1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, sohada ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, buning asosida yangi ish oʻrinlarini yaratish va yosh mutaxassislarni tayyorlash hisobiga kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining 2026-yil 1-martga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibini joriy qilish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son)
Belgilansinki:
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmasi doirasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo koʻrinishida qayta sotish huquqisiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans toʻlovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotiladi;
kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlovlarni amalga oshirganda, 30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi, 31-kundan 180 kun (shu kuni ham) ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — 30-kundan keyin kechiktirib toʻlash imkoniyatidan foydalanilgan kunlarga mos ravishda Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi;
(1-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-fevraldagi PQ-85-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 07/24/85/0148-son)
zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlovlar amalga oshirilganda, 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180 kun (shu kuni ham) ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — 90-kundan keyin kechiktirib toʻlash imkoniyatidan foydalanilgan kunlarga mos ravishda yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotib olish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qimmatbaho metallarga boʻlgan ehtiyojini koʻrsatgan holda murojaat qiladi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlovni taʼminlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda bank kafolatini yoki “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning kafilligini taqdim etadi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
bank yoki Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tovar-xomashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini (kafillikni) shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi. Bunda, toʻlov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati va kafillik boʻyicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy miqdorlarda belgilashga ruxsat etiladi.
(1-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son)
sotiladigan qimmatbaho metall boʻyicha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan hisob-kitoblar toʻlov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi;
marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning 7101 — 7104 TIF TN pozitsiyalari).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yilda kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan birja savdolari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotiladigan qimmatbaho metallar hajmi doirasida ajratiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2022 va 2023-yillar uchun Qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirishda kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish uchun zarur hajmdagi qimmatbaho metallar ajratilishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-apreldan boshlab:
a) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamgʻasi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi. Bunda zargarlik buyumlariga lazer usullari yordamida tushirilgan shaxsiy tamgʻaning haqiqiyligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining zimmasiga yuklanadi;
b) zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamgʻasi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi bilan tamgʻalash usuli zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi;
v) affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga oʻzlari ishlab chiqargan oʻlchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi. Bunda, yombilarni sotish narxi hisob-kitob amalga oshirilgan sanadagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kam boʻlmagan miqdorda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi;
g) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;
d) quyidagi hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish (ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, taʼsis hujjatlari va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish) talab etilmaydi:
naqd pulda oʻzaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshmagan taqdirda;
operatsiyaning umumiy summasidan qatʼi nazar, oʻzaro hisob-kitob naqd pulsiz va jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda.
Bunda, mijoz, uning vakili va benefitsiar mulkdorning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud boʻlgan holatlarda operatsiyaning summasi va toʻlov shaklidan qatʼi nazar, mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish choralari koʻrilishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.20.00 Qurilish materiallari sanoati]
5. Belgilansinki, “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan mazkur qarorning 4-bandida belgilangan mablagʻlar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlari va xom ashyo xarid qilish, aylanma mablagʻlarini toʻldirish maqsadida kuyidagi shartlarda mikrokreditlar ajratiladi:
300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan taʼminot turlari asosida.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda:
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining asoslangan buyurtmalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida hamda “ustoz-shogird” uslubida zargarlik sohasida talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha zamonaviy koʻnikmalar asosida yoshlar uchun oʻquv kurslar tashkil etilishini;
zargarlik sohasidagi zamonaviy va innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oʻrgatish jarayonlariga ishlab chiqaruvchi tashkilotlar vakillari va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega malakali mutaxassislar jalb etilishini taʼminlasin.
7. 2021 — 2023-yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadli parametrlarga toʻliq va oʻz vaqtida erishilishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
8. Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin:
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishda hosil boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va granulalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish;
2023-yil 1-martga qadar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini tatbiq etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
9. Buxoro, Samarqand, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Buxoro, Samarqand, Namangan va Qoʻqon shaharlari hududlarida joylashgan yirik bozorlarning zargarlik buyumlarini chakana sotishga ixtisoslashgan savdo rastalari oʻrnida milliy brend asosida ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarining zamonaviy koʻrgazma-savdo doʻkonlari va zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston milliy zargarlik brendini jahonga tanitish maqsadida 2021-yilda Dubay (BAA) shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “World Expo — 2021”, keyinchalik xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan barcha nufuzli koʻrgazmalar doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etilishini tashkil etsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
11. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvarga qadar zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiya berishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash vakolati berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 07/21/5133/0515-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-fevral,
PQ-4998-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi PQ-4998-son qaroriga 1-ILOVA
2021 — 2023-yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish oʻrinlari
MAQSADLI PARAMETRLARI
T/r
Hududlar boʻyicha
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish (kg)
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha yosh mutaxassislarni tayyorlash (nafar)
2021 — 2023-yillarda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari
2021 — 2023-yillarda jami
Tilla buyumlar
Kumush buyumlar
“Ishga marhamat” mono-markazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida
“Ustoz-shogird” usulida
jami
tilla buyum
kumush buyum
2021-y.
2022-y.
2023-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
jami
2021-y.
2022-y.
2023-y.
jami
2021-y.
2022-y.
2023-y.
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
580
380
200
80
120
180
50
65
85
120
30
30
60
1 230
150
330
750
1 350
2.
Andijon
714
475
239
100
150
225
60
78
101
180
30
60
90
1 570
170
500
900
1 750
3.
Buxoro
1 032
713
319
150
225
338
80
104
135
270
60
90
120
2 460
300
660
1 500
2 730
4.
Jizzax
317
238
80
50
75
113
20
26
34
120
30
30
60
820
100
220
500
940
5.
Qashqadaryo
580
380
200
80
120
180
50
65
85
210
30
60
120
1 480
180
400
900
1 690
6.
Navoiy
317
238
80
50
75
113
20
26
34
120
30
30
60
820
100
220
500
940
7.
Namangan
1 349
950
399
200
300
450
100
130
169
270
60
90
120
2 800
300
800
1 700
3 070
8.
Samarqand
1 666
1 188
479
250
375
563
120
156
203
300
60
90
150
2 460
300
660
1 500
2 760
9.
Sirdaryo
270
190
80
40
60
90
20
26
34
120
30
30
60
820
100
220
500
940
10.
Surxondaryo
540
380
160
80
120
180
40
52
68
180
30
60
90
1 470
170
400
900
1 650
11.
Toshkent
492
333
160
70
105
158
40
52
68
180
30
60
90
1 700
200
500
1 000
1 880
12.
Fargʻona
580
380
200
80
120
180
50
65
85
210
60
60
90
1 770
170
700
900
1 980
13.
Xorazm
580
380
200
80
120
180
50
65
85
180
30
60
90
1 670
170
600
900
1 850
14.
Toshkent sh.
5 795
3 800
1 995
800
1 200
1 800
500
650
845
570
150
180
240
5 400
600
1 700
3 100
5 970
Jami
14 811
10 023
4 788
2 110
3 165
4 748
1 200
1 560
2 028
3 030
660
930
1 440
26 470
3 010
7 910
15 550
29 500
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi PQ-4998-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tili matnida:
“7101”, “7102”, “7103” va “7104” pozitsiyalarining “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “10” raqami “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
“7210 49 000 0” va “7210 70 800 0” pozitsiyalarining “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “10*” soʻzlari “10**” soʻzlari bilan almashtirilsin;