|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2026
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3114-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 5-mh-sonli “Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3773, 11.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son “Notarial faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son “Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-oktabr,
22-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-oktabrdagi 22-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
1) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini (bundan buyon matnda malaka imtihoni deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tanlov va malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Tanlov va malaka imtihoni oʻtkazishni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash maqsadida komissiyaning ishchi organi faoliyat yuritadi. Ishchi organning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasining soha boʻyicha masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ oʻz faoliyatini komissiya raisining rahbarligida amalga oshiradi.”.
3) 2-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tanlov notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilganda oʻtkaziladi.”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Malaka imtihoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) muvofiq, jismoniy shaxsning malaka imtihonida ishtirok etish boʻyicha murojaatini oʻrganish natijalari yuzasidan talabgorning malaka imtihonida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlangandan soʻng, ushbu Reglamentda belgilangan muddatda oʻtkaziladi.”.
4) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Tanlovni oʻtkazishni tashkil etish”.
5) 6-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki malaka imtihonida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “tanlov yoki malaka imtihonida” degan soʻzlar “tanlovda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:
komissiya nomiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma yoki belgilangan tartibda stajirovka oʻtaganligi haqida maʼlumotnoma.”.
7) 71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8) 72-banddan “yoki malaka imtihonida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tanlovda ishtirok etish boʻyicha kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan alohida oʻrganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud boʻlsa, ishchi organ tomonidan bu haqda xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.”.
9) 15-bandda:
birinchi va beshinchi xatboshilardan “yoki malaka imtihonida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “(faqat tanlov boʻyicha talabgor)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organ tomonidan tegishli ravishda tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatiladi.”.
12) 18-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
13) 19-bandda:
birinchi xatboshidan “yoki malaka imtihoni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tanlov oʻtkaziladigan kun, vaqt va joy haqida u oʻtkaziladigan kundan kamida besh kun oldin tanlov boʻyicha talabgorga uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi.”.
14) 20-banddan “yoki malaka imtihoni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15) 24-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vorislik huquqi.”.
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
16) 28-bandning beshinchi xatboshisidagi “61” raqami “61” raqami bilan almashtirilsin.
17) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Komissiya qarori bir nusxada tuziladi. Tanlovdan soʻng bir ish kuni ichida qarordan koʻchirma tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun hududiy adliya organiga yuboriladi.
Malaka imtihonidan soʻng qarordan koʻchirma bir ish kuni ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali talabgorga yuboriladi.
Qaror tanlov yoki malaka imtihoni boʻyicha yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.”.
18) 41-bandning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya” degan soʻz “xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19) 43-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Reglamentda” degan soʻz “Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21) 41 va 51-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
ILOVA
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | ||
| | | | | | | | |
|
ARIZA | |||||||
| | | | | | | | |
|
Menga “Inson va qonun” gazetasining 20___ yil “______” ______________ dagi _______-sonida berilgan eʼlonga muvofiq ____________________________________________________________________________________ notariusi lavozimiga tayinlash | |||||||
| |
(davlat notarial idorasining nomi) |
| | | |||
| tanlovda ishtirok etishga ruxsat berishingizni soʻrayman. | | | |||||
| Avval notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlovda 20____ yil “______” ______________________________ da | |||||||
| | (tanlovda ishtirok etganda koʻrsatiladi) | | |||||
| ishtirok ________________________________. | | | | | | ||
|
(etmaganman yoki etganman) |
| | | | | ||
| | | | | | | | |
| Telefon raqamim: ____________________________. Elektron pochta manzilim: ____________________________. Pasport (identifikatsiya ID-karta) maʼlumotlarim: |
| | | | |||
|
_______ |
____________, | ______________________________ | | | | ||
|
(seriyasi ) |
(raqami) |
|
(JSHSHIR) |
|
| | |
| | | | | | | | |
|
_________________ |
|
|
|
_________________ |
| ||
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2022-y., 10/22/3114-3/0901-son)