1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YAIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam taʼminlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga koʻpaydi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironligi boʻlgan bolalarning parvarishi bilan band boʻlganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida boʻlishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.
Xususan, davlatning nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishi va taʼlim olishiga koʻmaklashishi boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi joriy etilishi talab etilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada eʼlon qilingan “ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Quyidagilar davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;
ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash;
ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
aholining ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali ularning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilsin:
a) 2023-yil 15-iyundan boshlab Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan:
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi;
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari;
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari;
v) 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari;
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
d) 2028-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining Paralimpiyachilarning matonat maktabini 2023-yil 15-iyundan Agentlik tuzilmasiga oʻtkazish hamda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutining faoliyatini hamkorlikda muvofiqlashtirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan tashkilotlar va tarkibiy tuzilmalar amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari, huquq va majburiyatlari, mol-mulki hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari bilan birgalikda toʻlaligicha Agentlik tuzilmasiga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
har bir xonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;
oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini oʻrganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish;
ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qoʻllagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni masʼul vazirlik va idoralarga yuborish;
ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Belgilansinki:
Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Agentlik oʻz faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Agentlik huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari;
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning boʻlinmalari negizida Agentlik markaziy apparati tarkibida Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Oʻz vazifalarini amalga oshirishda Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
vakolatli davlat organlariga aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha dasturlar talablarini bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllash boʻyicha taqdimnomalar kiritish;
oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish;
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillari uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida imtiyozli tarzda oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga takliflar kiritish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
oʻz vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish;
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etish;
ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik yuzasidan va boshqa shartnomalarni tuzish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimi kiritilsin;
Ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha shoʻba tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Agentlik:
a) 2023-yil 15-iyulga qadar YUNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda va ularning dasturlariga muvofiq ijtimoiy xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Bunda, xorijiy va mahalliy malakali ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga mahalla darajasida professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish mutaxassislarini tayyorlashga eʼtibor qaratsin;
b) 2023-yil 1-avgustga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida ijtimoiy xodimlarni oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqsin;
v) 2023-yil 15-avgustga qadar aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlari boʻyicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyotini joriy etsin;
g) 2023-yil 1-sentabrga qadar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhitni tashkil qilish boʻyicha taklif kiritsin;
d) quyidagilarni:
2023-yil 1-iyulga qadar aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Agentlikka oʻtkazilishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
2023-yil 1-avgustga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda aholining ijtimoiy muammolarini mahalla darajasida hal etishga qaratilgan professional xizmat koʻrsatish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;
2023-yil 1-sentabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilgan ijtimoiy muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish boʻyicha takliflarni;
2024-yil 1-yanvarga qadar mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olish darajasini oshirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
(10-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini;
nogironligi boʻlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila aʼzolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqsin;
j) nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin;
z) ijtimoiy himoya sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilish, yangi loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha jamoatchilik vakillaridan iborat kengash tashkil etsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini ishga tushirsin uning zarur idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini va doimiy takomillashtirib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi;
aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
b) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini joriy etish doirasida:
Agentlik soʻroviga asosan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan vazirlik va idoralarning elektron maʼlumotlar bazalari integratsiyasi taʼminlanadi;
aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish uchun elektron tarzda mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborish hamda jarayonni monitoring qilish asosida amalga oshiriladi;
mazkur bandda nazarda tutilgan elektron axborot bazalari maʼlumotlari asosida har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlar joriy etiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab “Mehr daftari”, “Saxovat va koʻmak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va koʻmaklar qamrab olinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalar holidan xabar olish, ularga gʻamxoʻrlik qilish hamda xayriya tadbirlarini oʻtkazsin.
15. Agentlik huzurida 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tashkil etilsin hamda jamgʻarma mablagʻlarining xarajatlari yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
16. Agentlik 2023-yil 1-sentabrga qadar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini oluvchilar hamda moliyalashtirish manbai kesimida maʼlumotlar shakllanishi va xarajat qilinishining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash mexanizmini joriy etish koʻzda tutilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 5-ilovaga * muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* 5-ilova berilmaydi
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
PF-82-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
I. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻnalishida:
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar boʻyicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;
kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional “ijtimoiy ish” xizmatini tashkil etish;
ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli xil xizmatlar koʻrsatish va aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun ragʻbatlantirish choralarini yaratish;
sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini taʼminlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.
II. Nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlash;
nogironligi boʻlgan shaxslarni yuqori sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlash;
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish sohasini rivojlantirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
jamiyatda ijtimoiy moslashuv va integratsiya uchun sharoit yaratish, nogironligi boʻlgan shaxslarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, inklyuzivlikni taʼminlanishini muvofiqlashtirish hamda ularga qulay muhit shakllantirilganligini nazorat qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan jamiyat ongida sogʻlom fikrni shakllantirish;
nogironligi boʻlgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga uy sharoitida ijtimoiy xizmatlarini tashkil qilish;
nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlaydigan ixtisoslashtirilgan internat, taʼlim muassasalari va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish.
III. Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yoʻnalishida:
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
farzand asrab olish tizimini takomillashtirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish;
himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish.
IV. Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
ayollarni zoʻravonlik va jinsiy zoʻravonlik taʼqibidan himoya qilishda professional yordam koʻrsatishni tashkil etish;
zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari ishini tashkil qilish.
V. Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yoʻnalishida:
oilalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, ota-onalarning koʻnikmalarini rivojlantirish;
ogʻir hayotiy vaziyatda boʻlgan homilador ayollar, yolgʻiz ota-onalar va yosh bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish;
ogʻir hayotiy vaziyatlarda boʻlgan oilalar farzandlari uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish;
palliativ yordamni tashkil qilish.
VI. Yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida:
psixosotsial xizmat koʻrsatish tizimini tashkil qilish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bitiruvchilarini turli tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan ijtimoiy xizmatlar, yoʻllanma va soʻrovlari asosida psixologik salomatlik, zarur koʻnikma va taʼlim olish, kasbga, ishga va tadbirkorlik qilishga yoʻnaltirish tizimini yoʻlga qoʻyish.
VII. Yakka yolgʻiz va keksalar bilan ishlash yoʻnalishida:
uyda parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini tashkil qilish;
qariyalar uylari va boshqa muassasalar negizida professional xizmat koʻrsatish tizimini tashkil qilish;
zoʻravonlikdan himoya qilish.
VIII. Ijtimoiy taʼminot dasturlari yoʻnalishida:
ijtimoiy sugʻurta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish;
aholini ijtimoiy sugʻurta tizimiga jalb qilish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, tiklash, chegirma qilish va toʻlashni tashkil etish.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
IX. Ijtimoiy reyestrga kiritiladigan oilalarni aniqlash, ularni ushbu reyestrga kiritish va undan chiqarish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish yoʻnalishida:
oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu oilalarning hisobi va hisoboti yuritilishini taʼminlash;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual tarzda ishlash tizimini takomillashtirish hamda ularga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatilishini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy xizmatlar, yordamlar va imtiyozlarning yagona roʻyxatini shakllantirish va yuritish;
davlat tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga taqdim etilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligi, natijadorligi va manzilliligini muvofiqlashtirgan holda tahlil qilib borish.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari
Mehnat bozorida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan taʼminlash boʻyicha faol va qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish
Aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam koʻrsatish
2.
Ichki ishlar vazirligi
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga, boquvchisini yoʻqotgan, zoʻravonlikdan aziyat chekkan bolalarga, jabrlanganlar va jinoyatlar guvohlariga, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan bolalarga yordam berish
3.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish
Nogironligi boʻlgan shaxslarni va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish
Nogironlikni erta aniqlash hamda nogironlikdan chiqarish
4.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar hamda sanatoriy turdagi maktab-internatlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish
Inklyuziv taʼlimni joriy etish va rivojlantirish
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni darsliklar, oʻquv va didaktik materiallar bilan taʼminlash
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish
Ijtimoiy ogʻir holatdagi oilalar farzandlarini maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim bilan qamrab olishni tashkil qilish
5.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarni darsliklar, oʻquv va didaktik materiallar bilan taʼminlash
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishni tashkil qilish
Inklyuziv taʼlimni joriy etish va rivojlantirish
6.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talablarini hisobga olgan holda jamoat obyektlari, jamoat joylari va turarjoy binolarini loyihalash va qurish
7.
Transport vazirligi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, shu jumladan jamoat transportida qulay muhit yaratish
8.
Mahalliy hokimliklar
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini uy-joy bilan taʼminlash
9.
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Davlat idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatdagi maʼlumotlarni taqdim etib borilishini taʼminlash
10.
Madaniyat va turizm vazirligi
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va boshqalar) uchun madaniyat muassasalari va turizm obyektlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash
11.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini “Yoshlar daftari” orqali hal etish tizimini takomillashtirish, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan yoshlarga subsidiyalar, kompensatsiyalar va moddiy yordam koʻrsatish
Nogironligi boʻlgan yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash
Nogironligi boʻlgan yoshlarga taʼlim, turarjoy va transport xarajatlarini qoplab berish, shuningdek, asbob-uskunalar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tizimini takomillashtirish
Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza va himoya qilish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish
14.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining psixologik yordam boʻlimining faoliyatini muvofiqlashtirish
Favqulodda vaziyatlar va ofatlarning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlari dasturi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar.
1. Ijtimoiy himoya milliy agentligini yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlash;
2023-yil iyun-iyul
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan Agentlik tizimiga oʻtkazish hamda nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmati sifatida uning faoliyatini isloh qilish;
3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, pansionatlar, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazish;
2023-yil iyun
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazilgan muassasalar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
2023-yil iyun — avgust
5. Ijtimoiy inspeksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
2023-yil avgust-sentabr
6. Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;
2023-yil iyun
7. Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Agentlikka oʻtishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
2023-yil iyul
8. Tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish;
9. Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishni tashkil qilish;
10. Rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb chiqish hamda ular bilan shartnomalar tuzish;
2024-yilda
11. Oʻzbekistonda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro konferensiya oʻtkazish.
2.
Aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish
1. Oliy taʼlim muassasalarida “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish kvotalarini va oʻquv dasturlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda qayta koʻrib chiqish;
2023-yil iyun-iyul
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun maxsus oʻquv kurslar va treninglarni tashkil etish;
2023-yil iyul
3. “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishishgan holda Oliy majlis qonunchilik palatasiga kiritish;
2023-yil noyabr
4. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini ishlab chiqish;
2023-yil dekabr
5. Nogironligi boʻlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila aʼzolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
6. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;
7. Ijtimoiy ishchining kasbiy standartlarini qayta koʻrib chiqish;
2023-yil avgust
8. Ijtimoiy himoya xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish.
3.
Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularni reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish tizimini takomillashtirish.
1. Ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qabul qilish boʻyicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari faoliyatini tashkil qilish;
2023-yil oktabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyani tashkil etish, qabul mezonlari va tartibini qayta koʻrib chiqish;
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, sanatoriy tipidagi maktablar hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini inventarizatsiya qilish, ularning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, optimallashtirish va takomillashtirish.
2023-yil dekabr — 2024-yil iyun
4.
Ijtimoiy sohani toʻliq raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ning texnik topshirigʻini ishlab chiqish;
2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash va ushbu tashkilot bilan shartnoma tuzish va amaliyotga joriy etish;
3. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni barcha davlat organlarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
4. Ijtimoiy sohani toʻliq raqamlashtirish orqali har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlarini joriy etish.
2023-2024-yillar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
5.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan “Mehribonlik” uylarini, Sogʻliqni saqlash vazirligidan goʻdaklar uylarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazish;
2024-yil yanvar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
2. Vasiylik va homiylik tizimi muassasalari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
2024-yil mart
3. Vasiylikning muqobil shakllarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
4. Farzand asrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
2024-yil iyul — dekabr
5. Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
6.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish
1. “Ijtimoiy taksi” xizmati faoliyatini tashkil etish;
2026-yil avgust
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. 107 qisqa raqamli tunu-kun faoliyat koʻrsatuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha ishonch telefonini ishga tushirish;
2025-yil mart
3. “Ijtimoiy karta”larni joriy qilish.
7.
Aholiga ijtimoiy sohada xizmat koʻrsatishni yanada kengaytirish.
1. Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish.
2026-yil yanvar — mart
2025-yil yanvar — mart
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga oʻtkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish.
3. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish.
4. Ijtimoiy xizmat koʻrsatiladigan aholi qatlamini qayta koʻrib chiqish hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish.
5. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini monitoring qilishni yoʻlga qoʻyish.
2025-yil mart — iyul
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
1) “Gʻamxoʻrlik” markazlari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
2) aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash;
3) protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;
4) Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va faoliyatini takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
5) nogironligi boʻlgan shaxslarning yoki “Ijtimoiy reyestri”ga kiritilgan oilalar aʼzolarining imtiyozli hamda bepul statsionar, shu jumladan, chet davlatlardagi tibbiyot muassasalarida davolanishini hamda ularni dori vositalari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash;
6) nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan taʼminlash;
7) nogironligi boʻlgan shaxslarning madaniy va maʼnaviy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish hamda ularni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish xarajatlarini moliyalashtirish;
8) nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlagan ish beruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiya ajratish;
9) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
10) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan, asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, ixtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda oʻquv materiallari va boshqalarni xarid qilish, shuningdek, oʻquv qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash;
11) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻllab-quvvatlash (ragʻbatlantirish, mukofotlash, ustamalar toʻlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun pullik kompensatsiya) va ijtimoiy himoya qilish;
12) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish xarajatlarni qoplash;
13) konferensiyalar, seminarlar, olimpiadalar, tanlovlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish;
14) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlari hamda tizim tashkilotlari oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarining respublikada va chet elda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
15) shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
16) tunu kun faoliyat koʻrsatadigan Call-markaz xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
17) “ijtimoiy karta”larni joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
18) xalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish chora-tadbirlari;
19) joylarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va ularni koʻrsatish xarajatlarini moliyalashtirish;
20) nogironligi boʻlgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun “ijtimoiy taksi” xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
21) ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini, shu jumladan, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, texnik uskuna va vositalarni sotib olish hamda tizimda axborot kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
22) nogironligi boʻlgan shaxslarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
23) bir martalik yordam pullari toʻlash;
24) yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik nafaqalarini toʻlash;
25) nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqalarni toʻlash;
26) farzand tugʻilganda beriladigan nafaqalar (suyunchi puli)ni toʻlash;
27) dafn marosimi xarajatlarini qoplash;
28) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash hamda ijara toʻlovlarini qoplash;
29) “Mehribonlik” uylari va bolalar uylari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
30) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish xizmatlarini moliyalashtirish;
31) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga, shuningdek, istisno tariqasida, kambagʻal oilalarning vasiylik va homiylik tayinlangan bolalariga yordam koʻrsatish;
32) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadbirlar xarajatlarini qoplash;
33) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning sogʻligʻini saqlash, salomatligini tiklash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, taʼlim berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish;
34) jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psixologik yordam koʻrsatish, ularni kasbga oʻqitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish;
35) qarovsiz va boshpanasiz qolgan, zoʻravonlik qurboni boʻlgan, jinoyat qurbonlari va guvohlari boʻlgan, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish;
36) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari va respublika taʼlim muassasalarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish;
37) oilalarda (homiylikka olingan) tarbiyalanayotgan har bir yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish;
38) “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar toʻlash;
39) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshgacha boʻlgan farzandlariga davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatlari uchun haq toʻlash xarajatlarini qoplash;
40) ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
41) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻqish, kasbga tayyorlash, malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qisman yoki toʻliq qoplash;
42) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat koʻrsatish maqsadida koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar loyihalari va qoʻllab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish;
43) yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalarga xizmat koʻrsatish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
44) oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan uysiz fuqarolarni vaqtincha boshpana (ijtimoiy uylar) bilan taʼminlash;
45) zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarni himoya va reabilitatsiya qilish bilan bogʻliq loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish;
46) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichini (KPI) baholash asosida ragʻbatlantirish toʻlovlarini joriy etish;
47) axborot-maʼlumot va reklama, maqolalar, broshyuralar, qoʻllanmalar hamda boshqa axborot materiallarini tayyorlash va nashr etish, shu jumladan, video va audio roliklar hamda filmlar yaratish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun haq toʻlash;
48) aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlarni koʻrsatish sohasida tajriba-loyihalarni moliyalashtirish;
49) nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy mavzudagi loyihalarni hamda davlat ijtimoiy buyurtmalarini moliyalashtirish;
50) fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlarini “Ijtimoiy himoya fidoyisi” idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, mukofotlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
51) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizimdagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish;
52) ijtimoiy himoya sohasiga homiylik qilish istagi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish;
53) Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizimdagi tashkilotlar xodimlarini hamda jalb qilingan volontyorlar uchun maxsus kiyim-bosh, sumka va boshqa sovgʻalar berish hamda boshqa xarajatlarini qoplash;
54) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan belgilangan miqdordagi mablagʻlarni Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Ijtimoiy himoya milliy agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish;
55) Agentlikning axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va boshqa sohalar boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish;
56) homiylardan maqsadli jalb qilingan mablagʻlarni kelishuvga koʻra homiylar tomonidan belgilangan ijtimoiy loyihalarga yoʻnaltirish;
57) Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish, saqlash, xodimlarini ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
58) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllarini, shu jumladan, kichik hajmli bolalar uylarini tashkil etish tadbirlarini (uy-joy xarid qilish, qurish, joriy taʼmirlash, ijaraga olish, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish va boshqa) moliyalashtirish;
59) hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini tashkil etish bilan bogʻlik, barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
60) ijtimoiy himoya sohasidagi loyihalarni xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda moliyalashtirish;
61) alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat koʻrsatish maqsadida koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar hamda Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, oʻquv qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
62) Jamgʻarma kuzatuv kengashining topshirigʻiga asosan qoʻshimcha tadbirlarga va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga mablagʻ ajratish;
63) palliativ yordam koʻrsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish*.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
* Mazkur xarajat yoʻnalishi boʻyicha tadbirlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab moliyalashtiriladi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)