suv bioresurslari va akvakultura

6.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi va qurilish materiallari sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Qurilish, arxitektura, kadastr va uy-joy kommunal xoʻjaligi

Geodeziya va geoinformatika

Kartografiya va masofadan zondlash

Kadastr

Arxitektura

Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish

Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

Qiymat injiniringi va koʻchmas mulk ekspertizasi

Madaniy meros agentligi

Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

Qurilish muhandisligi

7.

Transport vazirligi

Transport va avtomobilsozlik sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Avtomobil, temir yoʻl, havo va boshqa transport turlari, logistika, yoʻl xoʻjaligi

Transport vositalari muhandisligi

Aviatsiya muhandisligi

Yoʻl muhandisligi

Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi

Logistika

“Oʻzavtosanoat” AJ

Mexanika muhandisligi

Metallar texnologiyalari

Texnologik mashinalar va jihozlar

8.

Energetika vazirligi

Energetika sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Elektr energiyasi, energiya tejamkorlik va energiya audit, neft-gaz

Energetika muhandisligi

Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Elektr muhandisligi

Neft va gaz ishi

9.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

Togʻ-kon sanoati, geologiya va mineral resurslar sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Togʻ-kon sanoati, geologiya, geofizika va mineral resurslar

Geologiya

Gidrologiya

Seysmologiya va seysmometriya

Metallurgiya muhandisligi

Konchilik ishi

Foydali qazilma konlari geologiyasi va razvedkasi

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi

10.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Ekologiya, oʻrmon xoʻjaligi, gidrometeorologiya sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligi, gidrometeorologiya, chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash

Meteorologiya va iqlimshunoslik

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish

11.

Turizm qoʻmitasi

Turizm sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish

Turizm va mehmondoʻstlik

12.

Adliya vazirligi

Huquq, arxiv ishi va davlat xizmatlari sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Adliya, huquq, arxiv ishi, davlat boshqaruvi va xizmatlari

Arxivshunoslik

Yurisprudensiya

13.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, bank va savdo sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Investitsiyalar, bank, lizing, tashqi va ichki savdo

Bank ishi

Statistika

Menejment

Marketing

Savdo ishi

14.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot, moliya, soliq va sugʻurta sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Iqtisodiyot, moliya, audit, soliq va sugʻurta

Buxgalteriya hisobi

Soliqlar va soliqqa tortish

Bojxona ishi

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

15.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Ommaviy axborot vositalari sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Ommaviy axborot vositalari, reklama, kino, video, televideniye

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

Kutubxona-axborot faoliyati

Matbaa va qadoqlash texnologiyasi

16.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Mehnat va kasbiy faoliyatning yordamchi tarmoqlararo turlari sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Mehnat munosabatlari, mehnat resurslarini rivojlantirish va boshqa barcha turdosh sohalar

Inson resurslarini boshqarish

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Kosmetologiya

17.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya sohasidagi kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Ijtimoiy himoya

Ijtimoiy ish

18.

Madaniyat vazirligi

Madaniyat sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Madaniyat, sanʼat, koʻngilochar va dam olish, rangtasvir, yogʻoch va ganj oʻymakorligi

Musiqa taʼlimi

Texnogen sanʼat

Kino-teleoperatorlik

Dizayn

Rangtasvir

Grafika

Haykaltaroshlik

Amaliy sanʼat

Zargarlik ishi

Sanʼatshunoslik

Dirijorlik

Aktyorlik sanʼati

Vokal sanʼati

Cholgʻu ijrochiligi

Xoreografiya

Xalq ijodiyoti

Sirk sanʼati

19.

Sport vazirligi

Jismoniy tarbiya va sport sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Jismoniy tarbiya va sport

Jismoniy madaniyat

Sport faoliyati

20.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Favqulodda vaziyatlar, yongʻin xavfsizligi

Hayot faoliyati xavfsizligi

Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik

21.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, metrologiya

Metrologiya va standartlashtirish

22.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalari

Toʻqimachilik, tikuvchilik va charm sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Toʻqimachilik, tikuvchilik, ipakchilik va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish

Yengil sanoat muhandisligi

23.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

Elektrotexnika va mashinasozlik sanoati sohalarida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Elektr jihozlari, maishiy elektrotexnika, kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarish, mashinasozlik va asbobsozlik, nanotexnologiya va mikroelektronika

Elektronika va asbobsozlik

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Mexatronika va robototexnika

Maishiy xizmatlar

24.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

Kimyo sanoati sohasida kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi

Kimyo va biotexnologiya sanoati

Kimyo muhandisligi

* Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashiga Kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
5-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan budjetdan tashqari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar
roʻyxati
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan texnikumlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi:

a)

texnikumlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash va taʼlim jarayonini raqamlashtirish;

b)

texnikumlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish;

v)

texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, ularga zamonaviy oʻquv adabiyotlar, uslubiy qoʻllanmalar va didaktik materiallar sotib olish hamda tarjima qilish;

g)

kasbiy taʼlim sohasiga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;

d)

texnikumlarda faoliyat yuritib kelayotgan rahbar va pedagog kadrlarni ragʻbatlantirish hamda ularni xorijiy davlatlarga stajirovka va malaka oshirishga yuborish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
6-ILOVA
“Kasbiy taʼlim” platformasining faoliyat yuritish
tartibi

T/r

Platformada shakllantiriladigan va erkin tanishish mumkin boʻlgan maʼlumotlar

Maʼlumot taqdim etuvchi vazirlik va idora

1.

Mehnat bozorining kelgusi uch yillik oʻrta boʻgʻin kadrlarga boʻlgan ehtiyoji (hududlar, sohalar, kasblar (mutaxassisliklar) va yillar kesimida).

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tadbirkorlik subyektlarining birlashmalari,

xususiy bandlik agentliklari

2.

Ishga joylashishda ish beruvchilar tomonidan davlat va nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga qoʻyiladigan malaka va boshqa talablar (har bir kasb va lavozim boʻyicha).

Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari,

Savdo-sanoat palatasi,

tadbirkorlik subyektlarining birlashmalari,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

3.

Kasbiy taʼlim tashkilotlarining tuman (shahar)lar kesimidagi roʻyxati va ushbu tashkilotlarning interaktiv xaritasi (Oʻzbekiston Respublikasi xaritasidagi joylashuvi).

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Kasbiy taʼlim tashkilotlarining elektron portfoliosi.

Bunda portfolioda quyidagi maʼlumotlar bilan erkin tanishish imkoni yaratiladi:

kasbiy taʼlim tashkilotining rahbari, manzili, bogʻlanish maʼlumotlari va quvvati;

kasbiy taʼlim tashkiloti moddiy-texnika bazasining imkoniyatlari;

kasbiy taʼlim tashkilotining binolari, hududi, oʻquv va ishlab chiqarish ustaxonalarining rasmlari;

kasbiy taʼlim tashkilotida oʻqitiladigan kasb va mutaxassisliklar roʻyxati, ularga oʻqish muddatlari, oʻquv rejasi va dasturlari, qabul parametrlari, oʻqishga qabul qilish tartibi, davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi oʻrinlar soni hamda toʻlov-kontrakt miqdori;

kasbiy taʼlim tashkiloti rahbar va pedagog kadrlarining maʼlumoti, mehnat staji, malaka toifasi;

kasbiy taʼlim tashkilotidagi boʻsh ish oʻrinlari;

kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchilarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish mexanizmlari, ularga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar;

kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi, shu jumladan, amaliyot oʻtash tashkiloti va joyi;

kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchilariga oʻqigan kasbi va mutaxassisligi boʻyicha beriladigan malakalar va ularning darajasi;

kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi tartibi;

kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchilari bandligini taʼminlash tartibi va oldingi yillardagi koʻrsatkichlari;

kasbiy taʼlim tashkiloti bilan hamkorlik oʻrnatgan yirik ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumot;

kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan qoʻshimcha ishlab topilgan budjetdan tashqari mablagʻlar va ularni sarflash yoʻnalishlari;

kasbiy taʼlim tashkilotining ijaraga berilgan bino-inshootlari, oʻquv-tajriba maydonlari va yer uchastkalari;

kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan erishilgan yutuqlar, shu jumladan, tanlov va reytinglarda egallagan oʻrni.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Milliy malaka ramkasi, tarmoq malaka ramkalari, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblar klassifikatori, kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, Kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori hamda kasbiy standartlar.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

6.

Texnikumlarning oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos boʻlgan kasb va mutaxassisliklar roʻyxati, ushbu yoʻnalishlarda oʻqishni davom ettirish uchun talab etiladigan ballar oʻrtacha qiymati (GPA).

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

7.

Davlat buyurtmasi asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlashda barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan yagona (oʻqitiladigan kasb va mutaxassisliklar nomlanishi, ular boʻyicha beriladigan malaka darajalari, oʻqitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash va oʻquv-metodik bazani shakllantirishga oid) talablar.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

Tan olingan xalqaro malaka sertifikatlari roʻyxati.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

9.

Malaka darajalariga erishish sxemasi, norasmiy va informal oʻqitishning natijalarini tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatsiya) qilish tartibi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari

10.

Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha (respublika, tarmoq va hududiy) kengashlar faoliyati, shu jumladan, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq va hududiy kengashlar

11.

Malakani baholash markazlari, shu jumladan, ular tomonidan baholanadigan malakalar va baholash tartibiga oid maʼlumotlar

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

12.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini kasbga oʻqitishga oid maʼlumotlar, shu jumladan:

kasbga oʻqitish tashkil qilingan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tuman (shahar)lar kesimidagi roʻyxati, ularda oʻqitiladigan kasblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan kasblarning oʻquv rejasi va dasturi;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini kasbga oʻqitish jarayoniga jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari;

umumiy oʻrta taʼlim muassasasidagi kasbga oʻqitish xonalarining moddiy-texnika taʼminoti;

umumiy oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan kasbga yoʻnaltirishga oid soʻrovnomalar natijalari.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
6.1-ILOVA
“Kasbiy taʼlim” platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish
tartibi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Mahalladagi oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan uch yillik ehtiyojni sohalar, kasb va mutaxassisliklar hamda yillar kesimida shakllantirish.

Har yili 10-yanvarga qadar

Hokim yordamchilari

2.

Hokim yordamchilarining takliflarini umumlashtirish.

Tuman (shahar)da oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan uch yillik ehtiyojni sohalar, kasb va mutaxassisliklar hamda yillar kesimida shakllantirish.

Bunda tegishli hududning ixtisoslashuvi, salohiyati, investitsiya loyihalari, tashkilotlardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari va mehnat bozori talablarini inobatga olish.

Har yili 20-yanvarga qadar

Tuman (shahar) hokimliklari

3.

Tuman (shahar) hokimliklarining takliflarini umumlashtirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan uch yillik ehtiyojni sohalar, kasb va mutaxassisliklar hamda yillar kesimida shakllantirish.

Har yili 1-fevralga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

4.

Tarmoqlarda oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan uch yillik ehtiyojni sohalar, kasb va mutaxassisliklar hamda yillar kesimida shakllantirish.

Har yili 1-fevralga qadar

Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari

5.

Tadbirkorlik subyektlarining oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan uch yillik ehtiyojini sohalar, kasb va mutaxassisliklar hamda yillar kesimida shakllantirish.

Har yili 1-fevralga qadar

Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlarining birlashmalari

6.

Mehnat bozorida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kasb va mutaxassisliklar kesimida shakllantirish.

Har yili 1-fevralga qadar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

7.

Xorijiy ish beruvchilarning ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojini kasb va mutaxassisliklar kesimida shakllantirish.

Har yili 1-fevralga qadar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari,

xususiy bandlik agentliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
7-ILOVA
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar
roʻyxati

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Kasbiy taʼlim tashkilotlari nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

Nukus shahar 1-son politexnikumi

(Nukus shahri 1-son kasb-hunar maktabi)

2.

Andijon viloyati

Asaka tumani

Asaka transport va mashinasozlik texnikumi

(Asaka agrotexnologiyalar texnikumi)

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

Buxoro shahar politexnikumi

(Buxoro shahar kasb-hunar maktabi)

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Jizzax shahar 1-son politexnikumi

(Jizzax arxitektura va qurilish texnikumi)

5.

Qashqadaryo viloyati

Gʻuzor tumani

Gʻuzor tuman 3-son politexnikumi

(Gʻuzor energetika sanoati texnikumi)

6.

Navoiy viloyati

Navbahor tumani

Navbahor tuman 2-son politexnikumi

(Navbahor tuman kasb-hunar maktabi)

7.

Namangan viloyati

Uychi tumani

Uychi tuman 1-son politexnikumi

(Uychi tuman 1-son kasb-hunar maktabi)

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Samarqand shahar 1-son politexnikumi

(Samarqand shahar kasb-hunar maktabi)

9.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

Sirdaryo tuman politexnikumi

(Sirdaryo tumani kasb- hunar maktabi)

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

Surxondaryo qurilish va kommunal xoʻjaligi texnikumi

(Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumi)

11.

Toshkent viloyati

Chirchiq shahri

Chirchiq shahar politexnikumi

(Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi)

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

Fargʻona sanoat va xizmat koʻrsatish texnikumi

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

Urganch shahar 2-son politexnikumi

(Urganch shahar 2-son kasb-hunar maktabi)

14.

Toshkent shahri

Chilonzor tumani

Chilonzor tuman 1-son politexnikumi

(Chilonzor tuman 1-son kasb-hunar maktabi)

Izoh: 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar roʻyxatiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
8-ILOVA
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar faoliyatini tashkil qilish
tartibi

1.

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida mazkur Farmonning 7-ilovasida koʻrsatilgan texnikumlarning tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida 7 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Xalqaro taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) tashkil etiladi.

Bunda:

Boʻlim texnikumning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;

Boʻlimga uning barcha oʻquv va tashkiliy ishlariga masʼul boʻlgan hamda maqomi boʻyicha texnikum direktori oʻrinbosariga tenglashtirilgan Boʻlim boshligʻi rahbarlik qiladi;

Boʻlim boshligʻi maʼmuriy va tashkiliy masalalarda texnikum direktoriga boʻysunadi;

xalqaro taʼlim dasturlari bilan bogʻliq barcha moliyaviy masalalar boʻyicha masʼuliyat texnikum direktori zimmasiga yuklatiladi.

2.

Boʻlimning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalarida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash;

milliy taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar va taʼlim dasturlari bilan integratsiya qilish;

xalqaro taʼlim dasturini taqdim etuvchi tashkilotlar bilan tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish;

xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan malakalar boʻyicha oʻqituvchilarni tanlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

xalqaro taʼlim dasturlari talablari asosida taʼlim olgan oʻquvchilar hisobini yuritish;

xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim tashkilotlarida oʻquv va amaliyot jarayonlarini muvofiqlashtirish;

xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilarning oʻquv-metodik taʼminotini mustahkamlash;

xalqaro taʼlim dasturlarining talablari asosida yakuniy imtihonlar oʻtkazish hamda bitiruvchilarga belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

3.

Boʻlim xodimlari va xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlar pedagoglari mehnatiga haq toʻlash alohida tartib asosida amalga oshiriladi.

Bunda:

xodimlar va pedagoglarning ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foiz ustama toʻlanadi;

umumiy ish haqi jamgʻarmasiga nisbatan 50 foiz miqdorda moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi;

moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan malakali va faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlar va pedagoglarga 200 foizgacha miqdorda ustama toʻlanadi.

4.

Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash kasbiy taʼlimning boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim darajalari boʻyicha kunduzgi va dual taʼlim shakllarida davlat granti asosida amalga oshiriladi.

5.

Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilarni qabul qilish ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlari, oʻquvchilarning qiziqishlari hamda ish beruvchilarning buyurtmalari asosida amalga oshiriladi.

6.

Texnikumlarga ish beruvchilarning buyurtmalari va mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha qoʻshimcha guruhlar tashkil qilishga ruxsat etiladi.

Bunda xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha bir oʻquvchini oʻqitish qiymati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi va shartnomalar hisobidan tushgan mablagʻlar xalqaro taʼlim dasturlari pedagog kadrlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda texnikum moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.

7.

Xalqaro taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarning diplomlari hamda toʻplagan kredit (oʻquv soat)lari taʼlimning keyingi bosqichlarida tan olinadi.

8.

Xalqaro taʼlim dasturlari doirasida oʻquvchilarni xorijiy tillarga oʻqitish tashkil etiladi.

9.

Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish uchun ushbu Farmonning 7-ilovasidagi texnikumlarning bino va inshootlaridan zarur joy (xona) ajratiladi.

10.

Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha qabul qilingan oʻquvchilar uchun nazariy va amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilishda texnikumlarning mavjud oʻquv va amaliyot xonalaridan hamda moddiy-texnika bazasidan foydalanishga ruxsat etiladi.

11.

Texnikum xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha yangi tashkil qilinadigan laboratoriya va ustaxonalar hamda xarid qilinadigan texnikalarni balansda saqlovchisi hisoblanadi.

Xalqaro taʼlim dasturlari doirasida tashkil etilgan laboratoriya va ustaxonalar hamda xarid qilingan texnikalardan texnikumning xalqaro taʼlim dasturlari va boshqa dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

12.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro taʼlim dasturlarini rivojlantirish boʻyicha xorijiy hamkor taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagilarni amalga oshiradi:

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, texnikumlarda oʻqitiladigan kasb va mutaxassisliklarni belgilash;

xorijiy hamkor taʼlim tashkilotlari tavsiyalari asosida xalqaro taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga qabul qilinadigan oʻquvchilarni saralab olish;

kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy va mahalliy ish beruvchilar hamda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish;

texnikumlarga rahbar va pedagog xodimlarni ishga qabul qilish;

Xalqaro taʼlim dasturlarida tahsil olgan oʻquvchilarning doimiy egallagan kasbiy malakasini tahlil qilish hamda ularning bilimlarini yakuniy baholashdan oʻtkazib borish;

mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish orqali xalqaro taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarning ishga joylashishiga koʻmaklashish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
9-ILOVA
2025/2026 oʻquv yilida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan kvalifikatsiyalar
roʻyxati*

T/r

Kvalifikatsiyalar nomi

Xalqaro taʼlim dasturi darajasi

1.

Avtomobil texnologiyasi

3

2.

Axborot texnologiyalari

3

3.

Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi

3

4.

Qishloq xoʻjaligi

3

5.

Qurilish muhandisligi

3

6.

Logistika operatsiyalari

3

7.

Mehmonxona biznesi (umumiy ovqatlanish xizmatlari)

3

8.

Biznes

3

9.

Sayohat va turizm

3

10.

Elektrotexnika va elektronika muhandisligi

3

11.

Ishlab chiqarish muhandisligi

3

12.

Raqamli muhandislik

3

* Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025/2026 oʻquv yilida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan kvalifikatsiyalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
10-ILOVA
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflashning asosiy yoʻnalishlari
1. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
kasbiy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarini inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalari;
oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarning Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tushgan qismi;
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olingan foiz tarzidagi daromadlari;
xalqaro donorlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2. Jamgʻarmaning asosiy faoliyat yoʻnalishlari:
kasbiy taʼlim tashkilotlarining uslubiy taʼminotini mustahkamlash, ularning bino va inshootlarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini raqamlashtirish;
kasbiy taʼlim sohasida tanlovlar oʻtkazish hamda malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlarining malaka toifalarini baholashni tashkil etishda ishtirok etgan mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish;
“Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqish va lozim darajada ishlashini taʼminlash;
kasbiy taʼlimni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
11-ILOVA
2025 — 2027-yillarda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Ijro uchun masʼullar

1.

Vazirlik, idora va tashkilotlari tasarrufi (tizimi)dagi kollej va texnikumlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga oʻtkazish.

1. Tegishli kollej va texnikumlarni bino va inshootlari, tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga oʻtkazish.

2024-yil noyabr-dekabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov),

tasarrufida kollej va texnikumlar mavjud vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Ishchi guruhlar tuzgan holda topshirish va qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil yanvar

2.

Texnikumlarning boshqaruv tizimini samarali tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Texnikumlarning rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrugʻini chiqarish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnikumlarning rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda attestatsiya natijalariga koʻra ularning lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish.

2025-yil iyun

3. Texnikumlarning vakant rahbarlik lavozimlariga malakali kadrlarni ishga olish.

2025-yil avgust

3.

Texnikumlarning oʻquv amaliyotlari (modul amaliy mashgʻulotlari)da oʻquvchilar tomonidan foydalaniladigan xomashyo materiallari meʼyorlarini ishlab chiqish.

1. Kasb va mutaxassisliklar kesimida oʻquv amaliyotlarida oʻquvchilar tomonidan foydalaniladigan xomashyo materiallari meʼyorlarini ishlab chiqish yuzasidan tanlov eʼlon qilish.

2025-yil yanvar

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Tanlovda ishtirok etgan talabgorlar takliflarini koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlash.

2025-yil mart

3. Tanlov gʻolibi deb topilgan tashabbuskorlar tomonidan meʼyorlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

4. Meʼyorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2025-yil dekabr

4.

Texnikumlarni yuqori malakali rahbar va pedagog xodimlar bilan taʼminlash.

1.Texnikumlarning rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish.

2. Malaka oshirish jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2024-yil dekabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

3. Texnikumlarning rahbar va pedagog xodimlarini tegishli tashkilotlarga stajirovkaga yuborish.

2025-yil 1-yanvardan boshlab

5.

Mehnat qonunchiligiga dual taʼlimni tashkil etishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Dual taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilar ish vaqtining davomiyligi, ularga ish haqi toʻlanishi va ushbu jarayonlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKka integratsiya qilish kabi masalalardan kelib chiqib, mehnat qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2025-yil yanvar

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Tayyorlangan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

6.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil qilish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kasbga qiziqishlarini oʻrganish maqsadida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish.

Har yili yanvar-fevral oylarida

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Maktablarning 7 — 9- va 10-11-sinf oʻquvchilari uchun kasbiy taʼlim tashkilotlarida ochiq darslar tashkil etish.

Har yili mart — may oylarida

3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish.

Doimiy

7.

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish.

1. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Fozilkarimov)

2. Hukumat qarori loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil fevral

8.

Texnikumlar faoliyatini yaxshilash boʻyicha xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish.

1. Xalqaro moliya institutlari bilan texnikumlar faoliyatini yaxshilash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil 1-fevraldan boshlab

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnikumlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlashga xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlarini jalb qilish.

Kelishuvlarda koʻrsatilgan muddatlarda

9.

Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilimini baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish.

1. Oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

(Xudaykulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilimini baholash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil may

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

10.

Texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish tartibini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnikumlarda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil may

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

11.

Chet el fuqarolarini texnikumlarga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

1. Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.

2025-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga oʻqishga qabul qilish va oʻqishni koʻchirish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish.

2025-yil may

3. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyul

12.

Texnikumlarga ish beruvchi tashkilotlarni biriktirish.

1. Texnikumlarga ularda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarga mos boʻlgan ish beruvchi tashkilotlarni biriktirish.

2025-yil mart

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ish beruvchi tashkilotlarda oʻquvchilar amaliyotini tashkil etish.

2025-yil aprel

3. Texnikum oʻqituvchilari uchun ish beruvchi tashkilotlarda stajirovkalar tashkil qilish.

Jadval asosida

13.

Texnikum oʻquvchilarining kasblar boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

1. Texnikum oʻquvchilari uchun kasblar boʻyicha milliy chempionatlar oʻtkazib borish.

2. Texnikum oʻquvchilarini “WorldSkills” va shu kabi boshqa xalqaro musobaqalarga tayyorlashni tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

homiylik mablagʻlari

Oliy taʼlim,

fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“WorldSkills Uzbekistan”

Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi

(Joʻrayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Xalqaro musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularni tayyorlagan oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.

Musobaqalar jadvaliga muvofiq

14.

Kasbiy taʼlim va qisqa muddatli oʻquv kurslarning dasturlari loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ish beruvchilar bilan kelishish tizimini joriy etish.

1. “Open space” tamoyili asosida kasbiy taʼlim va qisqa muddatli oʻquv kurslarning dasturlari loyihalarini kelishuvdan oʻtkazish boʻyicha elektron platformani yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Elektron platformani ishlab chiqish va ishga tushirish.

2025-yil iyun

3. “Open space” tamoyili asosida kasbiy taʼlim va qisqa muddatli oʻquv kurslarning dasturlari loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ish beruvchilar bilan kelishish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil avgust

15.

Texnikumlarda oʻquvchilarni jalb qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

1. Texnikumlarda oʻquvchilarni jalb qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil may

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Texnikumlarda oʻquvchilarni jalb qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

3. Oʻquv amaliyoti jarayonida va darsdan boʻsh vaqtda oʻquvchilar ishtirokida ishlab chiqarilgan yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni (tovar, ish va xizmatlarni), shu jumladan, savdo shoxobchalarini tashkil qilgan holda namoyish qilish va sotish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

16.

Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash (EQAVET) tizimi asosida Milliy kasbiy taʼlim sifati mezonlarini ishlab chiqish.

1. Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash (EQAVET) tizimi indikatorlari asosida milliy indikatorlarni ishlab chiqish.

2025-yil may

Xalqaro grantlar, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

(Xudaykulov)

2. Texnikumlarda sifatni taʼminlash boʻyicha milliy indikatorlarni bosqichma-bosqich joriy etish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

17.

Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini tugatish.

1. Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazish.

2025-yil iyun

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova)

2. Ishchi guruhlar tuzgan holda topshirish va qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

2025-yil avgust

3. Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv ustaxonasi jihozlari, laboratoriya, asbob-uskuna va adabiyotlarini ehtiyoj mavjud boʻlgan boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlari balansiga oʻtkazish.

2025-yil sentabr

4. Negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlarining faoliyatini belgilangan tartibda bosqichma-bosqich tugatish va ularning huquqiy vorislarini belgilash.

2025-yil oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich

18.

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari va tarif razryadlarini belgilovchi yagona tartibini ishlab chiqish.

1. Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi va pedagog xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari hamda tarif razryadlarini yagona normativ-huquqiy hujjatga jamlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini qayta koʻrib chiqish hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.

2024-yil dekabr

19.

Buxoro avtomobil va yoʻllar texnikumi hamda Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi negizida tashkil etilayotgan Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumini Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi bino va inshootlariga joylashtirish.

2. Buxoro avtomobil va yoʻllar texnikumi bino va inshootlarini Buxoro pedagogika instituti balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish.

3. Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumini Buxoro avtomobil va yoʻllar texnikumi hamda Buxoro arxitektura va qurilish texnikumining huquqiy vorisi etib belgilash.

4. Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumida Buxoro avtomobil va yoʻllar texnikumi hamda Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi oʻquvchilarining amaldagi taʼlim dasturlari asosida taʼlimni yakunlash imkoniyatini yaratish.

5. Buxoro avtomobil va yoʻllar texnikumidagi mavjud mebellar, jihozlar, ustaxona toʻplamlari, laboratoriya va transport vositalarini Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi hamda boshqa ehtiyoji mavjud boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlari balansiga oʻtkazish.

6. Buxoro avtomobil va yoʻllar texnikumi faoliyatini oʻrnatilgan tartibda tugatish.

2025/2026 oʻquv yiliga qadar

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov)

20.

Texnikumlarning raqamli infratuzilmasini yaxshilash, ularda AR/VR laboratoriyalari, shourumlar hamda Wi-Fi hududlar tashkil etish.

1. Texnikumlarning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov)

2. Texnikumlarning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, ularda AR/VR laboratoriyalari, shourumlar hamda Wi-Fi hududlar tashkil etish.

2025-yil sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich

21.

Texnikumlar oʻquv jarayoniga Germaniyaning ilgʻor tajribalari va metodikalari asosida tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik dasturlari) joriy qilish.

Texnikumlar oʻquv jarayoniga tadbirkorlik dasturlarini joriy qilish. Bunda:

tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejaga muvofiq, oʻquvchilarni kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

mashgʻulotlarning Germaniyaning ilgʻor tajribalari va metodikalari asosida malaka oshirgan va tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan olib borilishini taʼminlash.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

22.

Texnikumlar va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash.

1. Oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini texnikumlarga oʻrindoshlik asosida oʻqituvchilik lavozimlariga jalb etish.

2. Texnikumlarga oʻqituvchilik lavozimlariga jalb etilgan professor-oʻqituvchilarni oliy taʼlim tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Oliy taʼlim tashkilotlari va texnikumlarning budjetdan tashqari hamda grant mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik, idoralar,

oliy taʼlim tashkilotlari

23.

Texnikumlarning xorijiy ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlik qilishini taʼminlash.

1. Texnikum bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha xorijiy ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish va memorandumlarni imzolash.

2. Texnikumlarda xorijiy ish beruvchilar talablariga mos boʻlgan kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

3. Xorijiy ekspert va mutaxassislar ishtirokida texnikum oʻqituvchi va oʻquvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar tashkil qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari,

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi

mablagʻlari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

24.

Milliy taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim dasturlari bilan uygʻunlashtirish.

1. Xalqaro taʼlim dasturlaridan kelib chiqib, kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borish.

2. Xalqaro taʼlim dasturlari va adabiyotlarni xarid qilish hamda tarjima qilish ishlarini tashkil qilish.

3. Tarjima qilingan xalqaro taʼlim dasturlarini milliy oʻquv dasturlari mazmuniga singdirgan holda yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.

Xalqaro taʼlim tashkilotlari bilan kelishilgan muddatlarda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari,

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

(Xudaykulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Texnikumlarda xorijiy va mahalliy ish beruvchilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda maqsadli kadrlar tayyorlashni joriy qilish boʻyicha karyera markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Karyera markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnikumlarning ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosarini jamoatchilik asosida karyera markazi rahbari lavozimiga tayinlash.

3. Karyera markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha hududiy seminar-treninglar tashkil etish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

26.

Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish.

1. Xorijiy tashkilot bilan xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish boʻyicha hamkorlik bitimini imzolash.

2024-yil noyabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari,

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

(Xudaykulov)

2. Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha adabiyotlarni xarid qilish, ularni tarjima qilish va texnikumlarga yetkazish.

2025-yil may

3. Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqituvchilarning malakasini oshirish.

2025-yil fevral — iyun

4. Xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar qabulini tashkil qilish.

2025-yil may — iyul

27.

Texnikumlarning xalqaro taʼlim dasturlariga oʻquvchilar qabulini tashkil qilish.

1. Xalqaro taʼlim dasturlariga qabul haqidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

2. Oʻquvchilarni qabul qilish.

Har yili 1-noyabrga qadar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28.

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarning xodimlari va pedagoglari mehnatiga haq toʻlashning alohida tartibini joriy qilish.

1. Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarning xodimlari va pedagoglari mehnatiga haq toʻlashning alohida tartibini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. Tartibni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil may

29.

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladigan texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. Texnikumlarning oʻquv xonalari va ustaxonalarini xalqaro taʼlim dasturlari talablaridan kelib chiqib taʼmirlash.

2025-yil may

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari,

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnikumlarni zamonaviy mebel, oʻquv qurollari va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

2025-yil iyun

3. Texnikumlarning ustaxonalari uchun zarur uskunalar va kompyuter toʻplamlarini xarid qilish va yetkazib berish.

2025-yil iyul

30.

Ommaviy axborot vositalarida Farmonning mazmuni va mohiyatini yoritish.

Ommaviy axborot vositalari orqali mazkur Farmon amalga oshirilishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatkichlar va natijalarni ifodalagan holda, tahliliy sharhlarni tizimli ravishda tayyorlash va eʼlon qilib borish.

2024-yil oktabrdan boshlab doimiy

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Djurabayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(Koʻchimov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

(Xudaykulov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga
12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari, 3-bandi “a”, “b”, “v”, “g”, “e” kichik bandlari, “d” kichik bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda 1 — 3-ilovalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6031-son Farmoniga ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmoniga 5-ilovaning 1 — 3-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6176-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6217-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-45-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-94-son Farmoniga 1-ilovaning 1-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmoniga 7-ilovaning 1-bandi “a” — “v” kichik bandlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-183-son Farmoniga ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-214-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-258-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi “a” kichik bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-107-son Farmoniga 1-ilovaning 6-bandi “a” kichik bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5140-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qaroriga 6-ilovaning 34-pozitsiyasi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi “a” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)