1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son qaroriga muvofiq hamda jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini raqamlashtirish orqali uni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin:
isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini shu jumladan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan umumiy qoidalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 528-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/528/0646-son)
isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun ularning murojaatlarini Davlat xizmatlari markazi, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulashning barcha bosqichlari toʻliq raqamlashtirilgan holda joriy etiladigan “ELEKTR” dasturiy taʼminoti (keyingi oʻrinlarda — Onlayn platforma) orqali shakllantirish hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tarkibidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuborish tartibi;
isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini shu jumladan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ulanadigan quvvatidan kelib chiqqan holda texnik shartlarni ishlab chiqib taqdim etish va elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tayyor holda topshirish shartnomasi loyihalarini isteʼmolchiga taqdim etish tartibi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 528-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/528/0646-son)
ulanadigan quvvati 50 kVtgacha va 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga tayyor holda ulash yuzasidan tegishli ishlarni bajarish tartibi.
2. Reglamentga muvofiq:
isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash bosqichlari ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarda toʻrttadan bittagacha va ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarda toʻrttadan ikkitagacha kamaytirilganligi;
ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmogʻiga ulash uchun shartnomani “oferta” imzolash orqali toʻlovni amalga oshirish mexanizmini joriy etish nazarda tutilganligi;
isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulashning barcha bosqichlari toʻliq raqamlashtirilgan holda Onlayn platforma hamda davlat xizmatlari markazlari, YIDXP orqali amalga oshirilishi;
Onlayn platformani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun mahalliy dasturchilar, shu jumladan, “IT Park Uzbekistan” rezidentlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki:
2022-yil 1-yanvarga qadar isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi;
2022-yil 1-yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash Reglamentga muvofiq davlat xizmatlari markazlari, YIDXP va Onlayn platforma orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan yangi isteʼmolchilarni tarmoqqa ulash uchun bir martalik toʻlov budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Oʻzenergoinspeksiya”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Reglament talablari asosida:
ikki oy muddatda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning namunaviy shakllarini, blankalarini elektron shaklga oʻtkazish imkoniyatlari oʻrganilishi va ishlab chiqilishini;
Onlayn platforma va yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini oʻzaro integratsiya qilish boʻyicha texnik hujjat 2021-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqilib tasdiqlanishini;
2021-yil 1-dekabrgacha Onlayn platforma hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boʻlimlarida oʻrnatilib, YIDXPga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
5. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini 110 kV kuchlanishgacha boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish muddatlari va tavsiyaviy qiymatlarining yagona kalkulyatsiyasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Energetika vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va davlat xizmatlari koʻrsatilishida ishtirok etadigan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar Davlat xizmatlari markazlari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining xodimlari ishtirokida Reglamentni amalda qoʻllashda uning samaradorligi va natijadorligini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-avgust,
555-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qaroriga 1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — isteʼmolchi yoki isteʼmolchilar) elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament elektr tarmoqlariga ulanayotgan isteʼmolchilarga ularning yangi va rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalarini, shuningdek, ulangan quvvati oshmasdan elektr taʼminoti sxemasi oʻzgarganda, elektr taʼminoti ishonchliligi toifasi va ulanish nuqtalari oʻzgartirilayotganda tatbiq etiladi.
3. Quyidagi holatlarda isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartni (keyingi oʻrinlarda — texnik shart), elektr taʼminoti loyihalarini, amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnomani (keyingi oʻrinlarda — Dalolatnoma) rasmiylashtirish talab etilmaydi:
ulanadigan quvvati 20 kVtgacha boʻlgan maishiy isteʼmolchilarning xonadonlari va uy-joylarini elektr tarmoqlariga ulashda;
maishiy isteʼmolchining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda, turar joylar, shu jumladan, koʻp kvartirali uylarning ulangan quvvati va tashqi elektr taʼminoti sxemasi oʻzgarmagan holda egasi oʻzgarganda (koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomasi, hadya shartnomasi va boshqa hujjatlar asosida) yoki koʻchmas mulk obyekti begonalashtirilganda;
yuridik isteʼmolchilarning ulangan quvvati va tashqi elektr taʼminoti sxemasi oʻzgarmagan holda yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) tashkilot nomi oʻzgarganda.
Bunda isteʼmolchilar qurilish-montaj va oʻlchash vositasini oʻrnatish ishlari yakunlangandan soʻng elektr energiyasini oʻlchash vositasi va tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun oʻz xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari markazi), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “ELEKTR” dasturiy taʼminoti (keyingi oʻrinlarda — Onlayn platforma) orqali murojaat qiladilar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Agar qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va oʻlchash vositasini oʻrnatish yoki almashtirish talab etilmasa, isteʼmolchilarga faqat elektr taʼminoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi (isteʼmolchi oʻzi kelib murojaat etganda), YIDXP yoki Onlayn platforma orqali yuboriladi.
4. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha mazkur Reglamentga 1-ilovada belgilangan muddatlarda tabaqalashgan tariflar asosida bir martalik toʻlovni amalga oshiradi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (keyingi oʻrinlarda — HETK) tomonidan tashqi elektr taʼminoti loyihasi ishlab chiqiladi (ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlsa), qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari amalga oshirilib, elektr taʼminoti shartnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng elektr tarmoqlariga ulab beriladi;
quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar uchun HETK tomonidan texnik shartlar ishlab chiqilib, Onlayn platformaga kiritiladi hamda tashqi elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tayyor holda topshirish boʻyicha HETKning shartnoma loyihasi ham Onlayn platformaga kiritiladi;
elektr taʼminoti shartnomasi tuziladi.
Elektr energiyasini yetkazib berishda isteʼmolchilar huquqlarini hamda elektr energiyasini oʻlchash vositalari bozorida raqobatni taʼminlash maqsadida maishiy isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlari oʻz ehtiyoji uchun, oʻz xohishiga koʻra belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan va elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa turdagi elektr energiyasini oʻlchash vositalarini oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilishlari va oʻrnatishlari mumkin.
5. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
a) HETK:
texnik shartlarni ishlab chiqadi va ularni Onlayn platformaga kiritadi, isteʼmolchining xohishiga koʻra ommaviy oferta shartnomasi (ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha toʻlovlarni toʻlash boʻyicha) imzolanganidan soʻng foydalanishga tayyor holda topshirish va elektr tarmogʻiga ulash ishlarini amalga oshiradi;
quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar uchun elektr tarmoqlariga ulash sxemasini ishlab chiqadi hamda qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi;
ulanadigan quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar uchun tashqi elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqadi hamda qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi;
ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqadi hamda Onlayn platformaga kiritadi;
elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tayyor holda topshirish boʻyicha oʻzining shartnomasini Onlayn platformaga kiritadi;
isteʼmolchilar bilan tayyor holda topshirish shartnomasini (isteʼmolchi manfaatdor boʻlganda) tuzadi;
pudratchilar tomonidan ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqadi;
elektr energiyasini oʻlchash vositasini plombalashni amalga oshiradi;
elektr taʼminoti shartnomasini tuzadi;
maishiy isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlaridagi elektr energiyasini oʻlchash vositalarini sotib olish, oʻrnatish, roʻyxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan oʻtkazish va plombalash, shuningdek, mavjud (shu jumladan, induksion) oʻlchash vositalarini almashtirish hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablagʻlari hisobidan bepul amalga oshiriladi, mazkur xarajatlar maishiy isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish xarajatlariga kiritilmaydi;
b) Onlayn platforma orqali tayyor holda topshirish shartnomasini tuzish uchun isteʼmolchi tomonidan oʻz xohishiga koʻra tanlangan pudratchi (elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, elektr qurilmalari va tarmoqlarini qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish uchun tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega yuridik shaxs), “tayyor holda topshirish” tamoyili asosida elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaradi;
Bunda tanlangan pudratchi ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasini parallel ravishda HETK hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzenergoinspeksiya”) bilan kelishish uchun yuboradi va Dalolatnomani rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
v) “Oʻzenergoinspeksiya”:
ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishadi;
ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar boʻyicha amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazadi va Dalolatnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda elektron shaklda imzolaydi.
6. Davlat xizmatlari markazi, “Oʻzenergoinspeksiya”, HETK va pudratchi tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) qoʻllangan holda faqat idoralararo elektron tarzda amalga oshiriladi.
7. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
1-§. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun murojaatlarni shakllantirish va yuborish tartibi
8. Isteʼmolchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Isteʼmolchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi isteʼmolchi nomidan, YIDXP yoxud Onlayn platforma orqali murojaat qilinganda esa isteʼmolchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Bunda isteʼmolchilardan Reglamentga 3-ilovada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Zarur maʼlumotlarni rasmiylashtirilib, Reglamentga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng isteʼmolchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat etganda yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmati koʻrsatilganda Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
111. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmati koʻrsatilganda taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
112. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmati koʻrsatilganda davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).
(112-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
12. Elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun isteʼmolchilardan undiriladigan yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
qolgan 80 foizi:
ulanadigan quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun murojaat qilganda toʻliq HETKning bank hisobvaragʻiga;
ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun murojaat qilganda “Oʻzenergoinspeksiya” va HETKning bank hisobvaragʻiga teng miqdorda boʻlib oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan 78,75 foizi:
ulanadigan quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun murojaat qilganda toʻliq HETKning bank hisobvaragʻiga;
ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun murojaat qilganda “Oʻzenergoinspeksiya” va HETKning bank hisobvaragʻiga teng miqdorda boʻlib oʻtkaziladi.
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Isteʼmolchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi isteʼmolchiga qaytarilmaydi.
15. Isteʼmolchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun:
Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi borib murojaat etganda elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma belgilangan tartibda toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida;
YIDXP yoki Onlayn platforma orqali murojaat qilganda elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha soʻrovnoma avtomatik tarzda:
texnik shartlarni ishlab chiqish va ularni Onlayn platformaga kiritish uchun (isteʼmolchining ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlganda);
elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha tayyor holda topshirish tamoyili asosida qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini boshlash uchun (isteʼmolchining ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlganda) HETKga yuboriladi.
Isteʼmolchi murojaat etgan kundan boshlab uch ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, elektr tarmoqlariga ulanish uchun ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan toʻlov summasi belgilangan tartibda isteʼmolchiga uch ish kunida qaytarib beriladi.
2-§. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish va tayyor holda topshirish shartnomasi loyihalarini taqdim etish tartibi
16. Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha soʻrovnoma HETKga tushgandan soʻng uch ish kuni mobaynida HETK tomonidan ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmogʻiga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartlar ishlab chiqilib, QR-kodni (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda elektron shaklda Onlayn platformaga kiritiladi.
HETK tomonidan texnik shartlar Onlayn platformaga kiritilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida isteʼmolchi Davlat xizmatlari markazida (oʻzi kelib murojaat etganda), YIDXP yoki Onlayn platforma orqali eng yaxshi taklif asosida elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tayyor holda topshirishni taklif etgan pudratchini oʻz xohishi bilan tanlaydi hamda tanlangan pudratchi bilan tayyor holda topshirish shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi, agar ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmasa, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanadi.
Bunda HETK tayyor holda topshirish shartnomasi loyihasini Onlayn platformaga kiritishga majbur.
Umumiy quvvati 140 kVt (160 kVA)gacha boʻlgan isteʼmolchilar ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani toʻldirganda soʻrovnomaning III boʻlimidagi imtiyozli taklifni oʻz xohishi bilan tanlasa, elektr tarmoqlariga ulash uchun qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishga sarflanadigan xarajatlarni bir yil davomida qaytarish sharti bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hisobidan elektr tarmoqlariga ulash ishlari amalga oshiriladi hamda tashqi elektr taʼminotini qurish boʻyicha HETK tomonidan namunaviy shartnoma loyihasi (elektr tarmoqlarini qurishga sarflangan xarajatlarni HETKga qaytarish tarmoq jadvallarini ilova qilgan holda) taqdim etiladi.
Bunda qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish xarajatlari isteʼmolchilarning oylik elektr energiyasi isteʼmoliga proporsional ravishda 12 oyga taqsimlanadi. Tegishli tarmoq jadvallariga asosan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari uchun isteʼmolchining HETK oldida qarzdorligi mavjud boʻlsa, isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilgan elektr energiyasi uchun HETKga amalga oshirilgan toʻlovlar birinchi navbatda ushbu qarzdorlikni qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
17. Isteʼmolchilarni, shuningdek, subisteʼmolchilarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarning elektr tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq tashkiliy va texnik masalalar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan kelishgan holda hal etiladi.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektning elektr tarmoqlarining texnik holatini taʼminlash boʻyicha ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning subisteʼmolchilari oʻrtasida kelishilgan holda alohida tuziladigan shartnoma asosida, umumiy elektr energiyasi isteʼmolidagi ular boʻyicha har birining isteʼmol ulushiga mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadi.
Subisteʼmolchilarning soʻroviga asosan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan shakllantirilgan ekspluatatsiya xarajatlarining hisob-kitoblari istisnosiz subisteʼmolchilarga taqdim etiladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz xohishiga koʻra tasarrufidagi texnik soz holatda boʻlgan elektr tarmoqlari va qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tasarrufiga begʻaraz (tekinga) oʻtkazib berish (topshirish) yuzasidan murojaat etilganda ushbu elektr tarmoqlari va qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tasarrufiga soʻzsiz qabul qilib olinadi.
18. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini kuchlanishi 110 kVgacha boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlari qiymatlarini belgilovchi yagona kalkulyatsiya HETK tomonidan Onlayn platformaga barcha isteʼmolchilarga maʼlumot tariqasida kiritiladi.
Bunda HETK oʻzining tayyor holda topshirish shartnomasini ushbu yagona kalkulyatsiyada belgilangan qiymat asosida rasmiylashtirib, Onlayn platformaga kiritishga majbur.
3-§. Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi
19. Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr taʼminoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.
20. Ulanadigan quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasi ishlab chiqiladi.
21. Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash mazkur Reglamentga 1-ilovada belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmati koʻrsatilganda Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
22. Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga tayyor holda ulash yuzasidan barcha ishlar (tashqi elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish, elektr energiyasini oʻlchash vositasini oʻrnatish va plombalash naryadini rasmiylashtirish va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish) HETK tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun HETK tomonidan ishlab chiqilgan tashqi elektr taʼminoti loyihasini kelishish va amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish mazkur Reglamentning mos ravishda 28, 29 va 36-bandlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
23. Isteʼmolchilar tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha HETKga toʻlanadigan bir martalik toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
99 foizi — HETKning bank hisobvaragʻiga;
1 foizi — tanlov savdolari yakunida gʻolib boʻlgan, Onlayn platforma yaratgan tashkilot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Isteʼmolchilardan ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlovdan tashqari boshqa har qanday toʻlovlarni undirish qatʼiyan man etiladi.
4-§. Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi
24. Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar tomonidan elektr tarmoqlariga ulanish boʻyicha soʻrovnoma Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Onlayn platforma orqali berilgandan soʻng uch ish kunida HETK ishlab chiqqan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan texnik shartlar Onlayn platformaga joylashtiriladi va bir vaqtning oʻzida elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
HETK tomonidan texnik shartlar Onlayn platformaga joylashtirilgandan soʻng uch ish kunida pudratchilar ushbu texnik shartlarni koʻrib chiqib, bir tomonlama imzolangan (QR-kod qoʻyilgan) elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish boʻyicha tayyor holda topshirish shartnomasini taklif etadi.
Bunda isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash yuzasidan elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajarish boʻyicha HETKning tayyor holda topshirish shartnomasi Onlayn platforma orqali bir tomonlama imzolangan (QR-kod qoʻyilgan) holda taklif etilishi shart.
Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish yuzasidan pudratchilar tomonidan takliflar tushmagan taqdirda, isteʼmolchining xohishiga koʻra HETKning tayyor holda topshirish shartnomasi tanlansa, loyihalashtirish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari HETK tomonidan amalga oshiriladi.
25. Isteʼmolchi Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki Onlayn platforma orqali pudratchilar tomonidan taklif etilgan bir tomonlama imzolangan (QR-kod qoʻyilgan) tayyor holda topshirish shartnomasi loyihalarini koʻrib chiqadi va birini oʻz xohishiga koʻra tanlab oʻzining ERIsi bilan tasdiqlaydi.
HETK tomonidan ishlab chiqilgan va Onlayn platformaga joylashtirilgan texnik shartlarga muvofiq isteʼmolchi oʻz xohishiga koʻra elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa pudratchi tashkilotlar bilan tayyor holda topshirish shartnomasini tuzish huquqiga ega.
26. “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan elektr taʼminoti loyihasini kelishish, HETK tomonidan koʻrib chiqish hamda Dalolatnomani QR-kod qoʻyib imzolash uchun Onlayn platforma orqali soʻrovnomani toʻldirish va yuborish pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.
27. Pudratchi ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishish uchun mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi va soʻrovnomaga elektr taʼminoti loyihasini elektron shaklda ilova qilgan holda Onlayn platformaga kiritadi.
Pudratchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Pudratchi tomonidan mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma Onlayn platforma orqali avtomatik tarzda bir vaqtning oʻzida elektr taʼminoti loyihasini kelishish uchun “Oʻzenergoinspeksiya”ga hamda HETKga yuboriladi (yangi obyekt qurilishida elektr taʼminoti loyihasini kelishish qurilayotgan obyektning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bosqichida amalga oshiriladi).
28. HETK mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan elektr taʼminoti loyihasi Onlayn platforma orqali tushgan kundan boshlab ikki ish kunida elektr taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqidagi xulosani beradi yoki rad etishning sabablarini va qonunchilik normalarini aniq koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Bunda elektr taʼminoti loyihasi HETK tomonidan ishlab chiqilganda loyihani kelishish talab etilmaydi.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishish natijalari Onlayn platforma orqali avtomatik tarzda real vaqt rejimida pudratchiga, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yuboriladi.
29. “Oʻzenergoinspeksiya” mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan elektr taʼminoti loyihasi Onlayn platforma orqali tushgan kundan boshlab quyida keltirilgan muddatlarda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektr taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqidagi xulosani beradi yoki rad etishning sabablarini va qonunchilik normalarini aniq koʻrsatgan holda kelishishni:
kuchlanishi 1 000 V gacha (1 kV) va 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun — uch ish kunida;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun — besh ish kunida rad etadi.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishish natijalari Onlayn platforma orqali avtomatik tarzda real vaqt rejimida pudratchiga, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yuboriladi.
30. Elektr taʼminoti loyihasining texnik shartlar hamda elektr uskunalarini oʻrnatish qoidalari talablaridan chetga chiqishi elektr taʼminoti loyihasini kelishishni rad etishga asos boʻladi.
Boshqa sabablarga koʻra elektr taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Elektr taʼminoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar pudratchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy soʻrovnoma tushganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Elektr taʼminoti loyihasini takroran koʻrib chiqishda HETK va “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilmaganligi bilan bogʻliq rad etish holatlari bundan mustasno.
31. Agar mazkur Reglamentning 28 va 29-bandlarida nazarda tutilgan muddatlar oʻtgandan soʻng “Oʻzenergoinspeksiya” va HETK tomonidan elektr taʼminoti loyihasini kelishish (yoki eʼtiroz asosida rad etish) boʻyicha xulosa taqdim etilmasa, Onlayn platformada avtomatik tarzda elektr taʼminoti loyihasi “kelishildi” deb qabul qilinadi hamda HETKga, Davlat xizmatlari markaziga (isteʼmolchi oʻzi kelib murojaat etganda), pudratchiga yoki isteʼmolchiga (YIDXP yoki Onlayn platforma orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Ushbu holatda elektr taʼminoti loyihasi boʻyicha berilgan xulosa uchun javobgarlik tegishliligiga koʻra “Oʻzenergoinspeksiya” va HETKga yuklanadi.
32. Elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tayyor holda topshirish shartnomalarida belgilangan muddatlarda pudratchi tomonidan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash ishlari amalga oshiriladi.
Elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tayyor holda topshirish shartnomasining namunaviy nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tayyor holda topshirish shartnomasining namunaviy nusxasida shartnomada koʻrsatilgan ishlar belgilangan muddatlarda bajarilmaganda pudratchi tomonidan isteʼmolchiga shartnomaning umumiy summasidan belgilangan miqdorda penya toʻlash nazarda tutiladi.
33. Pudratchi 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan soʻng Onlayn platformada ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tayyorligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun soʻrovnomani toʻldiradi va uni oʻzining ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Pudratchidan ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
34. “Oʻzenergoinspeksiya”ning tegishli xodimlari HETK mutaxassislari bilan birgalikda joyiga chiqib, isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha bajarilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarining kelishilgan elektr taʼminoti loyihasiga muvofiqligini, oʻrnatilgan elektr qurilmalari tegishli qoidalarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etgan holda oʻrnatilganligi va muvofiqligini, shuningdek, ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari mavjudligi yuzasidan texnik koʻrik oʻtkazadi.
35. Pudratchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shaklga binoan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Dalolatnoma tuzilib, unda isteʼmolchi elektr qurilmalarining foydalanishga tayyorligi yoki tayyor emasligi toʻgʻrisidagi yozuv qayd etiladi.
36. “Oʻzenergoinspeksiya” Onlayn platforma orqali elektr qurilmalarining ekspluatatsiyaga tayyorligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun soʻrovnoma tushgan kundan boshlab isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini quyidagi muddatlarda:
kuchlanishi 1000 V gacha (1 kV) va 6 — 10 kV boʻlgan elektr qurilmalari uchun — uch ish kunida;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari uchun — besh ish kunida texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
37. Dalolatnoma berish uchun zarur hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaslik, taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz, notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan kelishilgan elektr taʼminoti loyihasining toʻliq bajarilmaganligi, elektr energetika sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, isteʼmolchilarning elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish xodimi mavjud emasligi elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa berilishiga asos boʻladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida keltirilgan sabablardan tashqari boshqa sabablarga koʻra isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa berish taqiqlanadi.
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyor emasligi toʻgʻrisidagi xulosa berilgan taqdirda, ushbu xulosaga asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatilgan Dalolatnoma real vaqt rejimida pudratchiga va HETKga Onlayn platforma, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali yuboriladi.
Dalolatnomadagi isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyor emasligi toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan sabablar (kamchiliklar) pudratchi tomonidan bartaraf etilgandan soʻng Onlayn platforma, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali “Oʻzenergoinspeksiya”ga elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun pudratchi tomonidan qaytadan soʻrovnoma yuboriladi.
“Oʻzenergoinspeksiya” Onlayn platforma, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qayta soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kunida isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini qayta texnik koʻrikdan oʻtkazadi. Qayta texnik koʻrikdan oʻtkazishda ilgari tuzilgan Dalolatnomada koʻrsatilmagan sabablar (kamchiliklar)ga koʻra Dalolatnomani imzolashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Dalolatnomani imzolashda avval keltirilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
38. “Oʻzenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 36 va 37-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda ushbu Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shaklda Dalolatnomani QR-kod qoʻyib imzolaydi va real vaqt rejimida Onlayn platforma, YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali pudratchiga hamda oʻlchash vositasini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun HETKga yuboradi.
39. Elektr energiyasini oʻlchash vositalarini plombalash ishlari HETK vakili tomonidan joyiga chiqqan holda:
quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar uchun bir martalik toʻlovlar toʻlangandan soʻng ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash muddatlari doirasida;
quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilar uchun “Oʻzenergoinspeksiya” QR-kodi (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Dalolatnoma (ijobiy xulosa) Onlayn platformaga tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi va bu haqida mazkur Reglamentga 9-ilovaga muvofiq shakldagi naryad rasmiylashtiriladi. Bunda plombalash ishlari bajarilishida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash muddatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
40. Naryad rasmiylashtirilgan kuni HETK tomonidan isteʼmolchiga taqdim etiladigan Dalolatnoma hamda elektr taʼminoti shartnomasi elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda), Onlayn platforma yoki YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
41. Quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun Dalolatnomani rasmiylashtirishda “Oʻzenergoinspeksiya”ning ishtiroki talab etilmaydi.
42. Rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi naryad Davlat xizmatlari markaziga tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqida isteʼmolchi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilinadi.
43. Isteʼmolchi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilinganidan soʻng besh ish kuni mobaynida rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasini oʻzining ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Isteʼmolchi tomonidan elektr taʼminoti shartnomasini ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlangan elektr taʼminoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan (oʻzi kelib murojaat etganda), isteʼmolchi tomonidan Onlayn platforma yoki YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) HETKga yuboriladi.
44. Isteʼmolchi elektr taʼminoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki belgilangan muddatda oʻzining ERIsi (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlamaganda elektr taʼminoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
45. Isteʼmolchiga elektr energiyasi elektr taʼminoti shartnomasi shartlari asosida HETK tomonidan yetkazib beriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar elektr energiyasining shartnomaviy miqdorini oʻzgartirish uchun qoʻshimcha texnik shartlarni olishi talab etilmaydi.
47. Texnik shartlarni, shu jumladan, qoʻshimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, elektr taʼminoti loyihalarini kelishish, elektr energiyasini oʻlchash vositalarini plombalash naryadini rasmiylashtirish va tasdiqlash toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi, davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilishi bundan mustasno.
48. Davlat xizmatlari markazlari, HETK, “Oʻzenergoinspeksiya”, pudratchi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida isteʼmolchi haqidagi olingan maʼlumotlarning oshkora etilmasligini taʼminlashi shart.
49. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Bunda Onlayn platforma orqali xar oy yakunida Davlat xizmatlari markazlari soʻroviga koʻra HETK, “Oʻzenergoinspeksiya” va pudratchilar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar mazkur Reglamentda belgilangan muddatlarga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yuboriladi.
50. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 101, 2155-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 1852-moddasi.
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha tabaqalashtirilgan
Tayyor holda topshirish shartnomasida koʻrsatilgan muddat va narxlarga muvofiq
* Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, har yili 15-dekabrga qadar inflyatsiya darajasi, elektr taʼminoti sohasida tovarlar va xizmatlarning bozor konyunkturasini hisobga olgan holda kelgusi kalendar yil uchun tariflarni qayta tasdiqlash takliflari Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
** viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shahrida texnik imkoniyatdan kelib chiqqan holda ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilar qurilmalari 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻiga ulanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun murojaatlarni shakllantirish, texnik shartlarni ishlab chiqish va tayyor holda topshirish shartnomasi loyihalarini taqdim etish tartibi
1-bosqich
Isteʼmolchi
(yuridik yoki jismoniy shaxs)
1. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish, YIDXP yoki Onlayn platformada roʻyxatdan oʻtish va belgilangan shakldagi soʻrovnomani toʻldirish.
1. Isteʼmolchining xohishiga koʻra.
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlash. Bunda Onlayn platforma orqali murojaat etilganda yigʻim undirilmaydi.
2. Isteʼmolchi murojaat qilganda.
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP, Onlayn platforma
1. Isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani HETK (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiga kiruvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari)ga yuborish. Quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlarni ishlab chiqish talab etilmaydi va ulash sxemasi asosida amalga oshiriladi.
1. Real vaqt rejimida.
2. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha HETK tomonidan ishlab chiqilgan texnik shart asosida isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash ishlarini tayyor holda topshirish boʻyicha HETK yoki pudratchi tomonidan tayyorlangan shartnomalarni isteʼmolchiga taqdim etish.
2. Isteʼmolchi murojaat qilgandan soʻng 3 ish kunida.
3. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha tayyor holda topshirish shartnomasi asosida pudratchi tomonidan ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasini tegishli soʻrovnoma asosida “Oʻzenergoinspeksiya”ga koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuborish.
3. Loyiha hujjati ilova qilingan soʻrovnoma Onlayn platformaga joylashtirilgan kuni.
II. Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi
1-bosqich
Isteʼmolchi
1. Elektr tarmoqlariga ulanish uchun belgilangan miqdordagi (tabaqalashgan) bir martalik toʻlovni amalga oshirish.
2. Elektr taʼminoti shartnomasi (oferta)ni imzolash.
Isteʼmolchining xohishiga koʻra.
2-bosqich
HETK
(“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiga kiruvchi hududlardagi elektr tarmoqlari korxonalari)
1. Quvvati 20 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga tayyor holda ulash yuzasidan barcha ishlarni (elektr tarmoqlariga ulash sxemasini tayyorlash, qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini bajarish, elektr energiyasini oʻlchash vositasini oʻrnatish va plombalash, naryadni rasmiylashtirish, elektr taʼminoti shartnomasini tuzish) amalga oshirish.
10 ish kuni mobaynida
2. Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan:
20 ish kuni mobaynida
isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish;
2 ish kuni mobaynida
isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini tayyorlash;
5 ish kuni mobaynida
tayyorlangan elektr taʼminoti loyihasini “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishish;
3 ish kuni mobaynida
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
6 ish kuni mobaynida
isteʼmolchining elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyorligi toʻgʻrisida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan belgilangan shakldagi Dalolatnomani QR-kod qoʻyib imzolashni tashkil qilish;
3 ish kuni mobaynida
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Dalolatnoma QR-kod qoʻyilgandan soʻng elektr taʼminoti shartnomasini (oferta) tuzish va isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”
1. Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha HETK tomonidan ishlab chiqilgan tashqi elektr taʼminoti loyihasini kelishish va amalga oshirilgan qurilish-montaj, sozlash-ishga tushirish ishlarini koʻrikdan oʻtkazish va natijasi boʻyicha belgilangan shaklda QR-kod qoʻyilgan xulosani HETKga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
2. Quvvati 20 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash boʻyicha amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini:
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan kelishilgan elektr tarmoqlariga ulash loyiha hujjatiga muvofiqligini;
elektr qurilmalarining loyiha hujjatlariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligini;
ijro va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari mavjudligini joyiga chiqib koʻrikdan oʻtkazish.
Joyiga chiqib koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha Onlayn platformada QR-kod qoʻyilgan Dalolatnomani HETKga yuborish.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tayyorligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun soʻrovnoma tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.
III. Quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash tartibi
1-bosqich
1. HETK
1. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish va Onlayn platformaga joylashtirish va isteʼmolchiga ushbu texnik shartlarni yuborish.
3 ish kuni mobaynida
2. HETK va pudratchi
(loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirishni bajarish uchun tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega yuridik shaxs)
2. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishni tayyor holda topshirish boʻyicha oʻzlarining takliflari aks ettirilgan shartnomalarni isteʼmolchiga yuborish.
Onlayn platforma, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
HETK tomonidan ishlab chiqilgan va QR-kod qoʻyilgan texnik shartlarni, elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilar hamda HETK takliflari aks ettirilgan shartnomalarni isteʼmolchiga yuborish.
Real vaqt rejimida.
3-bosqich
Isteʼmolchi
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha HETK yoki boshqa pudratchi tashkilotni tanlash va u bilan shartnoma tuzish.
Xohishiga koʻra (texnik shartlarni olgandan soʻng).
4-bosqich
HETK yoki pudratchi
Shartnoma asosida isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda.
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha elektr taʼminoti loyihasini kelishish uchun Onlayn platforma orqali “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuborish.
Loyiha hujjatlari tayyor boʻlgandan soʻng.
5-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”
Elektr taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish, natijasi boʻyicha QR-kod qoʻyilgan xulosani Onlayn platforma orqali HETK yoki pudratchiga yuborish.
Isteʼmolchining ulanadigan elektr qurilmalari kuchlanishi:
1 kV gacha va 6 — 10 kV boʻlganda — 3 ish kunida;
35 kV va undan yuqori boʻlganda — 5 ish kunida.
6-bosqich
Pudratchi
1. “Oʻzenergoinspeksiya” bilan kelishilgan elektr taʼminoti loyihasi asosida qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda.
2. Bajarilgan ishlar yakuni boʻyicha elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun Onlayn platformada soʻrovnoma toʻldirish va “Oʻzenergoinspeksiya”ga hamda HETKga yuborish.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari yakunlangandan soʻng.
7-bosqich
“Oʻzenergoinspeksiya”
1. Soʻrovnoma boʻyicha isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha bajarilgan qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlari va elektr qurilmalari texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlarga, kelishilgan loyiha hujjatiga muvofiqligini hamda ijro, topshirish-qabul qilish va texnik hujjatlar bilan taʼminlanganligini joyiga chiqib koʻrikdan oʻtkazish.
2. Koʻrikdan oʻtkazish natijasi boʻyicha QR-kod qoʻyilgan Dalolatnomani onlayn platforma orqali pudratchiga yoki HETKga yuborish.
Isteʼmolchining ulanadigan elektr qurilmalari kuchlanishi:
1 kV gacha va 6 — 10 kV boʻlganda — 3 ish kunida;
35 kV va undan yuqori boʻlganda — 5 ish kunida.
8-bosqich
HETK
Onlayn platforma orqali “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchining elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyorligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan Dalolatnoma tushgandan soʻng:
oʻlchov vositasini plombalash va naryadni rasmiylashtirish;
1 ish kunida.
bir tomonlama belgilangan namunaviy shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan elektr taʼminoti shartnomasini va oʻlchov vositasini plombalash toʻgʻrisidagi naryadni isteʼmolchiga yuborish.
Isteʼmolchi tomonidan ERI bilan tasdiqlangan elektr taʼminoti shartnomasi tushgandan soʻng isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash.
1 ish kunida.
9-bosqich
Onlayn platforma, Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarni isteʼmolchilarga yuborish (taqdim etish).
Real vaqt rejimida
10-bosqich
Isteʼmolchi
Elektr taʼminoti shartnomasini ERI bilan tasdiqlab Onlayn platformaga, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) HETKga yuborish.
5 ish kunida.
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
__________________ (sana)
________________ (raqam)
Elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SOʻROVNOMA
I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.
3. STIR
4. Manzili
5. Telefon raqami
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi
2. STIR
3. Telefon raqami
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
II. Ulanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Ulanayotgan obyektning joylashgan joyi (indeks, manzil, moʻljal)
2. Ulanayotgan quvvat
3. Elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha toifasi
4. Xizmat turi:
yangi ulash
elektr qurilmalarini rekonstruksiya qilish
elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha toifasini oʻzgartirish
quvvatni oshirish
ulanish nuqtasini oʻzgartirish
III. Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha imtiyozli taklif: (Elektr tarmoqlariga ulanadigan qurilma va uskunalarining umumiy quvvati 140 kilovattgacha (160 kVA) boʻlgan isteʼmolchilar uchun)
Isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun qurilish-montaj, sozlash-ishga tushirish ishlarini va xarajatlarni (isteʼmolchi tomonidan bir yil davomida qaytarish sharti bilan) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilishini tanlash.
roziman
rozi emasman
Isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun berilgan texnik shartlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kiritilishiga isteʼmolchining roziligi:
roziman
rozi emasman
Isteʼmolchi ERI
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
(hududiy elektr tarmoqlari korxonasining rasmiy xati shaklida)
Sana:______
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash
ishlarini amalga oshirish uchun TEXNIK SHART
Berildi:
___________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O)
____________________________________________________________________________(hududiy elektr tarmoqlari korxonasining nomi)
“Elektroenergetika sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish xizmati” Sizning 20___ yil “____”________dagi ________-son soʻrovnomangizga muvofiq quyidagi texnik shartlar berildi.
1. Quvvati 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
1.1. Quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan taqdirda (elektr energiyasi isteʼmolchilari ixtiyoriga koʻra) elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzish va ishlab chiqilgan loyihani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishish;
1.2. Elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun isteʼmolchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish hamda loyihaga va elektr uskunalarini oʻrnatish qoidalari talablariga muvofiq qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
1.3. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari yakunlangandan soʻng (quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi haqida xulosani rasmiylashtirish) hisobga olish tizimini plombalash va elektr taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali soʻrovnoma yuborish;
2. Elektr taʼminoti shartnomasini tuzish.
Hujjatni imzolagan shaxs ____________________FIO (vakolatli organ rahbari)
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
__________________
(sana)
________________
(raqam)
Ulanadigan quvvati 50 kVtdan yuqori boʻlgan elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun elektr taʼminoti loyihasini kelishish uchun
SOʻROVNOMA
I. Kelishilayotgan elektr taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Elektr taʼminoti loyihasining nomi:
2. Loyihachi tashkilotning nomi:
3. Loyihachi tashkilotning STIRI:
4. Loyihachi tashkilotning yuridik manzili:
5. Ulanadigan quvvat:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Elektr taʼminoti loyihasi:
loyihachi tashkilotining ERI
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Elektr taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida
XULOSA
20___ y. “____” ariza raqami:__________ quvvati:______ kVt
_____________________________________ ning _____________________-son arizasiga
(ariza beruvchining nomi yoki F.I.O.)
(ariza raqami)
muvofiq _____________________________________________________ manzilida
(obyektning manzili)
joylashgan elektr taʼminoti loyihasi kelishildi.
Elektr taʼminoti loyihasining texnik tavsiflari ushbu xulosaga ilovada koʻrsatilgan va xulosaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatni imzolagan shaxs ____________________FIO (vakolatli organ rahbari)
Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
_________________
(sana)
________________
(raqam)
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga tayyorligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun
SOʻROVNOMA
I. Elektr qurilmalari toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Yangi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalarining nomi
2. Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning nomi
3. Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning STIRi
4. Qurilish-montaj va (yoki) sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaruvchi tashkilotning yuridik manzili
5. Elektr qurilmalari muvofiqlik sertifikatining raqami va sanasi
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Isteʼmolchining elektr xoʻjaligi uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan elektr taʼminoti obyektining bir chiziqli sxemasi
2. Qurilish-montaj tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
3. Mavjud himoya vositalari, ularning sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar, yongʻinga qarshi inventarlar, texnika xavfsizligi boʻyicha plakatlar roʻyxati
4. Elektr qurilmalarining laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar
5. Asosiy elektr qurilmalari uchun pasportlar:
6. Elektr xoʻjaligi uchun javobgar boʻlgan shaxsning lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq
7. Ijro sxemalari, yer osti ishlarining dalolatnomalari
8. Isteʼmolchi nomidan (tomonidan) Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmatiga isteʼmolchining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash va oʻchirish uchun buyurtmanoma berish huquqiga ega boʻlgan tezkor va tezkor-taʼmirlash boʻyicha isteʼmolchining masʼul xodimlari roʻyxati (F.I.O., lavozimi, elektr xavfsizligi boʻyicha malaka guruhi, telefon raqamlari)
Pudratchi tashkilotining ERI
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 8-ILOVA
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha DALOLATNOMA
20___ yil “___” _________ dagi ___-son
Ushbu Dalolatnoma
___________________________________________________________________________ (qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarinibajargan tashkilot nomi)
qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini bajargan tashkilotning YIDXP orqali yuborgan 20___ yil “___” ______ __son soʻrovnoma maʼlumotlariga muvofiq
isteʼmolchi tashkilot vakili (yuridik shaxslar uchun)
__________
______________
(lavozimi)
(F.I.O.)
yoki elektr qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili _______________________
(F.I.O.)
ishtirokida “Oʻzenergoinspeksiya” masʼul xodimi _________________________________
(hududiy boʻlim nomi, lavozimi)
tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va elektr qurilmalari texnik koʻrikdan oʻtkazildi.
1. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalari:
tomonidan _______ kVA (kVt) quvvatga ulanish uchun berilgan.
1.2.2. Elektr taʼminoti loyihasi ___________________________________________________
(loyiha tashkilotining nomi, ishlab chiqish raqami va sanasi)
_____________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu loyiha “Oʻzenergoinspeksiya” bilan ____________________________________________
(loyihani kelishuv raqami va sanasi)
kelishilgan va elektr qurilmalari tarmoqlariga ulanayotgan tashkilot _____________________
(tashkilotning nomi)
______________ tomonidan koʻrib chiqilgan __________________________________________
(loyihani koʻrib chiqish raqami va sanasi)
1.2.3. Elektr-montaj va sozlash — ishga t?shirish ishlari va sinovlar
_________________________________________________ tomonidan amalga oshirilgan.
(tashkilot nomi, litsenziya raqami, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati)
1.2.4. Sozlash — ishga tushirish hujjatlari va sinovlar (oʻlchovlar) EQTQ, XTQ talablariga muvofiqligi ______________________________________________________________________________
2. Elektr qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi.
2.1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish boʻyicha:
(isteʼmolchi tashkilot yoki elektr qurilmalari egasining nomi (tegishlisi tagidan chizilsin))
2.1.2. Elektr hoʻjaligi uchun javobgar shaxs
_____________
___________
(lavozimi)
(F.I.O.)
20 __-yil “____” ______ dagi ___-son buyruq bilan tayinlangan.
U TEQQ va XTQ boʻyicha bilim sinovdan qonunchilikda belgilangan tartibda, _____ yil “____” ________ da oʻtib, unga ____ V elektr qurilmalarda ishlash uchun xavfsizlik texnikasi boʻyicha _______ guruh berilgan.
2.1.3. Elektrotexnik xodimlarning soni va malakasi boʻyicha muvofiqligi__________________
2.1.4. Elektr himoya vositalarining holati, ularning yetarli ekanligi ______________________
2.1.5. Tezkor texnik hujjatlar mavjudligi (bor, yoʻq):
tasdiqlangan prinsipial elektr sxemasi ____________________________________________;
TEQQ va XTQ boʻyicha bilim sinovi ________________________________________________;
elektrotexnik xodimlarga koʻrsatmalar berish ________________________________________;
tezkor jurnal ______________________________________________________________________________;
himoya vositalarining hisobi va holati ______________________________________________;
elektr uskunalarning kamchiligi (nosozligi) _________________________________________;
2.1.7. Asosiy elektr uskunalariga pasport (sertifikat) _________________________________
2.2. Elektr qurilmalarining texnik holati
2.2.1. Yongʻinga qarshi xavfsizlik vos?talari bilan taʼminlanishi _________________________
2.2.2. Oʻlchov asboblarining holati __________________________________________________
2.2.3. Yerga ulash qurilmalarining holati _____________________________________________
2.2.4. Elektr qurilmali xonalar va ularda oʻrnatilgan elektr qurilmalarining EQTQ talablariga muvofiqligi ______________________________________________________________________________
2.2.5. Kabel va havo liniyalarining texnik holati ______________________________________
2.2.6. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-sozlash apparaturasi va elektr yoritgichlarning texnik holati ______________________________________________________________________________
2.2.7. Kompensatsiya qurilmalari mavjud boʻlsa, ularning texnik holati
2.2.9. Kuch transformatorlari ______________________________________________________
2.2.10. Hisobga olish sxemasining montaji (hisobga olish priborlarining oʻrnatilishi, oʻlchov transformatorlari va boshqalar)
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi toʻgʻrisida xulosa _____________________________________________________________________________
“Oʻzenergoinspeksiya” masʼul xodimi ___________
__________________________
(hududiy boʻlim nomi, lavozimi)
(F.I.O.)
20__ yil “___” ___________
______________________________
(imzo)
HETK
___________________________
______________________________
(hududiy boʻlim nomi, lavozimi)
(F.I.O.)
20__ yil “___” ___________
________________ (imzo)
Pudrat tashkiloti rahbari yoki elektr hoʻjaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun)
____________________________
_________________
(tashkilot nomi, lavozimi)
(F.I.O.)
20__ yil “___” ___________
______________
(imzo)
Pudrat yoki elektr qurilmasi egasining muhri oʻrni (jismoniy shaxslar uchun)
________________________
______________
(tashkilot nomi, lavozimi)
(F.I.O. telefon raqami)
20__ yil
_____________________(imzo)
“___” ____
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 9-ILOVA
Elektr energiyasini oʻlchash vositalari plombalanganligi haqida NARYAD
20__ y. “___”__________ dagi ____-son
Mazkur Naryad HETK (elektr taʼminoti korxonasi) vakili
Texnik shartlar 20___ yil _____-son bilan _____________ HETK tomonidan berilgan;
Ruxsat etilgan quvvat _______ kVt, belgilangan quvvat ________ kVA (transformator mavjud boʻlsa);
Kuchlanish toifasi _____ kV;
Elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha toifasi ________;
Asosiy elektr taʼminoti manbai _________________________________________;
Elektr tarmoqlarining mansublik boʻyicha chegarasi ________________________________________;
Elektr taʼminoti loyihasiga koʻra hisoblangan quvvat ________ kVt.
Ushbu bilan tasdiqlanmoqdaki, isteʼmolchining elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (elektr taʼminoti korxonasi) elektr tarmoqlariga ulanishi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan.
Tomonlarning imzolari:
HETK vakili
_______________________________________
(imzo)
Qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish tashkiloti (mavjud boʻlsa)
________________________________________
(imzo)
Isteʼmolchi vakili yoki elektr qurilmasi egasi
____________________________________
(imzo)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qaroriga 2-ILOVA
Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini 110 kV kuchlanishgacha boʻlgan elektr tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish muddatlari va tavsiyaviy qiymatlarning
Elektr tarmoqlari, transformator punkti va podstansiyalar
Texnik parametrlar
Sarflanadigan mablagʻ
(mln soʻm)
Qurilish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan muddat
material (uskuna) bilan
material (uskuna)siz
1.
6 — 10 kVli
1 km
80,5
24,2
4 kun
2.
35 kVli
1 km bir zanjirli
230,1
138,2
10 kun
1 km ikki zanjirli
450,3
135,4
10 kun
3.
110 kVli
1 km bir zanjirli
450,7
135,1
12 kun
1 km ikki zanjirli
550,6
165,2
12 kun
4.
Transformator punkti
1 komplekt
47,0 — 300,0
4,0 — 35,6
3 kun
5.
35 kV kuchlanishli podstansiya
1 dona
–
2 500,0
3 oy
6.
110 kV kuchlanishli podstansiya
1 dona
–
5 000,0
5 oy
* Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, har yili 15-dekabrga qadar inflyatsiya darajasi, elektr taʼminoti sohasida tovarlar va xizmatlarning bozor konyunkturasini hisobga olgan holda kelgusi kalendar yil uchun yagona kalkulyatsiya qiymatlarini qayta tasdiqlash takliflari Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qaroriga 3-ILOVA
2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi va 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi 1030-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-iyuldagi 548-son qaroriga ilovaning 14-bandi “a” kichik bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-son qaroriga ilovaning 3-bandi “a” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ilovaning 5-bandi “a” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga ilovaning 8-bandi “a” kichik bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi “a” kichik bandi.