Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq, ushbu sport turlari rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va ommalashtirish, ular boʻyicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturining maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli koʻrsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat dasturi erishilgan natijalar, Maqsadli koʻrsatkichlar hamda yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni ommalashtirish boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili alohida-alohida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Milliy gvardiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Davlat dasturini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining 2021 — 2025-yillar davomida:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik xoʻjaliklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va Oʻzbekiston polo federatsiyasi bilan birgalikda:
2021/2022 oʻquv yili boshlanguniga qadar bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida ot sporti turlari boʻyicha 8 ta boʻlim, 3 ta olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti boʻlimlari ochilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil 1-dekabrga qadar bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarining ot sporti turlari boʻyicha boʻlimlarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlasin va ushbu maqsadlarga Turizm va sport vazirligiga hamda uning tizimidagi sport-taʼlim muassasalariga budjetdan 2021-yil uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismidan zarur mablagʻlar, shuningdek, homiylik mablagʻlarini yoʻnaltirsin.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yilqichilik xoʻjaliklarini tashkil qilish rejasi, ularning aniq joylashgan joyi, nomi va roʻyxatini tasdiqlasin.
3. Belgilansinki:
a) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining usta-chavondozi, ot parvarishlovchisi, taqachisi, otxona boshligʻi (brigadir), zootexnigi, veterinar-shifokori, feldsher-veterinarlari mehnatini ragʻbatlantirishga Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 211-son qarorida belgilangan shartlar tatbiq etiladi. Bunda, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otxona boshligʻi (brigadir) — trenerga, veterinar-shifokor — shifokorga, zootexnik va feldsher-veterinar — hamshiraga tenglashtiriladi;
b) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zootexniklarini tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi;
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallarida ot sporti boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishining maxsus sirtqi taʼlim shakli ochiladi;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda zamonaviy beshkurash va polo uchun oʻrin ajratiladi.
4. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi Naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tarkibida Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Institut otlarning anatomiyasi, fiziologiyasi, koʻpaytirish biologiyasi, zotlarni oʻzgartirish va boshqa masalalarni ilmiy tomonidan oʻrganuvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy tashkilot hisoblanadi;
Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining 2021-yil 1-sentabrdan boshlab har yili anʼanaviy tarzda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ot sportining ot yoʻrttirish turi boʻyicha Toshkent viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, ot sportining toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlarini;
zamonaviy beshkurash boʻyicha Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, “Tashkent Open”, “Central Asian Cup”, ushbu sport turining lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha “Central Asian Championship” xalqaro turnirlarini;
polo boʻyicha Toshkent viloyatida “Amirsoy-Polo Cup”, Qashqadaryo viloyatida “Kok-Saray Cup”, Toshkent shahrida “Tashkent Open” xalqaro turnirlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vaziri A. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi:
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda koʻrsatilgan xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin. Bunda, turnirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlarni qoplash manbalari etib homiylik, mahalliy budjet va boshqa mablagʻlar belgilanadi;
xalqaro turnirlarda mahalliy sportchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli xalqaro sportchi, trener va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin;
2022-yil 1-yanvardan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ot sporti turlari boʻyicha musobaqalar va turnirlarning kiritilishini taʼminlasin hamda ularni yuqori darajada oʻtkazish choralarini koʻrsin.
6. Transport vazirligi, Qurilish vazirligi va Energetika vazirligining 2022-yil 1-sentabrga qadar:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” AJning homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 oʻrinli zamonaviy otxona binosi va ochiq sport manejini barpo etish;
“Oʻzbekneftgaz” AJning homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sportchilarning shugʻullanishi, yashashi uchun sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy 2 qavatli binoni qurib foydalanishga topshirish hamda ushbu binoga tekin foydalanish huquqi asosida Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasini joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport kiyimlari, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar, otlarni tashishga moʻljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga yetti yil toʻlmagan maxsus avtotransport (konevoz) vositalari va tirkamalar, lazerli toʻpponcha va nishonlar, polo tayogʻi 2024-yil 1-iyulga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi 2021-yildan boshlab tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali ot sporti turlari uchun zarur sport kiyimlari, uskuna va jihozlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrsin.
9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov) ikki oy muddatda sof zotdor otlarni urchitish va koʻpaytirish, yosh otlar rivojlanishi va oʻsishini, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarishni, intensiv ot boʻrdoqichiligini tashkil etish, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash va otlardan olingan mahsulotlar turlarini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
ot sporti turlari boʻyicha jahon reytinglarida yetakchilik qilayotgan davlatlar bilan birgalikda mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish, tajriba almashish, boshqa qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatsin.
11. Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh (A. Abduxakimov):
a) bir oy muddatda:
har bir hudud kesimida ot sporti turlarining amaldagi holatini chuqur tahlil qilsin;
hududlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga koʻmaklashishga qodir boʻlgan tashkilotlarni safarbar etsin;
joylarda ot sporti turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining hududiy boʻlinmalarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsin;
b) ikki oy muddatda har bir hududda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin. Bunda dasturlarda:
yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish, milliy ot sportining xalqaro dovrugʻini oshirish;
tuman (shahar) hokimlari va viloyat rahbarlari kuboklari musobaqalarini tashkil etish;
ot sportining milliy va anʼanaviy turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash;
yirik xalqaro musobaqalar, jumladan oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish;
ot sporti turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish va ularni ushbu musobaqalarga keng jalb qilish choralarini koʻrish;
milliy bayramlarda ot sporti bilan bogʻliq holda oʻtkaziladigan musobaqalar grafigini ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
13. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-avgust,
PQ-5211-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5211-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi
1-bob. Umumiy qoidalar
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni (keyingi oʻrinlarda — ot sporti turlari) yanada ommalashtirish hamda tizimli rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat dasturi ot sporti turlarini tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda ular boʻyicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
2-bob. Ot sporti turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq, quyidagilar mamlakatimizda ot sporti turlarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
birinchi yoʻnalish — mamlakatda ot sporti turlarini aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
ikkinchi yoʻnalish — ot sporti turlari boʻyicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ot sporti turlarining ilmiy-metodologik bazasini yanada kuchaytirish;
uchinchi yoʻnalish — ot sporti turlari bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ot sporti klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish;
toʻrtinchi yoʻnalish — Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti turlarini kiritish;
beshinchi yoʻnalish — ot sporti turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalar, jumladan oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish;
oltinchi yoʻnalish — ot sporti turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.
§ 1. Birinchi yoʻnalishni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarda ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ot sporti turlari boʻyicha tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida musobaqalar tashkil qilish;
ot sporti turlari boʻyicha sport maktablari va klublari, taʼlim muassasalaridan saralangan sportchilar oʻrtasida mintaqaviy oʻquv-mashq yigʻinlari va musobaqalar oʻtkazish;
oʻtkazilgan musobaqalarning gʻolib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublarni tashkil etib, respublika darajasida klublararo musobaqalar oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalarini tashkil qilish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
(beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablarida zamonaviy beshkurash va polo boʻyicha boʻlimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har bir olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ot sporti va zamonaviy beshkurash boʻlimlarini tashkil etish;
(yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, multimedia texnologiyalari, ot modulyatorlari bilan taʼminlash;
respublikada ot sportini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hudud sifatida Qashqadaryo viloyatida ot sporti turlarini yanada ommalashtirish;
yosh avlod chavandozlari, beshkurashchilari va polochilarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.
§ 2. Ikkinchi yoʻnalishni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
taʼlim muassasalarida oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish orqali xalqaro standartlar asosida ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ot sporti turlari boʻyicha masofaviy taʼlimni tashkil etish;
ot sporti turlari boʻyicha mahoratli trenerlar tomonidan yaratilgan sportchilarni tayyorlash metodikasini chuqur oʻrganib, ilmiy jihatdan samarasini isbotlagan holda, barcha sport-taʼlim muassasa va tashkilotlariga keng joriy etish;
ot sporti turlarining oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish;
ot sporti turlari bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlar yaratish;
ot sporti turlari boʻyicha elektron taʼlim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarning respublika ochiq maʼlumotlar bazasini yaratish;
axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini kompyuterlashtirish darajasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
trener va mutaxassislarni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo sporti federatsiyasi tavsiyanomasi asosida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan hududlarga yuborish (rotatsiya qilish);
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka ixtisoslashgan veterinariya vrachlari va zootexniklarini tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ot sporti boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishining maxsus sirtqi taʼlim shaklini ochish;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda zamonaviy beshkurash va polo uchun alohida oʻrin ajratish;
terma jamoalar sportchilarini tibbiy va farmakologik taʼminlash, ularning oʻquv-mashgʻulot va musobaqalarga tayyorgarlik jarayoniga ilgʻor innovatsion, ilmiy-metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarning xalqaro ot sporti turlari boʻyicha musobaqalarda ishtirokini taʼminlash uchun ilmiy tahlil qilish boʻyicha mutaxassislar (olimlar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar) guruhlarini tashkil etish.
§ 3. Uchinchi yoʻnalishni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
ot sporti turlari boʻyicha xalqaro standartlarga javob beradigan sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanganlik darajasini doimiy ravishda tahlil qilib borish;
ot sporti turlari boʻyicha sport bazalarini zamonaviy uskunalar, sport inventarlari va jihozlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ot sporti turlari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish, mahalliy va xorijiy turistlarning dam olishini tashkil qilish uchun zarur infratuzilma obyektlaridan (ippodrom, stadion, suzish havzasi, mehmonxona, davolash-sogʻlomlashtirish majmuasi, kafe, veterinariya dorixonasi, oʻquv markazi, sport va zotdor otlar uchun veterinariya klinikasi) iborat koʻp tarmoqli ot sporti majmualarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida ot sporti klublarini tashkil etish;
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi faoliyatini tahlil qilish, ularni va ularning aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash;
ot sporti turlari boʻyicha davlat va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ot sporti turlari boʻyicha sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
oʻquv-mashgʻulotlar jarayonida zamonaviy sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish, kompyuterlashtirilgan xonalarda maxsus oʻquv-mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish;
ot sporti turlari boʻyicha mobil ilmiy-tibbiyot laboratoriyalarini tashkil etish;
ot sporti turlari bilan shugʻullanuvchilarning tibbiy profilaktikasi ishlarini, Ippoterapiya markazlari faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish;
ot sporti turlari bilan shugʻullanuvchilarni hududiy tibbiyot muassasalariga biriktirish;
ot sporti turlari bilan shugʻullanuvchilar jismoniy holatining muntazam monitoringini olib borish;
hududlardagi chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar, ot sporti bilan shugʻullanish imkonini beruvchi ochiq va yopiq maydonlar hamda ippodromlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni tezkor olish imkonini beruvchi elektron bazani yaratish va monitoringini olib borish;
ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo boʻyicha milliy terma jamoalar uchun xalqaro standartlarga javob beradigan yagona oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish;
naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish, hududlarda yilqichilik xoʻjaliklari va ot zavodlarini tashkil etish;
yilqichilik toʻgʻrisida ilm (ippologiya)ni chuqur oʻrganish, innovatsion seleksiya-genetika ishlarini (naslchilik, veterinariya) kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish, otlarni sunʼiy urugʻlantirishni yoʻlga qoʻyish;
yilqichilik boʻyicha seleksiya ishlarini kuchaytirish, respublika va xalqaro miqyosda ot sporti oʻyinlarida ishtirok etuvchi otlarni xalqaro talablar boʻyicha kasalliklarga qarshi emlash;
yilqichilik boʻyicha zamonaviy diagnostika laboratoriyalari va veterinar klinikalarini tashkil qilish;
naslli va sport otlarini tanlash, turistlar oqimini koʻpaytirish maqsadida milliy hamda xalqaro koʻrgazmalar tashkil qilish;
sof zotdor otlarni urchitish va koʻpaytirish, yosh otlar rivojlanishi va oʻsishini, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarishni, intensiv ot boʻrdoqichiligini tashkil etish, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash va otlardan olinadigan mahsulotlar turlarini kengaytirish;
respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻxshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha davlat standartini ishlab chiqish;
Qorabayir zotli otlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish;
naslli va sport otlarini import qilish.
§ 4. Toʻrtinchi yoʻnalishni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ot sporti turlari boʻyicha trener, bereytor va mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarni ot sporti turlari asoslari boʻyicha oʻqitish;
togʻli joylarda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun chavandozlik asoslari boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlarni tashkil qilish;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun mashhur chavandoz va xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar, seminar, trening, master-klasslar, oʻquv darslarini tashkil etish;
Xalqaro ot sporti federatsiyasining Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga oid tavsiya va takliflarini oʻrganib chiqib, amaliyotga tatbiq etish;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo-davlatlarning Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish tashabbusini ilgari surish va ularda ishtirok etish, shu jumladan ularni respublikada oʻtkazish;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarini ot sporti turlari boʻyicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo oʻyinlariga keng jalb qilish;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ot sporti turlari boʻyicha yuqori natijalarni koʻrsatgan harbiy xizmatchi va xodimlarni ragʻbatlantirish.
§ 5. Beshinchi yoʻnalishni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
ot sporti turlari boʻyicha sport-taʼlim muassasalari faoliyatiga, milliy terma jamoalarni shakllantirishga malakali xorijiy trener, mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish;
ot sportining olimpiya turlarini (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash/konkur, ot yoʻrttirish, zamonaviy beshkurash) ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
antidoping sohasida xalqaro tajribadan foydalangan holda, ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar uchun takomillashtirilgan antidoping taʼlim dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va taqdim etish;
har yili anʼanaviy tarzda ot sportining ot yoʻrttirish turi boʻyicha Toshkent viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, ot sportining toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open”, Toshkent shahrida “Millatlar kubogi” xalqaro turnirlarini tashkil etish;
har yili anʼanaviy tarzda zamonaviy beshkurash boʻyicha Toshkent shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun”, “Tashkent open”, “Central Asian Cup”, ushbu sport turining lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha “Central Asian Championship” xalqaro turnirlarini tashkil etish;
har yili anʼanaviy tarzda polo boʻyicha Toshkent viloyatida “Amirsoy-Polo Cup”, Qashqadaryo viloyatida “Kok-Saray Cup”, Toshkent shahrida “Tashkent open” xalqaro turnirlarini tashkil etish;
Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ot sporti turlari boʻyicha jahon reytinglarida yetakchilik qilayotgan davlatlar bilan birgalikda mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish, tajriba almashish, boshqa qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish.
§ 6. Oltinchi yoʻnalishni roʻyobga chiqarish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ot sporti turlarini keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish;
“Oʻzbek yilqichiligi va ot sporti” ommabop jurnalini taʼsis etish;
ot sporti turlariga bagʻishlangan “Ot — er yigitning qanoti”, “Yurtimiz chavandozlari” kabi mavzularda turkum koʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish;
taniqli chavandozlar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish;
sport jurnalistlarining ot sporti yutuqlari tahlil qilingan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish;
mashhur chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini oʻtkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun mahorat saboqlarini tashkil etish;
ot sporti turlarini yanada ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida hujjatli va badiiy videofilmlar yaratish;
mamlakatimizda yilqichilik, naslchilik va ot sportini rivojlantirish, milliy merosimizning ajralmas qismi boʻlgan Qorabayir zotli otlar haqida hujjatli film ishlab chiqish;
umumxalq bayramlari va sayillari davomida ot sporti turlarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
oʻquvchi va talabalarning ot sporti turlariga qiziqishini oshirish, joylarda ot sporti xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
ot turizmini rivojlantirish, ot sporti turlari boʻyicha maktablar, klublarga turistlarni jalb qilish, koʻrgazmali tadbirlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5211-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Mamlakatda ot sporti turlarini aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish

1.

Ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarda ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm viloyatlari va boshqa hududlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish.

2021-yil 15-avgust

Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining ot sporti turlariga qiziqishini oʻrganish.

2021-yil avgust-sentabr

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm viloyatlari va boshqa hududlarda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlash.

2021-yil oktabr

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalarini tashkil qilish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:

Chavandozlar maktablarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq ot sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida tashkil qilish;

Chavandozlar maktablarini Milliy gvardiya tizimiga kiritish, ularni maktabdan tashqari sport taʼlim muassasasi etib belgilash;

Chavandozlar maktablarining faoliyatini ot sporti (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-koʻpkariga ixtisoslashtirish;

Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilish.

2021-yil avgust

Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

2. Chavandozlar maktablari faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib borish, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha taklif kiritish.

2021-yil davomida

3.

Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, multimedia texnologiyalari, ot modulyatorlari bilan taʼminlash.

Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabini quyidagi zamonaviy sport jihozlari va anjomlar bilan taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

xalqaro ot sporti talablarga javob beradigan toza zotli 10 bosh ot;

mashgʻulot jarayonida foydalanish uchun innovatsion ot simulyatori (elektron ot);

nufuzli musobaqalarda foydalanish uchun 20 dona egar jamlanmasi;

otlarni sunʼiy yugurtiruvchi elektron suvli yoʻlak;

multimedia texnologiyalari, ot modulyatorlari.

2021-yil dekabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning homiylik mablagʻlari

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi

4.

Yosh avlod chavandozlari, beshkurashchilari va polochilarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Musobaqalar oʻtkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Ot sporti turlari boʻyicha “Hokim kubogi”, “Chavandozlar ligasi”, “Beshkurashchilar ligasi”, “Polochilar ligasi” musobaqalari oʻtkazilishini tashkil etish.

Har yili

3. Musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish.

Musobaqa yakunida

II. Ot sporti turlari boʻyicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ot sporti turlarining ilmiy-metodologik bazasini yanada kuchaytirish

5.

Ot sporti turlari boʻyicha trener, hakam, veterinar, taqachi va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida ot sporti turlari rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish.

1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ot sporti turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Respublika budjeti mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy taʼlimni tashkil etish.

3. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabi faoliyatini samarali tashkil qilish.

2021-yil sentabr

6.

Ot sporti turlarining oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq mamlakatimizda zotdor otlarni koʻpaytirish va naslchilik texnologiyalarini yaratish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish.

3. Ot sporti turlari bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlar yaratish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Respublika budjeti mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

III. Ot sporti turlari bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ot spo??i klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish

7.

Ot sporti turlari boʻyicha davlat va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Ot sporti turlari boʻyicha xalqaro standart talablariga javob beruvchi sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish.

2021-yil sentabr

Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablagʻlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Ot sporti turlari uchun sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

3. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali ot sporti turlari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

2021-yil 1-noyabrdan boshlab

8.

Respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻxshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha davlat standartini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajriba asosida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust — noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ hujjat loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil dekabr

IV. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich ot sporti turlarini kiritish

9.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish.

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa organlar tizimida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, harbiy xizmatchi va xodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, ushbu dasturlar mazkur davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2021-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

10.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash.

1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarining ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish.

2021-yil sentabr

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchi va xodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallar tayyorlash va tarqatish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani ?rganish.

3. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa axborot materiallarini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

4. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ot sporti turlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarda foydalanilayotgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, adabiyotlar va boshqa axborot materiallari bilan taʼminlash.

2021-yildan boshlab

11.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish.

1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish va yuqori saviyada oʻtkazish.

2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va ularni oʻtkazish jarayoniga turistlarni jalb qilish.

3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha oʻtkazilgan turnirlarda yuqori natijalarni koʻrsatgan harbiy xizmatchi va xodimlarni ragʻbatlantirish.

2021-yildan boshlab

Ishtirokchilar mablagʻlari

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

V. Ot sporti turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalar, jumladan oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish

12.

Ot sportining olimpiya turlarini (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash/konkur, ot yoʻrttirish, zamonaviy beshkurash) ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ot sportining olimpiya turlarini ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarini ot sportining olimpiya turlari boʻyicha respublika hamda xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo oʻyinlariga keng jalb qilish.

2021-yildan boshlab

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik Xizmati, Bojxona qoʻmitasi

13.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi rahbari va rahbari oʻrinbosari lavozimlariga mamlakatimizdagi ot sporti turlari boʻyicha yetuk mutaxassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzod taklif qilish.

2021-yil oktabr

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash.

2021-yil noyabr, kelgusida — doimiy

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

VI. Ot sporti turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish

14.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ot sporti turlarini keng targʻib qilish choralarini amalga oshirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash:

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida ot sporti turlari boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Ot sporti” maxsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida ot sporti turlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish;

ot sporti turlariga bagʻishlangan “Ot — er yigitning qanoti”, “Yurtimiz chavandozlari” kabi mavzularda turkum koʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish;

taniqli chavandozlar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish;

sport jurnalistlarining ot sporti yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish.

Amalga oshirish — 2021-yil avgust — dekabr

2. Yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport federatsiyalarining veb-saytlarini yaratish va yangilab borish.

2021-yil sentabr

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

15.

Ot sporti turlarini yanada ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida badiiy va hujjatli videofilmlar yaratish.

2022-yilda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari roʻyxatiga:

ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida badiiy filmni ishlab chiqarish;

milliy merosimizning ajralmas qismi boʻlgan Qorabayir zotli otlar haqida hujjatli film ishlab chiqarishni kiritish.

2021-yil dekabr

Kinematografiya agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

16.

Umumxalq bayramlari va sayillari davomida ot sporti turlarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Tuman va shaharlarning markaziy koʻchalari boʻylab otlar ishtirokida paradlar tashkil etish.

Umumxalq bayramlari va sayillari davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

2. “Navroʻz”, “Hosil bayrami”, xalq sayillari va boshqa umumxalq bayramlari doirasida ot bilan koʻrgazmali chiqishlar, uloq-koʻpkari, ot ustida kurash, olomon poyga musobaqalarini tashkil etish.

3. Taniqli sportchilar, sanʼatkorlar va boshqa soha vakillari ishtirokida polo boʻyicha koʻrgazmali musobaqalar tashkil etish.

Yoz mavsumida

17.

Oʻquvchi va talabalarning ot sporti turlariga qiziqishini oshirish, joylarda ot sporti xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquvchi va talabalarning joylardagi ot sporti markazlari, ippodromlarga ekskursiyalarini tashkil etish.

2021-yildan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Mashhur chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini oʻtkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun mahorat saboqlarini tashkil etish.

2021-yil sentabr

3. Aholi gavjum, tez-tez tashrif buyuradigan joylarda xususiy ot egalari tomonidan ot xizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

2021-yildan boshlab

4. “Qorabayir otchilik majmuasi” UK va “Vodiy tulporlari” MCHJning ot sporti majmualariga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilishga qaratilgan ishlarini rivojlantirish.

2021-yildan boshlab doimiy

Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

5. Shugʻullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5211-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturining maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Indikatorlar

Masʼul ijrochilar

Jami

Yillar kesimida

2021

2022

2023

2024

2025

1.

Ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo (keyingi oʻrinlarda — ot sporti turlari) bilan muntazam shugʻullanayotganlar soni, shu jumladan:

Nafar

7 620

1 070

1 290

1 490

1 700

2 070

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti

4 850

790

880

970

1 060

1 150

zamonaviy beshkurash

1 520

180

260

300

360

420

polo

1 250

100

150

220

280

500

3.

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ot sporti va zamonaviy beshkurash boʻlimlarini tashkil etish, shu jumladan:

Son

4

3

1

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

3

Toshkent shahri

1

4.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ot sporti klublarinitashkil etish, shu jumladan:

Son

16

5

3

3

3

2

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

5

(Qashqa-daryoda — 3 ta)

Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri

3

Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

3

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari

3

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari

Navoiy va Sirdaryo viloyatlari

2

Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

5.

Ot sporti turlari boʻyicha respublika musobaqalarini (chempionat, kubok, turnir) oʻtkazish, shu jumladan:

Son

172

24

29

34

39

46

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti

112

18

20

22

24

28

zamonaviy beshkurash

27

3

4

5

7

8

polo

33

3

5

7

8

10

6.

Ot sporti turlari boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarni (chempionat, kubok, turnir) oʻtkazish, shu jumladan:

Son

29

3

6

7

8

9

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti

33

3

4

5

6

7

zamonaviy beshkurash

4

-

1

1

1

1

polo

4

-

1

1

1

1

7.

Ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali hakamlar tayyorlash, shu jumladan:

Nafar

247

30

39

48

60

70

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti

150

20

25

30

35

40

zamonaviy beshkurash

90

10

14

18

22

26

polo

7

-

-

-

3

4

8.

Ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu jumladan:

Nafar

110

10

16

22

28

34

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

ot oʻrgatuvchi instruktorlar

60

4

8

12

16

20

veterinar-shifokorlar, feldsher-veterinarlar

50

6

8

10

12

14

9.

Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan otlar soni

Foiz

(jami aholi soniga nisbatan)

5

1

2

3

4

5

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Sport otlari soni

Son

700

80

110

140

170

200

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

11.

Yilqichilik fermalarini tashkil etish

Son

170

130

140

150

160

170

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Naslli va sport otlarini eksport qilish

Bosh

280

20

30

50

80

100

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

13.

Naslli va sport otlarini import qilish

Bosh

185

10

25

35

50

65

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PQ-5211-son qaroriga
4-ILOVA
Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport turini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI

1.

A.A. Abduxakimov

Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

K.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

4.

J.A. Xodjayev

qishloq xoʻjaligi vaziri

5.

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

6.

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

7.

B.T. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

8.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

9.

A.Q. Karimov

turizm va sport vaziri oʻrinbosari

10.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

11.

B.V. Gaziyev

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi

12.

R.M. Shaabduraxmanov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

13.

M.M. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi

14.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

15.

R.A. Talipov

Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, ishchi guruh kotibi

Izoh: ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 07/21/5211/0762-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)