1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, olib kirish va aylanmasini hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, respublikaga noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, shuningdek, maishiy texnika mahsulotlari qonuniy aylanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarori bilan “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilinganligi hamda “CRPT TURON” MCHJ mazkur tizimning operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) sifatida belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga muvofiq maishiy texnika mahsulotlarini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining maishiy texnika mahsulotlarini guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar boʻyicha quyidagicha belgilansin:
a) birinchi guruh — changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor — 2022-yil 15-apreldan boshlab;
b) ikkinchi guruh — maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich — 2022-yil 1-avgustdan boshlab;
v) uchinchi guruh — suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab.
3. Quyidagilar:
Majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 2-ilovaga muvofiq;
Import qiluvchi tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 3-ilovaga muvofiq;
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi 4-ilovaga muvofiq;
Maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
operator tomonidan majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan maishiy texnika mahsulotlarini raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlari mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etiladi;
maishiy texnika mahsulotlarining tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibini joriy qilish kuniga qadar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar operatorga markirovka kodlarini buyurtma qilishga hamda ushbu mahsulotlarni ularning qadoqlariga raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllagan holda ishlab chiqarishga haqli;
barcha turdagi lampalarni majburiy raqamli markirovkalashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish maqsadida raqamli markirovka kodlari operator tomonidan bepul taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
5. Belgilansinki, maishiy texnika mahsulotlarining tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab:
a) ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan maishiy texnika mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli markirovkasiz ishlab chiqarish hamda ular import qilinganda agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi;
b) olti oy mobaynida:
tegishli guruhdagi maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan raqamli markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini sotishga ruxsat beriladi;
markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlari ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul raqamli markirovkalanishga ruxsat beriladi;
v) toʻqqiz oy mobaynida tegishli guruhdagi maishiy texnika mahsulotlarini ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan raqamli markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini sotishga ruxsat beriladi;
g) toʻqqiz oy oʻtgach tegishli guruhdagi maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan keyingi aylanma ishtirokchilariga taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan hamda “Asl belgisi” MATga maʼlumot yuborgan holda amalga oshiriladi;
d) oʻn ikki oy oʻtgach:
tegishli guruhdagi maishiy texnika mahsulotlarini barcha aylanma ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan hamda “Asl belgisi” MATga maʼlumot yuborgan holda amalga oshiriladi;
tegishli guruhdagi maishiy texnika mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida raqamli markirovkasiz sotish taqiqlanadi.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), ularning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga “Asl belgisi” MATga ulanish hamda tegishli muddatlarda mazkur tizimga raqamli markirovkalangan mahsulotlarning muomalaga kiritilishi, muomalada boʻlishi va muomaladan chiqarilishi yuzasidan tegishli maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati yuklanadi;
majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarini markirovka qilinmasdan sotish (realizatsiya qilish) hollari savdo qoidalarini buzish (hujjatlari mavjud boʻlmagan tovarlarni sotish) sifatida qaralib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 164 va 166-moddalari.
7. Operator Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda “Asl belgisi” MATda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tegishli shartnomani imzolagan maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarni 2022-yil 15-aprelga qadar buyurtmalarni boshqarish stansiyasi bilan taʼminlasin, shu jumladan, mazkur uskunalardan masofaviy foydalanish imkoniyatini yaratsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi va operator bilan birgalikda 2022-yil 15-aprelga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar import qilinishi hamda ularning keyinchalik aylanmada boʻlishi yuzasidan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilinganligi toʻgʻrisida xorijiy davlatlar xabardor qilinishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy texnikalarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-aprel,
148-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga 1-ILOVA
Majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari
Oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich)
8509
8509400000
08509
4.
Barcha turdagi lampalar
8539,
8540
8539100009,
8539500000,
8540810000,
8540890000
08539,
08540
5.
Elektr akkumulyatorlar, shu jumladan, ular uchun separatorlar, toʻgʻriburchak (shu jumladan, kvadrat shaklidagi) yoki boshqa shakldagilar
8507
8507102002,
8507102003
08507
* roʻyxatda keltirilgan TIF TN hamda MXIK kodlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan “Asl belgisi” MAT operatori bilan kelishgan holda oʻzgartirilishi mumkin;
** ikki xil (ichki va tashqi) qurilmaga ega boʻlgan konditsionerlar uchun faqat ichki qurilma raqamli markirovkalanishi belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga 2-ILOVA
Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
GRAFIGI
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish muddati
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
Uchinchi guruh
1-bosqich. Raqamli markirovka tizimiga oʻtish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish
1.1.
“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.
2022-yil 5-aprelga qadar
2022-yil 5-mayga qadar
2022-yil 1-avgustga qadar
1.2.
Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish.
2022-yil 5-aprelga qadar
2022-yil 10-mayga qadar
2022-yil 10-avgustga qadar
1.3.
“Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni kiritish.
2022-yil 12-aprelga qadar
2022-yil 20-mayga qadar
2022-yil 1-sentabrga qadar
2-bosqich. Mahsulotni isteʼmol qadogʻiga maxsus joy ajratish. Zarur uskunalarni sotib olish va oʻrnatish
2.1.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va logistika tizimlarini oʻrganish.
2022-yil 8-aprelga qadar
2022-yil 20-mayga qadar
2022-yil 1-sentabrga qadar
2.2.
Talablarga muvofiq, mahsulotni isteʼmol qadogʻiga identifikatsiya vositasini yelimlash uchun maxsus joy ajratish.
2022-yil 8-aprelga qadar
2022-yil 10-iyunga qadar
2022-yil 10-sentabrga qadar
2.3.
Zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan shartnoma tuzish.
2022-yil 11-aprelga qadar
2022-yil 10-iyulga qadar
2022-yil 10-sentabrga qadar
2.4.
Zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni olib kelish.
2022-yil 11-aprelga qadar
2022-yil 15-iyulga qadar
2022-yil 15-oktabrga qadar
2.5.
Ishlab chiqarish liniyalarda zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni oʻrnatish.
2022-yil 12-aprelga qadar
2022-yil 25-iyulga qadar
2022-yil 25-oktabrga qadar
3-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish
3.1.
Majburiy raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish.
2022-yil 15-apreldan boshlab
2022-yil 1-avgustdan boshlab
2022-yil 1-noyabrdan boshlab
3.2
Mahsulotlarni raqamli markirovkalanishini yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini yoʻlga qoʻyish.
2022-yil 20-apreldan boshlab
2022-yil 10-avgustdan boshlab
2022-yil 10-noyabrdan boshlab
4-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish
4.1.
Zaruratga koʻra, agregatsiyalash tizimining tartib va qoidalarini oʻrganish.
2022-yil 1-iyulga qadar
2022-yil 1-dekabrga qadar
2023-yil 1-martga qadar
4.2.
Agregatsiyalash tizimining joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan shartnomalarni tuzish.
2022-yil 5-sentabrga qadar
2023-yil 5-yanvarga qadar
2023-yil 5-mayga qadar
4.3.
Uskuna va dasturiy mahsulotlari oʻrnatilinishini taʼminlash.
2022-yil 20-dekabrga qadar
2023-yil 20-martga qadar
2023-yil 20-iyulga qadar
4.4.
Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2023-yil 20-yanvardan boshlab
2023-yil 1-maydan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
5-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish
5.1.
Markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash.
2022-yil 15-oktabrga qadar
2023-yil 1-fevralga qadar
2023-yil 1-mayga qadar
5.2.
Raqamli markirovka kodlari yuzasidan maʼlumotlarni elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash
2023-yil 20-yanvardan boshlab
2023-yil 1-maydan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
5.3.
Maishiy texnika mahsulotlarini savdo subyektlariga realizatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish
2023-yil 25-yanvardan boshlab
2023-yil 5-maydan boshlab
2023-yil 5-avgustdan boshlab
5.4.
Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish
2023-yil 15-apreldan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 1-noyabrdan boshlab
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga 3-ILOVA
Import qiluvchi korxonalar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
GRAFIGI
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish muddati
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
Uchinchi guruh
1-bosqich. Raqamli markirovka tizimiga oʻtish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish
1.1.
“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.
2022-yil 5-aprelga qadar
2022-yil 10-mayga qadar
2022-yil 5-avgustga qadar
1.2.
Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish.
2022-yil 5-aprelga qadar
2022-yil 15-mayga qadar
2022-yil 15-avgustga qadar
1.3.
“Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni kiritish.
2022-yil 8-aprelga qadar
2022-yil 20-iyunga qadar
2022-yil 15-sentabrga qadar
1.4.
“Asl belgisi” MAT Operatoridan raqamli markirovka kodlarini buyurtma qilish hamda raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun yuborishni yoʻlga qoʻyish.
2022-yil 15-apreldan boshlab
2022-yil 20-iyundan boshlab
2022-yil 15-sentabrdan boshlab
1.5.
Raqamli markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish.
2022-yil 15-aprelga qadar
2022-yil 1-avgustga qadar
2022-yil 1-noyabrga qadar
2-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish
2.1.
Majburiy raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlari olib kirilishini yoʻlga qoʻyish.
2022-yil 15-apreldan boshlab
2022-yil 1-avgustdan boshlab
2022-yil 1-noyabrdan boshlab
2.2.
Mahsulotlarni raqamli markirovkalanishini yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini yoʻlga qoʻyish.
2022-yil 20-apreldan boshlab
2022-yil 10-avgustdan boshlab
2022-yil 10-noyabrdan boshlab
2.3.
Import qilinadigan mahsulotlar partiyasi boʻyicha agregatsiyalangan import kodini bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettirilishini yoʻlga qoʻyish.
2022-yil 1-maydan boshlab
2022-yil 1-oktabrdan boshlab
2023-yil 1-fevraldan boshlab
3-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish
3.1.
Zaruriyati mavjud boʻlsa, agregatsiyalash tizimini tartib va qoidalarini oʻrganish.
2022-yil 1-iyulga qadar
2022-yil 1-dekabrga qadar
2023-yil 1-martga qadar
3.2.
Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish.
2023-yil 20-yanvardan boshlab
2023-yil 1-apreldan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
4-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish
4.1.
Markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash.
2022-yil 15-oktabrga qadar
2023-yil 1-fevralga qadar
2023-yil 1-mayga qadar
4.2.
Raqamli markirovka kodlari yuzasidan maʼlumotlarni elektron hisob-varaq fakturalarga biriktirilishini taʼminlash.
2023-yil 20-yanvardan boshlab
2023-yil 1-maydan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
4.3.
Maishiy texnika mahsulotlarini savdo subyektlariga realizatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.
2023-yil 25-yanvardan boshlab
2023-yil 5-maydan boshlab
2023-yil 5-avgustdan boshlab
4.4.
Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.
2023-yil 15-apreldan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 1-noyabrdan boshlab
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga 4-ILOVA
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish
GRAFIGI
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish muddati
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
Uchinchi guruh
Ulgurji savdo
Chakana savdo
Ulgurji savdo
Chakana savdo
Ulgurji savdo
Chakana savdo
1.
“Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash.
2022-yil 10-may
2022-yil 15-iyul
2022-yil 15-sentabr
2022-yil 15-oktabr
2023-yil 15-yanvar
2023-yil 15-fevral
2.
Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi boʻyicha masʼul xodimlarni oʻrgatish.
2022-yil 20-may
2022-yil 25-iyul
2022-yil 25-sentabr
2022-yil 25-oktabr
2023-yil 25-yanvar
2023-yil 25-fevral
3.
Markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlarini qabul qilish yuzasidan zarur uskuna va dasturiy mahsulotlar oʻrnatilishini taʼminlash.
2022-yil 10-iyul
2022-yil 10-sentabr
2022-yil 10-noyabr
2022-yil 10-dekabr
2023-yil 10-mart
2023-yil 10-aprel
4.
Ixtiyoriy ravishda “Asl belgisi” MAT Operatori tomonidan markirovka kodlarini bepul olgan holda markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini raqamli markirovkalanishini amalga oshirish.
2022-yil 15-oktabrga qadar
2022-yil 15-oktabrga qadar
2023-yil 1-fevralga qadar
2023-yil 1-fevralga qadar
2023-yil 1-mayga qadar
2023-yil 1-mayga qadar
5.
Markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlari bevosita ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardan, shu jumladan ulgurji savdo korxonalaridan sotib olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini taʼminlash.
2023-yil 25-yanvardan boshlab
2023-yil 15-fevraldan boshlab
2023-yil 10-apreldan boshlab
2023-yil 10-maydan boshlab
2023-yil 10-avgustdan boshlab
2023-yil 10-oktabrdan boshlab
6.
Raqamli markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash.
2023-yil 15-yanvardan boshlab
2023-yil 15-apreldan boshlab
2023-yil 1-apreldan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 1-noyabrdan boshlab
7.
Maishiy texnika mahsulotlarining realizatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.
2023-yil 15-fevraldan boshlab
2023-yil 15-apreldan boshlab
2023-yil 10-maydan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 10-oktabrdan boshlab
2023-yil 1-noyabrdan boshlab
8.
Markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlari sotilishi va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash.
2023-yil 15-yanvarga qadar
2023-yil 15-aprelga qadar
2023-yil 1-aprelga qadar
2023-yil 1-avgustga qadar
2023-yil 1-avgustga qadar
2023-yil 1-noyabrga qadar
9.
Maishiy texnika mahsulotlarining yakuniy isteʼmolchiga realizatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish.
2023-yil 5-apreldan boshlab
2023-yil 5-apreldan boshlab
2023-yil 20-iyundan boshlab
2023-yil 20-iyundan boshlab
2023-yil 20-oktabrdan boshlab
2023-yil 20-oktabrdan boshlab
10.
Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish.
2023-yil 15-apreldan boshlab
2023-yil 15-apreldan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 1-avgustdan boshlab
2023-yil 1-noyabrdan boshlab
2023-yil 1-noyabrdan boshlab
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga 5-ILOVA
Maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan maishiy texnika mahsulotlarini (keyingi oʻrinlarda — maishiy texnika mahsulotlari) raqamli markirovkalashni va kuzatilishini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
agregatsiyalangan import kodi — operator tomonidan shakllantiriladigan va bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladigan, oʻzi bilan har bir mahsulotning markirovka kodlarini birlashtiruvchi mahsulotlarning alohida jamlanmasi uchun belgilarning takrorlanmas ketma-ketligi;
agregatsiyalash — maishiy texnika mahsulotlarini transport oʻramini buzmagan holda aylanma zanjiri boʻylab harakatini kuzatilishini taʼminlash maqsadida identifikatsiya vositalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliq maʼlumotlarni saqlab qolish orqali isteʼmol qadoqlarni transport oʻramiga, shuningdek, transport oʻramlarini yuqori bosqichdagi transport oʻramiga birlashtirish jarayoni;
isteʼmol qadogʻi — transport idishi funksiyasini bajarmaydigan, isteʼmolchiga mahsulot bilan birgalikda tushgan idish;
maishiy texnika mahsulotini import qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti sifatida roʻyxatga olingan va mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
maishiy texnika mahsulotlari — changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovutkichlar, muzlatkichlar, televizor va monitor, maishiy gaz pechi, oshxona dudboʻroni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitgich, suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich va boshqalar) hamda barcha turdagi lampalar;
maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi — maishiy texnika mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, saqlash, tashish, qabul qilish va yetkazib berish, shu jumladan, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish va sotish;
maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi — maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi, Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti boʻlgan yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxs;
maishiy texnika mahsulotlarini muomaladan chiqarish — mazkur Nizomga muvofiq quyidagi holatlar maishiy texnika mahsulotlarini muomaladan chiqarilganligi hisoblanadi:
raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlarini jismoniy shaxsga shaxsiy isteʼmol uchun realizatsiya qilish (sotish);
maishiy texnika mahsulotlariga egalik huquqini boshqa shaxsga berish, tekin berish, huquqlarini berish nazarda tutuvchi shartnomalar asosida markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlarini jismoniy shaxslarga shaxsiy isteʼmol uchun berish;
maishiy texnika mahsulotlarini yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga oʻz ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish, yaʼni ularni keyinchalik sotuvga qoʻymaslik maqsadida realizatsiya qilish (sotish);
maishiy texnika mahsulotlarini utilizatsiya qilish, yoʻq qilish, qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqotish;
oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida realizatsiya qilish (sotish);
maishiy texnika mahsulotlarini qayta markirovkalash — ilgari qoʻllanilgan raqamli identifikatsiyalash vositalarining yoʻqolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan mazkur Nizomga muvofiq maishiy texnika mahsulotiga yoki mahsulot yorligʻiga raqamli identifikatsiyalash vositalarini qayta yelimlash;
markirovkalash axborot tizimi — “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT);
markirovkalangan mahsulotlar katalogi — raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni kataloglashtirish va saqlash uchun joriy qilingan hamda mahsulotning markirovka kodining yagona manbai hisoblanuvchi “Asl belgisi” MATning quyi tizimi;
markirovka tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Operator) — “Asl belgisi” MATning yaratilishi, rivojlantirilishi, takomillashtirilishi va ishlatilishini, shuningdek, uning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi, shuningdek, axborotlarni qabul qilish, saqlash va qayta ishlashni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxs;
markirovka kodi — mazkur Nizom talablariga muvofiq maishiy texnika mahsulotlarini aniqlash uchun Operator tomonidan ishlab chiqarilgan raqamli identifikatsiyalash kodi va tekshirish kodidan iborat belgilarning takrorlanmas ketma-ketligi;
mahsulot kodi — tegishli mahsulot nomenklaturasi uchun mahsulot haqidagi maʼlumotlarning ishonchli hisobini va saqlanishini taʼminlaydigan, axborot resursida tavsiflangan mahsulotlar guruhiga berilgan yagona kod;
mahsulot aylanmasining ishtirokchisi — maishiy texnika mahsulotlarini muomalaga kiritishni va (yoki) muomaladan chiqarishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti boʻlgan yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxs;
muomalaga kiritish — Oʻzbekiston Respublikasi hududida maishiy texnika mahsulotlarini (shu jumladan, shartnoma asosida) ishlab chiqarishda — ishlab chiqaruvchi tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini sotish (realizatsiya qilish) boʻyicha taklif qilish yoki maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchidan yangi egasiga birlamchi pullik yoki tekin berish yoxud boshqa shaxs ularni bunday shaxsga begonalashtirish maqsadida yoki keyinchalik sotish maqsadida ushbu mahsulotlarni tarqatish. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan maishiy texnika mahsulotlarini olib kelishda — import qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ichki isteʼmolga (realizatsiyaga) chiqarish;
raqamli identifikatsiyalash vositalari — maishiy texnika mahsulotlari yoki ularning mahsulot yorligʻiga qoʻllash uchun mazkur Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan, apparat dasturlarida oʻqiladigan hamda shtrix shaklida taqdim etilgan markirovka kodi.
3. Quyidagilar majburiy raqamli mahsulotlarni markirovkalash tizimini joriy etishning maqsadlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarishga va muomalada boʻlishiga qarshi kurashish;
qonunchilikda koʻzda tutilmagan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va ularning muomalada boʻlishi sxemalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida aylanma ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
mahsulot aylanishini hisobga olish tartibini standartlashtirish va unifikatsiya qilish.
4. Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli markirovkalashni joriy qilish tartibi, aylanmasi ishtirokchilarining “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtkazish va tizim bilan axborot almashinuvi tartibi, mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi hamda aylanmaga kiritilishi, ularning aylanmasi va aylanmadan chiqarish maʼlumotlarini taqdim etish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot tizimida mavjud maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari bilan tartibga solinadi.
2-bob. Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli identifikatsiyalash vositasi yordamida majburiy markirovkalashning asosiy xususiyatlari
5. Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan majburiy markirovkalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va tayyor mahsulot sifatida sotilishidan oldin identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan maishiy texnika mahsulotlarining raqamli markirovkalanishini amalga oshiradi.
7. Maishiy texnika mahsulotlarini import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan maishiy texnika mahsulotlarini olib kirish davomida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish vaqtida agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlarni bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatadi.
8. Ulgurji va chakana savdoni amalga oshiradigan maishiy texnika mahsulotlari aylanmasining ishtirokchilari sotib olish operatsiyalari doirasida mahsulotni taklif qilishda, shu jumladan, maishiy texnika mahsulotlarini isteʼmolchi tomonidan qaytarish davomida, maishiy texnika mahsulotlariga ilgari joylashtirilgan raqamli identifikatsiyalash vositalarini oʻqish mumkin boʻlmaganda, shikastlangan yoki yoʻqolgan taqdirda, maishiy texnika mahsulotlarining qayta markirovkalanishini taʼminlaydi.
9. Komissiya agenti yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslardan sotuvga qabul qilingan markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlarining markirovkasini taʼminlaydi, shu jumladan, komissiya shartnomalari doirasida markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlarini realizatsiya qilishga (sotishga) qoʻyishdan oldin, ularni markirovkalashni taʼminlaydi.
10. Maishiy texnika mahsulotida yoki uning yorligʻida identifikatsiyalash vositasi yoʻqolgan yoki shikastlangan taqdirda, maishiy texnika mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi oldi-sotdi operatsiyalari doirasida yetkazib beriladigan (sotiladigan), shu jumladan, yakuniy isteʼmolchi tomonidan qaytarilgan ilgari raqamli markirovkalangan maishiy texnika mahsulotlari qayta markirovkalanishini taʼminlaydi.
Mahsulotni qayta markirovkalash talab qilinadigan holatlar:
identifikatsiyalash vositasi yoʻqolgan yoki shikastlanganda;
xaridor tomonidan mahsulotlar qaytarilganda (identifikatsiyalash vositasi mavjud boʻlmasa). Bunda agar identifikatsiyalash vositasi mavjud boʻlsa, mahsulot aylanmasi onlayn nazorat kassa texnikasi orqali amalga oshiriladi va mahsulotni qayta markirovkalanishi talab qilinmaydi;
mahsulot yuzasidan “Asl belgisi” MATda xatolar yoki tafovutlar mavjud boʻlganda.
11. Maishiy texnika mahsulotlari qayta markirovkalanishi talab qilinganda, maishiy texnika mahsulotining egasi (ulgurji yoki chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot) tomonidan yangi markirovka kodlari buyurtma qilinadi, identifikatsiyalash vositalariga aylantiradi hamda mazkur mahsulotlarni qayta raqamli markirovkalaydi.
Bunda mahsulotning amaldagi egasi (ulgurji yoki chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar) markirovkalanadigan mahsulotlar katalogida mahsulotning vaqtinchalik (texnik) maʼlumot kartasini yaratadi. Markirovka kodini buyurtma qiladi va qayta markirovkalashni amalga oshiradi. Qayta markirovkalash uchun buyurtma qilingan markirovka kodlari qonunchilikda Operator tomonidan markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish uchun yagona toʻlov miqdorida belgilanadi.
12. Qayta markirovkalashni amalga oshirgan maishiy texnika mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi “Asl belgisi” MATga quyidagi maʼlumotlarni yuborishi shart:
qayta markirovkalashni amalga oshirgan maishiy texnika mahsulotlari muomalasi ishtirokchisining STIRi;
markirovka kodi buyurtma qilinadigan mahsulot yuzasidan maʼlumotlar;
mahsulotlarni muomalaga kiritish (qayta markirovkalash) usuli;
mahsulotni qayta markirovkalashning sababi;
Raqamli markirovkalangan mahsulotning qaytarilganligini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari (xaridor tomonidan identifikatsiyalash vositasi yoʻqotilgan yoki shikastlangan mahsulot qaytarilgan taqdirda).
13. Mahsulotlar qayta markirovkalanishi tartibi identifikatsiyalash vositasi yordamida raqamli markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlarining sotilishi taqiqlangan paytdan boshlab majburiy ravishda talab qilinadi.
14. Maishiy texnika mahsulotlari muomalasi ishtirokchisiga (ulgurji yoki chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar) tegishli guruhdagi markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini olti oy davomida ixtiyoriy ravishda raqamli markirovkalashga ruxsat beriladi.
Bunda mahsulotning amaldagi egasi (ulgurji yoki chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot) markirovkalanadigan mahsulotlar katalogida mahsulotning vaqtinchalik (texnik) maʼlumot kartasini yaratadi, markirovka kodini buyurtma qiladi hamda mahsulotlarning qoldiqlari raqamli markirovkalanishini amalga oshiradi.
15. Markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarining raqamli markirovkalanishi amalga oshirilganda Operator tomonidan markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar bepul koʻrsatiladi.
16. Markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarining raqamli markirovkalanishi amalga oshirilganda maishiy texnika mahsulotlari muomalasi ishtirokchisi quyidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga yuborishi shart:
mahsulotlar qoldiqlari raqamli markirovkalanishini amalga oshirgan maishiy texnika mahsulotlari muomalasi ishtirokchisining STIRi;
markirovka kodi buyurtma qilinadigan mahsulot yuzasidan maʼlumotlar;
buyurtma qilingan markirovka kodi soni;
mahsulotlarni muomalaga kiritish (mahsulotlar qoldiqlarini raqamli markirovkalash) usuli.
3-bob. Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli identifikatsiyalash vositasi yordamida majburiy raqamli markirovkalash bosqichlari va muddatlari
17. Maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiyalash vositalari yordamida majburiy raqamli markirovkalash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari hamda mazkur Nizom bilan belgilangan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlariga muvofiq joriy qilinadi.
18. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchi tashkilotlar 2022-yil 1-apreldan boshlab identifikatsiya vositalarini shakllantirish, ularni maishiy texnika mahsulotlarini isteʼmol hamda guruhlangan qadoqlariga tushirilishi uchun zarur boʻlgan markirovkalash kodlarini Operatorga tegishli toʻlovlarni amalga oshirgan holda buyurtma qilishga haqli.
19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiyalash vositalari yordamida raqamli markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlarini mazkur qarorga 2 va 3-ilovalarda koʻrsatilgan muddatlarga qadar muomalaga kiritishga ruxsat beriladi.
4-bob. Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli identifikatsiyalash vositalarining xususiyatlari, shu jumladan, markirovka kodlarining tuzilishi va formati
20. Maishiy texnika mahsulotlarining raqamli markirovkalanishi ikki oʻlchovli shtrix-kod (GS1 DataMatrix) yordamida mahsulotning qadoqlash joyiga yoki boshqa axborot tashuvchisiga qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
21. Mahsulotlar va mahsulot yorliqlarida raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash sifatiga qoʻyiladigan talablar:
a) ISO/IEC 16022 “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Data Matrix shtrix-kodining simbologiyasi” (ISO/IEC 16022 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Data Matrix bar code symbology specification”) xalqaro standartiga muvofiqligi;
DataMatrix ECC200ga teng yoki undan yaxshiroq xatolarni aniqlash va tuzatish usuli yordamida chop etish;
b) ISO/IEC 15415 “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish texnologiyalari. Chop etish sifatini baholash uchun shtrix kodi ramzlarining test spetsifikatsiyasi. Ikki oʻlchamli ramzlar” (ISO/IEC 15415 “Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Bar code print quality test specification — Two-dimensional symbols”) xalqaro standarti asosida ASSII kodlashdan foydalanish.
22. Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli identifikatsiyalash vositasida 4 ta maʼlumotlar guruhini oʻz ichiga olgan markirovka kodi mavjud boʻlib, ulardan birinchi va ikkinchi guruhlar identifikatsiyalash kodini, uchinchi va toʻrtinchi guruhlar tasdiqlash kodini, shu bilan birga:
birinchi guruh 14 ta raqamdan iborat va belgilangan qoidalarga muvofiq maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Operator tomonidan ishlab chiqarilgan dastur identifikatori (01) oldidan qoʻyilgan mahsulot kodini oʻz ichiga oladi;
ikkinchi guruh 20 ta belgidan (lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) iborat va mahsulot birligining alohida seriya raqamini oʻz ichiga oladi, undan oldin dastur identifikatori (21) qoʻyiladi va Operator yoki maishiy texnika mahsulotlar aylanmasi qatnashuvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Bu maʼlumotlar guruhining tugatuvchi belgisi — ASSII belgilar jadvalidagi 29 ta ajratuvchi belgilar kodi;
uchinchi guruh 4 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) tekshirish kalitining identifikatori (individual tartib raqami) va dastur qoʻllash kodi bilan identifikatsiyalanadi (91) va Operator tomonidan yaratiladi. Ushbu maʼlumotlar guruhi uchun tugatish belgisi ASCII belgilar jadvalidagi 29 kodi bilan maxsus ajratuvchi belgi boʻlishi lozim;
toʻrtinchi guruh 44 ta belgidan iborat (raqamlar, lotin alifbosining kichik va katta harflari, shuningdek, maxsus belgilar) va dastur identifikatoridan oldin (92) tasdiqlash kodini oʻz ichiga oladi va Operator tomonidan ishlab chiqariladi. Mazkur maʼlumotlar guruhining tugatuvchi belgisi ASSII belgilar jadvalidagi 29 ta maxsus ajratuvchi belgilar kodi.
23. Yuk tashish oʻramining identifikatsiyalash kodi GS1-128 xalqaro talablariga muvofiq bir oʻlchovli shtrix-kod koʻrinishida taqdim etiladi.
24. Agregatsiyalangan import kodi Operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan maishiy texnika mahsulotlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar “Asl belgisi” MATda importyor buyurtmasiga muvofiq shakllantiriladi.
25. Shtrix-kodli maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya qilish vositalari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiyasi vositasini topish ehtimoli 1:10000dan kam boʻlishi kerak;
xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi ASS200 DataMatrix funksiyasiga teng yoki undan yaxshiroq boʻlishi kerak.
26. “Asl belgisi” MAT maishiy texnika mahsulotlari uchun identifikatsiyalash vositalarida mavjud boʻlgan markirovka kodini qayta ishlab chiqarishga (yaratishga) ruxsat berilmaydi.
5-bob. Maishiy texnika mahsulotlariga raqamli identifikatsiyalash vositalarini yelimlash tartibi
27. Maishiy texnika mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan, aylanmaga kiritilgan va qaytarilgan taqdirda, maishiy texnika mahsulotlarining raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki saqlash joylarida amalga oshiriladi.
Boshqa davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga maishiy texnika mahsulotlari olib kirilgan taqdirda, ularga raqamli identifikatsiyalash vositalarini yelimlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:
maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish vaqtida;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini oʻtmasdan, boshqa davlatlarning hududida;
bojxona ombori hududida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar.
28. Raqamli identifikatsiyalash vositalari maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan mahsulotning isteʼmol qadogʻiga (majburiy), mahsulotning oʻziga (oʻz xohishiga koʻra) va mahsulot pasportiga (oʻz xohishiga koʻra) yelimlanadi, bunda identifikatsiya vositasining maishiy texnika qadogʻidan koʻchib ketmasligi va zarar yetkazmasdan ajratishga imkon bermasligi taʼminlanadi.
29. Raqamli identifikatsiyalash vositasi oʻrash lentasiga yoki boshqa tashqi oʻrash materialiga bosilmagan yoki boshqa maʼlumotlar bilan qoplanmagan boʻlishi kerak.
30. Raqamli identifikatsiyalash vositasi 14x14 millimetrdan kam boʻlmagan oʻlchamda maxsus ajratilgan kontrast maydonga yelimlanadi hamda skaner yoki mobil qurilma orqali skanerlashga imkon mavjudligini taʼminlaydi.
6-bob. Maishiy texnika mahsulotlarni agregatsiyalash
31. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar maishiy texnika mahsulotlarining tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab 9 oy oʻtgach maishiy texnika mahsulotlarini agregatsiyalashni amalga oshirishi mumkin.
32. Alohida qadoqni guruhlangan qadoqqa va guruhlangan qadoqni transport qadogʻiga agregatsiyalash amalga oshirilgandan soʻng agregatsiyalangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan mahsulot aylanmasining keyingi ishtirokchisiga uzatishdan (sotishdan) avval “Asl belgisi” MATga kiritiladi.
33. Maishiy texnika mahsulotlarni agregatsiyalash tartibi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida qayd etilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
34. “Agregatsiyalash tadbirini amalga oshirish maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi quyidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga yuboradi:
agregatsiyalashni amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisi STIRi;
ishlab chiqarish liniyasining identifikatori;
ishlab chiqarish buyurtmasi identifikatori;
agregatsiyalashga rejalashtirilgan qadoqlar soni;
haqiqatda agregatsiyalangan qadoqlar soni;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadoqning identifikatsiya kodi;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻiga kiritilgan agregirlangan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati;
35. Transport qadogʻining identifikatsiya kodi agregatsiyalash tadbirini amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tomonidan yaratiladi (generatsiya qilinadi) hamda “ISO/IEC 15459-1:2006 “Information technology-Unique identifiers-Part 1: Unique identifiers for transport units” standarti talablariga muvofiq qadoqning ustida qoʻllaniladi.
36. Operator quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, mahsulot aylanmasining ishtirokchisiga agregatsiyalash maʼlumotlarini qabul qilishni hamda transport qadogʻining maʼlumotlarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi:
mahsulot aylanmasi ishtirokchisi bitta yoki bir nechta agregatsiyalanadigan qadoqlardagi markirovkalash kodlarining egasi emas;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati noyob boʻlmagan (takrorlangan) belgilardan tashkil qilingan;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida “Asl belgisi” MATda markirovkalash kodlari qoʻllanilganligi yoki markirovkalash kodlari uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi yuzasidan maʼlumotlar mavjud emas;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida aylanmadan chiqarilgan holatida boʻlgan markirovkalash kodlari mavjud;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida boshqa mahsulot turlari uchun buyurtma qilingan markirovkalash kodlari mavjud;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi qabul qilingan formatga muvofiq emas;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi “Asl belgisi” MATda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan.
37. Operator quyidagi holatlarda guruhlangan yoki transport qadogʻining agregatsiyasini buzish (bekor qilish) tadbirini amalga oshiradi:
“Asl belgisi” MATda guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlari qayta agretsiyalangan;
“Asl belgisi” MATga guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlarining aylanmaga kiritilishi, aylanmada boʻlishi yoki aylanmadan chiqarilganligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilgan.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
39. Mazkur Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Maishiy texnika mahsulotlarini raqamli markirovkalash va kuzatib borish
SXEMASI
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazish
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatilishi boʻyicha milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi — MMK MAT) shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar ariza Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:
subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;
subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi. Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Operator
Vaqtinchalik nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
2-bosqich. Maishiy texnika mahsulotlari yuzasidan maʼlumotlarni katalogka kiritish
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi
Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda maishiy texnika mahsulotlari yuzasidan maʼlumotlarni “Markirovkalangan mahsulotlar katalogi”ga kiritish boʻyicha tegishli maʼlumotlarni MMK MATga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki ularni MMK MATning veb-saytida shakllantiradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:
arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatiga kiritadi;
maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisini maishiy texnika mahsulotlarini roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi
Mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan maishiy texnika mahsulotlarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olishga Operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanomani yuboradi.
Real vaqt rejimida
Operator
Agar buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlar Nizom talablariga muvofiq boʻlsa:
kerakli miqdordagi markirovkalash kodlarini seriyalashtiradi;
maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki maishiy texnika mahsulotlarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.
Real vaqt rejimida
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi
Operatorga roʻyxatdagi kodlar olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.
Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida
Identifikatsiyalash vositasi maishiy texnika mahsulotlarda qoʻllanilishini taʼminlaydi.
MMK MATga markirovkalash kodlaridan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Maishiy texnika mahsulotlarning qutilarida identifikatsiyalash vositalari qoʻllanilgandan soʻng
4-bosqich. Maishiy texnika mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanishini monitoring qilish
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Maishiy texnika mahsulotlar agregatsiyasini amalga oshiradi.
Real vaqt rejimida
MMK MAT orqali avtomatik rejimda Operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.
Real vaqt rejimida
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)
Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki tovarlar sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida maishiy texnika mahsulotlar muomalasi subyektlari oʻrtasida maishiy texnika mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:
Maishiy texnika mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida tovar yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;
tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnoma imzolanadi;
topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini MMK MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisobvaraq-faktura maʼlumotlari bilan integratsiyalashtiradi.
Maishiy texnika mahsulotlarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi (import qiluvchi)
Import qilinayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiradi.
Real vaqt rejimida
“Erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan tovarlarni chiqarilganligi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
bojxona organi kodi;
tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;
tovar deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
TIF TN kodlari;
transport qadoqlarining markirovka kodi va tovar nomi;
tovarning kelib chiqish mamlakati kodi.
Real vaqt rejimida
Operator
maʼlumotlarni olgandan keyin ularni MMK MAT reyestrida aks etilishini taʼminlaydi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich. Maishiy texnika mahsulotlarini muomaladan chiqarish
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi
Ulgurji tashkilot maishiy texnika mahsulotlarni onlayn — kassa apparatlari mavjud boʻlmagan chakana tashkilotlarga sotayotgan hollarda, maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi — ulgurji savdo tashkiloti sotiladigan maishiy texnika mahsulotlar qadoqlarida qoʻllanilgan identifikatsiya vositasini onlayn-kassa apparatlari bilan birlashtirilgan texnik vositalar yordamida skanerlaydi va taniydi.
Real vaqt rejimida
Maishiy texnika mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi
Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn-kassa apparati orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritiladi.
Real vaqt rejimida
Fiskal maʼlumotlar operatori
Nazorat kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat kassa mashinasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATga uzatadi. Onlayn-kassa apparati ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.
Maishiy texnika mahsulotlar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda
Operator
Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya vositasi bilan raqamli markirovkalangan Maishiy texnika mahsulotlarning muomaladan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MMK MATda aks ettiradi.
Real vaqt rejimida
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koʻrsatish qoidalarining 2-bandi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq boʻlgan boshqa joylarda) quyidagi maʼlumotlar joylashtirilishi kerak:
yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — oʻz korxonasining nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) hamda ushbu maʼlumotlarni (ish rejimi bundan mustasno) skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;
yakka tartibdagi tadbirkor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik va roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.
Maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“oʻz korxonasining toʻliq nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda) joylashtirishi. Bunda maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi”;
“davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik va roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kodni xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq boʻlgan boshqa joylarda) joylashtirishi. Bunda maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida:
“Xaridorning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan joylarda, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq boʻlgan boshqa joylarda) quyidagi maʼlumotlar joylashtirilishi kerak:
sotuvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — oʻz korxonasining nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), shuningdek, uning joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) hamda ushbu maʼlumotlarni (ish rejimi bundan mustasno) skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;
sotuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik va roʻyxatdan oʻtkazgan organning nomi, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi”;
190-bandining toʻrtinchi xatboshisida “(STIR)” degan soʻzdan keyin “hamda ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “(STIR)” degan soʻzdan keyin “hamda ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
26-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “(STIR)” degan soʻzdan keyin “hamda ushbu maʼlumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda 12-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq tekshiruvlari natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar, yigʻimlar va (yoki) moliyaviy jarimalar summalarining 10 foiziga qadar miqdorida mukofotlash;”
5. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarorida:
“agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunda markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlariga identifikatsiya vositalarini bojxona ombori hududida yelimlash talab qilinadi”;
6. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarning xorijiy ishlab chiqaruvchilariga markirovkalash kodlarini taqdim etish boʻyicha xizmatlar haqini chet el valyutasida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mazkur kodlar berilgan kundagi kursi boʻyicha milliy valyutada tasdiqlangan tarif miqdorida toʻlash huquqi beriladi”;
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
savdo shoxobchalarini shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) bilan taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin;
maxsus qurilmalarni xarid qilgan tadbirkorlik subyektlarining belgilangan imtiyozlardan foydalanishi toʻgʻrisida keng targʻibot tadbirlarini amalga oshirib borsin;
ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash boʻyicha talablarning bajarilishi, shuningdek, mazkur mahsulotlarning aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat qilib borsin”;
“sotishga tayyor boʻlmagan, shu jumladan, isteʼmol oʻramiga qadoqlanmagan mahsulotlarga, shu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan saqlanishida”;
“j” kichik banddagi “sotib olishda, saqlashda, transportda tashishda” soʻzlari “saqlashda va transportda tashishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Raqamli identifikatsiyalash vositalari bosib tushirilmagan mahsulotlarni sotib olishda, saqlashda, aylanmaga kiritishga va raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida mahsulotlarni markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritishga hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalanmagan mahsulotlar aylanmasi va aylanmadan chiqarilishiga muvofiq mahsulot guruhi uchun raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalash xususiyatlari bilan belgilangan sanagacha yoʻl qoʻyiladi.
Majburiy raqamli markirovkalash boshlanini belgilangan sanadan soʻng mahsulotlarni raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllamasdan muomalaga kiritish va markirovkalash axborot tizimiga maʼlumot yubormaslik, shuningdek, raqamli identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish, saqlash, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, shu jumladan, ushbu operatsiyalarni tegishli mahsulot guruhi uchun identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari bilan belgilangan meʼyorlarni yohud ushbu Qoidalarni buzgan holda amalga oshirish, majburiy raqamli markirovkalash qoidalarni buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi”;
“agregatsiyalangan import kodi — operator tomonidan shakllantiriladigan va bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladigan, oʻzi bilan har bir mahsulotning markirovka kodlarini birlashtiruvchi mahsulotlarning alohida jamlanmasi uchun belgilarning takrorlanmas ketma-ketligi;”
“mahsulotlarni aylanmaga kiritish — mahsulotni ishlab chiqarishda:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida — ishlab chiqaruvchidan yangi mulkdorga yoki boshqa shaxsga bunday shaxsga uning tasarruf etishi maqsadida yoki uni tarqatish va (yoki) qoʻllash uchun erishimli qiluvchi keyingi sotilishi uchun mahsulotning birlamchi pulli yoki bepul uzatilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan maishiy texnika mahsulotlari — import qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ichki isteʼmolga chiqarish (realizatsiya);
markirovkalash maqsadida mahsulotlarni aylanmaga kiritish quyidagicha eʼtirof etiladi:
mahsulotning kelajakda sotilishi (savdosi) bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan avval sotib olingan mahsulotning ularga pulli yoki bepul uzatilishi;
yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarni pulli va (yoki) bepul berib yuborish, egasiz, muomaladan chiqarilgan, musodara qilingan, taqiq qoʻyilgan, sud va vakolatli organlarning qaroriga muvofiq davlat hisobiga oʻtkazilgan mulkni qonunchilikka muvofiq yangi mulkdorga sotish;
komissiya shartnomalari doirasida yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxslardan olingan mahsulotlarning komissioner tomonidan sotilishi (savdosi)”;
oʻn birinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga sotilishi” soʻzlaridan keyin “mahsulotni” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“raqamli markirovkalangan mahsulot — mazkur Qoidalar talablariga rioya etish bilan raqamli identifikatsiyalash vositalari bosib tushirilgan va u haqidagi haqqoniy maʼlumotlar (jumladan, unga bosib tushirilgan raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) markirovkalash axborot tizimida saqlanuvchi mahsulot”;
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“raqamli markirovkalanmagan mahsulot — raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan va (yoki) buzilgan (oʻqilmaydigan) raqamli identifikatsiya vositasiga ega boʻlgan va (yoki) soxta (soxtalashtirilgan) markirovka kodlari bilan markirovkalangan va (yoki) ushbu Qoidalarning (shu jumladan, markirovka kodlarini qayta ishlatish, Operator tomonidan mahsulotlar aylanmasining boshqa ishtirokchisiga va (yoki) boshqa mahsulotlar guruhini markirovkalash maqsadida berilgan markirovka kodlaridan foydalanish) talablarini buzilgan holda markirovkalangan mahsulotlar;”
7, 10, 53, 54, 55, 56, 71, 72 va 81-bandlardagi “agregatsiyalangan bojxona kodi” soʻzlari “agregatsiyalangan import kodi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmagan”;
“Markirovka kodlarini olish uchun mahsulot aylanmasining ishtirokchisi Operator bilan markirovkalash kodlarini taqdim etish boʻyicha shartnoma tuzadi, uning standart shakli Operator tomonidan tasdiqlanadi va Operatorning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Bunda markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish uchun yagona toʻlovlar mahsulot aylanmasining ishtirokchisi xorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotning vakolatxonalari tomonidan milliy valyutada Operator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin”;
39-band quyidagi mazmundagi uchinchi — oʻn birinchi xatboshlari bilan toʻldirilsin:
“Markirovkalash axborot tizimida quyidagi markirovkalash kodlari holatlari roʻyxatdan oʻtkaziladi:
emitirlangan (buyurtma qilingan) — markirovkalash kodi mahsulot aylanmasi ishtirokchisi buyurtmasi asosida yaratilgan (generatsiya qilingan);
qoʻllangan — markirovkalash kodi mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga uning buyurtmasi asosida taqdim etilgan (yoki markirovkalash kodi asosida raqamli identifikatsiyalash vositasi qoʻllanganligi toʻgʻrisida maʼlumot qabul qilingan);
aylanmada — markirovkalash kodi mahsulot aylanmasiga kiritilgan;
hisobdan chiqarish — fiskal boʻlmagan sabablarga asosan markirovkalash kodi aylanmadan chiqarilgan (nazoratdan olingan);
aylanmadan chiqarilgan (sotilgan) — fiskal sabablarga asosan markirovkalash kodi aylanmadan chiqarilgan (nazoratdan olingan);
aylanmada, aylanmaga qayta kiritilgan — markirovkalash kodi mahsulot aylanmasiga fiskal sabablarga asosan qayta kiritilgan;
agregatsiyasi buzilgan — guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiyalash kodi bekor qilingan”;
41-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markirovka kodi mahsulotning har bir birligi (nusxasi) uchun yagona hisoblanadi. Markirovka kodlarini qayta ishlatishga, Operator tomonidan mahsulot aylanmasining boshqa ishtirokchisiga berilgan va (yoki) boshqa mahsulotlar guruhini markirovkalash maqsadida berilgan markirovka kodlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
“45. Raqamli identifikatsiyalash vositalarini mahsulotlarga, mahsulotlarning qadoqlanishiga yoki raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash uchun moʻljallangan boshqa moddiy tashuvchiga yelimlash:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulot ishlab chiqariladigan boʻlsa, mahsulot ishlab chiqariladigan yoki saqlanadigan joylarda;
boshqa davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtmasdan, boshqa davlatlarning hududida yoki bojxona ombori hududida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi”;
“53. Import qiluvchilar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq markirovkalangan mahsulotni chiqargandan soʻng va markirovkalangan mahsulotni sotish (realizatsiya) uchun taklif qilishdan oldin, shu jumladan, uni sotish (realizatsiya) joyida namoyish etishdan, uning namunalarini namoyish qilishdan oldin (mahsulotlarni masofadan sotishda ular haqida maʼlumot berish bundan mustasno) quyidagilarni markirovkalash axborot tizimiga taqdim etadilar:
a) import qiluvchi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
b) bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettirilgan agregatsiyalangan import kodi;
v) mahsulotlarning bojxona yuk deklaratsiyasini roʻyxatga olish sanasi;
g) mahsulotlarning bojxona yuk deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
d) mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat turi, bunday hujjatning raqami va sanasi (texnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablarida mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash toʻgʻrisida talablar mavjud boʻlganda);
e) Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Operator tomonidan belgilangan va Operatorning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli maʼlumotlar”;
“54. Mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun import qiluvchilar bojxona yuk deklaratsiyasida mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlarini yoki agregatsiyalangan import kodini koʻrsatishi mumkin. Agregatsiyalangan import kodi import qiluvchining talabnomasi boʻyicha Operator tomonidan shakllantiriladi, unda mazkur Qoidalarning 55-bandiga binoan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Mahsulotlarni ichki isteʼmolga chiqarish (import) yoki qayta import qilish maqsadida bojxona tartib-taomilidan oʻtish uchun mahsulot aylanmasi ishtirokchilari yuklarning bojxona deklaratsiyasida agregatsiyalangan import kodini koʻrsatadi. Agregatsiyalangan import kodi import qiluvchining talabnomasi boʻyicha Operator tomonidan shakllantiriladi, unda mazkur Qoidalarning 55-bandiga binoan maʼlumotlar koʻrsatiladi”;
59-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlarida majburiy raqamli markirovka qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda va (yoki) import qilishda agregatsiyalash tartibini bajarish majburiyati belgilanishi mumkin”;
“66. Egalik huquqi mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga oʻtishini nazarda tutuvchi bitimlar hamda komissiya va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida mahsulotni berib yuborishda (qabul qilishda), mahsulot yuklab joʻnatilishini (qabul qilinishini) amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi yuboriladigan (qabul qilinadigan) mahsulotlarni markirovka kodlarini oʻz ichiga olgan holda mahsulot berib yuborilishi (qabul qilinishi) toʻgʻrisidagi xabarnomani shakllantiradi (elektron hisobvaraq-faktura shaklida) hamda mahsulotni yuklab joʻnatish (berib yuborish yoki qabul qilish) kunidan boshlab 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, ammo ushbu mahsulot uchinchi shaxslarga berib yuborilishi kunidan kechiktirmasdan, uni elektron raqamli imzo bilan imzolaydi”;
76-band “vositasini skanerdan oʻtkazadi” soʻzlaridan keyin “aniqlashtiradi va har bir sotilgan mahsulotning markirovka kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron fiskal hujjatga kiritadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“mahsulotning aylanmadan chiqarilishi sababi (buzilishi, brak qilinishi, yoʻq qilinishi, yaroqlilik muddatlari tugashi, jismoniy shaxsga qaytarilishi va boshqalar)”;
“81. Mahsulot eksportga chiqarilishi sababli mahsulot aylanmadan chiqarilishida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash axborot tizimiga mahsulotning aylanmadan chiqarilishi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xabarnomani taqdim etadi”;
“7. Tamaki mahsulotlari aylanmasining chakana savdosini amalga oshiruvchi ishtirokchilar (chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari)”;
17-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — yigirma ikkinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“Agregatsiyalash tadbirini amalga oshirish maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi quyidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yuboradi:
agregatsiyalashni amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining STIRi;
ishlab chiqarish liniyasining identifikatori;
ishlab chiqarish buyurtmasi identifikatori;
agregatsiyalashga rejalashtirilgan qadoqlar soni;
haqiqatda agregatsiyalangan qadoqlar soni;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻiga kiritilgan agregirlangan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati;
Transport qadogʻining identifikatsiya kodi agregatsiyalash tadbirini amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tomonidan yaratiladi (generatsiya qilinadi) hamda “ISO/IEC 15459-1:2006 “Information technology-Unique identifiers-Part 1: Unique identifiers for transport units” standarti talablariga muvofiq qadoqning ustida qoʻllaniladi.
Operator quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, mahsulot aylanmasining ishtirokchisiga agregatsiyalash maʼlumotlarini qabul qilishni hamda transport qadogʻining maʼlumotlarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi:
mahsulot aylanmasining ishtirokchisi bitta yoki bir nechta agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlarining egasi emas;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati noyob boʻlmagan (takrorlangan) belgilardan tashkil qilingan;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan markirovkalash kodlari mavjud;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida markirovkalash axborot tizimida markirovkalash kodlari qoʻllanilganligi yoki markirovkalash kodlari uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi yuzasidan maʼlumotlar mavjud emas;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida aylanmadan chiqarilgan holatida boʻlgan markirovkalash kodlari mavjud;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida boshqa mahsulot turlari uchun buyurtma qilingan markirovkalash kodlari mavjud;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi qabul qilingan formatga muvofiq emas;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi markirovkalash axborot tizimida avval roʻyxatdan oʻtkazilgan;
Operator quyidagi holatlarda guruhlangan yoki transport qadogʻining agregatsiyasini buzish (bekor qilish) tadbirini amalga oshiradi:
markirovkalash axborot tizimida guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlari qayta agretsiyalangan;
markirovkalash axborot tizimiga guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlarining aylanmaga kiritilishi, aylanmada boʻlishi yoki aylanmadan chiqarilganligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilgan”;
“7. Alkogol mahsulotlarining chakana savdosini amalga oshiruvchi alkogol mahsulotlari aylanmasi ishtirokchilari (chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari)”;
28-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agregatsiyalash tadbirini amalga oshirish maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi quyidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga yuboradi:
agregatsiyalashni amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining STIRi;
ishlab chiqarish liniyasining identifikatori;
ishlab chiqarish buyurtmasi identifikatori;
agregatsiyalashga rejalashtirilgan qadoqlar soni;
haqiqatda agregatsiyalangan qadoqlar soni;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻiga kiritilgan agregirlangan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati;
Transport qadogʻining identifikatsiya kodi agregatsiyalash tadbirini amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tomonidan yaratiladi (generatsiya qilinadi) hamda “ISO/IEC 15459-1:2006 “Information technology-Unique identifiers-Part 1: Unique identifiers for transport units” standarti talablariga muvofiq qadoqning ustida qoʻllaniladi.
Operator quyidagi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, mahsulot aylanmasining ishtirokchisiga agregatsiyalash maʼlumotlarini qabul qilishni hamda transport qadogʻining maʼlumotlarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi:
mahsulot aylanmasining ishtirokchisi bitta yoki bir nechta agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlarining egasi emas;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxati noyob boʻlmagan (takrorlangan) belgilardan tashkil qilingan;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan markirovkalash kodlari mavjud;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida markirovkalash axborot tizimida markirovkalash kodlari qoʻllanilganligi yoki markirovkalash kodlari uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi yuzasidan maʼlumotlar mavjud emas;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida aylanmadan chiqarilgan holatida boʻlgan markirovkalash kodlari mavjud;
agregatsiyalanadigan qadoqlarning markirovkalash kodlari roʻyxatida boshqa mahsulot turlari uchun buyurtma qilingan markirovkalash kodlari mavjud;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi qabul qilingan formatga muvofiq emas;
yaratiladigan guruhlangan yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi markirovkalash axborot tizimida avval roʻyxatdan oʻtkazilgan;
Operator quyidagi holatlarda guruhlangan yoki transport qadogʻining agregatsiyasini buzish (bekor qilish) tadbirini amalga oshiradi:
markirovkalash axborot tizimida guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlari qayta agretsiyalangan;
markirovkalash axborot tizimiga guruhlangan yoki transport qadogʻiga biriktirilgan markirovkalash kodlarining aylanmaga kiritilishi, aylanmada boʻlishi yoki aylanmadan chiqarilganligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilgan”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)