|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yaylov yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yaylov yerlarni muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanishni ta’minlash hamda degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yaylov yerlardan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etish, ushbu sohada ta’sirchan davlat nazorati va oqilona boshqaruvini amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Shu bilan birga, yaylov yerlardan foydalanishda ochiq va oshkoralikni ta’minlash, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlar yaratish, chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish, shuningdek, yaylov yerlarda yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarning nobud bo‘lishi va nazoratsiz yig‘ib olinishining oldini olish zarurati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 16-fevraldagi PF-24-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish ko‘mitasining doimiy foydalanishida bo‘lgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan samarali hamda maqsadli foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining doimiy foydalanishida bo‘lgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining doimiy foydalanishida bo‘lgan chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlarda geodeziya, topografiya, geologiya, gidrogeologiya, yo‘lsozlik va boshqa izlanishlar, shuningdek, chegara daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalarining suv rejimini o‘zgartirish bilan bog‘liq gidrotexnik, melioratsiya, chorva mollarini boqish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni amalga oshirish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar chegaraoldi zonasi va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlarni xatlovdan o‘tkazsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-oktabr,
534-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son; 25.10.2024-y., 09/24/700/0850-son)