oʻzbekiston respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha tavsiyalarni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3443]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 343-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha tavsiyalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-may,
11-2023/B-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 5-may
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 12-may
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 15-maydagi 11-2023/B-son buyrugʻiga
ILOVA
Xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha
TAVSIYALAR
Mazkur Tavsiyalar xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha tavsiyalarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Tavsiyalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
toʻliq moddiy javobgarlik — toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida pul yoki tovar qimmatliklari bilan bevosita muomala qilayotgan xodimga ishonib topshirilgan qimmatliklarning but saqlanishini taʼminlamaganlik uchun qoʻllaniladigan javobgarlik turi;
yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma — pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash maqsadida ushbu qimmatliklar bilan bevosita muomala qilayotgan xodim va ish beruvchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma;
jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma — xodimlar oʻziga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, ularga ishlov berish, ularni sotish (chiqarish), tashish, qoʻllash yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan alohida ish turlarini birgalikda bajarganda, shuningdek har bir xodimning zarar yetkazganlik uchun javobgarligini chegaralash va u bilan yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzish imkoni boʻlmaganda ish beruvchi va jamoa (brigada) oʻrtasida tuziladigan shartnoma.
2. Xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomaning namunaviy shakli mazkur Tavsiyalarning ilovasida nazarda tutilgan.
2-bob. Yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomalarga qoʻyiladigan talablar
3. Yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomalarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
davlat organi yoki boshqa tashkilotning nomi, ish beruvchi va xodimning (xodimlarning) (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) egallab turgan lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
xodimga yoki jamoaga (brigadaga) topshiriladigan pul yoki tovar qimmatliklarining nomi, soni va holati (butligi);
taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar;
yetkazilgan zarar uchun toʻliq moddiy javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladigan holatlar;
xodim yoki jamoa (brigada) tomonidan ish beruvchiga zarar yetkazilganda ushbu zararning miqdori va uni aniqlash tartibi;
taraflarning rekvizitlari.
4. Xodim yoki jamoa (brigada) ularga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagi huquqlarga ega:
xodim yoki jamoa (brigada) ish beruvchi yoki uning vakilidan ularga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarini but holda qabul qilish;
xodimga yoki jamoa (brigadaga) ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun tegishli hujjat va maʼlumotlar bilan tanishish;
xodim yoki jamoa (brigada) oʻziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlish.
5. Xodim yoki jamoa (brigada) oʻziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagilarga majbur hisoblanadi:
xodim yoki jamoa (brigada) oʻziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarini but saqlash va ularga shikast yetkazmaslik;
xodimga yoki jamoaga (brigadaga) ishonib topshirilgan tovar qimmatliklarni qarovsiz qoldirmaslik;
tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar roʻy bergan taqdirda, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan pul yoki tovar qimmatliklari talon-taroj qilinganda bu haqda shu kunning oʻzida ogʻzaki yoki yozma yoxud elektron shaklda ish beruvchiga yoki uning vakiliga xabar berish.
6. Ish beruvchi pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagi huquqlarga ega:
xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) pul yoki tovar qimmatliklarini but holda saqlanishini talab qilish;
aybdor boʻlgan xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) zararning oʻrnini qoplashni talab qilish;
moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor boʻlgan xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) toʻliq yoki qisman undirishdan voz kechish.
7. Ish beruvchi pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagilarga majbur hisoblanadi:
xodimga yoki jamoaga (brigadaga) pul yoki tovar qimmatliklarini but holda topshirish;
xodimga yoki jamoa (brigadaga) ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun tegishli hujjat va maʼlumotlar bilan tanishtirish;
xodimga yoki jamoaga (brigadaga) pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
8. Zarar uni bartaraf etib boʻlmaydigan kuch, oqlangan xoʻjalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
9. Yetkazilgan zarar uchun toʻliq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi:
toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida oʻziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida;
xodim tomonidan bir martalik hujjat (masalan, tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) boʻyicha olingan boyliklarning but saqlanishi taʼminlanmaganda;
qasddan zarar yetkazilganda;
alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;
xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;
maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan boʻlsa;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor qilinganda;
xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda.
10. Yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma bir xil kuchga ega boʻlgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuziladi.
Yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma taraflar tomonidan imzolanadi.
11. Yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomaning bir nusxasi xodimga yoki jamoaning (brigadaning) har bir aʼzosiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi.
Bunda, yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomaning nusxasi xodimga yoki jamoaning (brigadaning) har bir aʼzosiga uni olganligi toʻgʻrisidagi imzosini qoʻydirgan holda taqdim etiladi.
Xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnoma tuzish boʻyicha tavsiyalarga
ILOVA
Xodim bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomaning
NAMUNAVIY SHAKLI

___-son shartnoma

__________________

“___” __________ 20___ yil

(shartnoma tuzilgan joy)

1. _________________________________________________________________________________

(tashkilot toʻliq nomi va rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi)

______________________________ nomidan (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi) va fuqaro

_________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

(bundan buyon matnda xodim yoki jamoa (brigada) deb yuritiladi) oʻrtasida mazkur shartnoma quyidagilar haqida tuzildi:

2. Xodimning yoki jamoaning (brigadaning) egallab turgan lavozimi _______________________

_________________________________________________________________________________________.

3. Xodimga yoki jamoaga (brigadaga) topshiriladigan pul yoki tovar qimmatliklari nomi, soni va holati (butligi):________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________.

4. Xodim yoki jamoa (brigada) ularga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagi huquqlarga ega:

xodim yoki jamoa (brigada) ish beruvchi yoki uning vakilidan ularga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarini but holda qabul qilish;

xodimga yoki jamoa (brigadaga) ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun tegishli hujjat va maʼlumotlar bilan tanishish;

xodim yoki jamoa (brigada) oʻziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlish.

5. Xodim yoki jamoa (brigada) oʻziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagilarga majbur hisoblanadi:

xodim yoki jamoa (brigada) oʻziga ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarini but saqlash va ularga shikast yetkazmaslik;

xodimga yoki jamoaga (brigadaga) ishonib topshirilgan tovar qimmatliklarni qarovsiz qoldirmaslik;

tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar roʻy bergan taqdirda, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan pul yoki tovar qimmatliklari talon-taroj qilinganda bu haqda shu kunning oʻzida ogʻzaki yoki yozma yoxud elektron shaklda ish beruvchiga yoki uning vakiliga xabar berish.

6. Ish beruvchi pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagi huquqlarga ega:

xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) pul yoki tovar qimmatliklarini but holda saqlanishini talab qilish;

aybdor boʻlgan xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) zararning oʻrnini qoplashni talab qilish;

moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor boʻlgan xodimdan yoki jamoadan (brigadadan) toʻliq yoki qisman undirishdan voz kechish.

7. Ish beruvchi pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlashda quyidagilarga majbur hisoblanadi:

xodimga yoki jamoaga (brigadaga) pul yoki tovar qimmatliklarini but holda topshirish;

xodimga yoki jamoa (brigadaga) ishonib topshirilgan pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun tegishli hujjat va maʼlumotlar bilan tanishtirish;

xodimga yoki jamoaga (brigadaga) pul yoki tovar qimmatliklarining but saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

8. Yetkazilgan zarar uchun toʻliq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi:

toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida oʻziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida;

xodim tomonidan bir martalik hujjat (masalan, tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) boʻyicha olingan boyliklarning but saqlanishi taʼminlanmaganda;

qasddan zarar yetkazilganda;

alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;

xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;

maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan boʻlsa;

davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor qilinganda;

xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda.

9. Zarar uni bartaraf etib boʻlmaydigan kuch, oqlangan xoʻjalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.

10. Yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomaning bir nusxasi xodimga yoki jamoaning (brigadaning) har bir aʼzosiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi.

Bunda, yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik yoki jamoaning (brigadaning) toʻliq moddiy javobgarligi toʻgʻrisida shartnomaning nusxasi xodimga yoki jamoaning (brigadaning) har bir aʼzosiga uni olganligi toʻgʻrisidagi imzosini qoʻydirgan holda taqdim etiladi.


Taraflarning yuridik manzillari va rekvizitlari:

Xodim yoki jamoa (brigada)

_______________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_______________________________

(pasport yoki ID-karta maʼlumotlari)

_______________________________

(manzil, telefon raqam)

_______________________________

(pasport seriyasi va raqami)

_____________________________

(sana va imzo)

Ish beruvchi

_______________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

_______________________________

(tashkilot nomi)

_______________________________

(manzil, telefon raqam)

_______________________________

(STIR va bank rekvizitlari)

_____________________________

(sana, imzo va muhr)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 10/23/3443/0363-son)