1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASIDAN OʻTAYoTGAN ShAXSLARNI KOʻZDAN KEChIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-fevralda 1307-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 9-apreldagi 01-02/12-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1307-4, 12.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda), Bojxona kodeksining 45-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi 374-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining 1995-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi Muvaqqat yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 59-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais oʻrinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklatilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-noyabr,
01-02/20-46-son
Davlat bojxona qoʻmitasining 2003-yil 5-noyabrdagi 1-02/20-46-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Bojxona kodekslariga hamda “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va bojxona chegarasidan oʻtayotgan yoxud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aeroportlarning tranzit zonasida turgan shaxsni koʻzdan kechirish asoslari va uning tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 49-moddasiga koʻra, bojxona organlari bojxona nazoratini oʻtkazishda qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan shakllarini qoʻllaydilar.
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish shaxslarni qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi.
2. Bojxona nazoratining “Shaxsni koʻzdan kechirish” shakli bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma qaroriga asosan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
3. Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni oʻz yonida yashirayapti va koʻrsatmayapti deb hisoblashga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan yohud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan har qanday jismoniy shaxs koʻzdan kechirilishi mumkin.
Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni oʻz yonida yashirayapti va koʻrsatmayapti deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsni mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda bildirgi orqali xabardor qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va sobiq Prezidenti, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan holda bojxona chegarasidan oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari bojxona nazoratining “Shaxsni koʻzdan kechirish” shaklidan ozod qilinadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 5-apreldagi 01-02/22-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-1, 09.04.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 114-modda)
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining sudyalari ham shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
1961-yil 18-aprelda qabul qilingan “Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisida”gi Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik immunitetga ega boʻlgan shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan koʻzdan kechirishdan ozod etilgan boshqa shaxslar koʻzdan kechirilmaydi.
Agar, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni koʻzdan kechirish zarurati mavjud boʻlsa, “Shaxsni koʻzdan kechirish” xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
II. Shaxsni koʻzdan kechirish asoslari va tartibi
4. Shaxsni koʻzdan kechirish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
a) fuqarolarning xabarlari yoki arizalari;
b) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridan tushgan materiallar;
v) xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlarning maʼlumotlari;
g) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlaridan kelgan axborotlarda mavjud boʻlgan tegishli maʼlumotlar;
d) jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi taqiqlangan ashyolar yashirilayotgani va bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi toʻgʻrisida gumon qilinishiga toʻgʻridan toʻgʻriyoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarning bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan aniqlanishi.
5. Jismoniy shaxsni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda yozma qaror qabul qiladi. Shaxsni koʻzdan kechirish shakli bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan shaxsni koʻzdan kechirishni tezlashtirish maqsadida aniq sharoitlar — vaqt, kun, masofaning uzoq yoki yaqinligiga qarab belgilanadi. Qarorda shaxsni koʻzdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsi aniq koʻrsatilishi shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
6. Shaxsni koʻzdan kechirish — bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tayinlagan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan, xolislar ishtirokida, zarurat tugʻilganda mutaxassislar, shu jumladan tibbiyot xodimi va tarjimon taklif etilgan holda amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Voyaga etmagan shaxslar ularning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari) ishtirokida, qarovga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar esa ularni yetaklab yuruvchi shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiriladi.
Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etish uchun beriladigan ruxsat masalasi ushbu tadbirni amalga oshirayotgan mansabdor shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi talablariga binoan va mazkur Yoʻriqnomaga asosan koʻrib chiqiladi.
Koʻzdan kechirilayotgan shaxs koʻzdan kechirish jarayonida himoyachini (advokatni) ishtirok etishini talab qilishga haqli. Bu holda himoyachi etib kelguniga qadar koʻzdan kechirish toʻxtatib turiladi.
Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etishi nazarda tutilmagan yoki ushbu tadbirga umuman aloqasi boʻlmagan shaxslarning qatnashishi taqiqlanadi.
7. Shaxsni koʻzdan kechirishni amalga oshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxsi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar koʻzdan kechirilayotgan shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari shart. Shu bilan bir qatorda shaxsni koʻzdan kechirishda qatnashuvchi boshqa shaxslar koʻzdan kechirish oʻtkazilgan kunga qadar voyaga etgan boʻlishlari lozim.
Voyaga etmagan va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslarni koʻzdan kechirish ularning bir jinsdagi vakillari yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bir jinsda boʻlmagan taqdirda, koʻzdan kechirish ularning talablari asosida bir jinsdagi vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar kelgunga yoxud bir jinsdagi xolis yoʻlovchilardan birini tanlagunga qadar toʻxtatib turiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
8. Koʻzdan kechirilayotgan shaxsning tanasini tekshiruvdan oʻtkazish faqat tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Shaxsni koʻzdan kechirish ushbu shaxsning qadr-qimmatini kamsitmasdan, uning sogʻligi va mulkiga zarar yetkazmasdan, yashirishi mumkin boʻlgan ashyoni aniqlash uchun zarur boʻlgan doirada oʻtkaziladi.
10. Shaxsni koʻzdan kechirish natijasida uning joʻnab ketishi asossiz kechiktirilsa va u aybsiz deb topilsa bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur shaxs navbatdagi yaqin reys bilan manziliga joʻnatib yuborilishi shart.
III. Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
11. Koʻzdan kechirishda bojxona organi mansabdor shaxsining huquq va majburiyatlari.
a) Bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi hollarda shaxsni koʻzdan kechirishni oʻtkazishida qatnasha olmaydi va koʻzdan kechirish oʻtkazishni rad etishi lozim:
koʻzdan kechirilayotgan jismoniy shaxsning qarindoshi boʻlgan chogʻda;
bojxona organi mansabdor shaxsi, mazkur tekshiruv natijasidan toʻgʻridan toʻgʻriyoki qisman manfaatdor boʻlsa;
shaxsni koʻzdan kechirish jarayonida koʻzdan kechirilayotgan shaxsga zarar keltirishi ehtimoli mavjud boʻlsa.
Bojxona organi mansabdor shaxsi yuqorida koʻrsatilgan sabablarga koʻra shaxsni koʻzdan kechirish imkoniyatiga ega boʻlmasa, bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs shaxsni koʻzdan kechirishni yangi qaror bilan boshqa mansabdor shaxsga topshiradi.
(11-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Koʻzdan kechirishni oʻtkazish vazifasi yuklatilgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan shaxsni koʻzdan kechirish oʻtkazishiga eʼtiroz bildirib, koʻzdan kechirilishi lozim boʻlgan voyaga etmagan yoki aqli noraso boʻlgan shaxslarning qonuniy vakillari shikoyat qilishlari mumkin.
Shikoyat asosli deb topilsa koʻzdan kechirishni oʻtkazish bojxona organining boshqa mansabdor shaxsiga topshiriladi.
b) Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek mazkur Yoʻriqnomada belgilangan huquqlarga ega.
v) Shaxsni koʻzdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsining majburiyatlari:
shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi koʻrsatmani aniq va oʻz vaqtida amalga oshirish;
shaxsni koʻzdan kechirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibga amal qilish;
mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomani tuzish va koʻzdan kechirilayotgan shaxsni tuzilgan bayonnoma bilan tanishtirish;
(11-bandning “v” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
koʻzdan kechirish jarayonida qatnashayotgan shaxslarning fikr-mulohazalarini bayonnomada toʻliq qayd etish.
12. Koʻzdan kechirishda xolislarning ishtiroki.
a) Xolis sifatida, shaxsni koʻzdan kechirish natijalaridan manfaatdor boʻlmagan voyaga etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilishi mumkin.
Taklif etiladigan xolislar soni ikki kishidan kam boʻlmasligi lozim.
b) Xolislar koʻzdan kechirish jarayonini kuzatib borish, shaxsni koʻzdan kechirish vaqtidagi xatti-harakatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish, fikr-mulohazalarini bayonnomada qayd etilishini talab qilish, bayonnoma bilan tanishish hamda koʻzdan kechirish jarayonidagi bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga egalar.
v) Xolislar shaxsni koʻzdan kechirishning barcha jarayonlarida ishtirok etishlari, oʻtkazilgan koʻzdan kechirish jarayoni va natijalarini bayonnomada imzo chekib tasdiqlashlari hamda bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz koʻzdan kechirishda aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmasliklari shart.
a) Tibbiyot xodimi shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida jismoniy shaxs sogʻligʻiga ziyon keltirmaydigan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish, koʻzdan kechirilayotgan shaxsga savollar berish, oʻz fikr-mulohazalarini shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasiga kiritishni talab qilish, koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha tuzilgan bayonnoma bilan tanishish, tana aʼzolari koʻrigiga aloqador bandlarda oʻz tuzatishlarini kiritish, koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
b) Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan shaxsni koʻzdan kechirishga jalb qilingan tibbiyot xodimi koʻzdan kechirilayotgan jismoniy shaxsning tana aʼzolarini va zarur boʻlganda ichki organlarini zarar keltirmagan holda shaxsan tekshirishi, koʻzdan kechirish jarayoni haqida tushuntirish berishi, shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasi va boshqa hujjatlarni oʻz imzosi bilan tasdiqlashi, shuningdek, koʻzdan kechirish natijasida aniqlangan maʼlumotlarni bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart.
14. Koʻzdan kechirishda qatnashuvchi boshqa mutaxassislarning ishtiroki.
a) Koʻzdan kechirishda qatnashuvchi boshqa mutaxassis koʻzdan kechirilayotgan shaxsga savol berish, yashirilgan ashyolarni topish va aniqlashda ilmiy-texnika vositalari va usullaridan foydalanish, kuzatuvlar, oʻlchov va tadqiqotlar olib borish, shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsiga maxsus bilim va tajriba talab qilinadigan masalalar boʻyicha zarur boʻlganda oʻz maslahatlarini berish, oʻzi ishtirok etayotgan masalalar yuzasidan fikr bildirish va ularni bayonnomada qayd etilishini talab qilish, shuningdek, koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
b) Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan boshqa mutaxassis bojxona mansabdor shaxsining talablarini aniq bajarishi, shaxsni koʻzdan kechirishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi, oʻzining maxsus bilimlari va tajribasidan foydalanib, koʻzdan kechirilayotgan shaxs yashirgan ashyolarni topish va aniqlashda qatnashishi, shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga bojxona mansabdor shaxsining eʼtiborini qaratishi, oʻzi bajarayotgan xatti-harakatlarga izoh berib borishi, shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi bayonnoma va uning ishtirokida rasmiylashtirilayotgan boshqa hujjatlarga imzo chekishi hamda koʻzdan kechirish jarayonida aniqlangan holatlarni bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz oshkor qilmasligi lozim.
a) Koʻzdan kechirilayotgan shaxs bayonnoma rasmiylashtirilayotgan tilni bilmasa, zarurat yuzasidan tarjimon jalb etiladi.
Tarjimon shaxsni koʻzdan kechirishning barcha bosqichlarida bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi yoki koʻzdan kechirilayotgan shaxs yohud uning qonuniy vakillari talabi asosida jalb qilinishi mumkin.
Tarjimon jalb qilingan hollarda koʻzdan kechirish tarjimon kelguniga qadar toʻxtatib turiladi.
b) Koʻzdan kechirish jarayonida ishtirok etuvchi tarjimon tarjimani toʻgʻri boʻlishi maqsadida ishtirokchilarga savol berish, koʻzdan kechirish bayonnomasi bilan tanishish, bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan mulohazalarini bildirish, agar tarjima qilishga yetarli bilimi va tajribasi boʻlmasa koʻzdan kechirishda ishtirok etishni rad qilish hamda koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
v) Tarjimon koʻzdan kechirish jarayonida qatnashishi, tarjimani aniq va toʻliq bajarishi, tarjimaning toʻgʻriligi haqida koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomaga imzo chekib tasdiqlashi, bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz koʻzdan kechirishda aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi lozim.
16. Shaxsni koʻzdan kechirish jarayonida koʻzdan kechirilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari.
a) Koʻzdan kechirilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
b) Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
bojxona organi mansabdor shaxsidan koʻzdan kechirish haqidagi qarorni koʻrsatilishini talab qilish;
oʻz huquq va majburiyatlari bilan tanishish;
oʻz eʼtirozi yoki noroziligini yozma yoki ogʻzaki maʼlum qilish;
tushuntirish va tavsiflar berish;
shaxsni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha toʻldirilgan bayonnoma bilan tanishish, uning mazmuni boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirish;
tarjimon xizmatidan foydalanish;
koʻzdan kechirish jarayonida himoyachi qatnashishini talab qilish va himoyachi xizmatidan foydalanish;
shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida qoʻllanilgan xatti-harakatlar yuzasidan hamda koʻzdan kechirgan shaxs va boshqa ishtirokchilar ustidan shikoyat qilish.
IV. Shaxsni koʻzdan kechirishga tayyorgarlik
17. Bojxona organi mansabdor shaxsi shaxsni bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsning koʻzdan kechirish haqidagi qarori bilan tanishtiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
18. Koʻzdan kechiriladigan shaxs bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsning koʻzdan kechirish haqidagi qarori bilan tanishib, bayonnomaga oʻz imzosini qoʻyadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Agar shunday harakatdan voz kechilgan taqdirda, shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomaga bu haqda yozib qoʻyiladi va bojxona organining mansabdor shaxsi hamda xolislar imzosi bilan tasdiqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 4-noyabrdagi 01-02/12-29-son qarori (roʻyxat raqami 1307-2 12.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 46-son, 415-modda)
19. Koʻzdan kechiriladigan shaxs, shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga yoki mazkur Yoʻriqnomaga zid kelmagan koʻrsatmalar va talablarga amal qilishi, shaxsni koʻzdan kechirish tayinlangan vaqti, joyi, usullari va rasmiylashtirish tartiblariga boʻysunishi shart.
Bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablari, koʻzdan kechirilayotgan shaxs tomonidan bajarilmasa yoki bajarilishiga toʻsqinlik qilinsa, ushbu xatti-harakatlar koʻzdan kechirilayotgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 287-moddasi 6-bandiga binoan maʼmuriy ushlab turilishiga asos boʻladi.
20. Shaxs koʻzdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, koʻzdan kechirish xonasiga olib kiriladi hamda xolislar ishtirokida ushbu Yoʻriqnomaning 16-bandida koʻrsatib oʻtilgan huquq va majburiyatlari toʻliq, ravon hamda tushuntirishlar berish yoʻli orqali oʻqib eshittiriladi.
Shaxs, koʻzdan kechirish jarayoni boshlanishidan avval uning huquq va majburiyatlari oʻqib eshittirilganligini koʻzdan kechirish bayonnomasining boshida imzo qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
21. Jismoniy shaxsga bojxona nazoratidan yashirgan buyum va ashyolarni oʻz xohishiga koʻra topshirishi taklif etiladi. Oʻz xohishi bilan topshirilgan buyum va ashyolar koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslarga koʻrsatiladi.
22. Jismoniy shaxs oʻz ixtiyori bilan yashirgan ashyolarini berishdan bosh tortsa yoki ushbu ashyo berilgandan keyin ham bojxona organi mansabdor shaxsi yashirilgan ashyolar borligi haqida shubha qilsa, bojxona organi mansabdor shaxsi jismoniy shaxsni koʻzdan kechirishga kirishadi.
23. Agar jismoniy shaxs oʻzini koʻzdan kechiradigan bojxona organi mansabdor shaxsidan norozi ekanligini maʼlum qilsa, bu holatda ushbu mansabdor shaxs bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsni bu haqda xabardor etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
V. Shaxsni koʻzdan kechirish qoidalari
24. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida koʻzdan kechirilayotgan shaxsning yonida oʻq-otar, gazli yoki sovuq qurollar yoxud hujum qilishga asqotadigan boshqa ashyolar yoʻqligiga ishonch hosil qilinganidan keyingina koʻzdan kechirish amalga oshiriladi.
25. Shaxsni koʻzdan kechirish bojxona organining ushbu tadbir oʻtkazishga moʻljallangan va maxsus jihozlangan xonasida oʻtkaziladi. Qoida tariqasida ushbu xonada stol, stul, kiyim — bosh ilish moslamasi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi boʻlishi lozim. Shaxsni koʻzdan kechirish yopiq, tozalik qoidalariga mos binolarda, jumladan bojxona postlarida, aeroport, vokzal va boshqa tashkilotlarning berk xonalarida amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
26. Shaxsni koʻzdan kechirish xonasiga olib ketilayotganda, u oʻzidagi ashyolar, hujjatlarini yerga tashlab yubormasligi yoki biror joyga yashirmasligi ustidan nazorat taʼminlanishi shart.
27. Shaxs koʻzdan kechiriladigan xona, bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilishi lozim. Xonaning eshigi, derazasi, tuynugi yopiq boʻlishi, hujum qilish uchun foydalanadigan ashyolar boʻlmasligi lozim.
28. Shaxsni koʻzdan kechirish xonasiga begona kishilarning kirishi, chetdan xonani kuzatish imkoniyati butunlay boʻlmasligi shart.
29. Bitta xonada bir vaqtning oʻzida bir necha kishini koʻzdan kechirish qatʼiyan man qilinadi.
30. Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxsning kiyimi, poyabzali va boshqa buyumlarini diqqat bilan tekshirish zarur.
31. Shaxsni koʻzdan kechirish paytida:
a) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning barcha ashyolari (tayoq, soyabon, portmone, zajigalka, avtoruchka, portsigara va boshqalar) koʻzdan kechiriladi;
b) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning ustki kiyimi, poyabzali va bosh kiyimi echib koʻzdan kechiriladi;
v) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning ichki kiyimlarining ustki qismi sinchiklab koʻzdan kechiriladi;
g) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning ichki kiyimlari echib koʻzdan kechiriladi;
32. Shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida, uning oʻzini qanday tutishi doimo kuzatib boriladi, shuningdek kiyimlari, poyabzali va boshqa shaxsiy ashyolarining taʼmirlanganligiga, uning tanasiga bogʻlangan bintlari yoki baʼzi bir narsalarni yashirishi mumkin boʻlgan oʻziga xos jihatlariga alohida eʼtibor beriladi.
33. Kiyim-bosh va poyabzallarni koʻzdan kechirayotganda ularning qoʻlda ishlanganligi, ortoped poyabzal, bosh kiyim yoki oyoq kiyimning tikilgan choklari, yamoqlari, qaytarilgan joylari, yelkalari, kiyim qavatlari, beli, poyabzalining qoʻnji, patagi va tovonlariga eʼtibor qaratiladi.
34. Koʻzdan kechirilayotgan shaxsning mulkiga ehtiyot boʻlib muomalada boʻlish maqsadida, baʼzi bir ashyolar faqat zarurat tugʻilganda qoʻlga olib yoki ichini ochib koʻriladi.
35. Agar koʻzdan kechirilayotgan shaxs bojxona nazoratiga taqdim etmagan ashyolarni oʻz ixtiyori bilan topshirsa va bojxona organi mansabdor shaxsi koʻzdan kechirilayotgan shaxsda boshqa ashyolar yoʻqligiga ishonch hosil qilsa, bojxona organi mansabdor shaxsi shu ashyolarni rasmiylashtirish bilan cheklanishi mumkin.
36. Koʻzdan kechirilayotgan shaxsdan topilgan yoki uning oʻzi topshirgan ashyolar unga koʻrsatiladi hamda uning olish imkoniyati boʻlmagan joyga qoʻyiladi.
37. Bojxona organi mansabdor shaxsi koʻzdan kechirish tugallangandan soʻng, koʻzdan kechirish oʻtkazilgan xonani eʼtibor bilan koʻzdan kechiradi.
Agar koʻzdan kechirilishiga qadar boʻlmagan ashyolar, koʻzdan kechirish oʻtkazilgandan keyin paydo boʻlib qolgan boʻlsa, bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu ashyoning kimga tegishli ekanini aniqlash uchun zarur choralar koʻrishi lozim.
38. Koʻzdan kechirishda ishtirok etgan shaxslarning koʻzdan kechirish natijalarini oshkor qilishlari qatʼiyan man etiladi.
39. Koʻzdan kechirish paytida shaxsning maʼlum boʻlgan jismoniy kamchiliklari yoki boshqa oʻziga xos tomonlarini oshkor qilish taqiqlanadi.
40. Shaxsni koʻzdan kechirish paytida ushbu Yoʻriqnomaning 38 va 39-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni oshkor qilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
VI. Shaxsni koʻzdan kechirishni rasmiylashtirish
41. Shaxsni koʻzdan kechirish nihoyasiga etgandan soʻng bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda shaxsni koʻzdan kechirish haqida bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning asl nusxasi bojxona postidagi yigʻma jildda saqlanadi, kseronusxasi esa koʻzdan kechirilgan shaxsga (vakil, hamrohlik qiluvchiga) berilishi shart. Agar shaxs bayonnomaning kseronusxasini olishdan bosh tortsa, asl nusxaning tegishli qismiga bojxona organi masʼul xodimi tegishli maʼlumotni kiritib, imzo qoʻyadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
42. Shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasida quyidagilar qayd etiladi:
bayonnomaning qayerda va qaysi kuni tuzilgani hamda shaxsni koʻzdan kechirish boshlangan va tugallangan vaqti;
shaxsni koʻzdan kechirgan va bayonnoma tuzgan bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi hamda u xizmat qilayotgan bojxona organining nomi;
shaxsni koʻzdan kechirish haqida qaror chiqargan bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari — smena boshligʻi yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi hamda u xizmat qilayotgan bojxona organining nomi;
(42-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning (voyaga etmagan va oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning vakili, hamrohlik qiluvchisi yoki koʻzdan kechirish jarayonida vakil, hamrohlik qiluvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning) fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, hujjatlaridagi maʼlumotlar;
(42-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
shaxsni koʻzdan kechirish xonasi yoki joyi (aeroport, vokzal, poyezd va boshqa binolar) haqida maʼlumotlar;
shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etgan xolislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash yoki ish joyi haqida maʼlumotlar;
shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etgan tibbiyot xodimi va tarjimon, shu jumladan boshqa mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi mutaxassisligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
koʻzdan kechirilgan shaxs va boshqa ishtirok etayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi haqida maʼlumotlar;
koʻzdan kechirilayotgan shaxsga koʻzdan kechirish haqidagi qarorni eʼlon qilinganligi hamda yashirgan ashyolarini oʻz ixtiyori bilan topshirish haqidagi taklif;
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning yashirgan ashyolari qay holda topilgani yoki uning oʻz ixtiyori bilan topshirganligi, ashyolarning xususiyatlari, soni haqida maʼlumot;
shaxsni koʻzdan kechirishning davomiyligi yoki chegarasi;
koʻzdan kechirishda qoʻllanilgan texnika vositalari, tibbiy asbob-uskunalar (ularning turi, rusumi, markasi), ularning qoʻllanish sharoiti va tartibi;
koʻzdan kechirilayotgan shaxs va ushbu tadbirda ishtirok etayotgan shaxslarning fikr-mulohazalari, eʼtirozlari va arizalari;
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning oʻzini qanday tutganligi haqida tavsifnoma (agar zarurat tugʻilsa).
43. Koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxs bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortsa, buning sababi bayonnomada qayd etiladi va xolislar tomonidan imzolanadi.
koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxs oʻz ixtiyori bilan bergan ashyolar;
shaxsni koʻzdan kechirish vaqtida topilgan yoki tortib olingan ashyolar;
shaxsni koʻzdan kechirish vaqtida olingan fotosuratlar, ularning negativlari, kinolentalar, audio va video yozuvlar;
koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxs, ushbu tadbirda ishtirok etgan mutaxassis, tibbiyot xodimi, xolislarning tushuntirish xatlari va arizalari;
rasmiylashtirilgan kuzatuv, oʻlchov va tadqiq natijalari hamda qoʻllanilgan tibbiy vositalar yoki ular toʻgʻrisida maʼlumotlar.
45. Koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxsning oʻz ixtiyori bilan topshirgan yoki topilgan ashyolar, video, audio, foto va kinotasmalar va boshqa narsalar alohida paketga joylanadi va muhrlanadi. Ushbu paketda zarur boʻlgan tushuntirishlar boʻlishi, bojxona organi mansabdor shaxsi va xolislar imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
46. Shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasi “Shaxsni koʻzdan kechirishlarni qayd etish” jurnalida kun va yil tartibida qayd etilishi lozim.
47. Jurnal va bayonnoma shaxsni koʻzdan kechirilgan bojxona organida saqlanadi.
Jurnal belgilangan tartibda tikilgan, raqamlangan va hududiy bojxona boshqarmasining muhri bilan muhrlangan boʻlishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
48. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qoʻzgʻatilsa, shaxsni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzish holati boʻyicha yuritilgan ish materiallariga qoʻshiladi. Koʻzdan kechirish oʻtkazilgan postda uning nusxasi qoldiriladi.
49. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi holati aniqlansa, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
VII. Yakuniy qoidalar
50. Bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsni koʻzdan kechirish chogʻidagi noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish — koʻzdan kechirilayotgan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining noqonuniy xatti-harakati natijasida va koʻzdan kechirish oqibatida koʻzdan kechirilayotgan shaxsning mulkiga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoplanadi.
52. Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu Yoʻriqnoma talablariga rioya qilmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
“___________________” chegara bojxona posti boshligʻi (oʻrinbosari — smena boshligʻi), bojxona xizmati ____________________________________
(maxsus unvoni)
________________________________________ga
(ismi va familiyasi)
B I L D I R G I
Sizdan 20___ yil “_____” _______________ kuni ________________________ dan
(yil)
(kun)
(oy)
(davlat nomi)
_________________ ga oʻtish uchun “________________” chegara bojxona postiga kirib
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa
davlat organlaridan tushgan materiallar;
xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro
tashkilotlarning maʼlumotlari;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlaridan kelgan axborotlarda
mavjud boʻlgan tegishli maʼlumotlar;
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi taqiqlangan ashyolar yashirilayotgani va
bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi toʻgʻrisida gumon qilinishiga toʻgʻridan-
toʻgʻri yoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarga
asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 45-moddasiga muvofiq
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
“______________” chegara bojxona
posti ____________ inspektori,
(lavozimi)
bojxona xizmati ____________
___________________________
(maxsus unvoni)
(ismi va familiyasi)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxsni koʻzdan kechirish haqida QAROR
________-son
20___ yil “____” _____________
_____________________
(kun)
(oy)
(hudud nomi)
Men, ______________________________________________________ chegara bojxona
(viloyat bojxona organi va chegara bojxona posti nomi)
posti boshligʻi (oʻrinbosari — smena boshligʻi), bojxona xizmati _____________________
(maxsus unvoni)
______________________, post ____________ inspektori ___________________ ning
(ismi va familiyasi)
(lavozimi)
(ismi va familiyasi)
bildirgisi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
ANIQLADIM:
20___ yil “______” ________ kuni ______________ dan _________________ ga oʻtish
(yil)
(kun)
(oy)
(davlat nomi)
(davlat nomi)
uchun “_______________” chegara bojxona postiga kirib kelgan ___________________
(post nomi)
(davlat nomi)
fuqarosi ___________________________________________________ oʻzi tomonidan
T-6 bojxona deklaratsiyasining tegishli bandlarini toʻldirib, bojxona xodimiga taqdim etib, inspektor tomonidan oʻtkazilgan ogʻzaki savol-javobda T-6 shaklidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan tovarlardan tashqari boshqa tovarlar yoʻqligini maʼlum qilgandan soʻng, post inspektori T-6 bojxona deklaratsiyasiga imzo qoʻyib, shaxsiy muhri bilan tasdiqlagan.
Biroq, post ________ inspektori bojxona xizmati _____________________________
(lavozimi)
(maxsus unvoni, ismi va familiyasi)
20___ yil “___” __________da bildirgi bilan ____________________________ga
(kun)
(oy)
(shaxsni koʻzdan kechirish asosi)
asosan ushbu fuqaro oʻzida olib oʻtilishi taqiqlangan ashyolar yashirayotganligida va ularni bojxona nazoratiga taqdim etmayotganligida gumonlanayotganligini bildirgan.
Koʻrsatib oʻtilganlarni inobatga olib, fuqaro ___________________ni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish va yonidagi ashyolarni koʻzdan kechirish lozim deb hisoblayman.
Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 289-moddasini va Bojxona kodeksining 45-moddasini qoʻllab,
QAROR QILDIM:
1. Fuqaro _______________________________________ shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish jarayoni boshlanishidan avval unga huquq va majburiyatlari toʻliq, ravon hamda tushuntirishlar berish yoʻli �rqali oʻqib eshittirilsin.
3. Fuqaroni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish post __________ inspektori________________
(lavozimi)
(ismi va familiyasi)
zimmasiga yuklansin.
“_________________” chegara
bojxona posti boshligʻi (oʻrinbosari — smena boshligʻi),
bojxona xizmati __________________
______________________
(maxsus unvoni)
(ismi va familiyasi).
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organining ShAXSNI KOʻZDAN KEChIRISh BAYoNNOMASI
201___ yil “____” _____________
____________________
(yil)
(kun)
(oy)
(hudud nomi)
Men ____________________________________ shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi
(koʻzdan kechirilayotgan shaxs F.I.O.)
_____________________ bojxona post boshligʻining (oʻrinbosari — smena boshligʻi) qarori va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) 16-bandida sanab oʻtilgan quyidagi huquq va majburiyatlarim bilan toʻliq, ravon hamda tushuntirishlar berish yoʻli orqali oʻqib eshittirildim.
Koʻzdan kechirilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
1) bojxona organi mansabdor shaxsidan koʻzdan kechirish haqidagi qarorni koʻrsatilishini talab qilish;
6) shaxsni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha toʻldirilgan bayonnoma bilan tanishish, uning mazmuni boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirish;
2) oʻz huquq va majburiyatlari bilan tanishish;
7) koʻzdan kechirish jarayonida himoyachi qatnashishini talab qilish va himoyachi xizmatidan foydalanish;
3) oʻz eʼtirozi yoki noroziligini yozma yoki ogʻzaki maʼlum qilish; 4) tushuntirish va tavsiflar berish; 5) t�rjimon xizmatidan foydalanish;
8) shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida qoʻllanilgan xatti-harakatlar yuzasidan hamda koʻzdan kechirgan shaxs va boshqa ishtirokchilar ustidan shikoyat qilish.
Huquq va majburiyatlarni oʻqib eshittirish boʻyicha eʼtirozlar: ____________________
(ismi, familiyasi, ish joyi va lavozimi, yashash joyi)
Koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) 12 — 15-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
Fuqaro _________________________ ga bojxona nazoratidan koʻrsatilmagan ashyolarni
(F.I.O.)
(valyuta, qimmatbaho buyumlar va shu kabilarni) oʻz ixtiyori bilan topshirish taklif etildi.
Fuqaro ________________ oʻzi bilan _________________________________________
(F.I.O.)
(koʻrsatilgan boʻlsa ularni�g alohida jihatlari, soni, qayerda turganini/
___________________________________________________________ maʼlum qildi.
nazoratga taqdim etilmagan boshqa ashyolari yoʻqligini)
(shaxsiy koʻrikdan bayonnomani olishdan bosh tortilganda bojxona xodimi tomonidan bu haqda yozib, imzo qoʻyiladi).
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-iyuldagi 01-02/20-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1307-3, 05.08.2013-y.) asosan 3-ilovaga oʻzgartirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 32-son, 430-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 58-modda; 2008-y., 14-15-son, 114-modda; 2010-y., 46-son, 415-modda; 2013-y., 32-son, 430-modda)