1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va ragʻbatlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
1. 2021-yil 1-avgustdan boshlab Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi (keyingi oʻrinlarda — baholash tizimi) joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy maqsadi etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
aholining barcha qatlamlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari]
yoshlarda iroda, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yurtimiz sharafini himoya qila oladigan, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.01.00 Hudud tarkibi]
respublika hududida, shu jumladan olis hududlarda joylashgan qishloqlar, ovullar, mahallalarda aholini sogʻlomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning xalqaro standartlari va ilgʻor xorijiy tajribasini tatbiq etish.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
baholash tizimi boʻyicha sport sinovlari (keyingi oʻrinlarda — sport sinovlari) maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi;
sport sinovlari pogʻona va murakkablik darajasidan kelib chiqib, 15 turdagi, shu jumladan uzoq va qisqa masofalarga yugurish hamda suzish, turnikda tortilish, anjomlarni uloqtirish va boshqa mashqlardan iborat boʻladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
sport sinovlari ishtirokchilariga 11 ta yosh toifasi boʻyicha egallagan oʻrni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi hamda ular moddiy va boshqa sovgʻalar bilan ragʻbatlantiriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Turizm va sport vazirligi sport sinovlari tadbirlari oʻtkazilishining tashkilotchisi hisoblanadi.
3. Quyidagilar:
Sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi guruhlari) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar belgilansin:
a) Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarida sport sinovlarini oʻtkazish “yoʻl xaritasi” va muddatlarini belgilash;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
hududiy ishchi guruhlari hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish, ular tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib borish;
sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganlarning yuqori reyting natijalarini qayd etish tizimini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
havaskor sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar olib borilishini qoʻllab-quvvatlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida tuman (shahar)larda sport sinovlari oʻtkazilishining tashkil etilishi, shuningdek, bu borada yaratilgan sharoitlarni muntazam ravishda oʻrganib borish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
sport sinovlarini topshirishda rekord natijalarni qayd etgan gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish;
b) hududiy ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
tuman (shahar)larda jismoniy faollikni qoʻllab-quvvatlash va ommaviy sportni keng targʻib qilish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
qishloq joylarda sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlari, konkurslarni tashkil etish orqali sport sinovlari targʻibotini hamda oʻtkazilishini tashkil etish;
sport sinovlarining (ixtiyoriy va maxsus talablarini bajargan) gʻoliblarini taqdirlash ishlarini tantanali ravishda amalga oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
sport sinovlari oʻtkaziladigan sana, oʻtish joyi, rejasi va shartlari toʻgʻrisida kamida bir oy oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
tuman (shahar)larda sport sinovlarining maxsus talablarini bajarish uchun alohida markazlarni tashkil etish va zarur hollarda sport sinovlarini oʻtkazish uchun xususiy sheriklarni jalb etgan holda tegishli shart-sharoitlarni yaratish;
zarur hollarda sport sinovlarini takomillashtirish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash va Respublika komissiyasiga kiritish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
maxsus sport sinovlari natijalarining joylarda adolat va shaffoflikni taʼminlagan holda rasmiylashtirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha davlat organlari va tashkilotlari:
sport sinovlarining har yili muntazam ravishda oʻtkazib borilishida aholining barcha qatlamlari xohishlariga qarab faol ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
sport sinovlarini oʻtkazish, gʻoliblarni ragʻbatlantirish hamda mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan “Sport targʻibotchisi” xodimining qisqa muddatli malaka oshirishi bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutsin.
6. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga (K. Rafikov):
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
mehnat jamoalarida xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga har yili bir marotaba dam olish maskanlari yoki sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish tartibini joriy etish tavsiya etilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) — sport sinovlarini oʻtkazishda hududiy ishchi guruhlariga koʻmaklashishga, jumladan mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan oʻz hududida istiqomat qiluvchi (doimiy yoki vaqtinchalik) uyushmagan yoshlar va aholining roʻyxati shakllantirilishiga;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev) — sport sinovlari oʻtkaziladigan joylar (maydonlar va sport inshootlari)da hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha zarur choralarning belgilangan tartibda amalga oshirilishiga;
v) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
barcha davlat organlari va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan shaxslarni hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha masʼullarni davriy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat koʻrsatilishiga, sport tadbirlari oʻtadigan joylarda zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari hamda tez yordam avtomashinalari navbatchiligi tashkil etilishiga;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
g) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev) — sport sinovlari oʻtadigan joylarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena talablariga mos boʻlishiga;
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
d) Milliy gvardiya (R. Djurayev) — sport sinovlari oʻtkaziladigan, ishtirokchilar joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylarda va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlashga, yoʻl harakati ishtirokchilari uchun ajratilgan avtotransport vositalarini yoʻl-patrul xizmati avtomashinalari yordamida kuzatishga;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
e) Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) — tizimidagi taʼlim muassasalarining oʻquvchi va barcha xodimlaridan sport sinovlarining qabul qilinishiga;
j) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) — tizimidagi taʼlim muassasalarining talaba va barcha xodimlaridan sport sinovlarining qabul qilinishiga;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
z) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) — mahalla va qishloqlardagi band boʻlmagan aholining barcha qatlamidan sport sinovlarining qabul qilinishiga;
(7-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
i) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) — mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishiga;
y) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov) — tizimidagi barcha xodim va xizmatchilardan sport sinovlarining qabul qilinishiga masʼul hisoblanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
8. Yoshlar siyosati va sport vazirligining sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Bunda, sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan gʻoliblar I, II, va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport sinovlarini oʻtkazish, gʻoliblarni va sport sinovlarini oʻtkazishda faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida Sport vazirligi uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 07/25/221/0593-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) hamda manfaatdor sport federatsiya (assotsiatsiya)larining sport sinovlarini baholash tizimi meʼyorlari, sport razryadlari va unvonlari, oʻtkazish grafiklari va ishtirokchilar uchun tavsiyalar platformasini (www.jtdss.uz) hamda sport sinovlari ishtirokchilari haqidagi yagona elektron bazani yaratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda, Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov):
a) 2021-yil 1-avgustga qadar sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) va yagona elektron bazasi faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻysin;
b) har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sport sinovlarini oʻtkazish vaqti, joyi va sport inshootlarining manzillari, hakamlar haqidagi va boshqa batafsil maʼlumotlarni platformada joylashtirib borsin va ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib etsin;
v) har yil yakuni bilan sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning eng yuqori natijalari va rekord oʻrnatganlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni platformada va yagona elektron bazada yuritish amaliyotini joriy etsin.
Platforma va yagona elektron bazani ishlab chiqish, ularga xizmat koʻrsatish va keyinchalik modernizatsiyalash boʻyicha buyurtmachining funksiyalari Turizm va sport vazirligiga yuklatilsin.
Turizm va sport vazirligi sport sinovlarining platformasi doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishiga, shuningdek, uning doimiy texnik qoʻllab-quvvatlanishiga, maʼlumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligini taʼminlashga masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) bilan birgalikda “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparati kompleksida elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini sport sinovlari muvaffaqiyatli topshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirib borish amaliyotini joriy etsin.
12. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov):
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
a) bir oy muddatda Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishoni va guvohnomasining tavsiflarini tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) bilan birgalikda aholining sport sinovlari bilan qamrab olinishini baholash mezonlarini ishlab chiqib, barcha davlat organlari va tashkilotlari xodimlari kesimida reyting asosida tahlil qilish tizimini joriy etsin;
barcha davlat organlari va tashkilotlarining sport targʻibotchilari tomonidan sport sinovlari oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ular tomonidan xodimlar oʻrtasida sport sinovlarini topshirish boʻyicha targʻibot ishlarining olib borilishini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga sport sinovlarini keng targʻib qilish, aholini sport sinovlarining muddati toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida tegishli teleradiokanallar efirida eʼlonlarni namoyish etish, gʻolib va sovrindorlar faoliyati hamda sport bilan shugʻullanishning inson hayoti va salomatligini taʼminlashdagi ahamiyatini targʻib qiluvchi koʻrsatuv hamda eshittirishlarni efirga uzatish tavsiya etilsin.
14. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib turizm va sport vaziri oʻrinbosari A.Q. Karimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-iyun,
PQ-5148-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga 1-ILOVA
Sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi
Davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari
8.
A.X. Qoʻldoshev
—
favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
A.T. Norboyev
—
mudofaa vazirining oʻrinbosari
10.
A.I. Ikramov
—
ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
11.
S.D. Mamayusupov
—
Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari
12.
A.K. Karimov
—
turizm va sport vaziri oʻrinbosari
13.
A.Z. Saʼdullayev
—
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori
14.
R.M. Shaabduraxmanov
—
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi
15.
Q.M. Rafikov
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi
16.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sport sinovlarining oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy ishchi guruhi rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — turizm va sport bosh boshqarmasi boshliqlari, hududiy ishchi guruhi rahbari oʻrinbosarlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Harbiy okruglar boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari
Lavozimi boʻyicha
—
Oliy taʼlim muassasalari rektorlari
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)