Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlaridan tashqari namunaviy shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Muassasa) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
3. Quyidagilar Muassasaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda bojxona organlari nomidan tovar va transport vositalarini koʻzdan kechirish hamda bojxona koʻrigidan oʻtkazishga tayyorlash, qayta yuklashda ishtirok etish, shuningdek, tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
chegara oʻtkazish punktlarini nazorat-texnik vositalar bilan jihozlash, ulardan foydalanishni (servis xizmatlar koʻrsatish va taʼmirlash) taʼminlash, shuningdek, ushbu vositalardan foydalanganlik uchun pulli xizmatlar koʻrsatish;
chegara oʻtkazish punktlari va ularga tutash hududlarda avtoturargohlar tashkil etish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
davlat bojxona xizmati organlariga tegishli boʻlgan bino va omborlarda shartnoma asosida bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish, bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini koʻrsatish hamda boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona organlari tasarrufidagi va foydalanuvidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini mustaqil ravishda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat olgan holda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni, bojxona ombori rejimida saqlash muddati oʻtgan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan hollarda, qonunda belgilangan tartibda sud qarori asosida davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlarni saqlash va sotish, shu jumladan, “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno) sotish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
shaxsning davlat foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi qarori asosida olingan tovarlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotilishini tashkil etish, elektron bojxona plombalarini yetkazib berish hamda qoʻllash, chet el tovarlari bojxona nazorati ostida tashilayotganda, shu jumladan, yakka tartibda bojxona nazorati ostida tashilayotganda pulli xizmatlar koʻrsatish orqali bojxona hamrohligida kuzatib borishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) raisining buyrugʻi (topshirigʻi)ga asosan qoʻmita markaziy apparati ehtiyoji shuningdek, bojxona organlarida tashkil etiladigan xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar uchun zarur tovarlar (xizmatlar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilish;
qonunchilikda taqiqlanmagan va muassasa Nizomida koʻrsatilgan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Muassasa markaziy apparati Toshkent shahrida, uning hududiy boʻlimlari esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etiladi.
Muassasa bosh direktori va uning oʻrinbosarlari Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmalari hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklarni saqlash va sotish Muassasa markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Jismoniy va yuridik shaxslarga oʻzining ustavida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda koʻrsatiladigan pullik xizmatlar turlari va toʻlovlar miqdorlari Bojxona qoʻmitasi bilan kelishgan holda Muassasa tomonidan belgilanadi;
Muassasaning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari shtat meʼyorlari va ish haqi miqdorlari Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga muvofiq Muassasa tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Muassasada ish haqini toʻlash boʻyicha vujudga kelgan qarzdorliklarni Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;
Muassasaga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun bojxona organlari balansida boʻlgan yer uchastkasi, bino-inshootlar, mol-mulkidan begʻaraz foydalanish huquqi beriladi;
Muassasa bosh direktoriga Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari bilan kelishgan holda muassasaning moliyaviy holatidan kelib chiqib, koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlar hisobidan xodimlarga qoʻshimcha oylik ustama belgilash huquqi beriladi;
Muassasaning tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida oʻzgartirishlar Bojxona qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Muassasa bosh direktori buyrugʻi bilan kiritiladi;
Bojxona qoʻmitasining “Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi soʻroviga asosan Muassasa tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda majmuaning faoliyati, xodimlarining ish haqi va saqlash xarajatlari boʻyicha qarzdorliklarini qoplashi, moddiy-texnik bazani mustahkamlashi hamda kapital qurilish-taʼmirlash ishlari moliyalashtirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
5. Quyidagilar Muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) ajratmalar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona qoʻmitasining Rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratmalar;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Muassasaning ustavida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Muassasaga tegishli boʻlgan bino, inshootlar va boshqa mol-mulkni belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Muassasaning markaziy apparati hamda uning hududiy boʻlimlarini joylashtirish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida bino va inshootlar ajratilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
a) ikki oy muddatda Muassasa ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
b) 2023-yil 1-aprelga qadar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklarni:
elektron savdo platformalari va savdo yarmarkalari orqali sotish amaliyotini joriy etish choralarini koʻrsin;
sotish uchun autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb etish choralarini koʻrib borsin;
qabul qilib olish, saqlash va sotishgacha boʻlgan jarayonlarni “onlayn” rejimda monitoring qilish imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqsin va ishga tushirish choralarini koʻrsin;
v) Maxsus jamgʻarma hisobidan Muassasa faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlar qurish, transport vositasi, mebel, ofis jihozlari, asbob-uskunalar hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
8. Belgilansinki, Muassasa tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq Muassasani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muassasani rivojlantirish jamgʻarmasining ehtiyojlaridan ortgan mablagʻlar zaruratdan kelib chiqib, bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bojxona xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun Bojxona qoʻmitasining Rivojlantirish jamgʻarmasiga Bojxona qoʻmitasi Raisining buyrugʻiga muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-noyabr,
656-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining
TUZILMASI

Bosh direktor

Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari

Bosh direktor oʻrinbosari

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotishni tashkil etish boʻlimi

8

Moliya-iqtisodiyot boʻlimi

3

Bosh yuriskonsult

Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi

2

Kadrlar boʻlimi

2

Deklaratsiyalash va konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻlimi

6

Kapital qurilish boʻlimi

4

Ishlar va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

2

Omborlar faoliyatini tashkil etish boʻlimi

2

Bojxona-servis xizmatlarini, marketing va reklama ishlarini tashkil etish boʻlimi

4

Komplayens-nazorat bosh mutaxassisi

Strategik-rejalashtirish va tahlil boʻlimi

2

Axborot-texnologiyalari ilmiy markazi

11

Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 51 nafar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Deklaratsiyalash va konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi

1-4

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotishni tashkil etish boʻlimi

0-4

Yuriskonsult

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

“Bojxona-servis” xizmatlari, marketing va reklama ishlarini tashkil etish boʻlimi

2-3

Omborlar faoliyatini tashkil etish boʻlimi

0-2

Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

Axborot-texnologiyalari boʻlimi

0-2

Moddiy-texnika taʼminoti bosh mutaxassisi

0-1

Bosh buxgalter

Komplayens-nazorat katta mutaxassisi

Izoh. Tuzilmalar va (yoki) uning tegishli shtat birliklari zaruratga koʻra muassasa bosh direktori tomonidan tashkil etiladi.
Hududiy boʻlimlarning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 299 nafar.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha
LAVOZIM RAZRYADLARI

T/r

Lavozimning nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi

1.

Muassasa bosh direktori

18

2.

Muassasa direktorining birinchi oʻrinbosari

16

3.

Muassasa direktori oʻrinbosari

Direktorning birinchi oʻrinbosariga belgilangan razryaddan 5 foiz kam

4.

Boʻlim boshligʻi

14

5.

Bosh yuriskonsult

12

6.

Bosh mutaxassis

10

7.

Katta mutaxassis

8

8.

Mutaxassis

7

Izoh. Muassasa xodimlariga, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ish haqiga qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar va mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boʻlimlarining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha
LAVOZIM RAZRYADLARI

T/r

Lavozimning nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi

1.

Direktor

15

2.

Direktor oʻrinbosari

14

3.

Boʻlim boshligʻi

12

4.

Yuriskonsult

11

5.

Bosh buxgalter

10

6.

Bosh mutaxassis

10

7.

Katta mutaxassis

8

8.

Mutaxassis

7

Izoh. Muassasa xodimlariga, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ish haqiga qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar va mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 09/22/656/1016-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)