

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.07.2004
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-566556" id="onLBC-566556">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8940"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC7410"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-566556" id="onLS-566556">[<b>TSZ:</b><div id="LS3706"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-566577" id="-566577">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-566578" id="-566578">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-566579" id="-566579">“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASINING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-566580" id="-566580">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/uz/acts/-344658?ONDATE=28.07.2004 00#-345197">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-566581" id="-566581"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566582" id="-566582">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566583" id="-566583">“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining ilova qilinayotgan <a href="/uz/acts/-566556#-566588">Ustavi </a>tasdiqlansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-566584" id="-566584">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-566585" id="-566585">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-566586" id="-566586">1993-yil 15-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-566587" id="-566587">82-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-566588" id="-566588"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-566589" id="-566589">Vazirlar Mahkamasining <br />1993-yil 15-fevraldagi <br />82-son <a href="/uz/acts/-566556#-566577">qarori </a>bilan<br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-566590" id="-566590">“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-566591" id="-566591">USTAVI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-566592" id="-566592"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566593" id="-566593">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566594" id="-566594">1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekturizm” deb yuritiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi <a href="/uz/acts/-223878" unselectable="on">Farmoniga </a>muvofiq tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi davlat boshqaruv organi huquqiga ega boʻlgan xoʻjalik tashkiloti hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566595" id="-566595">“Oʻzbekturizm” Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizm sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishni taʼminlaydi, chet ellarda va MDH davlatlarida respublika manfaatlarini ifodalaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566596" id="-566596">2. “Oʻzbekturizm” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mazkur Ustav va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566597" id="-566597">3. “Oʻzbekturizm” yuridik shaxs hisoblanadi va toʻla xoʻjalik hisobi, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash, oʻz xarajatlarini oʻzi valyuta bilan qoplash prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi, mustaqil balansga, banklarda valyuta va boshqa hisob-kitob schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek burchakli shtamp va nomi oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan xos ish qogʻoziga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566598" id="-566598">4. “Oʻzbekturizm” quyidagi manzilga joylashgan: 700047, Toshkent shahar, Xorazm koʻchasi, 47-uy. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566599" id="-566599">II. Asosiy vazifalari va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566600" id="-566600">5. “Oʻzbekturizm”ning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566601" id="-566601">chet el tajribasini hisobga olib, ustuvor yoʻnalishlarning respublika konsepsiyasiga asoslangan turizm infrastrukturasini taraqqiy ettirishda yagona siyosatni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566602" id="-566602">mintaqa va chet el turizmining barcha turlarini joriy etish, sayyohlarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga koʻtarish, davlat daromadiga iqtisodiyotning boshqa sohalariga, madaniyat va meʼmorchilikka qoʻshadigan ulushini sezilarli darajada koʻpaytirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566603" id="-566603">turizm sohasining barcha turlarini rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni va shart-sharoitlarni shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566604" id="-566604">xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb qilish, uyushma korxonalar tashkil etish, chet el mamlakatlari va MDH davlatlari, shuningdek, ularning kompaniyalari hamda firmalari bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566605" id="-566605">turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha chet el hamda MDH mamlakatlari bilan xalqaro aloqalarni ikki tomonlama asosda amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566606" id="-566606">vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari, kichik korxonalar, xorijiy va xususiy firmalarning sayyohlarni qabul qilish, joʻnatish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish, respublikaning tarixiy, tabiiy-ekologik mintaqalarini asrash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566607" id="-566607">turistik markazlardan oqilona foydalanish va turizm korxonalari faoliyatini, turizm xoʻjaligining subyektlarini tashkil etish va qayta tuzish, birlashtirish, qoʻshib olish, boʻlib yuborish, tubdan oʻzgartirishni nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566608" id="-566608">Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy merosini, turizm sohasining imkoniyatlarini, shu jumladan, chet eldagi va MDH davlatlaridagi oʻz vakolatxonalari va byurolari orqali, reklama qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566609" id="-566609">sayr-sayohat faoliyatiga kiritiladigan tarixiy meʼmorchilik obyektlarini taʼmirlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566610" id="-566610">zaxira, sugʻurta, shu jumladan, xalqaro prinsiplarga muvofiq sayyohlarni sugʻurta qilish boʻyicha, jamgʻarmalarini tashkil etish va ulardan foydalanish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566611" id="-566611">kadrlar bilan ishlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, turizm infrasturturasi uchun kadrlarni uzluksiz tayyorlash va ularni oʻqitish tizimini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566612" id="-566612">chet eldagi va MDH davlatlaridagi qonunchilik organlarida, sudda, hakamlik sudida, prokuraturada sayr - sayohat korxonalarining manfaatlariga vakillik qilish va ularning manfaatlarini ifodalash, ularning huquqlarini himoya qilish. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566613" id="-566613">III . Asosiy huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566614" id="-566614">6. “Oʻzbekturizm” oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va Funksiyalarni amalga oshirish uchun vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566615" id="-566615">oʻz boshqaruvi doirasidagi davlat korxonalari va tashkilotlarini, xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish va tijorat korxonalari va tashkilotlarini, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi qoʻshma korxonalar va tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566616" id="-566616">Hukumat qarori asosida ixtiyoriga berilgan korxona va tashkilotlarning mulklarini boshqarish, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda belgilangan tartibda ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566617" id="-566617">ham respublikada, ham chet elda va MDH davlatlarida turli xil koʻchar va koʻchmas mulkni sotib olish, ayirish, ijaraga olish va ijaraga berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566618" id="-566618">xalqaro meʼyorlar asosida transport vositalari, otellar, mehmonxonalar, kempinglar, shuningdek sayyohlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa obyektlarning tasnifini ishlab chiqish, qoniqarsiz servis xizmati koʻrsatilgan hollarda tashkilotlar, idoralar, tijorat tuzilmalarining chet ellik sayyohlarni qabul qilishini va ularga xizmat koʻrsatishini toʻxtatib qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566619" id="-566619">toʻla xoʻjalik hisobi, valyuta bilan oʻzini oʻzi qoplash va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil hal etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566620" id="-566620">Oʻzbekiston Respublikasi banklarida, shuningdek chet eldagi va MDH davlatlaridagi banklarda valyuta hamda soʻmdagi schyotlarni ochish, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzbekturizm”ning mulk va mablagʻlarini boshqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566621" id="-566621">oʻz vakolati doirasida, respublikada, shuningdek chet elda xorijiy turizm bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar bilan veksel bitishuvlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566622" id="-566622">“Oʻzbekturizm” tarkibiga kiruvchi boʻlinmalardagi turistik safar va yoʻllanmalarning qiymatini, koʻrsatiladigan xizmatlar va tovarlar narxini valyutada belgilash;.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566623" id="-566623">respublika Hukumatining topshirigʻiga muvofiq xalqaro turizm tashkilotlariga aʼzo boʻlish, chet elda vakolatxonalar, tijorat markazlari, axborot-reklama byurolarini mustaqil ochish, Oʻzbekistonda chet el turistik firmalari va kompaniyalari akkreditatsiyasini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566624" id="-566624">turizm sohasini rivojlantirish manfaatlari yoʻlida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. “Oʻzbekturizm”ga ixtiyoridagi nomenklatura boʻyicha birkitib qoʻyilgan tovarlar bilan eksport-import aʼmollarini belgilangan tartibda amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566625" id="-566625">mamlakatda hamda chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun oʻz doʻkonlarini ochish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566626" id="-566626">jahon amaliyotida qabul qilingan togʻ turizmi, ov, turistik lotereya, kazino singari dam olish turlarini, koʻngilochar va madaniy tomosha tadbirlarini rivojlantirish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish, litsenziya asosida turizm boʻyicha kino-video-audio mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566627" id="-566627">turistik komplekslarni qurish, ularni qurishga, qayta qurishga hamda ulardan hamkorlikda foydalanishga chet el tashkilotlari va firmalarini jalb etish, respublikadagi va chet eldagi tashkilotlarda hissador boʻlish, shuningdek hammuassis boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566628" id="-566628">berilgan vakolatlar doirasida barcha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yoʻriqnoma hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566629" id="-566629">faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot va korxonalarga litsenziya va sertifikatlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566630" id="-566630">Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi qonunlari va qonunchilik aktlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda ushbu Nizomning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, hokimliklar, aksionerlik jamiyatlari, uyushmalar, qoʻshma, kichik xususiy, kooperativ korxonalar, jamoat tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566631" id="-566631">turizmni tashkil etish va unga servis xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning faoliyatini toʻla tekshirishdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566632" id="-566632">soha kadrlarini tayinlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566633" id="-566633">7. “Oʻzbekturizm” belgilangan tartibda oʻzining tuzilma boʻlinmalari–mintaqaviy boʻlinmalarini tuzadi hamda ular faoliyatiga rahbarlik qiladi. Mintaqaviy boʻlinmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida tuziladi, bevosita “Oʻzbekturizm”ga boʻysunadi, amaliy faoliyatida mahalliy hokimliklar bilan bahamjihat harakat qiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda hisob-kitob schyotlariga va muhrga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566634" id="-566634">Mintaqaviy boʻlinmalar rahbarlari “Oʻzbekturizm” kompaniyasi Raisi tomonidan tayinlanadilar. Mintaqaviy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi Nizom “Oʻzbekturizm” boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566635" id="-566635">IV. “Oʻzbekturizm”ni boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566636" id="-566636">8. “Oʻzbekturizm” kompaniyasini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi, xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimini va shartlarini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566637" id="-566637">Kengash boshqaruv va taftish komissiyaning hisobotlarini eshitadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566638" id="-566638">Respublikada turizm sohasining ahvoli va uning taraqqiyoti istiqbolini koʻrib chiqadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566639" id="-566639">Kengashni “Oʻzbekturizm”ning raisi boshqaradi, u ayni chogʻda lavozimiga koʻra boshqaruv raisi ham hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566640" id="-566640">Kengash yigʻilishi yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566641" id="-566641">9. “Oʻzbekturizm” boshqaruvi tarkibi 7 kishidan iborat boʻladi. Boshqaruv tarkibi kompaniya raisi, lavozimiga koʻra birinchi oʻrinbosar, oʻrinbosarlar, shuningdek kompaniya apparati va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan tashkil topadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566642" id="-566642">Boshqaruv Kengashning ijro etuvchi organi hisoblanadi hamda “Oʻzbekturizm” yigʻilishlari orasidagi davrda uning faoliyatiga rahbarlik qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566643" id="-566643">“Oʻzbekturizm” boshqaruvi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566644" id="-566644">respublikada turizmning moddiy bazasini va infrastrukturasini rivojlantirish istiqbolini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566645" id="-566645">xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimini va shartlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566646" id="-566646">“Oʻzbekturizm”ning markazlashtirilgan va boshqa jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566647" id="-566647">“Oʻzbekturizm”ning markazlashtirilgan va boshqa jamgʻarmalariga soʻmlarda va valyutada chegirmalar normativlarini hamda ularni sarflash tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566648" id="-566648">kompaniyaning boshqarmalari va boʻlimlari, uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlashni va lavozimdan ozod qilishni tasdiqlaydi, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566649" id="-566649">“Oʻzbekturizm” vakolatiga kiruvchi boshqa joriy va istiqbolli masalalarni koʻrib chiqadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566650" id="-566650">Boshqaruv yigʻilishi kamida ikki oyda bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566651" id="-566651">10. “Oʻzbekturizm” raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566652" id="-566652">“Oʻzbekturizm” faoliyatiga, uning Kengashi va Boshqaruviga yakkaboshchilik va kollegiallikni qoʻshib olib borish asosida rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566653" id="-566653">“Oʻzbekturizm” zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, rais oʻrinbosarlarining, “Oʻzbekturizm” tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining masʼuliyati darajasini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566654" id="-566654">Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566655" id="-566655">oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalar taqsimotini, boʻlinmalarning tuzilmasini tasdiqlaydi, ish haqi fondi doirasida apparat xodimlarining va tuzilma boʻlinmalari rahbarlarining lavozim maoshlarini belgilaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566656" id="-566656">apparat xodimlarini, kompaniya nomenklaturasiga kiradigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566657" id="-566657">11. “Oʻzbekturizm” raisining birinchi oʻrinbosari hamda oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566658" id="-566658">12. “Oʻzbekturizm” raisi, uning oʻrinbosarlari mintaqaviy boʻlinmalar va tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan tijorat hamda mehnat aloqalari oʻrnatishlari, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishdan foyda koʻrishga olib keluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirishlari mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566659" id="-566659">V. Mol-mulki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566660" id="-566660">13. “Oʻzbekturizm”ning balansida aks ettirilgan, davlat mulki hisoblanadigan va toʻla xoʻjalik hisobi yuritish huquqi bilan “Oʻzbekturizm”ga tegishli boʻlgan asosiy fondlar hamda oborot mablagʻlar “Oʻzbekturizm”ning mol-mulkini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566661" id="-566661">14. “Oʻzbekturizm” mulkini shakllantiruvchi manbalar quyidagilar hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566662" id="-566662">bajarilgan ish, mahsulotlarni sotish va xizmat koʻrsatishdan, shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olinadigan foyda va daromaddan chegirmalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566663" id="-566663">mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan ehson tarzida berilgan yoki sotib olingan mulk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566664" id="-566664">yuridik shaxslar va fuqarolarning jalb etilgan mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro meʼyorlar bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566665" id="-566665">VI . Moliya, kredit, hisob-kitob va hisobot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566666" id="-566666">15. “Oʻzbekturizm” va uning boʻlinmalari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash faoliyatdan olingan xoʻjalik daromadi, kreditlar, badallardan olingan daromadlar va shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro meʼyorlarga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566667" id="-566667">16. “Oʻzbekturizm” mablagʻlaridan joriy hamda istiqboldagi faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishda, banklar, chet ellik sheriklar, taʼminotchilar, pudratchilar bilan hisob-kitob qilishda, materiallar, asbob-uskunalar, boshqa mulklarni sotib olishda, binolarning ijara haqini toʻlashda, turizm obyektlarini qurish va qayta qurishda, eksport-import aʼmollarini oʻtkazishda, “Oʻzbekturizm” faoliyatini boshqarishni taʼminlashda foydalaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566668" id="-566668">17. Soliqlar va budjetga boshqa toʻlovlar toʻlangandan keyin qolgan foyda (shu jumladan, valyutada) (sof foyda) “Oʻzbekturizm” boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq qayta taqsimlanadi va sarflanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566669" id="-566669">18. “Oʻzbekturizm” buxgalteriya, tezkor va statistika hisob-kitobini olib boradi, belgilangan tartibda oʻz faoliyatining barcha turlari boʻyicha, belgilangan shakllar boʻyicha va belgilangan muddatlarda tegishli organlarga hisobot taqdim etadi, ularning ishonchliligi uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566670" id="-566670">19. “Oʻzbekturizm” oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini yiliga kamida bir marta taftish qilishni amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-566671" id="-566671">VII. “Oʻzbekturizm”ni qayta tashkil etish va tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566672" id="-566672">20. “Oʻzbekturizm”ni qayta tashkil etish (qoʻshish, birlashtirish, boʻlish, ajratish) va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-566673" id="-566673">21. Ushbu Ustavda aks ettirilmagan masalalar “Oʻzbekturizm”ning barcha xoʻjalik subyektlari bilan tuzadigan shartnomalari orqali tartibga solinadi.</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
