|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.11.2002
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “FUQAROLARGA QARAShLI MOL-MULKNING DAVLAT MAJBURIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA” 1993 YIL 23 DEKABRDAGI 609-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Fuqarolik mulkiy manfaatlarini moddiy jihatdan yanada toʻlaroq himoya qilishni taʼminlash maqsadida va Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qarorining 6-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
2-banddagi “pulining har 100 “soʻm-kuponidan” soʻzlari “pulidan foizlar hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda fuqarolarga qarashli mol-mulkni sugʻurta qilish boʻyicha hisobga olish, toʻlovlarni hisoblash va toʻlash hamda sugʻurta toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Mazkur qaror 1995-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-dekabr,
603-son
Fuqarolarga qarashli imoratlar va chorva mollarining davlat sugʻurtasi boʻyicha pullarining
miqdorlari
| Tartib raqami | Mol-mulkning nomi | Amaldagi eng kam oylik ish haqiga nisbatan sugʻurta pulining miqdori (baravar) |
| 1. |
Imoratlar |
15 10 |
| 2. | Qoramollar: 6 oylikdan 1 yoshgacha 1 yoshdan 2 yoshgacha 2 yoshdan katta |
0,5 1 2 |
| 3. | Yilqilar: 1 yoshdan 2 yoshgacha 2 yoshdan katta |
1 2 |
| 4. | Tuyalar: 1 yoshdan 2 yoshgacha 2 yoshdan katta |
1 2 |
Davlat majburiy sugʻurtasi boʻyicha bir yil uchun sugʻurta pulidan foizlar hisobidan olinadigan sugʻurta toʻlovlarining tabaqalashtirilgan stavkalari
miqdorlari
| Viloyatlar |
Imoratlarni sugʻurta qilish | Chorva mollarini sugʻurta qilish | |
| shaharda | qishloqda | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 0,7 | 1,0 | 5,0 |
| Andijon | 0,5 | 0,7 | 3,5 |
| Buxoro | 0,3 | 0,6 | 3,5 |
| Jizzax | 0,3 | 0,8 | 3,5 |
| Qashqadaryo | 0,3 | 0,5 | 3,5 |
| Navoiy | 0,3 | 0,6 | 3,5 |
| Namangan | 0,5 | 1,0 | 3,6 |
| Samarqand | 0,4 | 0,7 | 4,0 |
| Surxondaryo | 0,4 | 0,7 | 3,5 |
| Sirdaryo | 0,3 | 0,5 | 5,0 |
| Toshkent | 0,3 | 0,5 | 4,0 |
| Fargʻona | 0,3 | 0,3 | 3,5 |
| Xorazm | 0,5 | 0,6 | 3,5 |
| Toshkent shahri | 0,3 | — | 1,0 |
| Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jami |
0,39 | 0,65 | 3,6 |
Eslatma: Koʻp qavatli uy-joylardagi xususiylashtirilgan kvartiralar uchun tarif stavkasi sugʻurta pulining 0,3 foizi miqdorida belgilansin.