1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Talabalarni turar joy bilan taʼminlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi hamda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom.
talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali elektron shaklda real vaqt rejimida hisobga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
a) 2023/2024 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining:
1-kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament talablari asosida amalga oshiriladi;
2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustga qadar topshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
v) quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
Ijtimoiy reyestr, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli ““Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangayen “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
xalqaro fan olimpiadalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar;
g) davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) 2023-yil 20-avgustga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan talabalarni talabalar turar joyiga onlayn joylashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqilishi va keyinchalik qoʻllab-quvvatlanishini;
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 2023-yil 20-avgustga qadar tegishli elektron maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiya qilinishini;
oliy taʼlim muassasalari hamda davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini taʼminlasin;
b) YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu qaror talablarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-avgust,
376-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
1. Mazkur Reglament davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
2. Ushbu Reglamentning qoidalari xorijiy, nodavlat va harbiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan talabalar turar joylarining xususiy sherik uchun tijoriy maqsadlarda ajratiladigan oʻrinlariga talabalarni qabul qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maxsus axborot tizimi — talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish jarayonini raqamlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) yagona axborot tizimi;
imtiyozli roʻyxat — Reglamentning 5-bandiga muvofiq aniqlanadigan hamda talabalar turar joyiga birinchi navbatda joylashish huquqiga ega talabalar roʻyxati;
umumiy roʻyxat — talabalar turar joyiga joylashish istagini bildirgan imtiyozli roʻyxatda mavjud boʻlmagan talabalar roʻyxati.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Maxsus axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlar oliy taʼlim muassasasi tomonidan muntazam kiritib boriladi:
a) har yili 1-avgustga qadar:
tizimidagi har bir talabalar turar joyining manzili va quvvati (oʻquv yili davomida qoʻshimcha oʻrinlar yaratilgan taqdirda, bir ish kuni davomida);
talabalar turar joyida kurslar va fakultetlarga ajratilgan oʻrinlar soni (oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi bilan qayta taqsimlangan taqdirda, shu kunning oʻzida);
b) muntazam ravishda — talabalar turar joyida mavjud boʻsh oʻrinlar soni (boʻsh oʻrin paydo boʻlgan taqdirda shu kunning oʻzida tegishli maʼlumot maxsus axborot tizimiga kiritiladi).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
5. Imtiyozli roʻyxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:
a) tegishli tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida:
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
Ijtimoiy reyestr, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/32/0084-son)
b) oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi asosida:
xalqaro va Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar;
Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan “Zakovat” intellektual oʻyinlari respublika bosqichi gʻoliblari;
“Yil talabasi” koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblari;
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
6. Imtiyozli roʻyxatdagi mezonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ariza berish jarayonida:
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, chin yetimlar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining axborot tizimi orqali;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimi orqali;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimi orqali;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
1-kursga tavsiya etilgan talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining axborot tizimi orqali;
2-kurs va undan yuqori kurs talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning axborot tizimi orqali avtomatik tekshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
7. Davlat xizmatlari markazlari, oliy taʼlim muassasalari va mutasaddi vazirlik va idoralar oʻrtasida axborotlar almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ushbu Reglamentning 6-bandida koʻrsatilgan holatlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olinadi.
Tegishli maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida aniqlanmagan taqdirda, talabadan imtiyozli roʻyxatdagi mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini soʻrashga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
8. Umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyida ortib qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizi;
2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foizi;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Bunda:
kurslarga ajratilgan, biroq toʻlmay qolgan oʻrinlar avvalo quyi kurs talabalari orasida, soʻng kurslarning ortib borishi tartibiga qatʼiy amal qilgan holda yuqori kurs talabalari orasida qayta taqsimlanadi;
oliy taʼlim muassasasi tomonidan talabalar turar joyidagi oʻrinlar soni umumiy roʻyxat boʻyicha fakultetlar kesimida taqsimlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
9. Umumiy roʻyxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:
bitta oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oila farzandlari;
kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar (kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar toʻliq taʼminlanmasdan turib, boshqa taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);
talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);
bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalar (bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar toʻliq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, taʼlimning magistratura va doktorantura bosqichida oʻqiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);
oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar;
ariza berilgan sana boʻyicha navbat asosida.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
10. Imtiyozli va umumiy roʻyxatlar boʻyicha barcha navbatlar har oʻquv yili yakunidan soʻng bekor qilinadi hamda avgust oyidan boshlab talabalarning murojaatlari asosida qaytadan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
11. Talabalarni oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joylariga qabul qilish YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan yoʻllanma asosida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Talabalarni talabalar turar joyiga yoʻllanmasiz qabul qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
12. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha yoʻllanmalar taqdim etilgan oʻquv yili uchun amal qiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
13. Talaba yoʻllanma olish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib (ishonchli vakil orqali) yoki mustaqil ravishda YIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.
14. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanadi va oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
15. Talaba davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
16. Soʻrovnoma asosida maxsus axborot tizimida quyidagi harakatlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi:
talabani imtiyozli yoki umumiy roʻyxatga kiritish;
talabalar turar joyida boʻsh oʻrin boʻlganda, yoʻllanmani shakllantirish;
talabalar turar joyida boʻsh oʻrin mavjud boʻlmagan taqdirda — tegishli roʻyxat boʻyicha talabani navbatga qoʻyish va bu haqda xabarnoma yuborish;
talabalar turar joyida oʻrinlar boʻshashi bilan boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatik yangilab borish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
17. Talaba quyidagi huquqlarga ega:
soʻrovnoma yuborilganidan soʻng ham undagi maʼlumotlarni tahrirlash;
talabalar turar joyida, jumladan, tegishli fakultet boʻyicha mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrish;
davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki maxsus raqamga soʻrov yuborish orqali roʻyxatdagi navbat holati haqida SMS-xabar olish. Bunda har bir kiruvchi SMS-xabar uchun toʻlov ariza beruvchi hisobidan undiriladi;
har qanday bosqichda davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechish.
Ariza beruvchi talaba onlayn tarzda navbatni kuzatishi va YIDXPda xabarnomalarni olishi, shuningdek talabalar turar joyiga qabul qilish uchun ariza berish usulidan (YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali) qatʼi nazar, davlat xizmatlari markazlarida murojaat holati toʻgʻrisida maʼlumotni bepul olishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
18. Oliy taʼlim muassasasi talabaning soʻrovnomasida kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, ariza beruvchiga besh ish kuni ichida ularni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
19. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi hamda kamchiliklar belgilangan muddat mobaynida bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi.
Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatidan foydalanish rad etilgan yoki talaba davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan taqdirda, talabaning soʻrovnomasi tizim tomonidan avtomatik ravishda koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yoʻllanma soʻrovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
20. Talabalar turar joyiga joylashish uchun yoʻllanma talabalar turar joyida oʻrinlar boʻshagan kuni maxsus axborot tizimida dastlab imtiyozli roʻyxat, soʻng umumiy roʻyxatdagi navbat boʻyicha avtomatik ravishda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
21. Maxsus axborot tizimi tomonidan shakllantirilgan elektron yoʻllanma va talabalarning navbatga qoʻyilganligi haqidagi elektron xabarnoma ularning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi.
Bunda yoʻllanma va xabarnomalar avtomatik ravishda oliy taʼlim muassasasiga hamda ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi yoʻllanma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, yoʻllanma uning soʻroviga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklda beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
22. Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish oliy taʼlim muassasasi va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Bunda:
shartnoma oliy taʼlim muassasasiga yoʻllanma kelib tushgan yoki taqdim etilgan kunning oʻzida tuziladi;
yoʻllanma bilan birgalikda shartnoma va birinchi oy uchun toʻlov topshiriqnomasi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
talaba yoʻllanma shakllangandan soʻng 10 ish kuni mobaynida oliy taʼlim muassasasi bilan shartnoma tuzmasa yoki talabalar turar joyi uchun dastlabki oylik toʻlovni toʻlamagan taqdirda, yoʻllanma bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
23. Talabalar turar joyi uchun oylik toʻlov miqdori va muddatlari oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi hamda shartnomada aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
24. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
25. Davlat xizmatlari markazlari, oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
(talaba)
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali oliy taʼlim muassasasiga soʻrovnoma yuboradi.
Ehtiyojiga koʻra
2-bosqich
Oliy taʼlim muassasasi
1. Arizani koʻrib chiqib, quyidagi xabarnomalardan birini ariza beruvchiga yuboradi:
a) talabalar turar joyida boʻsh joy mavjud boʻlsa, talabaning arizasi imtiyozli roʻyxatdagi mezonlar va umumiy roʻyxat asosida qabul qilinganligi haqida;
b) talabalar turar joyida boʻsh joy mavjud boʻlmasa, navbatga qoʻyilganligi haqida.
Ariza avtomatik tarzda yuborilgach 10 daqiqada
2. Talabalar turar joyida mavjud boʻsh va band joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus axborot tizimiga kiritib boradi.
Doimiy ravishda kunlik asosda yangilaydi
3-bosqich
Ariza beruvchi
(talaba)
Talabalar turar joyiga qabul qilinganligi haqidagi QR kodli yoʻllanmani davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali oladi.
Navbat asosida yoʻllanma shakllangandan soʻng
4-bosqich
Oliy taʼlim muassasasi
Yoʻllanma kelib tushgan yoki taqdim etilgan kunning oʻzida talaba bilan shartnoma tuzadi va uni talabalar turar joyiga joylashtiradi.
Yoʻllanma taqdim etilgan kunning oʻzida
Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylariga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
II. Oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyi haqida maʼlumot*
Talabalar turar joyi raqami (manzili, sigʻimi)
III. Imtiyozli huquq borligi haqidagi maʼlumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)*
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandi
“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi
“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxs farzandi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi
Chin yetimlar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba
I va II guruh nogironligi boʻlgan talaba
Xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talaba
Xalqaro yoki Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talaba
“Zakovat” intellektual oʻyini respublika bosqichi gʻolibi
“Yil talabasi” koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻolibi
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi gʻolibi
Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori boʻlgan talaba
IV. Xabar berish tartibi
1. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP
2. SMS yoki telefon orqali
3. Elektron pochta orqali
* Ushbu boʻlim manfaatdor vazirlik va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Maxsus axborot tizimida III boʻlim boʻyicha tegishli maʼlumot aniqlanmagan taqdirda, ariza beruvchi tomonidan imtiyozli huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ikkinchi xatboshidan “belgilangan mezonlar asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “talabani ijtimoiy mezonlar boʻyicha oʻrganish va talabaga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni koʻrib chiqish” soʻzlari “talabalar arizasini koʻrib chiqish, oʻrganish va oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan oliy taʼlim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) boʻlgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga, oliy taʼlim muassasalariga ushbu maqsadlarda ajratilgan mablagʻlar doirasida sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab beriladi hamda belgilangan tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan toʻlovlar davom ettiriladi;
davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara toʻlovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan talabalarning 60 foizidan ortgan qismi uchun oylik ijara toʻlovi bir qismini ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi mumkin”;
3. Ilova (Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
“davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — talabalar arizasini koʻrib chiqish, oʻrganish va oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilishga masʼul boʻlgan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadigan doimiy va jamoatchilik asosida ishlaydigan tuzilma”;
“4. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.
Bunda talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlanadi.
5. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida talabgorlar komissiya tomonidan aniqlanadi.
6. Davlat oliy taʼlim muassasalarining faqat kunduzgi taʼlim shaklida (xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida taʼlim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishidan qatʼi nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
7. Ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa-arizani ikki nusxada toʻldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan oʻzi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari yoki oliy taʼlim muassasasining talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — masʼullar) topshiradi.
Bunda ariza beruvchi mazkur bandda keltirilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda oʻzining ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (agar mavjud boʻlsa) ilova qilishi lozim”;
v) 3-bobning nomidan “ijtimoiy mezonlar boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“10. Masʼullar bir hafta davomida tyutorlar bilan birgalikda ariza beruvchilarning maʼlumotlarini komissiyaga taqdim etish uchun har tomonlama oʻrganadi”;
d) 11-banddagi “xulosa berish” soʻzlari “qaror qabul qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 12-banddagi “talabgorlar” soʻzi “ariza beruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 13-banddagi “talabgor” soʻzi “ariza beruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 22-bandning birinchi xatboshisidan “hamda ijtimoiy mezonlarga koʻra” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“24. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgan talabalar roʻyxati shakllantirilib boriladi.
Ushbu talabalar roʻyxatiga tushgan talabalarga komissiya qarori asosida oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻxtatilishi mumkin”;
“25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan talabalar roʻyxatida mavjud boʻlganda;
ariza beruvchining ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashamasligi, ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda”;
l) 2-ilova (Anketa-ariza)ning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “ijtimoiy mezonlarga muvofiqligimni” soʻzlari “ijtimoiy holatimni” soʻzlari bilan almashtirilsin.