|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.02.2003
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI ChAKANA SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari koʻrsatib oʻtilgan qoidalarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tovarlar sotuvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi barcha korxonalarga yetkazilishini taʼminlasinlar, shuningdek, aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-oktabr,
485-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish
QOIDALARI
1. Mazkur Qoidalar “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mamlakatimizda va chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar, mototsikllar, tirkamalar, tartib raqami qoʻyiladigan agregatlar (keyingi oʻrinlarda avtomototransport vositalari deb ataladi) sotuvchilariga (yuridik shaxslarga), shuningdek aniqlangan kamchiliklar masalasida avtomototransport egasining talablarini qondirish borasida ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilab beradi.
2. Belgilangan namunadagi hujjat berilgan holda sertifikatsiyadan oʻtgan avtomototransport vositalarigina sotuvga qoʻyiladi.
Avtomototransport vositalarini sotuvchi doʻkonlarning joylashishi, avtomototransport vositalarini namoyish qilish uchun zarur savdo maydonlari xamda sotish uchun tegishli sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
3. Yangi avtomototransport vositalari savdo zaliga qoʻyilgunga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ishlar hajmiga muvofiq sotuv oldi tayyorgarligidan oʻtishi kerak, bunday tayyorgarlik sotuvchi yoki sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida bunday talabni bajaruvchi korxona tomonidan amalga oshiriladi. Servis daftarida yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatda tayyorgarlik oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qayd etiladi. Hujjatda bunday belgi qoʻyilmasdan avtomototransport vositalari sotilishi mumkin emas.
4. Sotuvchi xaridorga rasmiylashtirishgacha avtomototransport vositasini sotishdan oldin tayyorlashga doir bajarilgan ishlarning sifatini, uning butlanganligini tekshirish, shuningdek kafolat majburiyatlari shartlari bilan tanishish imkonini berishi kerak.
Chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomototransport vositasidan foydalanishga doir amaliy qoʻllanma davlat tiliga qoʻshimcha haq undirilmasdan tarjima qilinishi kerak.
5. Sotuvchi avtomototransport vositasini tanlashda malakali yordam berilishini taʼminlashi, xaridorni ushbu vositalarning sotuvda mavjud boʻlgan rusumlari va modellari bilan tanishtirishi kerak.
Avtomototransport vositalari savdo zalida yoki sotish qulay boʻlgan boshqa joylarda xaridor uni erkin koʻrib chiqadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Sotuvchi qoʻshimcha tovarlar sotilishini tashkil etishi va qoʻshimcha haq toʻlash evaziga xaridorga kompleks xizmatlar (avtomobilga qoʻshimcha aksessuarlar, qurilmalar va mexanizmlar oʻrnatish, bufet xizmati koʻrsatish, avtomobillarni saqlash, yoqilgʻi quyish va boshqalar) koʻrsatishi mumkin.
6. Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi xaridorga quyidagilarni berishi kerak: servis daftarchasi, foydalanish boʻyicha amaliy qoʻllanma, pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi tovar (kassa) cheki yoki boshqa hujjat, avtomototransport vositasi komplektiga kiruvchi anjomlar toʻplami, agar bunday toʻplam ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil inspeksiyasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi maʼlumotnoma-schet.
Nomerli agregat (dvigatel, shasse, kuzov, rama) sotilganda xaridorga quyidagilar beriladi:
ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan texnik hujjatlar (bayoni), tovar (kassa) cheki yoki pul bank muassasasi orqali olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil inspeksiyasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi maʼlumotnoma-schyot.
7. Haqi toʻlangan yangi avtomototransport vositasini olish xaridor tomonidan rad etilgan taqdirda toʻlangan summa unga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.
8. Yangi avtomototransport vositasiga ishlab chiqaruvchining kafolatnomasi normativ texnik hujjatlarda belgilangan muddat davomida yoki muayyan kilometr yurilishi mobaynida amal qiladi.
Kafolat muddati avtomototransport vositasi xaridorga sotilgan kundan boshlanadi.
9. Foydalanishning kafolat muddati davrida sotilgan avtomototransport vositalarida sotuvchi tomonidan qayd etilmagan kamchiliklar va yashirin ishlab chiqarish nuqsonlari aniqlangan taqdirda avtomototransport vositasi egasining tanlovi boʻyicha shunga oʻxshash rusumdagi yangi avtomototransport vositasi bilan yoki xarid narxi tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilingan holda boshqa rusumdagi avtomototransport vositasi bilan almashtirilishi, yoxud ulardagi kamchiliklar tekin bartaraf etilishi yoki ularni bartaraf etish xarajatlari toʻlanishi, yoxud xarid narxi tegishlicha kamaytirilishi kerak (avtomobillar bundan mustasno). Kafolat muddati mobaynida avtomobillar almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur boʻlgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga koʻra (ushbu Qoidalarning 13-bandiga muvofiq) amalga oshiriladi. Avtomototransport egasi, shuningdek zararlar toʻlangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga haqlidir (avtomobillar bundan mustasno). Koʻrsatib oʻtilgan talablar avtomototransport vositasini sotuvchiga qoʻyiladi.
Istisno hollarda (sotuvchi qonun hujjatlarida belgilangan taqdirda tugatilganda) kamchiliklarni tekin bartaraf etish yoki bartaraf etish boʻyicha oʻz xarajatlarini qoplash, boshqa avtomototransport vositasiga almashtirish toʻgʻrisidagi talab avtomototransport vositasi egasi tomonidan tovarni ishlab chiqaruvchiga berilishi mumkin. Avtomototransport vositasi egasi ushbu talablarni qoʻyish oʻrniga nosoz avtomototransport vositasini ishlab chiqaruvchiga qaytarishga hamda uning uchun toʻlangan summa qaytarilishini talab qilishga haqlidir.
Sotuvchi, ishlab chiqaruvchi aniqlangan kamchiliklar boʻyicha avtomototransport vositasi egasining talablarini qondirish borasida ularning funksiyasini bajarishga vakil qilingan korxonalar tashkil etishlari, shuningdek ushbu maqsadlarda boshqa korxonalar bilan (keyingi oʻrinlarda ularning funksiyalarini bajaruvchi korxonalar deb ataladi) shartnomalar tuzishlari mumkin.
Sotuvchi, tayyorlovchi (ularning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan avtomototransport vositasi egasining shaxsiy arizasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kun ushbu bandda sanab oʻtilgan talablar qoʻyiladigan muddat boshlanadigan kun hisoblanadi.
10. Yangi avtomototransportda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi (respublika tashqarisidan keltiriladigan zarur ehtiyot qismlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni keltirish talab qilinadigan vaqtni hisobga olmasdan, biroq uch oydan ortiq boʻlmagan) muddatlarda amalga oshiriladi:
koʻpi bilan 10 kun — avtomototransport vositasi egasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli talab berilgan paytdan boshlab ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan;
koʻpi bilan 20 kun — avtomototransport vositasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli talab berilgan paytdan boshlab savdo korxonasi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan.
11. Avtomototransport vositasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan kafolat muddati transport vositasidan foydalanilmagan vaqtga uzaytiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan vaqt avtomototransport egasining kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi talab bilan murojaat qilgan kundan hisoblanadi va avtomototransport vositasi tuzatilgandan keyin olingan paytdan boshlab tamom boʻladi.
12. Nuqsonlari bor boʻlgan avtomototransport vositasini sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan almashtirish yetti kun muddatda (agar almashtirish toʻgʻrisida talab berilgan paytda shunga oʻxshash avtomototransport vositasi bor boʻlsa), sifatni qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganda esa avtomototransport vositasi egasi tomonidan talab berilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi. Avtomobillarni almashtirish muddatlari 9-bandga muvofiq ekspert komissiyasi qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Shunga oʻxshash avtomototransport vositasi mavjud boʻlmaganda avtomototransport vositasi egasining nuqsonli avtomototransport vositasini almashtirish toʻgʻrisidagi talabi eʼtiroz berilgan paytdan boshlab bir oy ichida qondirilishi kerak.
Avtomototransport vositasini almashtirishda kafolat muddati avtomototransport vositasi egasiga berilgan kundan boshlab yangidan hisoblanadi.
13. Kamchiliklar (nosozliklar) paydo boʻlishi masalasida tafovutlar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) avtomototransport vositasi egasi murojaat qilgan joy boʻyicha ekspert komissiyasi tashkil etadi. Komissiya tarkibiga tayyorlovchining, sotuvchining (uning funksiyalarini bajaruvchi korxonaning) vakili va avtomototransport egasining xohishi boʻyicha isteʼmolchilar jamoatchilik tashkiloti vakili yoki boshqa manfaatdor shaxs kiradi. Avtomototransport vositasi egasi ekspertiza oʻtkazilishida qatnashish huquqiga egadir.
Komissiya kamchilik (nosozlik):
a) agar avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish boʻyicha zavod yoʻriqnomasi talablariga rioya etmaslik, shu jumladan yoʻriqnomada koʻrsatilgan foydalanish materiallarini qoʻllash boʻyicha talablarga rioya etmaslik;
b) avtomototransport vositasi avariya natijasida shikastlanishi, agar avariya avtomototransport vositasining texnik nosozligi natijasida yuz bermasa;
v) agar uzellar va agregatlar avtomototransport vositasi egasi tomonidan avtomototransport vositasini kafolatli tuzatish punktiga yoki zavod vakiliga joyida koʻrsatmasdan qismlarga ajratilishi yoki tuzatilishi;
g) avtomototransport egasi tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilishi, konstruksiyasi avtomototransport vositasini zavod bilan kelishilgan qoʻl bilan boshqarish detallari namunaviy komplektlarini mustaqil oʻrnatishdan tashqari;
d) agar avtomototransport vositasi egasi tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoki oʻz kuchi bilan standart uzellar va detallar qismlarga ajratilishi va normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan boshqa uzellar va detallar montaj qilinishi;
e) ishlab chiqaruvchi zavodning roziligisiz avtomototransport vositasidan poygalarda yoki musobaqalarda foydalanish natijasida kelib chiqqan avtomototransport vositasi egasining talabini koʻrib chiqmasligi mumkin.
Mazkur bandda sanab oʻtilgan sabablar tufayli paydo boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
14. Avtomototransport vositalarini tuzatish, narxini kamaytirish, almashtirish uchun keltirish va ularni xaridorga qaytarish sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan tekin amalga oshiriladi.
Ushbu majburiyatlar bajarilmagan taqdirda sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tovarni keltirish va qaytarish bilan bogʻliq zarur xarajatlarni avtomototransport vositasi egasiga toʻlashga majburdir.
15. Ekspertiza oʻtkazish, avtomototransport vositasini tuzatish, narxini pasaytirish, almashtirish uchun keltirish va qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni, agar kamchiliklar avtomototransport egasining aybi tufayli yoki yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida kelib chiqqanligi isbot qilinmagan boʻlsa, sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) toʻlaydi.
17. Nosoz avtomototransport vositasi ana shunday rusumdagi avtomototransport vositasiga, biroq oʻzgartirilgan narx bilan almashtirilganda qiymati qayta hisoblanmaydi, narx oshgan taqdirda boshqa modelga almashtirishda qiymatni qayta hisoblash almashtirish kunida amalda boʻlgan narxdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Nosoz avtomototransport vositasi qaytarilganda va shu munosabat bilan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda avtomototransport vositasi egasi bilan hisob-kitoblar narx oshgan taqdirda — tegishli talab qoʻyilgan kunda ushbu transport vositasining qiymatidan kelib chiqib, narx pasaygan taqdirda esa — xarid kunidagi qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
18. Kafolat muddati tamom boʻlgach avtomototransport vositasining kamchiliklarini bartaraf etish “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Avtomototransport vositalari bilan vositachilik savdosi maxsus qoidalarga koʻra amalga oshiriladi.
20. Sotuvchi, ishlab chiqaruvchi (uning funksiyalarini bajaruvchi korxona) tomonidan yoʻl qoʻyilgan Avtomototransport vositalarini sotish qoidalari buzilishi ustidan qonunda belgilangan tartibda xaridor tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
21. Yangi avtomototransport vositalarini sotuvchi ushbu Qoidalarni xaridorga koʻrinarli joyga osib qoʻyish yoʻli bilan xaridorga asosiy qoidalar bilan tanishish imkoniyatini berishga majburdir.
22. Mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tegishli qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlar mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshirishga mutaxassislarni, isteʼmolchilar jamoatchilik tashkilotlari vakillarini jalb etishi mumkin.
Sotuvchi tekshirish oʻtkazilishiga koʻmaklashishi hamda kamchiliklar va Qoidalarni buzish bartaraf etilishi chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.
23. Sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida nizo kelib chiqqan taqdirda ularning xatti-harakati ustidan shikoyat yoki qaror buzilgan huquqlar himoya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan organlarga, yoxud sudga beriladi.
24. Mazkur Qoidalar va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlar sertifikatsiyasi toʻgʻrisida” Qonunlar talablari buzilishi javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli ichimliklar va pivo bilan chakana savdo qilish
QOIDALARI
1. Ushbu Qoidalar belgilangan tartibda sertifikatlangan alkogolli mahsulotlarning quyidagi turlarini chakana savdoda sotishni amalga oshiruvchi sotuvchilarga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi: mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import aroqlar, liker-aroq mahsulotlari, konyaklar (brendilar), kalvadoslar, uzum, meva-rezavor vinolari, oʻtkir uzum va meva ichimliklari, shampan va vijillovchi vinolar, pivolar (bundan keyin alkogolli ichimliklar va pivo deb ataladi). Ular, koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni chakanalab sotish huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxona va tashkilotlarga hamda jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
Alkogolli mahsulotlarning boshqa turlarini (ichimlik spirt, shu jumladan import ichimlik spirt, vinobop spirt, farmokopeya, moddalari boʻyicha tarkibida alkogol boʻlgan mahsulot, etil rektifikat spirti, etil xomashyosi spirti, nooziq-ovqat xomashyodan olingan etil rektifikat spirti (gidroliz sintetik), spirtlangan meva-rezavor vino materiallarini) chakana savdoda sotishga ruxsat etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Alkogolli ichimliklar va pivoni chakana sotish, shu jumladan, alkogolli ichimliklar va pivoni quyib sotish tegishli hokimliklar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ruxsat guvohnomasida savdo korxonasining manzili, ish soatlari, sotiladigan ichimliklar turi, sotish turi (oʻzi bilan olib ketishga yoki quyib) hamda boshqa zarur maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ruxsat guvohnomasi hokimliklar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar savdo tashkilotlari tomonidan tuzilgan hamda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyalar asosida beriladi. Alkogolli ichimliklar va pivo sotiladigan savdo obyektlarining dislokatsiyasi majburiy tartibda hududiy ichki ishlar organlariga va sanepidemstansiyalarga maʼlumot uchun taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda)
3. Sotuvchi amalda boʻlgan sanitariya qoidalariga va boshqa zarur normativ-texnik hujjatlarga ega boʻlishga hamda ularda belgilangan talablarga rioya etishga majburdir.
4. Sifati boʻyicha majburiy standart talablariga va texnik shartlarga muvofiq boʻlgan alkogolli ichimliklar va pivo sotilishi mumkin. Alkogolli ichimliklar va pivoni, shu jumladan ularning import qilinganlarini sotuvchida har qaysi nomdagi mahsulot boʻyicha ishlab chiqaruvchining yoki yetkazib beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hamda har qaysi nomdagi mahsulot boʻyicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan, hisobga va roʻyxatga olish nomyerlari, sertifikatning amalda boʻlish muddati va uni bergan organ koʻrsatilgan tovar-transport hujjati boʻlishi kerak.
Ushbu maʼlumotlar xaridorga uning talabiga binoan taqdim etilishi kerak, bundan tashqari xaridor tovarning chakana narxi toʻgʻri belgilanganligini tekshirishga haqlidir.
Sertifikatlangan mahsulot bir xil turdagi mahsulot guruhlari uchun sertifikatlash qoidalarida belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Alkogolli mahsulotlar savdo zaliga ega boʻlgan turgʻun savdo tarmogʻi orqali faqat yuridik shaxslar tomonidan sotiladi.
Aksiz markalari bilan markalanmagan alkogolli mahsulotlarni sotish yuridik shaxslarni alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
5. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, chakana savdo korxonalari tomonidan alkogolli ichimliklarni sotish vaqtini hokimliklar belgilaydi.
6. Alkogolli ichimlik va pivolarni:
muvofiqlik sertifikatisiz;
ishlab chiqargan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;
yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;
aksiz markalari bilan markalanmagan va yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;
litsenziyasi boʻlmagan ishlab chiqaruvchidan yoki ulgurji sotuvchidan olinganda;
koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan xona va joylarda (shu jumladan, nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash, moddiy boyliklarni zarur darajada saqlashni taʼminlash uchun shart-sharoitlar va yordamchi xona mavjud boʻlmaganda);
18 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
mayda chakana savdo tashkilotlarida (savdo zaliga ega boʻlmagan doʻkonlar, kioskalar, palatkalarda), dehqon bozorlarida va ulgurji bozorlarda (alkogolli mahsulotlar uchun).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-iyundagi 256-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
lotoklarda (joylashtirilishi hokimliklar va sanepidemstansiya organlari bilan kelishiladigan izometrik idishlardan quyib sotilishi mumkin boʻlgan pivodan tashqari) va avtomashinalarda, oʻquv yurtlari, diniy muassasalar va machitlar, bolalar muassasalari yonida, shuningdek, bevosita davolash-profilaktika va sport sogʻlomlashtirish muassasalari hududida joylashgan chakana savdo obyektlarida (umumiy ovqatlanish obyektlaridan tashqari), oʻquv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida oʻquv va ishlab chiqarish jarayonida, diskotekalarda quvvati 30 va undan ortiq daraja boʻlgan spirtli ichimliklarni, shuningdek, xususiy uylarda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish korxonalarida soat 22 dan boshlab.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 51-sonli qarori tahririda)
etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (ogʻzi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy koʻrinishi tiniq boʻlmagan, chet narsalar aralashgan, choʻkindili butilkalarda (vinolar toʻplamidan tashqari) sotish taqiqlanadi.
7. Alkogolli ichimliklar va pivolarni sotuvchi xaridorlarni (tovarni sotib olayotgan yoki sotib olmoqchi boʻlgan shaxslarni, ushbu Qoidalar, alkogolli ichimliklar va pivoni sotish vaqti, ularning turlari, isteʼmol xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar va mahsulotning yaroqlilik muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qulay va koʻrgazmali shaklda taʼminlashga majburdir.
8. Alkogolli ichimliklar va pivo mahsulotning tegishli turi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.
Uzum, meva vinolari, konyaklar, shampan quyilgan, poʻstloq tiqinli butilkalar tiqinlarning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tiqinli butilkalar esa tik holatda saqlanadi.
Alkogolli ichimliklar va pivo guruhlari va markalari boʻyicha joylanadi.
9. Sotuvchi alkogolli ichimlik va pivolarni berishdan oldin tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib koʻrishga majburdir.
10. Alkogolli ichimliklar va pivoni sotish chogʻida sotuvchi sotuvdagi mavjud tovar namunalariga ichimlik nomi yozilgan, ularning idishi va qadoqlash qiymati qoʻshilgan narxlari koʻrsatilgan narxnomalarni birkitib qoʻyadi. Vino va pivoni quyib sotishda narxnomada uning nomi va 1 litri va 0,1 litrining (vinolarga nisbatan) narxi koʻrsatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli ichimliklar va pivo narxnomalarida ichimliklar nomi, butilkasining sigʻimi, butilka umumiy sigʻimining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi (alkogolli ichimliklarga nisbatan) koʻrsatilishi kerak.
11. Sotuvchilar, bufetchilar, barmenlar va alkogolli ichimliklarni quyib sotuvchi boshqa shaxslarning ish oʻrinlari tegishli davlat tekshiruvidan oʻtkazilgan savdo anjomlari, oʻlchov menzurkalari va oʻlchamli krujkalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
12. Alkogolli ichimliklar va pivoni sotish maxsus ruxsat guvohnomasi asosida, amaldagi qonunchilikka muvofiq nazorat-kassa mashinalarini albatta qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
13. Xaridor kamchiliklari boʻlgan alkogolli ichimliklar va pivo sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga koʻra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan boʻlsa, xaridorga uning toʻlagan summasini qaytarib berishga majburdir.
Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasidagi kamchiliklari boʻlgan alkogolli ichimliklar va pivoni sotish oqibatida isteʼmolchi hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak.
14. Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, savdo korxonalarining sotuvchilari, rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari aholiga alkogolli ichimliklar va pivo sotish tartibini buzganlik yoki yomon sifatli alkogolli ichimliklar va pivo sotganlik, shuningdek ularni saqlash tartibini buzganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
15. Ushbu Qoidalarga rioya etishni nazorat qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
16. Sotuvchi bilan xaridor oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda ularning xatti-harakatlari boʻyicha shikoyat yoki qaror davlat nazoratini amalga oshirishga vakolatli organga yoki sudga beriladi.
17. Ushbu Qoidalar va “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablarini buzganlik javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-y., 10-son, 36-modda)