Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabdan tashqari taʼlim tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Xalq taʼlimi sohasidagi maktabdan tashqari taʼlim tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Respublika “Bolalar kutubxonasi”ning tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bolalar kutubxonalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlari 6-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
“Bolalar kutubxonalari” toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʼlim muassasalari uchun oʻquvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy taʼminot yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xom-ashyolar va jihozlar roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-may,
331-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
5-ILOVA
Respublika “Bolalar kutubxonasi”ning
TUZILMASI

Ilmiy-metodik kengash

Direktor

Direktorning tashkiliy va marketing masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1

Direktorning axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari

1

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

1

Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

Media boʻlim

3

Uslubiy boʻlim

7

Axborot resurslari va texnologiyalari boʻlimi

4

Moliya va buxgalteriya boʻlimi

3

Nazorat va devonxona boʻlimi

2

Madaniy — ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish boʻlimi

6

Adabiyotlarni saqlash boʻlimi

4

Kitoblarni jamlash va katalog yaratish boʻlimi

4

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar*

Investitsiyalarni jalb etish va xalqaro aloqalar mutaxassisi

1

Hududiy kutubxonalar bilan ishlash va monitoring boʻlimi

5

Maʼlumot va bibliografiya boʻlimi

3

Yuriskonsult

1

Marketing boʻlimi

3

Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi

9

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 60 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 17 nafar.
* Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bolalar kutubxonalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlari
1. Direktor, direktor oʻrinbosarlari, boshqaruv va boshqa xodimlar namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlari

T/r

Lavozimlar nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Andijon viloyati

Buxoro viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyati

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Toshkent viloyati

Fargʻona viloyati

Xorazm viloyati

Toshkent shahar

Jami shtat birlik soni

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

Direktor

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

14

*

Direktor oʻrinbosari

3

2

2

2

2

2

2

3

2

2

2

3

2

2

31

*

Boʻlim boshliqlari

5

2

3

2

3

2

2

5

3

2

3

5

2

3

42

*

Bosh buxgalter

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

14

*

Shoʻba mudiri-bosh kutubxonachi

1

1

1

3

*

Shoʻba mudiri-bosh bibliograf

1

1

1

3

*

Bosh kutubxonachi

3

3

3

3

3

3

3

3

3

3

3

3

3

3

42

*

Bosh bibliograf

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

14

*

Yetakchi kutubxonachi

5

2

2

2

2

2

2

5

2

2

2

5

2

2

37

*

Uslubchi

7

2

2

2

2

2

2

7

2

2

2

7

2

2

43

*

Maktablarga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish boʻlimi uslubchisi****

*

Madaniyat ishlari boʻyicha tashkilotchi

1

1

1

3

**

Buxgalter

1

1

1

3

2,870

Yuriskonsult

1

1

1

3

***

Jami

31

14

15

14

15

14

14

31

15

14

15

31

14

15

252

Izoh.
* Ushbu lavozimlarga Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga muvofiq I guruh boʻyicha ish haqi toʻlanadi.
** Ushbu lavozimga Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qaroriga asosan ish haqi toʻlanadi.
*** Yuriskonsultga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga muvofiq ish haqi toʻlanadi.
**** Maktablarga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatuvchi boʻlimiga har 10 ta tuman (shahar)lar uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda) uslubchi lavozimi kiritiladi.
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 14 — 31 nafargacha (bunda, Maktablarga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatuvchi boʻlimi uslubchi soni inobatga olinmagan), shundan, boshqaruv xodimlari — 6 — 12 nafargachani tashkil etadi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bolalar kutubxonalari texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa lavozimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari

T/r

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan

(koeffitsiyentda)

1.

Garderobchi

1,000

2.

Oʻt yoquvchi

1,384

3.

Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi

1,269

4.

Xizmat xonalari farroshi

1,053

5.

Hovli supuruvchi

1,053

6.

Bogʻbon

1,106

7.

Qorovul

1,106

8.

Avtomobil haydovchisi (yengil, yuk tashuvchi), avtobus haydovchisi

*

9.

Elektromontyor

1,384

10.

Chilangar-santexnik

1,384

11.

Rahbar kotibi (referent-kotib)

1,269

12.

Xoʻjalik mudiri

1,505

Izoh.
Mazkur lavozimlar boʻyicha mehnatga haq toʻlash amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
3. Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa lavozimlarni kiritish meʼyorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bolalar kutubxonalarining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari va mehnatga haq toʻlash shartlariga
ILOVA
Bolalar kutubxonalarining texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa lavozimlarini kiritish
MEʼYORLARI
1. Garderobchi lavozimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bolalar kutubxonalarida (keyingi oʻrinlarda — kutubxona) kiyim-bosh saqlash uchun moʻljallangan xona mavjud boʻlsa mavsumiy 5 oy uchun 1,0 birlik kiritiladi.
2. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan kutubxonada isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
markazlashgan isitish tizimida koʻmir, torf, mazut, tabiiy gaz kabilar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga bir oʻrin almashish ish vaqti (smena) uchun 1,0 birlik hisobidan;
lokal isitish qozonlari bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti (smena) uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa 1,0 birlikdan, keyingi har 6 ta qozonga 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda);
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 dona pech uchun 1,0 birlik va keyingi har 5 — 9 dona pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlik, biroq 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda;
Kutubxona markaziy isitish tizimi orqali isitilganda hamda hududida issiqlik punkti yoki elevator joylashgan boʻlsa 1,0 birlik binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi lavozimi, agar muassasada boyler va nasoslar (yer ostidan nasos orqali suv tortib oladigan suv yigʻuvchi minora (inshoot)) mavjud boʻlsa, bir oʻrin almashish ish vaqti(smena)ga 1,0 birlikdan kiritiladi.
Yil davomida yuvinish xonasi yoki oshxona ichki qozonxona hisobidan issiq suv bilan taʼminlanadigan kutubxonada yuqorida qayd etilgan oʻt yoquvchi lavozimi bittasi doimiy kiritiladi.
3. Binolarning barcha ichki qismlari shu jumladan, xizmat xonalari, toʻgarak va mashgʻulot xonalari, yoʻlak (koridor)lar, tomosha zallari, basseyn joylashgan hududlar, zinapoyalar va yotoqxona maydonini tozalovchi xizmat xonalari farroshi lavozimi har 400 kv. metr tozalash maydoni uchun 0,5 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda) kiritiladi. Ushbu lavozim 0,5 birlikdan kam boʻlmasligi lozim.
4. Kutubxonaning har qoplama toʻshalgan (asfalt, beton. bruschatka) maydonining har 2500 kv.metr maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda) hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
5. Bogʻbon lavozimi mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 tadan 2,0 gagacha maydoni uchun 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda) bogʻbon lavozimi kiritiladi, ijaraga berilgan maydon bundan mustasno.
6. Kutubxonaning har bir alohida manzilda joylashgan binosi uchun dam olish, bayram va mehnat taʼtili vaqtida oʻrin almashishni hisobga olgan holda 3,0 birlikdan qorovul lavozimi kiritiladi.
7. Avtomobil haydovchisi (yengil, yuk tashuvchi), avtobus haydovchisi lavozimi har bir soz holatdagi avtotransport vositasi uchun 1,0 birlikdan kiritiladi.
8. Elektromontyor lavozimi har 500 yoritish va elektr nuqtalariga (vklyuchatel, chiroq, rozetka, balansda boʻlgan koʻcha yoritkichlari soni hisobga olinadi) 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda), biroq ushbu lavozim 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda kiritiladi.
9. Chilangar-santexnik lavozimi suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2 000 kv metr maydoniga 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda (mutanosib ravishda), biroq ushbu lavozim 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda kiritiladi.
10. Kutubxona uchun 1,0 birlik rahbar kotibi (referent-kotib) lavozimi kiritiladi.
11. Kutubxona uchun 1,0 birlik xoʻjalik mudiri lavozimi kiritiladi.
12. Ish sharoitlari va hajmi boʻyicha mazkur Namunaviy shtatlarni qoʻllab boʻlmaydigan ayrim kutubxonaning shtatlariga ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, umumiy xodimlar sonining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratilgan ish haqi jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirish kiritilishiga ruxsat etiladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
7-ILOVA
“Bolalar kutubxonalari” toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Bolalar kutubxonalari”ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Bolalar kutubxonalari” davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, bank hisobvaragʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega boʻladi.
3. “Bolalar kutubxonalari” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyruqlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika bolalar kutubxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tizimiga kiradi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
4. “Bolalar kutubxonalari”ning namunaviy ustavi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. “Bolalar kutubxonasi” mazkur namunaviy ustav asosida oʻz ustavini ishlab chiqadi. Ustav muassis tomonidan tasdiqlanadi.
5. Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tegishlicha “Bolalar kutubxonalari”ning muassislari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma Respublika bolalar kutubxonasining muassisi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
6. “Bolalar kutubxonalari”ning umumiy faoliyati Vazirlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonalari” umumiy oʻrta taʼlim maktablari kutubxonalariga kutubxonachilik va bibliografik xizmat koʻrsatish boʻyicha metodik yordam beradi va ularning ishlarini muvofiqlashtirib boradi. Kutubxonalar fondini bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, turli janrdagi bolalar adabiyotlari bilan toʻldirib boradi.
8. “Bolalar kutubxonalari” bolalarga kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilishga xizmat qiladigan, ularni xalqimizning boy intellektual madaniy merosi va umumbashariy qadriyatlari, fan-texnikaga oid adabiyotlarga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yangi axborot-kutubxona texnologiyalari orqali qondirishga moʻljallangan milliy va xorijiy bolalar nashrlarini (bosma, audiovizual, elektron va boshqa) saqlaydigan, kutubxona xizmati koʻrsatadigan madaniy-maʼrifiy muassasadir.
9. “Bolalar kutubxonalari”ning axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
2-bob. “Bolalar kutubxonalari”ning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar “Bolalar kutubxonalari”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy va yuqori samarali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini taʼminlash orqali oʻquvchilarning intellektual, bilim, maʼnaviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
kitobxonlarga xizmat koʻrsatish shart-sharoitlarini, shakl va usullarini takomillashtirish, maxsus dasturlarni joriy etish, elektron axborot-maʼlumot xizmatlari yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va maʼlumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida kutubxonalar faoliyati jarayonlari avtomatlashtirilishini taʼminlash;
xorijiy ilmiy-taʼlim maʼlumotlar bazalariga ulangan holda yigʻma elektron katalogini va kitob fondini shakllantirish va yuritish;
yigʻma elektron katalogni shakllantirish va yuritish;
kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli toʻldirib borish, nashrlarning bibliografik hisobini yuritish;
yurtimiz hamda jahon tajribalariga tayangan holda tizimdagi kutubxonalar uchun book reader milliy model standartlarini amaliyotga joriy qilish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari kutubxonalari fondini tahlil qilish, yangi adabiyotlar bilan boyitish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
audio va audiovizual resurslar tayyorlash va tarqatish;
foydalanuvchilarga kataloglar, kartotekalar va bibliografik maʼlumot berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish;
oʻquvchilarning umumiy va yakka tartibda kitob oʻqish madaniyatini, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beruvchi ommaviy kitobxonlikni tashkil etish;
ommaviy axborot vositalarida targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, tegishli muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
kutubxonaning maʼlumot-qidiruv apparati (kataloglar, kartotekalar, maʼlumotlar bazalari) bilan ishlash boʻyicha foydalanuvchilarga maslahatlar berish;
madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, adabiyotlarning ochiq va mavzuli koʻrgazmalari, turli ommaviy tadbirlar, kitobxonlik klublarini tashkil etish;
foydalanuvchilarga masofadan turib hujjatlarni elektron yetkazib berish (elektron pochta orqali);
maktab oʻquvchilarining axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirish.
11. “Bolalar kutubxonasi” oʻz asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
umumiy oʻrta taʼlim maktablari kutubxonalarini oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari bilan boyitish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
“Bolalar kutubxonalari” rahbar va xodimlarini malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan rejalarini ishlab chiqadi;
axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborotlarni almashish va oʻzaro foydalanish borasida samarali hamkorlikni taʼminlaydi;
oʻquvchilar oʻrtasida reading (oʻqish), writing (yozish), poetry (sheʼriyat) tanlov va aksiyalarini amalga oshiradi;
Internet jahon axborot tarmogʻining milliy segmentida oʻquvchilarning qiziqishlari va axborotga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish asosida oʻz veb-saytlarini yaratadi;
ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini tashkil etadi, “Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng yaxshi kitobxon-targʻibotchi” tadbirlarini yoʻlga qoʻyadi;
axborot kunlari, yangi kelgan adabiyotlar taqdimotlarini oʻtkazadi;
axborot manbalarini qidirish va tanlashda maslahatlar beradi;
maʼlumot-bibliografik xizmat koʻrsatadi (bibliografik maʼlumotnomalarni tayyorlaydi);
oʻquvchilar uchun taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etib boradi;
kitobxonlikni targʻib qilishga qaratilgan turli tanlov, festival va tadbirlarni oʻtkazadi;
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha stajirovkalarni tashkil etadi;
“Bolalar kutubxonalari”ni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlashni tashkil etadi;
tajribali kutubxonachilar faoliyatini ommalashtirib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
kutubxonachilarni sohaga oid yangi qonunchilik hujjatlari va boshqa turdagi yangiliklar bilan oʻz vaqtida tanishtirib borish boʻyicha tuman (shahar)larda oʻquv-seminar, konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etadi;
(17-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kitobxonlarga qulaylik yaratish uchun qoʻshimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik xizmatlar, shuningdek tarjima qilish, skanerlash, nashr etish kabi xizmatlar koʻrsatadi, pullik xizmatlar roʻyxati va narxnoma (preyskurant)larini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlatadi.
(17-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. “Bolalar kutubxonalari” faoliyatini tashkil etish
12. “Bolalar kutubxonasi” bolalar uchun turli kitobxonlik koʻrik-tanlov va tadbirlarni tashkil etadi, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalariga uslubiy-amaliy yordam koʻrsatadi.
13. “Bolalar kutubxonasi” har chorakda oʻquvchilarning qoʻshimcha adabiyotlarga boʻlgan qiziqishlarini oʻrganadi, ular uchun milliy va jahon adabiyoti durdonalariga kiradigan eng sara asarlar haqida maʼlumot berib boradi.
14. “Bolalar kutubxonasi” qardosh tillarda oʻqitiladigan umumtaʼlim muassasalarining kitob fondini oʻrganadi va badiiy adabiyotlar bilan boyitish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
15. “Bolalar kutubxonalari” bolalar uchun moʻljallangan ilmiy, maʼrifiy, maʼnaviy adabiyotlar, ovozli, audiovizual va boshqa formatdagi elektron resurslarni yigʻadi va saqlaydi.
Oʻquvchilar “Bolalar kutubxonasi”da oʻz yoshlariga mos badiiy adabiyotlar, sanʼatga doir kitoblar, notalar va boshqa mediaresurslarni oʻrganadi.
16. “Bolalar kutubxonasi” bolalarning oʻqishiga bevosita rahbarlik qiluvchi soha xodimlari, pedagoglar va kutubxona xodimlari uchun ilmiy-uslubiy nashrlar, audiovizual va elektron resurslar zaxirasini yaratadi hamda ular bilan muntazam ishlaydi.
17. “Bolalar kutubxonasi” kitob zaxirasini sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari darajasida saqlaydi, muqovalash, taʼmirlash tadbirlarini reja asosida amalga oshiradi hamda audiovizual materiallar, elektron nashrlar va boshqa axborot tashuvchi manbalarni, mediaresurslarni saqlaydi.
18. “Bolalar kutubxonasi” elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi, yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi, boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
19. “Bolalar kutubxonasi” umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari kutubxonalariga kutubxona xizmati koʻrsatish boʻyicha tavsiyalar beradi, xizmat koʻrsatish holatini tahlil qiladi va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
20. “Bolalar kutubxonalari” kutubxonachilik sohasidagi ilgʻor xorijiy ish tajribalarini oʻrganadi va ommalashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Respublika bolalar kutubxonasi Jamgʻarma bilan, boshqa “Bolalar kutubxonalari” esa Vazirlik bilan kelishgan holda oʻz xodimlarini respublikadagi barcha hududlarga va xorijiy davlatlarga xizmat safariga yuboradi hamda amaliy yordam koʻrsatadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
22. “Bolalar kutubxonalari”da oʻquvchilarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, ularda notiqlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan notiqlik, boshlovchilik va teatr toʻgaraklari, yosh kitobxonlar klublari tashkil etilishi mumkin.
23. “Bolalar kutubxonalari”da kitob doʻkonlari va “Kitob kafelari” kabi turli pullik va ijtimoiy xizmat turlari yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
4-bob. “Bolalar kutubxonalari”ning huquq va majburiyatlari
24. “Bolalar kutubxonalari” quyidagi huquqlarga ega:
respublika axborot-kutubxona muassasalaridan ularning axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida zarur materiallarni soʻrash va olish;
axborot-kutubxona muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot masalalari boʻyicha ishlab chiqiladigan qoidalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, oʻquv dasturlari va boshqa hujjatlarni kelishish;
tasdiqlangan xizmatlar roʻyxati va narxlar preyskurantlariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pulli kutubxona xizmatlari koʻrsatish;
adabiyotlarga va axborot manbalarining boshqa turlariga kutubxonachilik uslubida qayta texnik va ilmiy ishlov berishni amalga oshirish;
gʻoyaviy, mazmunan eskirgan va maʼnaviy jihatdan eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan adabiyotlarni oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqarish;
oʻz kutubxona fondlaridan, ularning toʻliqligi va butligiga zarar yetkazmasdan kutubxona resurslarining ortiqcha soni va nusxalarini hisobdan chiqarish, shuningdek ularni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq sotish;
kitobxonlarga kutubxona va uning oʻquv zallarida, abonementda, koʻchma kutubxonada, sirtqi abonement va kutubxonalararo abonement orqali xizmat koʻrsatish;
oʻquvchilar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targʻib qilish yuzasidan ommaviy kitobxonlik tadbirlari, kitoblar koʻrgazmalari, festivallarini tashkil etish;
xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanishi, chet tilni bilishi, foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish;
axborot mahsulotini yaratish, axborotlarga tahliliy qayta ishlov berishni amalga oshirish, maʼlumotnoma-bibliografiya apparatini tashkil etish va yuritish, shu jumladan:
elektron kataloglar (alfavit va tizimli tartibdagi) yaratish;
elektron kartotekalar — maqolalarning mazmun jihatdan va tizimli kartotekalarini yaratish;
tavsiyaviy bibliografik qoʻllanmalar (adabiyotlar roʻyxatlari, bibliografik koʻrsatkichlar, bibliografik sharhlar) ishlab chiqish;
foydalanuvchilarni axborot mahsulotidan xabardor etishni taʼminlash;
foydalanuvchilarning axborot olish ehtiyojlarini oʻrganish asosida turli tashuvchilardagi axborot-resurslarini taqdim etish;
axborot olish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan, tanqidiy tafakkurni oʻstirishga, mediamakonni oʻzlashtirishga yordam beradigan tadbirlarni tashkil etish;
innovatsion texnologiyalar asosida axborot olish ehtiyojlarini aniqlash va soʻrovlarni qanoatlantirish;
oʻquv fanlari, boʻlimlar, mavzular boʻyicha axborot toʻplash va tizimga solish, axborot banklarini vujudga keltirish.
25. “Bolalar kutubxonalari” quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
kitob fondini moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, oʻzbek va jahon bolalar adabiyoti, ensiklopediyalar, pedagogikaga oid adabiyotlar, iqtisodiy sohaga doir xorijiy tillardagi (axborot) adabiyotlar va lugʻatlar bilan toʻldirish;
ortiqcha (takror) adabiyotlarni almashtirish, zaxira fondi orqali ularni boshqa kutubxonalarga oʻtkazish hamda kam foydalaniladigan adabiyotlarni tanlash ishlarini amalga oshirish va depozitlarda saqlash uchun topshirish;
chop etilgan nashrlarning umumiy va yakka hisobini olib borish;
kitoblar fondi tarkibini boyitish ishini taʼminlash.
5-bob. “Bolalar kutubxonalari”ni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
26. Respublika bolalar kutubxonasiga Jamgʻarma raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi hududiy “Bolalar kutubxonalari”ning direktorlari Vazirlik bilan kelishilgan holda Respublika “Kelajak” markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
27. Direktor:
Oldingi tahrirga qarang.
kutubxonaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
kutubxonaning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
kutubxona xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi va ularning amal qilishini toʻxtatadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kutubxona xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻradi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
belgilangan tartibda kutubxonaning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi, kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
kutubxonaning moddiy-texnika bazasini saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, axborot-kutubxona fondlari, shuningdek binolar, inshootlar, asbob-anjomlar, kutubxonaning boshqa mol-mulki saqlanishi va ulardan zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Vazirlik har chorakda bir marta direktorlar kengashini tashkil etadi, ular bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilaydi va amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilib boradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonasi” direktorlari tashabbuskor, fidokor va tajribali kutubxonachilarini turli mukofotlarga tavsiya qiladi va ularning ishini ommalashishiga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Vazirlik “Bolalar kutubxonalari” faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya, “yoʻl xaritalari” va dasturlari ishlab chiqadi hamda ularning kutubxonalarda bajarilishini monitoring qilib boradi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
31. Bolalar kutubxonasi direktori Muassis bilan kelishgan holda direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Vazirlikda kitoblarning mazmun va mohiyatini oʻrganish, milliy mentalitetga yot boʻlgan kitoblarni taʼlim muassasalariga kirib borishining oldini olish va mazmunan boy, bolalarni vatanparvarlikka undaydigan va kitob oʻqishga qiziqtira oladigan asarlarni muhokama qilishga qaratilgan Ilmiy-metodik kengash tuziladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy metodik kengash raisi Vazirlik mutaxassislari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Ilmiy metodik kengash aʼzolari har chorakda bir marotaba yigʻiladi, ilmiy, uslubiy, badiiy va publitsistik kitoblarni amaliyotga joriy etish hamda ilgʻor ish tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil qilish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
6-bob. “Bolalar kutubxonalari”ni moliyalashtirish
33. Muassis yoki vakolatli davlat organi “Bolalar kutubxonalari”ga mol-mulkni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
“Bolalar kutubxonalari” oʻziga biriktirilgan mol-mulkni hamda daromadlar va xarajatlar smetasi boʻyicha oʻziga ajratilgan mablagʻlar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
“Bolalar kutubxonalari” faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari hamda boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
34. Quyidagilar “Bolalar kutubxonalari”ning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
oʻquvchilarga xizmat koʻrsatishdan tashqari paytda boʻsh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
35. Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk “Bolalar kutubxonalari”ning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
36. “Bolalar kutubxonalari” xodimlarini mukofotlash belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
“Bolalar kutubxonalari”ning budjetdan tashqari jamgʻarmalarning oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablagʻlari boʻyicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summasidan oʻn foizgacha boʻlgan miqdori mazkur kutubxona rahbarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. “Bolalar kutubxonalari” qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kutubxonachilik boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi mumkin.
Ularning xalqaro hamkorligi shartnomalar asosida xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, mutaxassislarning malaka oshirishi hamda stajirovka oʻtashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
38. “Bolalar kutubxonalari” qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
“Bolalar kutubxonalari” tugatilgan taqdirda uning mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga hamda “Bolalar kutubxonalari” ustaviga muvofiq foydalaniladi.
39. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
40. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabdan tashqari muassasa toʻgʻrisidagi nizomning I bobi 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari” soʻzlari “Barkamol avlod” bolalar maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida Nizomning 3-bandi sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq taʼlimi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan oʻquvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:

Xalq taʼlimi muassasasining tipi

Kontingent soni (kishi)

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

Umumtaʼlim maktablari*

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

401 — 880

400 nafargacha

“Mehribonlik” uylari

201 nafar va undan ortiq

200 nafargacha

Musiqa maktablari va sanʼat maktablari

401 nafar va undan ortiq

400 nafargacha

Maktabdan tashqari muassasalar

601 nafar va undan ortiq

301 — 600

300 nafargacha

Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari

Muassasalarni tegishli guruhga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

.

Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
7-kichik bandga quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“oʻquvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo bozoriga milliy anʼanalarimiz asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron doʻkonlarini tashkil etish va sotuvini yoʻlga qoʻyish;
bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish”;
oltinchi xatboshidagi “shakllantiradi” soʻzlaridan keyin “koʻchma kutubxonalar faoliyatini tashkillashtiradi, bolalar va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtiradi,” soʻzlari qoʻshilsin;
yettinchi xatboshidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi” soʻzlari “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari” soʻzlari “Barkamol avlod” bolalar maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniy-maʼrifiy muassasalarning ijodiy va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari Miqdorlarida izohdagi “Xalq taʼlimi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi” soʻzlari “Xalq taʼlimi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 11-maydagi 130-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 275-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qarorining 6-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga ilovaning 14-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)