1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyundagi PQ–5159-son qaroriga muvofiq kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari negizida ilgʻor jahon amaliyoti asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, unga bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni rivojlantirish hamda ushbu yoʻnalishning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 18 nafar shtat birligidan iborat mahalliy va xorijiy mutaxassislardan tarkib topgan davlat muassasasi shaklidagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin hamda uning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Loyiha ofisi faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda Boshqaruv qoʻmitasi tuzilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
2. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
xorijiy konsultantlar bilan birgalikda mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish, geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish va misni qayta ishlash sohasida koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan strategik yoʻnalishlarni belgilash va ustuvor loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
investitsiya shartnomalarini tayyorlash, investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish tizimini joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan mis hamda boshqa rangli va nodir metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan mis va nodir metallar asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish zanjirini yaratish dasturini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
xorijiy kompaniyalar bilan kon-metallurgiya korxonalarining taʼmirlash zavodlari negizida kon-metallurgiya texnikalari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.30.00 Autsorsing]
yirik togʻ-kon korxonalarida avtotransport, raqamlashtirish kabi alohida faoliyat turlarini kooperatsiya va autsorsing xizmatlarini joriy etish orqali xususiy sektor ishtirokchilarini sohaga jalb etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
sohada ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, tizim uchun xorijdan malakali kadrlarni jalb qilish, shuningdek, kon-metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi]
kon-metallurgiya sanoatini zarur infratuzilma bilan taʼminlash hamda milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish]
mahalliy mis sanoati klasteri boʻyicha yaratiladigan yagona elektron axborot-interaktiv savdo portali faoliyatini (keyingi oʻrinlarda — portal) tashkil etish hamda doimiy tarzda texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, portalning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar grantlari, homiylik mablagʻlari hamda portalda koʻrsatiladigan xizmatlar va vositachilik haqi, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirib borish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining xalqaro moliya institutlari hamda “katta toʻrtlik” roʻyxatiga kiruvchi auditorlik kompaniyalaridan biri boshchiligida nufuzli injiniring, moliyaviy va yuridik maslahatchilar hamda xalqaro standartlar asosida foydali qazilma va mineral resurslar zaxiralarini baholovchi mutaxassislar ishtirokida konsorsium (keyingi oʻrinlarda — Konsorsium) tuzish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.17.00 Kambagʻallikni qisqartirish]
Loyiha ofisi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari (B. Abdinazarov) boshchiligida faoliyatini olib boradi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
Loyiha ofisi xodimlari Konsorsium ishtirokchilari vakillari, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat boʻladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Loyiha ofisida faoliyat yuritadigan Konsorsium ishtirokchilari vakillarining mehnatiga haq toʻlash va ular faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Konsorsium ishtirokchilari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Loyiha ofisiga Konsorsium bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
a) respublikada mavjud mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish sohasida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
mavjud va istiqbolli bitta mis konini hamda bitta boshqa rangli va nodir metallar konini tanlab olgan holda baholash, konlarni oʻzlashtirish modelini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
zaxiralari baholangan konlarni oʻzlashtirishni iqtisodiy asoslash uchun ularning moliyaviy modelini ishlab chiqish, shu jumladan, sof joriy qiymati (NPV) va ichki rentabellik darajasini (IRR) aniqlash;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
barcha hisob-kitoblari xalqaro konsultantlar tomonidan xalqaro togʻ-kon metallurgiya kompaniyalari hamda tijorat banklari tomonidan qabul qilishga tayyor boʻlgandan keyin, tanlov asosida jahonda ushbu sohada yetakchi hisoblangan kompaniyalarga taklif joʻnatish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.11.00 Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini tashkil etish]
shaffof va ochiq tarzda tanlovni oʻtkazish hamda respublika uchun eng yaxshi taklifni bergan, yangi innovatsion texnologiyalarni olib kelish boʻyicha majburiyatni olgan mahalliy tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar tomonidan konlardan foydalanishi yuzasidan xulosa va takliflarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
b) koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan mis mahsuloti va u bilan bogʻliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
sohaning strategik yoʻnalishlarini belgilash, tashqi bozorlar konyunkturasini tizimli oʻrganish hamda respublikada mavjud ilmiy-texnologik salohiyatdan kelib chiqqan holda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda ekspert xulosalari taqdim etish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
innovatsiyalar hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida respublikada uskunasozlik tarmogʻini yaratish va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruv ishlari pudrati. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati]
xorijiy texnologiyalar transferini amalga oshirish va moslashtirish tizimini yaratish, loyiha injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
loyihalarni amalga oshirishda “yashil” texnologiyalarni tatbiq etishni ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqish.
6. Loyiha ofisi boshqaruv qoʻmitasiga (J.A. Qoʻchqorov):
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya bilan kelishgan holda Loyiha ofisining ish faoliyatini samarali tashkil qilish, uni mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda ularning oylik maoshlarini tasdiqlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Loyiha ofisining taklifi asosida Konsorsium aʼzolari tarkibini va ularning ish rejasini tasdiqlash vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiyaga axborot kiritib borilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xalqaro tajribaga ega boʻlgan geologiya, misni qayta ishlash va togʻ-kon metallurgiya, uskuna, mashina va texnikalari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadigan kamida 5 nafar injener va texnolog mutaxassisliklarga ega boʻlgan ekspertlarni Loyiha ofisiga jalb etsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Loyiha ofisini saqlash xarajatlari va mahalliy mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi talabnomasiga asosan 2021-yil xarajatlarini respublika budjetining ortiqcha daromadlari hisobidan hamda kelgusi yillar uchun belgilangan tartib asosida respublika budjetidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv]
9. Loyiha ofisi va Konsorsiumga jalb qilinadigan xalqaro ekspertlar va konsalting kompaniyalarining xizmat haqlari bilan bogʻliq xarajatlarni “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.10.00 Demografiya / 01.05.10.02 Аholini roʼyxatga olish]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomalariga asosan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza muddatlarini uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi buyurtmanomalariga asosan xorijiy fuqarolarga (bunday mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishi hamda muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari B.Q. Abdinazarov belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-avgust,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-avgustdagi 498-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisining
TUZILMASI
Loyiha ofisining boshqaruv qoʻmitasi
Loyiha ofisi rahbari
Mis sanoati klasteri elektron axborot-interaktiv savdo portali
Mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish guruhi
3
Kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, elektrotexnika, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish guruhi
3
Misni qayta ishlash sohasida istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash guruhi
3
Loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish guruhi
3
Moliyaviy-tashkiliy sektor
2
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 18 nafar.
Izoh. Loyiha ofisiga jalb etiladigan xorijiy ekspertlarning xizmat haqlari “Olmaliq KMK” AJ mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi tavsiya etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-avgustdagi 498-son qaroriga 2-ILOVA
Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisining boshqaruv qoʻmitasi
TARKIBI
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Bosh vazirning oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, qoʻmita rahbari
2.
B.Q. Abdinazarov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari, qoʻmita rahbari oʻrinbosari
3.
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, qoʻmita rahbari oʻrinbosari
4.
Sh.A. Vafayev
—
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari
5.
Sh.U. Turdikulova
—
innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari
6.
Sh.H. Xodjayev
—
energetika vaziri oʻrinbosari
7.
B.F. Islamov
—
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi
8.
J.T. Mirzamaxmudov
—
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi
9.
A.V. Rafiqov
—
“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari
10.
M.M. Yunusov
—
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi
11.
Q.S. Sanaqulov
—
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori
12.
A.X. Xursanov
—
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi
13.
B.A. Mamatov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi,Boshqaruv qoʻmitasi kotibi
Izoh. Boshqaruv qoʻmitasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 09/21/498/0761-son)