|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” 2005-YIL 19-IYULDAGI PF-3629-SON FARMONINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son Farmonining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shavkat Ibrohimovich Karimov Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori etib tayinlansin.
2. Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
3. Komissiya (F. Nazirov) bir hafta muddatda qaror loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
Akademiyaning respublikadagi yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oʻquv muassasasi sifatida Akademiyaga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishini taʼminlaydigan yangi tashkiliy tuzilmasini shakllantirishga;
saqlab qolinadigan beshta fakultetlarning tuzilmasini shakllantirishga, kafedralarni fakultetlar boʻyicha taqsimlashga, aʼzolari kam sonli boʻlgan kafedralar tuzilishiga, ularning bir-birini takrorlashi va parallel mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda kafedralar soni, tuzilmasi va nomlarini belgilashga;
tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining binolari, inshootlari, boshqa mol-mulki va aktivlarini Akademiya balansiga oʻtkazish masalalarini hal etishga, fakultetlarni joylashtirishga hamda Akademiyaning moddiy-texnika va oʻquv bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyul,
164-son
Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish va uning faoliyati
bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar
Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash boʻyicha
Komissiya tarkibi
bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan Vazirlar
Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash boʻyicha
Komissiya tarkibi
| Nazirov F.Gʻ. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisi |
| Vorisov A.K. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) |
| Ziyoyev M.Q. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Sharopov N.Oʻ. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari |
| Qoʻchqorov J.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Bolkunov V.F. | — | Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi |
| Usmonov R.J. | — | Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
| Karimov Sh.I. | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori |
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 211-modda)