1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TOʻGʻRISIDA ISh QOʻZGʻATISh VA ULARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi tacdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi mazkur Tartibning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar ijro etishi uchun yetkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-iyun,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-iyundagi 321-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish
TARTIBI
Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlari boʻyicha ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish tartibotini va muddatlarini tartibga soladi. Tartib:
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini;
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishni toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish tartibini;
— monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibini;
— monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi va asoslarini nazarda tutadi.
I. MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQISh VA KOʻRSATMALAR BERISh TARTIBI
1. Monopoliyaga qarshi davlat organi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.
2. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlari joylashgan joydagi monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻz vakolatlari doirasida har qanday ishni koʻrib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
3. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasida Qoʻmita raisi (uning oʻrinbosari), boshqarmalar boshliqlari va mutaxassislaridan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalarida hududiy boshqarma boshligʻi (uning oʻrinbosari), boshqarma mutaxassislaridan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi.
Qoʻmitada raisning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari (u boʻlmagan paytda boshqarma boshliqlaridan biri), hududiy boshqarmada boshqarma boshligʻi (uning oʻrinbosari) komissiya raisi hisoblanadi.
Muayyan ishni koʻrib chiqish uchun komissiya aʼzolarining shaxsiy tarkibi rais tomonidan ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda belgilanadi. Qoʻmita (hududiy boshqarma) komissiyasi aʼzolarining umumiy soni uch kishidan kam boʻlmasligi kerak.
4. Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni tayyorlashda, koʻrib chiqishda, shuningdek qarorlarni va koʻrsatmalarni ijro etishda:
— xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, davlat boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyat organlaridan tanishish, nusxa koʻchirish va ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olishga;
— ariza beruvchi, shuningdek oʻzlariga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, boshqaruv organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazishga;
— xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, boshqaruv organlaridan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan ish mohiyati boʻyicha tushuntirish xatlari olishga;
— manfaatdor shaxslarni ishda qatnashishga jalb etishga;
— ekspertlar va mutaxassislarni ishni koʻrib chiqishda qatnashishga jalb etishga;
— xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va boshqaruv organlarini ularning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilishlari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazishga haqlidir.
Monopoliyaga qarshi davlat organi ish mohiyatini, ishda qatnashayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini har tomonlama, toʻliq va xolis aniqlash uchun boshqa chora-tadbirlar koʻrishga haqlidir.
5. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oʻz tekshiruvlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos boʻladi.
6. Ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni monopoliyaga qarshi davlat organi komissiyasi raisi qabul qiladi.
7. Monopoliyaga qarshi davlat organi boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari oʻzlariga berilgan funksional huquqlarga muvofiq monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va uni monopoliyaga qarshi davlat organi koʻrib chiqishi zarurligini asoslagan holda komissiya raisiga materiallar taqdim etadilar.
8. Komissiya raisi taqdim etilgan materialda bayon qilingan dalillar yetarli deb hisoblasa monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida 1-ilovaga muvofiq ajrim chiqaradi.
9. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ishlar monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan paytdan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, boshqaruv organlari, ishda qatnashishga jalb qilinayotgan shaxslar xabardor qilinadi.
10. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ishlar monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organi vakillari, shuningdek manfaatdor shaxslar ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Rahbarlar yoki ularning oʻrinbosarlari xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organi vakillari hisoblanadilar.
11. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organi vakillari boʻlmagan taqdirda ish ular oʻz vaqtida xabar qilinganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda koʻrib chiqilishi mumkin.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki boshqaruv organining ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi olingan taqdirda komissiya bunday iltimosnomani qondirish yoki rad etish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun iltimosnomani baholaydi, protokolda bu haqda tegishli yozuv qayd qilinadi.
Iltimosnomani qondirish rad etilgan taqdirda komissiya ishni oʻzi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan subyektga nisbatan uning vakili ishtirokisiz koʻrib chiqadi. Iltimosnoma qondirilgan taqdirda komissiya, ushbu boʻlimning 18-bandiga muvofiq, ishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Subyekt vakili ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida takroran xabardor qilinadi va u kelmagan taqdirda ish uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi haqida ogohlantiriladi.
12. Komissiya majlisda quyidagi masalalarni aniqlaydi:
— monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishlar toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktlarning mavjudligi;
— qonunchilik buzilishlarini ixtiyoriy tartibda bartaraf etish uchun barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmagani;
Monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishlarining mavjudligi va yoʻqligi toʻgʻrisida xulosaga kelish imkonini beradigan maʼlumotlar etishmaganda yoki mavjud boʻlmaganda ishni koʻrib chiqish qatnashchilaridan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin. Ishni koʻrib chiqishda paydo boʻladigan maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun komissiya ishni koʻrib chiqishda qatnashishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
13. Majlisda oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan subyektlar vakillarining, ishda qatnashishga jalb etilganlarning, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organi mutaxassislarining soʻzlari tinglanadi.
Subyektning vakili, shuningdek ishda qatnashishga jalb etilgan shaxslar quyidagilarga haqlidirlar:
— ish materiallari bilan tanishish, davlat va tijorat siri boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno;
— dalillar taqdim etish;
— dalillarni tadqiq etishda qatnashish;
— ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarga, ekspertlar, mutaxassislarga savollar berish;
— komissiyaga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish;
— ishni koʻrib chiqish davomida paydo boʻladigan barcha masalalar boʻyicha dalillar keltirish va mulohazalar bildirish.
14. Ishni koʻrib chiqish komissiya raisi tomonidan olib boriladi va komissiya raisi hamda majlis kotibi imzolaydigan protokolda qayd etiladi. Majlisda ish rais tomonidan shunday tartibda olib boriladiki, bunda ishning holati eng toʻliq va har tomonlama tahlil qilinishi, qonunchilik buzilishlarining bartaraf etilishi va oldi olinishi, oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan subyektning, shuningdek boshqa taalluqli shaxslarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi taʼminlanadi.
15. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda (muddatlari koʻrsatilgan holda) keyinga qoldirilishi mumkin:
— vakilning majlisga kelolmasligi munosabati bilan ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida subyektning asosli iltimosnomasi munosabati bilan;
— subyektning qonun buzilishini koʻrsatmasiz ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi munosabati bilan;
— qoʻshimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;
— komissiya fikriga koʻra, ishni koʻrib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki albatta zarurligi munosabati bilan;
— ishni ushbu majlisda hal etish mumkin boʻlmaganda.
Ishni koʻrib chiqish keyinga qoldirilganda ishni koʻrib chiqish muddatining oʻtishi uzilmaydi, koʻrib chiqish tartib-qoidasi boshidan boshlanadi.
16. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
— monopoliyaga qarshi mahalliy davlat organida, sudda xulosalari ishni koʻrib chiqish natijalari uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ish koʻrilayotganda;
— ekspertizadan oʻtkazish yoki mustaqil xolis tashkilot mutaxassisining xulosasini olish zarur boʻlganda.
Ish uni toʻxtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
17. Ishni koʻrib chiqishni kechiktirish, toʻxtatish yoki qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uni komissiya raisi va aʼzolari imzolashadi, uning nusxasi oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki boshqaruv organiga, shuningdek manfaatdor shaxslarga joʻnatiladi.
Ishni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida ajrim (4-ilova).
18. Ishni koʻrib chiqish qaror chiqarish bilan tugallanadi. Unda komissiya aniqlagan holatlar hamda komissiyaning ishni koʻrib chiqish natijasidagi xulosalari bayon qilinadi.
Qaror quyidagilar haqida chiqarilishi mumkin:
— koʻrsatma berish toʻgʻrisida;
— qonunni buzish hollari va tarkibi yoʻqligi, qonun buzilishlarning koʻrsatma berilgungacha bartaraf etilishi, subyektning tugatilganligi tufayli taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash imkoni boʻlmaganligi munosabati bilan ishni koʻrib chiqishni toʻxtatish toʻgʻrisida.
19. Qarorda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish belgilari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatish masalalarini hal qilish uchun prokuratura organlariga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga materiallarni yuborish toʻgʻrisida tavsiya berilishi mumkin.
20. Komissiya tomonidan qaror koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha taklif etilgan shaxslar ishtirokisiz qabul qilinadi. Qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Rais va komissiya aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Rais eng oxirida ovoz beradi.
21. Qaror rais va komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Agar rais yoki komissiya aʼzosi qarordan norozi boʻlsa, uni imzolashga majburdir va oʻzining alohida fikrini bayon etishga haqlidir, u ishga qoʻshib qoʻyiladi.
22. Komissiya qarori ish koʻrib chiqilgandan soʻng darhol chiqariladi.
Oʻta murakkab ishlar boʻyicha asoslangan qarorni tuzish uch kundan ortiq boʻlmagan muddatga kechiktirilishi mumkin, lekin qaror qismi ish koʻrib chiqilgan majlisda eʼlon qilinishi kerak. U rais va komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
23. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori koʻrsatma yozib berish uchun asos hisoblanadi.
II. MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARINI BUZIShNI TOʻXTATISh TOʻGʻRISIDA KOʻRSATMALAR BERISh TARTIBI
1. Monopoliyaga qarshi davlat organining ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori (koʻrsatmasi) u qabul qilingan kundan besh kundan kechiktirilmay manfaatdor tomonlarga yuboriladi va u belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.
6-ilovada nazarda tutilgan shakldagi koʻrsatma komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Qarorni (koʻrsatmani) muddatida bajarmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Qaror (koʻrsatma) yuborilganligini tasdiqlovchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
2. Koʻrsatmaning bajarilganligi subyektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoki subyektning qonun buzilishi bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjati bilan tasdiqlanadi, ular ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Koʻrsatma bajarilgandan soʻng ish tugallangan hisoblanadi.
3. Agar tekshirish paytida koʻrsatmada keltirilgan qonun buzishlar bartaraf etilmaganligi yoki qonun buzishni bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmaganligi aniqlansa, koʻrsatma ijro etilmagan hisoblanadi.
Quyidagi hollarda koʻrsatma qisman ijro etilmagan hisoblanadi:
— koʻrsatmaga muvofiq bartaraf etilishi lozim boʻlgan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish hollarining barchasi bartaraf etilmagan boʻlsa;
— koʻrsatmada keltirilgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki boshqaruv organlariga nisbatan qonun buzishlar bartaraf etilmagan boʻlsa.
4. Boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar koʻrsatmani ijro etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilishlari mumkin.
Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish masalasi toʻgʻrisidagi qarorni ishni koʻrgan komissiya qabul qiladi.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qondirilgan taqdirda komissiya ajrim chiqaradi, uni rais va komissiya aʼzolari imzolaydilar.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrim erkin shaklda tuziladi.
5. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari berilgan koʻrsatmalarning hisobini yuritadi.
6. Monopoliyaga qarshi davlat organining ayrim koʻrsatmalari monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzishning quyidagi hollari toʻgʻrisida axborotlar tushganda beriladi:
— aksiyalarni, ulushlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni sotib olishda kelishib olish mavjud emasligi;
— boshqaruv organlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarni kamsitishga qaratilgan hujjatlar qabul qilishi va harakatlar qilishi.
7. Koʻrsatma aksiyalarning oldi-sotdi bitishuvlarini, taʼsis hujjatlarini (ustavlarni) va boshqa normativ hujjatlar va qarorlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish asosida beriladi.
Koʻrsatma monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan subyektga qonun buzilishi aniqlangandan keyin oʻn kun muddatda tilxat orqali beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
8. Koʻrsatma bajarilishi ustidan nazoratni monopoliyaga qarshi davlat organi amalga oshiradi.
9. Koʻrsatmani bajarishdan bosh tortish deganda subyekt tomonidan koʻrsatmaning bajarilmasligi yoki qisman bajarilmasligi tushuniladi.
Koʻrsatma oʻz vaqtida bajarilmasligi deganda koʻrsatmaning unda belgilangan muddat buzilgan holda bajarilishi tushuniladi.
III. MONOPOLIYAGA QARShI QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI UChUN JARIMA SOLISh TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
1. Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari quyidagicha buzilganligi uchun:
— qonun buzilishini toʻxtatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani bajarishdan bosh tortish yoki oʻz vaqtida bajarmaganligi;
— monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot berilmaganligi yoki qasddan ishonchsiz maʼlumotlar berilganligi uchun boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻz vakolatlari doirasida jarima solishga haqlidir.
2. Jarima monopoliyaga qarshi qonunchilikda nazarda tutilgan miqdorlarda solinadi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror shakli 7-ilovada keltirilgan.
3. Jarima solish toʻgʻrisidagi ishni toʻxtatish haqidagi qaror ajrim shaklida chiqariladi (8-ilova).
4. Jarimalar xoʻjalik yurituvchi subyekt, boshqaruv organi yoki mansabdor shaxslar tomonidan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror olingan vaqtdan boshlab oʻttiz kun muddatda soʻzsiz toʻlanadi.
5. Jarima toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan tartibda penya hisoblanadi.
6. Agar jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni darhol ijro etish xoʻjalik subyektning bankrot boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, monopoliyaga qarshi davlat organi yoki sud jarima solingan xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasiga koʻra unga jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishga haqlidir.
7. Jarima toʻlash monopoliyaga qarshi davlat organining qarorini yoki koʻrsatmasini bajarish majburiyatidan yoki monopoliyaga qarshi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
IV. JARIMALAR SOLISh TOʻGʻRISIDAGI KOʻRSATMALAR VA QARORLAR USTIDAN ShIKOYaT QILISh TARTIBI
Boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining qaroridan norozi boʻlishgan taqdirda bunday qarorni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish yoxud iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash boʻyicha qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan bunday qaror (koʻrsatma) chiqqan kundan boshlab bir oy davomida shikoyat qilish mumkin.
1-ILOVA
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida AJRIM
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha _____________________________________________________________________
(monopoliyaga qarshi davlat organi nomi)
komissiyasi raisi taqdim etilgan materiallarini koʻrib chiqib, ularni “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 9, 10-moddalari asosida ish qoʻzgʻatish uchun yetarli deb eʼtirof etib
Ajrim chiqardi:
1. “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining___ moddasi buzilganligi haqida ___________________________ _____________________________________________________ga nisbatan ish qoʻzgʻatilsin.
(oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan tashkilot nomi, manzili)
2. Ishni koʻrib chiqish uchun _____________________________________________________
(lavozimlari koʻrsatilgan holda
___________________________________________dan iborat tarkibda komissiya tuzilsin.
komissiyaning shaxsiy tarkibi)
3. Ishda qatnashish uchun manfaatdor shaxs sifatida _________________________________ _______________________________________________________________jalb qilinsin.
(yuridik shaxslar uchun — nomi, jismoniy shaxslar uchun — F.I.Sh.)
4. Ishni koʻrib chiqish _____________________________________________ ga tayinlansin.
(sanasi, vaqti, manzili)
Oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan shaxs ______________________________________________
(tashkilot nomi, manzili)
yoki uning vakili (ishni koʻrib chiqishda qatnashish uchun ishonchnoma bilan) kelishi shart.
5. Oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan _________________________________ xoʻjalik yurituvchi
(tashkilot nomi)
subyekt, davlat boshqaruvi organi va davlat hokimiyati organi ______________gacha quyidagi hujjatlar va materiallarni _________________________________________taqdim etsin.
(hujjatlar va materiallar roʻyxati)
Komissiya raisi_________________
____________________________
(imzo)
(imzo yoyilmasi)
2-ILOVA
________________________-son ishni kechiktirish toʻgʻrisida AJRIM
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha ____________ tarkibdagi ________________________________________________
(monopoliyaga qarshi davlat organi nomi)
komissiyasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining _____-moddasi _______________________tomonidan
(tashkilot nomi, manzili)
buzilganligi haqidagi __________ -son ishni koʻrib chiqib quyidagilarni
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibining ________________ -bandlariga muvofiq komissiya
Ajrim chiqardi:
1. __________-son ishni koʻrib chiqish kechiktirilsin.
2. Ishni koʻrib chiqish _____________ ga tayinlansin.
3. _______________________ gacha _________________________ ga qoʻshimcha quyidagi
(kimga)
hujjatlar taqdim etilsin: ___________________________________
4. Ishda qatnashish uchun ____________________________________________jalb qilinsin.
______ -son ishni koʻrib chiqishni toʻxtatish toʻgʻrisida AJRIM
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha ____________ tarkibdagi ________________________________________________
(monopoliyaga qarshi davlat organi nomi)
komissiyasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining _____-moddasi _______________________tomonidan
(tashkilot nomi, manzili)
buzilganligi haqidagi __________ -son ishni koʻrib chiqib quyidagilarni
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibining ________________ -bandlariga muvofiq komissiya
Ajrim chiqardi:
1. __________-son ishni koʻrib chiqish ___________________gacha (ishni koʻrishga toʻsqinlik qiluvchi sabablar bartaraf etilguncha) toʻxtatilsin.
2. Ekspertiza tayinlansin, buning uchun _______________ ekspert sifatida jalb qilinsin, unga quyidagi ________________________________________________________________ savollarga javob berish yuklansin.
_____________-son ishni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida AJRIM
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha ____________ tarkibdagi ________________________________________________
(monopoliyaga qarshi davlat organi nomi)
komissiyasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining _____-moddasi _______________________tomonidan
(tashkilot nomi, manzili)
buzilganligi haqidagi __________ -son ishni koʻrib chiqib quyidagilarni
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibining ________________ -bandlariga muvofiq komissiya
Ajrim chiqardi:
1. __________-son ish qayta koʻrib chiqilsin.
2. Ishni koʻrib chiqish ______________________ ga tayinlansin.
(sana, vaqti, manzil)
Komissiya raisi_________________
____________________________
(imzo)
(imzo yoyilmasi)
Komissiya aʼzolari ___________________
____________________________
(imzolar)
(imzolar yoyilmasi)
5-ILOVA
________________________-son ishni kechiktirish toʻgʻrisida AJRIM
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha ____________ tarkibdagi ________________________________________________
(monopoliyaga qarshi davlat organi nomi)
komissiyasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining _____-moddasi _______________________tomonidan
(tashkilot nomi, manzili)
buzilganligi haqidagi __________ -son ishni koʻrib chiqib quyidagilarni
(ishning komissiya tomonidan aniqlangan xususiyatlari, komissiyaning ushbu ish xususiyatlari toʻgʻrisidagi xulosalari asoslangan dalillar, komissiya u yoki bu dalillarni inkor etishi sabablari bayon qilinadi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibining ________________ -bandiga muvofiq komissiya
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzishni toʻxtatish toʻgʻrisida _____ -son KOʻRSATMA
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha ____________ tarkibdagi ________________________________________________
(monopoliyaga qarshi davlat organi nomi)
komissiyasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining _____-moddasi _______________________tomonidan
(tashkilot nomi, manzili)
buzilganligi haqidagi __________ -son ishni koʻrib chiqib ____________________________ ____________________________________________________________________________
(“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini buzgan tashkilot)
199 __ yil ________ gacha “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ________ -moddasini buzishni toʻxtatish va __________________________________________________________________________
(xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organi yoki davlat hokimiyati organi
Mazkur koʻrsatmaning bajarilishi toʻgʻrisida 199 ___ yil _________ gacha axborot berilsin.
Mazkur koʻrsatmani bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining _____ -moddasiga muvofiq ____________________________ ga
(xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi)
_____________________ miqdorida hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning __________-moddasiga _____________________________________________miqdorlarida
(mansabdor shaxslar F.I.Sh.)
jarima solinishi mumkin.
Koʻrsatma ustidan u berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida xoʻjalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Komissiya raisi_________________
____________________________
(imzo)
(imzo yoyilmasi)
7-ILOVA
Jarima solish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ___ -son QAROR
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Men ________________________________________________________________________
(qaror qilgan monopoliyaga qarshi davlat organi mansabdor shaxsi F.I.Sh.)
(tashkilot nomi, yuridik manzili, hisob-kitob schyoti, bank nomi)
nisbatan ___________________________________________________________ tomonidan
199 __ yil _______ da berilgan ____ -son koʻrsatmani bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlikni tasdiqlovchi materiallar (koʻrsatma, koʻrsatmaning bajarilishini tekshirish dalolatnomasi, boshqa hujjatlar)ni koʻrib chiqdim.
Koʻrib chiqishda ______________________________________________________________
qonun buzish mohiyati, qonun buzilgan vaqt va joy)
shunday qilib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ________ -moddalari buzilgan.
Yuqorida bayon etilganlar asosida va “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga amal qilib qaror qildim:
1. _________________________ ga eng kam ish haqining ______________________________
(tashkilot nomi)
baravari miqdorida jarima solinsin, bu __________________________ soʻmni (soʻz bilan) tashkil etadi.
2. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning ______ -moddasiga muvofiq ___________ ________________________________ga eng kam ish haqining _________________________
(korxona rahbari, F.I.Sh.)
baravari miqdorida jarima solinsin, bu __________________________ soʻmni (soʻz bilan) tashkil etadi.
Jarima “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga hamda Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibiga muvofiq jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida soʻzsiz undirib olinadi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan u chiqarilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida xoʻjalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi davlat organi rahbari _________________
____________________________
(shaxsiy imzosi)
(imzo yoyilmasi)
8-ILOVA
Jarima solish toʻgʻrisidagi ishni toʻxtatish haqida AJRIM
199 _ yil ________ _____________________
______________________
(ish koʻrilgan joyi)
Men ________________________________________________________________________