Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2014-yil 6-maydagi OʻRQ-370-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Qishloq xoʻjaligi, bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chogʻida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 49-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi qonunlari. Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi PF-1939-sonli “Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chogʻida huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va oʻzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega boʻladi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qoʻlga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Banklar tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomada belgilangan (roʻyxat № 1948, 27.04.2009-y.).
Jamiyat oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan manzili koʻrsatilgan yumaloq muhriga ega boʻlishi lozim. Muhrda ayni paytning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
Jamiyat oʻz nomi yozilgan shtampi va blankalariga, oʻz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa oʻz belgi-alomatlariga ega boʻlishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishi mumkin. Jamiyat muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab oʻtishga haqlidir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili
Jamiyat oʻz firma nomiga ega boʻladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning oʻzida jamiyat xohishiga koʻra boshqa tillarda oʻzining toʻliq va qisqartma nomlariga ega boʻlishga haqlidir.
Jamiyatning manzili u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyga koʻra belgilanadi.
Jamiyat u bilan aloqa oʻrnatib turiladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim va oʻz pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.
4-modda. Jamiyatning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar boʻladi.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — 2003-y., 1-son, 8-modda)
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar va uning faoliyati bilan bogʻliq ziyonlarni oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida toʻlaydilar.
Aksiyalar haqining hammasini toʻlamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan oʻzlariga tegishli aksiyalar qiymatining toʻlanmagan qismi doirasida solidar javobgar boʻladilar.
Jamiyat oʻz aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador sifatidagi shaxsning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy koʻrsatma berish huquqiga ega boʻladi.
Jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Davlat va uning organlari jamiyat oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar boʻlmaydilar, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori boʻlishi lozim.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna oʻtkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani oʻtkazish imkoniyati cheklab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 36-moddasi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Aksiyalari faqat oʻz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday jamiyat oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod boʻlishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ega boʻladi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda oʻz imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻlishi uning ustavida koʻzda tutilishi mumkin.
(7-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qoʻyilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari
Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular oʻzlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish koʻradi.
Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish koʻradi.
Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida boʻladi.
Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan boʻlishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir maʼlumotlar oʻzgarishi munosabati bilan uning ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi axborot yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga oluvchi organga maʼlumot tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur oʻzgartishlar maʼlum qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlari
Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday koʻrsatmalarni bajarish uchun shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan solidar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni berish huquqi shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuʼba xoʻjalik jamiyatining ustavida koʻzda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) boʻlib qolgan hollarda asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, yuqorida aytilgan oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan hollardagina shuʼba xoʻjalik jamiyatining nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Shuʼba xoʻjalik jamiyati aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga keltirilgan ziyonni toʻlashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon koʻrishini oldindan bilib, oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi.
Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aksiyalarning yigirma foizidan ziyodrogʻi boshqa ishtirokchi jamiyatga qarashli boʻlsa, bu jamiyat tobe xoʻjalik jamiyati deb tan olinadi.
Ishtirok etuvchi va tobe xoʻjalik jamiyatlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-68-moddalari.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
II BOʻLIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI TUZISh
10-modda. Jamiyatni tuzish usullari
Jamiyat yangidan taʼsis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
11-modda. Jamiyatni taʼsis etish
Jamiyatni taʼsis etish yoʻli bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror taʼsis yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilgan taqdirda jamiyatni taʼsis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolgʻiz oʻzi qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat muassislari uni tuzish toʻgʻrisida oʻzaro taʼsis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni taʼsis etish borasida birgalikda faoliyat koʻrsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar oʻrtasida joylashtirilishi kerak boʻlgan aksiyalarning turlari, ular uchun toʻlanadigan haq miqdori va bu haqni toʻlash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qoʻyiladi.
(11-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyatni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taʼsis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni taʼsis etish, uning ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini toʻlash uchun topshirilayotgan qimmatli qogʻozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar adliya organlaridan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Korxonani xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona deb hisoblash shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi PF-1652-son Farmoni bilan belgilangan.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega boʻlgan organ tomonidan qabul qilinadi.
12-modda. Jamiyatning muassislari
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari boʻlishi mumkin emas.
Jamiyat muassislari jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan bogʻliq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar boʻladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida maʼqullangan taqdirdagina javobgar boʻladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-sonli “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati muassislari oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash taʼsis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
13-modda. Taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi)
Taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi):
aksiyadorlik jamiyatini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;
aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi. Aksiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda koʻpaytiriladi;
taʼsis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqarilayotgan aksiyalar turlarini hamda ularning sonini belgilaydi;
(13-modda birinchi qismi beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).
(13-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Taʼsis yigʻilishida (konferensiyasida) ovoz berish muassislar qoʻshgan hissalarga muvofiq oʻtkaziladi.
Taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) qarorlarni oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Taʼsis shartnomasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda taʼsis yigʻilishi oʻtkazilmaydi.
14-modda. Jamiyatning taʼsis hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼsis yigʻilishi (muassis) tasdiqlagan ustav jamiyatning taʼsis hujjati hisoblanadi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
15-modda. Jamiyatning ustavi
Jamiyatning ustavida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
firmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili);
(15-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat sohasi (asosiy yoʻnalishlari), maqsadi va muddatlari;
(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
ustav fondining miqdori;
ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
daromad (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararni qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;
jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari aʼzolarining soni, ularni saylash tartibi, bu organlarning vakolatlari;
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari;
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ustavida bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat aksiyador yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ustavda belgilangan muddatlarda ularga jamiyat ustavi, shu jumladan unga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan jamiyatning amaldagi ustavidan nusxa olib berishi shart.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
16-modda. Jamiyat ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyat ustavini yangi tahrirda tasdiqlash ushbu Qonunda hamda jamiyat ustavida belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(16-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
17-modda. Jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Jamiyat qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat roʻyxatdan oʻtish uchun roʻyxatga oluvchi organga ustavni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Davlat korxonasini qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilgan aksiyadorlik jamiyati ustavini taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 11 va 12-bandlari.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Jamiyat tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga muvofiq kelmasligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga olib keladi. Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarining buzilishi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina jamiyat qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uzogʻi bilan olti oygacha boʻlgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi, kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi va ijroiya organ toʻgʻrisidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi toʻgʻrisidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining koʻrsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlashi shart.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681–I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
18-modda. Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi ushbu Qonunning jamiyatni roʻyxatdan oʻtkazishga doir 17-moddasida koʻzda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Jamiyat ustaviga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, ushbu Qonunda belgilangan hollarda esa davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ xabardor etilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
III BOʻLIM. JAMIYATNING USTAV FONDI. JAMIYATNING AKSIYALARI, OBLIGATSIYALARI VA BOShQA QIMMATLI QOGʻOZLARI. JAMIYATNING SOF AKTIVLARI
19-modda. Jamiyatning ustav fondi va aksiyalari
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining oʻz kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning V boʻlimi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek bir yoki bir necha turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
(19-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat taʼsis etilayotganda uning barcha aksiyalari muassislar oʻrtasida joylashtirilgan boʻlishi kerak.
20-modda. Ustav fondining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha toʻrt yuz ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan kam boʻlmasligi kerak.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 7-apreldagi OʻRQ-206-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 176-modda)
Jamiyat ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi lozim.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
21-modda. Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan koʻpaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustavida yoxud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga shunday qarorni qabul qilish huquqi berilgan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Qoʻshimcha aksiyalar jamiyat tomonidan jamiyat ustavida belgilangan eʼlon qilingan aksiyalar soni doirasidagina joylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki bunday qaror qabul qilish huquqi jamiyatning ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy (odatdagi) aksiyalarning va eʼlon qilingan miqdorlari (ulushlari) doirasida har bir turdagi imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddati va shartlari, shu jumladan mazkur qonunga muvofiq joylashtirilayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega boʻlgan aksiyadorlar uchun jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish bahosi belgilangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning ustav fondini qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida qayd etiladi. Bunda eʼlon qilingan muayyan toifa va turdagi aksiyalarning miqdori joylashtirilgan ana shu toifa va turlardagi aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
22-modda. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish
Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini jamiyatning oʻzi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish orqali kamaytirishga, agar bunday imkoniyat jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyatning ustaviga kiritilgan tegishli oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish kuni belgilanadigan jamiyat ustav fondining eng kam miqdoridan qonun hujjatlarida belgilanganidan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Ustav fondini kamaytirish va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilinadi.
Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vaqtda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi fondni kamaytirish sabablarini koʻrsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Ustav fondini kamaytirish vaqtida jamiyat tugatilganida nazarda tutiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish shartlariga rioya etilishi zarur.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 103-moddasi.
23-modda. Jamiyatning ustav fondi miqdori kamaytirilgani toʻgʻrisida kreditorlarni xabardor qilish
Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan boshlab jamiyat kechi bilan 30 kun ichida bu qaror xususida oʻz kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida oʻzlariga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin ijro etishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari
Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi — aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi boʻlib, ularning egasiga dividendlar olish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.
Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilganda aksiyalarga qoʻyilgan mablagʻlarni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Chiqariladigan aksiyalarning turlari, ularni joylashtirish, ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq jamiyat ustavida belgilanadi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Oltin aksiya
“Oltin aksiya” — ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi boʻlib, u strategik ahamiyatga ega boʻlgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
“Oltin aksiya” qiymatga ega emas, boshqa shaxsga berilmaydi hamda garovga qoʻyilmaydi, ustav fondi miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
“Oltin aksiya” ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yoki bu ulush yigirma besh foizdan oshmaydigan aksiyadorlik jamiyatlarida joriy etilishi mumkin. Davlatning “oltin aksiya”dan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
“Oltin aksiya” aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini (bundan buyon matnda davlat vakili deb yuritiladi) tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi. Davlat vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida va kuzatuv kengashi majlislarida ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi — toʻrtinchi, yettinchi, sakkizinchi, oʻn sakkizinchi, oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida, shuningdek 82-moddasi birinchi qismining yettinchi, yigirma ikkinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha veto qoʻyish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Veto qoʻyish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
(241-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
25-modda. Aksiyalarning nominal qiymati
Aksiyalarning nominal qiymati yuz soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas.
Aksiya boʻlinmasdir.
26-modda. Jamiyatning joylashtirilgan va eʼlon qilingan aksiyalari
Jamiyatning ustavida aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning (joylashtirilgan aksiyalarning) soni va nominal qiymati belgilab qoʻyilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustavida jamiyat joylashtirilgan aksiyalarga qoʻshimcha ravishda joylashtirishga haqli boʻlgan eʼlon qilingan (qoʻshimcha) aksiyalarning soni va nominal qiymati belgilanishi mumkin.
(26-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari haqida ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar bilan bogʻliq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar joylashtirilgan taqdirda eʼlon qilingan (qoʻshimcha) aksiyalarning soni ushbu qimmatli qogʻozlar muomalada boʻlishi muddati mobaynida ayirboshlash uchun zarur miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
(26-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat oʻzi joylashtirgan qimmatli qogʻozlar erkin ayirboshlanishi mumkin boʻlgan aksiyalar beradigan huquqlarni cheklash haqida ushbu qimmatli qogʻozlar egalarining roziligisiz qaror qabul qilishga haqli emas.
27-modda. Aksiyadorlarning huquqlari
Aksiyadorlar:
tegishli aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari reyestriga kiritilish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzi haqida depozitariydagi depo hisobvaragʻidan koʻchirma olish;
(27-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish;
aksiyadorlik jamiyatining ustaviga muvofiq emitentning moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va toʻgʻri axborot olish;
olgan dividendini erkin tasarruf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda oʻz huquqlarini himoya qilish;
(27-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlarning uquvsiz yoki gʻarazli xatti-harakatlari tufayli koʻrgan zararning toʻlanishini talab qilish;
(27-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish;
qimmatli qogʻozlar sotib olish vaqtida zarar koʻrish va (yoki) foydaning bir qismini yoʻqotish ehtimoli bilan bogʻliq tavakkalchilikni sugʻurtalash huquqiga ega.
Aksiyadorlar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻladilar.
28-modda. Oddiy (odatdagi) aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlari
Jamiyatning har bir oddiy (odatdagi) aksiyasi uning egasi boʻlmish aksiyadorga bir xil hajmda huquqlar beradi.
Oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar ushbu Qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida mazkur yigʻilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga egadir.
29-modda. Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlari
Jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida jamiyatning muayyan turdagi imtiyozli aksiyalari uchun boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega emaslar.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning yettinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari.
Jamiyatning bir turdagi imtiyozli aksiyalari ularning egalari boʻlmish aksiyadorlarga bir xil hajmda huquqlar beradi va odatdagi aksiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega boʻladi.
Jamiyat tugatilgan taqdirda har bir turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendlar va (yoki) qiymatning (tugatilish qiymatining) miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyilishi lozim. Dividend miqdori va tugatilish qiymati qatʼiy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Agar imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori va tugatilish qiymatini aniqlash tartibi jamiyat ustavida koʻrsatilgan boʻlsa ham ular belgilangan hisoblanadi. Dividend miqdori belgilanmagan imtiyozli aksiyalarning egalari oddiy (odatdagi) aksiyalarning egalari bilan baravar dividendlar olish huquqiga ega.
Agar jamiyat ustavida ikki va undan ortiq turdagi imtiyozli aksiya nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar va tugatilish qiymatini toʻlash navbati ham belgilangan boʻlishi kerak.
Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha miqdori ustavda belgilangan boʻlib, toʻlanmagan yoki hammasi toʻlanmagan dividend jamgʻarib borilishi va keyinchalik toʻlanishi (kumulyativ imtiyozli aksiyalar) jamiyat ustavida belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning oddiy (odatdagi) aksiyalar yoki boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarga erkin ayirboshlanishi mumkinligi va shartlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadilar. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyat ustaviga shu turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan avvalgi navbatdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanadigan dividendning miqdorini belgilash yoki koʻpaytirish va (yoki) tugatilish qiymatini belgilash yoki koʻpaytirish masalalari, shuningdek boshqa turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarga dividend va (yoki) aksiyaning tugatilish qiymatini toʻlash navbati boʻyicha imtiyozlar berish masalalari hal etilayotganda ovoz berish huquqini oladilar.
Dividend miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyilgan muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar, kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarni istisno etganda, ana shu turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan yoki dividendlarni toʻliq toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan boshlab umumiy yigʻilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega. Bunday turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha dividendlar birinchi marta toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan boshlab toʻxtatiladi.
Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar ana shu aksiyalar boʻyicha jamgʻarilib qolgan dividendlarni toʻliq miqdorda toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim boʻlganu, ammo bunday qaror qabul qilmagan yoxud dividendlarni toʻliq miqdorda toʻlamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilgan aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan keyingi yigʻilishdan eʼtiboran umumiy yigʻilishning vakolatiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Muayyan turdagi kumulyativ imtiyozli aksiyalarning egasi boʻlmish aksiyadorlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi mazkur aksiyalar boʻyicha jamgʻarilib qolgan barcha dividendlar toʻliq miqdorda toʻlangan paytdan boshlab toʻxtatiladi.
Agar jamiyat ustavida muayyan turdagi imtiyozli aksiyalarni odatdagi aksiyalarga ayirboshlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, jamiyat ustavi bu turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bunda ana shunday imtiyozli aksiya egasi oʻziga qarashli imtiyozli aksiya ayirboshlanishi mumkin boʻlgan odatdagi aksiyalar boʻyicha ovozlar sonidan oshib ketmaydigan miqdorda ovozlarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Aksiyalarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi
Aksiyalarga boʻlgan huquqlar aksiyalarni oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Aksiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularning oluvchisiga ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
32-modda. Jamiyatning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni jamiyat oʻz ustaviga muvofiq joylashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibi” (roʻyxat raqami 320, 02.04.1997-y.) va “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari” (roʻyxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarni joylashtirishga haqli emas.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ–104-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
33-modda. Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga haq toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatni taʼsis etishda joylashtiriladigan aksiyalarga jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran koʻpi bilan bir yil ichida muassislar tomonidan haq toʻlanishi lozim. Mazkur muddat oʻtganidan keyin muassislar tomonidan haqi toʻlanmagan aksiyalar bekor qilinishi kerak.
Jamiyatning qoʻshimcha aksiyalariga mazkur aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan joylashtirish muddati ichida haq toʻlanishi lozim.
(33-modda birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat ustavida aksiyalar haqini toʻlash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlariga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va toʻlovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatni taʼsis etish chogʻida uning aksiyalariga haq toʻlash shakli jamiyatni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada (qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda) yoki jamiyat ustavida, qoʻshimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash esa, ularni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorda belgilab qoʻyiladi.
(33-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyatni taʼsis etish chogʻida aksiyaga toʻlanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar jamiyatning shu yoʻsinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan koʻpni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini baholovchi tashkilot baholashi kerak.
(33-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Jamiyat ustavida uning aksiyalari va boshqa egasi yozilgan qimmatli qogʻozlari haqi sifatida topshiriladigan mol-mulk turlari cheklab qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
34-modda. Jamiyatning fondlari va sof aktivlari
Jamiyat ustavida nazarda tutilgan, ammo ustav fondining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi tuziladi. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustav fondida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar oʻtkazish orqali tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Jamiyatning zaxira fondi koʻrilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash va ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun moʻljallanadi.
Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisob-kitob maʼlumotlari boʻyicha belgilangan tartibda baholanadi.
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdigʻiga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻz ustav fondini sof aktivlari qiymatidan oshib ketmaydigan miqdorgacha kamaytirishini eʼlon qilishi shart.
Agar ikkinchi moliya yili va undan keyingi har bir moliya yili tugaganidan keyin jamiyat aksiyadorlari tasdigʻiga taqdim etilgan yillik buxgalteriya balansiga yoki auditorlik tekshiruvi natijalariga muvofiq jamiyat sof aktivlarining qiymati ushbu Qonunning 20-moddasida koʻrsatilgan ustav fondining eng kam miqdoridan oz boʻlib chiqsa, jamiyat oʻzini tugatish haqida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyatning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa, uning aksiyadorlari, kreditorlari, shuningdek davlat tomonidan vakolat berilgan organlar jamiyatni sud tartibida tugatishni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
IV BOʻLIM. AKSIYALAR VA BOShQA QIMMATLI QOGʻOZLARNI JOYLAShTIRISh
(IV boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
36-modda. Aksiyalarni joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati ochiq obuna vositasida aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishga yoki ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga oʻzgartirish jarayonida chiqarilgan aksiyalar yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilinadigan paytga qadar dastlabki joylashtirilgan davlat aktivlari hisoblanadi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Emitent tomonidan aksiyalarni joylashtirish muddati ularning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak.
(36-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish (ochiq yoki yopiq obuna) usullari jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, jamiyat ustavida bu xususda koʻrsatmalar boʻlmasa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi. Jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida jamiyat aksiyalari va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarini joylashtirish uslubi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, joylashtirish faqatgina ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari” (roʻyxat raqami 2000, 30.08.2009-y.).
Qonun hujjatlarida ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ochiq obuna vositasida joylashtirishi shart boʻlgan hollar belgilab qoʻyilishi mumkin.
(36-moddaning birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
37-modda. Aksiyalarning joylashtirish bahosi
Jamiyatning aksiyalariga haq toʻlash bozor qiymatida amalga oshiriladi.
Jamiyatni taʼsis etish vaqtida uning aksiyalari haqini toʻlash jamiyat muassislari tomonidan aksiyalarning nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
Jamiyat quyidagi hollarda aksiyalarni ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirishga haqli:
jamiyatning qoʻshimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymatining toʻqson foizidan past boʻlmagan narxda sotib olishdan iborat oʻz imtiyozli huquqlarini roʻyobga chiqargan hollarda;
qoʻshimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan koʻpi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon boʻlganida.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda aksiyalar ularning nominal qiymati boʻyicha joylashtiriladi va bu hol emissiya maʼlumotnomasida qayd qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
371-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga oʻzgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat jamoalari aʼzolari tomonidan aksiyalarni olinishi
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini toʻlab ustav fondidagi tegishli ulishdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(371-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
38-modda. Aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning joylashtirish bahosi
Jamiyat aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni ularning bozor qiymati boʻyicha joylashtiradi, quyidagi hollar bundan mustasno:
odatdagi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar odatdagi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, agar ular bunday qimmatli qogʻozlarni bozor qiymatining toʻqson foizidan kam boʻlmagan narxlarda sotib olishdan iborat imtiyozli huquqlarini roʻyobga chiqarsalar;
aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan koʻpi bilan bunday qimmatli qogʻozlarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon boʻlishi.
Ushbu moddaning qoidalari muomaladan chiqarish shartlari nominal qiymatini toʻlashni yoki aksiyaga ayirboshlashni nazarda tutuvchi obligatsiyalarni jamiyat tomonidan joylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda aksiyadorlarning huquqlarini taʼminlash
Agar jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan toʻlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirsa, jamiyat ustavida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlmish aksiyadorlar bunday qimmatli qogʻozlarni oʻzlari ega boʻlgan ovoz beruvchi aksiyalar soniga mutanosib miqdorda imtiyozli sotib olishga haqli ekanligi nazarda tutilishi mumkin.
Aksiyalar va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlar haqi pul bilan toʻlangan ochiq obuna vositasida joylashtirilgan taqdirda imtiyozli sotib olish huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bunday qarorning amal qilish muddati toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.
Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni imtiyozli sotib olish huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida belgilangan muddat davomida, ammo bunday qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan bir yil davomida amal qiladi.
Aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati ushbu qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
Ushbu moddaning qoidalari ushbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq jamiyatning ovoz berish huquqini olgan imtiyozli aksiyalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul bilan toʻlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtira boshlaydigan kundan kamida 30 kun oldin jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari boʻlmish aksiyadorlar ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida xabardor qilinishi lozim.
Xabarnomada aksiyalarning va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarning joylashtirilayotgan miqdori, ularni joylashtirish bahosi (shu jumladan, agar jamiyat aksiyadorlari oʻzlarining bunday qimmatli qogʻozlarni imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirsalar, ularni jamiyatning aksiyadorlariga joylashtirish bahosi), har bir aksiyador sotib olishga haqli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning sonini aniqlash tartibi, aksiyadorlarning bunday huquqi amal qiladigan muddat va huquqni roʻyobga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Aksiyador aksiyalarni va ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi (nomi) va yashash manzili (joylashgan manzili), sotib oladigan qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma ariza va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni jamiyat nomiga yuborib, oʻzining imtiyozli huquqini toʻla yoki qisman roʻyobga chiqarishga haqlidir. Bunday ariza ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan qoʻshimcha aksiyalar va qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boshlanadigan sanadan kechi bilan bir kun oldin jamiyat nomiga yuborilishi lozim.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
41-modda. Jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishi
Jamiyat aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, agar jamiyat ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, joylashtirilgan aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida, shuningdek keyinchalik qayta sotish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq oʻzining joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishga haqlidir.
Agar muomalada qolgan aksiyalarning nominal qiymati ustav fondining ushbu Qonunda nazarda tutilgan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan boʻlsa, jamiyat joylashtirilgan aksiyalarining umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yoʻli bilan ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularni sotib olish yoʻli bilan jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qabul qilgan qaror asosida jamiyat tomonidan sotib olingan aksiyalar ularni sotib olish vaqtida muomaladan chiqariladi.
Aksiyalarni sotib olish toʻgʻrisidagi qarorda sotib olinadigan aksiyalarning turlari, jamiyat sotib oladigan har bir turdagi aksiyaning soni, sotib olish narxi, aksiyalar haqini toʻlash shakli va muddati, shuningdek aksiyalar qancha muddatda sotib olinishi belgilab qoʻyilishi lozim.
Agar jamiyatning ustavida oʻzgacha tartib belgilanmagan boʻlsa, aksiyalarni sotib olish vaqtida ularga pul bilan haq toʻlanadi. Aksiyalarni sotib olish muddati 30 kundan kam boʻlmasligi kerak. Jamiyat tomonidan oddiy (odatdagi) aksiyalarni sotib olish narxi bozor bahosiga muvofiq belgilanadi.
Sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan muayyan turlardagi aksiyalarning egasi boʻlmish har bir aksiyador koʻrsatib oʻtilgan aksiyalarni sotishga haqlidir, jamiyat esa ularni sotib olishi shart. Agar jamiyatning sotib olishi toʻgʻrisida ariza tushgan aksiyalarning umumiy soni ushbu moddada belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda jamiyat sotib olishi mumkin boʻlgan aksiyalarning sonidan ortib ketsa, aksiyadorlardan arizada koʻrsatilgan talablarga mutanosib ravishda aksiyalar sotib olinadi.
Aksiyalar sotib olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 30 kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarni xabardor qilishi shart. Xabarnomada ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Imtiyozli aksiyalar jamiyat ustavida nazarda tutilgan narxlarda sotib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tasarrufiga oʻtgan aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar hisoblab chiqarilmaydi. Bunday aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim.
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda realizatsiya qilinmagan aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat tomonidan oʻz aksiyalarini olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
(41-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Jamiyat oʻzi chiqargan aksiyalar boʻyicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek oʻzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berishga haqli emas.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
42-modda. Joylashtirilgan aksiyalarning jamiyat tomonidan sotib olinishidagi cheklashlar
Jamiyat:
jamiyatning butun ustav fondi batamom toʻlanguniga qadar, agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatda bankrotlik belgilari boʻlsa yoki bunday belgilar u aksiyalarni sotib olganligi natijasida paydo boʻlsa;
agar oddiy aksiyalarni sotib olish vaqtiga kelib jamiyatga qarashli sof aktivlarning qiymati uning ustav fondidan, zaxira fondidan va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning ustavda belgilangan tugatish qiymatining nominal qiymatdan ortiq qismidan kam boʻlsa yoxud aksiyalarni sotib olish natijasida ularning miqdoridan kamayib ketsa, oddiy aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
Ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmagunicha jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni sotib olishga haqli emas.
43-modda. Aksiyalarni yiriklashtirish va maydalash
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish huquqiga ega boʻlib, buning natijasida jamiyatning ikki yoki undan ortiq aksiyasi xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga uning eʼlon qilingan aksiyalarining nominal qiymati va soniga doir tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni maydalash huquqiga ega boʻlib, buning natijasida jamiyatning bir aksiyasi xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyaga ayirboshlanadi. Bunda jamiyat ustaviga jamiyatning eʼlon qilingan aksiyalari nominal qiymati va soniga doir tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.
44-modda. Aksiyadorlar talabiga binoan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishi
Ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar:
jamiyat qayta tashkil etilganda yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan ushbu Qonunning 90-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilingan qarorga binoan yirik bitim amalga oshirilganda, basharti aksiyadorlar qayta tashkil etish yoki koʻrsatib oʻtilgan bitimni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsalar yoxud bu masalalar boʻyicha ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsalar;
jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilganda yoki jamiyatning ustavi ularning huquqlarini cheklaydigan tarzda yangi tahrirda tasdiqlanganda, basharti aksiyadorlar tegishli qarorlar qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsalar, oʻzlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishini talab qilish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kun tartibiga kiritilgan umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Jamiyat aksiyalarni bozor qiymati boʻyicha qaytarib sotib oladi, bu qiymatni aniqlash chogʻida jamiyatning aksiyalarni baholashni va qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sabab boʻladigan harakati natijasida uning qiymati oʻzgarishi hisobga olinmaydi.
45-modda. Aksiyadorlarning oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqini amalga oshirish tartibi
Jamiyat aksiyadorlarni oʻzlariga tegishli aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligidan, qaytarib sotib olish bahosi va uni amalga oshirish tartibidan xabardor etishi shart.
Ovoz berish natijasida ushbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar kiritilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabar ushbu moddaning birinchi qismida aytib oʻtilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlmagan aksiyadorlardan jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi borligi va bunday huquqni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishini talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi boʻlgan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 7 kun ichida ularga yuboriladi.
Aksiyadorning oʻziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish toʻgʻrisidagi yozma talabi aksiyadorning yashash manzili (joylashgan manzili) va u qaytarib sotib olinishini talab qilayotgan aksiyalar sonini koʻrsatgan holda jamiyatga yuboriladi.
Aksiyadorlarning oʻzlariga qarashli aksiyalarni jamiyatning qaytarib sotib olishi toʻgʻrisidagi talablari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining tegishli qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan 45 kun ichida jamiyatga taqdim qilinmogʻi lozim.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan muddat tugaganidan soʻng jamiyat qaytarib sotib olish talabini qoʻygan aksiyadorlardan aksiyalarni 30 kun ichida sotib olishi shart.
Jamiyat aksiyalarni, ushbu Qonunga muvofiq, ovoz berish natijasida aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni kun tartibiga kiritgan holda umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan bahoda sotib oladi. Jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olishga ajratadigan mablagʻlarning umumiy summasi aksiyadorlarda oʻzlariga qarashli aksiyalarni qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi vujudga kelishiga sababchi boʻlgan qaror qabul qilingan kundagi jamiyat sof aktivlari qiymatining oʻn foizidan oshib ketishi mumkin emas. Qaytarib sotib olish talabi qoʻyilgan aksiyalarning umumiy soni jamiyat yuqorida belgilangan cheklashlarni inobatga olgan holda qaytarib sotib olishi mumkin boʻlgan aksiyalar sonidan oshib ketgan taqdirda aksiyadorlardan aksiyalar qoʻyilgan talablarga mutanosib ravishda qaytarib sotib olinadi.
Jamiyat qayta tashkil etilgan taqdirda u qaytarib sotib olgan aksiyalar ularni qaytarib sotib olish chogʻida muomaladan chiqariladi.
Ushbu Qonunning 44-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat qaytarib sotib olgan aksiyalar jamiyatning tasarrufiga tushadi. Mazkur aksiyalar ovoz huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chogʻida hisobga olinmaydi, ular boʻyicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish yoʻli bilan jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
46-modda. Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash
Mol-mulkning bozor qiymati, shu jumladan jamiyatga qarashli aksiyalar yoki boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati shunday bahodirki, mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan va uni sotishga majbur boʻlmagan sotuvchi uni shu bahoda sotishga rozi boʻlishi mumkin, mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida toʻliq axborotga ega boʻlgan va uni sotib olishga majbur boʻlmagan oluvchi esa uni shu bahoda sotib olishga rozi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin.
Jamiyat aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalarni ushbu Qonunning 45-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olgan taqdirda mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish shart boʻladi.
(46-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Davlatning oʻzi jamiyat aksiyalarining egasi boʻlgan taqdirda, davlat moliya organini jalb etish majburiydir.
Qiymatini aniqlash talab qilinayotgan mol-mulk aksiya yoki boshqa qimmatli qogʻozlardan iborat boʻlib, ularning sotib olish narxi yoki talab narxi hamda taklif narxi matbuotda muntazam eʼlon qilib turilgan boʻlsa, mazkur mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun ana shu sotib olish narxi yoki talab narxi va taklif narxi eʼtiborga olinishi lozim.
V BOʻLIM. AKSIYADORLAR REESTRI VA AKSIYALARNI SAQLASh
Oldingi tahrirga qarang.
47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestri
Jamiyat aksiyadorlari reyestri roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxatidir.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qogʻozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga koʻra markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar jamiyatga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat aksiyadorlari reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan reyestri asosida amalga oshiriladi.
Shakllantirilgan va markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish uchun depozitariylar:
reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishi;
reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning axborot olish va uni mazkur shaxslarga yoʻllash hamda reyestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga boʻlgan huquqlari hisobga olinishini;
reyestrga oʻzgartirishlar kiritilishiga sabab boʻladigan hujjatlarni va barcha faktlar toʻgʻrisidagi hamda depozitariylarning bunday oʻzgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida toʻplanishi va saqlanishini taʼminlamogʻi lozim.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan har bir shaxs, uning nomiga yozilgan aksiyalar soni va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlari shakllantirilishini taʼminlashi va shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart;
jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan shartnoma tuzishi shart.
Aksiyador oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi depozitariyni oʻziga oid maʼlumotlardagi oʻzgarishlar haqida oʻz vaqtida xabardor qilishi shart. U oʻziga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etmagan hollarda, shuning oqibatida aksiyadorga yetkazilgan zarar uchun markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va aksiyadorning oʻz aksiyalariga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi depozitariy javobgar boʻlmaydi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1911, 25.02.2009-y.).
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
48-modda. Depo hisobvaragʻidan koʻchirma
Depo hisobvaragʻidan koʻchirma aksiyadorning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjatdir.
Aksiyadorga uning aksiyalarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi depozitariy aksiya egasining yoki uning qonuniy vakilining talabiga binoan ikki ish kuni ichida depo hisobvaragʻidan koʻchirma berishi shart. Qimmatli qogʻozlar egasi depo hisobvaragʻidan koʻchirmaga oʻziga oid boʻlmagan axborotni, shu jumladan boshqa qimmatli qogʻozlar egalari hamda ularga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni toʻgʻrisidagi axborotni kiritishni talab qilish huquqiga ega emas.
Depo hisobvaragʻidan koʻchirma bergan shaxs unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javobgardir. Depo hisobvaragʻidan koʻchirma berish tartibi, koʻchirmaning shakli va mazmuniga oid talablar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Davlat vakiliga depo hisobvaragʻidan koʻchirma berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(48-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish shartlari va tartibi
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish aksiyadorlik jamiyatining yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining topshirigʻi asosida markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Reyestrning qaysi sanaga shakllantirilishi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqda koʻrsatiladi.
Aksiyadorlik jamiyati jamiyatning aksiyadorlari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarda imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan shaxslar haqida markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat vakilini jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritish haqidagi yozuv, davlat vakilini tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qaror ilova qilingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga bildirish asosida amalga oshiriladi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilgan taqdirda, markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi reyestrni shakllantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan bildirishnomani topshiriq kelib tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboradi.
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish rad etilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi maʼlumotlarning toʻliqligi hamda toʻgʻriligi uchun solidar javobgar boʻladi va oʻzlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
51-modda. Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi va “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat № 1911, 25.02.2009-y.).
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
52-modda. Aksiyalarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi.
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
VI BOʻLIM. DIVIDENDLAR
53-modda. Dividend
Oldingi tahrirga qarang.
Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan soʻng aksiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanishi kerak boʻlgan qismidir.
(53-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Jamiyat aksiyalarning har bir turi boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart.
Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan dividend pul mablagʻlari yoki boshqa qonuniy toʻlov vositalari bilan toʻlanishi mumkin.
Dividend aksiyadorlar oʻrtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
54-modda. Dividendlarni toʻlash muddatlari
Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qaror qabul qilishga (eʼlon qilishga) haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 55-moddasi toʻrtinchi qismi va 60-moddasi.
(54-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
55-modda. Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror
Aksiyalarning har bir turi boʻyicha dividendlar (yilning har bir choragi, yarim yilligi, yilligi boʻyicha) toʻlash, dividendning miqdori hamda uni toʻlash shakli toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi aksiyalarning muayyan turlari boʻyicha dividendlar toʻlamaslik toʻgʻrisida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlar toʻlash haqida qaror qabul qilishga haqli.
Dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qarorda dividendlar toʻlash boshlanadigan va tugaydigan sanalar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Yilning har bir choragi, yarim yilligi boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror (eʼlon) tegishli davr tugaganidan soʻng ikki oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Agar dividendlar toʻlash oqibatida aksiyadorlik jamiyatining moliya-xoʻjalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan boʻlsa, dividendlar toʻlash taqiqlanadi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
56-modda. Dividendlarni toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlar jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydadan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan toʻlanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar jamiyatning buning uchun maxsus moʻljallangan fondlari hisobidan toʻlanishi mumkin.
(56-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlar toʻlash muddati va tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar toʻlash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 60 kundan kech boʻlmasligi lozim.
(56-modda ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Dividendlar toʻlash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha, soʻngra oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha qatʼiy belgilangan dividendlarni toʻlash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud boʻlgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarni saqlovchilarga dividendlar toʻlashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar toʻlashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega boʻlmasa yoki zarar koʻrib ishlagan boʻlsa, imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasidagina toʻlanishi mumkin. Egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxoʻri daʼvo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan jamiyat ixtiyorida qoladi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 150-moddasiga muvofiq umumiy daʼvo muddati — uch yil.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining norezident aksiyadorlari tomonidan olingan dividendlarni erkin almashtiriladigan valyutaga ayirboshlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan “Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(56-modda toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Aksiyadorlar reyestridan olingan, emitent tomonidan tasdiqlangan koʻchirmalar hamda toʻlangan dividendlar summasi va ular yozilgan sana toʻgʻrisida aksiyadorlar jamiyati buxgalteriyasi bergan maʼlumotnoma ayirboshlash uchun asos boʻladi.
57-modda. Dividendlar toʻlash mumkin boʻladigan aksiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
Dividendlarni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar dividend olish huquqiga ega.
(57-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlangʻich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning toʻla summasi boʻyicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi toʻlanishi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
58-modda. Toʻlanmagan va olinmagan dividendlar
Emitent aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi belgilagan muddatlarda dividendlarni oʻz aybi bilan toʻlamagan taqdirda toʻlanmagan va toʻliq olinmagan dividendlar yuzasidan Markaziy bank belgilagan takror moliyalash stavkalari boʻyicha penya yoziladi.
Aksiyadorlik jamiyati eʼlon qilgan dividendlarni toʻlashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqlidir. Rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot boʻlgan deb eʼlon qilish tadbiri qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
60-modda. Dividendlar toʻlashdagi cheklashlar
Jamiyat:
jamiyat ustav fondining hammasi toʻlab boʻlinguncha;
agar dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari boʻlsa yoki dividendlar toʻlash natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo boʻlsa;
jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam boʻlsa, aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash (eʼlon qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas.
61-modda. Dividendlar toʻlanishi haqida aksiyadorlarni xabardor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat dividendlar miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda eʼlon qiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(61-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mijozning topshirigʻiga binoan aksiyalar qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan boshqarilayotgan boʻlsa, aksiyalarni saqlovchiga dividendlar investitsiya instituti haqini chegirib tashlagan holda toʻlanadi, bu haq mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilab qoʻyiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
62-modda. Dividendlarni soliqqa tortish
Dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Davlat qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida dividendlardan soliq olishda vaqtinchalik imtiyozlar belgilashi mumkin.
VII BOʻLIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI BOShQARUVChI ORGANLAR
63-modda. Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
64-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir.
Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini (aksiyadorlarning umumiy hisobot yigʻilishini) oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yigʻilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin koʻpi bilan olti oy ichida oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yigʻilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash toʻgʻrisidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aʼzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi toʻgʻrisidagi, auditorlik tekshiruvi oʻtkazish haqida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi oʻn uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi.
(64-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan tashqari oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlari navbatdan tashqari yigʻilish hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana va uni oʻtkazish tartibi, yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) roʻyxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom.
65-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolatlari
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat ustaviga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
jamiyatni qayta tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatni tugatish, tugatuvchini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
(65-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning aʼzolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish;
eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash;
jamiyatning ustav fondini koʻpaytirish;
jamiyatning ustav fondini kamaytirish;
oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olish;
agar jamiyat ustaviga koʻra jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan boʻlsa, ana shu masalalarni hal qilish;
jamiyat taftish komissiyasining aʼzolarini (taftishchini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
jamiyatning yillik biznes-rejasini, yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, foyda va zararlari hisobvaragʻini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
(65-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat kuzatuv kengashining oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir, shu jumladan jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishiga doir hisobotlarini eshitish;
(65-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ-104-son Qonuni asosida oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida ushbu Qonunning 39-moddasida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish;
(65-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
umumiy yigʻilish reglamentini tasdiqlash;
aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
ushbu Qonunning 90-moddasida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning mol-mulk sotib olishi va mol-mulkni begonalashtirishi bilan bogʻliq yirik bitimlarni tuzish;
(65-moddaning birinchi qismi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga berilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun berilishi mumkin emas, quyidagilar bundan mustasno:
ushbu Qonunning 16 va 21-moddalariga muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini koʻpaytirish bilan bogʻliq oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
ushbu Qonunning 86-moddasi oʻn birinchi qismiga muvofiq jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aʼzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) toʻgʻrisidagi masalani hal etish;
ushbu Qonunning 82-moddasi birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisiga muvofiq yillik biznes-rejani tasdiqlash.
(65-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
66-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha:
jamiyatning oddiy (odatdagi) aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar;
ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda jamiyat imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar ovoz berish huquqiga egadir.
Aksiya egasi boʻlmish aksiyadorga ovozga qoʻyilgan masalani hal etishda ovoz berish huquqini beradigan oddiy (odatdagi) aksiya yoki imtiyozli aksiya jamiyatning ovoz beruvchi aksiyasidir. Agar ovoz beruvchi aksiyalar miqdorini aniqlash chogʻida imtiyozli aksiya uning egasiga bittadan ortiq ovoz bersa, bunday imtiyozli aksiya boʻyicha har bir ovoz alohida ovoz beruvchi aksiya sifatida hisobga olinadi.
Ovozga qoʻyilgan masala boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar ovozining koʻproq miqdori belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, yigʻilishda ishtirok etayotgan jamiyat ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlmish aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror, agar mazkur qarorni qabul qilish vakolati jamiyat kuzatuv kengashiga berilmagan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari boʻlgan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(66-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovozga qoʻyilgan, hal qilish chogʻida jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarining egalari boʻlmish aksiyadorlar ovoz huquqiga ega boʻladigan masala yuzasidan ovozlarni sanab chiqish, agar ushbu Qonunda yoki jamiyat ustavida oʻzga qoida belgilanmagan boʻlsa, ovoz beruvchi aksiyalarning barchasi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror, agar jamiyat ustavida boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan faqat kuzatuv kengashining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 65-moddasi birinchi qismi ikkinchi —toʻrtinchi, oltinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(66-moddasining oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini olib borish tartibi boʻyicha aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilish tartibi jamiyat ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlangan jamiyatning hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli emas.
(66-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda muddatlarda aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar qabul qilingan sanadan eʼtiboran 45 kundan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qoʻyilgan qarorlar ijro etilmaydi.
(66-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni asosida oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Agar aksiyador uzrli sabablarga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etmagan yoki bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsa, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilishga haqlidir.
67-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinadigan qarori
Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarori yigʻilishni oʻtkazmagan holda jamiyat ustavida belgilangan tartibda sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilinishi mumkin.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha sirtdan ovoz berishni oʻtkazish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qaror qabul qilinishi mumkin emas.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilingan qarori, agar ovoz berishda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida yetmish besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar qatnashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
Sirtdan ovoz berish ushbu Qonun 77-moddasining talablariga javob beradigan ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi. Aksiyadorlarga ovoz berish uchun byulletenlar berish sanasi jamiyat byulletenlarni qabul qilishni toʻxtatadigan kundan kamida 30 kun oldin belgilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat vakili aksiyadorlar umumiy yigʻilishining sirtdan ovoz berish yoʻli bilan (soʻrov yoʻli bilan) qabul qilingan qaroriga veto qoʻyishga haqli.
(67-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
68-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan rasmiy eʼlon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega boʻladi.
Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga oʻzgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda eʼlon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi rasmiy eʼlon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi oʻrtasida tegishli xizmatlar koʻrsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
umumiy yigʻilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aʼzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasi yoxud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha axborot (materiallar) roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qoʻyilishi mumkin.
(68 va 69-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
70-modda. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishining kun tartibiga takliflar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foiziga ega boʻlgan jamiyat aksiyadorlari (aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzogʻi bilan 30 kun ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar koʻrsatishga haqli.
(70-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga masala uni qoʻyish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalarning soni va turini koʻrsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar koʻrsatish, shu jumladan oʻzining nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori boʻlsa, unga tegishli aksiyalarning soni va turi, shuningdek nomzodni koʻrsatgan aksiyadorlarning ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatiladi.
(70-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni koʻrib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan soʻng uzogʻi bilan 15 kun ichida ularni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyador (aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga, shuningdek koʻrsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatga rioya etmagan boʻlsa;
aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa;
takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif taqdim etgan aksiyadorga (aksiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uzogʻi bilan uch kun ichida yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(70-moddaning toʻrtinchi qismi birinchi xatboshisi, beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
71-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy yigʻilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni;
umumiy yigʻilishning kun tartibini;
umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;
umumiy yigʻilishni oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;
umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) roʻyxatini;
ovoz berish byulletenining shakli va matnini.
Aniq masala qoʻyilishini aks ettirmaydigan taʼriflarning (shu jumladan, “turli masalalar”, “boshqa masalalar”, “oʻzga masalalar” va hokazolarning) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 30 kundan kam va 45 kundan koʻp belgilanishi mumkin emas.
(71-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
72-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning oʻz tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga koʻra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabi bilan oʻtkaziladi.
Jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqidagi talab taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan 45 kun ichida amalga oshiradi.
(72-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sababini koʻrsatgan holda taʼriflab berilmogʻi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi masalalarning taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
(72-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish talabi aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(72-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish talabnomasi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etgan sanadan boshlab 10 kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida yoki yigʻilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim.
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchining), jamiyat auditorining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, basharti:
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi boʻlmasa;
jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlmasa.
(72-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qarori yoki bunday yigʻilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil-isbotli qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan uch kun ichida yigʻilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan boʻlsa yoki uni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilgan boʻlsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq xarajatlar aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyatning mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
73-modda. Sanoq komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni roʻyxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
(73-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Sanoq komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, taftish komissiyasining aʼzolari, kollegial ijroiya organi aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shu bilan birga ana shu lavozimlarga nomzodi koʻrsatilgan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(73-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Sanoq komissiyasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishida kvorum bor yoki yoʻqligini aniqlaydi, aksiyadorlar (ularning vakillari) umumiy yigʻilishda ovoz berish huquqlarini roʻyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalar xususida tushuntirishlar beradi, ovozga qoʻyiladigan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi, ovoz berishning belgilangan tartibi va aksiyadorlarning ovoz berishda ishtirok etish huquqlarini taʼminlaydi, ovozlarni sanab chiqadi va ovoz berish yakunini chiqaradi, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
74-modda. Aksiyadorlarning va davlat vakilining umumiy yigʻilishda ishtirok etish tartibi
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqi shaxsan aksiyador tomonidan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi uning shaxsan oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyador aksiyadorlarning umumiy yigʻilishidagi oʻz vakilini istalgan vaqtda almashtirishga yoki yigʻilishda shaxsan oʻzi ishtirok etishga haqlidir.
Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida yozma ishonchnoma asosida ish koʻradi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport maʼlumotlari) aks ettirilgan boʻlishi lozim. Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(74-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Agar jamiyat aksiyasi bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulki boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish vakolati ularning xohishiga koʻra umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri yoki ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan har bir shaxsning vakolatlari tegishli tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
75-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kvorumi
Agar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etuvchilarni roʻyxatga olish tamom boʻlgan paytga kelib, jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizidan koʻpiga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatli (kvorum toʻplagan) hisoblanadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi. Aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazishda kun tartibiga oʻzgartishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻtkazilmay qolgan yigʻilish oʻrniga aksiyadorlarning yangi chaqirilgan umumiy yigʻilishida ishtirok etuvchilarni roʻyxatga olish tugagan paytga kelib, jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami oltmish foizdan kam boʻlmagan ovoziga ega boʻlgan aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatga olingan boʻlsa, bu umumiy yigʻilish vakolatli hisoblanadi.
Aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabar qilish ushbu Qonunning 69-moddasida nazarda tutilgan tarzda yigʻilish oʻtkaziladigan sanaga kamida 10 kun qolganida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kvorum boʻlmaganligi sababli aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi 20 kundan kam muddatga koʻchirilgan taqdirda, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar oʻtkazilmay qolgan umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning reyestriga muvofiq aniqlanadi.
(75-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
76-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish “jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz” qoidasiga muvofiq oʻtkaziladi, jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash boʻyicha kumulyativ ovoz berishni oʻtkazish hollari va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.
77-modda. Ovoz berish byulleteni
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibi masalalari boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
(77-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(77-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz berish byulleteni umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan aksiyadorga (uning vakiliga) beriladi.
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning toʻliq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi va vaqti, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masalaning taʼrifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masala boʻyicha “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan mazmundagi soʻzlar bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aksiyador tomonidan imzolanishi lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi aʼzosini (taftishchisini) saylash toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumot aks ettirilgan boʻlib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
(77-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala boʻyicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan boʻlsa, oʻsha masala boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qoʻyilgan bir necha masala aks ettirilgan boʻlsa, bir yoki bir necha masalaga nisbatan yuqorida koʻrsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas deb hisoblanishiga sabab boʻlmaydi.
79-modda. Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma
Sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzadi. Bayonnoma sanoq komissiyasining aʼzolari yoki komissiya vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan soʻrgʻichlanadi va saqlab qoʻyish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.
Ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish oʻtkazilgan umumiy yigʻilishida oʻqib eshittiriladi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni eʼlon qilish yoki aksiyadorlarga yuborish orqali aksiyadorlarning eʼtiboriga yetkaziladi.
80-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yigʻilishda raislik qiluvchi va umumiy yigʻilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida:
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan joy va vaqt;
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining umumiy soni;
yigʻilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlar soni;
yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilishning kun tartibi koʻrsatiladi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qoʻyilgan masalalar hamda ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalari, yigʻilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.
81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi boʻlgan aksiyadorlar soni oʻttiz kishidan kam boʻlgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etishga vakolati boʻlgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida oʻz aksini topishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolariga ular oʻz vazifalarini bajarib turgan davrda badal toʻlanishi va (yoki) kuzatuv kengashining aʼzosi vazifasini bajarish bilan bogʻliq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va toʻlovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilab qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga kiritish;
aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish orqali yoki eʼlon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini koʻpaytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
(82-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 41, 42, 44 va 45-moddalari.
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan boʻlsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;
korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan boʻlsa;
(82-moddaning beshinchi — oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan boʻlsa yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan boʻlsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maʼqullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga moʻljallangan biznes-rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay maʼqullanishi lozim;
ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash;
(82-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ–104-sonli Qonuni asosida oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning aʼzolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa, ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;
jamiyat taftish komissiyasi aʼzolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;
aksiyalar boʻyicha dividendlar miqdori va ularni toʻlash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash;
jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish;
jamiyatning shuʼba va tobe korxonalarini tashkil etish;
ushbu Qonunning VIII boʻlimida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzish;
agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik boʻladigan boʻlsa, ushbu Qonunning IX boʻlimida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyadorlik jamiyatining boshqa xoʻjalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq bitimlar tuzish;
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni asosida yigirma toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga oʻtkazilishi mumkin emas.
(82-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
83-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash, tayinlash
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari ushbu Qonun va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bir yillik muddatga saylanadilar.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.
Jamiyat kollegial va yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining aʼzolari kuzatuv kengashiga saylanishlari tayinlanishlari mumkin emas.
Muayyan jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslar mazkur jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar jamiyat ustavi bilan yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tasdiqlagan qaror bilan belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibi ustav yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilab qoʻyiladi.
Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlari soni besh yuzdan ortiq boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun kuzatuv kengashining miqdor tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlishi, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq boʻlgan jamiyat uchun esa toʻqqiz aʼzodan kam boʻlishi mumkin emas.
Aksiyador oʻziga tegishli aksiyalar boʻyicha ovozlarni jamiyat kuzatuv kengashining bitta nomzodiga toʻliq berishga yoki bir nechta nomzod oʻrtasida taqsimlashga haqlidir.
Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaxslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqlidir.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida oʻninchi va oʻn birinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Davlat vakili lavozimiga koʻra jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlib, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi).
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi
Jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan ularning oʻzlari orasidan kuzatuv kengashi aʼzolari umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
Jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi oʻz raisini kuzatuv kengashi jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishida raislik qiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoʻqligida uning vazifasini kuzatuv kengashi aʼzolaridan biri bajarib turadi.
85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning oʻz tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining aʼzosi, taftish komissiyasining, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qoʻyilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi ustavda belgilab qoʻyiladi.
(85-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Kuzatuv kengashi majlisini oʻtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolarning yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak. Kuzatuv kengashi aʼzolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam boʻlib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan aʼzolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagina qaror qabul qilishga haqlidir.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qoʻyilgan qarorlar ijro etilmaydi.
(85-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
Jamiyat kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini kuzatuv kengashining boshqa aʼzosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis oʻtkazilganidan soʻng 10 kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
majlis oʻtkazilgan joy va vaqt;
majlisda hozir boʻlgan shaxslar;
majlisning kun tartibi;
ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari;
qabul qilingan qarorlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan imzolanadi, ular majlisning bayonnomasi toʻgʻriligi uchun javobgardir.
(85-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
86-modda. Jamiyatning ijroiya organi
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida”gi namunaviy nizom.
Bir paytning oʻzida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari boʻlishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari belgilab qoʻyilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma boʻyicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Boshqaruvchi kompaniyalar toʻgʻrisida”gi nizom va “Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining rahbarini yollash toʻgʻrisida”gi namunaviy mehnat shartnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yoʻl qoʻyiladi.
(86-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
(86-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Jamiyat ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) aʼzolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
(86-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) aʼzolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi toʻgʻrisida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha majburiyatlari hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim.
(86-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organiga (direktoriga), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) aʼzolariga toʻlanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi xizmatlariga haq toʻlash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq boʻlib, shartnomada belgilanishi kerak.
(86-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlarni oʻrindoshlik yoʻli bilan bir shaxsning egallashiga kuzatuv kengashi roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki kuzatuv kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan boʻlsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) aʼzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir.
(86-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aʼzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qoʻpol tarzda buzishga yoʻl qoʻygan boʻlsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala oʻsha umumiy yigʻilishning oʻzida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni ham tayinlagan holda aksiyadorlarning yaqin oradagi umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qoldirilishi mumkin. Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan boʻlsa, ijroiya organining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqiradi.
(86-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga muvofiq oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
87-modda. Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya)
Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kollegial ijroiya organi majlisida bayonnoma yuritiladi. Kollegial ijroiya organi majlisining bayonnomasi kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolariga ularning talabiga koʻra beriladi.
(87-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarini oʻtkazishni jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajarayotgan shaxs tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda kollegial ijroiya organi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, kollegial ijroiya organi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarga muvofiq ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi.
88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va oʻz burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini koʻzlab ish tutishlari lozim.
Jamiyat kuzatuv kengashining aʼzolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.
Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi boʻlgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) aʼzolari javobgar boʻlmaydi.
Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar hisoblanadi.
Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aksiyalarning hammasi boʻlib kamida bir foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni daʼvo qilib kuzatuv kengashi aʼzosi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) aʼzosi, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.
VIII BOʻLIM. JAMIYATNING YIRIK BITIMLAR TUZIShI
89-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yirik bitimlar
Quyidagilar yirik bitimlar deb hisoblanadi:
bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi yoki tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yoxud jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq bitim yoki oʻzaro bogʻlangan bir necha bitim, oddiy xoʻjalik faoliyatini yuritish asnosida sodir etiladigan bitimlar bundan mustasno;
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning yigirma besh foizidan koʻprogʻini tashkil etadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoki oddiy (odatdagi) aksiyalarga ayirboshlanadigan imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq bir yoki oʻzaro bogʻlangan bir necha bitim.
Yirik bitimga sabab boʻlgan mol-mulk qiymatini aniqlash jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
90-modda. Jamiyatning mol-mulk olishi yoki uni tasarrufidan chiqarishi bilan bogʻliq yirik bitimni tuzish
Qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida boʻlgan yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan yakdillik bilan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashining tarkibdan chiqib ketgan aʼzolari ovozi hisobga olinmaydi.
Yirik bitim tuzish masalasida jamiyat kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan hollarda yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hukmiga havola etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
(90-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-135-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 514-modda)
IX BOʻLIM. JAMIYATNING BITIM TUZIShIDAN MANFAATDORLIK
91-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar
Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosi, jamiyatning oʻzga boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxs, oʻzining tobe (affillangan) shaxsi bilan birgalikda jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma va undan koʻproq foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar), agar mazkur shaxslar, ularning erlari (xotinlari), ota-onalari, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barcha affillangan shaxslari:
jamiyat tuzadigan bitimning tomonlaridan biri boʻlsa yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan boʻlsa;
bitimning tomonlaridan biri boʻlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yigirma yoki undan ham koʻproq foiziga ega boʻlsa;
bitimning tomonlaridan biri boʻlgan yoki unda vakil yoxud vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxs boshqaruv organlarining mansabdor shaxsi boʻlsa, ular jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar deb hisoblanadilar.
92-modda. Jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdorlik toʻgʻrisidagi axborot
Ushbu Qonunning 91-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar:
yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki oʻzlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega boʻlsalar, shu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan boʻlsalar, shu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin boʻlsa, oʻzlariga maʼlum boʻlgan ana shu bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) eʼtiboriga yetkazishlari shart.
(92-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
93-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimni tuzish tartibiga qoʻyiladigan talablar
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi toʻgʻrisidagi qarorni kuzatuv kengashi uni tuzishdan manfaatdor boʻlmagan kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi.
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimning jamiyat tomonidan tuzilishi toʻgʻrisidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bitimni tuzishdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:
agar bitim boʻyicha toʻlanadigan haq summasi va bitimga sabab boʻlgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq boʻlsa;
agar bitta bitim va (yoki) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qogʻozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat boʻlsa.
Agar tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim boʻyicha manfaatdor shaxs jamiyatga qarz berayotgan boʻlsa, bunday bitimni tuzish uchun ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori talab etilmaydi.
Jamiyat bilan boshqa tomon oʻrtasidagi xoʻjalik munosabatlarini davom ettirish yuzasidan tuziladigan, tuzilishidan kelajakda manfaatdorlik paydo boʻlishi mumkin boʻlgan bitimlarni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan sanada aniqlashning iloji boʻlmagan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi jamiyat bilan oʻzga shaxs oʻrtasida tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlarning xususiyati va ular summasining eng koʻp miqdorini koʻrsatib, shartnoma munosabatlari oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda ushbu modda uchinchi qismining talablari bajarilgan deb hisoblanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining barcha aʼzolari manfaatdor shaxslar deb topilgan taqdirda, bitimdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlar koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan bitim tuzilishi mumkin.
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim ayni bir vaqtda jamiyatning mol-mulk sotib olishi yoki topshirishi bilan bogʻliq yirik bitim boʻlsa, bitimni tuzish tartibiga ushbu Qonun VIII boʻlimining qoidalari qoʻllaniladi.
94-modda. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimga qoʻyiladigan talablarga rioya etmaslik oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitim ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda tuzilgan boʻlsa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113—128-moddalari.
(94-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Manfaatdor shaxs jamiyatga oʻzi yetkazgan zarar miqdorida jamiyat oldida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik boʻladi.
X BOʻLIM. AKSIYADORLIK JAMIYATINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
95-modda. Jamiyatni qayta tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish tarzida amalga oshiriladi.
(95-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi.
Yangi tuzilgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi, birlashtirish tarzida qayta tashkil etish bundan mustasno.
Jamiyat boshqa jamiyatga qoʻshib yuborish yoʻli bilan qayta tashkil etilganida davlat roʻyxatga olish organi qoʻshilib yuborilgan jamiyat oʻz faoliyatini toʻxtatgani haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan eʼtiboran qoʻshib yuborilgan jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda qayta tashkil etilgan jamiyatlarning faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning VI boʻlimi.
Qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran jamiyat 30 kundan kechiktirmay oʻz kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor etadi. Kreditor jamiyatdan majburiyatlarni toʻxtatish yoki muddatidan ilgari bajarishni hamda zararning oʻrnini qoplashni quyidagi muddatlarda yozma ravishda xabar berish yoʻli bilan talab qilishga haqlidir:
qoʻshib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish haqidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzogʻi bilan 30 kun ichida;
boʻlish yoki ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi xabarni jamiyat kreditorga yuborgan sanadan boshlab uzogʻi bilan 60 kun ichida.
 LexUZ sharhi
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 — 52-moddalarida belgilangan.
Agar boʻlinish balansi qayta tashkil etilayotgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyatning majburiyatlari yuzasidan uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar.
96-modda. Jamiyatlarni qoʻshib yuborish
Oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki bir necha jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlarini oʻtkazish yoʻli bilan yangi jamiyatni vujudga keltirish jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi deb hisoblanadi.
Qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyat qoʻshib yuborish haqida shartnoma tuzadi, unda qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini yangi jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga qoʻshib yuborish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, qoʻshib yuborish shartnomasini tasdiqlash haqidagi va oʻtkazish dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi masalalarni havola etadi.
Yangi vujudga kelayotgan jamiyat ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi jamiyatlarning qoʻshib yuborilishi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyilishi mumkin.
Jamiyatlar qoʻshilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquqlar va majburiyatlar oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan jamiyatga oʻtadi.
97-modda. Jamiyatning birlashtirilishi
Bir yoki bir nechta jamiyat faoliyatini toʻxtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga oʻtkazish — jamiyatni birlashtirish deb hisoblanadi.
Birlashtirilayotgan jamiyat va birlashtirib olayotgan jamiyat birlashish toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar, unda birlashishning tartibi va shartlari, shuningdek birlashtirilayotgan jamiyatning aksiyalarini birlashtirib olayotgan jamiyatning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi belgilab qoʻyiladi. Har bir jamiyatning kuzatuv kengashi birlashishda ishtirok etayotgan oʻz jamiyatining umumiy yigʻilishi hukmiga birlashish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi va birlashish shartnomasini tasdiqlash haqidagi masalani kiritadi. Birlashtirilayotgan jamiyat kuzatuv kengashi oʻtkazish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani ham aksiyadorlar umumiy yigʻilishi hukmiga havola etadi.
Mazkur jamiyatlar aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishi ustavga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlarning qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi birlashish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Bir jamiyat boshqa jamiyatga birlashganda oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq birlashtirilayotgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlari qoʻshib olgan jamiyatga oʻtadi.
98-modda. Jamiyatni boʻlish
Jamiyat faoliyatini toʻxtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatlarga oʻtkazish — jamiyatni boʻlish deb hisoblanadi.
Boʻlish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga boʻlish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari xususidagi, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlar aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi toʻgʻrisidagi masalalarni havola etadi.
Boʻlish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni boʻlish tarzida qayta tashkil etish toʻgʻrisida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini tuzilayotgan jamiyatlarning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi uning ustavini tasdiqlash hamda kuzatuv kengashini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Jamiyat boʻlinganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari boʻlish balansiga muvofiq yangi tashkil etilayotgan ikki yoki bir necha jamiyatga oʻtadi.
99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini toʻxtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini oʻtkazib bir yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb hisoblanadi.
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, boʻlish balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani havola etadi.
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi jamiyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qogʻozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni oʻtkazish tartibi, boʻlish balansini tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi boʻlish balansiga muvofiq ularning har biriga oʻtadi.
100-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xoʻjalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli.
Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi.
Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qayta tuzish toʻgʻrisida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari oʻzlarining qoʻshma majlislarida uning taʼsis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari oʻtkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
101-modda. Jamiyatni tugatish
Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda jamiyat faoliyatining toʻxtatilishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash toʻgʻrisidagi masalani havola etadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tugatish toʻgʻrisida va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
Aksiyadorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori boʻlsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.
(101-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eʼlon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qoʻyish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi lozim.
Agar tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega boʻlmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar oʻrtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Oraliq tugatish balansi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan eʼtiboran amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56 va 784-moddalari va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2342, 15.03.2012-y.) 5-bandi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga yetkazilganidan soʻng jamiyatning qimmatli qogʻozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda zarur tadbirlarni amalga oshiradi.
(102-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
103-modda. Tugatilayotgan jamiyat mol-mulkini aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatuvchi tomonidan aksiyadorlar oʻrtasida quyidagi navbat boʻyicha taqsimlanadi:
(103-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
birinchi navbatda ushbu Qonunning 44-moddasiga muvofiq qaytarib sotib olinishi lozim boʻlgan aksiyalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi;
ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha yozilgan, biroq toʻlanmagan dividendlarni va jamiyat ustavida imtiyozli aksiyalar boʻyicha belgilangan tugatish qiymatini toʻlash amalga oshiriladi;
uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy (odatdagi) aksiyalar va barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash amalga oshiriladi.
Mol-mulkni har bir navbat tartibi boʻyicha taqsimlash avvalgi navbat tartibi boʻyicha mol-mulk toʻliq taqsimlab boʻlinganidan keyin amalga oshiriladi.
Agar jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq toʻlanmagan dividendlar va jamiyat ustavida belgilangan tugatish qiymatini bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari boʻlmish barcha aksiyadorlarga toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, mol-mulk ana shunday turdagi imtiyozli aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlar oʻrtasida ularga qarashli shu turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Chet ellik investor mol-mulk tugatish qiymatining oʻzi olgan qismini belgilangan tartibda ayirboshlashga haqlidir.
104-modda. Jamiyat tugatilgan payt
Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritib qoʻygan paytdan eʼtiboran jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyat esa faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi.
(104-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
XI BOʻLIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT. HUJJATLARNI SAQLASh. JAMIYATGA DOIR AXBOROT
105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini taqdim etishi shart.
Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va toʻgʻri yuritilishi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot vositalariga jamiyat faoliyatiga doir maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida boʻladi.
Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvaragʻidagi maʼlumotlarning toʻgʻri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni matbuotda eʼlon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aksiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida bogʻliq boʻlmagan auditorlik tashkilotini jalb etishi shart.
(105-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida 30 kun oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qoʻyish
Jamiyat:
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni, jamiyatni tuzish toʻgʻrisidagi qarorni, jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani;
jamiyatning oʻz balansidagi mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
yillik moliya hisobotini;
aksiyalar emissiyasi maʼlumotnomasini;
buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) majlislarining bayonnomalarini;
jamiyat affillangan shaxslarining ularga qarashli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxatlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlarini;
(106-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni asosida oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
taftish komissiyasining, auditorning, davlat moliya nazorati organlarining xulosalarini;
jamiyat ustavida, jamiyat boshqaruv organlarining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni saqlab qoʻyishi shart.
107-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi
Jamiyat ushbu Qonun 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlar foydalana olishlari uchun imkoniyat taʼminlab beradi, buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlar va jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarining bayonnomalari bundan mustasno.
Jamiyat aksiyadorning talabiga binoan unga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatlarning nusxasini haq evaziga berishi shart. Haq miqdori jamiyat tomonidan belgilanadi hamda hujjatlarning nusxalarini tayyorlashga ketadigan xarajatlar qiymatidan va hujjatlarni pochta orqali joʻnatish xarajatlaridan ortib ketmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
108-modda. Axborotni eʼlon qilishning shartligi
Aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart.
Aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda eʼlon qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborotni ochish toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1127, 18.04.2002-y.)
Aksiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini eʼlon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(108-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari toʻgʻrisidagi axborot
Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi.
Jamiyatning affillangan shaxslari jamiyatning oʻzlariga qarashli aksiyalari toʻgʻrisida ularning soni va turlarini koʻrsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan eʼtiboran kechi bilan 10 kun ichida jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Agar affillangan shaxsning aybi bilan mazkur axborotning taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida jamiyatga mulkiy zarar yetkazilgan boʻlsa, affillangan shaxs jamiyat oldida oʻzi yetkazgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat oʻzining affillangan shaxslari hisobini yuritishi va ular toʻgʻrisida qonun hujjatlarining talablariga muvofiq hisobot taqdim etishi shart. Ochiq aksiyadorlik jamiyati affillangan shaxslar roʻyxatini ularga tegishli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili eʼlon qilishi shart.
(109-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
 LexUZ sharhi
Affilangan shaxslar tushunchasi va aksionerlik jamiyatlarida ularni hisobini yuritish va maʼlumotlarni oshkor qilish tartibi “Aksiyadorlik jamiyatlarida affillangan shaxslar, ularning hisobini olib borish va axborotlarni oshkor qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi bilan belgilangan (roʻyxat № 1212, 29.01.2003-y.).
XII BOʻLIM. JAMIYAT FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
110-modda. Taftish komissiyasi
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi taftish komissiyasini saylaydi.
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu Qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qoʻyiladi.
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari boʻyicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi boʻlib kamida oʻn foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi boʻlishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Kuzatuv kengashining aʼzolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarini saylash chogʻida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.
(110-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1101-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard soʻmdan koʻp boʻlgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisida”gi nizom.
(1101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi OʻRQ–104-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi” (70-son AFMA) (roʻyxat № 1016, 10.03.2001-y.).
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida notoʻgʻri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar boʻladi.
(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan koʻp boʻlgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
(111-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi
Jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yakunlariga koʻra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:
hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan maʼlumotlar qay darajada toʻgʻriligiga baho beriladi;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot beriladi.
(112-moddaning nomi va birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
XIII BOʻLIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
113-modda. Aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Jamiyatning xoʻjalik va boshqa faoliyatiga davlat organlari va boshqa organlarning aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ularning qonunsiz xatti-harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
114-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Aksiyadorlarning huquqlari:
ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari);
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining koʻngilli birlashmalari;
(114-modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
sugʻurta tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
(114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 392-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tashkilotlari;
(114-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
115-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish usullari
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq buzilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqni buzish tahdidini soluvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash;
oʻzini oʻzi himoya qilish;
natura holida ijro etishga hukm qilish:
zararlarni qoplatish;
neustoyka undirish;
maʼnaviy zarar uchun tovon undirish;
huquqiy munosabatlarni toʻxtatish yoki oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar oʻzlarining qonuniy huquqlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda jamoat birlashmalariga uyushishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Jamoat birlashmalarini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va ularning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
116-modda. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxona aksiyalarining birlamchi emissiyasi chogʻida mehnat jamoasi aʼzolarining huquqlarini himoya qilish
Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan davlat korxonasi mehnat jamoasi aʼzolarining aksiyalarni sotib olishdan iborat huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan taʼminlanadi. Mehnat jamoasi aʼzolari orasida joylashtirilishi lozim boʻlgan aksiyalar ulushining miqdori har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
117-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining masʼuliyati
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, fond birjalari va boshqalarning masʼuliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(117-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
118-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
223-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 61-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda; 9-son, 181-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2007-y., 29-30-son, 297-modda, 50-51-son, 506-modda, 514-modda, 52-son, 533-modda; 2008-y., 39-son, 392-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda)