Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gidrometeorologiya xizmati agentligi faoliyatining samaradorligini oshirish, gidrologik kuzatuvlar tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hozirgi vaqtda gidrometeorologiya xizmati 330 dan ortiq gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringini olib boruvchi punktlarni birlashtirib, ular yordamida 240 turdan ortiq prognostik, sunʼiy yoʻldoshlardan olinadigan, tahliliy, ixtisoslashtirilgan va maʼlumotnoma tusidagi gidrometeorologik, shuningdek, gidrologik mahsulotlar tayyorlanishi yoʻlga qoʻyilgan.
Gidrometeorologiya xizmati agentligining vazifalaridan biri suv resurslarining holatini monitoring qilish, ularni aniq hisobga olish, shuningdek, iqlim oʻzgarishi va suv resurslari taqchilligi sharoitida Sirdaryo va Amudaryo havzalarining kutilayotgan suv oʻtkazuvchanligi prognozlarini tayyorlashdan iborat. Daryolardagi nazorat suv oʻlchash nuqtalari (gidropost)da transchegaraviy suv resurslarini obyektiv hisobga olish va ushbu suv oʻlchash nuqtalari orqali oʻtadigan suv miqdori toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Sel oqimlari va toshqin hodisalarining ortib borishi munosabati bilan daryolardagi suv sarfi boʻyicha maʼlumotlar aniqligini oshirish, maʼlumotlarni onlayn tarzda olish hamda toshqinlar, sel oqimlari haqida barvaqt ogohlantirish tizimini takomillashtirish, gidrometeorologiya xizmatining gidrologik tarmogʻi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi gidrologik kuzatuv tarmogʻini kengaytirish va avtomatlashtirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining amaldagi gidrologik kuzatuvlar tarmogʻi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining yangi tashkil etiladigan gidrologik kuzatuvlar tarmogʻini jihozlash, bino va inshootlarini qurish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) uchun nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari ushbu dasturlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
3. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
“Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” DUK ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin;
Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlarining grantlari hisobidan ilovalarga muvofiq mavjud hamda yangi ochilayotgan gidrologiya stansiyalari va postlarini avtomatik qurilmalar bilan jihozlashni hamda xodimlarning malakasini oshirishni taʼminlasin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi vazirlik huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda gidrologik maʼlumotlar bilan almashish uchun maʼlumotlar uzatishning yagona telekommunikatsiya tarmogʻini yaratish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori boʻlgan mintaqa va hududlarni prognozlash, monitoring qilish, kuzatish, baholash hamda aniqlash, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida muhandislik-texnik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha zarur maʼlumotlar taqdim etib borsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1-ilovaga muvofiq Dasturda nazarda tutilgan yangi ochilayotgan gidrologiya stansiyalari va postlari uchun yer uchastkalari belgilangan tartibda Gidrometeorologiya xizmati agentligiga doimiy foydalanishga (qishloq xoʻjaligi yerlaridan tashqari) ajratilishini taʼminlasin.
5. Suv xoʻjaligi vazirligi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan birgalikda suv zaxiralari va resurslarini nazorat qilish, suv resurslari boʻyicha prognozlar ishonchliligini oshirish boʻyicha tezkor gidrometeorologik maʼlumotlar almashinuvini takomillashtirib borsin.
6. Quyidagilar:
a) iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov:
2024 — 2026-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Gidrometeorologiya xizmati agentligi uchun zarur mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishiga;
b) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov:
mazkur qarorning sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi, masʼul ijrochilar tomonidan koʻrilgan choralar haqidagi hisobotlarni eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga;
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirishga;
mazkur qarorda nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga toʻliq va oʻz vaqtida erishishni taʼminlash yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarning birinchi navbatdagi vazifalarini belgilab berish hamda faoliyatini muvofiqlashtirib borishga;
ajratilgan mablagʻlar toʻliq oʻzlashtirilishiga hamda maqsadli sarflanishini nazorat qilishga;
v) Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori Sh.H. Habibullayev:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga;
gidrologik xizmat koʻrsatish faoliyatiga intellektual tizimlar, axborot resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etishga;
g) tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-fevral,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga
1-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi gidrologik kuzatuv tarmogʻini kengaytirish va avtomatlashtirish
DASTURI

T/r

Obyektlarning maʼmuriy mansubligi

(GM*)

GMlarga biriktirilgan gidropostlar soni

Ochilishi rejalashtirilayotgan gidropostlar soni

Avtomatlashtirilishi rejalashtirilayotgan amaldagi gidropostlar soni

**Ochilishi / avtomatlashtirilishi rejalashtirilayotgan gidropostlar soni

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Qoraqalpoq GM

7

-

7

-/2

-/2

-/3

2.

Andijon GM

4

4

4

1/1

2/2

1/1

3.

Buxoro GM

1

-

1

-/-

-/1

-/-

4.

Jizzax GM

1

2

1

1/1

1/-

-/-

5.

Qashqadaryo GM

14

8

14

2/4

3/5

3/5

6.

Navoiy GM

-

-

-

-/-

-/-

-/-

7.

Namangan GM

7

7

7

2/2

2/2

3/3

8.

Samarkand GM

21

8

21

2/7

3/7

3/7

9.

Surxondaryo GM

20

6

20

2/6

2/7

2/7

10.

Toshkent GM

42

9

42

3/14

3/14

3/14

11.

Fargʻona GM

4

4

4

1/1

1/2

2/1

12.

Xorazm GM

2

-

2

-/-

-/1

-/1

Jami:

123

48

123

14 / 38

17 / 43

17 / 42

* GM — Gidrometeorologiya markazi;
** suratda — ochilishi rejalashtirilayotgan, maxrajda — avtomatlashtirilishi rejalashtirilayotgan gidropostlar soni.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining amaldagi gidrologik kuzatuvlar tarmogʻi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash
DASTURI

mln soʻmda

T/r

Gidrologik post nomi

Umumiy ehtiyoj

2024-yilda

2025-yilda

2026-yilda

uskuna soni

bir birlikning oʻrtacha bozor qiymati

(AQSh dollari*)

sotib olinishi rejalashtirilayotgan

uskuna soni

qiymati

uskuna soni

qiymati

uskuna soni

qiymati

Qoraqalpoq GM

1.

Amudaryo d. — Qiziljar qishl.

6

183,33

6

1 100,00

2.

Amudaryo d. — Somonboy qishl.

6

183,33

6

1 100,00

3.

Amudaryo d. — Qipchoq sh.

6

250,31

6

1 501,83

4.

Amudaryo d. — Qizketken qishl.

6

250,31

6

1 501,83

5.

Amudaryo d. — Beruniy sh.

1

14,76

1

14,76

6.

Amudaryo d. — Niyetbaytas qishl.

1

14,76

1

14,76

7.

Amudaryo d. — Parlatau qoʻrgʻ.

1

14,76

1

14,76

Andijon viloyati GM

8.

Qoradaryo d. — Qorabagʻish qoʻrgʻ.

1

187,00

1

187,1

9.

Shaxrixonsoy kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

10.

Andijonsoy kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

11.

Savay kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

Buxoro viloyati GM

12.

Amudaryo d. — Qizil-Ravot qishl.

1

14,76

1

14,76

Jizzax viloyati GM

13.

Arnasoy irmogʻi — Gʻarbiy Arnasoy

1

18,20

1

18,2

Qashqadaryo viloyati GM

14.

Qashqadaryo d. — Varganza qishl.

1

187,10

1

187,1

15.

Qashqadaryo d. — Chiroqchi qishl.

1

187,10

1

187,1

16.

Jindidaryo d. — Jauz qishl.

1

14,50

1

14,5

17.

Oqdaryo (Oqsuv) d. — Hisorak qishl.

1

14,50

1

14,5

18.

Oqdaryo (Oqsuv) d. — Xazarnova qishl.

1

14,76

1

14,76

19.

Tanxozdaryo d. — Katagon qishl.

1

14,76

1

14,76

20.

Yakkabogʻdaryo d. — Tatar qishl.

1

14,76

1

14,76

21.

Guzardaryo d. — Pachkamar qishl.

1

14,76

1

14,76

22.

Kichikoʻradaryo d. — Xumbuloq qishl.

1

14,76

1

14,76

23.

Oʻradaryo d. — Bozortepa qishl.

1

14,76

1

14,76

24.

Varganza kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

25.

Qashqadaryo d. — Chimqoʻrgʻon s.o. quyida

1

14,76

1

14,76

26.

Chimqoʻrgʻon s.o. Oʻngqirgʻoq kan.

1

14,76

1

14,76

27.

Chimqoʻrgʻon s.o. Chapqirgʻoq kan.

1

14,76

1

14,76

Namangan viloyati GM

28.

Sirdaryo d. — Kal qishl.

3

561,30

3

561,3

29.

Norin d. — Uchqoʻrgʻon sh.

2

374,20

2

374,2

30.

Qoradaryo d. — Uchtepa qishl.

1

250,31

1

250,31

31.

Chodoq d. — Julaysoy d. quyilishi

1

14,76

1

14,76

32.

Gʻovasoy d. — Gʻova qishl.

1

14,76

1

14,76

33.

Katta Fargʻona kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

34.

Uchqoʻrgʻon kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

Samarqand viloyati GM

35.

Zarafshon d. — Ravotxoʻja suv ombori

2

374,20

2

374,2

36.

Zarafshon d. — Navoiy sh.

1

187,10

1

187,1

37.

Zarafshon (Qoradaryo) d. — Choʻponota

1

14,50

1

14,5

38.

Oqdaryo d. — taqsimlagich

1

14,50

1

14,5

39.

Sangzor d. — Qirq qishl.

1

14,50

1

14,5

40.

Jumjum d. — Jumjum qishl.

1

14,50

1

14,5

41.

Baxmozorsoy d. — Baxmozor qishl.

1

14,50

1

14,5

42.

Omonqoʻton d. — Omonqoʻton qishl.

1

14,76

1

14,76

43.

Oqdaryo (Ohaliq) d. — Ohaliq qishl.

1

14,76

1

14,76

44.

Qoragʻach d. — Mavlon qishl.

1

14,76

1

14,76

45.

Biglyarsoy d. — Yangi Oqchob qishl.

1

14,76

1

14,76

46.

Markaziy Miyonkal kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

47.

Qurbonobod kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

48.

Farogʻ kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

49.

Oqtepasoy d. (Pangat) — Ocha qishl.

1

14,76

1

14,76

50.

Kattaqoʻrgʻon s.o. Suv keluvchi kan.

1

14,76

1

14,76

51.

Kattaqoʻrgʻon s.o. Suv chiqaruvchi kan.

1

14,76

1

14,76

52.

Chigʻanoq kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

53.

Oʻngqirgʻoq (PK-6) kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

54.

Chapqirgʻoq kan. — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

55.

Urgut d. — Urgut sh.

1

14,76

1

14,76

Surxondaryo viloyati GM

56.

Amudaryo d. — Termiz pristani

6

1 122,60

6

1 122,60

57.

Surxondaryo d. — Gʻalaba kan. akvedugi

1

187,10

1

187,1

58.

Surxondaryo d. — Shoʻrchi qishl.

1

187,10

1

187,1

59.

Surxondaryo d. — Janubiy Surxon s.o.

1

187,10

1

187,1

60.

Toʻpalang d. — Zarchob qishl.

1

187,10

1

187,1

61.

Toʻpalang d. — Obizarang d. quyilishi

1

187,10

1

187,1

62.

Shargun d. — Chinor qishl.

1

14,76

1

14,76

63.

Obizarang d. — Dashnobod qishl.

1

14,76

1

14,76

64.

1 — nazorat kanali — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

65.

2 — nazorat kanali — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

66.

Qoratogʻ d. — quyilishi

1

14,76

1

14,76

67.

Sangardak d. — Keng-Gʻuzor qishl.

1

14,76

1

14,76

68.

Sangardak d. — quyilishidan 7,5 kmda

1

14,76

1

14,76

69.

Xalqajar d. — Bozorjoy qishl.

1

14,76

1

14,76

70.

Xalqajar d. — quyilishi

1

14,76

1

14,76

71.

Oqqopchigʻoy d. — quyilishi

1

14,76

1

14,76

72.

Xangaransoy d. — Boysun qishl.

1

14,76

1

14,76

73.

Sherobod d. — Darband qishl.

1

14,76

1

14,76

74.

Sherobod d. — Maydon d. quyilishi

1

14,76

1

14,76

75.

Sherobod d. — Chilonzor qishl.

1

14,76

1

14,76

Toshkent viloyati GM

Angren GS

76.

Ohangaron d. — Irtosh d. quyilishi

1

14,50

1

14,5

77.

Ohangaron d. — Ohang toʻgʻoni quyida

1

187,10

1

187,1

78.

Qizilcha d. — Ertosh qishl.

1

187,10

1

187,1

79.

Jiblan d. — Jiblan qishl.

1

14,76

1

14,76

80.

Nishbosh d. — Nishbosh qishl.

1

14,76

1

14,76

81.

Dukantsoy d. — Dukant qishl.

1

14,76

1

14,76

82.

Qorabogʻ d. — Samarchuk qishl.

1

14,76

1

14,76

83.

Abjazsoy d. — Abjaz qishl.

1

14,76

1

14,76

84.

Shovvozsoy d. — Qoratosh qishl.

1

14,76

1

14,76

85.

Parkentsoy d. — Sumcha qishl.

1

14,76

1

14,76

Bekobod GS

86.

Sirdaryo d. — KMK tashlama quyida

1

187,10

1

187,1

87.

Sirdaryo d. — Nadejdin qoʻrgʻ.

2

374,20

2

374,2

88.

Zominsuv (Etkichu) d. — Etkichu qishl.

1

14,76

1

14,76

89.

Zominsuv (Sanganak) d. — Duoba qishl

1

14,76

1

14,76

90.

Farhod GES Derivatsion kanali

1

250,31

1

250,31

91.

Kirov kan. tashlamasi — bosh qismi

1

250,31

1

250,31

92.

Oʻrikli d. — Isman d. quyilishi

1

14,76

1

14,76

93.

Kujapishkent d. — Balanchaqir qishl.

1

14,76

1

14,76

94.

Galdraut d. — Galdraut qishl.

1

14,76

1

14,76

Maydantol G-II

95.

Chiralma d. — quyilishi

1

187,10

1

187,1

96.

Maydantol d. — quyilishi

1

187,10

1

187,1

97.

Oygaing d. — quyilishi

1

250,31

1

250,31

Oygaing QQS

98.

Koʻksuv d. — quyilishi

1

187,10

1

187,1

99.

Oygaing d. — Koʻksuv d. quyilishi

1

250,31

1

250,31

Toʻyabugʻuz KS

100.

Ohangaron d. — Tuyaboʻgʻiz s. o.

1

14,50

1

14,5

101.

Tuyaboʻgʻiz s.o. Oʻngqirgʻoq kan.

1

14,76

1

14,76

102.

Tuyaboʻgʻiz s.o. Chapqirgʻoq kan.

1

14,76

1

14,76

103.

Ohangaron d. — Toshkent kan. dyukeri

1

14,76

1

14,76

104.

Toshkent kan. tashlamasi — bosh qismi

1

14,76

1

14,76

Xojikent G-II

105.

Chirchiq d. — Gʻazalkent sh.

1

187,10

1

187,1

106.

Piskom d. — Mullala qishl.

1

187,10

1

187,1

107.

Chatqol d. — Xudoydodsoy d.quyilishi

1

187,10

1

187,1

108.

Oqbuloq d. — quyilishi

1

14,76

1

14,76

0

109.

Yangiqoʻrgʻon d. — Yangiqoʻrgʻon qishl.

1

14,76

1

14,76

0

110.

Chimyonsoy d. — Chimyon kurorti

1

14,76

1

14,76

0

111.

Ugam d. — Xojikent qishl.

1

250,31

1

250,31

0

112.

Gʻalvasoy d. — Gʻalvasoy qishl.

1

14,76

1

14,76

113.

Oqtoshsoy d. — Oqtosh kurorti

1

14,76

1

14,76

114.

Nauvalisoy d. — Sijjak qishl.

1

14,76

1

14,76

Chinoz GS

115.

Sirdaryo d. — Chinoz sh.

2

187,10

2

374,2

116.

Chirchiq d. — Chinoz sh.

1

14,76

1

187,1

1

14,76

117.

Ohangaron d. — Doʻstobod sh.

1

14,76

1

14,76

Fargʻona viloyati GM

14,76

118.

Soʻx d. — Sarikanda qishl.

1

1

187,1

119.

Shohimardon d. — Dugoba d. quyilishi

1

250,31

2

500,61

120.

Dugoba d. — quyilishi

1

250,31

2

500,61

121.

Koʻksuv (Qurbonkoʻl) d. — quyilishi

1

187,10

Xorazm viloyati GM

122.

Amudaryo d. — Tuyamoʻyin darasi

2

14,76

1

14,76

123.

Amudaryo d. — Toshsoqa qishl.

2

14,76

1

14,76

Jami:

156

59

9 271,40

54

5 036,87

43

1 576,87

2024-2026-yillarda hammasi

15 885,01

Izoh. Tavsiya etilayotgan Sommer RQ — 30 gidrologik uskunasi yirik va oʻrta daryolar uchun, kichik daryo va soylarga — GR-21 M gidrometrik vertushka oʻrnatiladi. Sommer RQ-30 gidrologik qurilmasining toʻliq toʻplamiga Sommer RQ-30a ultratovushli suv sathi va oqimi tezligini oʻlchagich, shaxsiy kompyuterlar (2 dona, elektron maʼlumotlar bazasini yuritish uchun) va yagona tizimga integratsiya qilish, ishga tushirish, sozlash va kadrlar tayyorlash uchun dasturiy taʼminot kiradi.
Jizzax viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Arnasoy irmogʻi — Gʻarbiy Arnasoy gidrologik posti uchun KERN suv sathi loggeri, boshqa gidrologik postlarga esa gidrometrik vertushka taklif etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga
3-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining yangi tashkil etiladigan gidrologik kuzatuvlar tarmogʻini jihozlash, bino va inshootlarini qurish
DASTURI

mln soʻmda

T/r

Gidrologik post nomi

Umumiy ehtiyoj

2024-yilda

2025-yilda

2026-yilda

uskuna soni

bir birlikning oʻrtacha bozor qiymati

sotib olinishi rejalashtirilayotgan

uskuna soni

qiymati

uskuna soni

qiymati

uskuna soni

qiymati

Andijon GMB

1.

Oqbura daryosi — Soʻqaloq qishlogʻi

1

14,50

1

14,50

2.

Qoragʻunan daryosi — Qutqar qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

3.

Janubiy Fargʻona kan. — Paxtaobod qishl.

1

14,76

1

14,76

4.

Moylisoy daryosi — Eskiqishloq qishl

1

14,76

1

14,76

Jizzax GMB

5.

Aydarkoʻl koʻli — Aydar koʻlining gʻarbiy qismi

1

18,20

1

18,20

6.

Aydarkoʻl koʻli — Aydar koʻlining oʻrta qismi

1

18,45

1

18,45

Qashqadaryo GMB

7.

Guldara daryosi — Koʻkjar qishlogʻi

1

187,10

1

187,10

8.

Guldara daryosi — Chibron qishlogʻi

1

187,10

1

187,10

9.

Turna daryosi — Nugʻayli qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

10.

Turna daryosi — Oʻrta qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

11.

Qumdaryo daryosi — Tarogʻoy qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

12.

Qumdaryo daryosi — Chambil qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

13.

Langar d. — Langar s.o. yuqori qismi

1

14,76

1

14,76

14.

Langar d. — Langar s.o. quyi qismi

1

14,76

1

14,76

Namangan GMB

15.

Sirdaryo daryosi — Pungan qishlogʻi

1

187,10

1

187,10

16.

Norin daryosi — Kaykauz qishlogʻi

1

187,10

1

187,10

17.

Kosonsoy daryosi — Kosonsoy shahri

1

14,76

1

14,76

18.

Rezaksoy daryosi — Rezak qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

19.

Podshootasoy d. — Podshootasoy qishl.

1

250,31

1

250,31

20.

Gʻirvonsoy daryosi — Namangan shahri

1

14,76

1

14,76

21.

Shimoliy Fargʻona kan. — Namangan sh.

1

14,76

1

14,76

Samarqand GMB

22.

Sazagan daryosi — Sazagan qishlogʻi

1

14,50

1

14,50

23.

Jumsoy daryosi — Jom qishlogʻi

1

14,50

1

14,50

24.

Tusunsoy daryosi — Kerib qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

25.

Tusunsoy daryosi — Qoraqiya qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

26.

Qorasuv daryosi — Juma qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

27.

Qorasuv daryosi — Baliqchi qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

28.

Omonqoʻtansoy d. — Beshkon qishl.

1

14,76

1

14,76

29.

Oqchobsoy daryosi — Yangioqchob qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

Surxondaryo GMB

30.

Sangardak daryosi — Xubon qishlogʻi

1

187,10

1

187,10

31.

Maydon daryosi — quyilish qismi

1

14,50

1

14,50

32.

Gazarak daryosi — Gazarak qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

33.

Xursand daryosi — Xonjiza qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

34.

Sina daryosi — Sina qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

35.

Toʻpalang daryosi — Dugob qishlogʻi

1

250,31

1

250,31

Toshkent GMB

36.

Amirsoy daryosi — Uchtepa qishlogʻi

1

14,50

1

14,50

37.

Koʻksuv daryosi — Burchmulla qishlogʻi

1

14,50

1

14,50

38.

Sirdaryo daryosi — Bekobod shahri

1

14,50

1

14,50

39.

Gushsoy daryosi — Kochbuloq qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

40.

Shovvozsoy daryosi — Shovvozsoy toʻgʻonining yuqori qismi

1

14,76

1

14,76

41.

Oqsoqotasoy d. — Gazalkent shahri

1

14,76

1

14,76

42.

Chirchik d. — Toshkent shahri (Rohat)

1

250,31

1

250,31

43.

Uyuli daryosi — Kujamushkent qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

44.

Piskom daryosi — Piskom qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

Fargʻona GMB

45.

Garati daryosi — qoʻyilish qismi

1

14,50

1

14,50

46.

Isfaromsoy daryosi — Quva qishlogʻi

1

250,31

1

250,31

47.

Quvasoy daryosi — Polmon gidrouzelining yuqori qismi

1

14,76

1

14,76

48.

Obshirsoy daryosi — Kal qishlogʻi

1

14,76

1

14,76

Jami (mln soʻm):

48

14

1 069,70

17

490,16

17

957,56

20242026-yillar jami:

2 517,41 (avtomatlashtirish)

T/r

Gidrologik post nomi

Umumiy ehtiyoj

2024-yilga koʻra ehtiyoj

2025-yilga koʻra ehtiyoj

2026-yilga koʻra ehtiyoj

gidropost soni

Qiymati (soʻmda),

bir donaga

soni

Qiymati

(soʻm)

soni

Qiymati

(soʻm)

soni

Qiymati

(soʻm)

1 daryo gidrologik postini ochish

46

244,5

13

3 178,50

16

3 912,00

17

4 156,5

1 koʻl gidrologik postini ochish

2

480,5

2

480,50

1

480,50

-

-

48

14

3 659,00

17

4 392,50

17

4 156,50

Jami:

12 208,00 (ochish va shtat birligi)

20242026-yillar jami

14 725,41 (ochish, shtat birligi hamda avtomatlashtirish)

Izoh. 1 koʻl gidrologik postida 2 ta kuzatuvchi shtati Gidrometeorologiya xizmati agentligining umumiy shtat birliklari doirasida rejalashtirilgan (2 ta postga — 4 kuzatuvchi).
Kuzatilgan obyektga va belgilangan kuzatuvlar hajmiga qarab, gidrologik postlar maʼlum bir turga va toifaga boʻlinadi: daryo va kanallardagi gidrologik postlar (GP) va koʻl va suv omborlaridagi gidrologik postlar (OGP).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 09/24/66/0094-son)