1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.02.00 Bojxona omborlari va boshqa bojxona obyektlari infrastrukturalari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son Farmoniga muvofiq bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi toʻgʻrisidagi ustav 2-ilovaga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bojxona laboratoriyasi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Markaziy bojxona laboratoriyasining huquqlari, majburiyatlari hamda Laboratoriya boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari;
Markaziy bojxona laboratoriyasining faoliyatini tashkil etish va uni moliyalashtirish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Markaziy bojxona laboratoriyasini xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilgan holda, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan zamonaviy laboratoriya-texnologik uskunalar va inventarlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
3. Belgilansinki:
Markaziy bojxona laboratoriyasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Markaziy bojxona laboratoriyasi boshligʻi maqomi, mehnatga haq toʻlash va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining bosh boshqarma boshligʻiga, boshliq oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatining bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar turlari va toʻlovlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi, xorijiy davlatlar bojxona xizmati organlariga xalqaro shartnomalar doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
4. Markaziy bojxona laboratoriyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga tegishli boʻlgan Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 3-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasini uning faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ofis jihozlari, asbob va uskunalar (laboratoriya jihozlari, anjomlari, qurilmalar, reaktivlar, ehtiyot qismlar, kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Jismoniy va yuridik shaxslarga hamda xorijiy davlatlarning bojxona xizmati organlariga pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Markaziy bojxona laboratoriyasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar. Shu jumladan:
—
17 ta
xalqaro hamkorlik boʻyicha mutaxassis (Yagona tarif setkasi boʻyicha 9-razryad)
—
1 ta
tovarlarni sertifikatlash boʻyicha mutaxassis (Yagona tarif setkasi boʻyicha 9-razryad)
—
2 ta
jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis (Yagona tarif setkasi boʻyicha 9-razryad)
—
4 ta
rentgenolaborant (Yagona tarif setkasi boʻyicha 8-razryad)
—
1 ta
laborant (Yagona tarif setkasi boʻyicha 8-razryad)
—
6 ta
ish yurituvchi (Yagona tarif setkasi boʻyicha 6-razryad)
—
1 ta
buxgalter-kassir (Yagona tarif setkasi boʻyicha 4-razryad)
—
1 ta
yengil avtomobil haydovchisi (Yagona tarif setkasi boʻyicha 1 — 3-razryad)
—
1 ta
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 790-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi toʻgʻrisida
USTAV
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining (keyingi oʻrinlarda — MBL) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. MBL bojxona organlarida bojxona va sud ekspertizalarini amalga oshiradigan hamda oʻz sohasida ilmiy-amaliy faoliyat bilan shugʻullanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — DBQ) bosh boshqarma maqomiga tenglashtirilgan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
3. MBL oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Ustav va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
4. MBL Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining toʻliq nomi yozilgan muhri, blankasi va shtampiga ega.
2-bob. MBLning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar MBLning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tovarlarni indentifikatsiyasiga muvofiq bojxona ekspertizasidan oʻtkazish;
tovarlarni ularning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda — TIF TN) boʻyicha klassifikatsiyalash;
nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash;
jismoniy va yuridik shaxslarga TIF TN boʻyicha dastlabki qaror berish, shartnoma asosida tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Davlat bojxona xizmati organlari ehtiyojiga koʻra sud ekspertizasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ekspertizasi va boshqa kriminalistik turlarini oʻtkazish;
ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish;
mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomi doirasida xorijiy mamlakatlarning bojxona organlari xodimlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularga xizmatlar koʻrsatish;
MBL faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash.
6. MBL oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tovarlarni ularning indentifikatsiyasiga muvofiq bojxona ekspertizasidan oʻtkazish sohasida:
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash maqsadida ularning tarkibi, xususiyatlarini va boshqa jihatlarini aniqlashga qaratilgan bojxona ekspertizasidan oʻtkazadi va xulosalar beradi;
tovarlarni ularning kelib chiqish mamlakatini aniqlashga qaratilgan bojxona ekspertizasidan oʻtkazadi va xulosalar beradi;
tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalaydi;
tovarlarni intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalaydi;
b) tovarlarning TIF TN boʻyicha kodlarini klassifikatsiyalash sohasida:
TIF TN boʻyicha tovarlarni klassifikatsiyalaydi va klassifikatsiya qarorlarini qabul qiladi;
tovarlarning klassifikatsiyasiga qaratilgan maʼlumotlarni yigʻadi, tahlil qiladi va saqlaydi;
vakolatli organlar bilan hamkorlikda TIF TNni yuritadi hamda uning yangi tahririni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tovarlar klassifikatsiyasida uchrayotgan xatoliklarni tahlil qiladi va ularning oldini olish choralarini koʻradi;
sohadagi muammoli holatlar boʻyicha Umumjahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlik qiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan komission, kompleks ekspertizalarni oʻtkazishda ishtirok etadi, takroriy ekspertizalarni amalga oshiradi;
v) nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash sohasida:
nikotin saqlovchi mahsulotlarni identifikatsiyasi boʻyicha bojxona ekspertizasini amalga oshiradi va xulosalar beradi;
spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash boʻyicha bojxona ekspertizasini amalga oshiradi va xulosalar beradi;
yangi turdagi nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tahlillari boʻyicha ehtiyojlarni oʻrganadi;
g) jismoniy va yuridik shaxslarga TIF TN boʻyicha dastlabki qaror berish, shartnoma asosida tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatsiyalash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xizmatlar koʻrsatish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan tovarlarning klassifikatsiyalanishiga nisbatan TIF TNga muvofiq dastlabki qaror qabul qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni TIF TN boʻyicha kodlarini klassifikatsiyalashga qaratilgan ekspertizalarni oʻtkazadi;
jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni akkreditatsiya doirasida sertifikatlash bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar koʻrsatadi;
jismoniy va yuridik shaxslarga tibbiyot sohasida litsenziyalangan xizmatlar koʻrsatadi;
d) Davlat bojxona xizmati organlari ehtiyojiga koʻra sud ekspertizasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ekspertizasi va boshqa kriminalistik turlarini oʻtkazish sohasida davlat sud-ekspertiza muassasasi sifatida quyidagi ekspertiza va tadqiqotlarni amalga oshiradi:
oʻsimlik, sintetik giyohvandlik vositalari va moddalari ekspertizasi;
psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizasi;
qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlari ekspertizasi;
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ekspertizasi;
maxsus kimyoviy moddalar ekspertizasi;
xatshunoslik ekspertizasi;
hujjatlarning texnik ekspertizasi;
shuningdek, tegishli mutaxassislar, zarur texnik vositalar boʻlganda, boshqa turdagi ekspertizalarni oʻtkazishi mumkin.
e) mintaqaviy bojxona laboratoriyasi maqomi doirasida xorijiy mamlakatlarning bojxona organlari xodimlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularga xizmatlar koʻrsatish sohasida:
xorijiy davlatlarga bojxona ekspertizasi sohasida xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan ilmiy anjumanlar, konferensiyalar, tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning davlat organlari, ilmiy tashkilotlari, oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda ilmiy, instrumental xizmat koʻrsatadi;
xorijiy davlatlarga bojxona ekspertizasi sohasida muammoli masalalarni yechishga qaratilgan ishlarni olib boradi.
yo) ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshirish sohasida:
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash sohasida oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
yangi turdagi ekspertizalar uchun uslublar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi;
namuna va sinamalar olishga doir metodik qoʻllanmalar ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etadi;
MBL oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun muhim hisoblangan tovarlar kolleksiyasini, oʻsimlik va sintetik giyohvandlik moddalari, psixotrop va kuchli ruhiy taʼsir qiluvchi moddalar kolleksiyasi, qalbaki hujjatlar va qimmatli qogʻozlar kartotekalarini tashkil etadi va yuritadi;
kartotekalar va kolleksiyalarni yuritish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarida ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini muntazam oʻrganadi va amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻradi;
j) MBL faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan taʼminlash sohasida:
MBLga kasbiy va axloqiy-psixologik tayyorgarlikka ega, irodali va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan kadrlarni tanlab olishni tashkil etadi;
MBL xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, xodimlar kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasini taʼminlash uchun oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan keng foydalanadi;
MBL hududiy bojxona boshqarmalaridagi tovarlarni klassifikatsiyalash guruhlarining soha yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
MBL qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. MBLning huquq va majburiyatlari
7. MBL oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
MBL funksiyalarini va vazifalarini bajarish uchun kerak boʻladigan, qonunchilikda taqiqlanmagan hujjatlar, maʼlumotlar va xulosalarni bojxona organlari, davlat organlari va tashkilotlari hamda jismoniy va yuridik shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda soʻrash va olish;
bojxona organlari va boshqa shaxslardan tovar namunalarini olish;
jismoniy va yuridik shaxslarga bojxona ekspertizasi, sertifikatlash bilan bogʻliq hamda boshqa pulli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, sugʻurta agenti sifatida faoliyat yuritish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
xizmat koʻrsatish faoliyatida laboratoriyaning moddiy-texnik bazasidan foydalanish hamda mazkur faoliyatga shtat xodimlarini jalb etish;
TIF TNga oʻzgartish va qoʻshimchalarni milliy va xalqaro qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqish va belgilangan tartibda taklif kiritish;
qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona ekspertizasi obyekti boʻlgan tovar va transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazishda ishtirok etish;
qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona nazorati ostida boʻlgan tovar va transport vositalari turgan hududga va binolarga kirish;
MBL vakolatiga oid masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy institutlar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
tadqiqotlar oʻtkazish, xodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish, ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazish borasida respublika va xorijiy davlatlarning ekspertiza muassasalari bilan oʻrnatilgan tartibda hamkorlikni amalga oshirish va memorandumlar imzolash;
MBL xodimlarining bilimi, mahorati, kasbiy tayyorgarligi, amaliy tajribasi darajasini va ekspertizalarni mustaqil ravishda bajarish salohiyatini baholash maqsadida MBL Ekspert-malaka komissiyasini tashkil etish va faoliyat yuritishini taʼminlash;
xodimlarning muayyan ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini har ikki yilda oshirib borish yuzasidan va ekspertizalarni mustaqil oʻtkazish huquqini olish uchun taʼlim tashkilotlari, vazirlik va idoralar mutaxassislarini jalb etgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil etish;
MBLni rivojlantirish jamgʻarmasidagi mablagʻlarni tijorat banklarining depozit raqamlarida milliy va xorijiy valyutada joylashtirish;
xalqaro seminar, ilmiy-amaliy yigʻilishlarda ishtirok etish.
MBL qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. MBLning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
mazkur Ustavda belgilangan vazifalarni talab darajasida bajarishga;
qonunchilikda belgilangan tartibda zarur boʻlganda, namuna va sinamalarni olishda ekspert sifatida xodimlar ishtirokini taʼminlash;
xizmat vazifalarini amalga oshirishda maʼlum boʻlib qolgan davlat, xizmat va tijorat siri hisoblangan maʼlumot va axborotlarni oshkor etmaslik;
axborot xavfsizligini taʼminlash qoidalariga rioya qilish.
MBL qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4-bob. MBL faoliyatini tashkil etish
9. MBLning ofitser va serjantlar tarkibidagi xodimlari DBQ Raisi tomonidan oʻrnatilgan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
MBLning mutaxassis, yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari DBQ Raisi oʻrinbosari tomonidan mehnat qonunchiligi talablari asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
MBLning ofitser va serjantlar, shuningdek, mutaxassis, xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (texnik) xodimlari bilan kadrlar sohasiga oid munosabatlar Kadrlar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, Markaziy bojxona laboratoriyasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma), xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
11. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarda sarflanadi:
Markaziy bojxona laboratoriyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
MBL xodimlarining malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini amalga oshirish;
koʻrsatiladigan pulli xizmatlar ehtiyojidan kelib chiqib, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan belgilangan shtat jadvalidan tashqari qoʻshimcha xodimlarni fuqarolik huquqiy shartnoma asosida jalb qilish.
Bojxona qoʻmitasining soʻroviga asosan MBLning Jamgʻarma mablagʻlari Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va Bojxona qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda koʻzda tutilgan hollar bilan bir qatorda xodimlarga ustamalar toʻlash, bojxona obyektlarini kapital qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga sarflanadi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
12. MBL boshligʻi:
oʻzining vakolati doirasida ekspertlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar, farmoyishlar, buyruqlar chiqaradi va DBQ rahbariyatiga bojxona organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar, buyruqlar loyihalarini kiritadi;
MBL faoliyatiga doir hujjatlarni tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini tasarruf etadi, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzadi;
Jamgʻarma mablagʻlarining MBL ehtiyoji uchun sarflanishini belgilaydi;
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash maqsadida, uning tarkibi, xususiyatlarini va boshqa jihatlarini aniqlashga qaratilgan bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi tashkil etilishini nazorat qiladi;
oʻzining oʻrinbosarlari oʻrtasida funksional majburiyatlarni taqsimlaydi, ularga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
MBLning ish rejalarini tasdiqlaydi;
TIF TN boʻyicha tovarlarni klassifikatsiyalash va klassifikatsiya qarorlarini qabul qilishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
vakolatli organlar bilan hamkorlikda TIF TNni yuritish hamda uning yangi tahririni ishlab chiqishda ishtirok etishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
sohadagi muammoli holatlar boʻyicha Umumjahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlik qilishni tashkillashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni akkreditatsiya doirasida sertifikatlash bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar koʻrsatishni tashkil etadi;
Davlat bojxona xizmati organlari ehtiyojiga koʻra sud ekspertizasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ekspertizasi va boshqa kriminalistik turlarini oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarga TIF TN boʻyicha dastlabki qaror berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
xorijiy davlatlarga bojxona ekspertizasi sohasidagi xodimlarni malakasini oshirishga qaratilgan ilmiy anjumanlar, konferensiyalar, tashkil etishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning davlat organlari, ilmiy muassasalari va tashkilotlari, oʻquv yurtlari bilan ilmiy, instrumental xizmat koʻrsatish, bojxona ekspertizasi sohasida muammoli masalalarni yechishga qaratilgan ishlarni olib borishni tashkil etish choralarini koʻradi;
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash sohasida oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni tashkillashtiradi;
yangi turdagi ekspertizalar uchun uslublar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish choralarini koʻradi;
MBL oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun muhim hisoblangan tovarlar kolleksiyasini, oʻsimlik va sintetik giyohvandlik moddalari, psixotrop va kuchli ruhiy taʼsir qiluvchi moddalar kolleksiyasi, qalbaki hujjatlar va qimmatli qogʻozlar kartotekalarini tashkil etish va yuritishni tashkil etadi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarida ishtirok etish va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini muntazam oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻradi;
MBLga kasbiy va axloqiy-psixologik tayyorgarlikka ega, irodali va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan kadrlarni tanlab oladi;
MBL xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, xodimlar kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasini taʼminlash uchun oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan keng foydalanishni amalga oshiradi;
Tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash yoʻnalishi boʻyicha hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
MBL vakolatiga kiradigan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
13. MBL boshligʻi oʻrinbosari — TIF TN boshqarmasi boshligʻi:
TIF TN boʻyicha tovarlarni klassifikatsiyalash toʻgʻrisida va klassifikatsiya qarorlarini qabul qiladi;
vakolatli organlar bilan hamkorlikda TIF TNni yuritish hamda uning yangi tahririni ishlab chiqishda ishtirok etishni tashkil etadi;
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash yoʻnalishida hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
tovarlarning klassifikatsiyasiga qaratilgan maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va saqlashni tashkil etadi;
tovarlarning klassifikatsiyasiga qaratilgan metodik yoʻriqnomalar chop etilishini taʼminlaydi;
tovarlar klassifikatsiyasida uchrayotgan xatoliklarni tahlil qilish va ularning oldini olish choralarini koʻradi;
sohadagi muammoli holatlar boʻyicha Umumjahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlik qiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan komission, kompleks ekspertizalarni oʻtkazishda ishtirok etadi, takroriy ekspertizalarni amalga oshirishni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan tovarlarning klassifikatsiyalanishiga nisbatan TIF TNga muvofiq dastlabki qaror qabul qilish choralarini koʻradi;
jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalashni tashkil etadi;
TIF TN sohasi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, hisobotlarni shakllantirish va saqlashni tashkil etadi;
xorijiy davlatlarga bojxona ekspertizasi sohasida muammoli masalalarni yechishga qaratilgan ishlarni oʻrganishni tashkil etadi;
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash sohasida oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi;
namuna va sinamalar olishga doir metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqishda va amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi.
14. MBL boshligʻi oʻrinbosari — Ekspertiza boshqarmasi boshligʻi:
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash maqsadida ularning tarkibi, xususiyatlari va boshqa jihatlarini aniqlashga qaratilgan bojxona ekspertizasini oʻtkazishni tashkil etadi;
tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlashga qaratilgan va tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalashga qaratilgan hamda nikotin saqlovchi mahsulotlar, spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash boʻyicha bojxona ekspertizasini amalga oshirish choralarini koʻradi;
tovarlarni intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashni tashkil etadi;
yangi turdagi nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tahlillari boʻyicha ehtiyojlarni oʻrganadi;
jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni TIF TN kodlarini klassifikatsiyalashga qaratilgan ekspertizalarni oʻtkazishni tashkil etadi;
oʻsimlik, sintetik giyohvandlik vositalari va moddalari ekspertizasi, psixotrop moddalar va prekursorlar ekspertizasi, qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlari ekspertizasi, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ekspertizasi, maxsus kimyoviy moddalar ekspertizasi, xatshunoslik ekspertizasi, hujjatlarning texnik ekspertizasi kabi sud kriminalistik ekspertizalarni oʻtkazishni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning davlat organlari, ilmiy muassasalari va tashkilotlari, oʻquv yurtlari bilan ilmiy, instrumental xizmat koʻrsatish, bojxona ekspertizasi sohasida muammoli masalalarni yechishga qaratilgan ishlarni olib borishni tashkil etadi;
tovarlarni TIF TN boʻyicha klassifikatsiyalash sohasida oʻtkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
yangi turdagi ekspertizalar uchun uslublarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;
namuna va sinamalar olishga doir metodik qoʻllanmalar ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;
kartotekalar va kolleksiyalarni yuritish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarida ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini muntazam ravishda oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻradi.
15. MBL tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar turlari va qiymati DBQ tomonidan belgilanadi, bojxona organlariga xalqaro shartnomalar doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
Jismoniy va yuridik shaxslarga hamda xorijiy davlatlarning bojxona xizmati organlariga pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Markaziy bojxona laboratoriyasini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
MBLning pulli xizmatlari boʻyicha mavjud debitorlik qarzdorligi yuzasidan mablagʻlarni qaytarib berish toʻgʻrisida murojaat uch yil muddat ichida taqdim etilmaganda, ushbu pul mablagʻlari bojxona organlari tomonidan oʻn besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Mazkur Ustav talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 790-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasini xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilgan holda shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan zamonaviy laboratoriya-texnologik uskunalar va inventarlar
(3-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
ASTM (American Society for Testing and Materials) standarlari
BSI (British Standards Institute) standartlari
rasmiyanalitikmetodlartoʻplami (Official Method of Analysis, Association of Official Analytical Chemists (AOAC))
polimerlarfanivatexnologiyasiensiklopediyasi (Encyclopedia of Polymer Science and Technology)
plastmassaindentifikatsiyalashtahlillari (Identification and Analysis of Plastics)
jamlanma
1
4901 10 000 0
21.
Jahon bojxona tashkilotining NS elektron bazasi 2022 — 2027-yillar uchun
dona
1
Dasturiy taʼminot
22.
Ehtiyot qismlar (layner, vialka qopqoqlari bilan, ferrullar, pirolizer uchun shishalar va boshqalar)
jamlanma
1
9027 90
23.
Standartlar va kimyoviy moddalar saqlash moʻljallangan laborator muzlatkich
dona
1
8418
24.
Analitik tarozi
dona
1
9016
Izoh.
1. Ushbu roʻyxatning 2, 6, 7, 23 va 24-bandlarida koʻrsatilgan texnologik asbob-uskunalar 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan sotib olinadi.
2. Yakuniy TIF TN kodlari tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida koʻrsatiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)