Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda narkologik kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolash, ularga chalingan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, barcha hududlarda uning filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyildi va aholiga narkologik yordam koʻrsatish samaradorligi oshirildi.
Shu bilan birga, narkologiya xizmatini malakali kadrlar bilan taʼminlash, moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, bemorlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha choralarni koʻrish zarur.
Narkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashni yanada takomillashtirish, narkologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish, narkologiya muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qogʻozbozlik va byurokratiyani kamaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta tashxislash, va davolash, bemorlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yaxlit modelini joriy qilish orqali aholiga samarali narkologik yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish;
aholiga narkologik yordam koʻrsatish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, narkologiya muassasalarining narkolog-shifokorlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ularning malakasini muntazam ravishda, shu jumladan xorijning yetakchi klinikalari va tibbiyot tashkilotlarida oshirib borish, narkologiya xizmati uchun zarur boʻlgan ijtimoiy xodim, tibbiy psixolog va psixoterapevtlarni tayyorlash;
narkologiya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, narkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish, davolash va psixoaktiv moddalarga qaram boʻlib qolgan shaxslarni reabilitatsiya qilish amaliyotiga zamonaviy metodikalar hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;
aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimining samarali faoliyatini taʼminlovchi huquqiy bazani takomillashtirish, narkologiya muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash, shuningdek, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali narkologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
2. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda narkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning) asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2022-yil yakuniga qadar narkologik bemorlarni ixtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qoʻshimcha tashkil etiladigan oʻrinlar fondi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy ravishda davolash tartibini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) ichki ishlar organlariga oʻz tashabbusiga koʻra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqini berish;
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining oʻzida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshirish;
narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini yaratish.
4. Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudning narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqish mumkinligi haqidagi taklifi maʼqullansin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan narkologiya dispanserlari yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib kelingan probatsiya nazoratidagi shaxslarni alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibini joriy etsin.
6. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan hamkorlikda narkologiya dispanserlaridagi mavjud boʻsh koykalar soni toʻgʻrisida maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqsin hamda Oliy sud va Ichki ishlar vazirligiga ushbu tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Belgilansinki:
mavjud boʻsh koykalar, shuningdek, boʻshash ehtimoli boʻlgan koykalar soni haqidagi maʼlumotlar axborot tizimiga narkologiya dispanserlari tomonidan kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning hududiy filiallarida elektron tibbiy hujjatlar aylanishini amalga oshirish imkonini beruvchi yagona tibbiy-axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga tatbiq qilinadi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
7. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Markaz va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar boʻlimlarida 1 stavkadan faoliyat koʻrsatuvchi tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etilsin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Markaz va uning filiallari xodimlarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqsin.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 4-ilovaga muvofiq kamida 10 oʻrinli mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlarini (keyingi oʻrinlarda — punktlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev):
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) bilan birgalikda bir oy muddatda alkogolli mastlik holatida boʻlib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni (bundan alkogoldan ogʻir zaharlanish holatlari mustasno) punktlarga yetkazish va ularga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda punktlarni tegishincha hududiy sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining umumiy oʻrinlar va shtat birliklari doirasida hamda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) punktlarda xodimlar xavfsizligini taʼminlash, qoʻriqlash xizmatini tashkil etish va videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
9. Belgilansinki:
Sogʻliqni saqlash vazirligi tegishli hokimliklar bilan birgalikda narkologiya muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori talablaridan kelib chiqib, har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish-taʼmirlash ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda kiritib boradi;
narkologiya muassasalarining oʻrinlar fondini belgilash normativini qayta koʻrib chiqish natijasida, narkologik bemorlarni majburiy va ixtiyoriy davolash uchun qoʻshimcha talab etiladigan oʻrinlarning 265 tasi respublika ftiziatriya yordami koʻrsatish tizimidagi sihatgohlardagi oʻrinlarni maqbullashtirish hisobidan amalga oshiriladi.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev):
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa, voyaga yetmagan va yoshlar orasida psixoaktiv moddalar isteʼmol qilinishining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan profilaktika tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga keng joriy etsin;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqib, shifokor-narkolog lavozimlarining shtat meʼyorlari bir shtat birligidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanishini nazarda tutsin;
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili Markaz va uning hududiy filiallaridan shaffof tanlov asosida tanlab olingan 10 nafargacha shifokor mutaxassislarni nufuzli xorijiy narkologiya markazlarida malaka oshirishga yuborsin.
11. Moliya vazirligi (J. Abruyev) Sogʻliqni saqlash vazirligi (O. Fazilkarimov) bilan birgalikda 2022-2023-yillarda narkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun 32,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlarni ajratish choralarini koʻrsin.
Bunda, mazkur xarajatlar 2022-yilda sogʻliqni saqlash sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2023-yilda esa Davlat budjeti parametrlarida sogʻliqni saqlash sohasiga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish orqali qoplanadi.
12. Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar bajarilishini har chorakda tanqidiy muhokama qilib borsin va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ushbu qarorning oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-may,
PQ-244-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-244-son qaroriga
1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonun oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish tashabbusi bilan chiqadigan shaxslar doirasini kengaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil 1 sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

2.

Narkologiya xizmatining zamonaviy tuzilmasi, vazifalari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, narkologiya muassasalarining shtat normativlarini qaytadan koʻrib chiqish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tizimdagi tashkilotlarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqish va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishini taʼminlash.

2022-yil 1-iyul

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida narkologik bemorlarni majburiy davolash va profilaktik kuzatishni taʼminlash boʻyicha axborot almashish va hamkorlik qilish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish.

Sogʻliqni saqlash vaziri va ichki ishlar vazirining qoʻshma qarorini ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

4.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni hisobga olish tizimini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini inobatga olgan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi yagona kompleksi doirasida narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy yordam yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga elektron hisobot taqdim etish mexanizmini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

5.

Ilgʻor xorijiy texnologiyalardan foydalangan holda narkologik bemorlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish standartlari va klinik bayonnomalarini qayta koʻrib chiqish.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻini ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Majburiy davolash uchun ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasalarida alkogolizm, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga chalingan shaxslarga narkologik yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻini ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

6.

Alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda boʻlgan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2022-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud

7.

Alkogolli mastlik holatida boʻlib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotgan yoki oʻzining qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini belgilash.

Alkogolli mastlik holatida boʻlib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotgan yoki oʻzining qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni (alkogoldan ogʻir zaharlanish holatlari bundan mustasno) mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlariga yetkazish va ularga tibbiy yordam koʻrsatish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

II. Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga erta tashxis qoʻyish, ularni davolash va narkologik bemorlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni takomillashtirish

8.

Psixoaktiv moddalarni notibbiy maqsadda isteʼmol qilish xavf guruhini erta aniqlash va profilaktik ishlarning samarali usullarini joriy etish, narkologiya muassasalarining sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini muassasalari, taʼlim muassasalari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalla faollari bilan oʻquv seminarlarini oʻtkazish orqali hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish.

1. Pedagoglar, ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari uchun psixoaktiv moddalar isteʼmol qilganlik belgilarini aniqlash mavzusida oʻquv seminarlarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va reja asosida tashkil etish.

2. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi narkologiya kafedrasida masofaviy sikllarda birlamchi boʻgʻin shifokorlarining psixoaktiv moddalarga qaram boʻlgan shaxslarni erta aniqlash boʻyicha malakasini oshirish.

2022 — 2026-yillarda

(har yili 1-yanvargacha tasdiqlanadi)

-

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

9.

Bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida psixoaktiv moddalar notibbiy isteʼmolining hamda yoshlar oʻrtasida giyohvandlik tarqalishining oldini olish maqsadida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida “maktab profilaktikasi” tizimini joriy etish.

1. Pedagoglar va maktab psixologlari uchun psixoaktiv moddalarga qaramliklarning oldini olish boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallar ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

-

-

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

2. Pedagoglar va maktab psixologlari uchun psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish boʻyicha oʻquv-seminarlari tashkil etish.

Reja-grafik asosida

(har yili 1-yanvargacha tasdiqlanadi)

3. Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish boʻyicha “maktab profilaktikasi” tizimini joriy etish toʻgʻrisida xalq taʼlimi vazirining buyrugʻini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-avgust

4. Profilaktika dasturlarini umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga pilot loyihasi sifatida joriy etish, olingan natijalarni oʻrganish, tahlil qilish.

2022/2023 oʻquv yili

5. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish boʻyicha profilaktika tizimini keng joriy etish.

2023 — 2026-yillarda

10.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholini psixoaktiv moddalarning yangi turlari tarqalganidan va ularni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlaridan xabardor qilish.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarga yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

1. Ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma va Internet nashrlari) orqali keng targʻibot ishlarini olib borish.

2022 — 2026-yillarda media-reja asosida

(har yili 1-yanvargacha tasdiqlanadi)

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

2. Aholi, ayniqsa yoshlar orasida yashirin narkomaniyani barvaqt aniqlash, uni davolash va psixologik yordam koʻrsatishni tashkil qilish maqsadida narkologiya dispanserlari huzurida “call-markaz”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil yakuniga qadar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Psixoaktiv moddalarga qaram boʻlgan hamda ogʻir ruhiy va somatik asoratlarni boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga shoshilinch narkologik yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish.

1. Psixoaktiv moddalarga qaram boʻlgan hamda ogʻir ruhiy va somatik asoratlarni boshidan oʻtkazayotgan bemorlar uchun intensiv terapiya palatalarini tashkil etish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ning barcha hududiy filiallarini intensiv palata jihozlari bilan taʼminlash.

2022 — 2024-yillarda

-

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

III. Narkologiya xizmatini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, narkologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar koʻlamini oshirish

12.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi kafedralari bazasida birlamchi ixtisoslik sikllari, magistratura, va klinik ordinaturada narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya sohasida mutaxassislar tayyorlash va muntazam ravishda ularning malakasini oshirish.

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining tegishli kafedralarida narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya ixtisosliklari boʻyicha magistratura, klinik ordinatura uchun kvota oʻrinlari sonini ehtiyojdan kelib chiqib oshirish.

2. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining narkologiya, tibbiy psixologiya va oʻsmirlar psixopatologiyasi kafedrasida narkolog, tibbiy psixolog va psixoterapevt mutaxassislarni birlamchi ixtisoslashtirish sikllarida tayyorlash hamda muntazam ravishda oʻquv rejaga asosan soha boʻyicha umumiy va mavzuyiy sikllarda ularning malakasini oshirish.

2022 — 2026-yillarda

-

Muassasalarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

13.

Toshkent shahar narkologiya dispanseri (Markazning Toshkent shahar filiali) bazasida hududiy narkologiya muassasalarining ijtimoiy xodimlarini oʻqitish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻquv dasturlarini tasdiqlash.

2022 — 2026-yillarda

-

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularni tashxislash va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha narkologiya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.

1. Narkologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash hamda davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.

2022 — 2026-yillarda

-

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaz

2. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

3. Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini 2023-yildan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplashni tashkil qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-avgust

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

15.

Markaz va uning filiallari xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish, tibbiyot sohasidagi ilgʻor xorijiy amaliyotga mos ravishda ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish.

Markaz va uning filiallari xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlari (Rossiyaning V.P. Serbskiy nomidagi psixiatriya va narkologiya markazi va boshqalar)ga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislarni Markazga jalb etish, mahorat darslari, vebinar, telemeditsina amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2022 — 2026-yillar reja-jadval asosida

-

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz

16.

Markaz huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tashkil qilish.

1. Markaz huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash nizomini ishlab chiqish;

2. Ilmiy kengash tarkibini tasdiqlash.

2022-yil

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Markaz

IV. Narkologiya muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

17.

Narkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash.

1. Markaz va uning filiallarining moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil 1-iyul

32,5 mlrd soʻm

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Markaz va uning filiallarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash.

2022-2023-yillar

3. Markazda psixofiziologik laboratoriya tashkil etish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

2022-2023-yillar

18.

Narkologiya muassasalari binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish va ularni rekonstruksiya qilish.

Tegishli mahalliy hokimliklar bilan birgalikda narkologiya xizmati muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.

2022 — 2026-yillar

-

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

V. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

19.

Xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda psixoaktiv moddalarga qaramlik muammolari boʻyicha birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.

2. Doimiy asosda oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.

2022 — 2026-yillarda

-

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Markaz

20.

Xalqaro tashkilotlar koʻmagida narkologiya muassasalari xodimlari uchun zamonaviy davolash-reabilitatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha treninglar tashkil etish.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur tadbirlarni amalga oshirish.

2022 — 2026-yillarda

-

Ijrochilar mablagʻlari, xalqaro hamkorlar mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-244-son qaroriga
2-ILOVA
2022-2023-yillarda narkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning)
ASOSIY PARAMETRLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Hududlar

2022-yil yakuniga qadar

2023-yil yakuniga qadar

Elektrokardiograf

Qonning klinik analizatori

Qonning biokimyoviy analizatori

UTT apparati

Bakterial filtrli jarrohlik elektrtortgich

Kardiosinxronlangan defibrillyator

Chiqarilgan nafasda alkogolni aniqlaydigan qurilma

Rentgen

Stolcha va tumbaga ega funksional karavot

Gemodinamikaning asosiy koʻrsatkichlarini oʻrganish uchun apparat

Amplipuls apparati

Ultrayuqori chastotali terapiya uchun apparat

Elektro-uyqu apparati

Galvanizatsiya va dorili elekroforez uchun apparat

Mahalliy darsonvalizatsiya apparati

Magnitoterapiya uchun apparat

Oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish uchun apparat

Distillyator

Dasturiy taʼminotga va printerga ega shaxsiy kompyuter

Elektroensefalografiya (eeg) 32 kanalli

Biologik muhitlarda psixoaktiv moddalarni aniqlovchi tibbiy uskuna

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

10

1

1

2.

Andijon viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

8

1

1

3.

Buxoro viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

4.

Jizzax viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

7

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

6.

Navoiy viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

4

1

1

7.

Namangan viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

4

1

1

8.

Samarqand viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

10

1

1

9.

Surxondaryo viloyati

2

2

2

1

2

2

1

1

6

1

2

2

2

2

2

2

1

1

8

1

1

10.

Sirdaryo viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

4

1

1

11.

Toshkent viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

12.

Fargʻona viloyati

2

2

2

2

2

2

2

2

6

1

2

2

2

2

2

2

1

2

12

1

1

13.

Xorazm viloyati

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

6

1

1

14.

Majburiy davolash uchun Toshkent shahar narkologiya shifoxonasi

1

1

1

-

1

1

-

-

-

1

1

1

1

1

1

1

1

1

4

1

1

15.

Toshkent shahar narkologiya dispanseri

1

1

1

-

1

1

1

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

10

1

1

16.

RIRSIATM

1

1

1

1

1

1

-

1

6

1

1

1

1

1

1

1

1

1

10

1

1

JAMI (soni)

18

18

18

15

18

18

15

16

90

16

18

18

18

18

18

18

16

17

115

16

16

Birlik narxi mln soʻmda

20

85

50

352

5

27

50

425

15

80

11

30

5

20

5

50

328

10

10

60

250

JAMI (qiymati)

360

1,530

900

5,280

90

486

750

6,800

1,350

1,280

198

540

90

360

90

900

5,248

170

1,150

960

4,000

Asbob-uskunalarning umumiy qiymati 8,1 mlrd soʻm

Asbob-uskunalarning umumiy qiymati — 24,5 mlrd soʻm

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-244-son qaroriga
3-ILOVA
2022-yil yakuniga qadar narkologik bemorlarni ixtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qoʻshimcha tashkil etiladigan oʻrinlar fondi

T/r

Hududlar

Jami qoʻshimcha tashkil etiladigan oʻrinlar

shundan:

Maqbullashtiriladigan oʻrinlar

Majburiy

Ixtiyoriy

Muassasalar nomi

Oʻrin soni

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

30

20

10

2.

Andijon viloyati

20

20

Viloyat ftiziatriya sihatgohi

10

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

20

3.

Buxoro viloyati

40

30

10

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

10

4.

Jizzax viloyati

10

10

5.

Qashqadaryo viloyati

30

30

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

10

Viloyat ftiziatriya sihatgohi

20

6.

Navoiy viloyati

30

20

10

7.

Namangan viloyati

40

20

20

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

20

8.

Samarqand viloyati

40

20

20

Viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar ftiziatriya sihatgohi

30

9.

Surxondaryo viloyati

10.

Sirdaryo viloyati

30

15

15

11.

Toshkent viloyati

60

40

20

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

30

12.

Fargʻona viloyati

10

10

Viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohlari

60

Viloyati ftiziatriya sihatgohi

20

13.

Xorazm viloyati

30

20

10

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi

20

14.

Toshkent shahri

40

30

10

Bolalar ftiziatriya sihatgohi

15

15.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

20

20

Jami:

430

265

165

265

(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-12-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/12/0041)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-maydagi PQ-244-son qaroriga
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlarining
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

T/r

Tumanlararo punktlar

Tumanlararo punktlarga biriktirilgan tuman va shaharlar

Tumanlararo punktlarning manzili

2022-yilda tashkil etiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

1.

Xoʻjayli tumani tibbiyot birlashmasi

Taxiatosh tumani Xoʻjayli tumani

Xoʻjayli tumani, T. Ibragimov koʻchasi, 24-uy

2.

2.

Nukus tumani tibbiyot birlashmasi

Nukus tumani

Nukus tumani, Akmangit guzari koʻchasi, 34-uy

3.

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — RIRSIATM) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy filiali

Nukus shahri

Nukus shahri, U. Bekmanov koʻchasi, 114-uy

4.

4.

Toʻrtkoʻl tumani tibbiyot birlashmasi

Beruniy tumani Toʻrtkoʻl tumani

Toʻrtkoʻl tumani, Nukus koʻchasi, 36-uy

5.

5.

Ellikqalʼa tumani tibbiyot birlashmasi*

Ellikqalʼa tumani

Ellikqalʼa tumani, Navoiy koʻchasi, raqamsiz uy

6.

6.

Qoʻngʻirot tumani tibbiyot birlashmasi

Moʻynoq tumani Qoʻngʻirot tumani

Qoʻngʻirot tumani, Oltinkoʻl mahallasi

7.

7.

Qonlikoʻl tumani tibbiyot birlashmasi*

Qonlikoʻl tumani

Qonlikoʻl tumani, A. Musayev koʻchasi, 14-uy

8.

8.

Shumanay tumani tibbiyot birlashmasi*

Shumanay tumani

Shumanay tumani, Mamiy ovul fuqarolar yigʻini

9.

9.

Chimboy tumani tibbiyot birlashmasi

Chimboy tumani

Chimboy tumani, Sh. Rashidov koʻchasi, 43-uy

10.

10.

Qoraoʻzak tumani tibbiyot birlashmasi

Qoraoʻzak tumani Taxtakoʻpir tumani

Qoraoʻzak tumani, Berdax koʻchasi, raqamsiz uy

11.

11.

Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasi

Kegeyli tumani Boʻzatov tumani

Kegeyli tumani, Doʻstlik koʻchasi, 3-uy

12.

12.

Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasi

Amudaryo tumani

Amudaryo tumani, Shifokorlar mahallasi

Andijon viloyati

13.

1.

RIRSIATM Andijon viloyati hududiy filiali

Andijon shahri Andijon tumani Oltinkoʻl tumani

Andijon shahri, Yu. Otabekov koʻchasi, 3-uy

14.

2.

Boʻston tumani tibbiyot birlashmasi

Boʻston tumani Shahrixon tumani

Boʻston tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 1-uy

15.

3.

Asaka tumani tibbiyot birlashmasi*

Asaka tumani Marhamat tumani

Asaka tumani, Ilgʻor qishlogʻi

16.

4.

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi*

Baliqchi tumani Ulugʻnor tumani

Baliqchi tuman, Chinobod qishlogʻi

17.

5.

Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi

Paxtaobod tumani Izboskan tumani

Paxtaobod tumani, Kelajak ovozi koʻchasi, 1-uy

18.

6.

Qoʻrgʻontepa tumani tibbiyot birlashmasi*

Qoʻrgʻontepa tumani Xonobod shahri Qorasuv shahri

Koʻrgʻontepa tumani, Mustaqillik koʻchasi, 135-uy

19.

7.

Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi*

Jalaquduq tumani Xoʻjaobod tumani Buloqboshi tumani

Jalaquduq tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 95-uy

Buxoro viloyati

20.

1.

RIRSIATM Buxoro viloyati hududiy filiali

Buxoro shahri

Buxoro shahri, Joʻbor koʻchasi, 65-uy

21.

2.

Qorakoʻl tumani tibbiyot birlashmasi

Qorakoʻl tumani Olot tumani

Qorakoʻl tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 21-uy

22.

3.

Jondor tumani tibbiyot birlashmasi*

Jondor tumani

Jondor tumani, M. Tarobiy koʻchasi, 157-uy

23.

4.

Gʻijduvon tumani tibbiyot birlashmasi

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 100-uy

24.

5.

Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi*

Vobkent tumani Shofirkon tumani

Vobkent tumani, Tadbirkor koʻchasi, 35-uy

25.

6.

Romitan tumani tibbiyot birlashmasi*

Romitan tumani Peshkoʻ tumani

Romitan tumani, Shifokorlar koʻchasi, 162-uy

26.

7.

Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi*

Buxoro tumani

Buxoro tumani, Fitrat koʻchasi, 17-uy

27.

8.

Kogon shahri tibbiyot birlashmasi

Qorovulbozor tumani Kogon tumani Kogon shahri

Kogon shahri, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy

Jizzax viloyati

28.

1.

RIRSIATM Jizzax viloyati hududiy filiali

Paxtakor tumani Arnasoy tumani Doʻstlik tumani Mirzachoʻl tumani

Paxtakor tumani, Dilorom koʻchasi, 2-uy

29.

2.

Zomin tumani tibbiyot birlashmasi

Yangiobod tumani Zarbdor tumani Zomin tumani

Zomin tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 17-uy

30.

3.

Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi

Sharof Rashidov tumani Jizzax shahri Baxmal tumani Gʻallaorol tumani

Sharof Rashidov tumani, Uch tol koʻchasi, 5-uy

31.

4.

Forish tumani tibbiyot birlashmasi*

Forish tumani Zafarobod tumani

Forish tumani, Oqtepa mahallasi

Qashqadaryo viloyati

32.

1.

RIRSIATM Qashqadaryo viloyati hududiy filiali

Qarshi shahri Qarshi tumani Nishon tumani

Qarshi shahri, Besh yogʻoch koʻchasi, 7/1-uy

33.

2.

Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi*

Mirishkor tumani

Yangi Mirishkor shaharchasi, Oʻzbekiston koʻchasi, 35-uy

34.

3.

Kitob tumani tibbiyot birlashmasi

Kitob tumani Shahrisabz shahri Shahrisabz tumani

Kitob tumani, Katta yoʻl koʻchasi, 123-uy

35.

4.

Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasi*

Yakkabogʻ tumani

Yakkabogʻ tumani, Choʻmich koʻchasi, 2-uy

36.

5.

Gʻuzor tumani tibbiyot birlashmasi

Gʻuzor tumani Qamashi tumani

Gʻuzor tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 87-uy

37.

6.

Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi*

Dehqonobod tumani

Dehqonobod tumani, Guliston koʻchasi, 5-uy

38.

7.

Koson tumani tibbiyot birlashmasi

Koson tumani Kasbi tumani

Koson tumani, Quyiobron koʻchasi, 1-uy

39.

8.

Muborak tumani tibbiyot birlashmasi*

Muborak tumani

Muborak tumani, Istiqlol mahallasi

40.

9.

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi*

Chiroqchi tumani Koʻkdala tumani

Chiroqchi tumani, Yangi qurilish koʻchasi, 1-uy

Navoiy viloyati

41.

1.

RIRSIATM Navoiy viloyati hududiy filiali

Navoiy shahri Karmana tumani

Navoiy shahri, Binokor koʻchasi, 5-uy

42.

2.

Zarafshon shahri tibbiyot birlashmasi

Zarafshon shahri Tomdi tumani

Zarafshon shahri, A. Navoiy koʻchasi, 4-uy

43.

3.

Uchquduq shahri tibbiyot birlashmasi*

Uchquduq shahri Uchquduq tuman

Uchquduq tuman, A. Temur koʻchasi, 2a-uy

44.

4.

Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi

Xatirchi tumani

Xatirchi tuman, Mustaqillik mahallasi

45.

5.

Nurota tumani tibbiyot birlashmasi*

Nurota tumani Gʻozgʻon shahri

Nurota tumani, U. Yusupov koʻchasi, 132-uy

46.

6.

Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi

Qiziltepa tumani

Qiziltepa tumani, Shifokorlar koʻchasi, 1-uy

47.

7.

Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi*

Navbahor tumani

Navbahor tumani, Arabxona mahallasi

48.

8.

Konimex tumani tibbiyot birlashmasi*

Konimex tumani

Konimex tumani, Istiqlol koʻchasi, 4-uy

Namangan viloyati

49.

1.

RIRSIATM Namangan viloyati hududiy filiali

Namangan shahri Davlatobod tumani Yangi Namangan tumani

Namangan shahri, A. Navoiy koʻchasi, 70-uy

50.

2.

Toʻraqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi*

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon shahri, Namangan koʻchasi, 6-uy

51.

3.

Namangan tumani tibbiyot birlashmasi*

Namangan tumani

Namangan tumani, Nurafshon koʻchasi, 46-uy

52.

4.

Yangiqoʻrgon tumani tibbiyot birlashmasi*

Yangiqoʻrgʻon tumani Chortoq tumani

Yangiqoʻrgʻon tumani, A. Qoʻchqorov koʻchasi, 173-uy

53.

5.

Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasi

Kosonsoy tumani

Kosonsoy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 74-uy

54.

6.

Norin tumani tibbiyot birlashmasi*

Norin tumani

Xaqqulobod shahri, Beruniy koʻchasi, 21-uy

55.

7.

Uchqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi*

Uchqoʻrgʻon tumani Uychi tumani

Uchqoʻrgʻon shahri, Ibn Sino koʻchasi, 3-uy

56.

8.

Pop tumani tibbiyot birlashmasi

Pop tumani Chust tumani

Pop shaharchasi, Paxtakor koʻchasi, 3-uy

57.

9.

Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi

Mingbuloq tumani

Jomashuy shaharchasi, E. Oʻrmonov koʻchasi, 24-uy

Samarqand viloyati

58.

1.

RIRSIATM Samarqand viloyati hududiy filiali

Samarqand shahri Jomboy tumani Pastdargʻom tumani

Jomboy tumani, Sh. Burxonov koʻchasi, 1-uy

59.

2.

Bulungʻur tumani tibbiyot birlashmasi*

Bulungʻur tumani

Bulungʻur shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 80-uy

60.

3.

Tayloq tumani tibbiyot birlashmasi

Samarqand tumani Tayloq tumani

Tayloq tumani, Ibn Sino koʻchasi, 7-uy

61.

4.

Urgut tumani tibbiyot birlashmasi

Urgut tumani

Urgut shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 99-uy

62.

5.

Payariq tumani tibbiyot birlashmasi*

Payariq tumani

Payariq tumani, Payariq mahallasi

63.

6.

Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi*

Ishtixon tumani Oqdaryo tumani

Ishtixon shahri, A. Navoiy koʻchasi, 12-uy

64.

7.

Qoʻshrabot tumani tibbiyot birlashmasi*

Qoʻshrabot tumani

Qoʻshrabot tumani, Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 59-uy

65.

8.

Kattaqoʻrgʻon shahri tibbiyot birlashmasi

Kattaqoʻrgʻon shahri Kattaqoʻrgʻon tumani Narpay tumani

Kattaqoʻrgʻon shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 149-uy

66.

9.

Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasi*

Paxtachi tumani

Paxtachi tumani, Boʻston mahallasi

67.

10.

Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi*

Nurobod tumani

Nurobod shahri, Yangiqishloq koʻchasi, 1-uy

Surxondaryo viloyati

68.

1.

RIRSIATM Surxondaryo viloyati hududiy filiali

Termiz shahri Termiz tumani Jarqoʻrgʻon tumani

Termiz shahri, Uchqun koʻchasi, 5-uy

69.

2.

Denov tumani tibbiyot birlashmasi

Denov tumani Denov shahri

Denov tumani, Sharof Rashidov mahallasi

70.

3.

Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi

Sariosiyo tumani Uzun tumani

Sariosiyo tumani, Afrosiyob koʻchasi, 37-uy

71.

4.

Shoʻrchi tumani tibbiyot birlashmasi

Shoʻrchi tumani Oltinsoy tumani

Shoʻrchi tumani, Mustaqillik koʻchasi, 68-uy

72.

5.

Qumqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi

Qumqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon tumani, Oxunboboyev koʻchasi, 15-uy

73.

6.

Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi

Bandixon tumani Qiziriq tumani

Qiziriq tumani, Ibn Sino koʻchasi, 1-uy

74.

7.

Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi*

Angor tumani Sherobod tumani

Sherobod tumani, Galaguzar mahallasi

75.

8.

Boysun tumani tibbiyot birlashmasi*

Boysun tumani

Boysun tumani, Istiqlol koʻchasi, 33-uy

76.

9.

Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi*

Muzrabot tumani

Muzrabot tumani, Amir Temur koʻchasi, 3-uy

Sirdaryo viloyati

77.

1.

RIRSIATM Sirdaryo viloyati hududiy filiali

Guliston shahri Mirzaobod tumani

Guliston shahri, Ibn-Sino koʻchasi, 20-uy

78.

2.

Guliston tumani tibbiyot birlashmasi*

Guliston tumani

Guliston tumani, Ibrat koʻchasi, 24-uy

79.

3.

Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi*

Sayxunobod tumani Sirdaryo tumani

Sirdaryo tumani, Lochin koʻchasi, 16-uy

80.

4.

Sardoba tumani tibbiyot birlashmasi

Oqoltin tumani Sardoba tumani

Sardoba tumani, Rohat koʻchasi, 15-uy

81.

5.

Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi*

Shirin shahri Boyovut tumani

Boyovut tumani, Sayilbogʻ koʻchasi, 4/1-uy

82.

6.

Yangiyer shahri tibbiyot birlashmasi*

Xovos tumani Yangiyer shahri

Yangiyer shahri, Beruniy koʻchasi, 8-uy

Toshkent viloyati

83.

1.

RIRSIATM Toshkent viloyati hududiy filiali

Angren shahri Ohangaron tumani

Angren shahri, Obod turmush koʻchasi, 20-uy

84.

2.

Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi

Bekobod tumani Bekobod shahri

Bekobod tumani, Ibn Sino koʻchasi, 2-uy

85.

3.

Boʻka tumani tibbiyot birlashmasi*

Boʻka tumani Oqqoʻrgʻon tumani

Boʻka tumani, A. Ikramov koʻchasi, 2-uy

86.

4.

Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi*

Olmaliq shahri Ohangaron shahri

Olmaliq shahri, M. Ulugʻbek koʻchasi, 51-uy

87.

5.

Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi

Nurafshon shahri Piskent tumani Oʻrta Chirchiq tumani

Nurafshon shahri, Shifokorlar koʻchasi, 22-uy

88.

6.

Chirchiq shahri tibbiyot birlashmasi

Chirchiq shahri Boʻstonliq tumani Qibray tumani

Chirchiq shahri, 8-mikrorayon

89.

7.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi*

Parkent tumani Yuqorichirchiq tumani

Parkent shahri, Alisher Navoiy shoh koʻchasi

90.

8.

Yangiyoʻl shahri tibbiyot birlashmasi*

Yangiyoʻl shahri Quyichirchiq tumani Yangiyoʻl tumani Chinoz tumani

Yangiyoʻl shahri, Toshkent shoh koʻchasi, 2-uy

91.

9.

Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi

Zangiota tumani Toshkent tumani

Toshkent tumani, Ravnaq koʻchasi, 2-uy

Fargʻona viloyati

92.

1.

RIRSIATM Fargʻona viloyati hududiy filiali

Fargʻona shahri Quvasoy shahri

Fargʻona shahri, Yangi zamon koʻchasi, 61-uy

93.

2.

Fargʻona tumani tibbiyot birlashmasi

Fargʻona tumani

Fargʻona tumani, Quvonch koʻchasi, 96-uy

94.

3.

Bogʻdod tumani tibbiyot birlashmasi

Rishton tumani Bogʻdod tumani

Bogʻdod shaharchasi, Birdamlik koʻchasi, 12-uy

95.

4.

Soʻx tumani tibbiyot birlashmasi*

Soʻx tumani

Soʻx tumani, Mustaqillik koʻchasi

96.

5.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri 2-sonli narkologiya dispanseri

Qoʻqon shahri Uchkoʻprik tumani Buvayda tumani

Qoʻqon shahri, Burchlik koʻchasi, 5-uy

97.

6.

Dangʻara tumani tibbiyot birlashmasi

Dangʻara tumani

Dangʻara tumani, Istiqlol koʻchasi, 43-uy

98.

7.

Oʻzbekiston tumani tibbiyot birlashmasi

Oʻzbekiston tumani Furqat tumani

Oʻzbekiston tumani, Gʻalaba koʻchasi, 45-uy

99.

8.

Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi*

Beshariq tumani

Beshariq shahri, Sirdaryo koʻchasi, 76-uy

100.

9.

Margʻilon shahri tibbiyot birlashmasi

Margʻilon shahri Qoʻshtepa tumani

Margʻilon shahri, Xiyobon koʻchasi, 122-uy

101.

10.

Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasi

Yozyovon tumani

Yozyovon tumani, A. Navoiy koʻchasi, 17-uy

102.

11.

Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi*

Oltiariq tumani

Oltiariq tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 3-uy

103.

12.

Toshloq tumani tibbiyot birlashmasi*

Toshloq tumani Quva tumani

Toshloq shaharchasi, Navoiy koʻchasi, 20-uy

Xorazm viloyati

104.

1.

RIRSIATM Xorazm viloyati hududiy filiali

Xiva shahri Xiva tumani

Xiva tumani, Shomaxulum mahallasi

105.

2.

Urganch shahri tibbiyot birlashmasi

Urganch shahri Urganch tumani

Urganch shahri, Yu. Babajanov koʻchasi, 2/1-uy

106.

3.

Qoʻshkoʻpir tumani tibbiyot birlashmasi

Qoʻshkoʻpir tumani Shovot tumani

Qoʻshkoʻpir tumani, Mustaqillik koʻchasi, 69-uy

107.

4.

Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi*

Yangibozor tumani Gurlan tumani

Yangibozor tumani, X. Karimov koʻchasi, 64-uy

108.

5.

Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasi*

Hazorasp tumani Tuproqqalʼa tumani

Hazorasp tumani, Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 3-uy

109.

6.

Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi*

Xonqa tumani Yangiariq tumani

Xonqa tumani, Al-Xorazmiy koʻchasi, 70-uy

110.

7.

Bogʻot tumani tibbiyot birlashmasi*

Bogʻot tumani

Bogʻot tumani, Toshkent koʻchasi, 2-uy

Toshkent shahar

111.

1.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

Toshkent shahri

Chilonzor tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 2-uy

112.

2.

4-sonli shahar klinik shifoxonasi*

Toshkent shahri

Yashnobod tumani, Birlashgan koʻchasi, 1-uy

113.

3.

7-sonli shahar klinik shifoxonasi

Toshkent shahri

Yunusobod tumani, Gʻayratiy koʻchasi, 23-uy

114.

4.

Ibn Sino nomli shahar 1-son klinik shifoxonasi*

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani, Koʻkcha Darvoza koʻchasi, 40-uy

2023-2024-yillarda tashkil etiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

1.

Moʻynoq tumani tibbiyot birlashmasi

Moʻynoq tumani, Jalimbetov koʻchasi, 1-uy

2.

2.

Taxtakoʻpir tumani tibbiyot birlashmasi

Taxtakoʻpir tumani, Beskala koʻchasi, raqamsiz uy

Andijon viloyati

3.

1.

Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi

Shahrixon shahri, R. Yodgorov koʻchasi, 105-uy

Buxoro viloyati

4.

1.

Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi

Shofirkon tumani, Navroʻz koʻchasi, 112-uy

Qashqadaryo viloyati

5.

1.

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi

Qamashi tumani, Farovon koʻchasi, 25-uy

6.

2.

Nishon tumani tibbiyot birlashmasi

Yangi Nishon shaharchasi, A. Temur koʻchasi

Namangan viloyati

7.

1.

Chust tumani tibbiyot birlashmasi

Chust tumani, Sabzazor mahallasi

Samarqand viloyati

8.

1.

Pastdargʻom tumani tibbiyot birlashmasi

Pastdargʻom tumani, Beruniy koʻchasi, 20-uy

Surxondaryo viloyati

9.

1.

Jarqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasi

Jarqoʻrgʻon tumani, Shifokorlar koʻchasi, 1-uy

10.

2.

Angor tumani tibbiyot birlashmasi

Angor tumani, Shifokorlar koʻchasi, 14-uy

11.

3.

Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasi

Oltinsoy tumani, Boʻston koʻchasi, 5-uy

Sirdaryo viloyati

12.

1.

Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi

Sayxunobod tumani, Shifokorlar koʻchasi, 3-uy

Toshkent viloyati

13.

1.

Oʻrtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi

Oʻrtachirchiq tumani, Nilufar koʻchasi, 2-uy

14.

2.

Boʻstonliq tumani tibbiyot birlashmasi

Gʻazalkent shahri, A. Temur koʻchasi, 12-uy

15.

3.

Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi

Zangiota tumani, Markaziy shoh koʻchasi, raqamsiz uy

Fargʻona viloyati

16.

1.

Rishton tumani tibbiyot birlashmasi

Rishton tumani, A. Roshidoniy koʻchasi, 107-uy

17.

2.

Quva tumani tibbiyot birlashmasi

Quva tumani, Yetakchilar koʻchasi

18.

3.

Uchkoʻprik tumani tibbiyot birlashmasi

Uchkoʻprik tumani, Sogʻlom avlod koʻchasi

Xorazm viloyati

19.

1.

Urganch tumani tibbiyot birlashmasi

Urganch tumani, Ibn Sino koʻchasi, 12-uy

20.

2.

Tuproqqalʼa tumani tibbiyot birlashmasi

Tuproqqalʼa tumani, Xorazm koʻchasi, 1a-uy

* Tibbiyot birlashmalari tarkibida 53 ta mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlarining (keyingi oʻrinlarda — punktlar) shtat birliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan (hududiy ichki ishlar organlari uchun mahalliy budjetlar hisobidan kiritilishi mumkin boʻlgan cheklangan shtat birliklarini saqlash mablagʻlari doirasida) kiritiladi.
Qolgan 61 ta punktlarning faoliyati 2022-yilda hududiy sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining umumiy oʻrinlari va shtat birliklari doirasida tashkil etiladi.
Izoh:
Sogʻliqni saqlash vazirligi punktlar hamda ularga biriktirilgan tuman va shaharlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, punktlar sonini kengaytirish huquqiga ega.
2023-2024-yillarda punktlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligining takliflariga asosan, ehtiyojdan kelib chiqib, qoʻshimcha ravishda bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 07/22/244/0420-son; 21.01.2023-y., 07/23/12/0041; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)