Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASINING
Qarori
PORTLOVCHI MODDALARNI ISHLAB CHIQARISH, SOTIB OLISH, SAQLASH, TRANSPORTDA TASHISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI HISOBGA OLISH TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyulda 1491-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab Portlovchi moddalarni saqlash, transportirovka qilish, ishlatish va hisobga olish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (1992-yildagi davlatlararo Portlatish ishlarida qoʻllaniladigan yagona xavfsizlik qoidalariga 1-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi hamda “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining tarmoq inspeksiyalari portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar bilan hamkorlikda Yoʻriqnoma talablaridan kelib chiqqan holda portlovchi materiallar saqlanadigan omborxonalarda kirib-chiqish va ichki rejimlarni kuchaytirish, ularda asossiz tekshiruvlarga yoʻl qoʻymaslik borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
 LexUZ sharhi
4-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2018-yil 19-fevraldagi 15, 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1491-1, 17.03.2018-y.) asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
3-son
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi R. SAIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-may,
78-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 199-modda)