1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
a) limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari xarajatlarini qoplash boʻyicha:
limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari xarid qilgan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — muqobil energiya qurilmasi) qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
loyiha tashabbuskorlariga muqobil energiya qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarori Agentlik va talabgor (qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — loyiha tashabbuskorlari) oʻrtasida subsidiya ajratish haqidagi shartnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi va muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha qismi subsidiya sifatida Agentlik tomonidan talabgorning arizasida koʻrsatilgan asosiy bank hisobvaragʻiga bir oy muddatda oʻtkazib beriladi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda limon yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan xarid qilingan muqobil energiya qurilmalari xarajatlarining bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni nazarda tutishga hamda belgilangan tartibda Agentlikka oʻtkazib berishga masʼuldir;
b) yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish xarajatlarini qoplash boʻyicha:
yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi;
loyiha tashabbuskorlariga yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda ajratiladi.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan limon yetishtirish maqsadida issiqxonalarda qoʻllash uchun sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir marta qoplab berish tartibi;
talabgorlar tomonidan subsidiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni Agentlikda oʻrganib chiqish tartibi va muddatlari;
Agentlik tomonidan besh yil mobaynida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibi;
b) Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun Agentlikka hujjatlarni taqdim qilish tartibi va koʻrib chiqish muddatlari;
yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlansin.
3. Yangi barpo etilgan limonzorlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiq qoplab beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 17-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qaroriga 1-ILOVA
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — muqobil energiya qurilmalari) qiymatining bir qismini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari — limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa tashkilotlar;
muqobil energiya qurilmasi — tabiiy gazga nisbatan qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh nuri, shamol, suvdan olinadigan elektr va issiqlik energiyasini hosil qiluvchi qurilma;
talabgorlar — muqobil energiya qurilmalarini sotib olgan va uning xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi uchun murojaat qilgan qishloq xoʻjaligi tashkilotlari;
subsidiya — talabgorlar tomonidan limon yetishtiriladigan issiqxonalar uchun xorijiy davlatlardan yoki mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladigan qismi.
3. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan limon yetishtirish maqsadida issiqxonalarda qoʻllash uchun sotib olingan muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30 foizgacha boʻlgan qismi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir marta qoplab beriladi.
2-bob. Talabgorlarga muqobil energiya qurilmalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi
4. Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda xarid qilingan muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplanadi.
5. Talabgorlar subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilgan limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
6. Komissiya besh ish kunida oʻrnatilgan qurilmani joyiga chiqqan holda quyidagi koʻrsatkichlar asosida oʻrganadi:
talabgorlar tomonidan oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi sotib olinganligini;
oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarining energiya jihatdan samaradorlik koʻrsatkichlariga (pasportiga), texnik talablariga muvofiqligi hamda belgilangan tartibda oʻrnatilganligi;
oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarining limon yetishtiriladigan issiqxonani isitish uchun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligi;
issiqxona loyiha parametrlariga muvofiq qurilganligi;
limon koʻchatlarining ekilish sxemasiga amal qilinganligi.
Muqobil energiya qurilmalari mazkur band talablariga muvofiq boʻlsa, Komissiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ijobiy xulosa, agar nomuvofiq boʻlsa salbiy xulosa beradi.
7. Talabgorlar oʻrganish natijasi yuzasidan Komissiyaning ijobiy xulosasini olgandan soʻng besh ish kunida Agentlikka yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soʻralayotgan subsidiyaning summasi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya berish toʻgʻrisida ariza;
muqobil energiya qurilmalarini sotib olish boʻyicha shartnoma nusxasi va toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
muqobil energiya qurilmalarining texnik pasporti;
Komissiyaning ijobiy xulosasi.
8. Agentlik talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida oʻrganib chiqadi.
Bunda taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq boʻlmasa, loyiha tashabbuskorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi.
Talabgorlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda kamchiliklar borligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilingandan soʻng kamchiliklar yetti ish kunida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlar talabgorlarga qaytariladi.
Talabgorlar qaytarilgan hujjatlar boʻyicha mavjud kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng Komissiyaga qayta taqdim etishi mumkin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
10. Quyidagi hollarda subsidiya ajratish rad etiladi:
taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar haqiqiy holatga toʻgʻri kelmasa;
talabgorlar muqobil energiya qurilmalarini imtiyozli shartlarda budjet mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar kreditlari yoki boshqa subsidiyalarni taqdim qilish shartlari asosida sotib olgan boʻlsa;
muqobil energiya qurilmalarini sotib olish yuzasidan shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq boʻlmasa.
Mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa holatlar asosida subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Subsidiya ajratilishi rad etilishidan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
12. Agentlik va talabgorlar oʻrtasida uch ish kuni ichida subsidiya ajratish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtiriladi.
Qurilmalar qiymatining 30 foizgacha qismi subsidiya sifatida Agentlik tomonidan talabgorlarning arizasida koʻrsatilgan asosiy bank hisobvaragʻiga bir oy muddatda oʻtkaziladi.
3-bob. Muqobil energiya qurilmalaridan foydalanish yuzasidan monitoring olib borish tartibi
17. Talabgorlar muqobil energiya qurilmalari oʻrnatilgan issiqxonada ularni besh yil davomida limon yetishtirish va qurilmalarni soz holatda saqlagan holda foydalanishi shart.
Mazkur shart talabgorlar bilan Agentlik oʻrtasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomada nazarda tutiladi.
18. Agentlik besh yil mobaynida subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan koʻpi bilan yilda bir marotaba monitoring olib boradi.
Monitoring natijalari yuzasidan Agentlik tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, dalolatnomaning bir nusxasi Agentlikda, ikkinchi nusxasi talabgorlarda saqlanadi.
Monitoring har yili oktabr oyidan kelgusi yilning aprel oyiga qadar oʻtkaziladi.
19. Talabgorlar tomonidan ushbu Nizom 17-bandining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, uch ish kunida Agentlik tomonidan ajratilgan subsidiyani qaytarish haqida talabgorlarga yozma xabarnoma yuboriladi.
20. Talabgorlar ushbu xabarnomalarni olgan kundan eʼtiboran bir oy mobaynida olingan subsidiyani Agentlikning shartnomada koʻrsatilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi lozim.
Ushbu band talablarining buzilish holatlari aniqlangan yiliga qarab, subsidiyani qaytarish quyidagi miqdorda belgilanadi:
1-yilda — 100 foiz; 2-yilda — 80 foiz.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
21. Talabgorlar ajratilgan subsidiyani belgilangan muddatda qaytarmagan taqdirda, Agentlik subsidiyani sud tartibida undirish choralarini koʻradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni va toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
221. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi.
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, shuningdek, muqobil energiyani joriy etish orqali energiya tejashga erishilganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgorlar
(Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari)
Subsidiya olish uchun Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan issiqxona ishga tushirilgandan soʻng
2-bosqich
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi
Talabgor tomonidan oʻrnatilgan muqobil energiya qurilmalarining joyiga chiqqan holda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi sotib olinganligini, energiya jihatdan samaradorlik darajasi hamda belgilangan tartibda oʻrnatilganligi, limon yetishtiriladigan issiqxonani isitish uchun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligi, issiqxona loyiha parametrlariga muvofiq qurilganligi, limon koʻchatlarining ekilish sxemasiga amal qilinganligini oʻrganadi.
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida
3-bosqich
Talabgorlar
(Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari)
Komissiyaning ijobiy xulosasini olgandan soʻng Agentlikka yozma yoki elektron shaklda hujjatlarni taqdim qiladi (Yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, soʻralayotgan subsidiyaning summasi, joylashgan joyi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya berish toʻgʻrisida ariza, muqobil energiya qurilmalarini sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi va toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, muqobil energiya qurilmasining texnik pasporti).
Komissiyaning ijobiy xulosasini olgandan soʻng 5 kun ichida
4-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
1. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida
2. Talabgorlarga subsidiya ajratish maqsadida shartnoma imzolaydi va talabgorlarning arizasida koʻrsatilgan asosiy bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
1 oy ichida
5-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda shartnomada koʻrsatilgan parametrlar va majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
Besh yil mobaynida, har yil kamida bir marotaba
6-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Monitoring va nazorat jarayonida shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki toʻliq bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, ajratilgan subsidiyani belgilangan tartibda qaytarish choralarini koʻradi.
Talabgor subsidiyani qaytarish haqida xabarnoma olgan kundan boshlab 1 oy mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
2. Tuman hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
7. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi
8. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi, ishchi guruh kotibi
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tuman komissiyasiga
“______________________” rahbari
(tashkilot nomi)
______________ tomonidan
(F.I.O.)
ARIZA
____________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan “____________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) 20__ yil jami ___ gektar yer uchastkasining ___ gektar maydonida _______________ usulida _____ sotix hajmdagi limon yetishtiriladigan issiqxonaga ________________ muqobil energiya qurilmasi orqali (koʻmir, oʻtin, mazut) ________ isitish quvvatiga ega boʻlgan _________ qurilma sotib olinib, oʻrnatildi.
Muqobil energiya qurilmasini yetkazib beruvchi “______________” (MCHJ) bilan ____ _____ 20__ y. ____-son shartnoma imzolangan hamda shartnoma predmetidagi ishlarni bajarilganligini tasdiqlovchi tomonlar oʻrtasida dalolatnomalar imzolandi.
1. Muqobil energiya qurilmasi toʻgʻrisida maʼlumot:
2. Tijorat banki nomi: “___________” ATB _____ filiali va hisobvaragʻi ________________________________________________________.
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tuman komissiyasining xulosasini berishingizni soʻrayman.
Ushbu muqobil energiya qurilmasidan limon yetishtirish maqsadida kamida 5 (besh) yil muddatga maqsadli, samarali va shikast yetkazmagan holda foydalanishga kafolat beraman.
Tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
“___________________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) rahbari
_____________ (imzo)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
TASDIQLAYMAN” __________ tumani hokimi, tuman komissiyasi rahbari
____________ (imzo)
____________ (F.I.O.)
20__ yil “___” _________
Limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tuman komissiyasining XULOSASI
__________ tumanida limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya orqali ishlaydigan yangi isitish qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha __________ tuman ishchi guruhi “__________” fermer xoʻjaligining 20__ yil “___”_________dagi “____”-son murojaati oʻrganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:
1. Qishloq xoʻjaligi tashkilotining nomi: “_______________________” ____;
2. Issiqxona va muqobil energiya qurilmasi toʻgʻrisida maʼlumot:
a) issiqxona turi: ___________________, ____ sotix oʻlchamli, limon koʻchati navi va soni: _________ ____ ta, ekish sxemasi _______, ekin maydoni ___ ga, ___ — kontur raqami;
b) muqobil energiya turi: ______________ isitish quvvati (hajmi) _______
2. Muqobil energiya qurilmasini sotuvchi nomi va u bilan tuzilgan shartnoma: “______________” (MCHJ) ____ _____ 202__ y. ____-son shartnoma;
3. Tijorat banki nomi: “___________” ATB ________ filiali.
XULOSA:
“______________” fermer xoʻjaligi tomonidan jami ____ gektarda ___________________, ____ sotix oʻlchamli limon yetishtirish uchun barpo qilingan issiqxonada “______________” ishlovchi muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan va mazkur qurilma ____ sotix oʻlchamdagi issiqxonani isitish uchun ______ quvvatga ega, ushbu qurilmadan kamida besh yil mobaynida foydalanish sharti bilan ______ mln soʻm subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.
Tuman komissiyasi aʼzolari:
T/r
F.I.O.
Imzo, muhr
Lavozimi
1.
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari
2.
Tuman hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi
3.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
4.
Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi
5.
Tuman moliya boʻlimi boshligʻi
6.
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi
7.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qaroriga 2-ILOVA
Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlariga yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
loyiha — yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlar majmui;
loyiha tashabbuskorlari — yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilgan va kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari;
qishloq xoʻjaligi birlashmasi (kooperatsiya) — aʼzolari fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalari, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslarni oʻz ichiga olgan tashkilot.
3. Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi.
4. Limonzorlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga muvofiq qoplab beriladi.
5. Subsidiya loyiha tashabbuskorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
6. Loyihalar subsidiyalar hisobidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha moliyalashtiriladi.
7. Subsidiya toʻlovlari yangi limonzorlar barpo qilish ishlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan yakunlanib, limon koʻchatlari ekilgandan soʻng amalga oshiriladi.
2-bob. Yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi
8. Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yozma yoki elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, (joylashgan joyi, pochta manzili), soʻrayotgan subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish joyi, xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobvaragʻi koʻrsatilgan holda subsidiya berish toʻgʻrisidagi ariza;
yangi limonzorlar barpo etish uchun yer uchastkasi mavjudligi toʻgʻrisida hujjatlar nusxasi;
qishloq xoʻjaligi birlashmasiga (kooperatsiyaga) aʼzoligi boʻyicha maʼlumotnoma;
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda yangi limonzorlarni barpo etish loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot.
Loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari koʻrsatilmagan holatlarda loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
9. Agentlik:
loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini uch ish kuni ichida oʻrganib chiqadi;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq boʻlmagan taqdirda va boshqa kamchiliklar aniqlanganda, loyiha tashabbuskorlarini bu haqda xabardor qiladi;
loyiha tashabbuskorlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar Agentlik tomonidan xabardor qilingandan soʻng yetti ish kunida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlarni loyiha tashabbuskorlariga qaytaradi;
loyiha tashabbuskorlari qaytarilgan hujjatlar boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf etgandan soʻng oʻrganib chiqish uchun Agentlikka qaytadan taqdim etishi mumkin.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
10. Agentlik loyiha tashabbuskorlarining subsidiya ajratish yuzasidan kiritgan hujjatlarini (takliflarini) koʻrib chiqadi, subsidiyalar ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qarorlarni qabul qiladi hamda subsidiya ajratiladigan loyiha tashabbuskorlarining manzilli roʻyxatlarini tasdiqlaydi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Bunda subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;
subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda koʻrsatilgan holatlardan tashqari subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
subsidiya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar asosida loyiha tashabbuskorlari bilan subsidiya ajratish toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
ajratilgan subsidiyadan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, moliyalashtirishni toʻxtatadi va ajratilgan mablagʻlarni undirish choralarini koʻradi.
13. Subsidiya loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda Agentlikning Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
14. Subsidiya loyiha tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi limonzorlarni barpo etish ishlari yakunlanib, mazkur Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy tarkibdagi Yangi limonzorlarni barpo etishga koʻmaklashish boʻyicha tuman ishchi komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi komissiyasi) ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentlikka taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda ajratiladi.
15. Yangi limonzorlarni foydalanishga qabul qilish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
a) limonchilik yoʻnalishidagi loyiha oʻziga tegishli yer uchastkasida va issiqxona inshootining belgilangan tartibga mos ravishda qurilganligini oʻrganish — Kadastr agentligi tuman boʻlimi, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman qurilish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi tomonidan;
(15-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
b) issiqxona inshootining suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlanganligini oʻrganish — tuman irrigatsiya boʻlimi, tuman “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va tuman “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan;
v) yangi limonzorlar tashkil etish uchun xorijdan olib kelinadigan va mahalliy yetishtirilgan koʻchatlarning nav muallifi guvohnomasi, fitosanitar sertifikati mavjudligi hamda limon koʻchatlarining navi va sifatini nazorat qilib borish — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi, tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, ekish sxemasini oʻrganish — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Kadastr agentligi tuman boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi tomonidan;
(15-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
g) yangi limonchilik loyihasini moliyalashtirish manbalari va hisob-kitoblarni (biznes rejani) oʻrganish — tuman moliya boʻlimi, Agentlik tomonidan.
16. Subsidiya ajratilishi asoslanganligi va uning miqdori tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomadagi loyiha koʻrsatkichlari asosida beriladi.
Tuman ishchi komissiyasi rahbari va aʼzolari tasdiqlangan dalolatnomalarning haqqoniyligiga masʼul hisoblanadi.
17. Subsidiya loyiha tashabbuskorlarining xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Loyiha tashabbuskorlarining yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
19. Subsidiya ajratilgan limonchilik yoʻnalishidagi loyihalarning reyestrini yuritish va ularning faoliyati monitoringini olib borish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi subsidiyalari hisobidan yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq loyihalarni moliyalashtirish
SXEMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Loyiha tashabbuskori
(Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari)
1. Subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda belgilangan tartibda taqdim qiladi.
Tashabbus koʻrsatish tartibida
2-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning qoʻyilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
3 ish kuni ichida
3-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Agentlik tomonidan loyiha tashabbuskorlarining subsidiya ajratish yuzasidan kiritilgan hujjatlarini (takliflarini) koʻrib chiqadi va tegishli qarorlarni qabul qiladi, shuningdek, subsidiya ajratiladigan loyiha tashabbuskorlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.
Bir oyda
4-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Loyiha tashabbuskorlari bilan subsidiya ajratish toʻgʻrisida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi.
3 ish kuni ichida
5-bosqich
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Subsidiyani loyiha tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi limonchilik loyihalarini barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalar taqdim etilgandan soʻng ajratadi.
Subsidiya ajratish toʻgʻrisida shartnoma shartlari bajarilgandan soʻng subsidiyani loyiha tashabbuskorining tijorat bankida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalar taqdim etilgandan soʻng bir oy muddatda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yangi limonzorlar tashkil etish loyihasi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
1. Loyiha tashabbuskori ___________________________
2. Yangi limonzorning umumiy maydoni ___ ga (limon navi, koʻchat soni, ekish sxemasi, ekin maydoni).
3. Tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etiladigan maydon ______ ga.
4. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili ___________________.
5. Loyihani amalga oshirish muddati _________ .
6. Yaratiladigan ish oʻrni ___ kishi.
7. Loyihaning umumiy qiymati — ____________ mln soʻm yoki _____ AQSH dollari, shundan:
Amalga oshiriladigan ishlar
Loyihaning umumiy qiymati, mln soʻm
Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm
Loyiha tashabbuskorlarining mablagʻlari
Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi subsidiyalari
Tijorat banklari kreditlari, boshqa manbalar hisobiga
Issiqxona inshootini qurish xarajatlari
Agrotexnik tadbirlar (yer haydash, chizellash, yerni tekislash va boshqa ishlar)
Tuproqqa mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish
Limon koʻchatlarini xarid qilish va ekish
Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish
Tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish
Boshqa xarajatlar
JAMI:
Keltirilgan maʼlumotlar ishonchli boʻlib, biz yangi limonzorni tashkil etish boʻyicha loyiha toʻliq hajmda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beramiz.
Tashkilot rahbari __________________________________
(F.I.O.)
__________________________
(imzo)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yangi limonzorlar barpo etishga koʻmaklashish boʻyicha tuman ishchi komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Tuman hokimi, tuman ishchi komissiyasi rahbari
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman ishchi komissiyasi rahbari oʻrinbosari
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi vakili.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman boʻlimi boshligʻi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
5. Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi
6. Tuman moliya boʻlimi boshligʻi
7. Tuman qurilish boʻlimi boshligʻi
8. Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi
9. “Hududgaztaʼminot” MCHJning tuman filiali rahbari
10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman filiali rahbari
11. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi raisi
12. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, tuman ishchi komissiyasining kotibi