1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 3-bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni (mahalliy budjetlarga ajratiladigan transfertlar bundan mustasno) uni oluvchilarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha taqdim etgan buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratib borish tartibini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
davlat maqsadli jamgʻarmalari tomonidan transfert buyurtmanomalarini tuzish va ularni Moliya vazirligiga taqdim etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Davlat budjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalarining buyurtmanomalari asosida transfertlar ajratish;
transfert miqdorlarini hisoblash hamda ularni Davlat budjeti parametrlarida inobatga olish;
transfert ajratilishi maqsadlari hamda transfertlar hisobiga erishiladigan natija koʻrsatkichlari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va tizimlashtirish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-oktabr,
627-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 627-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) ajratiladigan transfertlarni (keyingi oʻrinlarda — transfertlar) buyurtmanoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan ajratish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
2. Ushbu Nizom talablari:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetlariga va aksicha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetlaridan tuman (shahar) budjetlariga va aksicha ajratiladigan budjetlararo transfertlar uchun tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
transfert oluvchilar — Davlat budjetidan koʻzda tutilgan transfertlarni oluvchi davlat maqsadli jamgʻarmalari;
transfert buyurtmanomasi — transfert oluvchilar tomonidan har oyda Davlat budjetida koʻzda tutilgan transfert mablagʻlarni olish uchun taqdim etadigan buyurtmanomasi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
4. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 137 va 1382-moddalariga asosan dotatsiya va tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan transfert oluvchilarga ajratib berishga tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
5. Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan transfert transfert buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
6. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 140-moddasiga asosan tartibga solinadi.
2-bob. Transfert buyurtmanomasida transfert miqdorini hisoblash tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
7. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan transfertlar davlat maqsadli jamgʻarmalarining buyurtmanomasi orqali ajratiladi.
8. Transfert miqdorini hisoblash va uni ajratish mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan transfert ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
9. Transfert buyurtmanomasida transfert ajratilishi zarurligi va taqdim etilayotgan transfertlar hisobiga erishiladigan natijalar koʻrsatilishi lozim.
10. Transfert buyurtmanomasi boʻyicha hisoblangan transfertlar transfert buyurtmanoma taqdim etilgan davrda Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan transfertlardan oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Transfert buyurtmanomasi asosida transfert ajratish va oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
11. Transfert oluvchilar tomonidan transfert buyurtmanomasi har oyning 10 sanasiga qadar Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
12. Moliya vazirligining masʼul departamentlari tomonidan transfert buyurtmanomasi taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kunidan oshmagan muddatda transfert buyurtmanomasiga asosan talab etiladigan mablagʻlar koʻrib chiqiladi hamda ushbu Nizomning 9 va 10-bandlari talablariga muvofiq transfertning natijadorligini oʻrganadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
13. Koʻrib chiqilgan transfert buyurtmanomasi boʻyicha hisoblangan transfertlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratish yuzasidan Moliya vazirligi masʼul departamentlari tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga yozma ravishda 1 ish kunida xabardor qilinadi.
14. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan har oyning 20 sanasiga qadar biroq 5 ish kunidan oshmagan holda transfertlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan transfert oluvchining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
15. Transfert oluvchi transfert buyurtmanomasiga asosan ajratilgan transfertlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
16. Transfert buyurtmanomasida hisoblangan transfertlar zarurat mavjud emasligi yoki transfert hisobiga amalga oshirilmaydigan tadbirlarga transfertlar ajratilishi belgilanganligi aniqlangan taqdirda, Moliya vazirligi masʼul departamentlari tomonidan transfert oluvchilariga transfert buyurtmanomasi taqdim etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida rad etish haqida xabar yuboriladi.
17. Moliya vazirligi transfert oluvchi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda kiritilmagan transfert buyurtmanomalarini 1 ish kuni ichida qaytaradi.
18. Transfert oluvchilar tomonidan transfert olish uchun transfert buyurtmanomasi bir oyda bir martadan ortiq kiritilmaydi, transfert buyurtmanomasini mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmasdan qaytarilgan transfert buyurtmanomalarni qayta kiritilishi holatlari bundan mustasno.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
19. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunlari bilan belgilangan maqsadlarga ajratilishi koʻzda tutilgan transfertlar boshqa maqsadlar uchun ajratilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
20. Moliya vazirligi masʼul departamentlari transfert oluvchilar tomonidan taqdim etilgan transfert buyurtmanomasini koʻrib chiqish davrida transfert bilan ajratish bilan bogʻliq qoʻshimcha tahliliy maʼlumot talab qilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
21. Transfert oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun transfert oluvchi tashkilot rahbari javob beradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
22. Transfert oluvchilar transfert buyurtmanomasiga asosan Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishiga masʼul hisoblanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]
23. Ajratilgan transfert mablagʻlarining samarali foydalanilishi ustidan tegishli vazirlik (idora)ning ichki audit xizmati (mavjud boʻlganda) va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1752-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida koʻzda tutilgan transfertni transfert buyurtmanomasiga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Transfert oluvchi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfert ajratish toʻgʻrisida Moliya vazirligiga buyurtmanoma yuboradi.
Har oyning 10 sanasiga qadar
2-bosqich
Moliya vazirligining masʼul departamenti
Transfert buyurtmanomasida transfert ajratilishi zarurligi va taqdim etilayotgan transfertlar hisobiga erishiladigan natijalarni oʻrganadi.
Transfert buyurtmanomasida hisoblangan transfertlar zarurat mavjud emasligi yoki transfert hisobiga amalga oshirilmaydigan tadbirlarga ajratilishi belgilanganligi aniqlangan taqdirda, transfert oluvchilariga rad etish haqida xabar yuboriladi.
3 ish kuni ichida
Koʻrib chiqilgan transfert buyurtmanomasi boʻyicha hisoblangan transfertlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratish yuzasidan Gʻaznachilikka yozma ravishda xabardor qiladi.
1 ish kunida
3-bosqich
Moliya vazirligi Gʻaznachiligi
Transfertlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan transfert oluvchining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Har oyning 20 sanasiga qadar biroq 5 ish kuni ichida
4-bosqich
Transfert oluvchi
Transfert buyurtmanomasiga asosan ajratilgan transfertlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilishini taʼminlaydi.
Belgilangan muddatlarda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlarni buyurtmanoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan transfert ajratish toʻgʻrisida
BUYURTMANOMA
ming soʻm
T/r
Belgilangan vazifa nomi*
Faoliyat turi**
Asos***
Yillik umumiy miqdori
(parametrda)
20___ yilning ________ oyida rejalashtirilgan transfert
Ajratiladigan transfert boʻyicha
Izoh****
Yil boshidan jami majburiyat
20___ yilning ________ oyida majburiyat (olinadigan transfert)
Yillikdagi ulushi
(foizda)
1.
2.
3.
...
* Transfert hisobiga amalga oshiriladigan vazifa va tadbirlar
** Asosiy va qoʻshimcha daromad olishga qaratilgan faoliyat
*** Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat
**** Transfert ajratish zarurati va erishiladigan natija koʻrsatkichlar koʻrsatiladi