|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUG‘ORILADIGAN YERLARDA G‘ALLA VA DUKKAKLI O‘SIMLIKLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
G‘alla va dukkakli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish, ularni sug‘oriladigan yerlarda ekish texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “G‘alla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Andijon filiali negizida Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli o‘simliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Institut bo‘linmalarining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
2. G‘allaorol shahridagi “G‘alla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi G‘alla va dukkakli o‘simliklar institutining filialiga aylantirilsin, unga lalmi dehqonchilik zonasida g‘alla, dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi, ekish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy muammolarini hal etish yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. Seleksiya va urug‘chilik, g‘alla, dukkakli don ekinlari va moyli ekinlar ekish texnologiyalari, takroriy va oraliq ekinlarni keng qo‘llash asosida sug‘oriladigan yerlardan yil davomida foydalanish bo‘yicha tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, g‘alla yetishtiruvchi yuksak rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ilmiy muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, ushbu mamlakatlar boshoqli don ekinlarining eng yaxshi navlarini o‘rganish va joriy etish, G‘alla va dukkakli o‘simliklar institutining asosiy vazifalari hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi g‘alla, dukkakli don ekinlari va moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni, respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlari uchun boshoqli don ekinlarining yuqori unumli navlarini yaratishni ustuvor deb hisoblasin.
6. Boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy ta’minlanishini rivojlantirish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga Andijon viloyatida yetishtirilgan 1997-yil hosilidan olingan boshoqli don ekinlari urug‘ini xo‘jaliklarga sotish narxiga 0,025 foiz ustama bilan sotishga ruxsat berilsin, ushbu mablag‘lar keyinchalik O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga berilsin.
8. Andijon viloyati hokimligi (Obidov) bir oy muddatda Institutni zarur ishlab chiqarish binolari va telefon aloqasi bilan ta’minlash masalalarini hal etsin, Institutga ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun 300 ga sug‘oriladigan yer ajratsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-avgust,
413-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)