Oʻzbekiston Respublikasining
Qonuni
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 27-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2022-yil 27-dekabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Ushbu Qonunning maqsadi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarning, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarning sogʻligʻini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zararli taʼsiridan, bu bilan bogʻliq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirish uchun tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgandir.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik maqsadlarda ishlatish niyatisiz oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishga;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini koʻrgazmaviy namunalar va sinovlar uchun namunalar sifatida yuridik shaxslar tomonidan olib kirishga;
eksportga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan yoki Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan talablar ushbu Qonunning 37-moddasiga muvofiq aylanishi taqiqlangan tamaki mahsulotlariga, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlariga, shu jumladan elektron sigaretalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
2-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining aylanishi — alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini olib kirish (import qilish), olib chiqish (eksport qilish), ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining ulgurji savdosi — alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini (bundan ushbu Qonun 37-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida aylanishi taqiqlangan mahsulotlar va moslamalar mustasno) keyinchalik sotish uchun yetkazib berish;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining chakana savdosi — alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini (bundan ushbu Qonun 37-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida aylanishi taqiqlangan mahsulotlar va moslamalar mustasno) mazkur mahsulotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz isteʼmolchiga realizatsiya qilish;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
alkogol mahsulotlari — oziq-ovqat xom ashyosidan olingan etil spirtidan va (yoki) tarkibida spirt boʻlgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan yoki foydalanmagan holda ishlab chiqarilgan, tarkibida etil spirtining hajmiy ulushi bir yarim foizdan yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsuloti;
alkogolga qaramlik — alkogol mahsulotiga patologik ruju qoʻyish, alkogoldan surunkali zaharlanishning psixosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kuchayib boruvchi kasallik (surunkali alkogolizm);
atrofdagi tamaki tutuni — tamaki mahsuloti chekilayotgan yoki oldinroq chekilgan joyning atmosfera havosidagi tarkibida nikotin mavjud boʻlgan aerozol (bugʻ, tutun);
jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishni cheklash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar — tasarrufida (mulkida, egaligida, foydalanishida) jamoat joylarida joylashgan hududlar, binolar (xonalar), inshootlar va boshqa obyektlar, shuningdek jamoat transporti boʻlgan jismoniy shaxslar va (yoki) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar;
koʻchma savdo — tovarlarning statsionar savdo obyektlaridan tashqarida, shu jumladan koʻchma savdo obyektlaridan (doʻkonchalardan, peshtaxtalardan, chodirlardan, avtodoʻkonlardan va boshqalardan) foydalangan holdagi chakana savdosi;
nikotin — tamakining barglari va poyalari tarkibida mavjud boʻlgan yoki sintez yoʻli bilan olingan alkaloid;
Oldingi tahrirga qarang.
nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari — elektr toki (akkumulyator) yordamida nikotinli yoki nikotinsiz suyuqlikni (kartrijlarda, rezervuarlarda va boshqa konteynerlarda) qizdiradigan hamda isteʼmolchi tomonidan nafas orqali yutiladigan aerozol (bugʻ, tutun) hosil qiladigan, koʻp marta ishlatiladigan moslamalar, shu jumladan alohida yoki birga sotilishidan qatʼi nazar, bunday moslama bilan birga foydalanish uchun tayyorlangan har qanday buyum yoki qism (bundan tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar mustasno);
(3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
nikotinli snyus — soʻrish (shimish) uchun moʻljallangan, oʻsimlik xom ashyosidan va nikotindan yoki uning hosilalaridan, jumladan nikotin tuzlaridan (bundan tamaki bargi va (yoki) tamaki oʻsimligining boshqa qismi, shu jumladan tozalangan tamaki changi va (yoki) kesilgan tamaki bargining mayda zarralari mustasno) tayyorlangan, chekilmaydigan, tarkibida nikotin mavjud boʻlgan, boshqa ingrediyentlar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan mahsulot turi;
nikotinli suyuqlik — tarkibida nikotin miqdori 0,1 mg/ml hajmdan kam boʻlmagan, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarida foydalanish uchun moʻljallangan har qanday suyuqlik;
nikotinsiz suyuqlik — tarkibida nikotin boʻlmagan yoki tarkibida nikotin miqdori 0,1 mg/ml hajmdan kam boʻlgan, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarida foydalanish uchun moʻljallangan suyuqlik;
nosvoy — shimish uchun moʻljallangan hamda tamakidan va tamakisiz xom ashyodan (ishqordan, ohakdan, boʻrdan) tayyorlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotining turi;
tamaki — tamaki mahsulotini ishlab chiqarish uchun xom ashyo olish maqsadida yetishtiriladigan, Nicotiana Tabacum va Nicotiana Rustica turlariga tegishli ituzumdoshlar oilasiga mansub boʻlgan Nicotiana navidagi oʻsimlik;
tamaki mahsulotining bloki — tamaki mahsulotlarining muayyan miqdordagi isteʼmol oʻrovlarini (qutilarini) oʻz ichiga olgan guruhli isteʼmol idishi birligi;
tamaki mahsulotining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamasining isteʼmol oʻrovi (qutisi) — tamaki mahsulotini va (yoki) tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamasini bevosita joylash va uni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilish uchun moʻljallangan, transportda tashish va saqlashning tayyorlovchi tomonidan belgilangan shartlariga rioya etilganda kafolat muddati ichida ularning isteʼmol xossalari saqlanishini taʼminlaydigan oʻrov;
tamakiga (nikotinga) qaramlik (bundan buyon matnda nikotinga qaramlik deb yuritiladi) — tamaki mahsulotiga (tarkibida nikotin mavjud boʻlgan mahsulotga) patologik ruju qoʻyish, nikotindan surunkali zaharlanishning psixosomatik (ruhiy va jismoniy) oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kuchayib boruvchi kasallik;
tamakili snyus — toʻliq yoki qisman tamaki bargi va (yoki) tamaki oʻsimligining boshqa qismidan, shu jumladan tozalangan tamaki changi va (yoki) kesilgan tamakining mayda zarralaridan ingrediyentlar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan holda tayyorlangan, soʻrish (shimish) uchun moʻljallangan chekilmaydigan tamaki mahsulotining turi;
tamakini qizdirish tizimi — qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini chekish uchun moʻljallangan hamda isteʼmolchi tomonidan nafas orqali yutilishi maqsadida nikotinli aerozol (bugʻ, tutun) hosil qiladigan elektron moslama, shu jumladan alohida yoki birga sotilishidan qatʼi nazar, bunday moslama bilan birga foydalanish uchun tayyorlangan har qanday buyum yoki qism;
tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari — tarkibida nikotin boʻlgan yoki nikotin boʻlmagan isteʼmolchi tomonidan nafas orqali yutiladigan aerozolni (bugʻni, tutunni) olish uchun foydalaniladigan elektron yoki boshqa asboblar (moslamalar), shu jumladan nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, tamakini qizdirish tizimlari, chilimlar, trubkalar, mushtuklar, shuningdek ularning tarkibiy qismlari va elementlari (bundan tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar mustasno);
tarkibida nikotin mavjud boʻlgan mahsulotlar — chekish, shimish, chaynash, hidlash yoki boshqacha usullarda, shu jumladan tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari yordamida isteʼmol qilish uchun foydalanishga tayyorlangan, tarkibida nikotin yoki uning hosilalari, shu jumladan nikotin tuzlari, eritmalari boʻlgan mahsulotlar, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotin mavjud boʻlgan gellar (bundan qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari va tarkibida nikotin tabiiy holda mavjud boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari mustasno);
tibbiy ogohlantirish — alkogol mahsulotining idishi yorligʻiga yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamasining isteʼmol oʻroviga (qutisiga) joylashtiriladigan alkogol yoki tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi axborot;
chekilmaydigan tamaki mahsuloti — shimish, chaynash yoki hidlash uchun moʻljallangan tamaki mahsuloti;
chilim — tamakining, shuningdek tarkibida tamaki mavjud boʻlmagan mahsulotlarning tutashi va (yoki) qizdirilishi natijasida hosil boʻladigan aerozolni (bugʻni, tutunni) nafas orqali yutish uchun foydalaniladigan moslama boʻlib, unda aerozol (bugʻ, tutun) suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali oʻtadi;
qizdiriladigan tamaki mahsuloti — chekiladigan tamaki mahsulotining ingrediyentlar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan tamakidan (tamaki aralashmasidan) iborat boʻlgan, tamakini qizdirish tizimlarida foydalanish uchun moʻljallangan turi;
elektron sigareta — elektr toki (akkumulyator) yordamida moslamadagi nikotinli yoki nikotinsiz suyuqlikni qizdiradigan va isteʼmolchi tomonidan nafas orqali yutiladigan aerozol (bugʻ, tutun) hosil qiladigan, bir marta ishlatiladigan moslama.
4-modda. Tamaki mahsuloti
Chekish, shu jumladan tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalangan holda chekish uchun, shuningdek shimish, chaynash, hidlash yoki boshqacha usullarda isteʼmol qilish uchun xom ashyo sifatida toʻliq yoki qisman tamaki bargidan va (yoki) tamaki oʻsimligining boshqa qismlaridan tayyorlangan mahsulotlar (bundan qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari mustasno) tamaki mahsulotlaridir.
Quyidagilar tamaki mahsulotlari jumlasiga kiradi:
tarkibida xom ashyo sifatidagi tamaki bargi va (yoki) tamaki oʻsimligining boshqa qismlari mavjud boʻlgan mahsulot. Chekiladigan mahsulotlar (papiroslar, sigaralar, sigaretalar, sigarillalar (sigaritalar), qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chilim uchun tamaki, ingichka qirqilgan, chekiladigan tamaki, trubka uchun tamaki) va chekilmaydigan mahsulotlar (nosvoy, tamakili snyus, hidlanadigan tamaki, chaynaladigan tamaki) shunday mahsulot boʻlishi mumkin;
tarkibida nikotin yoki nikotinning hosilalari, shu jumladan nikotin tuzlari, eritmalari, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotinli gellar mavjud boʻlgan, lekin tamaki bargi va (yoki) tamaki oʻsimligining boshqa qismlari mavjud boʻlmagan mahsulot. Chekiladigan mahsulotlar (nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinli suyuqliklar, nikotin suyuqligi boʻlgan elektron sigaretalar, chilim uchun nikotinli aralashmalar) va chekilmaydigan mahsulotlar (nikotinli snyus) shunday mahsulot boʻlishi mumkin;
tarkibida tamaki va nikotin mavjud boʻlmagan, lekin tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari bilan birga foydalanish uchun moʻljallangan mahsulot (nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinsiz suyuqliklar, nikotinsiz suyuqligi boʻlgan elektron sigaretalar, chilim uchun nikotinsiz qorishmalar).
2-bob. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
5-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning hayotini va sogʻligʻini saqlashga, ularni alkogol va tamaki mahsulotlarining, atrofdagi tamaki tutunining salbiy taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan kompleks huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolar sogʻligʻini saqlashning alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini tijorat maqsadlarida ishlab chiqarayotgan, import va realizatsiya qilayotgan shaxslarning manfaatlaridan ustuvorligini taʼminlash;
fuqarolarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga, aholi, avvalo, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga, ularning sogʻligʻiga alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish bilan bogʻliq xavf-xatarlarning oldini olishga va ularni kamaytirishga qaratilgan profilaktika, maʼrifiy faoliyatni tashkil etish hamda amalga oshirish;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining aylanishi sohasidagi davlat nazoratini taʼminlash, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirish;
alkogolga yoki nikotinga qaramlikdan aziyat chekayotgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning samarali tizimini yaratish;
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiri profilaktikasi, shuningdek alkogolga yoki nikotinga qaramlik diagnostikasi va uni davolash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
jamiyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi yagona davlat siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan profilaktika, maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining keng ishtirok etishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish.
6-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat kafolatlari
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash, ularning salbiy taʼsirini profilaktika qilish maqsadida davlat:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarkibiga, oʻroviga va tamgʻalanishiga oid talablarni belgilaydi hamda ularga rioya etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlarining inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizligini baholash qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi, shuningdek ularga rioya etilishini taʼminlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishini tartibga soladi, shuningdek tarkibida inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalar miqdori yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan oshadigan alkogol va tamaki mahsulotlarning import qilinishiga taqiq oʻrnatadi;
jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishiga, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanilishiga taqiq oʻrnatadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilishga va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishiga, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga ularni jalb etishga taqiq oʻrnatadi;
qonunchilik talablariga muvofiq alkogolga yoki nikotinga qaramlikni davolashga qaratilgan tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishini taʼminlaydi;
aholini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari, atrofdagi tamaki tutunining salbiy taʼsiri toʻgʻrisida xabardor qilishga va xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlariga boʻlgan talabni kamaytirishga qaratilgan narxga va soliqqa oid choralarni koʻradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishining oldini olish choralarini koʻradi.
7-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiri profilaktikasi
Fuqarolarning, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarning sogʻligʻiga, ularning jismoniy, maʼnaviy rivojlanishiga, jamiyatning maʼnaviy-axloqiy negizlariga boʻlgan tahdidlarning hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, atrofdagi tamaki tutuni taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tahdidlarning oldini olishga hamda ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiri profilaktikasi jumlasiga kiradi.
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, taʼlim tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsirini profilaktika qilish, jamoatchilik ongida alkogol va tamaki mahsulotini isteʼmol qilishga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish boʻyicha kompleks ijtimoiy va tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshiradi.
8-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda Vakolatli davlat organi deb yuritiladi);
(8-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
soliq organlari;
bojxona organlari;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakolatli davlat organi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan davlat organlari hamda tashkilotlar alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatda qonunchilikka muvofiq ishtirok etadi.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va bajarilishini taʼminlaydi;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir faoliyatni, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining ulgurji va chakana savdosi tartibini belgilaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini tamgʻalash, shu jumladan aksiz markalari va raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalash tartibini belgilaydi va tasdiqlaydi, alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz markalari namunalarini tasdiqlaydi;
alkogol mahsulotining idishi yorligʻiga yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining isteʼmol oʻroviga (qutisiga) joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalarini tasdiqlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining aylanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi, shuningdek bunday nazoratni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi axborotni aholi, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar oʻrtasida tarqatishga doir choralarni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlariga, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga doir majburiy talablarni belgilashga taalluqli boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlarni tashkil etishda va ularni bajarishda ishtirok etadi;
fuqarolar sogʻligʻini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiridan himoya qilish bilan bogʻliq profilaktika ishlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
alkogolga va nikotinga qaramlikni tashxislash hamda davolash sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, ularga tibbiyot tashkilotlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlari tarkibidagi inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi;
alkogol mahsuloti idishining yorligʻiga yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining isteʼmol oʻroviga (qutisiga) joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlarning namunalarini ishlab chiqadi;
alkogolga yoki nikotinga qaramlikdan aziyat chekayotgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatilishini taʼminlaydi, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlgan surunkali kasalliklar hamda oʻlim holatlarining monitoringini amalga oshiradi;
fuqarolar, ayniqsa, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar oʻrtasida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishini kamaytirish, maʼrifiy, tibbiy-sanitariya ishlarining taʼsirchanligini oshirish choralarini hamda jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan boshqa ijtimoiy, tashkiliy-huquqiy choralarni oʻz ichiga oluvchi samarali profilaktika tizimining yaratilishini va ishlashini taʼminlaydi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklashga qaratilgan tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini hamda ushbu tadbirlarning samaradorligini baholashni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
alkogolga yoki nikotinga qaramlikning profilaktikasi hamda uni davolash bilan shugʻullanadigan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiri profilaktikasi masalalari boʻyicha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish sabablari va oqibatlarini, alkogolga yoki nikotinga qaramlikning profilaktikasi, uni tashxislash va davolash usullarini oʻrganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishi koʻlamlariga doir sanitariya-epidemiologik tadqiqotlarni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish, alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishi, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanilishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishi holatlari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarning alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishga jalb etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. Vakolatli davlat organining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Vakolatli davlat organi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir faoliyatni, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanishi hajmlarining monitoringini, shu jumladan zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish orqali amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, shuningdek ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xom ashyo va qoʻshimcha materiallar sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. Soliq organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Soliq organlari:
alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
savdo obyektlari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari bilan savdo qilish va ularni realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
savdo obyektlari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari bilan savdo qilish va ularni realizatsiya qilish qoidalarining buzilishi holatlari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Soliq organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Bojxona organlari:
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining aylanishi jarayonida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda olib oʻtilishining oldini olish, aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va maʼlumotlar almashadi.
Bojxona organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
15-modda. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakolatli davlat organining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakolatli davlat organi:
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini reklama qilishga, ularni sotishni ragʻbatlantirishga va ularga homiylik qilishga doir cheklovga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining profilaktikasiga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti:
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishini kompleks tahlil qiladi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishining turli sxemalarini, kanallarini aniqlaydi, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir choralarni amalga oshiradi;
qalbakilashtirilgan alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining aylanishi bilan bogʻliq gʻayriqonuniy harakatlarga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshiradi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish yuzasidan chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda axborot almashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
17-modda. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi;
davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari uchun texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro va davlatlararo standartlarga muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
18-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(18-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritilishini va bajarilishini taʼminlaydi;
(18-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
aholi, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi bilimlarni tarqatishga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tegishli hududda alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini taʼminlaydi;
fuqarolarning sogʻligʻini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy taʼsiridan himoya qilish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish masalalari yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni taʼminlaydi;
alkogolga yoki nikotinga qaram boʻlib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordamini moliyaviy, moddiy-texnik, tashkiliy jihatdan taʼminlash masalalarini hal etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
19-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻz vakolatlari doirasida:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining, hududiy va boshqa dasturlarning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi bilimlarni tarqatishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
20-modda. Fuqarolarning alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishi
Fuqarolar:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi davlat dasturlarining, hududiy va boshqa dasturlarning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
alkogolsiz va tamakisiz muhitni, atrofdagi tamaki tutuni taʼsiridan hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatlaridan fuqarolarning sogʻligʻi saqlanishini taʼminlash yuzasidan davlat organlariga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa shaxslar tomonidan buzilishi natijasida oʻz sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash talabi bilan murojaat qiladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Fuqarolarga ularning:
atrofdagi tamaki tutunidan va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish chogʻida ajralib chiqadigan moddalardan holi boʻlgan qulay hayot faoliyati muhitiga;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida oʻz hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga boʻlgan huquqi kafolatlanadi.
Fuqarolar:
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi;
bolalarda alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishga nisbatan salbiy munosabat shakllanishi, shuningdek ularning alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaslik toʻgʻrisida qaygʻurishi;
boshqa fuqarolarning atrofdagi tamaki tutunidan va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish chogʻida ajralib chiqadigan moddalardan xoli boʻlgan qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqlarining buzilishiga olib keladigan harakatlarni amalga oshirmasligi shart.
3-bob. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklashga doir choralar
21-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishga doir cheklovlar
Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining:
yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga;
yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;
oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish tokchalaridan;
Oldingi tahrirga qarang.
elektron tijorat shaklida, shu jumladan har qanday yoʻl bilan oxirgi isteʼmolchilarga yetkazish yordamida (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar mustasno);
(21-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
sayyor (qoʻlda, lotoklarda, savatchalarda, qoʻl aravachalarida) savdo qilish yoʻli bilan;
koʻchmas savdo obyektlaridan tashqarida;
dorixonalarda;
bolalarga moʻljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;
bolalar oʻyinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib ishlangan boʻlsa;
sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
taʼlim, sport va diniy tashkilotlar hududidan toʻgʻri chiziq boʻylab yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar mustasno;
yaroqlilik muddati oʻtganda;
mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda;
belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamgʻalanmaganda — aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
qalbaki aksiz markalari bilan tamgʻalanganda;
ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamgʻalanmaganda;
belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalanmaganda;
ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish huquqiga ega boʻlmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
alkogol mahsulotining idishi yorligʻida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining isteʼmol oʻrovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish boʻlmaganda;
agar tamaki mahsulotining isteʼmol oʻrovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta boʻlsa — sigaretalarga nisbatan;
tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa tovarlar bilan bir toʻplamda — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
isteʼmol oʻrovisiz (qutisiz, bloksiz) — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) isteʼmol oʻrovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan;
temir yoʻl vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (bundan boj olinmaydigan savdo doʻkonlari mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (bundan pivo va pivo ichimliklari mustasno);
(21-modda birinchi qismining yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan isteʼmol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (bundan pivo va pivo ichimliklari mustasno);
(21-modda birinchi qismining oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari boʻlgan (boʻgʻzi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy koʻrinishi xiralashgan, yot qoʻshimchalari, choʻkmalari boʻlgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (bundan kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari mustasno);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik koʻringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart.
22-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylardagi ogohlantirishlar
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylarda ularni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi kerak.
23-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining reklamasi
Alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining reklamasi bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasi.
24-modda. Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishni, shuningdek tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishni taqiqlash
Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bogʻlarda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida isteʼmol qilish taqiqlanadi. Mazkur qoida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlariga, shu jumladan alkogol mahsulotlari quyib realizatsiya qilish ruxsat berilgan umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalar hamda marosimlar oʻtkaziladigan joylarga tatbiq etilmaydi.
Jamoat joylarida, shu jumladan quyidagi joylarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi:
savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalarida;
kinoteatrlarda, teatrlarda, sirklarda, konsert, koʻrik va koʻrgazma zallarida hamda ommaviy dam olish uchun moʻljallangan boshqa yopiq inshootlarda;
klublarda, diskotekalarda, kompyuter zallarida, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun jihozlangan xonalarda yoxud boshqa koʻngilochar (boʻsh vaqt oʻtkaziladigan) joylarda;
muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida va maʼruzaxonalarda;
mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida, avtobuslarda, metropoliten vagonlarida, taksida, shahar elektr transportida, havo kemalarida, shuningdek jamoat transportining boshqa turlarida;
yer osti oʻtish joylarida, metropoliten stansiyalarida, transport bekatlarida va avtotransport vositalari vaqtinchalik saqlanadigan yopiq joylarda;
temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, aeroportlar, daryo bandargohlari, metropoliten stansiyalariga kirish joyidan kamida besh metr masofada boʻlgan ochiq havodagi joylarda;
yongʻin xavfi mavjud boʻlgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida;
aeroportlarning, temir yoʻl va avtomobil vokzallarining, daryo bandargohlarining binolarida;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat organlarining binolarida, shu jumladan ish joyida, yoʻlaklarda, liftlarda, zinapoyalarda, vestibyullarda, hojatxonalarda, dam olish xonalarida, ularga tutash xonalarda va xodim tomonidan mehnat faoliyati vaqtida foydalaniladigan shunga oʻxshash boshqa joylarda;
sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarida, dorixonalarda, taʼlim tashkilotlarida, madaniyat muassasalarida, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida, sanatoriy muassasalarida va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda;
uy-joy xizmatlari, mehmonxona xizmatlari, vaqtinchalik joylashtirish va (yoki) vaqtinchalik yashab turishni taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan xonalarda;
koʻp kvartirali uylarning yoʻlaklari va liftlarida, shuningdek bolalar va sport maydonchalarida, shu jumladan uylarga tutashgan hududda joylashgan maydonchalarda;
xiyobonlarda, bogʻlarda, plyajlarda.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 561-moddasi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan jamoat joylarida joylashgan xonalarni ushbu xonalarda keyinchalik tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini ushbu joylarda keyinchalik isteʼmol qilish (ulardan foydalanish) uchun berish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan taqiqlar tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishga oid qismi boʻyicha — tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
25-modda. Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylarga doir talablar
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar:
binolar va inshootlardan tashqaridagi ochiq havoda;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mos keladigan va ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan, ushbu Qonun 24-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilgan jamoat joylariga taalluqli boʻlmagan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda;
aeroportlarda reysga roʻyxatdan oʻtgan yoʻlovchilar turishi uchun moʻljallangan hududlarda hamda tranzit boʻyicha oʻtayotgan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan hududlarda tashkil etilgan, ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayonini boshqa xonalardan kuzatish imkoniyati istisno etiladigan maxsus ajratilgan alohida xonalarda;
poyezdlarning ishlash uchun moʻljallanmagan tamburlarida;
daryo kemalari palubalarining orqa tarafida tashkil etilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi cogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 7-noyabrdagi 70-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2840, 2016-yil 30-noyabr).
Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boʻlgan va ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda tashkil etilishi mumkin.
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylarga tamaki mahsulotlarining qoldiqlari uchun yonmaydigan axlatdonlar, shuningdek bunday joylar qayerdaligi haqida axborot beruvchi koʻrsatkichlar oʻrnatiladi.
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish va chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylarda tibbiy ogohlantirishlar joylashtirilgan boʻlishi kerak.
26-modda. Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishni cheklash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslarning majburiyatlari
Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishni cheklash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar:
jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlashi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilayotgan, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanayotgan shaxslarni ushbu Qonun 24-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jamoat joylarida ular isteʼmol qilinishiga (foydalanilmasligiga) yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirishi, huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda esa ichki ishlar organlariga xabar berishi;
hammaga koʻrinadigan joylarda, shu jumladan binolar (xonalar) hududiga kirish joylariga va boshqa obyektlarga, shuningdek transport vositalarida jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishiga, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi haqidagi ogohlantiruvchi lavhalarni (belgilarni) joylashtirishi shart.
Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishni cheklash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
27-modda. Aholini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari, shuningdek ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida maʼrifatli qilish va xabardor etish
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi organlar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholini, eng avvalo, yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarni alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisida maʼrifatli qilishga doir choralarni amalga oshiradi, ushbu choralar:
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning salbiy tibbiy va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishni toʻxtatishning afzalliklari;
ushbu Qonun maqsadidan kelib chiqqan holda tamaki sanoatining strategiyasi va harakatlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishni oʻz ichiga oladi.
Aholini alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning zarari va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida maʼrifatli qilish:
oilada, taʼlim tashkilotlarida tarbiyalash va oʻqitish jarayonida, tibbiyot tashkilotlarida, shuningdek ish beruvchilar tomonidan ish joylarida;
ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, Internet jahon axborot tarmogʻida, shu jumladan alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini namoyish qilgan holda axborot kampaniyalarini oʻtkazish, “tezkor aloqa” telefonlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari, ularni isteʼmol qilish va ulardan foydalanish jarayoni namoyish etiladigan tele-, kino- va videofilmlarni, tele-, video- va kinoxronika dasturlarini uzatuvchi yoki namoyish qiluvchi tashkilotlar bunday asarlarni uzatish va namoyish qilishdan oldin yoki ularni uzatish va namoyish qilish vaqtida ushbu mahsulotlarni isteʼmol qilish va moslamalardan foydalanish xavfi toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishi kerak.
Davlat organlari alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxslar bilan ushbu Qonunning tartibga solish predmeti boʻlgan masalalar yuzasidan oʻz hamkorligi toʻgʻrisida jamoatchilikni majburiy tartibda xabardor qiladi.
28-modda. Alkogolga yoki nikotinga qaram boʻlib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish
Alkogolga yoki nikotinga qaram boʻlib qolgan hamda tibbiyot tashkilotlariga murojaat etgan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishni toʻxtatishga, alkogolga yoki nikotinga qaramlikni davolashga qaratilgan tibbiy-sanitariya yordami, shuningdek ularni reabilitatsiya qilish yuzasidan yordam koʻrsatiladi.
Alkogolga yoki nikotinga qaram boʻlib qolgan shaxslarga tibbiy-sanitariya yordami, shuningdek ularni reabilitatsiya qilish boʻyicha yordam qonunchilikka muvofiq koʻrsatiladi.
4-bob. Alkogol mahsulotlarining aylanishini tartibga solish
29-modda. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) ishlab chiqarishga doir faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan tegishli litsenziya asosida amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiya qilib olingan etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqarishga doir faoliyat Vakolatli davlat organiga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(29-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi, shuningdek alkogol mahsulotlari tarkibidagi inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan moddalarning yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
30-modda. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning majburiyatlari
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar:
ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar koʻrsatkichlari va talablariga muvofiqligini;
alkogol mahsulotlarining har bir turi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligini;
zarur uskunalar, asboblar, kimyoviy reaktivlar va sinov usullarini belgilab beruvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan taʼminlangan, koʻrsatkichlarning barcha zarur fizik-kimyoviy, mikrobiologik va boshqa tahlillarini oʻtkazish imkonini beradigan ishlab chiqarish laboratoriyalarining mavjudligini;
alkogol mahsulotining asosiy ishlab chiqarish uskunalarini hamda uning mulkdorlarini Vakolatli davlat organida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
isteʼmol etil spirtining va alkogol mahsulotining organoleptik xossalarini aniqlash boʻyicha degustatsiya komissiyasiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot namunalarining ishlab chiqarilayotgan mahsulot texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etilishini;
alkogol mahsulotlarini raqamli tamgʻalash va kuzatishning axborot tizimlari, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini hamda aylanishini hisobga olishning axborot tizimlari joriy etilishini va ulardan foydalanilishini;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlarning soʻrovlariga binoan ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan alkogol mahsulotlari hajmlari, shuningdek ularni sotishdan tushgan daromad miqdori haqida axborot taqdim etilishini;
soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanilishini;
mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan qonunchilikda belgilangan hajmlarda foydalanilishini;
barcha alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yigʻma hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlarning mavjud boʻlishini;
ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni alkogol mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlarga avtomatlashtirilgan tarzda uzatilishini taʼminlaydigan oʻlchov asboblari oʻrnatilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
alkogol mahsulotlarining aksiz markalari (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) va raqamli identifikatsiya vositalari bilan belgilangan tartibda tamgʻalanishini taʼminlashi shart.
(30-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 30-iyundagi 05-1298-son “Tarkibida nikotin boʻlgan mahsulotlar. Qizdiriladigan tamakili mahsulotlar. Texnikaviy shartlar” Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi.
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
31-modda. Alkogol mahsulotlarining oʻralishiga va tamgʻalanishiga doir talablar
Alkogol mahsulotlarining oʻralishiga va tamgʻalanishiga doir talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Alkogol mahsulotlarining oʻrovi ularning muomalasi jarayonida xavfsizligini va alkogol mahsulotlarining butun yaroqlilik muddati mobaynida (vinochilik mahsulotlari uchun — ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadigan saqlash muddati mobaynida) isteʼmol xossalari saqlanishini taʼminlashi kerak.
Alkogol mahsulotlarining tamgʻasi har bitta oʻrovning oʻqish uchun qulay joyiga (yorligʻiga, kontryorligʻiga, kolyeretkasiga va boshqa joylariga) bosiladi.
Alkogol mahsulotlarining (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar mustasno) isteʼmol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlari (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan tamgʻalanishi shart.
(31-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
32-modda. Alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi
Oldingi tahrirga qarang.
Alkogol mahsulotlarining (bundan tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) ulgurji savdosiga doir faoliyat tegishli litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Pivo va pivo ichimliklarining ulgurji savdosiga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan Vakolatli davlat organiga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat va alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat faqat alkogol mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishning tegishli sanitariya normalari hamda qoidalariga mos keladigan omborxonalari va asbob-uskunalari boʻlgan, shaharlarda — kamida yigirma besh kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida oʻn besh kvadrat metrli (faqat alkogol mahsulotlari sotish uchun moʻljallangan va alohida kirish joyiga ega) savdo zali, uzoq togʻli joylarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan savdo obyektlarida amalga oshirilishi mumkin.
Alkogol mahsulotlarini quyib realizatsiya qilishni amalga oshiradigan umumiy ovqatlanish korxonalari tegishli savdo uskunalari, davlat tekshiruvidan oʻtgan oʻlchov menzurkalari va oʻlchovli krujkalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Alkogol mahsulotlarining chakana savdosi boʻyicha faoliyat fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish sharti bilan amalga oshiriladi.
Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar aholi bilan hisob-kitoblarni onlayn tarzda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) virtual kassa tizimlarini, shuningdek bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllagan holda amalga oshiradi.
Savdo obyektlari tomonidan alkogol mahsulotlarining chakana savdosi vaqti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
33-modda. Alkogol mahsulotlarini import qilish
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan alkogol mahsulotlari sifati boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Alkogol mahsulotlarini import qilish bojxona toʻlovlarini undirish va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash yoʻli bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo va pivo ichimliklari mustasno) toʻliq polietilendan, polistiroldan va boshqa polimer materialdan tayyorlangan polimer isteʼmol idishlarida olib kirish taqiqlanadi.
(33-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi OʻRQ-1034-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son)
5-bob. Tamaki mahsulotlarining aylanishini tartibga solish
34-modda. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish
Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tegishli litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda:
tamaki mahsuloti afzalliklarga ega yoki sogʻliq uchun xavf-xatarlarni kamaytiradi degan tasavvur hosil qiladigan;
gʻayrat va (yoki) hayotiy kuch (shu jumladan kofein, taurin, guarana) bilan bogʻlanadigan;
ajralib chiqadigan tamaki tutuniga rang berish xossalariga ega boʻlgan;
yonmaydigan shakldagi kanserogen, mutagen yoki reproduktiv toksik xossalarga ega boʻlgan moddalardan foydalanish taqiqlanadi.
Bir dona sigareta (filtrli yoki filtrsiz) yoki qizdiriladigan tamaki mahsuloti aerozolida (bugʻida, tutunida) nikotin miqdori bir milligramdan oshmasligi kerak.
Bir dona filtrli sigareta tutunida uglerod monooksidining miqdori oʻn milligramdan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuniga asosan 34-modda beshinchi qismining chiqarilish sanasi — 2026-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son)
Tamaki mahsuloti tarkibidagi inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli moddalar miqdorining mumkin boʻlgan eng yuqori darajalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
35-modda. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning majburiyatlari
Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar:
ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini;
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning toʻliq texnologik sikliga rioya etilishini, zarur ishlab chiqarish xonalari, texnologik uskunalar va ashyolarning mavjudligini;
tamaki mahsulotlarining har bir turi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarning mavjudligini;
zarur uskunalar, asboblar, kimyoviy reaktivlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish laboratoriyalarining mavjudligini;
Vakolatli davlat organiga belgilangan muddatlarda ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari tarkibida nikotin hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan boshqa moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalariga doir laboratoriya tadqiqotlari natijalari haqida hisobot taqdim etilishini;
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan tamaki xom ashyosidan foydalanilishini;
tamaki mahsulotlarini raqamli tamgʻalash va kuzatishning axborot tizimlari, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aylanishi hajmlarini hisobga olishning axborot tizimlari joriy etilishini va ulardan foydalanilishini;
alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlarning soʻrovlariga koʻra ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan tamaki mahsulotlari hajmlari, shuningdek uni sotishdan tushgan daromad miqdori haqida axborot taqdim etilishini;
soliq organlarining axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanilishini;
ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlarga avtomatlashtirilgan tarzda uzatilishini taʼminlaydigan oʻlchov asboblari oʻrnatilishini;
tamaki mahsulotlarining belgilangan tartibda aksiz markalari va raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalanishini taʼminlashi shart.
Tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
36-modda. Tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining oʻralishiga va tamgʻalanishiga doir talablar
Tamaki mahsulotlarining oʻralishiga (qutisiga) hamda tamgʻalanishiga doir talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.
Tamaki mahsulotlarining isteʼmol oʻrovi (qutisi) butun kafolatli saqlanish muddati mobaynida tamaki mahsulotlarining isteʼmol xossalari oʻzgarmasligini hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
Tamaki mahsulotlarining isteʼmol oʻrovida (qutisida) uning old tomonining yuqori qismidagi asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini hamda orqa tomoni asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini isteʼmol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini koʻrsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Tamaki mahsulotlarining blokida tamaki mahsuloti bloki gorizontal joylashtirilganda chap qismida old va orqa tomonida hamda vertikal joylashtirilganda yuqori qismida asosiy yuzaning kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini isteʼmol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini koʻrsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan talab shaffof polietilen plyonkadan tayyorlangan tamaki mahsulotlarining bloklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamasining isteʼmol oʻrovida, bundan chilimning oʻrovi mustasno, oʻrov asosiy tomonlari yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm koʻrinishidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Chilim suvdonida uning yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini isteʼmol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini koʻrsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining isteʼmol oʻrovida (qutisida):
mazkur mahsulot boshqa tamaki mahsulotlaridan zararsizroq ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan har qanday atamalarni, taʼriflarni, belgilarni, ramzlarni yoki boshqa ishoralarni;
bevosita yoki bilvosita tamaki mahsulotlarining jozibadorligini oshiruvchi taʼm, hid, xushboʻy hid beruvchi qoʻshimchalar va boshqa moddalar borligini yoxud ularning mavjud emasligini koʻrsatuvchi har qanday atamalarni, taʼriflarni, belgilarni, ramzlarni yoki boshqa ishoralarni;
oziq-ovqat mahsulotlarining, dori vositalarining, dorivor oʻsimliklarning tasvirlarini, shuningdek tamaki mahsulotining oziq-ovqat mahsuloti, dori vositasi yoki dorivor oʻsimlik bilan bevosita yoki bilvosita oʻzaro bogʻliqligi haqida tasavvur hosil qiladigan soʻzlarni yoki soʻz birikmalarini;
tamaki mahsulotlarining qancha tez biologik parchalanishi yoki atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda maqbul taʼsir koʻrsatishi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni;
tamaki mahsulotlarining ragʻbatlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaxsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan axborotni;
tamaki mahsulotlarining zararliligi borasida isteʼmolchini bevosita yoki bilvosita chalgʻitadigan axborotni, shu jumladan “qatron miqdori kam”, “yengil”, “juda yengil”, “yumshoq”, “ekstra”, “ultra”, “ingichka” kabi soʻzlarni yoxud bunday soʻzlar bilan bir oʻzakli soʻzlarni, bunday soʻzlarning chet tillardagi analoglarini, shuningdek bunday soʻzlarning chet tillardan tarjima qilinadigan analoglarini joylashtirish taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlari belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan tamgʻalanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
37-modda. Tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining aylanishi
Tarkibidagi nikotin hamda inson hayoti va sogʻligʻi uchun zararli boʻlgan boshqa moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalaridan oshadigan tamaki mahsulotlarining, shuningdek sanitariya-epidemiologiya talablari belgilanmagan tamaki mahsulotlarining aylanishi taqiqlanadi.
Quyidagilarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish taqiqlanadi:
chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, shu jumladan tarkibida nikotin mavjud boʻlgan chekilmaydigan mahsulotlarni;
tarkibida nikotin yoki uning hosilalari, shu jumladan nikotin tuzlari, eritmalari, nikotinli suyuqliklar yoki tarkibida nikotinli gellar mavjud boʻlgan, lekin tamaki bargi va (yoki) tamaki oʻsimligining boshqa qismlari mavjud boʻlmagan chekiladigan mahsulotlarni (nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinli suyuqliklarni, elektron sigaretalar uchun nikotinli suyuqliklarni);
tarkibida tamaki va nikotin mavjud boʻlmagan, lekin nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalar bilan birga foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlarni (nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari uchun nikotinsiz suyuqliklarni, elektron sigaretalar uchun nikotinsiz suyuqliklarni);
nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan taqiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida nosvoyni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tamaki mahsulotlariga oʻxshatib ishlangan tovarlarni ishlab chiqarish, olib kirish, sotish va tarqatish taqiqlanadi.
Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining (bundan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida aylanishi taqiqlangan mahsulotlar va moslamalar mustasno) ulgurji va chakana savdosi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyat Vakolatli davlat organiga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat soliq organlariga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining chakana savdosi faqat tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini saqlash hamda realizatsiya qilishning tegishli sanitariya normalari va qoidalariga mos keladigan omborxonalari hamda uskunalari boʻlgan koʻchmas savdo obyektlarida amalga oshirilishi mumkin.
Chakana savdo amalga oshirilayotganda tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yoyib qoʻyish va ochiq namoyish etish taqiqlanadi.
Chakana savdo uchun taklif etilayotgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari toʻgʻrisidagi axborot sotuvchi tomonidan xaridorlar eʼtiboriga savdo zalida sotiladigan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari roʻyxatini joylashtirish orqali yetkaziladi, roʻyxatning matni oq fonda bir xil oʻlchamdagi qora rangli harflar bilan yoziladi va roʻyxat alfavit tartibida, sotiladigan tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining narxi koʻrsatilgan holda, biror-bir grafik tasvirlar va rasmlardan foydalanmasdan tuziladi.
Koʻchmas savdo obyektlarida tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini xaridorga namoyish etish uning talabiga koʻra, sotiladigan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari roʻyxati bilan tanishib chiqqanidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining chakana savdosiga doir faoliyat onlayn tarzda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) virtual kassa tizimlarini, shuningdek bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini albatta qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining, shu jumladan import qilingan bunday mahsulotlar va moslamalarning sotuvchisi har bir nomdagi mahsulot boʻyicha tayyorlovchining yoki yetkazib beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan, har bir nomdagi mahsulot boʻyicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi haqidagi maʼlumotlar boʻlgan hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqamlari, ushbu sertifikatning amal qilish muddati hamda sertifikatni bergan organ koʻrsatilgan tovar-transport hujjatlariga ega boʻlishi kerak.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1098-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
38-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan davlat nazorati
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan davlat nazorati vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
39-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash, ularning aholi sogʻligʻiga zararli taʼsirini profilaktika qilishga, uning oldini olishga, taʼsirini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
40-modda. Nizolarni hal etish
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
41-modda. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 5-oktabrda qabul qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-302-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 272-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 2-iyulda qabul qilingan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-478-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 423-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-584-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 792-modda) 11-moddasi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 209 va 253-moddalari;
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-721-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 10, 968-modda) 25-moddasi.
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 36-moddasining uchinchi — sakkizinchi qismlari, 37-moddasining ikkinchi qismi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran toʻqqiz oy oʻtgach amalga kiritiladi. Bunda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari ushbu Qonun 36-moddasining uchinchi — sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar amalga kiritilguniga qadar amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
OʻRQ-844-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 03/23/844/0293-son; 21.02.2025-y., 03/25/1034/0165-son; 28.11.2025-y., 03/25/1098/1103-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)