1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahri aholisining oʻsish surʼatini inobatga olgan holda, ularning uy-joyga boʻlgan talabini qondirish, turmush tarzi uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi arxitektura va texnik yechimlarni joriy etish orqali zamonaviy markaz barpo etish, shuningdek, biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridan 19 720,9 gektar yer maydoni tanlab olinganligi, dastlabki bosqichda 2 420 gektar yer maydonida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilganligi;
Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini tezkor va sifatli ishlab chiqish maqsadida “Meinhardt Pte. Ltd” (Singapur), “Foster and partners” (Buyuk britaniya) va “OMA” (Gollandiya) kompaniyalari jalb etilib, amaliy ishlar boshlab yuborilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahri hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining:
Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlari hududida Yangi Toshkent shahrini barpo etish;
Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ni (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
9.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
10.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi;
11.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
3. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan amaliyotlar asosida hamda yetakchi xorijiy va mahalliy loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda, Yangi Toshkent shahri hududini rivojlantirish rejalarini (master reja), tarmoq rejalarini va manzilli dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
Yangi Toshkent shahri hududida loyihalarni amalga oshirish boʻyicha investorlar bilan muzokaralar olib borish, salohiyatli investorlarni tanlash, ular bilan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda bitimlar tuzish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Direksiya tomonidan tasdiqlangan hududda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha alohida texnik shartlarga amal qilish toʻgʻrisida bitimlar tuzish va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borish;
Yangi Toshkent shahri hududidagi ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalarini barpo etishda buyurtmachi funksiyasini bajarish;
zamonaviy uy-joylar qurish ishlariga katta tajribaga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, ularga zamonaviy uslublar, energiya tejamkor texnologiyalar va qurilish materiallarini qoʻllash yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berish;
Yangi Toshkent shahri hududida barpo etiladigan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalaridan yagona operator sifatida foydalanish va isteʼmolchilar bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
qurilishga salohiyatli investorlarni, shu jumladan, xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Internet tarmogʻida taqdimot tadbirlarini va keng reklama kampaniyasini tashkil etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
5.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
9.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar;
10.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
4. Direksiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
Yangi Toshkent shahrini barpo etish boʻyicha tarmoq rejalari va manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish boʻyicha hujjatlarga boʻlgan talablarni mustaqil ravishda belgilash va tasdiqlash;
yer uchastkalarini sotishda ularda barpo etiladigan obyektlarga qoʻyiladigan asosiy talablarni mustaqil belgilash;
qurilish ishlarining sifat, texnik va muddat nazoratini mustaqil amalga oshirish;
kommunal boshqarish, investitsion faoliyat, marketing, baholash, geologiya qidiruv, topografik suratga olish, bino va inshootlar texnik holatini tekshirish xizmatlarini koʻrsatish;
davlat sherigi sifatida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim talablarini vakolatli davlat organlari bilan kelishgan holda belgilash;
Yangi Toshkent shahri hududida isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar tariflarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilash;
Yangi Toshkent shahrini barpo etish davrida investorlarga shartnoma asosida servis, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish, ularni transport infratuzilmasi obyektlari va yordamchi inshootlar bilan taʼminlashni tashkil qilish;
Yangi Toshkent shahri hududidagi yer uchastkalarini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotish va ijaraga berish toʻgʻrisida (har bir loyihaga alohida texnik shart asosida) Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengashga taklif kiritish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
5. Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Yangi Toshkent shahrini barpo etishda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari hamda Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish va tegishli vazifalarni belgilash;
Direksiya tomonidan kiritilgan investorlarning loyiha takliflarini koʻrib chiqish;
Yangi Toshkent shahrining bosh rejasini tasdiqlash va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borish, shuningdek, yer uchastkalarini bosqichma-bosqich oʻzlashtirish masalasini koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Yangi Toshkent shahri hududida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining boshlangʻich qiymatini belgilash;
Yangi Toshkent shahri hududi hamda unga tutash hududlardagi qurilish loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish;
Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida xalqaro konsultantlar va ekspertlar, arxitektorlar, konstruktorlar, texnik nazorat xizmatlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali jalb qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimini qisqartirish hisobiga, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori (keyingi oʻrinlarda — Direksiya direktori) lavozimi kiritilsin.
Belgilansinki:
Direksiya direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Direksiya direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilgan holda, Direksiya direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
7. Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Direksiyaga shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki, shaxsiy gʻazna hisobvaraqda quyidagi mablagʻlar jamlanadi:
Direksiyaga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini sotishdan (ijaraga berishdan) tushadigan mablagʻlar;
obyektlar qiymatidan ajratmalar, shu jumladan, investitsiya bitimlariga asosan investorlar tomonidan obyektlarni qurish ishlari uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlardan ajratmalar;
hisobvaraqdagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Direksiya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, norezidentlarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari hamda texnik koʻmak mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
8. Direksiyaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, irrigatsiya, melioratsiya va transport infratuzilmasini loyihalash va qurish bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish;
Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini moliyalashtirish;
Direksiyaning joriy faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, unga tegishli bino va inshootlarni saqlash, ulardan foydalanish, qurish va taʼmirlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash, shuningdek, mebel, aloqa vositalari, kompyuter va boshqa barcha zarur inventarlar bilan taʼminlash;
mutaxassislarni, shu jumladan, yuqori malakali mutaxassislar, xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlarni Direksiyada ishlash uchun jalb etish hamda ularga haq toʻlash.
9. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ning ustavini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar Direksiyaga oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan hisobvaragʻidagi homiylik xayriyalari hisobidan 50 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻni begʻaraz ajratsin.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024-yil 1-aprelga qadar avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv taʼminoti, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini qurish maqsadida xalqaro moliya institutlari kreditlarini va davlat-xususiy sheriklik asosida investorlar mablagʻlarini jalb etsin.
Toshkent shahri hokimligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Yangi Toshkent shahri hududida ijtimoiy soha obyektlarini qurish uchun har yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan zarur mablagʻlarni ajratib borish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritib borsin.
11. Yangi Toshkent shahri barpo etiladigan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridagi 19 720,9 gektar yer maydonlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent viloyati hokimligi Direksiyaning murojaatiga asosan bir oy muddatda ushbu roʻyxatdan 6 000 gektar yer uchastkalarini Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Belgilansinki, Direksiyaga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari yer maydonlarini rivojlantirish rejalari (master reja) ishlab chiqilganidan keyin belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
12. Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahri hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining Yangi Toshkent shahrini barpo etish rejalashtirilayotgan 19 720,9 gektar yer uchastkalaridan 3-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 12 878,6 gektar, shundan 11 478,4 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosasi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
13. Belgilansinki:
ushbu qarorning 12-bandida nazarda tutilgan yer uchastkalarining yer fondi toifasi ular amaldagi yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari tomonidan belgilangan tartibda tuman zaxirasiga qaytarilganidan va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻzgargan hisoblanadi.
Yangi Toshkent shahrini barpo etishga moʻljallangan yer uchastkalaridan ular belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq qoplangandan soʻng boshqa maqsadlarda foydalaniladi;
Yangi Toshkent shahrini barpo etish rejalashtirilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari, bino va inshootlarga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu yer uchastkalarida tasdiqlangan bosh reja talablariga va Direksiya bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan qurilish qilishga ruxsat beriladi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning ushbu qarorga muvofiq toifasi oʻzgartirilganligi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2028-yil 1-yanvarga qadar har yil yakunida teng ulushlarda ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ikki oy muddatda yangi oʻzlashtiriladigan yerlar roʻyxatini hududlar va yillar kesimida tasdiqlasin.
Kadastr agentligi mazkur bandda hamda ushbu qarorning 13-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilishiga koʻra Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borsin.
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
bosh rejaga muvofiq Yangi Toshkent shahri hududida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, transport infratuzilmasi va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish uchun yer uchastkalari Direksiya taklifiga asosan tegishlicha Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hokimi tomonidan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq Direksiya tomonidan (buyurtmachi sifatida) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali (har bir loyihaga alohida texnik shart asosida) auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-138-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 07/24/138/0238-son)
yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlar, auksion oʻtkazish xarajatlari chegirilgan holda, Direksiyaning maxsus gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlariga sarflanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi]
16. Yangi Toshkent shahrini barpo etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida:
a) 2027-yil 1-yanvarga qadar Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji toʻlashdan ozod qilinsin;
b) obyekt qurilish hajmining har bir kub metri uchun mutanosib ravishda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi shaharsozlik faoliyati obyektini (yakka tartibdagi uy-joylar hamda nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) qurish yoki rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha toʻlov qiymatiga kiritilsin.
(16-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 07/24/403/0955-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Bunda, ushbu kichik bandda nazarda tutilgan qoʻshimcha tushumlar summasi ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmalari qurilishi uchun har oyda toʻliq Direksiyaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
17. Direksiya buyurtmanomalariga binoan Yangi Toshkent shahrini barpo etish boʻyicha:
Tashqi ishlar vazirligi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini;
Ichki ishlar vazirligi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlamasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va koʻp martalik vizalarning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va muddati uzaytirilishini;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish uchun ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
18. Direksiyaga oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish, respublikaga olib kirish hamda ulardan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berilsin.
19. Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilgan “Yangi Toshkent” loyihasi ofisi binosi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasi obyektlari Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berilsin.
20. Yangi Toshkent shahri hududida master rejaga asosan hududni koʻkalamzorlashtirish maqsadida dastlabki bosqichda 2023-yil 18-mart — umumxalq xayriya hashari kuni 1 000 ta qimmatbaho daraxt koʻchatlari ekilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda ekilgan daraxt koʻchatlarini Toshkent viloyati Obodonlashtirish bosh boshqarmasidan Direksiyaga oʻtkazib bersin.
Direksiya tuzilmasida Yangi Toshkent shahri hududida ekilgan va keyinchalik ekiladigan daraxt koʻchatlarini saqlash, parvarish qilish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun alohida boʻlinma tashkil etilsin.
21. Toshkent shahri hokimligi va Toshkent viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Yangi Toshkent shahri barpo etilishi munosabati bilan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridan zarur yer maydonlarini Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
22. Toshkent shahri hokimligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-iyul,
PQ-232-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son qaroriga 1-ILOVA
Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Boshqaruv kengashi raisi
2.
Sh.B. Umurzakov
—
Toshkent shahar hokimi v.b., Boshqaruv kengashi raisi oʻrinbosari
3.
Z.T. Mirzayev
—
Toshkent viloyati hokimi
4.
B.I. Zakirov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
5.
Sh.D. Kudbiyev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri
6.
L.N. Qudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
7.
A.B. Voitov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri
8.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xoʻjaligi vaziri
9.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
10.
I.R. Mahkamov
—
transport vaziri
11.
J.T. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
12.
A.Dj. Tashkulov
—
adliya vaziri
13.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat va turizm vaziri
14.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri
15.
A.X. Kuldashev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri
16.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
17.
P.R. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
18.
S.I. Samadov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
19.
N.N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
20.
A.Yu. Mavlonov
—
Bojxona qoʻmitasi raisi
21.
A.J. Ortiqov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
22.
Sh.Sh. Sharaxmetov
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi
23.
F.J. Poʻlatov
—
Kadastr agentligi direktori
24.
R.S. Sharifov
—
“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori
25.
Lavozimiga koʻra
—
“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori, Boshqaruv kengashi kotibi
Izoh.
Muvofiqlashtiruvchi kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son qaroriga 2-ILOVA
Yangi Toshkent shahri barpo etiladigan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridagi 19 720,9 gektar yer maydonlari